Authors

  • Kamshat Kdirbayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.86554

Keywords:

Oyla tarbiya ota-ona tafakkur.

Abstract

Maqolada oyla tarbiyasi mazmuni, vazifalari, bo'sh vaqtning rolini oshirish oila hayotini to'g'ri ritm va rejim asosida tashkil etish, uning a'zolari orasida majburiyatlarni oqilona taqsimlash, mehnat va dam olishni rejalashtirish, shuningdek oilada tashkil etiladigan iqtisodiy tarbiya bolalarda iqtisodiy savodxonlik hamda tafakkurning shakllanishida muhim o'rin tutishi haqida sóz etiladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

354

OILADA BOLANING BO`SH VAQTINI TASHKIL ETISH MAZMUNI

Kdirbayeva Kamshat Maxsetovna

Nukus davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim fakulteti 1-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15367928

Annotaciya. Maqolada oyla tarbiyasi mazmuni, vazifalari, bo'sh vaqtning rolini oshirish

oila hayotini to'g'ri ritm va rejim asosida tashkil etish, uning a'zolari orasida majburiyatlarni
oqilona taqsimlash, mehnat va dam olishni rejalashtirish, shuningdek oilada tashkil etiladigan
iqtisodiy tarbiya bolalarda iqtisodiy savodxonlik hamda tafakkurning shakllanishida muhim
o'rin tutishi haqida sóz etiladi.

Kalit sózlar: Oyla, tarbiya, ota-ona, tafakkur.

CONTENTS OF ORGANIZING A CHILD'S FREE TIME IN THE FAMILY

Abstract. The article examines the content, tasks of family education, the importance of

increasing the role of free time, organizing family life based on the correct rhythm and regime,
rational distribution of responsibilities between its members, planning work and rest, as well as
the important role of economic education organized in the family in the formation of economic
literacy and thinking in children.

Key words: Family, education, parents, thinking.

СОДЕРЖАНИЕ ОРГАНИЗАЦИИ СВОБОДНОГО ВРЕМЕНИ РЕБЕНКА В СЕМЬЕ

Аннотация. В статье рассматриваются содержание, задачи семейного

воспитания, значение повышения роли свободного времени, организация жизни семьи на
основе правильного ритма и режима, рационального распределения обязанностей между
ее членами, планирования труда и отдыха, а также важная роль экономического
воспитания, организованного в семье, в формировании экономической грамотности и
мышления у детей.

Ключевые слова: Семья, воспитание, родители, мышление.

Oila tarbiyasi-ota-onalar yoki shaxs kamoloti uchun mas'ul shaxslar tomonidan tashkil

etiluvchi hamda farzandlarni har tomonlama yetuk, sog'lom etib tarbiyalashga yo'naltirilgan
pedagogik jarayon. Ota-onalar o'zlarining ijtimoiy burchlarini bajarar ekanlar, farzandlarida
mehnatga, uni tashkil etuvchilarga nisbatan mehr-muhabbat, hurmat tuyg'usini shakllantirish,
ularni ijtimoiy-foydali mehnatga tayyorlash, turli ko'rinishdagi munosabatlarni uyushtirish
vaqtida tartib-intizomga amal qilish, ijtimoiy me'yorlarga og'ishmay rioya etish, sog'lom turmush
tarzini yaratish, o'z shaxsiy hayotlari mazmunini belgilashda maqsad, so'z va faoliyat birligini
ta'minlash borasida har tomonlama ijobiy ibrat namunasini ko'rsatadi.

Ayniqsa, hozirgi vaqtda oilaning bo'sh vaqtni va dam olishni tashkil etish funktsiyasi

alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bo'sh vaqt deganda biz shartli ravishda ishdan tashqari (erkin)
vaqtni tushunamiz. Bo'sh vaqt – muhim ijtimoiy qadriyatlardan biri, insonning jismoniy va
ma'naviy kuchini qayta tiklash, shaxsni har tomonlama rivojlanishining takrorlanmas vositasi.

Bo'sh vaqtning rolini oshirish oila hayotini to'g'ri ritm va rejim asosida tashkil etish,

uning a'zolari orasida majburiyatlarni oqilona taqsimlash, mehnat va dam olishni rejalashtirishga
imkon beradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

355

Oilaviy bo'sh vaqt o'zida birgalikda o'qish (kitob, gazeta, jurnal), radio eshitish, televizor

ko'rish, qarindoshlar, do'stlar, tanishlar bilan uchrashish, kutubxona, teatr, kontsert saroylari va
kinoteatrlarga tashrif buyurish; yillik ta'tilni birga o'tkazish; ko'ngilochar bog', sayohat, sayrga
chiqish; sport bilan shug'ullanish, musobaqalarda ishtirok etish; bayramlar o'tkazishni aks
ettiradi.

Eng avvalo, oiladagi tarbiya mazmuni demokratik jamiyatning bosh maqsadi bilan

belgilanadi. Jamiyatimizning bosh maqsadi – har tomonlama barkamol, erkin fikrli shaxsni
tarbiyalash ekan, oila tarbiyasi mazmuni ham o'zida ana shu oliy maqsadni ifodalashi zarur.

Shaxsning jismoniy va psixologik sog'lomligini ta'minlash, intellektual, axloqiy jihatdan

rivojlantirish, mehnat, jamiyat va oilaviy hayotga tayyorlash oilaning majburiyatlaridir. Oilaviy
tarbiya mazmunining tarkibiy qismlari o'zida jismoniy, axloqiy, intellektual, estetik, mehnat
tarbiyasini aks ettiradi. Shu bilan birga bu jarayon o'sib kelayotgan avlodga iqtisodiy, ekologik,
siyosiy, jinsiy ta'lim berish bilan to'ldirib boriladi.

Davlatimiz bugungi kunda bolalarni va yoshlarni jismoniy tarbiyalashni dolzarb vazifa

sifatida belgilab bergan. Oilada jismoniy tarbiya sog'lom turmush tarziga asoslanadi va kun
tartibini to'g'ri tashkil etish, sport bilan shug'ullanish, organizmni chiniqtirishni o'z ichiga qamrab
oladi. Oiladagi jismoniy tarbiya quyidagi vazifalarni hal etishga qaratiladi:

-sog'liqni mustahkamlash, bolalarni jismoniy jihatdan to'g'ri rivojlanishiga ko'maklashish;
-asosiy harakatlantiruvchi sifatlarni rivojlantirish;
-estetik sifatlarni shakllantirish;
-axloqiy sifatlarni shakllantirish;
-gigienik ko'nikma va malakalarni hosil qilish;

Bolalarning sog'lom bo'lishlarida ularning kundalik rejimga amal qilishlari nihoyatda

muhimdir. Ota-onalar yoki oilaning katta vakil avlodlari bolalarning mehnat qilishlari va dam
olishlarini tartibga solishga ahamiyat berishlari kerak.

Intellektual tarbiya ota-onalarning bolalarning bilimlarini boyitish, ularni egallash va

doimiy yangilab borish ehtiyojlarini shakllantirishga qiziqish bilan ishtirok etishini talab etadi.

Bilishga qiziqish, qobiliyatlarni rivojlantirish markazida ota-onalarning g'amxo'rligi

turadi. Bu borada ota-ona yoki oilaning boshqa a'zolarining dunyoqarashi, ehtiyoj va qiziqishlari
doirasi hamda ular tomonidan ko'rsatilayotgan namuna muhim tarbiyaviy omil bo'lib xizmat
qiladi. Oila muhitida bolaning aqliy jihatdan tarbiyalab borishda konstruktorlik o'yinlari
(kubiklar yordamida uylar qurish, kesmalar asosida fano (tasvir)lar hosil qilish va boshqalar),
fikr doirasini kengaytirishga yordam beruvchi sport o'yinlari (shaxmat, shashka)ni tashkil etish,
turli mavzulardagi krossvord, chaynvord va rebus topishmoqlarini hal qilish, teatr, muzey va
ko'rgazmalarga tashrif buyurish hamda ilm-fan, texnika va texnologiya taraqqiyoti yuzasidan
suhbatlarning uyushtirilishi bu borada o'zining ijobiy samarasini beradi.

Axloqiy tarbiya oila tarbiyasining o'zagini tashkil etadi. Oilada uyushtirilajak axloqiy

tarbiyaning maqsadi bolalarda eng oliy axloqiy sifatlar ota-ona hamda oilaning boshqa a'zolari,
shuningdek, atrofdagilarga nisbatan mehr-muhabbat, kattalarga hurmat, kichiklarga muruvvat,
kamtarlik, to'g'riso'zlik, mehnatsevarlik, sahovat, insonparvarlik, adolat, vijdon, or-nomus,
g'urur, intizom, ijtimoiy burchni anglash va hokazolarni shakllantirishdan iboratdir.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

356

Oilada estetik madaniyatni shakllantirish – bu borliqdagi va san'atdagi go'zallikni to'liq

idrok etadigan va to'g'ri tushunadigan shaxs qobiliyatlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan jarayon.

U o'zida badiiy kechinmalar, qarashlar va e'tiqodlar tizimini aks ettiradi, haqiqiy estetik

qadriyatlardan zavqlanishni ta'minlaydi.

Mehnat tarbiyasi ham oila tarbiyasining asosiy yo'nalishlaridan biri sanaladi. Shaxsning

mustahkam xarakter va qat'iy iroda egasi bo'lib voyaga yetishida mehnatning roli kattadir.

Mehnatni tashkil etishda ota-onalarning shaxsiy namunasi, aka-opalarning ibrati,

shuningdek, ota-onaning bola bilan birga ishlashlari katta tarbiyaviy kuchga egadir. Oilada
tashkil etilgan mehnat bolalarni farosatli bo'lish, ishni rejali olib borish, vaqtdan unumli
foydalanish, tejamkor bo'lish, shuningdek, o'zgalar mehnati, inson mehnatining mahsuli bo'lgan
ne'matlarni asrab-avaylashga o'rgatadi.

Oilada, shuningdek, atrof-muhit muhofazasi (ekologiyasi)ga oid tarbiyaviy ishlar ham

tashkil etiladiki, bu jarayonda bolalarda «inson-tabiat-jamiyat» tushunchalari o'rtasida yuzaga
keluvchi o'zaro muvofiqlik borasidagi g'oyalarning qaror topishiga zamin hozirlaydi. Oila
muhitida tashkil etilayotgan hovli sahnini supirib-sidirish, gulzorlarni tashkil etish, ko'chatlarni
o'tkazish va ularni parvarish qilish, maishiy chiqindilarni bartaraf etishga nisbatan ehtiyotkorona
munosabatda bo'lish kabi harakatlar bolalarda tabiatni asrashga nisbatan mas'ullik tuyg'usini
shakllantiradi.

Oilaviy hayotning me'yorida bo'lishi ko'p jihatdan oila byudjetining holatiga ham bog'liq.
Shu bois oila a'zolari mehnati evaziga yaratilayotgan moddiy mablag'larni tejab-tergab,

ulardan o'rinli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Oilada tashkil etiladigan iqtisodiy tarbiya
bolalarda iqtisodiy savodxonlik hamda tafakkurning shakllanishida muhim o'rin tutadi. Bolalarda
iqtisodiy tafakkurni hosil qilishda ota-ona, oilaning katta yoshli a'zolarining namunasi katta
tarbiyaviy ta'sir kuchiga egadir.

Yuqoridagilarni umumlashtirib xulosa qilib aytishimiz mumkinki, ota-onalar uchun oila

tarbiyasi – bolalarda jismoniy va ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan, chuqur
anglangan jarayondir. Har bir ota-ona o'z bolasida nimani tarbiyalashni istayotganligini yaxshi
tushunishi zarur. Bu esa oila tarbiyasining chuqur anglanganlik tavsifini aniqlab beradi va
tarbiyaviy vazifalarni hal etishga oqilona yondashuvni talab etadi.

REFERENCES

1.

Toxtoxodjaeva M. va boshqalar. Pedagogika. – T.: Moliya, 2008,

2.

Obshaya pedagogika / Pod.red. V.A. Slastenina – M.: Vlados, 2003,

References

Toxtoxodjaeva M. va boshqalar. Pedagogika. – T.: Moliya, 2008,

Obshaya pedagogika / Pod.red. V.A. Slastenina – M.: Vlados, 2003,