Authors

  • Nilufar Sa’dullayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.70275

Keywords:

maktabgacha ta’lim boshlang’ich ta’lim o’qishga qiziqish alifbogacha davr alifbo davri alifbodan keyingi davr hikoya qilish ta’limiy o‘yinlar ota-ona hamkorligi ijodkorlik barqaror diqqat idrok taffakur xotira xayol hamda tasavvur.

Abstract

Maktabgacha ta’lim tashkilotining asosiy maqsadi va vazifasi bolalarga har tomonlama ta’lim va tarbiya berib, ularni maktab dargohida o’qish va yozish tasavvurlarini shakllantirishdan iborat. Bu esa o’z navbatida maktabdagi o’qish ishlari bilan bog’chadagi ta’lim-tarbiya ishlari o’rtasida muayyan dialektik tarzda aloqadorlik va izchillik bo’lishini taqozo etadi.

background image


Mart, 2025-Yil

13

BOLALARNING O’QISH-YOZISHGA BO’LGAN QIZIQISHLARINI UYG’OTISH

METODIKASI

Sa’dullayeva Nilufar Ilhomovna

Zarmed Universiteti 2-1 MT 22- guruh talabasi.

e-mail:

sadullayevanilufar1996@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14984022

Annotatsiya.

Maktabgacha ta’lim tashkilotining asosiy maqsadi va vazifasi bolalarga har

tomonlama ta’lim va tarbiya berib, ularni maktab dargohida o’qish va yozish tasavvurlarini

shakllantirishdan iborat. Bu esa o’z navbatida maktabdagi o’qish ishlari bilan bog’chadagi

ta’lim-tarbiya ishlari o’rtasida muayyan dialektik tarzda aloqadorlik va izchillik bo’lishini taqozo

etadi.

Kalit so‘zlar:

maktabgacha ta’lim, boshlang’ich ta’lim, o’qishga qiziqish alifbogacha

davr, alifbo davri, alifbodan keyingi davr, hikoya qilish, ta’limiy o‘yinlar, ota-ona hamkorligi,

ijodkorlik, barqaror diqqat, idrok, taffakur, xotira, xayol hamda tasavvur.

Аннотация.

Основной целью и задачей организации дошкольного образования

является обеспечение всестороннего образования и обучения. Для этого необходима

четкая диалектическая связь и стабильность между учебой в собственной школе и

воспитательной работой в детском саду.

Ключевые слова:

дошкольный возраст, начальное образование, интерес к чтению,

предалфавитный период, послеалфавитный период, рассказывание историй, развивающие

игры, сотрудничество родителей, креативность, устойчивое внимание, восприятие,

мышление, память, воображение и воображение.

Abstract.

The main goal and mission of the preschool education organization is to provide

comprehensive education and training to children and to form their imaginations of reading and

writing at school. This, in turn, requires a certain dialectical connection and consistency between

school studies and kindergarten education.

Keywords:

preschool, elementary education, reading interest, pre-alphabet, alphabet

period, post-alphabet period, storytelling, educational games, parent cooperation, creativity,

sustained attention, perception, thinking, memory, imagination and imagination.

Kirish

Mаktаbgаchа tа’lim tizimini 2030-уilgаchа rivоjlаntirish kоnsepsiуаsining mаzmuni

mаktаbgаchа уоshdаgi bоlаlаr uchun mаktаbgа kirishdа teng bоshlаng‘ich imkоniуаtlаrni


background image


Mart, 2025-Yil

14

tа'minlаsh muаmmоsini hаl qilishgа qаrаtilgаn. Mаktаbgаchа tа’lim tаshkilоtining bo‘lаjаk

tаrbiуаchilаri bоlаning shахsini rivоjlаntirishgа аlоhidа tа'sir ko‘rsаtаdilаr, chunki ulаr bоlаning

ijоdiу rivоjlаnishini аmаlgа оshirilishigа, o‘z-o‘zini tаkоmillаshtirishigа hissа qo‘shаdilаr.

Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarga o’qish va yozishni o’rgatishning boshlang’ich

bilimlarni berish, ya’ni bolalarga so’z haqida tushincha berish, so’zlardan gaplar tuzishga

o’rgatish, gaplarni so’zlarga ajratish va ular tartibini aytishga (so’zlarni qismlarga, bo’g’inlarga

ajrata olishga) o’zbek tilidagi unli va undosh tovushlarni aytish va ularni so’zlarda tahlil qila

olishga, o’rgangan harf va tovushlardan bo’g’in yasay olishga, harf elementlarini yozishga va

hokazolarga o’rgatish lozim. Bola maktabga borgunga qadar shunday malakalarga ega bo’lishi,

uning maktabda muvaffaqiyatli o’qishining garovi hisoblanadi.

Bolalarda o‘qishga qiziqishni shakllantirish mavzusi o‘qitish pedagogikasi, psixologiya,

didaktika va bolalar rivojlanishi kabi ko‘plab sohalar bilan bog‘liq. Ushbu nazariya

o‘quvchilarning ichki va tashqi motivatsiyalarini tushunishda muhim. Bolalarda ichki

motivatsiyani rivojlantirish orqali o‘qishga qiziqishni oshirishga urg‘u beradi. Bolalarda o‘qishga

qiziqishni shakllantirishga quyidagi yondashuvlar samarali ekanligi aniqlangan:

1. Ichki motivatsiyani rivojlantirish - bolalarda tabiiy qiziquvchanlikni qo‘llab-quvvatlash

o‘qishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi. Ushbu jarayon o‘yinlar, tadqiqot faoliyati va mustaqil

o‘rganish imkoniyatlari orqali amalga oshirilishi mumkin.

2. O‘yin elementlaridan foydalanish – ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun

darslarga o‘yin elementlarini kiritish o‘quv jarayonini qiziqarli qiladi.

3. Ijtimoiy omillarni inobatga olish - o‘qishga qiziqish ko‘p hollarda ijtimoiy o‘zaro

ta’sirlar orqali shakllanadi. Guruhda ishlash va do‘stona raqobat o‘quvchini rag‘batlantiradi.

4. Individual yondashuv - har bir bolaning qiziqishlari va o‘quv uslublarini hisobga olish

orqali o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish mumkin.

Bolalarda o‘qishga qiziqishni shakllantirish kompleks yondashuvni talab qiladi. Bunda

didaktik usullarni qo‘llash ahamiyatlidir. Psixologik omillarning ta’siri ham bu borada benihoya

katta. Psixologik xavfsizlik muhiti bolalarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi.

O‘quvchilarning xatolardan qo‘rqmasdan erkin fikrlashi uchun imkoniyat yaratish lozim.

Ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar – ya’ni bunda o‘qishga qiziqishni shakllantirish jarayonida

oilaviy muhit va resurslarga ega bo‘lish muhim rol o‘ynaydi. Resurslarga boy muhit bolalarda

tabiiy qiziquvchanlikni rag‘batlantiradi.


background image


Mart, 2025-Yil

15

Eng muhim omil o‘qituvchi mahoratining o‘rni bunda o‘qituvchining pedagogik mahorati

va dars jarayonini tashkil etish usullari bolalarning o‘qishga qiziqish darajasiga bevosita ta’sir

qiladi, pedagog yangi texnologiyalar va innovatsion metodlardan foydalanadi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotida, oilada o’qish va yozishga o’rgatish umumrivojlantiruvchi

yo’nalishga ega bo’lib, u bolada fikr yuritish qobiliyatini, axloqiy-irodaviy estetik va boshqa

shaxsiy sifatlarni rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi.

Bolalarni maktabgacha tarbiya tashkilotlarida, oilada o’qish va yozishga o’rgatish -

maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning muhim sharti deyish

mumkin. Shuning uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari bolalarni boshlang’ich

sinflarda o’qishini muvaffaqiyatli boshlab ketishlari uchun o’qish va yozishga o’rgatishda,

savodga tayyorlashga o’rgatish davrining vazifalarini, mazmuni va uslubiyotlarini juda yaxshi

bilishlari kerak.

Maktabda bolalarni o’qish va yozishga o’rgatish 3.5 oy davom etadi va u uch davrni -

alifbogacha davr, alifbo davri, alifbodan keyingi davrlarni o’z ichiga oladi.

1-davr. Alifbogacha bo’lgan davr 3-7 kun davom etadi va bu davr ichida bolalar nutqi

rivojlantiriladi, gaplarni so’zlarga, so’zlarni bo’g’inga va hokazolarga ajratishga o’rgatiladi.

2-davr. Bu alifbo davri hisoblanib, bunda bolalar o’zbek tilidagi barcha tovushlar va

ularning harf belgilari bilan tanishadilar.

3-davr. Alifbodan keying davr 10-12 kun davom etib, bunda bolalar hamma tovush va

harflarni o’rganib oladilar. Bu davrga kelib, bolalar endi alifbodagi hikoyalarni, she’rlarni, sujetli

rasmlarni va rasm ostidagi yozuvlarni, gaplarni o’qiy oladigan bo’ladilar. Chunki alifbodan

keyingi davrning maqsadi hamma bolalarda bo’g’inlab to’g’ri o’qish malakasini hosil qilishdan

iboratdir.

Maktabda bolalarni yozishga o’rgatish o’qishga o’rgatish bilan bir vaqtda olib boriladi.

Ammo bolalar maktabda tez va puxta savod chiqarishlari uchun poydevor bog’cha

ostonasida qurilgan bo’lishi kerak. Aytish lozimki, maktabga qadam qo’ygan bolalar tez savod

chiqarishga qiziqadilar. Shu bois, agar bolalar maktab ta’limiga yaxshi tayyorlangan bo’lsa, o’qish

va yozish jarayonini osonlik bilan o’zlashtiradilar. Bu fikr quyidagi parchada o’z tasdig’ini

topganligini ko’ramiz. Birinchi sinfga 6 yoshdan o’qishga borgan bolada yonidagi bolaga nisbatan

jismonan, ruhan va aqlan tayyorgarlik bo’lmasa, bu bolada mutelik, qo’rqoqlik, o’z kuchiga

ishonmaslik, noshudlik avj oladi, boshqalar oldida u o’zini kamsitilgan his qila boshlaydi.

Maktabga borish bolalar hayotida yangi bir dunyo hisoblanadi. Endi ularning faoliyatlarida

turli o’zgarishlar yuz beradi.


background image


Mart, 2025-Yil

16

Odatda, maktab yoshidan boshlab bolalarning asosiy faoliyatlari, vazifalari o’qish

hisoblanadi. 6-7 yoshli bolalar uchun yangi faoliyat bo’lgan o’qish ularning yangi sifat, yangi

xususiyatga ega bo’lishlarini taqozo eta boshlaydi. Endi o’qish faoliyati uchun bolalarda barqaror

diqqat, o’tkir zehn, mustahkam xotira va tafakkur, yaxshi nutq, iroda shuning bilan birga

mustaqillik, ishchanlik, batartiblik sifatlari tarkib topgan bo’lishi kerak.

Ma’lumki, maktabgacha ta’lim tashkilotining asosiy vazifasi bolalarga har tomonlama

tarbiya berib, ularni maktabda o’qiy oladigan qilishdan iborat. Bu esa o’z navbatida maktabdagi

o’qish ishlari bilanbog’chadagi ta’lim-tarbiya ishlari o’rtasida muayyan izchillik bo’lishini taqozo

etadi. Bundan tashqari, bog’chada bolalarning jismoniy o’sishlariga qanchalik e’tibor berilsa,

ularning aqliy, axloqiy o’sishlariga ham shunchalik e’tibor beriladi. Bolalarni maktabga chiqishlari

doimo nazarda tutilib, ular bilan o’tkaziladigan ta’limiy faoliyatlarda bolalarning idroki, diqqati,

taffakur va xotiralari, xayol hamda tasavvurlari, irodaviy sifatlari doimiy ravishda rivojlantirib

boriladi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar nutqini o’stirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Chunki bolalar nutqining qay daraja rivojlanganligi ular maktabda o’qishga qanchalik

tayyor ekanliklarini ko’rsatuvchi ishonchli dalil bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun tayyorlov

guruhiga bolalarni maktabga tayyorlashda ularning o’z ona tilini yaxshi, puxta o’rganishlariga,

ya’ni so’z boyligi orttirishlariga, to’g’ri talaffuz qilishlariga, to’la hamda to’g’ri jumla tuza

olishlariga alohida ahamiyat berish kerak. Maktabgacha ta’lim tashkiloti va oila hamkorligida

bolalarni maktabga tayyorlashda ularning qiziqishlariga jiddiy e’tibor beriladi.

Katta guruh bolalari uchun maktab hayoti doimo qiziqarli hisoblanadi. Shu bois tarbiyachi

va ota-ona bunday qiziqishni qo’llab-quvvatlashi va yanada orttirib borishi kerak. Buning uchun

esa maktab va unda o’qish haqida qiziqarli suhbat o’tkazish hamda yaqin atrofda joylashgan

maktabga sayohat uyushtirish foydalidir. 6-7 yoshga to’lish davri go’daklikning tugashi va

o’smirlikning boshlanish davriga to’g’ri keladi. Ana shu davrdan boshlab bolalarni uzluksiz

o’qishiga o’tishi maqsadga muvofiq bo’ladi.

Bolalar 1-sinfga borar ekanlar, ular savod chiqarishga puxta hozirlik ko’rgan va o’qish

malakasini egallashga yaxshi tayyorlangan bo’lishlari kerak. Shuning uchun 6 yoshli bolalar bilan

olib boriladigan ta’lim - tarbiyaviy ishlar bolalarda madaniy nutq saviyasini oshirishga, fonematik

eshituv diqqatini rivojlantirishga, ona tiliga qiziqishini tarbiyalashga, so’zni tovush jihatdan tahlil

qila olish malakasini shakllantirishga qaratilmod’i lozim. Shuningdek, bolalar tovushlarni

ko’rinishiga qarab bir - biridan farqlashga, so’zdagi urg’ularni belgilay olishga, gaplarni so’zlarga

ajratishga, berilgan 2-3 ta so’zdan gap tuzishga va ularning ketma-ketligini ayta olishga o’rgatishi


background image


Mart, 2025-Yil

17

kerak. Bolalar o’zbek tilidagi barcha harflarni bilib olishlari va kesma harflardan so’z va gaplar

tuzib uni o’qiy olish malakalariga ham ega bo’lishlari lozim. Erilgan va tuzilgan so’zlarni

bo’g’inlarga ajratishga o’rgatish ishining asosiy mazmunini tashkil qiladi.

O‘qishga qiziqish – bolalarda bilim olishga bo‘lgan ichki ehtiyojni shakllantiruvchi muhim

omil. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ushbu qiziqishni uyg‘otish va rivojlantirish

kelgusidagi ta’lim jarayoniga mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Quyida bolalarda

o‘qishga qiziqishni shakllantirish uchun samarali usullar keltiriladi.

1. Qiziqarli materiallardan foydalanish - bolalar tabiatan qiziquvchan bo‘lishadi. Shu

sababli ularga yoshiga mos, rang-barang va o‘yin elementlari bilan boyitilgan materiallarni taqdim

etish muhimdir. Masalan: rangli kitoblar, rasmli ensiklopediyalar, bolalar uchun mos

multimedialar yoki qisqa videoroliklar shular sirasiga kiradi.

2. Hikoya qilish usuli orqali bilim berish bolalarda tasavvur va ijodiy fikrlashni

rivojlantiradi. O‘qituvchi yoki ota-ona bolalarga o‘ziga xos ovoz ohangi bilan hikoya qilib bersa,

bu ularni o‘qishga undaydi. Shu bilan birga, bolalarni hikoya mazmunini taxmin qilish yoki davom

ettirishga jalb qilish ham qiziqishni oshiradi.

3. O‘yin texnologiyalaridan foydalanish bolalar uchun o‘yinlar – eng samarali o‘qitish

usulidir. O‘yin orqali harf va so‘zlarni o‘rganish, savollar va javoblar shaklida dars tashkil qilish,

turli tanlov va viktorinalar o‘tkazish orqali lug‘at boyligini oshirish mumkin.

4. Rag‘batlantirish bolalarni kichik yutuqlari uchun maqtash, rag‘batlantirish ularning

o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi va keyingi faoliyatga qiziqishini kuchaytiradi. Rag‘batlantirish

nafaqat sovg‘a orqali, balki oddiy iliq so‘zlar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.

5. Shaxsiy qiziqishlarini inobatga olish - har bir bolaning o‘ziga xos qiziqishlari bor.

Masalan, kimdir hayvonlar haqida ko‘proq bilishni xohlasa, boshqasi ertak yoki fantastik

voqealarga qiziqishi mumkin. O‘quv materiallari va darslarni shunga moslashtirish ularni o‘qishga

yanada jalb qiladi.

6. Oila va maktabning hamkorligida o‘qishga qiziqish shakllanishida ota-onalar ham faol

rol o‘ynashi kerak. Uyda o‘qish uchun qulay muhit yaratish, oilaviy tarzda kitob o‘qish va o‘quv

jarayonida ota-onaning ishtiroki bolalarning o‘qishga bo‘lgan munosabatini ijobiy tomonga

o‘zgartiradi.

Katta guruhlarda nutq bolalar uchun dastlabki o’quv manbayi hisoblanadi. Tarbiyachi va

ota-ona bolalarni og’zaki nutqqa haqiqiy til fani sifatida munosabatda bo’lishga hamda bolalarga

so’zlarni tovush jihatdan tahlil analiz qilishga o’rgatadi.


background image


Mart, 2025-Yil

18

Maslan, Ikki so’zdan iborat gap tuzish “Qo’g’irchoq chiroyli”, ”Qo’g’irchoq o’tiribdi”,

“Qizcha o’ynayapti”, ularni so’zlarga ajratib, tartib bilan aytib chiqish(birinchi so’z - qizcha,

ikkinchi so’z - o’ynayapti kabi). Uch-to’rt so’zdan iborat, ko’makchisiz va bog’lovchisiz gap

tuzish. Masalan, “Qizcha gul teryapti”, “Qizcha koptok o’ynayapti”, “Qizcha koptokni uloqtirib

o’ynayapti” va boshqalar. So’zlar tartibini ko’rsatib, aytib berish: 1-so’z nima, ayt, 2- so’z nima,

ayt, 3-so’z nima, ayt, 4-so’z nima, ayt. So’zlarning hammasini qo’shib ayt. Gap va so’z haqidagi

tushunchalarni (grammatik qoidasiz) amaliy mashqlar davomida mustahkamlab borishda so’zlarni

bo’g’inlarga ajratish masalan: o-na, o-ta, ech-ki, e-lak, che-lak, ol-ma, ol-xo’-ri, va hokazo hamda

bo’g’inlardan so’zlar tuzish ona, ota, elak, chelak, olma, olxo’ri. Uch va to’rt bo’g’indan iborat

so’zlarni ochiq bo’g’inli so’zlarga ajratish (ma-shi-na, che-lak-cha, bay-roq-cha va boshqalar.

Bolalarni unli va undosh harf va tovushlar bilan tanishtirish.

Bolalarni yozuvga o’rgatish. Buning uchun bolalarnikatak daftari bilan tanishtirish va bu

daftarga kvadrat, to’g’ri to’rtburchak, doira uchburchak hamda oval shakllarini chizib, shtrix

qilishga o’rgatish lozim. Shundan so’ng birinchi sinf yozuv daftari bilan tanishtirish, katak va

yozuv daftarning varag’i, sahifasi, qatori, chizig’i haqida tushuncha berish va bolalar qo’lini

yozuvga o’rgatish. Shunday qilib dastur vazifalarini amalga oshrish tarqatma va namoyish

etiladigan ko’rsatiladigan materiallar, ta’limiy (didaktik) o’yin va mashqlar asosida amalga

oshiriladi.

Ushbu maqolamizga xulosa sifatida bolalarda o‘qishga qiziqishni shakllantirish muntazam

va ijodiy yondashuvni talab qiladi. Qiziqarli va rang-barang darslar, o‘yinlar, hamkorlik va

rag‘batlantirish orqali bu maqsadga erishish mumkin. O‘qishga bo‘lgan qiziqish bolalarning

nafaqat ta’lim jarayonidagi muvaffaqiyatini oshiradi, balki ularni hayot davomida o‘zini

rivojlantirishga undaydi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi 391-son

“Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi qarori.

2.

Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat Standarti. Toshkent sh., 2020-yil 22- dekabr, 802-

son.

3.

“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi /takomillashtirilgan ikkinchi nashr 2022.

4.

Djamilova N.N Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o’qitish texnologiyasi. O’quv

Qo’llanma.

"NISO POLIGRAF".-Т:.2019-120b.


background image


Mart, 2025-Yil

19

5.

Djurаyevа B. R., Umаrovа X. А., Tojiboyevа H.M., Nаzirovа G. M. “Mаktаbgаchа tа’lim

muаssаsаlаridа tа’lim jаrаyonining sifаti vа sаmаrаdorligini tаkomillаshtirishning

pedаgogik tizimi” / monogrаfiyа // Toshkent, Reаl print. – 2017.

6.

Hidi, S., & Renninger, K. A. (2006). The four-phase model of interest development.

Educational Psychologist, 41(2), 111-127.

7.

Deci, E. L., & Ryan, R. M. (1985). Self-determination theory and the facilitation of intrinsic

motivation, social development, and well-being. American Psychologist, 55(1), 68- 78.

8.

Schunk, D. H. (2008). Learning Theories: An Educational Perspective (5th ed.). Pearson.

9.

Brophy, J. (2010). Motivating Students to Learn (3rd ed.). Routledge.

10.

Dornyei, Z. (2001). Teaching and Researching Motivation. Longman.

References

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi 391-son “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.

Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat Standarti. Toshkent sh., 2020-yil 22- dekabr, 802-son.

“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi /takomillashtirilgan ikkinchi nashr 2022.

Djamilova N.N Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o’qitish texnologiyasi. O’quv Qo’llanma. "NISO POLIGRAF".-Т:.2019-120b.

Djurаyevа B. R., Umаrovа X. А., Tojiboyevа H.M., Nаzirovа G. M. “Mаktаbgаchа tа’lim muаssаsаlаridа tа’lim jаrаyonining sifаti vа sаmаrаdorligini tаkomillаshtirishning pedаgogik tizimi” / monogrаfiyа // Toshkent, Reаl print. – 2017.

Hidi, S., & Renninger, K. A. (2006). The four-phase model of interest development. Educational Psychologist, 41(2), 111-127.

Deci, E. L., & Ryan, R. M. (1985). Self-determination theory and the facilitation of intrinsic motivation, social development, and well-being. American Psychologist, 55(1), 68- 78.

Schunk, D. H. (2008). Learning Theories: An Educational Perspective (5th ed.). Pearson.

Brophy, J. (2010). Motivating Students to Learn (3rd ed.). Routledge.

Dornyei, Z. (2001). Teaching and Researching Motivation. Longman.