2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
207
QURILISH SOHASIDA INNOVATSIYALARNI BAHOLASHDAGI MUAMMOLAR
Turdibekov Yu.I.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti
“Ko’chmas mulkni boshqarish” kafedrasi mudiri,
iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Xoliqulov Z.A.
“
DILLER SARMOYA” MCHJ direktori, amaliyot baholovchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15087848
Annotatsiya. Maqolada qurilishda qo‘llanilgan innovatsiyalarni baholashda duch
keladigan muammolar yoritilgan, shuningdek bu muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflar
berilgan.
Kalit so’zlar: investitsiya, innovatsiya, modernizatsiya, xarajatlar samaradorligi,
baholash xizmatlari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalarni boshqarish muhim rol o‘ynaydi, ayniqsa fan-
texnikaning jadal rivojlanishi sharoitida innovatsiyalarni ishlab chiqarish jarayoniga joriy qilishda
investitsiyalarni boshqarishning ahamiyatini yanada oshirmoqda. Innovatsiyalar taraqqiyotning
negizidir, shuning uchun innovatsiyalarni nafaqat iqtisodiyotga, balki ijtimoiy sohalarga ham
yo’naltirish lozim.
Ba’zi investitsiyalarning maqsadi xususiy kapitalni oshirish bo‘lsa, boshqalariniki esa
ishlab chiqarish bazasini kengaytirish hisoblanadi. Asosiy fondlarni yaratish va qayta ishlab
chiqarishga investitsiyalash kapital qo‘yilmalar shaklida amalga oshiriladi. Ularni amalga oshirish
turli manbalar hisobiga bo‘lishi mumkin: xususiy korxonalarning o‘z mablag‘lari; bank kreditlari;
xorijiy investitsiyalar; davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlardan investitsion ajratmalar va
x.k. Davlat byudjetining turli darajalari va byudjetdan tashqari fondlar mablag‘laridan foydalanish
ulardan maqsadli foydalanish va samarali boshqarish bo‘yicha javobgarlikni oshirishni talab
qiladi.
Ilmiy-texnik taraqqiyotning va qurilish tarmog‘i rivojlanishining tezlashgan sharoitida
ishlab chiqarish salohiyati modernizatsiyasining iqtisodiy mohiyatiga yangicha yondashish
zaruriyatini yuzaga keltirmoqda, bunda qurilish korxonalarining raqobat ustunliklarini oshirishga
takror ishlab chiqarish jarayonining o‘ziga xos hususiyatlari va ilmiy-texnik taraqqiyotning ta’siri
inobatga olinishi lozim. Qurilish korxonasining raqobat salohiyati shakllanishi samaradorligining
oshishida moddiy-texnik baza asosiy o‘rinni egallaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, qurilish
korxonasining raqobat salohiyatidan foydalanish samaradorligini baholashda qurilish-montaj
ishlarini bajarish jarayonida qurilish mashinalari va mexanizmlarining optimal yuklanishga
alohida e’tibor qaratish zarur. Qurilish tarmog‘i xo‘jalik sub’ektlarining ishlab chiqarish
salohiyatini takomillashtirish texnik qayta qurollantirish, rekonstruksiya, modernizatsiya,
kengaytirish yoki yangi qurilish kabi shakllardan biri orqali amalga oshiriladi.
Kapital qo‘yilmalar faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari va investitsion-qurilish
faoliyatining boshqa ob’ektlarini yangidan qurish, ularni kengaytirish, rekonstruksiya qilish va
texnik qayta jihozlashga yo‘naltirilishi mumkin. Qurilishda investitsiyalarni amalga oshirishning
yuqorida sanab o‘tilgan har qanday usulini bugungi kunda kapital qo‘yilmalarning samaradorligini
oshirishga qaratilgan innovatsion qarorlarni joriy qilishsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
208
Bino yoki inshootning qurilish loyihasini tuzishda iqtisodiy jihatdan eng samaralisini
tanlash maqsadida investitsiyalarni amalga oshirishning bir necha variantlarini ishlab chiqish
lozim. Buning uchun loyihani amalga oshirishga yo‘naltirilgan harajatlar miqdorini aniqlash talab
qilinadi. Lekin loyihaga innovatsion qarorlarni qo‘llashda loyihachilar loyiha-smeta hujjatlari
tarkibidagi yangi texnika va texnologiyalarning qiymatini baholash imkoniyatining yo‘qligiga
duch kelishadi.
Loyihaga yangi texnologiya, yangi mexanizatsiya vositalari, zamonaviy materiallar joriy
qilinar ekan, boshqa teng sharoitlarda innovatsion qarorlarni joriy qilmagan holda va ularni joriy
qilishni hisobga olgan holda kapital qo‘yilmalarning samaradorligi tahlilini o‘tkazish, mehnat
unumdorligini baholash, mehnat va tabiiy resurslar iqtisodini hisoblash, ishlarning
mexanizatsiyalashganlik darajasini aniqlash lozim bo‘ladi.
Korxonani texnik qayta qurollantirish va rekonstruksiya qilishda, odatda, yangi ish
o‘rinlari yaratilmaydi. Shu bilan birga, o‘z faoliyati davomida shakllangan malakali kadrlar va
mahsulot ishlab chiqarish tajribasi saqlanib qoladi. Ishlab chiqarish salohiyatini yangilashning bu
shakllarining iqtisodiy samaradorligi juda yuqoridir. Tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, texnik qayta
qurollantirishni yangi qurilish bilan taqqoslaganda shuni aytish lozimki, bunda kapital
qo‘yilmalarni amalga oshirishning o‘rtacha muddatlari 2 – 3 martaga, investitsion siklning
o‘rtacha davomiyligi 2 martaga, kapital qo‘yilmalarning hajmi 2 – 4 martaga, kapital
qo‘yilmalarning qoplanish muddati 1,5 – 2 martaga qisqaradi. Rekonstruksiya qilishda ishlab
chiqarish quvvatlarini bir birligi hisobiga umumiy harajatlar yangi qurilishdagiga nisbatan 30%ga
kamroqni tashkil qiladi.
Kapital qo‘yilmalarning iqtisodiy samaradorligi, asosan, qurilishga qilingan haqiqiy
harajatlarni kamaytirish, uning sifatini oshirish, qurilish muddatlarini qisqartirish, ishlab chiqarish
quvvatlarini o‘zlashtirish darajasi va loyihaning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga erishishga bog‘liq.
Ushbu ko‘rsatkichlarga faqatgina ishlab chiqarish jarayoniga o‘zgartirishlar kiritish, ya’ni
innovatsiyalarni qo‘llash yo‘li bilan erishish mumkin.
Loyihaning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini baholashda asosiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib
qurilish ob’ektining smeta qiymatini aniqlash hisoblanadi. Shuningdek, qurilish muddati ham
bahoni shakllanishida muhim o‘rin tutadi.
Qurilishning smeta qiymati, odatda, harajat usuli yordamida, ya’ni rejalashtirilgan qurilish,
ta’mirlash-qurilish, montaj ishlarining turi va hajmi bo‘yicha joriy harajatlarning alohida
elementlarini belgilangan norma va baholar yordamida kalkulyatsiya qilish orqali aniqlanadi.
Hozirgi kunda smetali normalashtirish va bahoni shakllantirishdagi asosiy muammo bo‘lib
amaldagi smeta-normativ baza tarkibida qurilish ishlarining turli zamonaviy milliy va xorijiy
ishlab chiqarish texnologiyalari, yangi mexanizatsiya va transportvositalari, materiallar va
jihozlar, shuningdek zaruriy ishlab chiqarish va boshqa harajatlar normalarda ob’ektiv aks
ettirilmasligi hisoblanadi. Mazkur bosqichda qurilish ishlarini amalga oshirish uchun zarur
bo‘ladigan investitsiyalar hajmini aniq baholash muammosi yuzaga keladi, ayniqsa bu muammo
innovatsiyalarni qo‘llashda juda dolzarb hisoblanadi. Qurilish jarayoniga turli harakterdagi
innovatsion qarorlarni joriy qilishdan olinadigan samarani baholash murakkab vazifa bo‘lib, bunda
innovatsiyalarni qo‘llagan va qo‘llamagan xollardagi investitsiyalarni taqqoslash imkoniyati yo‘q,
natijada
buyurtmachi-quruvchining
kelajakdagi
moliyaviy
resurslaridan
foydalanish
samaradorligi masalasi ilgari suriladi.
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
209
Investitsion loyihalarning samaradorligini baholash davomida olingan natijalar loyihaning
foydaliligi nuqtai nazardan investor uchun eng qiziqarlisini tanlash imkonini beradi, bu esa kerakli
moliyaviy mablag‘larni jalb qilishga xizmat qiladi. Shuning uchun, investor uchun eng muhim
masalalardan biri bo‘lib qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun zarur bo‘ladigan kapital
qo‘yilmalar hajmining haqqoniy baholanishi, ya’ni ob’ekt qiymatini investitsion siklning hamma
bosqichlarida aniqlash hisoblanadi. Qurilish tarmog‘ida innovatsiyalarni baholash aniqligini
oshirish bir vaqtning o‘zida biznes-rejalashtirish, marketing va innovatsiyalarni boshqarish
jarayonini yengillashtiradi.
Ilmiy-texnik faoliyatning natijalari, umumiy olganda, ishlab chiqarishni samarali amalga
oshirish uchun tayyor tijorat mahsuloti hisoblanmaydi. Innovatsion mahsulot uchun yangi bozor
yaratilishi lozim, qurilish tarmog‘ida esa normativ adabiyot ishlab chiqilishi talab qilinadi, bu esa
ularni ishlab chiquvchilar uchun ham, butun qurilish tarmog‘i uchun ham eng muhim vazifa
hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Turdibekov, K., & Ibragimovich, Y. T. (2015). Rates of tourism competitiveness under the
categorical apparatus of tourism industry through strategic fundamentals of formation,
analyses of Uzbekistan. Journal of Management Value & Ethics 5 (4), 62 – 79.
2.
Turdibekov Yu.I. The Importance of Valuation Services in Today's Globalized Economy
and Their Current Purpose. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF THEORETICAL AND
APPLIED SCIENCES. Volume: 04 Issue: 06 Jun 2023 ISSN: 2660-5317. 198 – 201 p.
https://cajotas.centralasianstudies.org
3.
Ганиев К.Б., Турдибеков Ю.И. Бозор муносабатлари шароитида автотранспорт
воситалари ва қурилиш машиналари қийматини баҳолашнинг айрим жиҳатлари. //
“Иқтисодиётни либераллаштириш шароитида инвестицион-қурилиш ва инновацион
жараёнларни ташкил қилиш ва бошқаришнинг долзарб муаммолари” мавзусидаги
Республика миқёсидаги илмий-амалий анжумани материаллари (2019 йил 17-18
май), 2-қисм. – Самарқанд: СамДАҚИ, 2020. - 199-202 б.
