239
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
QUR'ONI KARIMDA AXLOQ ME'YORLARI
Rahmonova Zarina
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Samarqand filiali DI24-07 Guruh talabasi.
Samatov Xurshid
Ilmiy rahbar.
Telefon: +998-94-997-66-88.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15379503
Annotatsiya. Ushbu maqolada musulmonlarning muqaddas kitobi — Qur'oni Karimning
inson hayotidagi axloqiy masalalar bilan bog‘liq falsafiy jihatlari tahlil qilinadi. Inson hayotida
din va axloq tushunchalarining o‘rni, ularning qanday maqsadlarni amalga oshirishga xizmat
qilayotgani va bu tushunchalarning falsafiy asoslari bilan qanday bog‘lanishi ko‘rib chiqiladi.
Shu bilan birga, maqolada bu me'yorlarning insonning axloqiy qadr-qimmatini
oshirishdagi ahamiyati va ularning kelajakda qanday yuksalishlarga olib kelishi masalalari
o‘rganiladi.
Kalit so’zlar: Islom axloqi, Insoniy burch, Diniy erkinliklar, Qur’on va hadis, Axloqiy
fazilatlar, Halollik va taqvo, Istiqomat, Ehson, Kechirimlilik, Sabr-qanoat, Rostgo‘ylik, Sharq
axloqi, Xulq-atvor, Axloqiy tarbiya, Madaniyat, Xulq-atvor madaniyati.
Аннотация. В данной статье анализируются философские аспекты моральных
вопросов, связанных с жизнью человека, в свете священной книги мусульман — Корана.
Рассматриваются место религии и моральных понятий в жизни человека, как эти
понятия служат для реализации определённых исследуется важность этих норм в
повышении моральной ценности человека и их роль в будущих достижениях и
совершенствованиях.
Ключевые слова: исламская мораль, человеческий долг, религиозные свободы, Коран и
хадисы, моральные добродетели, халяль и таква, искренность, альтруизм, прощение,
терпение и удовлетворение, правдивость, восточная мораль, поведение, моральное
воспитание, культура, культура поведения.
Abstract. This article analyzes the philosophical aspects of moral issues related to human
life in the context of the sacred book of Muslims, the Quran. It examines the role of religion and
moral concepts in human life, how these concepts serve to achieve certain goals, and how they
are connected to philosophical foundations. Additionally, the article explores the importance of
these norms in enhancing the moral value of a person and their role in future achievements and
progress.
Keywords: Islamic ethics, human duty, religious freedoms, Quran and Hadith, moral virtues,
halal and taqwa, sincerity, charity, forgiveness, patience and contentment, honesty, Eastern
ethics, behavior, moral education, culture, culture of behavior.
Kirish
Islom axloqi – bu har bir mo‘min-musulmonni o‘z insoniy burchini chuqur anglashga va
unga sadoqat bilan yondashishga undaydigan muhim g‘oyaviy-axloqiy tizimdir. Islom dini
tinchlik, bag‘rikenglik va insonparvarlik tamoyillariga asoslanadi. Bu din har bir insonga hurmat
bilan munosabatda bo‘lish, adolat va ezgulikni targ‘ib etadi.
Yurtimizda so‘nggi yillarda diniy erkinliklar borasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar yuz
berdi.
240
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Musulmonlar o‘z diniy amallarini erkin ado etishlari, ilm olishlari va diniy qadriyatlarni
asrashlari uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyevning mamlakat viloyatlari bo‘ylab amalga oshirayotgan tashriflari davomida
xalq bilan bevosita muloqot qilayotgani, odamlarning hayoti, kasb-kori va ijtimoiy sharoitlari
bilan qiziqayotgani e’tiborga loyiqdir. Davlat rahbari joylarda olib borilayotgan islohotlar,
qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishibgina qolmay, diniy-ma’rifiy sohalar rivojiga
ham alohida e’tibor qaratmoqda. U o‘z nutqlarida dinimizni asrab-avaylash, islom axloqining
jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash yuzasidan muhim tavsiyalar va topshiriqlar bermoqda.
Shu o‘rinda Prezidentimizning ilm-ma’rifatga, xususan, Qur’oni karimga bo‘lgan
munosabati alohida e’tiborga loyiq. U kishining “Qur’onni eshitish va uni anglay bilish – bu
ma’naviyat, bu ma’rifat. Qur’on hech qachon yomonlikka undamaydi. Agar biz uni eshita olsak
va boshqalarga eshittira bilsak, bu katta muvaffaqiyat bo‘ladi, xalqimizga nur kiradi”, degan
so‘zlari chuqur ma’no kasb etadi. Bu fikrlar nafaqat Qur’onni eshitishning, balki uni hayotga
tatbiq etishning ham naqadar muhimligini ko‘rsatadi. Bugungi kunda mamlakatimizda islom dini
va uning qadriyatlariga bo‘lgan e’tibor yangi bosqichga ko‘tarilganini shu kabi tashabbuslar
orqali yaqqol ko‘rish mumkin.
Islom axloqi — umumbashariy qadriyatlar majmuasi
Islom axloqi — bu asrlar davomida shakllanib, ko‘plab avlodlar hayoti va tajribasidan
o‘tgan, har qanday davr va jamiyatga mos, barqaror, hayotbaxsh ta’limotdir. U insoniyatning
ma’naviy yetukligi va kamoloti yo‘lida xizmat qilib, zamonlar o‘tishi bilan o‘z dolzarbligini
yo‘qotmagan. Aynan shuning uchun ham u davrlar va elatlar e’tirofiga sazovor bo‘lgan,
yo‘qolmas qadriyat sifatida yashab kelmoqda.
Islom axloqi Qur’oni karim oyatlari va Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning muborak
hadislariga asoslanadi. U o‘tmishdan to bugungi kungacha ko‘plab avlodlarni insoniylik, ezgulik,
totuvlik, mehr-oqibat, adolat kabi yuksak fazilatlar ruhida tarbiyalagan. Ushbu qadriyatlar
jamiyatimiz ma’naviy hayotining ajralmas qismiga aylangan.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) islomning asl mohiyati odob-axloq ekanligini ta’kidlaganlar.
Ulardan: “Yo Rasululloh, musulmonlarning eng afzali kim?” — deb so‘ralganda,
shunday javob berdilar: “Qo‘lidan va tilidan boshqa musulmonlar ozor topmagan kishi”. Bu
hadis orqali islom faqat tashqi amallardan iborat emasligi, balki uning mohiyati odob va axloq
bilan chambarchas bog‘liqligi tushuniladi.
Bugungi kunda, afsuski, ba’zi musulmonlar dinning tashqi ko‘rinishlariga, ya’ni namoz,
ro‘za, haj kabi ibodatlarga e’tibor berar ekan, islom axloqiga yetarlicha amal qilmayapti.
Odamlar do‘stona munosabatda bo‘lib turgan bo‘lsalar-da, orqalaridan g‘iybat qilmoqda, yolg‘on
gapirmoqda, tili bilan birovga ozor yetkazmoqda.
Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi:
“Ey mo‘minlar, Allohdan
qo‘rqinglar va to‘g‘ri so‘zlarni aytinglar”
(Ahzob surasi, 70-oyat). Ushbu oyat har bir
musulmonni halollikka, rostgo‘ylikka, pokiza axloqqa da’vat etadi.
Islom axloqi — bu faqat ibodatlar bilan cheklanmaydigan, balki kundalik hayotdagi har
bir muomalada, so‘zda va harakatda namoyon bo‘ladigan komil axloqiy fazilatlar yig‘indisidir.
Axloq va din
Axloqning shakllanishida va uning ijtimoiy oʻrnida dinning ahamiyati katta. Dinning
asosiy maqsadlaridan biri, insonga yomonlikning zararlarini bayon qilish hamda yomon yoʻlga
kirib ketganlarni toʻgʻri yoʻlga daʼvat etishdir.
241
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Islomda, uning muqaddas kitobi Qur’oni Karimda axloq masalasiga alohida eʼtibor
berilgan. Qur’oni Karim bajarishga buyurgan yaxshi xulqlarga insonlar amal qilishsa, oʻzlari
uchun katta baxtga sazovor boʻladilar. Qur’oni Karimda toʻgʻri yoʻlga yurishlik istiqomat (oʻzini
oʻzi isloh qilish) tushunchasida ifodalangan. Qur’onda istiqomatda boʻlganlarga, yaʼni oʻz-oʻzini
isloh qilganlarga katta vaʼdalar berilgan: „Kim bunday jabru zulmidan keyin tavba qilib, oʻzini
tuzatsa, albatta, Alloh uning tavbasini qabul qilar“ („Moida“ surasi, 39-oyat). Istiqomat gunoh
ishlarni qilib qoʻyganlar uchun qalbini poklash sari umid tugʻdiradi va ularni noumidlikdan
qutqarib yangi saodatli hayotga chorlaydi. Islomda oliyjanob axloqning eng muhim
tushunchalari taʼriflanib, insoniyatni ularga amal qilish sari undaladi. Bular – ehson (yaxshilik
qilish), kechirimli boʻlish, sabr-qanoat, rostgoʻylik, shirinsoʻzlik, ota-onani, oʻzidan katta
yoshlilarni hurmat qilish, or-nomus, sadoqat va boshqalardir. Ayni vaqtda yomon xulq-atvor
tushunchalarining mohiyati ham koʻrsatilib, ulardan saqlanishga undaladi. Bular – baxillik,
hasad, tama, yolgonchilik, takabburlik (kibru havo), gʻiybat, zinodir. Shu tarzda insoniyatning
butun amaliy faoliyati yaxshilik va yomonlikka ajratiladi. Musulmonlar bir-birlarini yaxshilik va
oliyjanob axloqqa chaqirishlari, nojoʻya ishlardan qaytarishlari Alloh tarafidan farz qilingan.
Islom axloqining asosida halollik va taqvo yotadi. Kimki jismoniy va maʼnaviy pok,
taqvodor boʻlsa, unday kimsa axloqsizlik yoʻliga kirmaydi. Islomga amal qiladigan xalqlar
axloqi, baʼzi bir jihatlari bilan farqlansada, shu din tufayli umumiylik bor. Bu umumiylik sharq
axloqi degan nom bilan birlashgan. Sharq axloqi Qur’on va hadisdan tashqari juda koʻplab
mutafakkirlar, faylasuf, shoirlar asarlarida taʼrifu-tashviq etilgan. „Qobusnoma“, „Axloqi
Jaloliy“ kabi maxsus kitoblar yozilgan.
Islom axloqi va musulmonning burchlari
Islom axloqi, eng avvalo, har bir mo‘minni o‘zining insoniy burchlariga sadoqat ruhida
tarbiyalaydi. Bu axloqiy tizim musulmon kishining Alloh va Payg‘ambarga, ona Vatanga,
xalqqa, ota-onaga, oila a’zolariga, jamiyat va nihoyat, o‘ziga nisbatan mas’uliyatini aniq
belgilaydi. Shu sababli, bu mavzudagi maqolalarda musulmon kishining har bir sohadagi axloqiy
vazifalari batafsil yoritiladi.
Islom axloqi insonparvarlikni musulmon shaxsining ajralmas odatiga aylantirishni
ko‘zlaydi. Unda doimo yaxshilik qilish, boshqalarning manfaatini o‘z manfaati ustiga qo‘yish
kabi yuksak qadriyatlar targ‘ib etiladi. Shu bois, bu ta’limot halollik, mehnatsevarlik, saxovat,
do‘stlik, odob, adolat, sabr-qanoat kabi fazilatlarni shakllantirishni taqozo etadi.
Axloq — bu hayotiy tajriba, ilmiy o‘rganish va oilaviy tarbiya orqali shakllanuvchi ruhiy
sifatdir. So‘zida, ishida va kundalik munosabatlarida pok, halol va to‘g‘ri yo‘ldan yurmish inson
axloqli deb tan olinadi.
Rasululloh (s.a.v.) bir hadislarida shunday deganlar:
“Xulqi go‘zal bo‘lgan musulmon –
iymoni jihatidan eng mukammal musulmondir”
. Bu hadis axloqning iymon bilan qanday uzviy
bog‘liq ekanini ochiq ifodalaydi.
Islomdagi axloqiy tushunchalarni yoritishda Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning
hayotlari eng mukammal namunadir. Chunki Qur’oni karimda bayon etilgan barcha ezgu
fazilatlar u zotning shaxsida mujassam bo‘lgan. Alloh taolo Qur’oni karimda u zotni ulug‘lab:
“Albatta Siz buyuk xulq egasisiz”
(Qalam surasi, 4-oyat), – deb marhamat qilgan.
Bu oyatdan ayon bo‘ladiki, Muhammad (s.a.v.)ning axloqi beqiyos darajada yuksak
bo‘lib, uni Allohning O‘zi madh etgan. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning umr yo‘llari, kundalik
amallari, odamlar bilan muomalalari – barchasi musulmonlar uchun eng oliy axloqiy mezon va
yo‘l-yo‘riqdir.
242
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Oisha onamiz (r.a.)dan Rasululloh (s.a.v.)ning xulqlari haqida so‘ralganida, u kishi:
“Ularning xulqlari Qur’on edi”
, – deb javob berganlar. Bu esa, Rasululloh (s.a.v.)ning hayotiy
faoliyatlari to‘liq Qur’on ta’limotlariga asoslanganini tasdiqlaydi. U zot nafaqat o‘z
zamonalarining, balki barcha zamonlar va avlodlar uchun axloqiy kamolot namunasi bo‘lib
qoladilar.
Axloqiy tarbiya tasnifi
Axloqiy tarbiya tug'ilishdan boshlanadi, va kundalik munosabatlar jarayonida hayot
davomida davom etadi. Bu atama deganda jamiyat “axloqiy” deb ataydigan axloqiy tamoyillar,
sifatlar, shuningdek, xulq-atvorni shakllantirishga qaratilgan shaxsga ta’sirlar tizimini
tushunamiz. Axloq tushunchasi xalq madaniyatiga, dinga va ma'lum bir davrga bog'liq (agar uni
ma'lum bir davr ichida ko'rib chiqsak). Axloqiy tarbiya shaxsni rivojlantirishning asosidir.
Axloqning eng keng tarqalgan sinonimi axloqdir. Bu shaxs uchun nima? Bu uning ongli
harakatlarini (holatlarini) u tomonidan qabul qilingan xulq-atvor normalari asosida baholash
istagi. Biz uchun axloqimiz o'lchovi vijdondir. Bu bitta yaxshi va yomonning muvozanatini
belgilovchi tarozi bizning xatti-harakatlarimizda. Har birimizning axloqni o'lchaydigan tarozi,
o'z mezonlari, o'z qoidalari bor, u oilada, maktabda, diniy ta'limotlarda va atrofdagi jamiyat bilan
munosabatlarda tarbiya oladi.
Insonning axloqiy fazilatlari oilada tug'iladi va shakllanadi. Sertifikatlangan o'qituvchilar
qanchalik ko'p ko'rinmasin, lekin axloq asoslari har doim ota-onalar tomonidan belgilanadi.
Yuzlab yillar oldin shunday bo'lgan, har doim ham shunday bo'ladi. Axloqning birinchi
tushunchasini chaqaloqqa uning onasi tabassum va ozgina qattiqqo'llik bilan nima yaxshi va
nima yomonligini tushuntiradi. "Opangizning sochidan tortish, qo'pol so'z aytish yoki tilingizni
ko'rsatish yomon, lekin mazali taom uchun minnatdorchilik bildirish, kimgadir salomlashish yoki
yordam berish yaxshi" - bu misol va ularning yuzlablari bor. Axloqiy tarbiya elementlarini
kundalik hayotning har bir daqiqasida kuzatish mumkin. Bola uchun axloqiy namuna har doim
ota-ona bo'ladi, u nima bo'lishidan qat'i nazar. Shuning uchun mo'rt shaxsga to'g'ri o'rnak berish
juda muhimdir. Shaxsning shakllanishi murakkab, uzoq davom etadigan jarayon bo'lib, ota-
onadan, ta'lim muassasalaridan, shuningdek, butun jamiyatdan e'tibor va sabr-toqatni talab qiladi.
Axloqiy fazilatlarni singdirishda shaxsning yoshini, uning axborotni qabul qilish,
tushunish va to'g'ri qayta ishlash qobiliyatini (tayyorligini) hisobga olish kerak. Axloqiy tarbiya
quyidagilarni o'z ichiga oladi: Axloqiy tuyg'uni shakllantirish; Shaxs madaniyati va xulq-atvor
madaniyati; Jamiyat bilan ongli aloqa; Axloqiy tushunchalarni (tamoyillarni) yaratish; Xulq-
atvor normalarini shakllantirish.
«Axloq» ijtimoiy tushunchalardan biri bо‘lib, uning moxiyati shaxs xatti-xarakatlari,
yurish – turishi, turmush tarzi xayot kechirish tamoyillari, qoidalari, shuningdek ijtimoiy
munosabatlar mazmunini ifodalaydi. Shuning uchun axloq ijtimoiy xodisa sifatida jamiyat
ma’naviy ruxiy xayotida muxim axamiyat kasb etadi.
Xulosa
Qur'oni Karimda axloq me'yorlari nafaqat diniy qonunlar, balki insoniyatni yuksak
ma'naviyatga erishtirishga yo‘naltirilgan ta’limotlardir. Qur'onda keltirilgan axloqiy tamoyillar
va me'yorlar, odamlarning ichki dunyosini poklash, o‘zaro munosabatlarni adolatli va mehr-
oqibatli qilishga qaratilgan.
Qur'oni Karimda to‘g‘ri so‘zlash, halollik, adolat, mehr-oqibat, sabr-toqat, vafodorlik,
nafosat kabi fazilatlar ta’kidlanadi. Shu bilan birga, yolg‘on, hasad, g‘iybat, zulm, kibrlilik kabi
yomon xulq-atvorlardan saqlanish kerakligi haqida ham ogohlantiriladi.
243
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Qur'oni Karimdagi "Odamlar orasida eng yaxshisi – o‘zining so‘zi va xulqi bilan
boshqalarga yaxshi munosabatda bo‘ladigan kishidir", degan mazmundagi oyatlarda axloqning
insoniyat hayotidagi o‘rni ko‘rsatilgan.
Islomda, Qur'onda bayon etilgan axloqiy me'yorlar, insonning ma'naviy rivojlanishiga
hissa qo‘shadi va jamiyatda tinchlik va barqarorlikni ta'minlashga yordam beradi. Qur'onning bu
axloqiy ta'limotlari orqali insonlar o‘zlarini va jamiyatni yaxshilash, haqiqiy baxtga erishish
yo‘lida to‘g‘ri yo‘ldan yurishga chaqiriladi.
Xulosa qilib aytganda, Qur'oni Karimda taqdim etilgan axloq me'yorlari insoniyatning
ma'naviy kamolotini shakllantirishda va jamiyatda uyg‘unlikni saqlashda muhim ahamiyatga
ega. Bu me'yorlar faqat diniy nuqtai nazardan emas, balki umumiy insoniy qadriyatlar nuqtai
nazaridan ham dolzarbdir.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, –T.: “O‘zbekiston”. 2012. –8 b.
2.
Ismoil Buxoriy, “Al-Jome’ as-Sahih”, -T.: “Qomus”. 1991. 7-b.
3.
Qur’oni Karim. –T.: “Hilol-nashr”. 2021. –427 b.
4.
https://ziyo.uz/episode/zarar-b%D0%B5rish-ham-zarar-korish-ham-yoq/
