Authors

  • Muhammadali Qahhorov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.72631

Keywords:

San’at teatr spektakl rejissyor aktyor aktrisa Ma’suma Qoriyeva “Birinchi qaldirg‘och” 110 yillik.

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbek Milliy Akademik drama teatrining 110 yillik mavsumiga bag‘ishlanib sahnalashtirilgan, iste’dodli o‘zbek aktrisasi Ma’suma Qoriyevaning hayoti haqida so‘zlovchi “Birinchi qaldirg‘och” dramasining ayrim muhim taraflari yoritilgan. Shu bilan birga spektaklni sahnalashtiruvchi bosh rejissyor hamda unda bosh rollarni ijro etgan aktyorlarning rejissyorlik va aktyorlik san’atidagi innovatsion yondashuvlari haqida fikrlar yuritilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

472

“BIRINCHI QALDIRG‘OCH ” SPEKTAKLIDA REJISSYOR VA AKTYORLARNING

INNOVATSION YONDАSHUVLARI

Qahhorov Muhammadali Xolbo‘ta o‘g‘li

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15050388

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O‘zbek Milliy Akademik drama teatrining 110 yillik

mavsumiga bag‘ishlanib sahnalashtirilgan, iste’dodli o‘zbek aktrisasi Ma’suma Qoriyevaning

hayoti haqida so‘zlovchi “Birinchi qaldirg‘och” dramasining ayrim muhim taraflari yoritilgan.

Shu bilan birga spektaklni sahnalashtiruvchi bosh rejissyor hamda unda bosh rollarni ijro

etgan aktyorlarning rejissyorlik va aktyorlik san’atidagi innovatsion yondashuvlari haqida fikrlar

yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

San’at, teatr, spektakl, rejissyor, aktyor, aktrisa, Ma’suma Qoriyeva,

“Birinchi qaldirg‘och”, 110 yillik.

INNOVATIVE APPROACHES OF THE DIRECTOR AND ACTORS IN THE PLAY

“THE FIRST SWALLOW”

Abstract.

This article highlights some important aspects of the drama “The First Swallow”,

which tells about the life of the talented Uzbek actress Masuma Qoriyeva, staged in honor of the

110th anniversary of the Uzbek National Academic Drama Theater. At the same time, the

innovative approaches of the director and the actors who played the main roles in directing and

acting are discussed.

Keywords:

Art, theater, play, director, actor, actress, Masuma Qoriyeva, “The First

Swallow”, 110 years.

НОВАТОРСКИЕ ПОДХОДЫ РЕЖИССЕРА И АКТЕРОВ В СПЕКТАКЛЕ

«ПЕРВАЯ ЛАСТОЧКА»

Аннотация.

В данной статье освещаются некоторые важные аспекты драмы

«Первая ласточка», повествующей о жизни талантливой узбекской актрисы Масумы

Кориевой, поставленной в честь 110-летия Узбекского национального академического

драматического театра. При этом обсуждались новаторские подходы к режиссуре и

актерской игре главного режиссера спектакля и актеров, сыгравших в нем главные роли.

Ключевые слова:

Искусство, театр, спектакль, режиссер, актер, актриса, Масума

Кориева, «Первая ласточка», 110-летие.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

473

U hayotga kelarkan, yolg‘iz edi. Ota-onasi yo‘q va bolalar uyida katta bo‘ldi. Alloh nasib

etib unga oqil turmush o‘rtoq, yaxshi farzandlar yoki qisqa qilib aytganda oila berdi. Ammo uning

taqdiriga yolg‘izlik yozilgan ekan, hayotdan ketar vaqtda ham hech kimsiz yolg‘iz qoldi. Bu

birinchi o‘zbek aktrisasi, “Birinchi qaldirg‘och”

Ma’suma Qoriyeva. 2024-yilning 15-noyabr

kuni poytaxtdagi O‘zbek Milliy Akademik drama teatrining 110 yillik mavsumiga bag‘ishlanib,

Isajon Sultonning “Ma’suma” romani motivlari asosida “Birinchi qaldirgʻoch" dramasining

premyerasi bo'lib o‘tdi. Spektakl o‘zbek teatrining birinchi aktrisasi Ma’suma Qoriyevaning

yorqin xotirasiga bag‘ishlandi.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sulton qalamiga mansub bo‘lgan “Ma’suma” romani

2022-yilda chop etildi. Asarda birinchi o‘zbek aktrisasining jasoratli odimlari, sevgi baxtiga oshno

kunlari, fojiali taqdiri mahorat bilan tasvirlanadi. Hayotga uyg‘oq nazar bilan qaramoq, ilm-

ma’rifat sari dadil qadam tashlamoq ajri bu ma’suma ayolni ne-ne sinovlarga ro‘baro‘ qilmadi.

Uzoq yillik darbadarliklardan so‘ng o‘zbek teatrining tamal toshini qo‘ygan rejissyor

Mannon Uyg‘ur Ma’suma Qoriyevani teatrga jalb qiladi. Ma’suma – qalbi zilolday musaffo,

sahnada ruhi ko‘klarga oqqushday parvoz qiluvchi aktrisa. Qatag‘onga duchor bo‘lgan yuzlab

ma’rifatparvarlar, juvonmarg bo‘lgan minglab oilalar qatorida xalqqa teatr vositasida ma’rifat

ulashish qismatini bo‘yniga olgan va oxir-oqibat, avlod-ajdodi bilan kuli ko‘klarga sovurilganlar

qismati kishini seskantiradi. Ma’suma Qoriyeva – ana shunday fidoyi, o‘zbek teatrining ilk

qaldirg‘ochlaridan biri. Uning hayoti nafaqat roman, balki spektakl, badiiy film yoki serial uchun

ibratli mavzu ekani barcha ijodkorlar tomonidan e’tirof etiladi. “Ma’suma Qoriyeva o‘zining 27

yillik ijodiy faoliyati davrida o‘zbek, rus va jahon klassik dramaturgiyasi asarlari asosida

sahnalashtirilgan spektakllarda yetuk obrazlar yaratdi.

U drama va musiqali drama asarlaridagi rollarini mohirona ijro etgan ulkan iste’dod

sohibasi edi”

1

. Haqiqatdan ham Ma’suma Qoriyeva ijod davri mobaynida Hamza Hakimzoda

Niyoziy qalamiga mansub

“Boy ila xizmatchi”, “Holisxon”, “Zaharli hayot”, “Tuhmatchilar

jazosi” pyesalarida Jamila, Hojar, Maryamxon, Fotima kabi dramatik ayollar rolini ijro etgan

bo‘lsa, jahon dramaturgiyasidan Fridix Shillerning “Makr va muhabbat” va “Qaroqchilar”

pyesalarida Luiza hamda Amaliya rollarini mohirona ijro etdi. Ayniqsa Xurshidning “Layli va

Majnun” hamda “Farhod va Shirin” pyesalari orqali sahnaga qo‘yilgan spektakllarda ijro etgan

1

Abduqunduzov. M, Yuldoshev. M. O‘zbek Milliy Akademik drama teatrining ijodkorlari. T.: “Cho‘lpon nomidagi

NMIU”, 2020. – 284 b.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

474

Layli va Shirin rollari unga katta shuhrat keltirdi. Ko‘rish mumkinki, Ma’suma Qoriyeva ijodi

davomida xarakterli rollar ustasi sifatida tanilgan: G‘ulom Zafariyning “Halima” pyesasidagi

Halima, Karlo Gotssining “Malikai Turandot” pyesasidagi Adelma, Lope de Veganing

“Qoʻzibuloq” pyesasidagi Malika va Uilyam Shekspirning shoh asarlaridan biri “Otello” da esa

Emilya rollari shular jumlasidandir. Mana shunday yetuk aktrisa hayotini tasvirlash hamda uning

xotirasini abadiylashtirish maqsadida san’atsevar xalqimizga “Birinchi qaldirg‘och” spektakli

namoyish etildi.

Spektakl O‘zbek Milliy Akademik drama teatrining hozirgi kundagi bosh rejissyori Asqar

Xolmo‘minov tomonidan sahnalashtirildi. Spektakl ikki kun davomida namoyish etilgan bo‘lsa,

shu ikki namoyishda Ma’suma rolini “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” Lola Eltoyeva

hamda “O‘zbekistonda va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist” Dilnoza Kubayevalar

mahorat bilan ijro etdi. Shu bilan birga spektaklda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” lar

Tohir Saidov, Ra’no Yarasheva, Mehriddin Rahmatov va “Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan

artist” Tolib Mo‘minovlar o‘zlariga xos va mos rollarda ko‘rinish berdi. Bosh rol ya’ni Ma’suma,

ikki aktrisa ijrosida, albatta, boshqa-boshqa talqinda ijro etildi. Avvalo “O‘zbekistonda xizmat

ko‘rsatgan artist” Lola Eltoyeva ijrosiga to‘xtalinsa, aktrisa Ma’suma roliga yondashar ekan, og‘ir,

bosiq hamda vazmin ayol sifatida tasvirladi. Yosh jihatdan katta bo‘lishiga qaramay,

Ma’sumaning yoshlik davrini ham mahorati ila tomoshabinni ishontira oldi. Shu bilan birga “rol

ichidagi rollari” ya’ni Ma’sumaning Halima, Jamila, Emilya kabi rollarni ijro etishda Lola

Eltoyeva nafaqat Ma’suma rolini, shu bilan birga u o‘ynagan rollarni ham his qilib ijro etdi va

tomoshabinga to‘laqonli yetkazib bera oldi. Ayniqsa Jamila monalogini tomoshabin nafaqat

Ma’suma Qoriyeva hamda Lola Eltoyeva ijrosida ko‘rdi deyilsa mubolag‘a bo‘lmaydi.

“O‘zbekistonda va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist” Dilnoza Kubayeva

ijrosida esa Ma’sumani avvalo shaddot, yosh va qiziqqon qiz ko‘rinishida gavdalantirdi.

Voqealarning o‘zgarishi hamda vaqtlar o‘tishi natijasida esa ushbu obraz Dilnoza Kubayeva

ijrosida yetuk, kuchli va jasoratli ayol sifatida namoyon bo‘ldi. Dilnoza Kubayeva ijrosida

Ma’suma kuchli ayol, Lola Eltoyeva mahorati ila u aqlli, vazmin, tadbirli ayol ekanligi yaqqol

namoyon bo‘ldi.

Ushbu spektakl haqiqatan teatr sahnasida yangilik bo‘ldi. Rejissyorning innovatsion

yondashuvlari va topilmalari spektaklning muvaffaqiyatli bo‘lishini hamda kelgusida yuqori

mavqega ega bo‘lishidan dalolatdir. Asqar Xolmo‘minov teatrdagi yangicha qarashlari, yangicha

uslubi orqali xalqimiz va san’atimizga xush kelmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

475

Uning ushbu spektakldagi topilmalaridan biri shu bo‘ldi-ki, u bir xillikdan qochish

maqsadida, aktyorlarda odat yoki an’anaga aylanib qolgan sahnaning ikki chetidan chiqishni

kamaytirdi. Uning o‘rniga rejissyor tomosha zalidan va sahnaga qo‘yilgan dekoratsiyadan

foydalandi. Bu esa tomoshabin uchun ancha qiziqarli va ta’surotlarga boy bo‘ldi. Shu bilan birga

spektaklda voqealarning ketma-ketligi ipga tizilgan marjon kabi shunday mahorat bilan tuzilganki,

rejissyor ushbu voqealarda har bir sahnada mavjud bo‘lgan bosh roldagilar Ma’suma hamda

Mannon Uyg‘urlarning kirish-chiqishlarini kamaytirgan.

Yuqorida ta’kidlaganidek, u bu ishda tomosha zalidan hamda dekoratsiyadan unumli va

doimiy foydalandi. Shu sababdan spektaklda voqeadan boshqa bir voqeaga o‘tish xuddi kinodagi

kabi “kadrdan kadrga” o‘tishdek ko‘rinadi. Bu rejissyorning fantaziyasi hamda mahoratiga

bog‘liq, albatta. Spektaklning g‘oyasi, haqiqatdan ham o‘sha davrda “Ayol bugungi turmushning

qurboni” deya bejizga ta’riflanmagan. Ayollarning turmush tarzi juda yomon ahvolda, ularning

haq-huquqlari har qadamda poy-mol bo‘ladi. Ularning erki o‘zida emas va shu bilan birga ular

uchun har qanday eshiklar yopiq. Buni spektaklning kichik bir sahnasida ham ko‘rish mumkin.

“Bir ayolning advokatning oldiga kelishi va bu tarixda o‘zbek ayolining ilk bora advokat

oldiga arz qilib kelishi hech qachon bo‘lmagan. Buni ko‘rgan advokat esa olam shumul voqeaga

guvoh bo‘lgandek hayratda”. Shunday tomoshalar orqali xalq ko‘zini ochishga harakatlar jadidlar

tomonidan amalga oshirildi. Ammo “Bu xalqning mehri ham, qahri ham daryodek” bo‘lganligi

sababli, xalq ko‘zining ochilishi uchun ancha qiyinchiliklar va qurbonlar bo‘ldi.

Bu qiyinchiliklar ortidan afsus Ma’suma Qoriyeva o‘zi aytganidek: “Alangaday yonib

tugadi”. Shuni ta’kidlash lozimki, Ma’suma Qoriyevaning fojiali taqdiri, qiyinchiliklarda o‘tgan

hayoti va serqirra ijodi hozirgi kundagi yosh ijodkorlarga, nafaqat ularga har bir insonga ibrat,

namuna hamda o‘rnak bo‘la oladi. Inson hayotida qanday qiyinchiliklar kelishiga qaramay, xuddi

“Sharq qizidek o‘rnidan tura olishi” hayotda yana dadil qadamlar ila davom etishi lozim.

Shu o‘tkazgan umri mobaynida xalqiga, Vataniga, oilasiga, hech bo‘lmasa boshqa bir

insonga, yoki nari borsa, o‘ziga foydasi, yaxshiligi va manfaati tegishi lozimdir. U dunyoga inson

bo‘lib keldi, lekin kim bo‘lib qaytyabdi? Shuning uchun har bir inson o‘ziga o‘zi xuddi

Ma’sumadek savol berishi lozim: “Ey Xudoyim, bugun huzuringga kim bo‘lib boryabman o‘zi?”.

REFERENCES

1.

Abduqunduzov. M, Yuldoshev. M. O‘zbek Milliy Akademik drama teatrining ijodkorlari.

T.: “Cho‘lpon nomidagi NMIU”, 2020. – 284 b.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

476

2.

Tulyaxodjayeva M. Rejissura uzbekskogo dramaticheskogo teatra. – T.: G‘. G‘ulom

nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1995.

3.

Rahmonov M., Tо‘laxо‘jayeva M. T., Muxtorov I. A. О‘zbek milliy akademik drama teatri

tarixi. – T., 2003.

4.

Мухторова, М. (2022). ИСАМАТ ЭРГАШЕВ КИНОКОМЕДИЯЛАРИ. Science and

innovation in the education system, 1(5), 20-26.

5.

Mukhtorova, M. (2021). National Flavour in Contemporary Uzbek Cinema Comedy.

American Journal of Social and Humanitarian Research, 2(5), 99-106.

6.

Muxtorova, M. (2023). УЗБЕКСКОЙ КИНОКОМЕДИИ–80 ЛЕТ! Жанровий

тематический обзор узбекской кинокомедии. Modern Science and Research, 2(10), 190-

197.

7.

Мухторова, М. (2022). “ЧИНОР ТАГИДАГИ ДУЭЛ” ФИЛЬМИДА ХАРАКТЕР

МАСАЛАСИ. Oriental Journal of Social Sciences, 2(1), 84-90.

References

Abduqunduzov. M, Yuldoshev. M. O‘zbek Milliy Akademik drama teatrining ijodkorlari. T.: “Cho‘lpon nomidagi NMIU”, 2020. – 284 b.

Tulyaxodjayeva M. Rejissura uzbekskogo dramaticheskogo teatra. – T.: G‘. G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1995.

Rahmonov M., Tо‘laxо‘jayeva M. T., Muxtorov I. A. О‘zbek milliy akademik drama teatri tarixi. – T., 2003.

Мухторова, М. (2022). ИСАМАТ ЭРГАШЕВ КИНОКОМЕДИЯЛАРИ. Science and innovation in the education system, 1(5), 20-26.

Mukhtorova, M. (2021). National Flavour in Contemporary Uzbek Cinema Comedy. American Journal of Social and Humanitarian Research, 2(5), 99-106.

Muxtorova, M. (2023). УЗБЕКСКОЙ КИНОКОМЕДИИ–80 ЛЕТ! Жанровий тематический обзор узбекской кинокомедии. Modern Science and Research, 2(10), 190-197.

Мухторова, М. (2022). “ЧИНОР ТАГИДАГИ ДУЭЛ” ФИЛЬМИДА ХАРАКТЕР МАСАЛАСИ. Oriental Journal of Social Sciences, 2(1), 84-90.