A BRIGHT REPRESENTATIVE OF UZBEK GRAPHIC ART ISKANDAR IKROMOV AND HIS SERVICES IN THE DEVELOPMENT OF BOOK GRAPHICS

HAC
Google Scholar
To share
Jurayeva, G. ., & Abdullaxodjayev, G. (2024). A BRIGHT REPRESENTATIVE OF UZBEK GRAPHIC ART ISKANDAR IKROMOV AND HIS SERVICES IN THE DEVELOPMENT OF BOOK GRAPHICS. Modern Science and Research, 3(1), 447–450. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28270
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The comparative analysis of the topic is determined by this, in it a deep analysis of the work of Alexander Ikromov, who made an important contribution to the formation of graphic art in the process of work. The work of the graphic artist of Uzbekistan and its styles have been studied. Aimed at fully covering this topic, this article covers information that future graphic artists should master, and also focuses on issues such as methods of teaching practical work.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

447

O’ZBEK GRAFIKA SAN’ATINING YORQIN VAKILI ISKANDAR IKROMOV VA

UNING KITOB GRAFIKA TARAQQIYOTIDAGI XIZMATLARI

Jurayeva Gulmira Zafar qizi

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti

Dastgoh va kitob grafikasi mutaxassisligi

1-kurs magistranti

Abdullaxodjayev Gayrat Talipovich

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institute

Ijtimoiy fanlar, pedagogika va kasbiy ta’lim kafedrasi dotsenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10524471

Annotatsiya. Mavzuning qiyosiy taxlili shu bilan belgilanadiki, unda ish jarayonida

grafika san’atining shakllanishida muhim hissa qo‘shgan Iskandar Ikromov ijodi chuqur tahlil
qilinadi. O‘zbekiston grafik rassomi ijodi va uning uslublari o‘rganib chiqilgan. Mazkur mavzuni
to‘liq yoritishga qaratilgan bu maqola bo‘lajak grafik rassomlar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan
ma’lumotlar haqida yoritilgan, shuningdek, amaliy ishlashga o‘rgatish usullari kabi masalalarga
qaratilgan.

Kalit so’zlar: Musavvirlik, grafika san’ati, kitob grafikasi, rassom, muzaxxib.

A BRIGHT REPRESENTATIVE OF UZBEK GRAPHIC ART ISKANDAR

IKROMOV AND HIS SERVICES IN THE DEVELOPMENT OF BOOK GRAPHICS

Abstract. The comparative analysis of the topic is determined by this, in it a deep analysis

of the work of Alexander Ikromov, who made an important contribution to the formation of graphic
art in the process of work. The work of the graphic artist of Uzbekistan and its styles have been
studied. Aimed at fully covering this topic, this article covers information that future graphic
artists should master, and also focuses on issues such as methods of teaching practical work.

Keywords: Musicology, graphic art, book graphics, artist, muzaxhib.

ИСКАНДАР ИКРОМОВ, ЯРКИЙ ПРЕДСТАВИТЕЛЬ УЗБЕКСКОЙ

ГРАФИКИ И ЕГО УСЛУГИ В РАЗВИТИИ КНИЖНОЙ ГРАФИКИ

Аннотация. Сравнительный анализ темы обусловлен тем, что глубоко

анализируется творчество Искандара Икрамова, внесшего в ходе своего творчества
важный вклад в становление графического искусства. Изучено творчество художника-
графика Узбекистана и его стили. Данная статья, призванная полностью осветить
данную тему, охватывает информацию, которую должны усвоить будущие художники-
графики, а также фокусируется на таких вопросах, как методика обучения практической
работе.

Ключевые слова: Живопись, графика, книжная графика, художник, иллюстратор.

O’zbek xalqi qadimdan o‘zining san’atsevarligi, san’atning barcha turlarini qadrlashi bilan

nom chiqargan. Ayniqsa, xalqimiz orasida musavvirlik san’ati yuksak qadrlangan, musavvirlarga
alohida hurmat-e’tibor ko’rsatilgan. Asrlar osha insonlarga go‘zallik hadya etib kelayotgan
musavvirlik uzoq yillar davomida shakllangan, sayqallangan ijod turidir.

Tasviriy san'at xazinasidan munosib o’rin olgan grafika san’ati Sharq xalqlarining

mushtarak badiiy mеrosi hamdir. U qadimgi nodir qo’lyozmalarni ziynatlash bilan birga, mazkur


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

448

asarlardagi ilgor insonparvarlik g’oyalari, oliyjanoblikka bo’lgan intilish, go’zallik to’g’risidagi
tasavvurni ifodalashga ham xizmat qilgan. Turli san’atkorlar - xattot, rassom, mo’zaxxib,
muqovasoz, jadvalkash va boshqalarning ijodii hamkorligida yaratilgan nodir qo’lyozmalar o’sha
davr madaniy, ijtimoiy hayotini badiiy-estеtik qarashlarini o’rganishda qimmatli manbalardan
hisoblanadi.

Oʻzbekistonda grafika san’ati XX asrda shakllandi va rivojlandi. Rassomlar I.Ikromov,

V.Kaydalov, L.Abdullayev, T.Muhamedov, K.Nazarovlar kitob bezaklari, Q.Basharov ilk kitob
suratlari va ajoyib linogravyura asarlari bilan oʻzbek tasviriy sanʼati taraqqiyotiga katta hissa
qoʻshdilar va oʻzbek grafika maktabining vujudga kelishiga zamin yaratdilar.

XX asrning oxirgi choragida ijodkorlar safiga M. Kagarov, L. Ibrohimov,

M. Sodikrv, A. Mamajonov, A. Bobrov, V. Apuxtin, F. Basharova,
A. Li, G. Li kabi rassomlarning kelib qoʻshilishi grafikani ham
badiiy mahorat, ham mavzu jihatdan boyishini taʼminladi. Oʻzbek
grafikachilari grafikaning barcha sohalarida samarali ijod qilib,
mavzu jihatdan rang-barang asarlar yaratib kelgan Tug‘ma iste’dod
sohibi bo‘lgan, mashhur grafik rassomi, kitobat san’atida o‘ziga xos
maktab yaratgan Iskandar Ikromov 1904-yilda Toshkentda
tug‘ilgan. Rassom yoshligidanoq tasviriy san’atni mo’jiza deb bildi
va 1923-yilda Eski Jo‘va maydonidagi 1-bosmaxonada joylashgan
Turkiston muzofot rasm maktabiga o‘qishga bordi. Tasviriy
san’atdan ilk saboqni shu yerda olgan bo‘lajak rassom 1925-1929-
yillarda Sankt-Peterburgda, Badiiy akademiya qoshidagi Badiiy
san’at texnikumida ta’lim oldi.

1929-1930-yillarda Samarqand pedagogika texnikumida o‘qituvchi,1929-1959-yillarda

O‘zbekiston Davlat nashriyotida grafika bo‘limi mudiri, 1959-1965-yillarda O‘zbekiston
Rassomlar uyushmasi raisi vazifalarida faoliyat ko‘rsatdi.

Musavvir 30-yillarda «Maorif va o‘qituvchi», «Alanga», «Yer yuzi» jurnallarida tasviriy

san’atga oid maqolalar e’lon qilish bilan birga rassomlik san’ati va bezak san’ati haqida «Rasm
o‘rganish» qo‘llanmasi, «Harf yozishni o‘rganish», «O‘zbekcha rasmli kesma alifbe», «O‘zbekcha
alifbe bo‘yash kitobchasi» kabi uslubiy qo‘llanmalarini yaratdi. Ular san’at muxlislari tomonidan
yaxshi qabul qilinib, o‘sha yillarda bu qo‘llanmalar Shonazar Shorahimov, Bahrom Hamdamiy,
Lutfulla Abdulllev, Hamidulla Ikromov, Samig‘ Abdullaev kabi rassomlarning o‘z kasbining
yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishish vazifasini o‘tadi. Rassom o‘z ijodiy faoliyati davomida,
ayniqsa, kitoblar, ularning muqovalari va ichki bezaklarini bezash bo‘yicha mohir rassom sifatida
shuhrat qozondi. Uning N.Safarovning «Unutilmas kunlar», Q.Loxutiyning «Biz yengamiz»
kitoblariga, Hamza, Abdulla Qodiriy, Oybek, G‘afur G‘ulom asarlariga, Pushkin poemalariga,
Shevchenkoning «Qo‘buzchi», Turgenevning «Arafa», Tursunzodaning «Chamanzor», Berdi
Kerboboevning «Dadil qadam», Rajabiyning «O‘zbek xalq musiqasi» asarlariga ishlagan
bezaklari nafaqat rassom ijodida, balki kitob bezash san’ati sohasiga muhim ahamiyatga ega
bo‘ldi. «O‘zbeklar orasidan etishgan birinchi poligraf san’atkori kitob doktori (rassomi) o‘rtoq
Iskandar ishiga sevgi ila yopishganligi ma’lum», deb yozgan edi taniqli yozuvchi Oybek, «Keng
ijodiy sohasiga endi qadam qo‘yayotgan o‘rtoq Iskandarning maktab doirasida bajargan ishlarida


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

449

ham katta umidlar baxsh etuvchi narsalar bor. Iskandar har
rassom kabi chiziqlarning, ranglarning sirini ko‘p yaxshi
anglaydi. Chiziq va ranglarga hayot, harakat kirgizadi».

I.Ikromov Alisher Navoiyning 500 yillik yubileyini

o‘tkazishda faol ishtirok etib, Shoirning «Layli va Majnun»,
«Farhod va Shirin», «Saddi Iskandariy» «Xazoyin ul-
maoniy» kitoblarini go‘zal uslubda bezadi. Ularda shoir
yashagan

davr

me’morchiligida

qo‘llangan

naqsh

namunalaridan, o‘sha davr qo‘lyozmalarida ishlangan
bezaklardan ustalik bilan foydalandi. Shuningdek, Abu
Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Lutfiy, Mirzo Ulug‘bek, Bobur
kabi madaniyatimizning buyuk namoyandalari kitoblariga
ham katta mehr va samimiyat bilan bezaklar ishladi. Abu Ali
ibn Sinoning «Tib qonunlari» asarining I va V jildlariga
chizgan bezaklari yorqinligi, hayotiyligi va katta jozibasi

bilan kitobxonni o‘ziga jalb etadi.

I.Ikromov ijodiga o‘z vaqtida Oybek, Ch.Ahmarov, Mirmuhsin hamda yirik kitobshunos

va san’atshunos A.Sidorovlar yuqori baho berganlar. «Iskandar aka nozik didli ajoyib inson edi.
Shuning bilan birga, u o‘zbek grafika san’atining asoschisi edi»,—degan edi O‘zbekiston xalq
rassomi Chingiz Ahmarov. «Iskandar Ikromov birinchi bo‘lib, o‘zbek milliy kitobat san’atini
tiklagan va uning shuhratini jahonga namoyish qilgan san’atkor edi.

Iskandar akada o‘zbek milliy ziyolilarining ko‘p ijobiy fazilatlari mujassam edi. Shu bois

Iskandar Ikromov avvalgi o‘zbek ziyolilariga xos fazilatli inson va o‘z milliy san’atini qalbdan
sevgan ijochkor sifatida katta taasurot qoldirgan».

I.Ikromov xalqaro va respublika kitob tanlovlari va ko‘rgazmalarida o‘z asarlari bilan

qatnashib, yuksak mukofotlarga sazovor bo‘ldi. Sobiq Ittifoq kitob, grafika va plakatlar
ko‘rgazmasida Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari» asari bezagi uchun 1956-yilda ikkinchi
darajali diplom, 1959-yilda Olmoniyaning Leypsig shahrida o‘tkazilgan xalqaro kitob
ko‘rgazmasida Alisher Navoiyning «Lirika» kitobiga ishlagan bezagi uchun bronza medali, 1965-
yilda Alisher Navoiyning «Hikmatli so‘zlar» kitobi muqovasi uchun sobiq Ittifoq Rassomlar
uyushmasining ikkinchi darajali diplomi bilan taqdirlangan.

Shuningdek, 1970-yilda O’rta Osiyo va Qozog‘iston Respublikalarining eng yaxshi kitob

va jurnal bezaklari uchun o‘tkazilgan 9-tanlovida 1-darajali diplomga ham sazovor bo‘lgan.

Akademik shoir G‘afur G‘ulom Iskandar Ikromov bezagan o‘z kitobini qo‘liga olar ekan:

«Avval Moniy, Iskandar soniy» deb uning san’atiga yuksak baho berganligi bejiz emas.

Chunki rassom o‘zbek kitobat san’atida milliy an’analarga suyangan holda o‘z maktabini

yaratdi. I.Ikromov ijodiy ish bilan rahbarlik va jamoat ishlarini olib bordi.

U O‘zbekiston Rassomlar uyushmasi raisi, sobiq Ittifoq Rassomlar uyushmasi

rahbariyatining kotibi, Sharq xalqlari san’at Davlat muzeyi ilmiy kengashi, O‘zbekiston madaniyat
vazirligi metodik kengashi a’zosi edi.

Uning sermazmun ijodi «O‘zbekiston xalq rassomi» unvoni va bir necha orden, medallar

bilan munosib taqdirlandi. Mashhur grafik rassom Iskandar Ikromov 1972-yil 6-noyabrda


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

450

Toshkent shahrida vafot etdi. Undan bebaho san’at asarlari, ajoyib shogirdlar va sadoqatli
farzandlar qoldi. Uning hayot yo‘li ana shu shogird va farzandlari uchun bebaho kitobdek
muqaddasdir.

REFERENCES

1.

Nizomiddinov I. “G‘afur G‘ulom” 1970. – 144 b.

2.

Abdullayev N. “San’at tarixi” – Toshkent “O’qituvchi”

3.

https://www.google.co.uz/#q=grafika+sanati

4.

https://www.google.co.uz/#q=grafika+haqida&start=10

5.

https://shop.eastview.com/results/item?sku=972171B

6.

http://library.ziyonet.uz/ru/book/12804

7.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Grafika

8.

https://www.google.co.uz/search?q=rassom+iskandar+ikromov&tbm=isch&tbo=u&sourc
e=univ&sa=X&ved=0ahUKEwjosvTCqPTTAhWpBZoKHQw0AQwQsAQILg&biw=19
20&bih=974&dpr=1#tbm=isch&q=kitob+ilyustratsiyalari&imgrc

References

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов