Authors

  • Mohira Ismoilova
  • U.U Ilhomov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.57059

Keywords:

yoshlar oila nikoh madaniyat majburiyat tushunmovchilik shaxsiy rivojlanish o‘smirlik moddiy muammolar ruhiy buzilish ajralish.

Abstract

Ushbu maqolada yoshlar o‘rtasidagi erta nikoh tuzilishining sabablari va uning yoshlar uchun qanday xavflar tug‘dirishi, oilaviy munosabatlarga salbiy ta’siri va kelajakdagi shaxsiy rivojlanishga qanday to‘siqlar qo‘yishi haqida fikrlar bayon etiladi.Xulosa qilib, kuchli va sog‘lom oila qurish uchun yoshlarning oilaga tayyorligini va oilaga nisbatan ma’suliyatini hisobga olish zarurligi ta’kidlananadi.

background image


Dekabr, 2024-Yil

661

ERTA NIKOH VA UNING SALBIY OQIBATLARI

Ismoilova Mohira Sherzod qizi

O‘zbekiston Milliy universiteti

Ijtimoiy fanlar fakulteti Sotsiologiya yo‘nalishi 1-kurs talabasi

Ilhomov U.U

Ilmiy rahbar: Oʻzbekiston milliy universiteti oʻqituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14476287

Annotatsiya.

Ushbu maqolada yoshlar o‘rtasidagi erta nikoh tuzilishining sabablari va

uning yoshlar uchun qanday xavflar tug‘dirishi, oilaviy munosabatlarga salbiy ta’siri va

kelajakdagi shaxsiy rivojlanishga qanday to‘siqlar qo‘yishi haqida fikrlar bayon etiladi.Xulosa

qilib, kuchli va sog‘lom oila qurish uchun yoshlarning oilaga tayyorligini va oilaga nisbatan

ma’suliyatini hisobga olish zarurligi ta’kidlananadi.

Kalit so‘zlar:

yoshlar, oila, nikoh, madaniyat, majburiyat, tushunmovchilik, shaxsiy

rivojlanish, o‘smirlik, moddiy muammolar, ruhiy buzilish, ajralish.

Abstract.

This article discusses the reasons for early marriage among young people and

the dangers it poses for young people, the negative impact on family relationships and the

obstaclesto future personal development. In conclusion, it is emphasized that in order to build a

strong and healthy family, it is necessary to take into account the readiness of young people for a

family and their responsibility towards the family.

Keywords:

young people, family, marriage, culture, commitment, misunderstanding,

personal devolopment, adolescence, material problems, mental disorder, divorce.

Nikoh oilani vujudga keltiruvchi muhim asos hisoblanadi. Nikoh arabcha so‘zdan olingan

bo‘lib, «birlashish» degan ma’noni anglatadi.

Oilaviy hayotning boshlang‘ich nuqtasi odatda, nikohning tuzilishi sanaladi. Ammo, ayol

va erkak o‘rtasida rasmiy nikohning mavjudligi ularning yaxlit oilaga birikkanligining belgisi

emas. Ushbu ikki tushuncha o‘rtasidagi farqni anglash nikohning keng tarqalgan qator tavsiflarni

ko‘rib chiqish zaruriyatidan kelib chiqadi.

Ko‘pchilik faylasuf va sotsiologlarning fikricha, individlararo nikoh va oila, ya’ni erkak va

ayol hamda ularning bolalaridan iborat guruh doim mavjud bo‘lgan. Nikoh jinslararo

munosabatlarning sotsial tashkillanishi, deyilsa mubolag‘a bo‘lmaydi. U orqali bog‘langan

tomonlar tegishli huquq va majburiyatlarga egadirlar.


background image


Dekabr, 2024-Yil

662

Nikoh yoshi mamlakat qonunchiligida belgilangan yoshga bog‘liq va qizlar hamda o‘g‘il

bolalar uchun farq qilishi mumkin.Qonunchilikda belgilangan yoshdan oldin qurilgan nikohlar erta

nikoh sanaladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 2 bo‘limiga ko‘ra, «Nikoh - bu erkak va ayol

o‘rtasidagi erkin, ixtiyoriy, teng ittifoq bo‘lib, oila tuzish va er-xotinning o‘zaro huquq va

majburiyatlarini bajarish maqsadida tuziladi»[1].

Erta yoki bola nikohi - kamida bittasi 18 yoshga to‘lmagan ikki shaxsning rasmiy yoki

norasmiy birlashmasi. Voyaga yetmagan turmush o‘rtoqlar yoshi tufayli nikohga to‘liq rozilik bera

olmaydilar, shuning uchun erta nikohlar inson huquqlari va bola huquqlarining buzilishi sifatida

tan olinishi kerak. Erta nikoh - bu har ikki jinsdagi bolalarga turli xil ta’sir ko‘rsatadigan gender

hodisasi. Qoidaga ko‘ra erta nikohga kirgan o‘g‘il bolalar soni bunday nikohga kirgan qiz bolalar

sonidan sezilarli darajada kam.

Erta turmush qurish juda murakkaab muammodir. Ularning ildiz otishining

harakatlantiruvchi motivi va sababi ta’limning ahamiyati va qizlarning kelajakdagi ijtimoiy

rolining ahamiyatini tushuntirmaslikdir, bu faqat uy ishlari va bolalarni tarbiyalash bilan cheklanib

qolmasligi kerak. Ijtimoiy chetlanish, «an’analar», qashshoqlik va boshqa omillar, jumladan,

geografik izolatsiya va qurolli mojarolar, voyaga yetmagan qizlarning erta turmushga chiqishi,

gender kamsitishlari va ayollarning marginallashuvini o‘zida mujassam etadi va davom ettiradi[2].

Erta turmush qurish sabablari har bir mamlakatning geografik joylashuvi, madaniyati, urf-

odati, dini va aholining bilim va qashshoqlik darajasi kabi omillarning xilma-xilligidan kelib

chiqib yondashiladi. Erta turmush qurishga asosan ota-onasi va yaqinlarining talabi, sevgi-

muhabbat, homilador bo‘lib qolish hamda diniy va an’anaviy urf-odatlar sabab bo‘lishi mumkin.

Erta turmush qurish bir qator ijtimoiy va salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.Erta nikoh

ko‘pincha yoshlarning ta’limini to‘xtatishga olib keladi.Yoshlar, o‘z vaqtida o‘qishni

tugatmasdan, oila qurganidan so‘ng, bir nechta ma’suliyatlarni uzoq muddat davomida unitishlari

mumkin.Bu esa ularning kelajakdagi kasbiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Kuzatishlar davomida 17 yoshdan 18 yoshgacha katta farq borligi aniqlandi. Xususan, 17

yoshda bolalik davriga xos qarashlar saqlanib qolganligi sababli oiladagi munosabatlar va

jamiyatdagi voqealarga emotsional, ishqiy munosabatda bo‘lish, kelajakni ideallashtirish kabi

holatlar ko‘p uchraydi. 18 yoshda esa yoshlarda o‘zini chinakam mustaqil shaxs ekani, qarashlari

o‘zgarib, fiziologik, ruhiy, ma’naviy tomondan, qaysidir ma’noda hayotga tayyor ekanlik hissi

paydo bo‘ladi. Zero, hayotda o‘z o‘rnini topish, kasb-hunar egallash, mutaxassislik tanlash, kelajak

istiqbollari rejasini tuzish istagi tabiiyki, kelajakka jiddiy munosabatdan dalolat beradi[3].


background image


Dekabr, 2024-Yil

663

Erta nikoh qurish qizlarning jismonan va hissiy jihatdan tayyor bo‘lgunga qadar,

shuningdek, o‘zlarining jinsiy va reproduktiv salomatligi va huquqlari (SRHR) haqida kam

ma’lumotga ega bo‘lishidan oldin jinsiy aloqada bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Erta nikoh qurish

o‘smirlik homladorligining asosiy omili bo‘lib, u jiddiy sog‘liq uchun xavf tug‘diradi va jinsiy

yo‘l bilan yuqadigan infektsiyalarni yuqtirish va gender zo‘ravonligini (GBV) boshdan kechirish

xavfini oshirishi mumkin. Ba’zi kontektstlarda yosh nikohlar ayollarning jinsiy a’zolarini kesish

(FGM/C) bilan ham chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu inson huquqlarining buzulishi va qizlarning

jismoniy va ruhiy salomatligiga zarar yetkazadi[4].

Erta nikoh ko‘pincha sog‘lom va o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlarni

rivojlantirishga to‘sqinlik qiladi. Yoshlar bir-birlarini yaxshi tanimasdan turib, majburiyatlarni o‘z

zimmalariga olishadi. Ushbu beqarorlik natijasida, oila ichidagi muammo va tushunmovchiliklar

ko‘payadi, bu esa oxir-oqibat ajralishlarga olib kelishi mumkin.

Xulosa qilib aytilganda, erta nikoh bir nechta ijtimoiy, iqtisodiy, shaxsiy va ruhiy

tomonlama salbiy oqibatlarga olib keladi. Oila qurishdan avval yoshlar o‘zlarining ta’lim,

psixologik salomatlik, jinsiy salomatlik, iqtisodiy holat hamda oilaviy munosabatlarni to‘g‘ri

baholay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari zarur. Oila qurishdan avval, kishi o‘z hayotidagi bu

ahamiyatli qaror uchun yetarlicha tayyorgarlik ko‘rishi, shaxsiy rivojlanishi va kelajakdagi

rejalarini hisobga olishi zarur.

Erta nikohlarning oldini olish uchun oila hamda jamoatchilik bilan birgalikda, erta

nikohning salbiy oqibatlarini tushuntirish maqsadida treninglar va seminarlar o‘tkazish, yoshlarni

ta’lim bilan ta’minlash, ularning bilim darajasini oshirish, hamda erta nikohni kamaytirish uchun

yangi tegishli me’yorlarni kiritish zarur.

REFERENCES

1.

G.G. Tagiyeva, H.T. Husanova. Oila va gender sotsiologiyasi. Darslik. Samarqand: SamDu

nashriyoti, 2021. -252 bet.

2.

https://eeca.unfpa.org

3.

https://cyberleninka.ru

4.

https://www.girlsnotbrides.org

5.

NURQULOV B. YOSHLARNING IJTIMOIY-SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISH

OMILLARI //UzMU xabarlari. – 2024. – Т. 1. – №. 1.3. 1. – С. 190-193.


background image


Dekabr, 2024-Yil

664

6.

Nurqulоv B. G. THE MAIN THEORETICAL APPROACHES TO THE CONCEPT OF

POLITICAL SOCIALIZATION //Academic research in educational sciences. – 2024. –

№. 3. – С. 426-431.

7.

Nurqulov B. G. SAYLOV VA UNING YOSHLAR FAOLIYATIDA TUTGAN OʻRNI

//Academic research in educational sciences. – 2024. – №. 3. – С. 432-436.

8.

Нуркулов

Б.,

Равшанова

О.

JORJ

GERBERT

MIDNING

RAMZIY

INTERAKSIONIZM NAZARIYASI //NRJ. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 402-405.

9.

Nurqulov B. et al. PITRIM SOROKINNING “SOTSIAL VA MADANIY DINAMIKA”

ASARI //NRJ. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 289-291.

10.

Panjiyeva Z. et al. RAZMIY INTERAKTSIONIZM TAMOYILLARI //NRJ. – 2024. – Т.

1. – №. 3. – С. 292-295.

11.

A’ZAMXONOV S. OLIY TA’LIM TIZIMIDA TALABALARNING MUSTAQIL

TA’LIM OLISHLARNI TASHKIL ETISH //News of UzMU journal. – 2024. – Т. 1. – №.

1.1. 1. – С. 63-66

12.

Saidabzalkhan A. MODERN CONCEPTS OF HUMAN CAPITA MEASUREMENT

https://farspublishers.

org/index.

php/ijessh/article/view/1527

https://zenodo.

org/records/8003552#. – 2023.

13.

A‘zamxonov S. X. Ta’lim jarayonida o ‘qituvchi faoliyatining o ‘ziga xos xususiyatlari

//IJODKOR O'QITUVCHI. – 2022. – Т. 2. – №. 22. – С. 381-386.

14.

Аъзамхонов С. TALABALAR MUSTAQIL TA’LIM OLISHINI OSHIRISHNING

NAZARIY ASOSLARI //ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ. – 2024. – №.

SI-1.

15.

Azamkhanov S. SOCIOLOGICAL ANALYSIS OF MODERN FORMS OF

ORGANIZING STUDENTS'INDEPENDENT WORK //Modern Science and Research. –

2024. – Т. 3. – №. 5.

16.

Ilxomov,

Umrbek,

and

Parizod

Nasirdinova.

"IRVING

GOFFMANNING

DRAMATURGIYASI." NRJ 1.3 (2024): 239-245.

17.

ILXOMOV,

Umrbek.

"SOTSIAL

MOBILLIK

YOSHLAR

INTELLEKTUAL

SALOHIYATNING OMILI SIFATIDA." News of UzMU journal 1.1.2. 1 (2024): 110-

114.

18.

.Ilxomov, U. U., and P. Sh Nasirdinova. "UMUMIY-O „RTA TA „LIM

MUASSASALARIDA O „QITISH METODI VA BITIRUVCHI YOSHLARNI KASBGA


background image


Dekabr, 2024-Yil

665

YO „NALTIRILGANLIGI DOLZARB MASALA." Academic research in educational

sciences 3 (2024): 252-256.

19.

Ilxomov U. U. YOSHLARDA DEVIANT XULQ-ATVOR MUAMMOLARINING

INDEKATORI //Academic research in educational sciences. – 2024. – №. 3. – С. 263-268.

20.

Ilxomov U. U. YOSHLAR ISHSIZLIGI IJTIMOIY MUAMMO SIFATIDA //Academic

research in educational sciences. – 2024. – №. 3. – С. 257-262

References

G.G. Tagiyeva, H.T. Husanova. Oila va gender sotsiologiyasi. Darslik. Samarqand: SamDu nashriyoti, 2021. -252 bet.

NURQULOV B. YOSHLARNING IJTIMOIY-SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISH OMILLARI //UzMU xabarlari. – 2024. – Т. 1. – №. 1.3. 1. – С. 190-193.

Nurqulоv B. G. THE MAIN THEORETICAL APPROACHES TO THE CONCEPT OF POLITICAL SOCIALIZATION //Academic research in educational sciences. – 2024. – №. 3. – С. 426-431.

Nurqulov B. G. SAYLOV VA UNING YOSHLAR FAOLIYATIDA TUTGAN OʻRNI //Academic research in educational sciences. – 2024. – №. 3. – С. 432-436.

Нуркулов Б., Равшанова О. JORJ GERBERT MIDNING RAMZIY INTERAKSIONIZM NAZARIYASI //NRJ. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 402-405.

Nurqulov B. et al. PITRIM SOROKINNING “SOTSIAL VA MADANIY DINAMIKA” ASARI //NRJ. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 289-291.

Panjiyeva Z. et al. RAZMIY INTERAKTSIONIZM TAMOYILLARI //NRJ. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 292-295.

A’ZAMXONOV S. OLIY TA’LIM TIZIMIDA TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIM OLISHLARNI TASHKIL ETISH //News of UzMU journal. – 2024. – Т. 1. – №. 1.1. 1. – С. 63-66

Saidabzalkhan A. MODERN CONCEPTS OF HUMAN CAPITA MEASUREMENT https://farspublishers. org/index. php/ijessh/article/view/1527 https://zenodo. org/records/8003552#. – 2023.

A‘zamxonov S. X. Ta’lim jarayonida o ‘qituvchi faoliyatining o ‘ziga xos xususiyatlari //IJODKOR O'QITUVCHI. – 2022. – Т. 2. – №. 22. – С. 381-386.

Аъзамхонов С. TALABALAR MUSTAQIL TA’LIM OLISHINI OSHIRISHNING NAZARIY ASOSLARI //ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ. – 2024. – №. SI-1.

Azamkhanov S. SOCIOLOGICAL ANALYSIS OF MODERN FORMS OF ORGANIZING STUDENTS'INDEPENDENT WORK //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5.

Ilxomov, Umrbek, and Parizod Nasirdinova. "IRVING GOFFMANNING DRAMATURGIYASI." NRJ 1.3 (2024): 239-245.

ILXOMOV, Umrbek. "SOTSIAL MOBILLIK YOSHLAR INTELLEKTUAL SALOHIYATNING OMILI SIFATIDA." News of UzMU journal 1.1.2. 1 (2024): 110-114.

.Ilxomov, U. U., and P. Sh Nasirdinova. "UMUMIY-O „RTA TA „LIM MUASSASALARIDA O „QITISH METODI VA BITIRUVCHI YOSHLARNI KASBGA YO „NALTIRILGANLIGI DOLZARB MASALA." Academic research in educational sciences 3 (2024): 252-256.

Ilxomov U. U. YOSHLARDA DEVIANT XULQ-ATVOR MUAMMOLARINING INDEKATORI //Academic research in educational sciences. – 2024. – №. 3. – С. 263-268.

Ilxomov U. U. YOSHLAR ISHSIZLIGI IJTIMOIY MUAMMO SIFATIDA //Academic research in educational sciences. – 2024. – №. 3. – С. 257-262