Authors

  • Kamshat Kdirbayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.86553

Keywords:

tarbiya ahloq aql ma`naviy-ahloqiy tarbiya.

Abstract

Maqolada ta`lim tarbiya jarayonida xalqimizning tarbiya borasidagi ish tajribalari, madaniy va ma`naviy boyliklarimiz yoshlarimizni ma`naviy ahloqiy tarbiyalashda Sharq mutaffakkirlarining ma`naviiy-ahloqiy tarbiya haqidagi fikrlari haqida sóz etiladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

351

SHARQ MUTAFFAKKIRLARINING MA`NAVIY-AHLOQIY TARBIYA HAQIDA

QARASHLARI

Kdirbayeva Kamshat Maxsetovna

Nukus davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim fakulteti 1-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15367922

Annotaciya. Maqolada ta`lim tarbiya jarayonida xalqimizning tarbiya borasidagi ish

tajribalari, madaniy va ma`naviy boyliklarimiz yoshlarimizni ma`naviy ahloqiy tarbiyalashda
Sharq mutaffakkirlarining ma`naviiy-ahloqiy tarbiya haqidagi fikrlari haqida sóz etiladi.

Kalit sózlar: tarbiya, ahloq, aql, ma`naviy-ahloqiy tarbiya.

VIEWS OF EASTERN THINKERS ON SPIRITUAL AND MORAL EDUCATION

Abstract. The article examines the experience of our people in the process of education,

the cultural and spiritual wealth of our youth, as well as the ideas of Eastern thinkers about
spiritual and moral education.

Keywords: education, morality, intelligence, spiritual and moral education.

ВЗГЛЯДЫ ВОСТОЧНЫХ МЫСЛИТЕЛЕЙ НА ДУХОВНО-НРАВСТВЕННОЕ

ВОСПИТАНИЕ

Аннотация. В статье рассматривается опыт нашего народа в процессе

образования, культурное и духовное богатство нашей молодежи, а также идеи
восточных мыслителей о духовно-нравственном воспитании.

Ключевые слова. образование, нравственность, интеллект, духовное и

нравственное воспитание.

Barkamol shaxsni shakllantirish jarayonida xalqimizning tarbiyaviy an`analarning tutgan

o`rni alohida e`tiborga sazovordir. Hozirgi kunda xalq pedagogikasi namunalaridan samarali
foydalanish yullarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilish ham muhimdir. Chunki ular
yuqori malakali kadrlar tayarlash jarayonida o`zining samarali natijasini beradi.

Ta`lim tarbiya jarayonida xalqimizning tarbiya borasidagi ish tajribalarni qo’llanish keng

tus olmoqda. Ma`lumki, xalq pedagogikasining ta`lim tarbiyadagi o`rni beqiyosdir. Bizga meros
bo`lib qolg`an madaniy va ma`naviy boyliklarimiz yoshlarimizni ma`naviy ahloqiy tarbiyalashda
muhim ahamiyat kasb etadi. Asosan, barkamol shaxsni shakllantirishda xalqning tarbiyaviy
an`analarning ahamiyati alohida e`tiborga molikdir. Ota-bobolarimiz tarbiyaning bu sohasida
dono fikrlar, baholi maslahatlar aql-nasihat va tajribalar qoldirganlar. Bular asrlar davomida
bolalarni tarbiyalash jarayonida sinalgan xalq pedagogikasi hisoblanadi. Xalq pedagogikasida
bola tarbiyasi haqida fikrlar mavjud. Chuqur tariyxga ega xalq pedagogikasi namunalari yozma
adabiyotda ham aksini topa bordi. Bola tarbiyasi, shu jumladan shaxsni tarbiyalash yuzasidan
fikr yuritgan X-XII asr Sharq klassik adabiyoti namunalarida, jumladan hind xalqining «Kalila
va Dimna», Nizomil Mulining «Siyosatnoma», Nasr Xisravning «Saodotnoma», «Rushnoma»,
Yusuf Xos Xojibning «Qutodgu bilig», Maxmud Qashg`oriyning «Devoni lug`ati turk», Axmad
Yugnakiyning «Xibotul haqayiq», Qayqabusning «Qabusnoma», qoraqalpoq xalqning buyuk
shoyrlari Berdoq, Ajiniyoz, Kunxoja, Jiyan Jirov asarlari jahon olimlarining e`tiborini jalb etgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

352

Xalqimizga xos milliy xususiyatlar, uning milliy madaniyati, ilm-fan, san`at va adabiyot

sohasida erishgan yutuqlarida oylaviy turmish tarzida, bola tarbiyasida qo`llangan usul va
tadbirlarida namayondir.

Yosh avlodni hayotga tayyorlashda asrlar davomida qo`llanilgan usul va vositalar, tadbir

shakllari, urf-odat va an`analar tarbiya haqidagi hayotiy tajribalar xalq pedagogikasida
mujassamdir. Hali maktab bo`lmagan, pedagogika fan sifatida shakllanmagan davrdayoq, qobila
a`zolarning bolalar tarbiyasi sohasida orttirgan tajribalari hayotiy tajriba mevasi sifatida bizning
davrga qadar etib keldi va xalq pedagogikasi shaklida tarqib topdi. Har bir jamiyatda yashagan
xalq ruxi, du`stlik, birodorlik, mardlik, vatan va xalqqa sodiqlik g`oyalari, ota-onalarning o`z-aro
ahilligi, farzandlarning o`z-aro muhabbati, qadr qimmati, insoniy fazilatlari u ijod etgan maqol,
topishmoq, ertak, latifa, lapar, askiya, dostonlarda qizqarligi, ravonligi ahangdorligi,
pandnomaligi, g`oyaviyligi bilan hayotga muhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir.

Xalqimizning ma`naviy madaniyati, dastur va urf-odatlari, Ona diyormizni tashqi

bosqinchilardan himoya qilishda nomi afsonaga aynalgan tarixiy voqealar bugungi eshlarimiz
ongida o`z Vataniga sodiqlikning namunasini ko`rsatadi.

Har bir insonning milliy qadriyatlarmizni ulug`lash va ona tabiatimizni asrashga bog`liq

yurak tuyg`ularni Vatan tuyg`usining bir ko`rinishi bulib hisoblanadi.

Vatanga sodiqliq Vatanni sevishning bir belgisi bo`lsa, fidoiylik o`z Vataniga bo`lgan

sodiqlikning va xalqi, ona tuprog`iga bo`lgan muhabbatining belgisi hisoblanadi.

Abu Nasr al-Farabiy Sharq uyg`onish davrining buyuk mutaffakiri edi. U fanning boshqa

sohalarida ijod qilishi bilan birgalikda ta`lim-tarbiya xususida ham o`zining ilmiy faoliyatida
keng to`xtalib o`tadi. Uning fikricha, insonning boshqa jonli mavjudotdan farq qiladigan tomani
aql bilan ahloqi, xulqi odobidir. Chunki, ahloq haqida fikr yuritish insonni, insoniylikni
o`rgatishdan iborat. Shu boisdan uning ilmiy faoliyatida ahloqshunoslik muhim o`rin tutadi.

Umuman, sharq uyg`onish davrining barcha mutafakkirlari ijodida insoniylikni

o`rganadigan ahloq e`tiboriga sazovar bo`lgan soha sifatida ajralib turgan.

Farabiy aql bilan ahloqni bir-biriga bog`liq ekanligini ko`rsatib, tafakkurga asoslangan

ahloq g`oyasini ilgari suradi. Farabiy o`zining odob-ahloq haqidagi qarashlarini muayyan bir
tizimga tushiradi. Uning so`ziga ko`ra nimaiki baxtni qo`lga kiritishga xizmat qilsa yaxshilikdir,
nimaiki baxtga erishishga xalaqit bersa, mutloq yomonliqdir. Bu fikr uning ahloqiy qarashlarida
asosiy mezon bo`lib xizmat qiladi. Shunga ko`ra u o`z fikrini yanada chuqurlashtirib, ko`zda
tutilgan maqsadni qo`lga kiritishga yordam beruvchi qobiliyat va hatti-harakat yaxshilik, uning
aksi bo`lsa yomonlikdir,-degan g`oyasini ilgari suradiki, natijada uning fikrida bola tarbiyasi bir
maqsadga qaratilgan holda olib borilmog`i va u aqliy va ahloqiy tarbiya birligidan iborat
bo`lmog`i lozim, degan xulosa kelib chiqadi.

Abu Rayxon Beruniy «O`tmish avlodlaridan qolgan yodgorliklar», «Hindiston»,

«E`tiqodlar va dinlar haqida» kabi ko`pgina asarlarida bolalarni ahloqiy tarbiyasiga oid qimmatli
fikrlarni yozadi. Hatto, «Minerologiya» nomli asarida insoniy fazilatlarning ahamiyatini yoddon
ko`tarmaydi va inson qalbi javohirlardek toza va pok bo`lmoqlikni uqtirib o`tadi. Abu Rayxon
Beruniy insonning ahloqiy fazilatlarini, umuman, ahloqiy tushunchalari insonning tabiati bilan
bog`laydi. Inson tabiati esa, avvalo oilada shakllanadi. Shunga ko`ra, bola tarbiyasida ota-ona
ta`siri va namunasi benihoyat kattadir.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

353

Beruniy ota-onalarga qarata bolaning mo`tadillikda saqlashni tavsiya etadi. Bunga asosan

bolani qattiq g`azoblanishdan, qo`rqish va xafalikdan, uyqusizlikdan saqlash orqali erishilishini
aytib, ular hoqlagan va foydali narsasini topib berishga, sevmagan narsasidan uzoqlashtirishga
harakat qilish kerakligini uqtiradi. Ota-onaning bolaga turli munosabati turlicha xulqlarni keltirib
chiqaradi. Beruniyni fikricha, insonparvarlikka asoslangan ahloqiylik insonning eng oliy sifati
bo`lish kerak. Bu hislat odam bolasida birdaniga tarkib topmaydi. U kishilarning o`z-aro
muloqati, ijtimoiy muhit, jamiyat taraqqiyoti jarayonida paydo bo`ladi. Beruniy, shok shubhasiz,
ahloqiy tarbiyaga musulmon dini talablaridan kelib chiqqan holda yondashadi. Ahloqiylik
yaxshilik va yomonlik o`rtasidagi kurash natijasida namoyon bo`ladi va shakllanadi. Uning bu
fikri o`z davri uchun yangi va ilmiy bashorat edi.

REFERENCES

1.

N.Gaybullaev., R.Yodgorov., R.Mamatkulova. Pedagogika T- 2005

2.

O.Xasanboeva va boshkalar Oila pedagogikası T 2007 y

3.

X.Ibragimov. Pedagogika T 2007 y

4.

Matmuratova G Esemuratova T. Ta`lim va innovatsion tadqiqotlar

Том

3. №12. 100

107b. «FAN VA TALIM»







References

N.Gaybullaev., R.Yodgorov., R.Mamatkulova. Pedagogika T- 2005

O.Xasanboeva va boshkalar Oila pedagogikası T 2007 y

X.Ibragimov. Pedagogika T 2007 y

Matmuratova G Esemuratova T. Ta`lim va innovatsion tadqiqotlar Том 3. №12. 100 107b. «FAN VA TALIM»