Authors

  • Gumsha Mirzabekova
  • Kamshat Kdirbayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.86555

Keywords:

Tarbiya oila jamiyat odob-axloq iqtisod ma’naviyat «Al-jomi’ as-sahih» hadis isrof.

Abstract

Ushbu maqolada oilaning ikki ustuni, Imom al-Buxoriy asarlariga kiritilgan hadislarda iqtisodiy tarbiyaga oid fikrlarning pedagogik tahlili va oilada farzand tarbiyasida pulning ahamiyati haqidagi ma’lumotlar yoritilib berilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

357

HADISLARDA IQTISODIY TARBIYA MASALALARI

Mirzabekova Gumsha Xo‘jabekovna

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim fakulteti

“Boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi katta o‘qituvchisi. Oʻzbekiston, Nukus shahri.

Kdirbayeva Kamshat Maxsetovna

Nukus davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim fakulteti 1-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15367939

Annotatsiya. Ushbu maqolada oilaning ikki ustuni, Imom al-Buxoriy asarlariga kiritilgan

hadislarda iqtisodiy tarbiyaga oid fikrlarning pedagogik tahlili va oilada farzand tarbiyasida
pulning ahamiyati haqidagi ma’lumotlar yoritilib berilgan.

Kalit so‘zlar: Tarbiya, oila, jamiyat, odob-axloq, iqtisod, ma’naviyat, «Al-jomi’ as-

sahih» hadis, isrof.

ISSUES OF ECONOMIC EDUCATION IN HADITH

Abstract. The article provides information about the two pillars of the family, provides a

pedagogical analysis of the ideas regarding economic education in the hadiths included in the
works of Imam al-Bukhari, as well as the importance of money in raising children in the family.

Key words: Education, family, society, morality, economics, spirituality, hadith "Al-Jami

as-Sahih", extravagance.

ВОПРОСЫ ЭКОНОМИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ В ХАДИСАХ

Аннотация. В статье дается информация о двух столпах семьи, дается

педагогический анализ идей относительно экономического воспитания в хадисах,
включенных в труды имама аль-Бухари, а также о значении денег в воспитании детей в
семье.

Ключевые слова: Образование, семья, общество, мораль, экономика, духовность,

хадис «Аль-Джами ас-Сахих», расточительство.

Har bir davrning oʻziga xos dolzarb muammolari va masalalari boʻlgani kabi shunday bir

masala borki, u bizni hamisha oʻylantirib keladi. Bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi,
bir soʻz bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan oʻzgaryapti. Bu
oʻzgarishlarni hammadan ham koʻproq his qilayotganlar ham aynan jamiyatimizning faol va oʻz
navbatida nozik qatlami boʻlmish yoshlardir. Mayli, yoshlar oʻz davrining talablari bilan uyg‘un
boʻlsin. Lekin ayni paytda oʻzligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning
avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, oʻzligiga sodiq qolishga undab
tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.[1.1b]

Tarbiya esa eng avvlo oiladan boshlanadi. Oila – jamiyatning eng muhim instituti.

Chunki, u tug‘ilishdan to o‘limgacha insonning mavjudligi va rivojlanishi uchun odatiy muhit
vazifasini bajaradi. Nafaqat odatiy balki, zamon nafasi bilan uyg‘unlikda farzand
dunyoqarashning shakillanib borishida ta’limiy va tarbiyaviy jarayonlarni birdek qamrab oluvchi
va oʻz navbatida dinamik xarakterga xususiyatiga ega boʻlgan ziyo maskanidir. Uning ikki
ustuni mavjud. Bular: birinchisi-iqtisod, ikkinchisi-ma’naviyat.[3.66b]

Iqtisod- jamiyatning hamma a’zolari uchun faravon hayot yaratish usul va vositalarini

oʻrganadigan va amalda qoʻllaydigan soha.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

358

Ma’naviyat- inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy,

huquqiy, ilmiy, badiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini oʻz ichiga oladi.

Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot boʻlsa, uning joni va ruhi–ma’naviyatdir.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ajdodlarimizning boy merosi negizida shakillanib

boruvchi milliy tarbiyada ham har ikki tushunchadan uyg‘unlikda foydalanish oila
mustahkamligini belgilab beruvchi omil boʻlib xizmat qiladi. Xususan, buyuk muhaddis Imom
al- Buxoriyning mashhur toʻrt qismdan iborat «Al-jomi’ as-sahih» («Ishonarli toʻplam»)
asarining aynan ikkinchi qismi «Savdo - sotiq kitobi» deb nomlangan boʻlib, unda iqtisodiy
munosabatlar zamirida shakillanib boruvchi inson axloqi va ma’naviyati borasidagi hadislar
oʻrin olgan. Hadisi shariflar Qur’oni Karimdan keyingi muqaddas manba sifatida e’tirof etiladi.

Shu nuqtai nazardan ularda keltirilgan ko‘rsatmalarni Payg‘ambar sollallohu alayhi

vasallamdan musulmonlarga xolis nasihat deb tushunish mumkin. Ularda bir qator asosiy
masalalar sirasida isrofgarchilik, uning zararli oqibatlari haqida ham xabar berilgan. Isrof
so‘zining lug‘aviy ma’nosi bu–molni gunoh ishlarga sarflash yoki o‘zi va bola-chaqasi uchun
hech narsa qoldirmay, bor-yo‘g‘ini mayda-chuyda, ikir-chikirlarga sarflab yuborish ma’nolarini
anglatadi.

Isrof–u qaysi ko‘rinishda bo‘lmasin kishining bor-yo‘g‘ini sovuradi, yakson

qiladi.[4.131b] Oiladagi isrofgarchilik majoziy ma’noda aytganda “zanjir reaksiyasi”ning
boshlanishiga olib keladi. Ya’ni:

iqtisodiy yetishmovchilikka;

oila a’zolari oʻrtasida kofliktli vaziyatlarga;

ematsional-ruhiy zo‘riqishga;

jismoniy sog‘ligiga;

er-xotin ajrimlarga;

ijtimoiy yetimlikka;

jinoyatga sabab boʻlishi mumkin.
Bundan koʻrinadiki, iqtisodiy tarbiya masalasiga befarq qaramaslik lozim. Jumaldan,

iqtisodiy tarbiyaning muhim vositasi boʻlmish, pul ham insonni tarbiyalashdek xususiyatga ega.

Bunga atoqli yozuvchi Sadriddin Ayniyning farzandlar tarbiyasida qoʻllagan pul

taqsimotini ham keltirish mumkin. Ya’ni, Sadriddin Ayniy oʻg‘li va qizi Moskvada oʻqiganida
oʻg‘liga oz, qiziga koʻp pul yuborar ekan. Bunday qilishining sababini: “Oʻg‘il bolani toʻqchilik
buzadi, qiz bolani yoʻqchilik” degan fikrlari orqali bayon qilgan. Bundan ko‘rinadiki, biz uchun
shunchaki odatiy hol sanalmish oila va uning a’zolari oʻrtasidagi pul taqsimoti ham juda
muhimdir. Hozirgi kunda mehnatga, oilaga nisbatan yengil-yelpi qarash kayfiyati bilan
birgalikda bir zumda moʻmay daromadga ega boʻlish istagi insonlar o‘rtasida turli xil
ko‘rinshdagi ko‘ngilsizliklarni yuzaga keltirmoqda. Bulardan biri bu-hatto yorug‘ dunyoga
kelmagan goʻdaklarni sotishdir. Bu katta gunohdir. Hadisi sharfda: “Nabiy sallallohu alayhi va
sallom tug‘ilmagn boʻtaloqni sotishni man etadilar”.[5.20b] Hayvonga nisbatan bu ishning
qilinishi man qilingan bir paytda insonlarning oʻz farzandlariga bu kabi qismatni ravo koʻrishlik
eng tuban ishdir. Bu kabi holatlarning yuz berishi ham oʻz navabatida oiladagi ma’naviy va
iqtisodiy tarbiyaning sayozligidan dalolat emasmi?! Darhaqiqat, tarbiyadagi kichinagina va biz
uchun ahamiyatsizdek tuyulgan har qanday e’tiborsizlik oila mustahkamligiga putur yetkazadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

359

Ko‘pchilik insonlar farzandlarining noshudligida tevarak-atrof jamiyatni sababchi deb

bilishadi. Aksincha, bu strotip negizining dastlabki pog‘onasini ham ota-ona tashkil etadi.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, oila munosabatlarning qaror topishida ota-onaning

oiladagi roli, oʻrni va tarbiyaning uzviy turi boʻlmish iqtisod va ma’naviyat tarbiya bilan bog‘liq.

Oila iqtisodini oqilona olib borish uchun uning har bir a’zosi iqtisodiy savodxonlikka ega

boʻlishi zarurdir.


REFERENCES

1.

“Shavkat Mirziyoyev” ning hikmatlari sahifasi.https://hikmatlar.uz/

2.

“Oila pedagogikasi” O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan. T.:2007

3.

Imom Ismoil al-Buxoriy “Al-adab al-mufrad” (“Adab durdonalari”) “O‘zbekiston” T.:1990.

4.

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy “Al-Jomi’ as-Sahih” “Qomusiylar bosh
tahririyati” T.:1997

References

“Shavkat Mirziyoyev” ning hikmatlari sahifasi.https://hikmatlar.uz/

“Oila pedagogikasi” O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan. T.:2007

Imom Ismoil al-Buxoriy “Al-adab al-mufrad” (“Adab durdonalari”) “O‘zbekiston” T.:1990.

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy “Al-Jomi’ as-Sahih” “Qomusiylar bosh tahririyati” T.:1997