924
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
YANGI O‘ZBEKISTON TEATR SAN’ATINING O‘ZIGA XOSLIGI
Qahhorov Muhammadali Xolbo‘ta o‘g‘li
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 1-bosqich talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15059641
Annotatsiya
. Ushbu maqolada Yangi O‘zbekistonda Muhtaram Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev tomonidan madaniyat va san’at sohasiga qaratilayotgan e’tibor, shu bilan birga
teatr san’atiga doir ijro etilayotgan hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-
tadbirlar xususida tahliliy fikrlar yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
Yangi O‘zbekiston, qaror, farmon, taraqqiyot strategiyasi, teatr, san’at,
madaniyat, musiqa.
THE CHARACTERISTICS OF THE THEATER ART OF NEW UZBEKISTAN
Abstract.
This article provides analytical views on the attention paid to the sphere of
culture and art by our Honorable President Shavkat Mirziyoyev in New Uzbekistan, as well as
on the measures being implemented and planned for the future regarding theatrical art.
Keywords:
New Uzbekistan, resolution, decree, development strategy, theater, art,
culture, music.
ХАРАКТЕРИСТИКА ТЕАТРА НОВОГО УЗБЕКИСТАНА
Аннотация.
В статье даются аналитические взгляды на внимание, уделяемое
сфере культуры и искусства нашим уважаемым Президентом Шавкатом Мирзиёевым в
Новом Узбекистане, а также на реализуемые и планируемые на будущее меры в
отношении театрального искусства.
Ключевые слова:
Новый Узбекистан, решение, указ, стратегия развития, театр,
искусство, культура, музыка.
So‘nggi yillarda barcha sohalar qatori madaniyat tizimida, xususan teatrlar hayotida ham
tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Yurtboshimizning teatr sohasiga kata e’tibor
qaratayotgani, aynan sohaga doir qabul qilingan farmon va qarorlari milliy teatr san’atini yanada
rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasi hamda kadrlar salohiyatini mustahkamlash, xalqimiz
o‘rtasida teatr san’atiga bo‘lgan qiziqish va e’tiborni kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Prezident
ushbu qaror va farmonlarning amaldagi ijrosi bilan tanishish maqsadida 22-noyabr kuni
mutasaddilarning madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, xususan, teatrlarning jamiyat
madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashga oid
takliflarining taqdimoti bilan tanishdi. Unga ko‘ra, 2025-2030-yillarda teatrlarda “Milliy
qahramon” va “Inson qadri uchun” mavzularida 32 ta turkum spektakllar yaratish taklif
etilmoqda. Albatta, bu bejizga emas.
925
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Yurtboshimiz aynan inson qadrini oshirish hamda jamiyat ichidan milliy qahramonlarni
topa bilish haqida ko‘p bora ta’kidlamoqdalar. Ushbu besh yil (2025-2030) davomida aynan
teatrlardagi asosiy mavzu va g‘oyaning “Milliy qahramon” va “Inson qadri uchun” deb vazifa
qo‘yilishi shuni ko‘rsatadiki, III Renessans davrining kelajak avlodi uchun bu mavzulardagi
spektakllarning sahnalashtirilishi juda muhim. III Renessans yoshlarining g‘oyalarida inson
qadrini ulug‘lash, shu bilan birga ularning ichidan “Milliy qahramon” larni yetishtirib
chiqarishda teatr san’atining o‘rni muhim ekanligini isbotlash, teatrni bu jarayonda faol
ishtirokchiga aylantirish, rejissyorlarning ham zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Bu borada
davlat rahbari: “Xalqimizning ulug‘vor qudrati jo‘sh urgan hozirgi zamonda O‘zbekistonda
yangi bir uyg‘onish Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda, desak, ayni haqiqat
bo‘ladi. Chunki bugungi O‘zbekiston kechagi O‘zbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham kechagi
xalq emas”, – deya ta’kidlaydi [2.77-b]. Shu bilan birga, sahna asarlarini yaratishda ijodiy
hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash, dramaturgiya va rejissyorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha
takliflar bildirildi. Xususan, teatr dramaturglari uchun Mahmudxo‘ja Behbudiy, yosh rejissyorlar
uchun Bahodir Yo‘ldoshev nomidagi mukofotlarni ta’sis etish, “Nigoh” ijodiy loyihasini yo‘lga
qo‘yish, milliy akademik musiqa san’ati bo‘yicha kompozitorlar tanlovini o‘tkazish taklif etildi.
Takliflar shuni ko‘rsatadiki, avvalo teatr sohasida yetuk va professional kadrlarni
tayyorlash, xususan, yosh dramaturg va rejissyorlarga keng imkon berish, ularning iqtidori va
salohiyatidan to‘g‘ri foydalanish, zarur taklif va tavsiyalarni berish kabi qator fikrlarni san’at
ahli o‘rtasida ijobiy kayfiyat uyg‘otadi. Shuningdek, iste’dodli dramaturg va rejissyorlarni
doimiy rag‘batlantirib turish taklif etilgan. 2025-yildan boshlab esa, madaniyat va san’at,
axborot-kutubxona va muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar ish haqi miqdorlari
oshirilishi belgilanishi buning yaqqol misolidir.
Yosh kadrlarni tayyorlash uchun teatr aktyor va rejissyorlari, teatrshunos va
san’atshunoslarning mahorat maktablarini, teatr tanqidchilari va dramaturglar klubini tashkil
etilishi belgilanishi, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda har yili nodavlat teatrlarga
ham davlat buyurtmasi berilishi sohada yangi davr boshlanganligini, bu ijodkorlar uchun katta
quvonch, ishonch manbai ekanligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga faqatgina teatrlar va spektakllar
bilan cheklanib qolmay, umumiy va oliy ta’lim muassasalarida havaskor teatr jamoalari tuzilib,
ular o‘rtasida tanlovlar o‘tkazilishi, yoshlarni teatrlarga doimiy tashriflarini nazarda tutuvchi
“Teatr – ibratxonadir” dasturi amalga oshiriladigan bo‘ldi. Ya’ni, bundan bilish mumkinki,
teatrni ta’lim bilan uzviy bog‘lash hamda ularning hamkorligini mustahkamlash, talabalarning
teatrlarda amaliy mashg‘ulotlarini kengaytirish, teatr sohasiga oid ilmiy-tadqiqot ishiga
buyurtmalar berish masalalari hozirgi davrda juda dolzarbdir.
926
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Bundan ko‘rinadi-ki, ijodkorlar bilan bir qatorda san’atshunoslar, ilmiy tadqiqotchilarga
ham e’tibor qilish, tavsiyalar berish lozimdir. “Yana bir muhim masala — madaniyat va san’at
sohasida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha jiddiy o‘zgarish qilishimiz shart”, — deya ta’kidladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti o‘z nutqida. Takliflarda yana keltirilishicha, kelgusi yildan
O‘zbekiston teatr jamoalarining milliy reytingi tuziladi. Hududlardagi teatr binolari mukammal
ta’mirlanib, zamonaviy texnologiyalar asosida modernizatsiya qilinadi. Muqimiy nomidagi
O‘zbekiston davlat musiqali teatriga “akademik” maqomi beriladi. Sohani rivojlanishi uchun,
albatta, ushbu sohada sog‘lom raqobatning bo‘lishi lozimdir. Shundagina har qanday sohada
takomillashish hamda o‘sish bo‘ladi. Ushbu sog‘lom raqobatni keltirib chiqarish uchun esa, bir-
biridan qolishmagan raqobatdoshlar hamda yaxshi muhit bo‘lishi kerakdir.
Yuqorida aynan, mana shular haqida so‘z yuritilgani haqida ko‘rishimiz mumkin. Shu
bilan bir qatorda, davlatimiz rahbari tomonidan madaniyat va san’at ta’limini yangi bosqichga
ko‘tarish masalalari bo‘yicha ham alohida topshiriqlar berildi. Xususan, iqtidorli yoshlarni
barvaqt aniqlash, saralash va o‘qitish bo‘yicha yaxlit tizim yaratish, shuningdek, umumiy o‘rta,
maktabdan tashqari, kasbiy, oliy ta’lim tashkilotlari hamda madaniyat va san’at tizimidagi ta’lim
muassasalarida o‘quv rejalari va dasturlarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.
Yurtboshimiz iqtidorli yoshlarni aynan quyi pog‘onalardan boshlab, ya’ni bolalar musiqa va
san’at maktablaridagi yosh o‘quvchilarga ko‘proq e’tibor berish, ular o‘rtasida maktab, tuman,
viloyat hamda Respublika miqyosidagi teatr san’atiga oid ko‘rik-tanlovlarni tashkil etish va
ularni Xalqaro maydonga olib chiqish borasida tegishli vazifalarni berdi.
Shu boisdan, musiqa va san’at maktablari muallimlarining oyligini oshirish, ushbu
maktablarning kommunal xarajatlarini budjetdan qoplash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish
topshirildi. Umuman olganda, madaniyat va san’at, kutubxona va muzeylar sohasida faoliyat olib
borayotgan xodimlarning oyliklari 2025-yil 1-yanvardan yana 15 foizgacha bo‘lgan miqdorda
oshiriladi. Shu bilan birga Prezident “Turon” teatri tanloviga yanada e’tiborni kuchaytirish,
hamda maktab o‘quvchilarini ko‘proq qamrab olishni, alohida ta’kidlagani, bu teatr sohasini,
quyi qatlamdan boshlab isloh qilish kerak ekanligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga
Yurtboshimizning: “Har bir maktab o‘quvchisi bitta milliy musiqa asbobini chalishni bilishi
kerak”, – deganida ham juda katta ijtimoiy muammoni, millat qiyofasi va uning milliy
qadriyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan masalani ifodalab bergan edi [3.119-b].
Teatr sohasini isloh qilish bilan birga, tomoshabinlarni ham teatrlarga jalb etish, ularning
etnik qismini faqat oddiy xalq yoki bo‘lmasam, san’at ahlidan tarkib topmasligini ta’minlash
maqsadida davlat rahbari: “Davlat idoralari rahbar va xodimlari teatrlarga borishi kerak”, —
deya alohida topshiriq berdi. Ya’ni, davlat idoralari xodimlari va rahbarlar teatrlarga tashrif
buyurishi uchun har oyning bir kunini “Teatr kuni” deb e’lon qilishni taklif etdi.
927
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Bundan ko‘rinadiki, davlat xodimlari faqat o‘z ish faoliyati bilan cheklanib qolmasligi,
madaniy hordiq olishi, teatrga kelib esa, ibrat olishi hamda dunyo qarashini o‘stirishi lozimdir.
Ushbu islohotlarning ijrosini ta’minlash uchun esa, Madaniyat vazirligiga Teatr san’atini
rivojlantirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish topshirildi. Dasturda
tarixiy va zamonaviy mavzular bo‘yicha eng yaxshi pyesa uchun ijodiy buyurtma berish,
dramaturglarga 50 million so‘mdan qalam haqi to‘lash, ijodiy va yordamchi xodimlarning
rivojlangan davlatlar teatrlarida mahorat oshirishini yo‘lga qo‘yish hamda yosh rejissyorlarni
qo‘llab-quvvatlash uchun Mannon Uyg‘ur nomidagi mukofotni ta’sis etish nazarda tutiladi.
Hozirda, yangi ishlab chiqilgan “Taraqqiyot strategiyasi” da ham ma’naviy-ma’rifiy
sohaga alohida bo‘lim ajratildi va uning ichiga 2022-2026-yillar mobaynida madaniyat va san’at
sohasida amalga oshiriladigan ishlar rejasi kiritildi. Unda: “Madaniyat va sport muassasalari,
teatr va muzeylarning moddiy-texnik bzasini yaxshilash bo‘yicha maxsus dasturlar ijrosi
ta’minlanadi.
Milliy kino va kutubxonalar tizimini yanada rivojlantirish, xalq hunarmandchiligini
qo‘llab-quvvatlashga doir aniq va samarali ishlar olib boriladi”, – deya alohida
ta’kidlanadi[1.253-b]. Bu esa sohaga qaratilgan yuksak e’tibor namunasidir.
REFERENCES
1.
Mirziyoyev, Shavkat Miromonovich Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. To‘ldirilgan
ikkinchi nashri. – Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2023. – 416 b.
2.
Saidov. A. Yangi O‘zbekistonning siyosiy-huquqiy falsafasi [Matn]/ A.Saidov. “Yangi
O‘zbekiston” gazetasi kutubxonasi. – Toshkent: “Ma’naviyat”, 2023. – 428 b.
3.
Salimov. O. Yangi O‘zbekiston davlati[Matn]/ O.Salimov. – Toshkent: “Ma’naviyat”, 2023.
– 240 b.
4.
Мухторова, М. (2022). ИСАМАТ ЭРГАШЕВ КИНОКОМЕДИЯЛАРИ. Science and
innovation in the education system, 1(5), 20-26.
5.
Mukhtorova, M. (2021). National Flavour in Contemporary Uzbek Cinema Comedy.
American Journal of Social and Humanitarian Research, 2(5), 99-106.
6.
Muxtorova, M. (2023). УЗБЕКСКОЙ КИНОКОМЕДИИ–80 ЛЕТ! Жанровий
тематический обзор узбекской кинокомедии. Modern Science and Research, 2(10), 190-
197.
7.
Мухторова, М. (2022). “ЧИНОР ТАГИДАГИ ДУЭЛ” ФИЛЬМИДА ХАРАКТЕР
МАСАЛАСИ. Oriental Journal of Social Sciences, 2(1), 84-90.
