Authors

  • Muhammadali Qahhorov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.73045

Keywords:

kino film kino san’ati tarbiya video o‘yinlar propaganda.

Abstract

Ushbu maqolada maktab o‘quvchilarining tarbiyaviy axloqini yaxshilash, ularni XXI asrning tahlikali xavflaridan xabardor etish hamda qaytarish uchun, san’atning kino turidan foydalanish zarur ekanligi haqida fikrlar yuritilgan. Ushbu fikrlardan kelib chiqqan holda, kino ijodkorlari hamda ta’lim muassasalarining mutasaddilariga tegishli takliflar berilgan.

background image


Mart, 2025-Yil

287

KINO – PROPAGANDA

Qahhorov Muhammadali Xolbo‘ta o‘g‘li

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15072706

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktab o‘quvchilarining tarbiyaviy axloqini yaxshilash,

ularni XXI asrning tahlikali xavflaridan xabardor etish hamda qaytarish uchun, san’atning kino

turidan foydalanish zarur ekanligi haqida fikrlar yuritilgan. Ushbu fikrlardan kelib chiqqan holda,

kino ijodkorlari hamda ta’lim muassasalarining mutasaddilariga tegishli takliflar berilgan.

Kalit so‘zlar: kino, film, kino san’ati, tarbiya, video o‘yinlar, propaganda.

Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot,

yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir.

Abdulla Avloniy

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilariga ta’lim bilan bir qatorda, tarbiya ham berib kelinadi.

Ammo, yoshlar hozirgi kunda maktabdan tarbiya olishmoqdami? Aslini olganda tarbiyani

kim berishi lozim: maktab, ota-ona, kitob, jamiyatda sodir bo‘layotgan tashqi ta’sirlar yoki muhit?

Hozirgi kunda qiziqqon, shoshqaloq yoshlarga tarbiyani kim berishi muhim emas, qanday

berishi o‘ta dolzarbdir.

1.

Kitob orqali

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.07.2020- yildagi 422-sonli

“Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish

chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu qarordan ko‘rinadiki, ayni vaqtda yoshlarga

kitob orqali tarbiya berishmoqchi. “Tarbiya” darsligi odob-axloq, Vatanga muhabbat mavzularida

o‘quvchi yoshlarga saboq berish va ularning tarbiyasini yanada yaxshilash uchun fan sifatida o‘tib

kelinmoqda. Ammo, to‘laqonli maqsadga erishilganicha yo‘q.

2.

Telefon orqali

XXI asrda yetti yoshli bolaning qo‘lida ham “nurli telefon”. Aniqlanishicha, 12-16 yoshli

bolalar ushbu aloqa vositasidan kuniga maksimal 8 soatdan 12 soatgacha foydalanishmoqda ekan.

Bola bir sutkalik kunning yarmini, yoxud uchdan birini shu vosita orqali o‘tkazadi. Bu

hatto maktab darslari, ota-ona bilan muloqotdan-da ko‘proqdir. Shunday ekan, bola ushbu

vositadan qay maqsadda, qanday foydalansa, shu uning tarbiyasiga ham ta’sir o‘tkazmay

qo‘ymaydi.

Pediatriya

jurnalida chop etilgan izlanish natijalariga ko‘ra, video o‘yinlarga

mukkasidan ketgan yosh bolalarda bu odatga aylanib, ruhiy xastalikka yetaklashi mumkin.


background image


Mart, 2025-Yil

288

“Shu aniqlandiki, o‘zini video o‘yinlaridan uza olmaydigan bolalarda depressiya va

bezovtalanish kuchayadi” – deydi nufuzli Klivlend Klinikasi doktori Maykl Manos

1

.

3.

Tashqi omillar ta’siri

Bolaning shakllanishida u yashayotgan muhit, kishilar va jamiyatning roli juda kattadir.

Shu boisdan hech kim yomon inson bo‘lib tug‘ilmaydi. Uning shakllanishidagi muhit uni yo ezgu

amallarga undovchi shaxs qilib tarbiyalaydi, yo yovuzlikni o‘ziga kasb qilib oladigan kishi

bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Jo‘ja yashashi, rivojlanishi uchun, o‘zini o‘rab turgan qobiqdan xalos bo‘lishi uchun

tuxumni yorib chiqadi. Bu bir muhitdan boshqa bir muhitga o‘tish jarayonidir. Agar polapon ushbu

muhitni yengmasa, ana shu tuxum ichida nobud bo‘lishi turgan gap.

12-16 yoshli bolalarda tashqi ta’sirlardan tez hissiyotga berilish va ana shu hissiyot bilan

ko‘p vaqt birga bo‘lish kuzatiladi. Masalan, ota-onaning bola oldidagi tortishuvlari, unga juda

qattiq ta’sir o‘tkazadi hamda u ushbu holatdan ancha muddat davomida chiqib keta olmaydi. Bu

holat takror davom etar ekan, ushbu (salbiy) muhit ta’sirida bolaning tarbiyasi ham shakllana

boshlaydi.

Yoki bo‘lmasam, ota-onaning tushlikdan so‘ng, kitob javonidan bir kitobni olib, u kitobni

o‘qimagan taqdirda, farzandi oldida, kitobni ochib qarab turishining o‘zi ham, bola tarbiyasining

(ijobiy) tashqi ta’sir orqali shakllanishiga yaqqol misol bo‘la oladi.

Yuqorida sanab o‘tganlarimiz tarbiya berishning vositalari bo‘lsa, quyidagilar uning

yo‘nalishlaridir.

1.

Eshitish orqali

“Zo‘rga yuradigan bolacha qizib turgan pechkaga boryabdi. Pechkani ushlayman deb. Ona

esa buni ko‘rib turibdi.

-

Borma kuyasan.

-

Hoy kuyasan.

-

Bola esa borishda davom etmoqda…

-

Borma kuyasan.

-

Bola eshitib turishiga qaramay davom etdi va pechkani ushladi.

-

Ana, kuydi…

-

Ona esa qayrilib qaramagan tarzda,

1

https://www.amerikaovozi.com


background image


Mart, 2025-Yil

289

-

Qo‘ling yopishib qoldimi? Hech narsa emas. Hozir opang kelsa aytaman, qo‘lingni bu

yoqqa yulib oladi. Yaxshi bo‘ladi”.

Hojiboy Tojiboyevning ushbu hajviyasida chuqur falsafa yotadi. Kosa ostidagi nim kosa

shuki ona bolani qaytardi, bola uni eshitdi, lekin bolaning qiziqishi bu ishni qilishga sabab bo‘ldi.

Yakundagi holatdan so‘ng bola hech qachon bu ishni takrorlamaslikka o‘ziga va’da bergan

bo‘lsa ajab emas. Chunki u nafaqat bu holatni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdi, shu bilan birga

ishtirokchisiga ham aylandi. Bunda eshitish orqali olinmagan tarbiyaning natijasi ko‘rinadi.

2.

Ko‘rish orqali

Bolaga velosipedni mashinalar qatnov yo‘lida haydama, shoshib tez haydama deb bod-bod

uqtirsangiz ham u o‘z bilganida qoladi. Chunki velosiped bilan bo‘ladigan bu xatti-harakatlar unga

qaysidir ma’noda zavq bag‘ishlashi mumkin. Ota-ona farzandiga bu xatti-harakatlar mudhish

holatlarga (avtohalokat) olib kelishi mumkin ekanligini aytib tushuntira olmasligi ham tabiiy hol.

Lekin bola o‘z ko‘zlari bilan ana shundan mudhish holatning guvohi bo‘lar ekan, bu

ishning qanchalik xato ekanligini va bu holatga o‘zi ham tushishi mumkinligini tasavvur qiladi.

Avtohalokat haqida eshitishdan ko‘ra, uning guvohi bo‘lish ta’sirliroq, albatta.

Yuqorida yoshlar tarbiyasi uchun ta’sir kuchini yo‘qotayotgan va ta’sir kuchi faqat salbiy

tarafga qaratilgan vositalar hamda ushbu tarbiyani berish yo‘nalishlari haqida fikrlar yuritildi.

Bulardan nima qarorga kelish mumkin? Endi yoshlarni ularni o‘ziga jalb etuvchi va

zamoniy vositalarni ko‘rsatish orqali tarbiya qilish lozimdir. Bu jihat hozirgi kunda sintetik san’at

hisoblangan – kinoda mujassamdir.

“San’atlar oilasi ikki ming yilga yaqin davr mobaynida o‘zgarmay keldi. XX asrga kelib

esa kino va TV unga qo‘shilish da’vosini qildi. Ozgina fursat o‘tmay osongina qo‘shildi ham. U

san’atlar oilasigagina emas, ayrim subyektlardan tashkil topgan oilalarga dadil kirib bordi.

Xonadonlarga axborot olib kirdi”

2

.

2008-yilda rejissyor Mirmaqsud Oxunov tomonidan sur’atga olingan “Shabnam” filmi

yodga olinsa. Filmning bosh qahramoni bo‘lgan Gulchehra Eshonqulova (Shabnam) kinoda

o‘zbek qizlariga xos bo‘lgan milliy bosh kiyimi – do‘ppida gavdalanadi. Ushbu film

tomoshabinlarga taqdim etilganidan so‘ng, butun Toshkent qizlarining boshida mana shu “Iroqi

do‘ppi” ommalashdi. Bu albatta, kinoning ta’siridir.

2

Akbarov H. Kino-teledramaturgiya:nazariya va amaliyot. Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. T.: “ILM

ZIYO”, 2006. – 176 b.


background image


Mart, 2025-Yil

290

2016-yildan so‘ng yoshlar orasida “Ko’k kit“ nomli o’yin ommalashib ketdi. Ushbu o‘yin

real hayotda olib boriladigan o‘yin bo‘lib, uning yakunida o‘ynovchiga o‘z joniga qasd qilish

topshirig‘i beriladi. O‘yin ishtirokchisi topshiriqni ijtimoiy tarmoqdagi “O‘lim guruhi”dagi

noma’lum “kurator”dan olib turadi. Moskvadagi maktab o‘quvchilaridan biri “Ko‘k kit”dan

onasini o‘ldirish haqida topshiriq olgan. Moskvalik 36 yoshli ayol o‘g‘lining yozishmalarini o‘qib

qolgach, politsiyaga murojaat qilgan. Mana shunday holatlarning oldini olish maqsadida, o‘sha

vaqtda O‘zbekiston yoshlariga maktablarda rejissyor Orif Yo‘ldoshevning 2005-yilda sur’atga

olgan “O‘yin” nomli filmi qo‘yib berilgan edi va bu juda yaxshi natija ko‘rsata oldi.

“ - Meni kechir yigit, unaqa qarama menga. Ishim shunaqa bo’lgani bilan, o‘zim

ko’ngilchan odamman. Sen esa birinchisi ham emassan. Oxirgisi ham. Dunyoda qimor degan narsa

bor ekan, hali ne-ne yigitlar Rossiyaga ketadi. Endi seni hech kim qidirmaydi. Hech kim sendan

xavotir ham olmaydi. Ishi ham bo‘lmaydi. Mening qo‘limdan keladigan faqat bir yaxshilik.

Pichoqni bir tortaman. Qo‘rqma, qiynamayman”.

Filmda shu kadrning o‘zinigina ko‘rgan har qanday inson bunday o‘yinlarga qiziqmasligi,

agar oldin qiziqish bo‘lgan bo‘lsa, qaytib bu haqida o‘ylamasligi aniq. Film orqali yoshlarga

qimor, onlayn video o‘yinlari va shunga o‘xshash razil illatlarning oxiri qanday yakun topishi

mumkin ekanligi ochiq-oydin ko‘rsatib berilgan. Bu filmning ta’siri natijasida mana shunday

qirg‘in yo‘llarga kirib qolgan juda ko‘plab yoshlar o‘z vaqtida to‘g‘ri yo‘lga qaytishdi. Mana

shunday kinolar orqali yoshlarga milliy ruhiyatni singdirish hamda ularga yaxshi tarbiya berish

mumkin. Hozirgi kunda ham nafaqat yoshlar, kattalar orasida ham ommalashayotgan onlayn

qimor o‘yinlarining oldini olish, ushbu o‘yinlar natijasida sodir bo‘layotgan ko‘ngilsiz hodisalarni

bartaraf etish uchun, maktab, kollej va litsey, oliy ta’lim muassasalarida hamda tashkilot va

idoralarda shu kabi filmlarni namoyish etish zarurdir.

“If we wish to immortalize the memory of our ancestors, we will be able to do this

primarily through cinematography”

3

.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston respublikasi prezidenti

Kino san’ati boshqa san’at turlariga nisbatan keng imkoniyatlarga egadir. U paydo

bo‘lganidan keyin, unga nisbatan juda ko‘plab shaxslar “zamonaviy qurol” sifatida qaradi. Undan

xalqlarning hamda jamiyatlarning mafkurasini, ongini va qarashlarini xoh ijobiy tarafga, xoh

salbiy tarafga o‘zgartirish uchun foydalanganlar ham bo‘ldi.

3

Cinematography of Uzbekistan [Matn] / F. Abdukhalikov, N. Karimova, E. Abbasov. // Tashkent: Zamon-press-

info nashriyot uyi, 2022. 496 p.


background image


Mart, 2025-Yil

291

O‘z vaqtida Vladimir Lenin ham “Biz uchun hammasidan ham san’atda eng muhimi –

kino” – deya kinodan o‘z maqsadi yo‘lida foydalangan.

Bugungi kunga kelib ham, kinodan propaganda sifatida foydalanish kuzatilmoqda. Faqat

bu propagandani to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish lozimdir. Kinolar orqali yoshlarga tarbiya berish,

ularning kelajaklari uchun farovon hayot yaratish, yoshlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatgan holda,

maqsad qo‘yish va shu maqsad yo‘lida harakat qilish kerak ekanligini uqtirish lozim. Buning

natijasi, albatta, bo‘ladi. Buning uchun kino ijodkorlaridan qattiq ijodiy mehnat talab etiladi.

REFERENCES

1.

https://www.amerikaovozi.com

2.

Akbarov H. Kino-teledramaturgiya: nazariya va amaliyot. Kasb-hunar kollejlari uchun

o‘quv qo‘llanma. T.: “ILM ZIYO”, 2006. – 176 b.

3.

Cinematography of Uzbekistan [Matn] / F. Abdukhalikov, N. Karimova, E. Abbasov. //

Tashkent: Zamon-press-info nashriyot uyi, 2022. 496 p.

4.

Исҳоқов, Аъзам. Кинематография тарихи – Тошкент, «Zilol buloq» нашриёти.

2019 йил. 484 б.

5.

Muxtorova, M. (2023). УЗБЕКСКОЙ КИНОКОМЕДИИ–80 ЛЕТ! Жанровий

тематический обзор узбекской кинокомедии. Modern Science and Research, 2(10),

190-197.

6.

Мухторова, М. (2022). “ЧИНОР ТАГИДАГИ ДУЭЛ” ФИЛЬМИДА ХАРАКТЕР

МАСАЛАСИ. Oriental Journal of Social Sciences, 2(1), 84-90.

7.

Мухторова, М. (2022). ИСАМАТ ЭРГАШЕВ КИНОКОМЕДИЯЛАРИ. Science and

innovation in the education system, 1(5), 20-26.

References

Akbarov H. Kino-teledramaturgiya: nazariya va amaliyot. Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. T.: “ILM ZIYO”, 2006. – 176 b.

Cinematography of Uzbekistan [Matn] / F. Abdukhalikov, N. Karimova, E. Abbasov. // Tashkent: Zamon-press-info nashriyot uyi, 2022. 496 p.

Исҳоқов, Аъзам. Кинематография тарихи – Тошкент, «Zilol buloq» нашриёти. 2019 йил. 484 б.

Muxtorova, M. (2023). УЗБЕКСКОЙ КИНОКОМЕДИИ–80 ЛЕТ! Жанровий тематический обзор узбекской кинокомедии. Modern Science and Research, 2(10), 190-197.

Мухторова, М. (2022). “ЧИНОР ТАГИДАГИ ДУЭЛ” ФИЛЬМИДА ХАРАКТЕР МАСАЛАСИ. Oriental Journal of Social Sciences, 2(1), 84-90.

Мухторова, М. (2022). ИСАМАТ ЭРГАШЕВ КИНОКОМЕДИЯЛАРИ. Science and innovation in the education system, 1(5), 20-26.