Authors

  • Sevinch Mirzayeva
  • Umrbek Ilxomov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.81458

Keywords:

Talcott Parsons Sotsial tizim strukturaviy-funktsionalizm harakat nazariyasi ijtimoiy institutlar sotsiologik nazariya.

Abstract

Ushbu maqolada Talkott Parsonsning “Sotsial tizim” nomli asarining asosiy g‘oyalari, ijtimoiy tizimlar nazariyasiga qo‘shgan hissasi hamda zamonaviy sotsiologiyadagi ahamiyati yoritiladi. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan funktsionalistik yondashuv, tizim elementlari va ularning o‘zaro aloqasi, shuningdek, sotsial institutlar va rollar to‘g‘risidagi konsepsiyalar tahlil qilinadi. Maqola sotsiologik nazariyalarni chuqurroq tushunish va zamonaviy ijtimoiy tizimlarni tahlil qilishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

background image

2014

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

TALKOTT PARSONSNING "SOTSIAL TIZIM" ASARI

Mirzayeva Sevinch Jumaboy qizi

O‘zbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy Fanlar Fakulteti

Sotsiologiya yo‘nalishi 1-kurs talabasi.

Ilxomov Umrbek

Ilmiy rahbar: Ijtimoiy fanlar fakulteti Sotsiologiya kafedrasi oʻqituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15294059

Annotatsiya. Ushbu maqolada Talkott Parsonsning “Sotsial tizim” nomli asarining

asosiy g‘oyalari, ijtimoiy tizimlar nazariyasiga qo‘shgan hissasi hamda zamonaviy

sotsiologiyadagi ahamiyati yoritiladi. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan funktsionalistik

yondashuv, tizim elementlari va ularning o‘zaro aloqasi, shuningdek, sotsial institutlar va rollar

to‘g‘risidagi konsepsiyalar tahlil qilinadi. Maqola sotsiologik nazariyalarni chuqurroq

tushunish va zamonaviy ijtimoiy tizimlarni tahlil qilishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar:Talcott Parsons, Sotsial tizim, strukturaviy-funktsionalizm, harakat

nazariyasi, ijtimoiy institutlar, sotsiologik nazariya.

«СОЦИАЛЬНАЯ СИСТЕМА» ТОЛКОТТА ПАРСОНСА

Аннотация. В данной статье рассматриваются основные идеи работы

Талкотта Парсонса "Социальная система", его вклад в развитие теории социальных

систем и значение в современной социологии. Анализируются функционалистский подход,

разработанный автором, взаимодействие элементов системы, а также концепции

социальных институтов и ролей. Статья служит важным источником для более

глубокого понимания социологических теорий и анализа современных социальных

структур.

Ключевые слова: Толкотт Парсонс, социальная система, структурный

функционализм, теория действия, социальные институты, социологическая теория.

TALCOTT PARSONS'S "THE SOCIAL SYSTEM"

Abstract. This article explores the main ideas of Talcott Parsons' work The Social

System, his contribution to social systems theory, and its relevance in contemporary sociology. It

analyzes the functionalist approach developed by Parsons, the interaction between system

elements, and the concepts of social institutions and roles. The article serves as an essential

resource for deeper understanding of sociological theory and the analysis of modern social

systems.

Keywords: Talcott Parsons, Social system, structural-functionalism, Keywords: Talcott

Parsons, Social system, structural-functionalism theory, social institutions, sociological theory.


background image

2015

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Talkott Parsons XX asrning eng yirik sotsiolog nazariyotchilaridan biri. Ilmiy jurnal

sahifalarida uning ilk ishlari nashr etilganda yevropada jahon urushi oqibatida barqarorsizlik

hukm

surgan

va

bundanda og‘irroq voqyealar, sotsiologik nazariyaning buyuk

namoyandalarining ilk avlodi sahnadan ketishi kuzatilayotgan edi (E.Dyurkgeym 1918-yil,

M.Veber 1921-yil, V.Pareto 1923-yil vafot etgan edi; F.Tyonnis o‘z ishlarini yozsada, ta’lim

sohasidan ajratilgan, xalqaro ilmiy jamoatchilik bilan aloqalari uzilgan edi), AQSh esa ilmiy

potensial kengayib borgan bo‘lsada, xali beri ilmiy dunyoning bir chetida qolib ketaverdi.

Parsons vafot etganda AQSh yirik ilmiy hokimiyatga aylandi. Parsonsning olim sifatidagi

hissasi nafaqat bunda, balki sotsiologik nazariyalar taraqqiyotida vorisiyikni yo‘lga qo‘yganligi

bilan belgilanadi. Klassik sotsiologlar ishlarini chuqur o‘rganib (ayniqsa, yevropa olimlari),

ularning g‘oyalarini chuqur tahlil qilib, ularning boy tajribasini o‘z konsepsiyalarida boyitdi.

Parsonsning nazariy ishlariga e'tibor qilsak, ularda klassik sotsiologlarinng bugungi

kunimizgacha ham eskirmagan, boy me'rosini to‘la holda saqlab qolinganini ko'rishimiz

mumkin.Talkott Parsons (1902-1979) 1902-yil 13-dekabrda AQShda,Kolorado shtatining

Kolorado-Springs shahrida tug'ilgan. U ziyoli oiladan kelib chiqqan, otasi kongregatsiya

ruhoniysi, professor va oxir-oqibat uncha katta bo‘lmagan kollejning prezidenti bo‘lgan.

Parsons noyob iste'dod egasi bo‘lgan, shuningdek o ‘ziga xos sintetik tafakkurga ega

bo‘lib, u tabiatshunoslik, iqtisod, sotsiologiya fanlari sirlarini chuqur o‘rgandi. Dastlabki ta’limni

1920-1924-yillarda Garvarddagi Amxerst kollejida tibbiyot bo‘yicha olgan, uning dunyoqarashi

shakllanishiga ushbu davrning mashhur iqtisodchi olimi Uilton Xamilton katta ta’sir etdi - uning

ijtimoiy fanlarga bo‘lgan qiziqishi kuchaydi. Afsuski, Parsons kollejni bitirishiga bir yil

qolganda bu olim kollejdan haydaladi. Psrsons biologiya, falsafa, va ayniqsa I.Kantning «Sof

aqlning tanqidi» asarini chuqur o‘rgandi. U Angliya adabiyoti kurslarida qatnashmoqchi edi.

Aspiranturada o‘qishni juda orzu qilardi, hatto meditsina bo‘yicha ham shuhrat

qozonmoqchi bo‘ldi.Uning asarlariga nazar tashlasak "Sotsial tizim” (1951), “Harakatning

umumqamrovli nazariyasiga” (E.Shilz bilan hammualliflikda, 1951), “Jamiyat: evolyutsion va

qiyosiy istiqbollar” (1966), “Sotsiologik nazariya va zamonaviy jamiyat”(1967), “Sotsial

struktura va shaxs” (1970), “Sotsial tizim va harakat nazariyasi evolyutsiyasi” (1977), “Harakat

nazariyasi va inson tuzilishi” (1978) kabi asarlarni yozgan. Talkott Parsonsning eng mashhur

asari ‘’Sotsial tizim‘’ 1951-yilda yozilgan. Talkott Parsonsning sotsial tizm asarini yozishga

nima sabab bo‘lgan va asarning mazmun mohiyati nimadan iborat ekanligini ko‘rib chiqamiz.

Ijtimoiy tizimning umumiy nazariyasini yaratish istagi: Parsons oʻzidan oldingi ijtimoiy

nazariyalar (Marks, Dyurkgeym, Veber kabi) parchalanib ketganini koʻrdi. U sotsiologiya uchun

yagona, yaxlit, barqaror nazariy asos yaratishni istadi.


background image

2016

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Aynan shu maqsadda "Social System" ni yozdi — u odamlarning ijtimoiy harakatlarini

va tizimli tuzilishini yaxlit bir modelda tushuntirib bermoqchi bo‘ldi.Ijtimoiy harakat va

strukturaning o‘zaro bog‘liqligini tushuntirish: Parsons ilgari "The Structure of Social Action"

(1937) asarida harakat nazariyasini ishlab chiqqan edi. Lekin u shuni angladiki, individual

harakatlar faqat ijtimoiy tizimlar doirasida to‘liq tushuniladi. Shu sababli, u harakat va tizim

o'rtasidagi chuqur munosabatni batafsil tahlil qilish uchun "Social System" ni yozdi. Ijtimoiy

barqarorlik va tartibni tushuntirish ehtiyoji: Ikkinchi Jahon urushi va undan keyingi davrda

jamiyatlarning barqarorligi va ijtimoiy tartibni qanday saqlab qolish mumkinligi dolzarb

masalaga aylandi. Parsons oʻz asarida jamiyat qanday qilib oʻz tizimini muvozanatda ushlab

turishini va a'zolar qanday qilib tizimga moslashishini nazariy jihatdan asoslab beradi.

Parsonsning tizim konsepsiyasi tizimning umumiy: nazariyasidan, xususan tizimli

yondoshuvning ilk namoyandasi bo‘lgan L.Bertalanfi va kibernetika asoschisi N.Vineming

asarlaridan olib chiqadi. Tizimli yondoshuvni rivojlantirish tizimlardagi muvozanat holatini

tushuntirish uchun kerak edi. Bu muammoni hal qilishga ochiq tizim tushunchasini kiritish bilan

erishildi. U tashqi muhit bilan ayirboshlash munosabatlariga kirishib, murakkab tartibotlarni

ushlab turuvchi tizim hisoblanadi. Parsonsga ko‘ra, harakatlar ochiq tizimlardir. Shuning uchun

ular o‘z yashovchanligi bilan tartibotga erishishni ta’minlash uchun to‘rtta tizimga xos

ehtiyojlarni yoki funksional jihatdan zarur sharoitlarni qondirishi lozim prerekvizit - old shart):

adaptatsiya, maqsadga intilish, integratsiya /a latentlik. Shunday qilib, har bir tizim quyi darajada

to‘rt quyi tizim orqali namoyon bo‘ladi. Ular esa, o‘z navbatida tizimning yashovchanligini

ta’minlash maqsadida unga xos to‘rt ehtiyojni qondirish uchun tashkil topadi.Buni Parsons

ifodalaydi. Adaptatsiya (A), maqsadga erishish (G), integratsiya (I) va latentlik (L) yoki qadriyat

modelini Qo‘llab-quvvatlash maqsadida bu funksiyalarini ishlab chiqadi. Bu to‘rt funksiya

birlashib AGIL tizimini tashkil etadi.. Demak, tizim yashab qolishi uchun quyidagi to‘rt

funksiyani bajarishi shart deb taʼkidlab oʻtadi:

1. Adaptatsiya: tizim tashqi muhitning kutilmagan vaziyatda paydo bo‘ladigan talablariga

javob bera olishi kerak. U tashqi muhitga moslasha olishi va muhitni o‘z ehtiyojlariga

moslashtirishi lozim.

2. Maqsadga erishish: tizim o‘zining birlamchi maqsadlarini miqlay olishi va unga

erishishi shart.

3. Integratsiya: tizim o‘z elementlarining o‘zaro munosabatlarini koordinatsiyalashi zarur.

U shuningdek, qolgan uch funksional imperativlarning munosabatlarini boshqarishi zarur

(A, G, L)


background image

2017

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

4.Latent funksiyasi (qadriyat modelini qo‘llab-quvvatlash): tizim individlarning

motivatsiyasini ham, motivatsiyani keltirib chiqaruvchi va qo‘llab-quvvatlovchi madaniy

namunalarni ham oziqlantirishi, qoʻllab-quvvatlashi va yangilab turishi zarur.

Parsons AGIL sxemasini o‘z nazariy tizimining barcha darajalarida foydalanish uchun

yaratdi.Institutsionallashuv jarayoni har biri o‘ziga xos ehtyojlarni qondirish funksiyasini

namoyon etuvchi quyi tizimlarning tashkil topishini nazarda tutadi. Parsons o‘zining asarlarida

tizimli ierarxiyaning o‘ziga barcha biologik organizmlarni qamrab olgan “tirik tizim”dan tortib

to sotsial guruhgacha bo‘lgan darajalarini ajratadi:

1. “Tirik tizim” quyidagi quyi tizimlarga ega:

A) fizikaviy-kimyoviy tizim - tirik tizimning noorganik muhitga moslashuvi funksiyasini

bajaruvchi fizikaviy va kimyoviy jarayonlardan tashkil topadi;

B) organik tizim - tirik tizimning maqsadga erishishga intilishi funksiyasini bajaradi;

D) transsendental tizim - tirik tizimning mavjud bo‘lishi transsendental sharoitlarini o‘z

ichiga oladi va “namunaviy mavjud bo‘lishni qoʻllab-quvvatlash” va tirik tizim ichidagi

“zo‘riqishlarni yumshatish” funksiyasini bajaradi;

E) harakatlar tizimi - biz tomonimizdan «yagona harakat» sifatida qarab o‘tilgan - tirik

tizimning integratsiya funksiyasini bajaruvchi, shart-sharoitlar ta’siri ostida qabul qilinadigan

hukmlar (ahamiyat) bilan nazoratga olingan harakat.

2. Sanab o‘tilgan tizimlarning quyi tizimlari. Parsons harakat tizimining to‘rt quyi

tizimlarini oldingi qismda birma-bir qarab o‘tilgan omillar asosida ajratadi.To‘rtta harakat tizimi

bilan tanishishda o‘quvchi ular real olamda mavjud emasligi, balki bu olamning tahlil qilish

uchun tahlil qurollari bo‘lib hisoblanishini yodda tutishi lozim.

Sotsial harakatning quyi tizimlari:

A) biologik tizim (xulq-atvor organizmi) - insonning harakatlari olamini tashkil etuvchi

moddiy (instinkt va biologik ehtiyojlari) va g‘oyaviy olami (me'yorlar, qadriyatlar) o‘rtasida

bog‘lovchi zveno sifatida xizmat qiluvchi tizim (adaptatsiya);

B) shaxs tizimi («Ego») — individning motivatsion strukturasi; organizm va shaxs tizimi

“bazis strukturasi”ni hosil qiladi va

3. Sotsial tizimning quyi tizimlari esa quyidagilar:

A) iqtisodiy tizim (adaptatsiya);

B) siyosiy tizim (maqsadga erishish);

D) sotsietal hamjamiyat tizimi (integratsiya);

E) ijtimoiylashuv tizimi (qadriyat modelini qo‘llab-quvvatlash).

Shu tarzda davom ettirilsa, konkret sotsial hodisani izohlash mumkin bo‘ladi. Parsons

ham shu joyda to‘xtab, ikkinchi va uchinchi darajalar bilan kifoyalangan.


background image

2018

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Shunday qilib, «yagona harakat» oʻzida institutsionallashuv davomida rivojlanib

boradigan to‘rt quyi tizimni birlashtiradi. Ularning har biri shu tariqa o‘zining quyi tizimini

yaratadi va h.k. Har bir darajaning quyi tizimlari tizimning yashovchanligini saqlab qolish uchun

zarur bo‘lgan funksional sharoitlarni qondirish uchun rivojlanadi.Tizimli yondoshuv doirasida

ochiq tizimlar nazariyasini ishlab chiqishga asoslangan yana bir g‘oya sifatida Parsonsning

kibermetik ierarxiya va o‘zaro aloqadagi tizim va quyi tizimlarning axborot almashinuvi

konsepsiyasi namoyon bo‘ladi. Uning nazariyasi - ahamiyatlar - qadriyatlar, me'yorlar va h.k.

kommunikatsiyasi nazariyasi ekanligi ma’lum. Ular ichida tizimlar va quyi tizimlar bir. Sotsial

tizimlar - inson xulq-atvorini boshqaruvchi va uni rol va statuslar tizimiga o‘zgartiruvchi

qoidalar,

me'yorlar,

barqaror

komplekslari

sifatida

talqin

etiluvchi

institutsional

tizimlardir.Sotsial tizim o‘zaro bog‘liq bo‘lgan darajalardan tarkib topgan strukturaga ega:

individ - guruh (jamoalar) - institutlar - yaxlit jamiyat. Yuqorida keltirilgan har bir darajaga o‘z

ierarxiya turi to‘g‘ri keladi: texnik, “menejerial”, institutsional va sotsietal.Sotsietal darajada

sotsial tizim to‘rtta quyi tizimning birlashuvi natijasi sifatida shakllanadi: iqtisodiy (adaptatsiya

funksiyasi), siyosiy (maqsadga erishish funksiyasi), “sotsietal birlik” (integratsiya funksiyasi) va

“fidutsiar” (latentlik funksiyasi). Sotsietal birlik - butun bir sotsial tizimning yadrosi - yagona

me'yoriy namunalar asosida tashkillashtirilgan va tartibga solingan jamoalar tizimi yoki

yig‘indisi, me'yorlar, qadriyatlar va me'yoriy namunalarni o‘z ichiga oladi. Insonlar o‘rtasidagi

o‘zaro ayirboshlashning umumlashma vositasi sifatida pul, hokimiyat yoki qadriyatli

xususiyatlar emas, balki “ta’sirlashuv” va “birdamlik” tan olinadi.Parsons sotsial tizimlar haqida

gapirar ekan, ularning har biri uchun qolgan uchtasi muhit bo‘lib xizmat qilishini nazarda tutadi,

ya’ni sotsial tizim uchun madaniyat, shaxs, organizm bo‘lib xizmat qilsa, shaxs uchun - sotsial

tizim, madaniyat, organizm, madaniyat uchun - sotsial tizim, shaxs, organizm, biologik organizm

uchun sotsial tizim, madaniyat, shaxs. Parsons bu to‘rtlikda asosiy o‘rinni sotsial tizimga beradi,

chunki aynan sotsial tizim “harakatni real empirik tashkil etish va nazariy tahlilning mustaqil

markazi” hisoblanadi.

Sotsial tizimning quyi tizimlari quyidagilar:

A) iqtisodiy tizim - sotsial tashkilot va tabiiy muhit o‘rtasida ʼʼbog‘lovchi zveno

(adaptatsiya);

B) siyosiy tizim - maqsadga erishish funksiyasini bajarib, hukm chiqarish shakllarini,

maqsadlarni standartlashtirish va ularga erishish yo‘lida resurslarni yo‘naltirishni o‘z ichiga oladi;

D) sotsietal hamjamiyat tizimi (sotsial nazorat) - integratsiya funksiyasini bajarib, sotsial

nazoratning barcha institutlarini - qonunlardan tortib norasmiy qoidalargacha - o‘z ichiga oladi

va bajaradi.Parsonsda qismlarning o‘zaro ta’sirlashuvini tartibga solib turuvchi element sifatida

struktura (doimiy harakatda bo‘lgan sotsial xatti-harakatlarning harakatsiz yaxlitligi).


background image

2019

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Struktura deganda sotsial me'yor va statuslar tizimi (yoki me'yoriy tartib) tushuniladi.

Me'yoriy tartib o‘z ichiga quyidagilarni oladi: sotsial tartib va sotsial me'yorlar (qonuniy

status berilganligi uchun ko‘pchilik insonlar tomonidan amal qilinadigan o‘zgarmas

qoidalar).Sotsial tartib ikki jarayonning ta’sirida yuzaga keladi.sotsial tizimning o‘zini o‘zi

saqlab qolishga qaratilgan tendensiyalari ma’lum bir chegaralarni va muhitga nisbatan

doimiylikni saqlab qolishga qaratilgan tendensiyalar (gomeostatik muvozanat).Parsons ijodining

yadrosi to‘rtta harakat tizimlarida namoyon bo‘ladi.Harakat tizimlari tahlili vaqtida Parsons

tomonidan qilingan taxminlarda biz tartib muammosi bilan to‘qnash kelamiz. So‘nggisi

Parsonsning ustun keladigan qiziqishi bo‘lgan va uning ijodi tanqidining muhim manbai

bo‘lib qolgan. Ilk faylasuflarning hamma hammaga qarshi ijtimoiy urushiga to‘sqinlik qiluvchi

Gobbs tartiboti muammosiga javoblari Parsonsni qanoatlantirmas edi. Parsons bu muammoga

javobni uning fikricha, quyidagi taxminlar to‘plami doirasida amal qiluvchi strukturaviy

funksionalizmdan topdi:

1. Tizimlar tarkibiy qismlarning tartibliligi va mustaqilligi xususiyatlariga ega.

2. Tizimlar o‘zini quvvatlovchi tartib yoki muvozanatga moyillikka ega.

3. Tizim statik bo‘lishi yoki tartibga solingan o‘zgarishlar jarayonida ishtirok etishi

mumkin.

4. Tizimning bir qismi xarakteri boshqa qismlar olishi mumkin bo‘lgan shaklga ta’sir

ko‘rsatishi mumkin.

5. Tizimlar o‘zining tashqi muhiti bilan chegarani ushlab turadi.

6. Taqsimot va integratsiya — berilgan tizimning muvozanat holati uchun zarur boʻlgan

ikkita fundamental jarayondir.

7. Tizimlar o‘zini quvvatlovchi tartibga moyil bo‘lib, bu qismlarning chegarasi va

butunlik bilan o‘zaro munosabatlarini saqlab qolish, tashqi muhit modifikatsiyasi nazorati va

tizimning ichki o‘zgarishga moyilligi ustidan nazoratni o‘z ichiga oladi. Bu taxminlar Parsonsni

shunga olib keldiki, jamiyatning tartibga solingan tuzilmasi tahlili uning uchun birinchi darajali

ahamiyatga ega bo‘lib qoldi.’’Sotsial tizim’’ asari qanday yakun topadi. Talkott Parsonsning

"Sotsial tizim" asari, umumiy tarzda, sotsiologiya va ijtimoiy tizimlar haqidagi fundamental

tushunchalarni tushuntiradi. Asarda tizimning oʻzgarishi, ijtimoiy tizimning dinamikasi va

ijtimoiy muhitning ijtimoiy tizimga qanday ta'sir ko'rsatishi muhokama qilinadi. Asarning

tugashida Parsons, tizimlarning barqarorlik va oʻzgarishning oʻzaro bog'liqligini ta'kidlaydi. U,

shuningdek, ijtimoiy tizimni tashkil etuvchi unsurlarni va ularning oʻzaro munosabatlarini

tushunishning muhimligini ta'kidlaydi. U, ijtimoiy tizimning rivojlanishida individual xatti-

harakatlar va madaniy qadriyatlar oʻrtasidagi muvozanatni saqlash zarurligini oʻrgatadi.


background image

2020

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Asar, ayniqsa, ijtimoiy tizimlarning kompleksligi va oʻzgarishlarga qanday moslashishini

tushunishda zarur boʻlgan nazariy asoslarni beradi. Bu yerda ijtimoiy tizimning barqarorligi va

oʻzgarishlar orasidagi muvozanatga erishish uchun qanday ijtimoiy normalar va strukturalar

kerakligi haqida muhim fikrlar mavjud boʻlgan.

Xulosa qilib aytishimiz joizki:

Talcott Parsonsning "Sotsial tizim"(1951) asari

sotsiologik nazariyada muhim yasagan fundamental ilmiy ishlardan biridir. Bu asarda muallif

jamiyatni murakkab, o‘zaro bog‘langan tizim sifatida talqin etadi va har bir ijtimoiy institut yoki

aktor tizim barqarorligini saqlashda muhim rol o‘ynashini ta’kidlaydi. U ishlab chiqqan AGIL

modeli (Adaptation, Goal attainment, Integration, Latency) yordamida har qanday ijtimoiy tizim

qanday funksiyalarni bajarishi kerakligi izohlanadi. Asarda asosiy e’tibor shaxs, institut va tizim

o‘rtasidagi murakkab munosabatlarga qaratilgan. Parsons odamlarning harakati faqat

individuallik asosida emas, balki ijtimoiy rol va qadriyatlar tizimi asosida shakllanishini

isbotlaydi. Bunda har bir ijtimoiy institut, xususan, oila, din, siyosat va ta’lim, tizimdagi umumiy

muvozanat va integratsiyani ta’minlovchi komponentlar sifatida ko‘riladi. Parsonsning

yondashuvi ko‘plab sotsiologlar tomonidan strukturaviy-funksionalizm deb nomlangan yangi

paradigmani shakllantirdi. Bu yondashuv jamiyatni murakkab tizim deb qaraydi, har bir element

o‘z funksiyasini bajarsa, tizim o‘z-o‘zidan muvozanat holatida saqlanadi, degan g‘oyaga

asoslanadi.Shuningdek, "Sotsial tizim"asari zamonaviy sotsiologiyada ijtimoiy tartib, barqarorlik

va me'yorlarning roli qandayligini tushunishda muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qildi. U

ijtimoiy strukturani abstrakt va nazariy darajada tahlil qilib, real hayotdagi ziddiyatlar, ijtimoiy

adolatsizliklar va o‘zgarishlarga nisbatan nisbatan sust yondashgani uchun tanqid qilinsa-da, bu

asar bugungi kunda ham dolzarbligini saqlab kelmoqda.

Yakuniy xulosa sifatida aytish mumkinki, Parsonsning "Sotsial tizim" asari — bu

faqatgina bir nazariy model emas, balki ijtimoiy hayotni tartibli, izchil va ilmiy asosda

tushunishga bo‘lgan chuqur urinishdir. U sotsiologik fikrlash uslubini o‘zgartirdi va keyingi

ilmiy izlanishlar uchun muhim metodologik asos yaratdi.

Bugungi globallashuv va ijtimoiy tizimlarning o‘zgaruvchan sharoitida ushbu asarning

mazmuni va yondashuvi hali ham o‘z ilmiy va amaliy ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.Hozirgi

kunda sotsiologiya juda rivojlanib kelmoqda.

REFERENCES

1.

G.SH.Jiyanmuratova “Sotsilogiya tarixi” darslik, Toshkent-2020

2.

Parsons, T. (1951). The Social System. Glencoe: Free Press.

3.

Parsons, T. (1961). Essays in Sociological Theory. Glencoe: Free Press.

4.

Giddens, A. (2006). Sociology (6th ed.). Cambridge: Polity Press.


background image

2021

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

5.

Ritzer, G. (2011). Sociological Theory (8th ed.). McGraw-Hill.

6.

Hughes, E. C. (1962). The Sociological Eye: Selected Papers. Chicago: University of

Chicago Press.

7.

Smelser, N. J. (1997). Sociology. 4th ed. Englewood Cliffs: Prentice Hall.

8.

Turner, J. H., & Ritzer, G. (2011). The Blackwell Companion to Social Theory (3rd ed.).

Oxford: Wiley-Blackwell.

9.

Giddens, A. (2009). Sociology (6th ed.). Cambridge: Polity Press.

10.

Luhmann, N. (1995). Social Systems. Stanford: Stanford University Press.

11.

Alexander, J. C. (1982). Theoretical Logic in Sociology, Vol. 1: Positivism,

Presuppositions, and the Logic of the Social Sciences. University of California Press.

12.

Sotsiologiya tarixi Toshkent “Innovatsiya- ziyo” 2020 G.SH. Jiyanmuratova

13.

O‘zbekiston Milliy univertiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti, “Sotsiologiya” kafedrasi

“Sotsiologiya” nomli darslk. Toshkent: “VNESHNVESTPROM” -2023.

14.

Jiyanmuratova Gulnoz Sherbutayevna Sotsiologiya tarixi

15.

Darslik / - Toshkent: “Innovatsiya –ziyo’’

References

G.SH.Jiyanmuratova “Sotsilogiya tarixi” darslik, Toshkent-2020

Parsons, T. (1951). The Social System. Glencoe: Free Press.

Parsons, T. (1961). Essays in Sociological Theory. Glencoe: Free Press.

Giddens, A. (2006). Sociology (6th ed.). Cambridge: Polity Press.

Ritzer, G. (2011). Sociological Theory (8th ed.). McGraw-Hill.

Hughes, E. C. (1962). The Sociological Eye: Selected Papers. Chicago: University of Chicago Press.

Smelser, N. J. (1997). Sociology. 4th ed. Englewood Cliffs: Prentice Hall.

Turner, J. H., & Ritzer, G. (2011). The Blackwell Companion to Social Theory (3rd ed.). Oxford: Wiley-Blackwell.

Giddens, A. (2009). Sociology (6th ed.). Cambridge: Polity Press.

Luhmann, N. (1995). Social Systems. Stanford: Stanford University Press.

Alexander, J. C. (1982). Theoretical Logic in Sociology, Vol. 1: Positivism, Presuppositions, and the Logic of the Social Sciences. University of California Press.

Sotsiologiya tarixi Toshkent “Innovatsiya- ziyo” 2020 G.SH. Jiyanmuratova

O‘zbekiston Milliy univertiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti, “Sotsiologiya” kafedrasi “Sotsiologiya” nomli darslk. Toshkent: “VNESHNVESTPROM” -2023.

Jiyanmuratova Gulnoz Sherbutayevna Sotsiologiya tarixi

Darslik / - Toshkent: “Innovatsiya –ziyo’’