ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
252
KO’P VEKTORLI YONDASHUVLAR ASOSIDA TALABALARNING
KOLLOBORATIV KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK
TRENING USLUBI
Turemuratova Aziza Begibaevna
Qoraqalpoq davlat universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi assistenti.
Kenjayeva Marhabo Ahmatjonovna
Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15165659
Annotatsiya.
Ushbu maqola psixologik trening va pedagogik usullar orqali talabalarning
hamkorlik ko'nikmalarini oshirishga bag'ishlangan. Ta’limda ko‘p vektorli yondashuvlarga
asoslangan yangi tizim yaratishda hamkorlikda o‘qitish usullaridan foydalanish maqsadga
muvofiq, deb hisoblaymiz. O‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish, hamkorlikda ishlash
ko‘nikmalarini oshirish, psixologik treninglar orqali bilimlarini mustahkamlash orqali ta’lim
samaradorligini yanada oshiramiz. Ushbu tadqiqot orqali biz guruhlar va jamoaviy ta'limning
eng samarali usulini ko'rib chiqdik. Bu o‘quvchilarning egallagan bilimlarini eslab qolish
qobiliyatini oshiradi, erkin fikrlash, mulohaza yuritish, qaror qabul qilishga yordam beradi,
degan fikrni ilgari surdik. Ushbu o‘rganish davomida biz talabalar bilan psixologik trening
orqali suhbatlar o‘tkazdik va talabalarning fikrlarini tingladik.
Kalit so’zlar:
Kolloborativ ta’lim, psixologik trening, pedagogik metodlar, psixologik
salohiyat, pedagogik mahorat, zamonaviy ta’lim, kolloborativ ko’nikmalar, ta’lim texnologiyasi,
didaktik ta’lim, individual yondashuv.
PSYCHOLOGICAL TRAINING METHOD FOR DEVELOPING STUDENTS'
COLLABORATIVE SKILLS BASED ON MULTI-VECTOR APPROACHES
Abstract.
This article is a study of improving students' collaborative skills through
psychological training and pedagogical methods. We believe that it is appropriate to use
collaborative learning methods in creating a new system based on multi-vector approaches in
education. We will further increase the effectiveness of education by forming students'
worldviews, improving collaborative skills, and consolidating their knowledge through
psychological training. Through this study, we considered the most effective approach to
learning in groups and collectives. We put forward the idea that this increases students' ability
to remember the acquired knowledge and helps them think freely, reason, and make decisions.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
253
During this study, we conducted interviews with students through psychological training
and listened to students' opinions.
Keywords:
Collaborative learning, psychological training, pedagogical methods,
psychological potential, pedagogical skills, modern education, collaborative skills, educational
technology, didactic education, individual approach.
ПСИХОЛОГИЧЕСКИЙ ТРЕНИНГОВЫЙ МЕТОД РАЗВИТИЯ НАВЫКОВ
СОТРУДНИЧЕСТВА СТУДЕНТОВ НА ОСНОВЕ МНОГОВЕКТОРНЫХ
ПОДХОДОВ
Аннотация.
Данная
статья
посвящена
совершенствованию
навыков
сотрудничества студентов посредством психологического тренинга и педагогических
методов. Мы считаем целесообразным использование кооперативных методов обучения
при создании новой системы, основанной на многовекторных подходах в образовании. Мы
будем и дальше повышать эффективность образования за счет формирования
мировоззрения учащихся, совершенствования их навыков сотрудничества и укрепления их
знаний посредством психологического тренинга. В ходе этого исследования мы
рассмотрели наиболее эффективный метод группового и коллективного обучения. Мы
выдвигаем мнение, что оно повышает способность учащихся запоминать полученные
знания, помогает им свободно мыслить, рассуждать и принимать решения. В ходе
данного исследования мы провели интервью со студентами посредством
психологического тренинга и выслушали мнения студентов.
Ключевые
слова:
Совместное
обучение,
психологическая
подготовка,
педагогические методы, психологический потенциал, педагогическое мастерство,
современное образование, навыки сотрудничества, образовательная технология,
дидактическое обучение, индивидуальный подход.
Introduction
Mamlakatimizda oliy ta‘lim tizimining hozirgi taraqqiyoti bosqichida, zamonaviy ko’p
vektorli pedagogik yondashuvlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining milliy, tarixiy,
mafkuraviy shart-sharoitlariga javob berishi, ta‘limning an‘anaviy modellari umumiy o’rta ta‘lim
maktablarida, hunar maktablarida, kasb-hunar kollej va texnikumlarida sinf dars tizimi, oliy
ta‘lim muassasalarida ma‘ruza, seminar kabi ta‘lim pedagogik metodlari, psixologik
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
254
treninglardan foydalanishda kolloborativ ko’nikmalarini oshirish bo’yicha tadqiqotlar bo’lgan
vaqtda shu davrga mos keluvchi ta’lim texnologiyalarni qo’llash ijobiy natija berishi shubhasiz.
Rivojlangan mamlakatlarda keng qo’llanilayotgan hamkorlikda o’qitish (kolloborativ
ta’lim), psixologik treninglar orqali pedagogik loyihalar metodi orqali talaba yoshlarning jamoa
va guruh bo’lib bilim o’rganish har taraflama samarali ekanligini isbotlashga harakat qildik.
Taklif qilinayotgan zamonaviy ta‘lim texnologiyalarining yana bir muhim jihati
shundaki, hozirgi ta‘lim tizimidagi ijobiy tomonlarni saqlagan holda, qo’llash imkoniyatining
mavjudligi psixologik trening amalga oshirish uchun qulay sharoit hisoblanadi. Bundan tashqari,
bu texnologiyalar falsafiy, psixologik, pedagogik, didaktik mohiyatga ko’ra, insonparvarlik
tavsifga ega.
Bularning insonparvarlik tavsifi faqat nazariy-mafkuraviy jihatdan istiqlol mafkurasi
talablariga mos kelishi emas, balki amaliy jihatdan ma‘naviyati yuksak, barkamol insonni
shakllantirishga yo’naltirilganligida pedagogik ta’limning zamonaviy kolloborativ usullarda
psixologik treningdan foydalanish usulini misol qilib keltirish mumkin. Ular ta‘limining
tarbiyaviy mazmunini kuchaytirish, o’quv materialini talabalar jamoa bo’lib bir-biriga suyanib,
hamkorikda chuqur va puxta o’zlashtirishni, ularning intellektual axloqiy rivojlanishini, erkin va
mustaqil fikrlashini ta‘minlaydi. Bu esa o’z navbatida bir-biriga yordam berish muloqotining
yaxshilashiga xizmat qiladi.
Hozirgi o’qitishda har bir ta‘lim oluvchining faqat o’zi bilimni o’zlashtirishdan
manfaatdorligi asosida unda shakllanuvchi raqobat, xislatlardan xalos bo’lishga zamin
tayyorlaydi. Bu esa hozirgi ta‘lim islohotining talablariga hamohang. Mazkur psixologik trening
orqali pedagogic metodlarni tashkil qilish texnologiyalarning ta‘limdagi asosiy mohiyati ta‘lim
oluvchi shaxs kamoloti, tanqidiy fikrlashi hamda o’ziga xos indivudualligiga asoslanishiga
yordam beradi. Shu bilan birga talabalarning an‘anaviy ta‘limdagi faqat tayyor bilimlarni
o’zlashtirish va ularni takrorlashga muqobil pedagogik metod sifatida xizmat qilishi.
Mazkur pedagogik metodlar va psixologik trening texnologiyalar metodik jihatdan -
zamonaviy ta’lim modelining bosqichma-bosqich rivojlanish nazariyasiga mos kelib,
kolloborativ ta‘limni psixologik trening tarzda mazmun-mohiyati bilan zamonaviy ta‘lim
texnologiyalari asosida ko’rish imkoniyatini beradi. Taklif qilinayotgan kolloborativ ta‘lim
pedagogik metodlar va psixologik treninglar orqali ta’lim texnologiyalarini yaxlitlikda ta‘lim
jarayoniga qo’llash asta-sekin an‘anaviy metodlardan voz kechib, zamonaviy pedagogik va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini yaratadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
255
Ular psixologik va pedagogik mohiyati bilan insonparvarlik tavsifiga ega bo’lgan shaxsga
yo’naltirilgan texnologiya sifatida qaralgan.
Hamkorlikda o’qitish metodini psixologik treninglar orqali o’rganish, loyihalar metodi,
tabaqali o’qitish, Demak, talabalar zamonaviy ta’lim tizimi orqali kolloborativ ko’nikmalarini
oshirishda zamonaviy psixologik treninglardan foydalanishda o’qituvchidan yuqori darajada
pedagogik mahorat talab qilinadi. Psixologik salohiyatli o’qituvchi har taraflama o’ziga xos
belgilari e‘tibordan chetda qoldirmasligi lozim. Hamkorlikda o’qitish mohiyatini tushunish
uchun pedagogik amaliyotda uchraydigan bitta faktga murojaat qilaylik. Bu ham bo’lsa,
kolloborativ ko’nikmalar talabalarning ta‘lim jarayonida o’quv materialini to’liq o’zlashtira
olmasligi yoki amaliy ishlarda xato qilishi asosiy muammo sifatida qaralib kelmoqda. Bu kabi
xatoliklar talabalarda noto’g’ri fikrlash, bilimning to’liqmasligi, diqqatini o’qishga qarata
olmaslik tarzida bo’lishi mumkin. Buni tuzatish uchun qo’shimcha mashq qilish, qo’shimcha
dars o’tish lozim bo’ladi. Bu xatolikni tahlil qilib, uni talabalarning ta’lim olishdagi faoliyati
bilan bog’liqlik yoki talabalarning materialini o’zlashtirishlari uchun yetarli vaqt ajrata
olmaganligi aniqlandi. Hamkorlikda o’qitish faqat ta‘limiy jihatdan ahamiyatli bo’lmasdan, balki
tarbiyaviy tomondan ham talabalarning intellektual va ahamiyatli kamolotiga kuchli ta‘sir qiladi.
Hamoklikda o’qitishning muhim jihati jamoaviy faoliyat ko’rsatish bo’lib, bunda
talabalar o’zaro hamkorligi bir-biriga bog’liqlik hissiyotlari o’zaro harakatlarini, faoliyatini
muvofiqlashtirish munosabatlari shakllanadi. Talabalar fikr yuritish, mulohaza qilish, qaror
qabul qilish kabi hislatlari oshadi. Hamkorlikda o’qitish talabalarning ma’naviy yuksalishi,
o’zgalar bilan o’zaro muloqotda bo’lishi, kolloborativ ko’nikma va malakalarini shakllanishi
uchun muhim vosita hisoblanadi. Shu usullar orqali talabalarning dunyoqarashini shakllantirish
va komil inson qilib tarbiyalay boshlab bir-biriga yordam hissiyotlarini rivojlantirib, darsda
emas, balki yashash tarzida va butun hayoti davomida birovga yordamga kelish har qanday
muammoni birgalikda hal qilishdan quvonish kabi shaxsiy sifatlarga aylanadi. Xo’sh
hamkorlikda o’qitishning psixologik texnologiyasining mohiyati yoki didaktik asoslari nimada?
Bu usul talabalar harakatlarini ma‘lum ketma-ketlik va izchillikda bajarishi bo’lib,
o’qitishning u yoki bu metodlarini amalga oshirishni ta‘minlaydi. Yoki pedagogik metodlar
majmuasi bo’lib, ta‘limga ma‘lum ko’p vektorli psixologik treninglar orqali yondashishni
ta‘minlaydigan didaktik tizim yaratish imkoniyatini beradi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
256
Talabalarning o’quv faoliyatini tashkil qilishning turli metod va vositalari umumiy
mantiqiy, hamkorlikda o’qitish prinsiplarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Shu majmualar o’z
navbatida ta’limda hamkorlikda o’qitishning texnologik ta’lim tizmi asosini tashkil etadi.
Faqat shunday asosda ko’rilgan didaktik tizim pedagogik jarayonda sinalgan metod va
psixologik treningga asoslangan vositalar ta’lim texnologiyasi sifatida xizmat qilishi mumkin.
Didaktik ta’lim tizimning asosini o’qitish metodlari majmuasi tashkil etib, ular ma‘lum
nazariy asos, prinsiplarga va ta‘lim konsepsiyasiga asoslanadi. Tanlanadigan o’qitishning metod
va vositalari hamkorlikda o’qitish talablar fikridan kelib chiqishi lozim. Hamkorlikda o’qitish
texnologiyasi turli mamlakatlarda keng qo’llanilib kelinmoqda. Bunda uning hamma joyda bir
xil qolipda emas, balki turli xilda qo’llab boyitish, turli variantlar shakllanishi e‘tiborga molik.
Bunda asosiy e‘tibor ta‘limning guruhi maqsadiga qaratilib, guruh muvaffaqiyati uning
har bir a‘zosi mustaqil ishining natijasiga bog’liq bo’ladi.
Guruhning har bir a‘zosi boshqalar bilan doimiy o’zaro hamkorlikda o’rganiladigan
mavzu (muammo) ustida ish olib boradi. Guruh har bir a‘zoning vazifasi birgalikda muammoni
hal qilib, birgalikda bilish asosida komandaning har bir a‘zosi zarur bilimlarni egallab, kerakli
kolloborativ ko’nikma va psixologik malakalar shakllanishiga erishiladi. Bunda butun jamoa har
bir talabaning nimaga erishganini bilishi muhim hisoblanadi. Butun guruh o’quv materialini
uning har bir a‘zosi egallashidan manfaatdor bo’ladi. Chunki butun jamoa muvaffaqiyati har bir
a‘zosining qo’shgan ulushi va guruhning hamkorlikda o’z oldiga qo’ygan masalaning
yechilishiga bog’liq. Hamkorlikda o’qitishning jamoa shakli ta’labalarning ta’lim olishdagi
faoliyatini tashkil qilishning pedagogic va psixologik texnologiyasi quyidagi uch asosiy
prinsipga asoslanadi:
1.Taqdirlash butun guruh ball tariqasida yoki taqdirlash sertifikat, maqtov, maxsus
mukofot sifatida birgalikdagi ishiga baho oladi. Buning uchun butun guruhga berilgan bitta
topshiriq bajariladi.
2.Har bir talabaning shaxsiy mas‘ulyati butun guruhning yutug’i va kamchiligini
belgilaydi. Bu esa guruh a‘zolarining har biri faoliyatini, shuningdek, boshqalar faoliyatini
nazorat qilishi, o’quv materialini o’rtog’ining o’zlashtirishi va tushunishiga yordamlashishiga
zamin hozirlaydi. Guruh a‘zolarining o’z bilimlarini turlicha baholash va nazorat qilishga tayyor
turishlarini ta‘minlaydi.
3.Guruhlar har bir talabaning o’zlashtirishdagi teng imkoniyatlari o’z komandasiga olib
keladigan yutuqlari avvalgi natijalarini yaxshilash asosida amalga oshiriladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
257
O’zlashtirish natijalarini avvalgilari bilan taqqoslash aynan shu guruh talabalar erishgan
natijalarini baholash imkoniyatini beradi.
Hamkorlikda kichik guruh – jamoa o’qitish; o’yin, turnir shaklda jamoa o’qitish; qolgan
ikkitasi aksariyat hollarda ayrim fanlarni ma‘lum yoshdagi talabalarga mo’ljallangan jamoada
ta‘limni tabaqalashtirib, ya‘ni matematika fanini o’qitishda; o’qish, ijodiy insho yozishga
hamkorlikda o’qitishda ijobiy natijalar berishi aniqlangan. Bunda o’qituvchi yangi mavzuni
tushuntirib, so’ngra talabalarning guruhlarda uni mustahkamlashi, uning hamma jihatlarini
anglab olishni topshiradi. Guruhlarda ma‘lum topshiriqning zaruriy tayanch tomonlarini tinglash
buyrug’i beriladi. Bunda topshiriqni ayrim qismlarga bo’lib, har bir talaba o’z qismini o’rganishi
yoki aylanma tariqasida har bir talaba undan keyingi qismni bajarishi tarzida bo’lishi mumkin.
Topshiriqni bajarishni kuchli yoki bo’shroq o’zlashtiruvchi talabalar boshlashi mumkin
bo’lgan holatlarda nazarda tutish, ammo har bir topshiriqni bajarishi, oshkora, ovoz chiqarib
tushuntirishi va butun guruh nazorat qilishi lozim. Agar topshiriq guruh uchun bir xil bo’lsa,
butun guruh topshiriqni bajarib bo’lgach, o’qituvchi darsni turli guruhlarning ishini umumiy
holda muhokama qilsa bo’ladi. Agar topshiriq turlicha bo’lsa, har bir guruh alohida yakunlashi
mumkin. O’quv materiali o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilganiga o’qituvchi ishonch hosil
qilgach, ularning tushunganligi va o’zlashtirishni aniqlash uchun test sinovi o’tkazadi. Bunda
o’qituvchi talabalarga individual yondashib, ularning bilim darajasini hisobga olgan holda,
topshiriqni ta‘minlaydi. Har bir talaba olgan baholari umumlashtirilib, guruhning umumiy bahosi
e‘lon qilinadi. Bunda kuchli talabalar bilan musobaqa qilmay, balki har bir talaba o’zi bilan
musobaqa qilib, o’z vazifasini bajarib, guruhga baholarni ko’paytirishga intiladi. Ta‘limni
bunday tashkil qilishni aniq va tabiiy fanlarni ta‘lim muassasalarida qo’llash mumkin.
Hamkorlikda o’qitishning pedagogik ko’p vektorli ta’lim texnologiyasining yana bir
ko’rinishi jamoa - o’yin faoliyat orqali tashkil qilish hisoblanadi. Bunda ham avvalgidek,
o’qituvchi yangi mavzuni tushuntiradi va talabalar o’quv materialini guruh bo’lib
o’zlashtirishiga guruhli yo’naltiradi. Ammo o’zlashtirish natijalarini baholashda jamoalar
o’rtasida haftalik musobaqa turnirlarini tashkil etadilar. Buning uchun uch nafar talabadan
iborat-musobaqa stollarini tashkil qilinib, unda bir-biriga teng o’zlashtiruvchi talabalar
musobaqani tashkil etadi. Bunday o’qitish amaliy psixologiya, tabiiy fanlarda ko’proq ijobiy
natija beradi. Topshiriqlar tabaqalashtirilib, murakkablik darajasiga qarab beriladi. Har bir stol
g’olibi o’z komandasiga bir xil miqdorda ballar keltiradi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
258
Bunda bo’sh o’zlashtiruvchilar ham o’z tenglari bilan musobaqalashib, jamoasiga baho
keltiradi. Musobaqada eng ko’p baho to’plagan talabalar jamoasi g’olib deb e‘lon qilinadi va
taqdirlanadi.
Hamkorlikda o’qitishning pedagogik va psixologik trening orqali tashkil qilish
texnologiyasining bu ko’rinishlaridan yana biri guruhda individual ishlash hisoblanadi. Bunda
talabalarlar avval o’zlashtirgan bilimlarning natijasiga ko’ra, individual topshiriq olib, o’z ish
sur‘ati asosida uni bajaradi. Ta‘limning bunday ko’p vektorli yondashuvlarga asoslangan shaklda
jamoalar turli xil faoliyat bilan shug’ullanishi mumkin. Jamoa a‘zolari bir-birlariga o’z
individual topshiriqlarini bajarishda yordam berib, o’zlarining yutuq yoki o’zlashtirilishlarini
maxsus jurnalda qayd qiladilar. Yakuniy baholash testlari talabalarning o’zlari tomonidan
individual amalga oshiriladi. O’qituvchi har bir haftada jamoaning har bir a‘zosi ishlagan
mavzular va topshiriqlarni dastur va o’quv reja asosida hisobga olib boradi. Bunda o’qituvchi
guruhlarning yutuqlarini alohida ta‘kidlashi lozim. Talabalar o’zlari mustaqil ishlaganliklari
uchun o’qituvchining alohida guruh yoki talabalar bilan individual ish olib borish imkoniyati
kengayadi.
Talabalar faoliyatini ta‘lim jarayonida bunday tashkil qilish ko’proq fizika, matematika,
kimyo fanlarini o’qitishda qo’l keladi. Hamkorlikdagi ta‘limning o’qishga va ijodiy faoliyatga
tadbiq qilish shakli ko’pincha pastki guruhlarda qo’llanilishi mumkin. Bunda 4 nafar
talabalardan iborat guruh juftliklarga ajratiladi. O’qituvchi o’qitayotganlarning bir jufti bilan
ishlayotganda boshqasi mustaqil bir-biriga o’qib berib, uning aytib berishi rejasini tuzadi. Asosiy
fikrlarni ajratib, matndagi savollarga javob yozadi, to’g’ri yozish, lug’at bilan ishlashni mashq
qiladi. Talabalar bilimini baholash testlari o’qituvchilarning to’la tayyorgarligiga ishonch hosil
qilganidan keyin o’tkaziladi. Hamkorlikda ta‘lim berishning kolloborativ usuli orqali - birgalikda
o’qiymiz pedagogik metodi texnologiyasida sinf turli xil o’zlashtiruvchi 3-5 nafar talabadan
iborat guruhlarni saralab oladilar. Har bir guruh sinf umumiy mavzuning bir qismidan iborat
topshiriq oladi. Guruh har bir a‘zosining birgalikdagi ishi butun o’quv materialining
o’zlashtirilishiga erishiladi. Asosiy ish prinsipi butun jamoani taqdirlash, talabalarga individual
yondashish, har kimga teng imkoniyatlar yaratishdan iborat bo’ladi.
Guruhni taqdirlash har bir talabaning erishgan natijasiga bog’liq bo’ladi. Bunda
o’qituvchi guruhlarni tuzishda talabalarning individual va psixologik xususiyatlarini va har bir
guruh uchun aniq-mos topshiriq tuzishga e‘tibor qaratish muhim ahamiyatga ega. Guruh ichida
esa har bir talabaning o’rnini o’zlari belgilaydi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
259
Guruhlar ta‘limning bu shaklda bilishi, ijodiy maqsad bilan birga, ijtimoiy-psixologik
vazifa o’rtoqlarining topshiriqlarini bajarish madaniyati va o’zaro muloqotni nazorat qilishni
amalga oshiradi. Ta‘limning bu ikkala maqsadini o’qituvchi doimiy ravishda nazorat qiladi.
Xulosa
Hamkorlikda o’qitishning ko’p vektorli pedagogik-psixologik treninglar orqali o’qitishda
yuqorida qarab chiqqan shakllari uchun umumiylik-maqsad va vazifalarning yaqinligi,
talabalarning ta‘lim olishda teng imkoniyatlari individual mas‘uliyat hisoblanadi. Shu bilan birga
guruhda raqobat emas, hamkorlik, guruh a‘zolarining umumiy maqsad va muvaffaqiyatdan
manfaatdorligi o’zaro belgilovchi omil hisoblanadi.
Teng imkoniyatlar talabalarning takomillashuviga zamin hozirlashini anglamoq va olg’a
intilmoq muhim hisoblanadi. Eng muhimi ta‘lim jarayonida o’qituvchining o’rni talabalarni
mustaqil bilim olishga yordam berishi bilan belgilanadi. U talabalarga tayyor bilimlarni
o’rgatishdan tashqari, ularni mustaqil, ijodiy fikrlashga o’rgatish, o’z shaxsi va bilimiga tanqidiy
qarash, axborotlarni tahlil qilish, ulardan keraklisini ajrata olish, xulosalar chiqarish, o’z
fikrlarini asoslashga o’rgatishning muhimligida o’z o’rnini anglaydi. O’rganiladigan muammo
ustida mustaqil ishlash odatiy hol va faoliyatning asosiy yo’nalishi bo’lib qolishi hamkorlikda
o’qitishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
REFERENCES
1.
Turemuratova, A. B., R. O. Minajov, and D. Yu Bekniyazova. "PEDAGOGICAL
APPROACHES TO INCREASING THE ACTIVITY OF TEACHING STUDENTS IN
THE COURSE OF LESSONS." Экономика и социум 10 (113)-1 (2023): 272-276.
2.
Turemuratova, Aziza, et al. "DEVELOPMENT OF COLLABORATIVE SKILLS OF
STUDENTS BASED ON MULTI-VECTOR PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL
APPROACHES IN THE MODERN EDUCATIONAL PROGRAM." Инновационные
исследования в науке 3.10 (2024): 49-52.
3.
Turemuratova, Aziza, et al. "ANALYSIS OF PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL
MECHANISMS OF DEVELOPING COLLABORATIVE SKILLS OF STUDENTS
BASED ON A MULTI-VECTOR APPROACH." Современные подходы и новые
исследования в современной науке 3.14 (2024): 46-49.
4.
Turemuratova, Aziza, and Mahliyo Ruzimova. "PEDAGOGICAL ANALYSIS OF THE
FORMATION OF COLLABORATIVE SKILLS OF STUDENTS BASED ON MULTI-
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
260
VECTOR PEDAGOGICAL APPROACHES IN EDUCATION." Наука и инновации в
системе образования 3.13 (2024): 88-92.
5.
Turemuratova, Aziza, and Khurshıda Atabaeva. "THE MAIN PEDAGOGICAL ASPECTS
OF THE FORMATION OF COLLABORATIVE SKILLS OF STUDENTS BASED ON
MULTI-VECTOR PEDAGOGICAL APPROACHES IN HIGHER EDUCATION."
Академические исследования в современной науке 3.45 (2024): 30-33.
6.
Turemuratova, Aziza, and Sirgagul Orinbaeva.
"MULTI-VECTOR RESEARCH ON
IMPROVING STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS IN HIGHER EDUCATION BASED ON
PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES."
Современные подходы и
новые исследования в современной науке 3.15 (2024): 140-143.
7.
Begibaevna, Turemuratova Aziza. "EFFECTIVE EDUCATIONAL INDICATORS OF
MULTI-VECTOR APPROACHES IN FORMING COLLABORATIVE SKILLS OF
STUDENTS
BASED
ON
PEDAGOGICAL
METHODS
OF
INNOVATIVE
EDUCATION." International Journal of Pedagogics 4.11 (2024): 153-157.
8.
Begibaevna, Turemuratova Aziza. "THE ROLE OF PEDAGOGICAL METHODS
BASED ON MULTI-VECTOR APPROACHES IN MODERN EDUCATION IN
IMPROVING STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS." CURRENT RESEARCH
JOURNAL OF PEDAGOGICS 5.11 (2024): 98-102.
9.
Begibaevna,
Turemuratova
Aziza,
and
Ayimbaeva
Aynura
Rustamovna.
"PEDAGOGICAL ANALYSIS AND ESSENCE OF MULTI-VECTOR APPROACHES
IN IMPROVING STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS BASED ON THE
EDUCATIONAL PROGRAM." CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS
5.11 (2024): 88-92.
10.
Begibaevna, Turemuratova Aziza, and Asamatdinova Bazargul Bakhadirovna.
"PEDAGOGICAL
FOUNDATIONS
OF
DEVELOPING
STUDENTS'COLLABORATIVE
SKILLS
BASED
ON
A
MULTI-VECTOR
APPROACH." European International Journal of Pedagogics 4.11 (2024): 183-187.
11.
Begibaevna, Turemuratova Aziza. "APPLYING METHODS THAT IMPROVE
STUDENTS'COLLABORATIVE
SKILLS
BASED
ON
MULTI-VECTOR
PEDAGOGICAL APPROACHES." European International Journal of Pedagogics 4.11
(2024): 178-182.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
261
12.
Begibaevna, Turemuratova Aziza, Kushbaeva Indira Tursinbaevna, and Dawletmuratova
Raxila
Genjemuratovna.
"THE
MAIN
ESSENCE
OF
DEVELOPING
STUDENTS'COLLABORATIVE
SKILLS
BASED
ON
MULTI-VECTOR
PEDAGOGICAL
APPROACHES
IN
MODERN
EDUCATION."
CURRENT
RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS 5.09 (2024): 43-46.
13.
Begibaevna, Turemuratova Aziza, Kujamuratova Gulnaz Jumabayevna, and Iskendarova
Shayra
Sabirovna.
"PEDAGOGICAL
MECHANISMS
OF
DEVELOPING
COLLABORATIVE SKILLS OF STUDENTS BASED ON A MULTI-VECTOR
APPROACH." International Journal of Pedagogics 4.09 (2024): 55-62.
14.
Turemuratova, Aziza, Rita Kurbanova, and Barno Saidboyeva. "EDUCATIONAL
TRADITIONS IN SHAPING THE WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE IN FOLK
PEDAGOGY." Modern Science and Research 2.10 (2023): 318-322.
15.
Turemuratova, Aziza. "TRADITIONS OF FORMING THE SPIRITUAL AND MORAL
WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE IN PEDAGOGY." Евразийский журнал
академических исследований 3.7 (2023): 225-229.
