Authors

  • Gulmira Jurayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.72988

Keywords:

animatsiyalar va interaktiv elementlar dinamik tasvirlar kognitiv rivojlanish emotsional rivojlanish vizual jozibadorlik.

Abstract

Mazkur maqolada illustratsiyalar orqali bolalarni kitob o‘qishga qiziqtirish usullari va ularning bolalar psixoligiyasiga ta’siri o‘rganib chiqildi. Illustratsiyalar bolalarni ijodiy fikrlashni va tasavvurlarini shakllantirishi, diqqat va e’tiborni rivojlantira olish imkoniyatlari haqida tahlil qilindi.

background image

876

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

ILLUSTRATSIYALAR ORQALI BOLALARNI KITOBGA QIZIQTIRISH USULLARI

VA ULARNING BOLA PSIXOLIGIYASIGA TA’SIRI

Jurayeva Gulmira Zafar qizi

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti

Dastgoh va kitob grafikasi mutaxassisligi 2-kurs magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15059598

Annotatsiya

. Mazkur maqolada illustratsiyalar orqali bolalarni kitob o‘qishga qiziqtirish

usullari va ularning bolalar psixoligiyasiga ta’siri o‘rganib chiqildi. Illustratsiyalar bolalarni

ijodiy fikrlashni va tasavvurlarini shakllantirishi, diqqat va e’tiborni rivojlantira olish

imkoniyatlari haqida tahlil qilindi.

Kalit so‘zlar:

animatsiyalar va interaktiv elementlar, dinamik tasvirlar, kognitiv

rivojlanish, emotsional rivojlanish, vizual jozibadorlik.

WAYS TO INTEREST CHILDREN IN BOOKS THROUGH ILLUSTRATIONS AND

THEIR IMPACT ON CHILD PSYCHOLOGY

Abstract.

Through illustrations, this article examined the ways in which children are

interested in reading books and their impact on child psychology. Illustrations were analyzed

about the possibility of children forming creative thinking and imagination, being able to

develop attention and attention.

Keywords:

animations and interactive elements, dynamic images, cognitive development,

emotional development, visual appeal.

СПОСОБЫ ВЫЗЫВАНИЯ ИНТЕРЕСА ДЕТЕЙ К КНИГАМ С ПОМОЩЬЮ

ИЛЛЮСТРАЦИЙ И ИХ ВЛИЯНИЕ НА ПСИХОЛОГИЮ ДЕТЕЙ

Аннотация.

В статье рассматриваются методы поощрения детей к чтению

книг с помощью иллюстраций и их влияние на детскую психологию. Иллюстрации

анализировались на предмет их способности формировать творческое мышление и

воображение детей, а также развивать внимание и сосредоточенность.

Ключевые слова:

анимация и интерактивные элементы, динамические

изображения,

когнитивное

развитие,

эмоциональное

развитие,

визуальная

привлекательность.

Illustratsiyalar orqali bolalarni kitobga qiziqtirish usullari va ularning bola

psixologiyasiga ta’siri bu bolalar adabiyotida muhim bir masala hisoblanadi. Illustratsiyalar

nafaqat kitobning vizual jozibasini oshiradi, balki bolalar psixologiyasiga ham ijobiy ta'sir

ko‘rsatadi. Bolalarni kitobga qiziqtirish uchun illustratsiyalarni qanday ishlatish va ularning

psixologik ta'sirlarini ko‘rib chiqamiz.


background image

877

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Illustratsiyalar orqali bolalarni kitobga qiziqtirish usullari quyidagilardan iborat:

Bolalarga vizual joziba yaratish ya’ni bolalar yoshiga qarab o‘zlarining diqqatlarini

vizual narsalarga qaratadilar. Rang-barang va yorqin tasvirlar kitobni o‘qish jarayonida bolalarga

qiziqarli tuyiladi va e’tiborini torta oladi. Illyustratsiyalar orqali bolalar kitobining vizual

ko‘rinishi ularning kitobga qiziqishini uyg‘otadi.

Yana bir usullaran biri shakllar va ranglar tasviri orqali bo‘lib, kichik yoshdagi bolalarni

diqqatini torta olish uchun yirik shakllar, quvnoq ranglar va soddalashtirilgan tasvirlar juda

yaxshi samara beradi. Bu bolalar uchun tasvirlarni tushunishni osonlashtiradi va kitobni ko‘proq

o‘qishga undaydi.

Tasvirlar orqali hikoya qilish usuli bolaga hikoyaning muhim jihatlarini tushuntirishda

muhim hisoblanadi. Ya’ni qahramonlar, voqealar va muhitni tasvirlash orqali bolalar kitobning

mazmunini yanada yaxshiroq tushunadilar. Bu esa bolalar uchun qiziqarli va ta’limiy jihatdan

foydali ekani ham isbotlangan.

O‘zgaruvchan rasm elementlari orqali bolalarga har bir sahifaning mazmuni va qay tarzda

rivojlanishini tushunishga yordam beradi. Bu esa bolalarda o‘qishga bo‘lgan qiziqishni saqlab

qolishda qo‘l keladi.

Elektron kitoblar yoki raqamli formatdagi kitoblarda animatsiyalar va interaktiv

elementlarni qo‘shish bolalarni kitobga yanada qiziqtiradi. Masalan, kichik tugmalarni bosish,

harakatlanuvchi rasmlar yoki o‘yin elementlari bolalarga o‘qishni qiziqarli va jozibador qiladi.

Kitoblarda hayajonli va dinamik tasvirlarni qo‘llanilishi, masalan, o‘zgaruvchan rasm

sahifalari yoki sahifalar orasida ko‘chib yuradigan tasvirlar bolalarni o‘qishga ko‘proq jalb

qiladi.

Bolalar o‘zlarini qahramonlar bilan bog‘lashni yaxshi ko‘radilar. Ularning yuz ifodalari,

xatti-harakatlari va his-tuyg‘ularini tasvirlash orqali bolalar qahramonlarning his-tuyg‘ulariga

ta’sir qilishadi. Kichik yoshdagi bolalar uchun juda murakkab yoki ortiqcha tafsilotlarga ega

tasvirlar tushunishni qiyinlashtirishi mumkin. Shuning uchun, oddiy va aniq tasvirlar bolalar

uchun juda mos keladi. Bu esa ularga kitobdagi voqealarni yaxshiroq tushunishga yordam

beradi. Illustratsiyalarning bola psixologiyasiga ta’siri quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Illustratsiyalar bolalarda kognitiv rivojlanishga ham yordam beradi. Bolalar ko‘pincha

tasvirlarni matn bilan birga ko‘rishni osonroq tushunadilar. Rasm yoki chizma matnni yoritib,

voqeani aniqroq tushunishga yordam beradi. Illutratsiyalar bolalarga o‘z fikrlarini izohlash va

o‘ziga xos tushunchalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Har bir yosh bosqichi bolalar uchun

turli xil tasvirlar va rasmlarni talab qiladi. Masalan, kichik bolalar (1-3 yosh) uchun katta va

sodda shakllar ishlatiladi, biroz kattaroq yoshdagi bolalar (4-6 yosh) uchun esa murakkabroq

tasvirlar va jonli sahnalar qo‘llaniladi.


background image

878

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Illustratsiyalar bolaning kognitiv rivojlanishiga yordam berishi bilan birga emotsional

rivojlanishga ham ko‘maklashadi. Masalan, Bolalar o‘zlarini kitobdagi qahramonlar bilan

bog‘lash orqali boshqalarning his-tuyg‘ularini tushunishga va ular bilan empatiya qilishga

o‘rganadilar. Masalan, baxtiyor, qayg‘uli yoki qo‘rqqan qahramonlarni ko‘rish bolalarni o‘z his-

tuyg‘ularini aniqlash va boshqalarning hislarini tushunishda shuningdek o‘z his-tuyg‘ularini

ifodalashda ham yordam beradi.

Illustratsiyalarning yana bir muhim jihatlardan biri bolalarni ijodiy fikrlashni va

tasavvurlarini rivojlantiradi. Rasm yoki tasvirlar bolalar uchun yangi dunyo va g‘oyalarni

yaratadi, bu esa ularda ijodiy fikrlash va yangi fikrlarni tasavvur qilishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Diqqat va e’tiborni rivojlantira oladi. Interaktiv va rang-barang tasvirlar bolalarning

diqqatini bir nuqtaga to‘plashga yordam beradi. Bu, ayniqsa, bolalar kitoblarida o‘qish va

ta’limni ko‘proq qiziqarli va yoqimli qilishda muhim ahamiyatga egadir. Kitobdagi tasvirlar,

bolalarni o‘qishga va ko‘proq vaqt o‘tkazishga undaydi, chunki ular kitobni o‘qish va yangi

tasvirlar ko‘rishni xohlashadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni xulosa qilib ayta olamizki, illustratsiyalar bolalar

kitoblarining muhim elementlaridan biri bo‘lib, nafaqat vizual jihatdan jozibadorlikni oshiradi,

balki bola psixologiyasiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ular bolalar uchun o‘qishni

osonlashtiradi, ijodiy fikrlashni rivojlantiradi, emotsional va kognitiv rivojlanishiga

ko‘maklashadi. Bolalarga qiziqarli, harakatli va hayajonli tasvirlar taqdim etish, ularning kitobga

bo‘lgan qiziqishini oshiradi va o‘qishga yanada ko‘proq jalb qiladi. Biz kitob grafikasi

rassomlari o‘laroq yuqoridagi masalalarga ahamiyat bergan holda zamonaviy texnikalardan

foydalanib o‘zbek milliy bolalar adabiyotini mazmun mohiyatini ochib berishda bir biridan rang

barang, qiziqarli illustratsiyalar tasvirlay olishimiz lozim.

REFERENCES

1.

Kitob grafikasida kompozitsiya hamda adabiyot asarlarini chuqurroq o‘rganishda

illyustratsiyaning ahamiyati I.Yuldashev, B.Qurbonova Oriental Renaissance: Innovative,

educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI

Factor = 1.7

2.

O‘quvchilar ijodiy qobilyatini rivojlantirishda illyustratorlar hayoti va ijodiy faoliyatini

o‘rganishning axamiyati. Sarvar Tursunmurotovich Sobirov Academic Research in

Educational Sciences.

3.

How Illustrations Impact Child Development and Learning Through Books.


background image

879

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

4.

Zarifova

D.

IMKONIYATI

CHEKLANGAN

BOLALARNING

BADIIY

QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA ART-TERAPIYANING O‘RNI VA

AHAMIYATI //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 3. – С. 271-274.

5.

Zarifova, D. O. qizi. (2023). SHARQ GRAFIKA SAN’ATIDA MAISHIY JANRNING

O‘RGANILISHI.

Innovative Development in Educational Activities

,

2

(9), 57–62.

Retrieved from

https://openidea.uz/index.php/idea/article/view/1259

6.

Submitted for Publication in Reading Psychology. Prepared with the T&F Journal

Template.

7.

The Influence of Illustrations on Children’s Book Preferences and Comprehension

8.

Suggested short title: The Influence of Illustrations

9.

Jamye B. Brookshire

10.

Stephen F. Austin State University

11.

Lauren F. V. Scharff, Ph.D

12.

Stephen F. Austin State University

13.

Laurie E. Moses

14.

Stephen F. Austin State University

15.

Address Correspondence to: Lauren Scharff, Stephen F. Austin State University, Box

13046 SFA Station,

16.

Nacogdoches, TX 75962; lscharff@sfasu.edu

17.

Brookshire, J., Scharff, L. & Moses, L. (2002). The influence of illustrations on

18.

children's book preferences and comprehension Reading Psychology, Vol 23(4), 323-339.

19.

rookshire, J., Scharff, L. & Moses, L. (2002). The influence of illustrations on

20.

children's book preferences and comprehension Reading Psychology, Vol 23(4), 323-339

21.

Лакизенко Елизавета Дмитриевна, & Макарова Татьяна Львовна (2022). ДЕТСКАЯ

ИЛЛЮСТРИРОВАННАЯ

КНИГА

КАК

ИСТОЧНИК

ВОСПРИЯТИЯ

РЕАЛЬНОСТИ: ТЕМЫ, ОБРАЗЫ, ЦВЕТОВОЕ РЕШЕНИЕ. Вестник славянских

культур, (66), 368-378.

22.

Sobirov S.T. (2021). ILLYUSTRATSIYALARNING BOLALAR UCHUN NASHR

QILINADIGAN KITOBLARDAGI VAZIFALARI. Экономика и социум, (10 (89)),

1329-1335.

23.

Brookshire, J., Scharff, L. & Moses, L. (2002). The influence of illustrations on

24.

children's book preferences and comprehension Reading Psychology, Vol 23(4), 323-339.

References

Kitob grafikasida kompozitsiya hamda adabiyot asarlarini chuqurroq o‘rganishda illyustratsiyaning ahamiyati I.Yuldashev, B.Qurbonova Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

O‘quvchilar ijodiy qobilyatini rivojlantirishda illyustratorlar hayoti va ijodiy faoliyatini o‘rganishning axamiyati. Sarvar Tursunmurotovich Sobirov Academic Research in Educational Sciences.

How Illustrations Impact Child Development and Learning Through Books.

Zarifova D. IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNING BADIIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA ART-TERAPIYANING O‘RNI VA AHAMIYATI //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 3. – С. 271-274.

Zarifova, D. O. qizi. (2023). SHARQ GRAFIKA SAN’ATIDA MAISHIY JANRNING O‘RGANILISHI. Innovative Development in Educational Activities, 2(9), 57–62. Retrieved from https://openidea.uz/index.php/idea/article/view/1259

Submitted for Publication in Reading Psychology. Prepared with the T&F Journal Template.

The Influence of Illustrations on Children’s Book Preferences and Comprehension

Suggested short title: The Influence of Illustrations

Jamye B. Brookshire

Stephen F. Austin State University

Lauren F. V. Scharff, Ph.D

Stephen F. Austin State University

Laurie E. Moses

Stephen F. Austin State University

Address Correspondence to: Lauren Scharff, Stephen F. Austin State University, Box 13046 SFA Station,

Nacogdoches, TX 75962; lscharff@sfasu.edu

Brookshire, J., Scharff, L. & Moses, L. (2002). The influence of illustrations on

children's book preferences and comprehension Reading Psychology, Vol 23(4), 323-339.

rookshire, J., Scharff, L. & Moses, L. (2002). The influence of illustrations on

children's book preferences and comprehension Reading Psychology, Vol 23(4), 323-339

Лакизенко Елизавета Дмитриевна, & Макарова Татьяна Львовна (2022). ДЕТСКАЯ ИЛЛЮСТРИРОВАННАЯ КНИГА КАК ИСТОЧНИК ВОСПРИЯТИЯ РЕАЛЬНОСТИ: ТЕМЫ, ОБРАЗЫ, ЦВЕТОВОЕ РЕШЕНИЕ. Вестник славянских культур, (66), 368-378.

Sobirov S.T. (2021). ILLYUSTRATSIYALARNING BOLALAR UCHUN NASHR QILINADIGAN KITOBLARDAGI VAZIFALARI. Экономика и социум, (10 (89)), 1329-1335.

Brookshire, J., Scharff, L. & Moses, L. (2002). The influence of illustrations on

children's book preferences and comprehension Reading Psychology, Vol 23(4), 323-339.