Authors

  • U.U. Ilxomov
  • Mohira Ismoilova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.83285

Keywords:

Chikago maktabi sotsiologiya urbanizatsiya migratsiya empirik tadqiqotlar ijtimoiy dezorganizatsiya shaharlashuv ijtimoiy ekologiya jinoyatchilik nazariy yondashuvlar amaliy sotsiologiya metodologik innovatsiyalar.

Abstract

Ushbu maqolada Chikago maktabining sotsiologiya tarixidagi o‘rni va uning zamonaviy sotsiologiya rivojlanishiga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi. Chikago maktabi XX asr boshlarida Amerikada shakllangan bo‘lib, urbanizatsiya, migratsiya va ijtimoiy dezorganizatsiya jarayonlarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratdi. Robert Park, Ernest Burgess kabi olimlar empirik tadqiqot usullarini rivojlantirib, sotsiologiyada amaliy yondashuv asoslarini yaratdilar. Ularning ishlari shaharlardagi ijtimoiy o‘zgarishlarni tahlil qilishda yangicha metodologiyani taklif etdi. Shuningdek, Chikago maktabi ijtimoiy ekologiya va jinoyatchilik sohasida ham muhim nazariy asoslar ishlab chiqdi. Maqolada ushbu maktabning metodik innovatsiyalari va ularning keyingi avlod tadqiqotchilariga ta’siri batafsil ko‘rib chiqiladi.

background image

2185

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

CHIKAGO MAKTABINING SOTSIOLOGIYA TARIXIDA TUTGAN O‘RNI

Ilxomov U.U.

O‘zbekiston Milliy universiteti o‘qituvchisi. Toshkent, O‘zbekiston.

Ismoilova Mohira Sherzod qizi

Sotsiologiya yo‘nalishi 1-bosqich talabasi.

O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O‘zbekiston.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15312763

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Chikago maktabining sotsiologiya tarixidagi o‘rni va

uning zamonaviy sotsiologiya rivojlanishiga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi. Chikago maktabi

XX asr boshlarida Amerikada shakllangan bo‘lib, urbanizatsiya, migratsiya va ijtimoiy

dezorganizatsiya jarayonlarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratdi. Robert Park, Ernest Burgess

kabi olimlar empirik tadqiqot usullarini rivojlantirib, sotsiologiyada amaliy yondashuv

asoslarini yaratdilar. Ularning ishlari shaharlardagi ijtimoiy o‘zgarishlarni tahlil qilishda

yangicha metodologiyani taklif etdi. Shuningdek, Chikago maktabi ijtimoiy ekologiya va

jinoyatchilik sohasida ham muhim nazariy asoslar ishlab chiqdi. Maqolada ushbu maktabning

metodik innovatsiyalari va ularning keyingi avlod tadqiqotchilariga ta’siri batafsil ko‘rib

chiqiladi.

Kalit so‘zlar:

Chikago maktabi, sotsiologiya, urbanizatsiya, migratsiya, empirik

tadqiqotlar, ijtimoiy dezorganizatsiya, shaharlashuv, ijtimoiy ekologiya, jinoyatchilik, nazariy

yondashuvlar, amaliy sotsiologiya, metodologik innovatsiyalar.

THE PLACE OF THE CHICAGO SCHOOL IN THE HISTORY OF SOCIOLOGY.

Abstract.

This article analyzes the role of the Chicago School in the history of sociology

and its contribution to the development of modern sociology. The Chicago School emerged in

early 20th century America and paid special attention to studying urbanization, migration, and

social disorganization processes. Scholars like Robert Park and Ernest Burgess advanced

empirical research methods and laid the foundations for applied sociology. Their work

introduced new methodologies for analyzing social changes in urban environments. Moreover,

the Chicago School developed important theoretical frameworks in social ecology and

criminology. The article examines the methodological innovations of the school and their impact

on subsequent generations of researchers.

Keywords:

Chicago School, sociology, urbanization, migration, empirical research,

social disorganization, urban studies, social ecology, crime studies, theoretical approaches,

applied sociology, methodological innovations.

МЕСТО ЧИКАГСКОЙ ШКОЛЫ В ИСТОРИИ СОЦИОЛОГИИ.


background image

2186

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Аннотация.

В статье анализируется место Чикагской школы в истории

социологии и ее вклад в развитие современной социологии. Чикагская школа возникла в

Америке в начале XX века и сосредоточилась на изучении процессов урбанизации,

миграции и социальной дезорганизации. Такие ученые, как Роберт Парк и Эрнест

Берджесс, разработали эмпирические методы исследования и заложили основы

практического подхода в социологии. Их работа предложила новую методологию анализа

социальных изменений в городах. Чикагская школа также разработала важные

теоретические основы в области социальной экологии и криминологии. В статье

подробно рассматриваются методологические новации этой школы и их влияние на

следующее поколение исследователей.

Ключевые слова:

Чикагская школа, социология, урбанизация, миграция,

эмпирические исследования, социальная дезорганизация, урбанизация, социальная

экология,

преступность,

теоретические

подходы,

прикладная

социология,

методологические инновации.

Sotsiologiya fanining shakllanishi va rivojlanishida turli ilmiy maktablarning o‘rni

beqiyos bo‘lgan. Ular orasida alohida o‘rin egallagan Chikago maktabiga XX asr boshlarida

Amerikada asos solingan bo‘lib, zamonaviy sotsiologiyaning metodologik va nazariy asoslarini

rivojlantirishda sezilarli rol o‘ynagan. Chikago universiteti atrofida shakllangan ilmiy muhit

urbanizatsiya, migratsiya, ijtimoiy dezorganizatsiya kabi dolzarb ijtimoiy hodisalarni o‘rganishda

yangi metodologiyalarni joriy etdi.

Chikago sotsiologiya maktabi 1920-1930-yillarda paydo boʻldi, unga Robert E.Park,

Ernest Byorjess, Lui Virt kabi taniqli sotsiologlar rahbarlik qildilar. Bu olimlarga pragmatizm

g‘oyalari va o‘sha davrning ijtimoiy ekologiya nazariyasi ta’sir ko‘rsatdi. Ular shahar hayotining

ijtimoiy dinamikasini va shaharning odamlar va jamoalarga ta’sirini tushunishga o‘z e’tiborini

qaratishgan[1].

Chikago maktabi (1892-1935) faoliyatida odatda kamida ikki bosqich - tayyorgarlik va

faol ishlash bosqichlari ajratiladi. Birinchi, tayyorgarlik bosqichi 1892-1915-yillarni, ya’ni

Chikago universitetining sotsiologiya fakultetini tashkil etish vaqtidan boshlab to maktab

yetakchilari R.Park va E.Byorjess tomonidan maktab faoliyatining asosiy bosqichida empirik

sotsiologiyaning markaziy g‘oyalarini shakllantirishgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. Mazkur

bosqichda yagona tadqiqot dasturi yaratilmaganiga qaramay, uni shakllantirishning boshqa

muhim vazifalari hal etildi. Avvalambor, universitetning sotsiologiya kafedrasi va sotsiologiya

fakulteti atrofida nazariy va empirik tadqiqotlarni birlashtirishning ko‘plab tarafdorlarini

to‘plashga muvaffaq bo‘lindi.


background image

2187

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Chikago maktabining ikkinchi (asosiy) rivojlanish bosqichida (1916-1935) R.Park va

E.Byorjess sotsiologiya va aniq empirik tadqiqotlar rivojlanishiga taalluqli markaziy, prinsipial

qoidalarni ifodalashga urindilar. Mazkur bosqich ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazilishini, o‘nlab yirik

ishlar chop etilishini, AQSh va Yevropada sotsiologiya dunyosiga kengayib borayotgan ta’sirni

o‘z ichiga oladi[2].

1915-1940-yillar orasida, Chikago Universitetining Sotsiologiya kafedrasida faoliyat

yuritgan kichik bir professorlik tarkibi, o‘nlab iqtidorli aspirantlar bilan birgalikda, Chikago

shahrini chuqur o‘rganishdi. Ular ijtimoiy fanlar yondashuvlaridan foydalangan holda yangi bir

tadqiqot sohasi yaratishga intilishdi va shaharni o‘z laboratoriyalari sifatida qabul qilishdi.

Chikago bunday harakat uchun ideal joy edi: XIX asrning ikkinchi yarmida, 1850- yilda

30,000 kishidan iborat bo‘lgan aholi soni 1900-yilda 1,700,000 ga yetdi, ehtimol, tarixdagi eng

tez o‘sishlardan biri bo‘ldi. Aholining uchdan biri tashqarida, Germaniya, Polsha, Irlandiya,

Italiya va boshqa o‘nlab mamlakatlarda tug‘ilgan edi. Shaharda fohishalik, mastlik, uysiz

sayohatchilar va o‘g‘il bolalar janjallari kabi ijtimoiy muammolar ko‘pligicha mavjud edi.

Sotsiologiya kafedrasining professorlari talabalarni Chikagoning "haqiqiy dunyosi" ga

yuborib, ma’lumot to‘plashni topshirdilar. Ular turli tadqiqot metodlarini qo‘lladilar - mavjud

usullarni takomillashtirdilar[3]. Ayniqsa Park va uning hamkasblari, shahardagi ijtimoiy

tuzilmalarni o‘rganishda xaritalar, statistik ma’lumotlar va boshqa vizual asboblardan

foydalanishgan.

Parkning o‘zi shunday degan: “Men o‘qitgan har bir kursda, albatta, bir-ikki nafar talaba

xarita tuzishga qiziqardi. Eng avval jinoyatchi yoshlarning tarqalishini aks ettirgan xaritalar

yaratildi. Keyin esa shahardagi kinoteatrlarning joylashuvini ko‘rsatadigan xaritalar paydo

bo‘ldi. Ortidan jamoat raqs zallariga tashrif buyuruvchilarning taqsimotini tasvirlovchi xaritalar

tuzildi. Shaharning turli mahallalari o‘rtasidagi keskin farqlar bizni nihoyatda ta’sirlantirdi.

Dastlabki maqsadlarimizdan biri esa ushbu rang-barang parchalarni o‘zaro bog‘lab,

ulardan qandaydir umumiy bir naqsh, mantiqiy tizim yaratishga urinish edi”[4].

Bu yondashuv orqali, ular shaharning turli qismlaridagi ijtimoiy hayotni va o‘zaro

aloqalarni o‘rganib, har bir guruhning o‘ziga xos xususiyatlarini tushunishga harakat qilishdi.

Shaharning ijtimoiy strukturasini tahlil qilish uchun, ular empirik ma’lumotlarni to‘plashga katta

ahamiyat berdilar va bu jarayonda xaritalardan faol foydalanishdi. Park va uning hamkasblari

shaharni faqat bir joy sifatida ko‘rmay, uni turli ijtimoiy guruhlarning o‘zaro aloqalarining

maydoni sifatida tasvirladilar. Ular shaharning har bir

qismi qanday qilib bir-biriga bog‘langanini va bu bog‘lanishlarning qanday mantiqiy

tizim yaratishini o‘rganishga intilishdi.


background image

2188

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Ular ko‘rganlarini tasvirlab, tahlil qildilar. Chikago sotsiologiya fakulteti, The Polish

Peasant in Europe and America kabi kitoblar yozdi. Sotsiologiya bo‘yicha aspirantlar

dissertatsiyalar yozishdi, ularning ko‘plari Chikago Universiteti Nashriyoti tomonidan nashr

etilgan kitoblarga aylandi. Ulardan ajralib turadiganlar: The Ghetto, The Hobo, The Gang, va

The Gold Coast and the Slum kabi asarlar edi. Ko‘plab kitoblar sotsiologiyaning klassik

asarlariga aylandi. Bu ishlar oldidan, sotsiologiya asosan tarix va falsafaning kombinatsiyasi

bo‘lib, bir turdagi divan ilmiga aylanib qolgan edi. Chikago maktabi olimlari uni empirik, ya’ni

tajribaviy ilmga aylantirishdi.

Muhim jihati shundaki, Chikago Universitetining sotsiologlari o‘zlarini "maktab" deb

atamaganlar. Bu atama ularga keyinchalik qo‘llanildi, chunki boshqalar ularning yutuqlarining

umumiy ta’sirini tan oldilar[5].

Chikago maktabi metodologiyasi doirasida bajarilgan sotsiolog-empiriklarning ishlarida

odamlarning kundalik hayoti mazmunini tashkil etuvchi muammolarning ahamiyati ta’kidlab

o‘tilardi. Ularning tadqiqotlari umumiy, tizimli nazariyani yaratishda emas, balki odamlar

hayotida muhim o‘rin tutgan, ularni to‘lqinlantirgan va har kuni bo‘lmasa-da, tez-tez va

muntazam hal etish zarur bo‘lgan muammolar doirasini aniqlash va tahlil qilishga qaratilgan edi.

Shu orqali sotsiologiyaning insonning aniq ehtiyojlari, talablari va manfaatlarini o‘rganishga

tomon burilishi ta’minlandi. Shu bilan birga, sotsiologlarning Chikago maktabi doirasidagi

hamkorligi jamiyat (shahar) ning ijtimoiy ehtiyojlarini o‘rganishga va ularni amalga oshirish

uchun sharoitlar yaratishga qaratildi.

Chikago maktabining ahamiyati shunda ediki, empirik tadqiqotlarda nafaqat “sub’ektiv

omilga”, ya’ni odamlarning biror masala yuzasidan fikrlariga, balki shu fikrlarni uyg‘otgan

iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy tusdagi ob’ektiv vaziyatlarga asosiy e’tibor berildi. Shu tarzda,

obyektiv va subyektiv, umumiy va juz’iyning birikuvi ta’minlangan edi[6].

Xulosa qilib aytganda, Chikago maktabining yondashuvlari zamonaviy sotsiologiya,

ijtimoiy ekologiya va jinoyatchilik sotsiologiyasi kabi sohalarda mustahkam asos yaratdi.

Shaharlashuv, madaniy xilma-xillik va ijtimoiy integratsiya jarayonlarini tahlil qilishda bu

maktab ilgari surgan metodlar va nazariyalar bugungi kunda ham sotsiologiya fani va shahar

tadqiqotlarida muhim o‘rin tutadi, chunki uning ishlari ijtimoiy tuzilmalarni va shahar

ekologiyasini o‘rganishda asosiy metodologik yondashuvlarni taqdim etdi. Bugungi sotsiologlar

va shahar tadqiqotchilari, ayniqsa, shaharlarni ekologik tizimlar sifatida o‘rganishda va ijtimoiy

guruhlarning o‘zaro ta’sirini tahlil qilishda Parkning va uning hamkasblarining usullariga

asoslanadilar. Shuningdek, ularning empirik tadqiqotlari va vizual asboblardan foydalanish

metodlari hali ham amaliyotda keng qo‘llaniladi.


background image

2189

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Chikago maktabining metodologik yondashuvi zamonaviy sotsiologiyada, ayniqsa

shahar, migratsiya va ijtimoiy tengsizlik kabi masalalar bo‘yicha tadqiqotlar olib borishda

muhim ahamiyatga ega.

REFERENCES

1.

https://easysociology.com/sociological-perspectives/the-chicago-school-of-sociology-an-

overview/

2.

Gulnoz J. Sotsiologiya tarixi.–T.: Innovatsiya-Ziyo, 2020.–466 b.

3.

https://www.lib.uchicago.edu/media/documents/exmym-Chicago-Sociology-T.pdf

4.

exmym-Chicago-Sociology-T.pdf

5.

https://www.lib.uchicago.edu/media/documents/exmym-Chicago-Sociology-T.pdf

6.

https://namdu.uz/media/Books/pdf/2024/05/20/NamDU-ARM-1229-

Sotsiologiya_tarixi.pdf

References