1393
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
BUXORO TARIXI-O’ZBEKISTON TARIXI SIVILIZATSIYANING AJRALMAS
QISMI
Mirzayeva Sevinch Muzaffarovna
Osiyo xalqaro universiteti
Tarix ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15093822
Annotatsiya.
Ushbu maqolamda Buxoroning qadimiyligi, Ipak yo’lining ham shu yerdan
o’tganligi aynan Buxorodan turli xil hunarmandchilik buyumlari va toshdan yasalgan mehnat
qurollarning ko’pligi, shuningdek Buxoroda bir nechta arxeologlarimizning tatqiqot ishlari
qazishmalarida erishgan yutuqlarini batafsil yoritib bermoqchiman.
Kalit so’zlar
. Buxoro shaxri, Zarafshon daryosi, Abdullaxon II, Shayboniylar, Poykant
Varaxsha, Rudizar, Zomonbobo, dehqonchilik, hunarmandchilik, Arab xalifaligi.
HISTORY OF BUKHARA - THE HISTORY OF UZBEKISTAN IS AN INTEGRAL
PART OF CIVILIZATION
Abstract. In this article, I would like to discuss in detail the antiquity of Bukhara, the fact
that the Silk Road passed through this place, the abundance of various handicrafts and stone
tools from Bukhara, as well as the achievements of several of our archaeologists in their
research excavations in Bukhara.
Keywords. Bukhara city, Zarafshan River, Abdullakhan II, Shaybanis, Poykant
Varakhsha, Rudizar, Zomonbaba, agriculture, crafts, Arab Caliphate.
ИСТОРИЯ БУХАРЫ ЯВЛЯЕТСЯ НЕОТЪЕМЛЕМОЙ ЧАСТЬЮ ИСТОРИИ
УЗБЕКИСТАНА
Аннотация.
В этой статье я хотел бы подробно рассказать о древности Бухары,
о том, что через нее проходил Шелковый путь, обилии различных ремесленных изделий и
каменных орудий из Бухары, а также о достижениях ряда наших археологов в их
исследовательских раскопках в Бухаре.
Ключевые слова.
Город Бухара, река Зарафшан, Абдуллахан II, Шейбаниды,
Пойкант Варахша, Рудизар, Зоманбаба, сельское хозяйство, ремесла, Арабский халифат.
Qadimdan Buyuk ipak yo‘lida yirik tijorat markazlaridan bo‘lgan Buxoro shahri
O‘zbekistonning janubiy-g‘arbida Zarafshon daryosi quyi oqimida joylashgan.
Buxoro vohasida milloddan avvalgi 4-3 ming yillardayoq ovchilik va baliqchilik bilan
shug‘ullanib, toshdan turli qurol va buyumlar yasash mahorati yuksak darajaga yetgan bo‘lib,
1394
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
neolit davriga mansub bo‘lgan qabilalar yashagani isbotlangan
1
. Neolit davri (miloddan avvalgi
8-5 – ming yillik)ga oid madaniyat yodgorliklarining topilishi, bu yerda shahar madaniyatining
shakllanishi uzoq o‘tmishga borib taqalishidan dalolat beradi.
Buxoro shahriga arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra milloddan avvalgi 1- ming yillikning
o‘rtalarida asos solingan. Buxoro shahrining o‘zagi 3 qismdan, ya’ni Zarafshon tarmog‘ining
o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan Ark, daryoning o‘ng va chap qirg‘og‘idagi qishloqlardan iborat deb
hisoblanadi.
Buxoro vohasining qadimgi davr tarixini o‘rganishda hududda olib borilgan arxeologik
tadqiqotlarning ahamiyati beqiyos. Vohadagi Poykent, Varaxsha yodgorliklarini arxeologik
o‘rganish XX asr birinchi yarmida boshlanib, hozirgi kungacha davom etib kelmoqda.
L.A.Zimin, V.A.Shishkin, A.R.Muhammadjonov, J.Mirzaahmedov kabi olimlar tomonidan olib
borilgan arxeologik tadqiqotlar
2
natijasida yodgorliklarning voha ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy
hayotida egallagan salmoqli o‘rni aniqlanib, to‘plangan ma’lumotlar ilmiy jamoatchilik hukmiga
havola etildi. Shuningdek, bronza davriga oid Zamonbobo yodgorligi Zarafshon arxeologik
ekspeditsiyasining a’zolari Yahyo G‘ulomov va Ahmadali Askarov tarafidan o‘rganilib, Buxoro
vohasining janubiy-g‘arbiy qismida ibtidoiy madaniyat izlari mavjudligi aniqlandi. Qo‘lga
kiritilgan ushbu ilmiy yutuqlarning talabalar diqqatiga havola etilishi, ularning qadimgi mahalliy
madaniyat to‘g‘risidagi bilim va tasavvurlarini kengaytiradi
3
.
Buxoro shahrini yoshini aniqlash borasida amalga oshirilgan tadqiqotlar hason o‘z
ahamiyatini saqlab kelmoqda. Vohada ilk shaharlarning vujudga kelishi tabiiy iqlim sharoitlari,
geografik joylashuv va asosiysi Zarafshon daryosining ahamiyati bilan belgilanadi. Zarafshon
daryosining Xitfar, Rudizar, Qorako‘ldaryo, Moxondaryo kabi irmoqlari Buxoro vohasida o‘troq
dehqonchilik va urbanizatsiya jarayonlarining keng yoyilishida muhim o‘rin tutgan. Akademik
V.V.Bartold ta’biri bilan aytganda, Buxoro shahri dastlabki paydo bo‘lgan hududini
o‘zgartirmasdan, hamon o‘sha joyda qad ko‘tarib turibdi. Aynan shunday holat Buxor shahri
hududida arxeologik tadqiqotlar olib borish ishlarini ancha murakkablashtirib yubordi. Shunday
bo‘lsa-da, shaharda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar uning qadimiyligini isbotladi.
Shuningdek, o‘rta asr tarixchisi Narshaxiyning Buxoro tarixiy topografiyasi yuzasidan
qoldirib ketgan ma’lumotlari arxeologik tadqiqotlar natijasida o‘z tasdig‘ini topdi.
Milloddan avvalgi IV asrda Buxoro arki qurilajak hudud baland mudofaa devor va keng
handak bilan o‘rab olinib, uning etagida 3 ta mustahkamlangan manzilgohlar bunyod etiladi .
1
.Мирзақулов Б. “Бухоро тарих зарварақларида”. Монография. 1-китоб, Т., Lesson Press, 2016. – Б. 6
2
Қаҳрамон Ражабов. Бухоро вилояти тарихи. Қисқача маълумотнома. Т., “Тафаккур” нашриёти, 2015,93-бет.
3
Бухоро Шарқ дурдонаси. Т: Шарқ, 1997. – Б. 85
1395
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Ushbu manzilgohlardan biri “Firobdiz”, ikkinchisi “Navmichkat”, uchinchisi “Buxoro”
deb atalgan. Keyinchalik bu manzilgohlar o‘zaro birlashib va to‘xtovsiz taraqqiy etib, katta
shaharga – Buxoro vohasining savdo-hunarmandchilik va ma’muriy markaziga aylangan
4
.
Ilk o‘rta asrlarda Buxoro shahrining faqat uchta sug‘orish tarmoqlari bo‘ylab to‘rt mingga
yaqin qasr qurilgan. Ko‘shk va qasrli qo‘rg‘onlarda zodagon dehqonlar, kichik qo‘rgonchalarda
esa oddiy mehnatkash aholi istiqomat qilgan hamda dushmanlar hujumidan o’zini himoya
qilgan.
Dehqonchilikning
rivojlanishi,
hunarmandchilik
va
savdo-sotiqning
yuksalishi
shaharlarning gullab-yashnashiga, hunarmandchilik mahallalarining ko‘payishiga olib kelgan.
VI-VII asrlarda Buxoroda aholi yashaydigan mahallalar zich joylashgan edi, shaharning
umumiy maydoni 200 gektarga yaqin bo‘lgan. VII asrda Buxoro shahri besh qismdan iborat
bo‘lib, u besh qator devor xalqasi bilan o‘rab olingan edi. Shahar oralab o‘tgan anhor xandak
vazifasini o‘tagan. Ilk o‘rta asrlarda obod vohalarni tashqi dushman bosqinidan himoya etish
uchun ularning atroflari bir necha yuz chaqirim uzunlikda baland va qalin devorlar bilan
qurshab olingan edi. Buxoro vohasi atrofini 336 km. lik masofada o‘rab olgan mudofaa devori
“Kanpirak” nomi bilan mashhur bo‘lgan. Narshahiyning yozishicha bu devor 783-831 yillarda
barpo etilgan
5
.
VI-VIII asrlarda shahar buxorxudotlar hokimligi poytaxti bo‘lgan. 709 yil Arab
xalifaligiga qo‘shib olingan, IX asr oxiriga kelib, Buxoro musulmon dunyosining yirik madaniy
va diniy markazlaridan biriga aylanadi. Uni “islom olamining quvvati” deya ulug‘laydilar. Bu
yerda masjidlar va minoralar, madrasa va diniy majmualar qurilishi boshlanadi. IX- X asrlarda
somoniylar poytaxti bo‘l ib, Samoniylar hukmronligi davrida Buxoro shahri va uning atrofidagi
yerlarni sun’iy sug‘orish uchun Zarafshon daryosi va undan chiqarilgin anhor –ariqlarda suv
yetarli darajada bo‘lgan
6
. Qoraxoniy hukmdorlardan Arslonxon Muhammad ibn Sulaymon
(1102-1130) o‘z davrida Buxoro va Boykandda alohida qarorgoh – saroy qurdirgan, Buxoro
shahrining Darvoza mahallasida uning farmoniga ko‘ra saroy va hammom qurilgan. Arslonxon
o‘z davrida Buxoro eski devorining oldiga yangi devor ham qurishga buyurdi va ikkala devor
bir-biriga yopishib mustahkam bo‘ldi. 1220 yilda Buxoro shahri Chingizxon qo‘shinlari
tomonidan bosib olindi. Mahalliy aholining ko‘pchiligi qirg‘in etildi, hunarmandlar qul qilindi.
4
Қаҳрамон Ражабов. Бухоро вилояти тарихи. Қисқача маълумотнома. Т., “Тафаккур” нашриёти, 2015,93-
бет.
5
Бухоро тарихи. Мерос,Т. 1991. 112-бет
6
Бухоро ва Хива шаҳарларининг 2500 йиллигига бағишланган халqаро симпозиум тезислари. -Т.:
Ўзбекистон, 1997. – Б. 36
1396
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Buxoro shahri xarobazorga aylantirildi
7
.Buxoro XVI asrning birinchi yarmida
Shayboniylar va ko‘chmanchi o‘zbeklar qo‘liga o‘tadi.
XVI asrning ikkinchi yarmiga kelib Buxoroning siyosiy markaz sifatidagi roli osha
boshlaydi. Abdullaxon II (1534-1598) xon bo‘lgan davrda Buxoro Shayboniylar davlatining
poytaxtiga aylanadi. Hofiz Tanish Buxoriy “Abdullanoma” asarida Buxoro shahrini tavsiflashda
rivoyatlardan ham foydalanadi jumladan Abu Nasr Ahmad al-Qubaviy rivoyat qilishlaricha,
“Rasulu sallollohu alayhi vassalom (Muhammad payg‘ambar), buyurdiki, mendan so‘ng yaqinda
Xurosonda, Jayhun deb atalgan daryoning orqasida bir shahar qurildi.(Uning)nomi Buxoro deb
ataldi
8
.
XULOSA.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Buxoro shahri har bir sulola hukmronligi davrida o‘zgarib,
o‘zgacha tus ola bordi. Ayniqsa, Shayboniylar hukmdorlardan Ubaydullaxon va Abdullaxon II
hukmronligi davrida Buxoro xonligida ziroatchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlandi va
madaniy hayot ancha yuksaldi. Xonlikning poytaxti sifatida Buxoro shahri esa kengaytirildi,
devor va harbiy istehkomlar qayta qurildi. Madrasalar, xonaqoh va karvonsaroylar, yangi savdo
rastalari barpo qilindi. Buxoro va boshqa shaharlar o‘rtasidagi savdo yo‘laklarida tim (usti yopiq
rasta)lar, ko‘chalar, chorrahalar va hammomlar, karvon yo‘llarida sardobalar va ko‘priklar
qurildi.
REFERENCES
1.
Бухоро ва Хива шаҳарларининг 2500 йиллигига бағишланган халqаро симпозиум
тезислари. -Т.: Ўзбекистон, 1997.
2.
Мирзақулов Б. Бухоро тарих зарварақларида.1-китоб. –Т.: Lessor Press, 2016.
3.
Бухоро тарихи. Мерос,Т. 1991
4.
Қаҳрамон Ражабов. Бухоро вилояти тарихи. Қисқача маълумотнома. Т., “Тафаккур”
нашриёти, 2015
5.
Бухоро Шарқ дурдонаси. Т: Шарқ, 1997
6.
Қаҳрамон Ражабов. Бухоро вилояти тарихи. Қисқача маълумотнома. Т., “Тафаккур”
нашриёти, 2015 .
7.
Toshpo’latova, S. (2025). FOROBIYNING DIDAKTIK QARASHLARI ASOSIDA
O’QUVCHILARNI TARIX FANIGA QIZIQTIRISH METODIKASI. Modern Science
and Research, 4(1), 177-186.
7
Мирзақулов Б. Бухоро тарих зарварақларида. Монография. 1-китоб, Т., Lesson Press, 2016. – Б. 45
8
Мирзақулов Б. Бухоро тарих зарварақларида. Монография. 1-китоб, Т., Lesson Press, 2016. – Б. 96
1397
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
8.
Toshpo‘latova, S., Gadayeva, M., & Sadullayev, U. (2024). SHARQ
ALLOMALARINING DIDAKTIK QARASHLARI. Modern Science and Research,
3(12), 985-993.
9.
Gadayeva, M., Toshpolatova, S., & Sadullayev, U. (2024). TARIX FANLARINI
OQITISHDA MUZEYLARNING ORNI. Modern Science and Research, 3(12), 994-
1003.
10.
Sadullayev, U., Gadayeva, M., & Toshpo‘latova, S. (2024). MAHALLA–
QADRIYATLAR BESHIGI. Modern Science and Research, 3(12), 1228-1238.
11.
Toshpo'latova
Shaxnoza
Shuhratovna.
(2024).
ILK
UYG'ONISH
DAVRI
NAMOYONDALARNING DIDAKTIK QARASHLARI ASOSIDA O'QUVCHILARNI
TARIX FANIGA QIZIQTIRIS METODIKASI.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14520996
12.
Toshpo’latova, S. (2024). TARIX FANINI O’QITISHDA SAMARALI METODLAR.
Modern Science and Research, 3(11), 774-782.
13.
Тошполатова, Ш. (2024). THE PRESENT IRANIANS. Журнал универсальных
научных исследований, 2(5), 453-462.
14.
Toshpo’latova, S. (2024). BUXORODAGI SAROYLAR. Modern Science and Research,
3(5), 522-529.
15.
Toshpo’latova, S. (2024). O’RTA ASRLARDA OILA PEDAGOGIKASIGA OID
FIKRLAR. Modern Science and Research, 3(12), 353-361.
16.
Toshpo’latova, S., & Xudoyqulov, S. (2024). History And Ethnology Of Olot District.
Modern Science And Research, 3(5), 148-151.
17.
Toshpo’latova, S., & Jo’rayeva, M. (2024). HISTORY AND ARCHITECTURAL
MONUMENTS OF JONDOR DISTRICT. Modern Science and Research, 3(2), 447-450.
18.
Qizi, R. S. S., Shukhratovna, T. S., & Karamatovna, M. A. (2024). Implementation of
Education and Protection of Children's Rights in the age of Technology. SPAST Reports,
1(7).
19.
Shuhratovna, T. S. (2024). Linguistic Anthropology. European Journal Of Innovation In
Nonformal Education, 4(3), 432-437.
20.
Toshpo‘latova, S. S., & Naimov, I. N. (2023). MS ANDREYEV–O’RTA OSIYO
XALQLARI ETNOGRAFIYASINING YIRIK OLIMI. Innovations in Technology and
Science Education, 2(8), 1214-1222.
21.
Toshpo’latova, S., & Tursuntoshova, S. (2024). Khoja Abdulkholiq Gijduvani. Modern
Science and Research, 3(2), 87-93.
22.
Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics Of Ethnologies Of Bukhara. Modern Science
and Research, 3(2), 1004-1011.
1398
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
23.
Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics. Modern Science and Research, 3(2), 500-
507.
24.
Toshpo’latova, S. (2024). Religious Anthropology. Modern Science and Research, 3(1),
504-510.
25.
Shakhnoza Shuhratovna, T. (2023). MS Andreyev’S Way Of Life. American Journal of
Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769), 1(10), 655-659.
26.
Shuhratovna, T. S. (2023). Ethnological Analysis Of National Costumes And Rituals Of
Tajiks In The Works Of MS Andreyev. International Journal Of History And Political
Sciences, 3(12), 42-47.
27.
Toshpo’latova, S. (2023). MS Andreyev-Scientific Career. Modern Science and Research,
2(12), 801-807.
28.
Shuhratovna, T. S. (2023). Etymology Of Tajik Marriage Ceremony. International Journal
Of History And Political Sciences, 3(11), 17-23.
29.
Toshpo’latova, S., & Ashurova, G. (2023). THE HISTORY AND DESCRIPTION OF
THE WORK OF MS ANDREYEV-" ARK BUKHARI". Modern Science and Research,
2(9), 404-409.
30.
Toshpo’latova, S. (2023). ETHNOLOGICAL ANALYSIS OF CALENDRICAL
CALCULATION AND LENGTH MEASUREMENTS OF KHUF VALLEY TAJIKS IN
THE RESEARCHES OF MS ANDREYEV. Modern Science and Research, 2(10), 291-
299.
31.
Toshpo’latova, S. (2023). A STUDY OF THE WEDDING CEREMONY OF THE
TAJIKS OF AFGHANISTAN. Modern Science and Research, 2(9), 84-89.
32.
Naimov, I., & Toshpo‘latova, S. (2023). Marriage Ceremony Of Tajiks In The Work Of
Mikhail Stepanovich Andreyev “Tadjiki Dolini Khuf”. International Journal of
Intellectual Cultural Heritage, 3(1), 12-16.
33.
Toshpo‘latova, S. S. (2023). Tojiklar Milliy Kiyim-Kechaklari Va “Beshmorak”
Marosimining Etnologik Tahlili. Scholar, 1(28), 395-401.
34.
Toshpo’latova, S., & Hoshimova, M. (2025). BERUNIY VA UNING DIDAKTIK
QARASHLARI. Modern Science and Research, 4(1), 344-351.
35.
Toshpo’latova, S. (2024). ILK UYG’ONISH DAVRI NAMOYONDALARNING
DIDAKTIK QARASHLARI ASOSIDA O’QUVCHILARNI TARIX FANIGA
QIZIQTIRISH METODIKASI. Modern Science and Research, 3(12), 643-651.
36.
Muyiddinov, B., Toshpo‘latova, S., & Gadayeva, M. (2025). TEMURIYLAR DAVRIDA
KUTUBXONACHILIK, HUJJATCHILIK VA ISH YURITISHNING O’ZIGA XOSLIGI.
Modern Science and Research, 4(2), 97-105.
1399
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
37.
Toshpo‘latova, S., Gadayeva, M., & Muyiddinov, B. (2025). BO’LAJAK
O’QITUVCHILARNING
PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK
TAYYORGARLIGINI
TARKIB TOPTIRISH MODELI. Modern Science and Research, 4(2), 106-116.
38.
Gadayeva, M., Toshpolatova, S., & Muyiddinov, B. (2025). TARIX DARSLARINI
OQITISHDA INTERFAOL METODLARNING AHAMIYATI. Modern Science and
Research, 4(2), 87-96.
39.
Toshpo‘latova, S. (2025). O’QITUVCHILARNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK
TAYYORGARLIGINI TARKIB TOPTIRISH MODELINING MAZMUNI VA
AHAMIYATI. Modern Science and Research, 4(2), 581-590.
40.
Toshpo‘latova, S. (2025). BO’LAJAK TARIX O’QITUVCHILARINING PEDAGOGIK-
PSIXOLOGIK TAYYORGARLIGI.
Modern Science and Research
,
4
(3), 235-245.
