May, 2025-Yil
204
BETTA TALASEMIYALI BOLALARDA OVQAT HAZM QILISH TIZIMIDAGI
FUNKSIONAL BUZILISHLAR VA PARHEZ-TERAPEVTIK YONDASHUVLAR
Izzatullaev Sanjar Anvarovich
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Pediatriya kafedrasi assistenti
Avazov Bekzod Xamro o’g’li
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Pediatriya kafedrasi assistenti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15368089
Annotatsiya:
Mazkur tezis betta talasemiya bilan og‘rigan bolalarda ovqat hazm qilish
tizimi faoliyatida kuzatiladigan buzilishlar, ushbu muammolarning patofiziologik sabablari va
ularni bartaraf etishdagi parhez-terapevtik yondashuvlarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Qon
quyishlar natijasida organizmda ortiqcha to‘planadigan temirning gepatotoksik va
pankreatotoksik ta’siri, fermentlar yetishmovchiligi, ichaklarda so‘rilish buzilishi kabi holatlar
yoritilgan.
Tadqiqotda
bolalarning
oziqlanish
rejimini
tibbiy-nutrisional
jihatdan
muvofiqlashtirishning dolzarbligi va kompleks yondashuv zarurligi asoslangan.
Kalit so‘zlar:
Betta talasemiya, ovqat hazm qilish, temir ortiqchasi, gepatotoksik ta’sir,
ferment yetishmovchiligi, parhez terapiya, bola salomatligi.
Betta talasemiya — gemoglobinning betta zanjirida genetik nuqsonlar tufayli
rivojlanadigan irsiy kasallik bo‘lib, asosan bolalarda erta yoshda aniqlanadi. Kasallikning asosiy
davolash usuli muntazam qon quyish hisoblanadi. Biroq uzoq muddat davomida qon quyilishi
natijasida organizmda ortiqcha temir to‘planadi (ikkilamchi gemoxromatoz), bu esa turli a’zolar,
jumladan, ovqat hazm qilish tizimi faoliyatining buzilishiga olib keladi.
Temir ortiqchasi eng avvalo jigarga toksik ta’sir ko‘rsatadi. Jigar hujayralari
(gepatotsitlar)da temir to‘planishi ularning faoliyatini buzadi: safro ishlab chiqarilishi susayadi,
jigar fermentlari faollashadi, gepatomegaliya (jigar kattalashuvi), dispeptik simptomlar (ishtaha
pasayishi, og‘irlik hissi, ko‘ngil aynishi, diareya) kuzatiladi. Safro ajralishining kamayishi
yog‘lar va yog‘da eruvchi vitaminlar (A, D, E, K) so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi, bu esa bola
organizmida hipovitaminoz holatlarini keltirib chiqaradi.
Shuningdek, oshqozon osti bezi (pankreas) ham temirning toksik ta’siriga uchraydi.
Bezning eksokrin funksiyasi pasayib, tripsin, amilaza, lipaza kabi ovqat hazm qilish fermentlari
yetarlicha ishlab chiqilmaydi. Bu oqibatda ovqat tarkibidagi oqsillar, yog‘lar va uglevodlar to‘liq
parchalanmaydi va so‘rilmaydi. Natijada bola organizmida ozuqa moddalari tanqisligi,
dispepsiya, meteorizm (qorinda gaz to‘planishi), steatoriya (yog‘li najas) holatlari yuzaga keladi.
May, 2025-Yil
205
Ferment yetishmovchiligi bolalarning ishtahasini pasaytiradi, ularda ovqatdan tez to‘yish, qusish,
diareya kabi simptomlar rivojlanadi.
Ichak devorlarida ham distrofiya jarayonlari kuzatiladi. Bu esa oziqa moddalarning
so‘rilishini yanada yomonlashtiradi. Ayniqsa, kaltsiy, rux, magniy kabi minerallar tanqisligi
bolalarda suyak o‘sishida orqada qolish, mushak zaifligi, immunitetning pasayishi kabi holatlarni
keltirib chiqaradi.
Betta talasemiyali bolalar doimiy parhezga muhtojdirlar. Ovqatlanish rejimi temir
moddasining ortiqcha miqdorda iste’mol qilinishining oldini oladigan tarzda tuziladi. Masalan,
qizil go‘sht, jigar, no‘xat, ismaloq kabi temirga boy mahsulotlar cheklanadi. Aksincha, sut
mahsulotlari, tuxum oqi, guruch, sabzavotlar kabi temir kam, ammo oqsil va vitaminlarga boy
mahsulotlar asosiy o‘rinni egallaydi. Oziq ovqatni kam miqdorda, lekin tez-tez iste’mol qilish
tavsiya etiladi.
Bundan tashqari, ferment preparatlari (pankreatin, mezim-forte), gepatoprotektorlar
(ursodezoksixol kislotasi, silimarin) va vitamin-mineral komplekslar (ayniqsa A, D, B12, folat)
bilan muvofiqlashtirilgan davo choralari orqali ovqat hazm qilish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash
zarur. Kelator terapiya (deferoksamin, deferasiroks) orqali temir ortiqchasini organizmdan
chiqarish bilan bir qatorda, ovqat hazm qilish tizimining holatini muntazam nazorat qilish va
simptomatik terapiya qo‘llash kerak. Parhez-terapevtik chora-tadbirlar betta talasemiyaning
asosiy gematologik davolash usullarini to‘ldirib, bolalarning hayot sifati va rivojlanishiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi. Bu yondashuv ko‘p tarmoqli tibbiy kuzatuvni talab etadi: pediatr, gematolog,
gastroenterolog va ovqatlanish bo‘yicha mutaxassislar hamkorligida olib borilishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Rund, D., & Rachmilewitz, E. (2005). Beta-thalassemia. New England Journal of
Medicine, 353(11), 1135–1146.
2.
Cappellini, M. D., et al. (2014). Guidelines for the Management of Transfusion
Dependent Thalassaemia (TDT). Thalassaemia International Federation.
3.
Qodirov, M. N. (2021). Betta talasemiyali bolalarda ovqatlanish xususiyatlari. Pediatriya
amaliyoti, №3, 21–24.
4.
Mahmudov, D. R. (2019). Bolalarda talasemiya va uning asoratlari. Tibbiyot va hayot,
№2, 43–46.
5.
Akhmedova, G. S. (2020). Ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari: pediatriya amaliyotida
yondashuvlar
