ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
547
DINIY EKSTREMIZM VA UNGA QARSHI KURASH USULLARI
Saidov Amirbek Alisher oʻgʻli
Muhammad al-Xozazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali.
Samatov X.U
Ilmiy raxbar.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15376554
Annotatsiya.
Ushbu maqolada diniy ekstremizm tushunchasi, uning kelib chiqish
sabablari, jamiyatga ta’siri hamda unga qarshi kurashishning samarali usullari tahlil etilgan.
Muallif diniy ekstremizmga qarshi kurashda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning, huquqiy
chora-tadbirlarning, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning va axborot xavfsizligining o‘rni haqida fikr
yuritadi. O‘zbekiston tajribasi misolida diniy bag‘rikenglik va sog‘lom diniy muhitni
shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Maqola diniy mafkuraviy tahdidlarni
bartaraf etish yo‘llarini izlovchi ilmiy-ommabop manba sifatida xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar:
Diniy ekstremizm, radikalizm, ma’naviy tahdid, yoshlar tarbiyasi,
zo‘ravonlik, ma’rifiy ishlar, huquqiy chora-tadbirlar, O‘zbekiston tajribasi, diniy savodxonlik,
axborot xavfsizligi.
РЕЛИГИОЗНЫЙ ЭКСТРЕМИЗМ И МЕТОДЫ БОРЬБЫ С НИМ
Аннотация.
В данной статье рассматриваются понятие религиозного
экстремизма, его причины, влияние на общество и эффективные методы борьбы с ним.
Автор анализирует роль духовно-просветительской работы, правовых мер,
социально-экономических реформ и информационной безопасности в противодействии
экстремизму. На примере Узбекистана изучаются усилия по формированию здоровой
религиозной среды и продвижению идей религиозной толерантности. Статья может
служить научно-популярным источником для изучения идеологических угроз и путей их
предотвращения.
Ключевые слова:
Религиозный экстремизм, радикализм, духовная угроза,
воспитание молодежи, насилие, воспитательная работа, правовые меры, узбекский
опыт, религиозная грамотность, информационная безопасность.
RELIGIOUS EXTREMISM AND METHODS OF COMBATING IT
Abstract.
This article explores the concept of religious extremism, its root causes, its
impact on society, and effective methods for combating it. The author examines the role of
spiritual education, legal measures, socio-economic reforms, and information security in
countering extremism. Using Uzbekistan’s experience as a case study, the article highlights
efforts to promote a healthy religious environment and religious tolerance. The article serves as
a scholarly and practical source for understanding ideological threats and strategies to counter
them.
Keywords:
Religious extremism, radicalism, spiritual threat, youth education, violence,
educational work, legal measures, Uzbek experience, religious literacy, information security.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
548
Kirish
Bugungi globallashuv jarayonida dunyo bo‘ylab turli mafkuraviy qarashlar, ijtimoiy-
siyosiy oqimlar va diniy harakatlar faoliyat olib bormoqda. Ularning ba’zilari insonparvarlik,
tinchlik va barqarorlikni targ‘ib qilsa, ayrimlari esa mutaassiblik, zo‘ravonlik va adovat
g‘oyalarini yoyishga urinmoqda. Ayniqsa, diniy ekstremizm dunyo hamjamiyatini tashvishga
solayotgan asosiy tahdidlardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi ham bu boradagi xavf-
xatarlarga qarshi qat’iy siyosat yuritib, yoshlarni bu illatdan asrashga harakat qilmoqda. Mazkur
maqolada diniy ekstremizm tushunchasi, uning sabablari, jamiyatga salbiy ta’siri va unga qarshi
kurashish yo‘llari tahlil qilinadi.
ASOSIY QISM
Diniy ekstremizm
– baʼzi diniy tashkilotlar yoki asosan ayrim dindorlarning jamiyat
qonun-qoidalariga mos kelmaydigan mafkurasi va faoliyati. Diniy ekstemizm koʻpchilik dinlarda
mavjud boʻlib, uning tarafdorlari oʻz oldiga siyosiy maqsadlarni qoʻyadi.
Islom ekstremizmining aqidasiga koʻra, birinchidan, goʻyo barcha hozirgi zamon
musulmon jamoalari islomiy tuslarini yoʻqotganlar va „Johiliya“ asri jamiyatlariga aylanganlar.
Bunday yondashuv hukumat va uning olib borayotgan siyosatini keskin tanqid qilish
uchun „asos“ boʻlib xizmat qiladi. Ikkinchidan, goʻyo faqat „haqiqiy“ musulmonlar hokimiyatga
kelgach, barpo boʻlajak „islomiy tartib“ni oʻrnatish uchun keskin va agressiv harakat qilmoqlari
lozim. Bunday harakatning konunga muvofiqligi masalasi ular tomonidan umuman oʻrtaga
qoʻyilmaydi, zero, ular faqat shariatga (bu ham ularning tor talqinida) tayanib ish koʻradilar va
oʻzlarini islomdan chekingan hokimni agʻdarishga guyo haqli deb biladilar.
Islom ekstremizmining „nozik“ tomoni uning „din“ga (haqiqiy dinga emas)
asoslanganidadir. Guruh rahbarlari oʻz qoʻl ostidagi aʼzolarining ongiga shu darajada taʼsir
oʻtkazadilarki, ular hatto oʻzlarini qurbon qilishga, muayyan maqsad yoʻlida „shahid“ yoki
„kamikadze“ boʻlishga tayyor turadilar.
„Musulmonbirodarlar“ harakati (Misr, 1928) dan yetishib chiqqan Sayyid Qutb (1906—
65) hozirgi zamon islom ekstremizmining gʻoyaviy asoschisi sifatida tan olingan. Uning
„nazariya“siga koʻra, oʻzini musulmon deb hisoblovchilarning koʻpchiligi aslida musulmon
emas va umuman, barcha davlatlar islomga qarshidirlar. Demak, maqsad – islom davlatini barpo
qilish va jamiyatni toʻligʻicha islomlashtirishdir.
Xristian dinining baʼzi sektalariga asoslangan koʻplab diniy ekstremistik harakatlar ham
mavjud. Ayniqsa, „yahvechilar“, „pyatidesyatniklar“, „tashabbuskor baptistlar“ umuman qonuniy
hokimiyat va dunyoviy qonunlarni tan olmaydilar.
Ularning fikricha, goʻyo cherkov davlatdan yuqori. Pyatidesyatniklarning baʼzi guruhlari
esa oʻz tobelarini oʻta shafqatsizlik bilan ado etiladigan ibodatlarga zoʻrlaydilar, dunyo
neʼmatlaridan voz kechib, tarkidunyochilik bilan yashashga daʼvat etadilar.
Diniy ekstremizm yoki ashaddiy akidaparastlik turli koʻrinishlarda namoyon boʻlishi
mumkin. Mas, Olsterdagi „ultra“ protestantlar, Yaqin va Oʻrta Sharqdagi „musulmon-birodarlar“,
Markaziy Osiyo va Kavkazda paydo boʻlgan vahhobiylar (qarang Vahhobiylik) va boshqa. Ular
jamiyatga va qonunlarga deyarli bir uslubda qarshi kurash olib boradilar.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
549
Diniy ekstremizm – bu diniy e’tiqodlarni noto‘g‘ri talqin qilish, ularni radikal shaklda
targ‘ib qilish orqali jamiyatda zo‘ravonlik, adovat va g‘arazni targ‘ib qiluvchi mafkuraviy
harakatdir. Bu holat ko‘pincha yoshlar orasida keng tarqalgan bo‘lib, diniy savodsizlik, ijtimoiy
tengsizlik, tashqi ta’sirlar va ma’naviy bo‘shliq tufayli yuzaga keladi.
Diniy ekstremizm muayyan koʻrinishda Oʻzbekistonda ham paydo boʻldi. Islom
ekstremizmi guruhi faoliyati natijasida 1997 yil dekabrda Namangan shahrida bir necha
qotilliklar yuz berdi. Oʻtish davriga xos iqtisodiy qiyinchiliklar, xalqning diniy qarashlarga
taʼsirchanligi va diniy urf-odatlarga moyilligidan foydalanib, ekstremistlar ochiqdan-ochiq kuch
bilan Fargʻona vodiysida ijro va sud hokimiyatining ayrim vazifalarini oʻzlashtirishga harakat
qildilar. 1999-yil 16 fevralda Toshkent shahrida yuz bergan voqealar diniy aqidaparastlarning asl
maqsadi konstitutsiyaviy tuzumga zarba berish va hokimiyat tepasiga kelish ekanini koʻrsatdi.
Diniy ekstremizmning Oʻzbekistonga tahdidini aqidaparastlikni yoyish orqali mavjud
davlatga ishonchni yoʻqqa chiqarishga urinishda kuzatish mumkin. Ekstremistlar jamiyatda
erksiz, mute, faoliyatsiz kishilar safini orttirish, „soxta“ va „haqiqiy“ dindorlik belgilari boʻyicha
qarama-qarshilikni keltirib chiqarishni koʻzlaydilar. Ular oʻz maqsadlariga erishish uchun
jangarilarni tayyorlashga ham harakat qildilar. Oʻzbekistonni Gʻarbga „islomlashtirilgan“,
Sharqqa esa, aksincha, „dinsiz“, „daxriy“ shaklda koʻrsatib, respublikaning xalqaro obroʻsiga
putur yetkazish niyatida boʻldilar. Ular umuman islom sivilizatsiyasi bilan noislomiy
sivilizatsiyalar oʻrtasida yalpi qaramaqarshilikni kuchaytirish kabi yovuz rejalarni tuzishdan ham
qaytmadilar.
2000-yilning kuzida ekstremistlarning Oʻzbekistonga qurolli hujum uyushtirgani ularning
Afgʻonistonda in qurib olgan xalqaro terrorchilar va narkobiznes bilan uyushib ketganidan
dalolat berdi. Shu munosabat bilan Prezident Islom Karimov: "Bugun dinimizni asrash kerak,
moʻmin-musulmonlarni ximoya qilish kerak. Lekin dinimizni, birinchi galda, oʻzini „chin
musulmon“ deb daʼvo qilayotgan ana shu yovuz kuchlardan, har qadamda „jihod“ deb ogʻiz
koʻpirtirib, din nomidan buzgʻunchilik qilayotgan qonxoʻr va qotillardan asrash kerak", – degan
edi. Faqat 2001-yil 11-sentabr kuni Nyu-York va Vashingtonda sodir etilgan mudhish terrorchilik
hujumlaridan keyingina dunyodagi yetakchi davlatlar AQSH boshchiligida bu yovuz illatga
qarshi keng miqyosda kurashga bel bogʻladi.
O‘zbekistonda diniy ekstremizmga qarshi tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan diniy bag‘rikenglik va ma’naviy
yuksalish siyosati olib borilmoqda. "Yangi O‘zbekiston – yangi ma’naviyat" tamoyili asosida
jamiyatda sog‘lom diniy muhitni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ma’rifiy jamiyat o‘zi barpo etishga kirishgan tizimning ba’zi xususiyatlarini, qirralarini
oldindan tasavvur etishi lozim. Bizning nazdimizda, hozirdan yangi tizimning mohiyatini ochib
beruvchi bir qator masalalar ustida bosh qotirishga to‘g‘ri keladi. Jumladan:
• yangi barpo etilajak tizim qanday bo‘ladi?
• unga qanday boshqaruv qoidalari asos etib olinadi?
• u qanday ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga tayanadi?
• uning ijtimoiy-axloqiy tizimida bir guruh aqidaparastlar tomonidan ilgari surilgan
g‘oyalarga o‘rin beriladimi?
• eng asosiysi, unga ma’rifiy dunyo qay darajada o‘z hissasini qo‘sha oladi?
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
550
Mustaqillik mamlakatimiz ma’naviy taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi: dinga
bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi; tom ma’nodagi vijdon erkinligi ta’min etildi; diniy
bag‘rikenglik hayotiy tamoyilga aylandi; milliy-diniy qadriyatlar tiklandi; diniy tashkilotlar soni
oshdi, 10 dan ortiq diniy o‘quv muassasasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Mamlakatimizda mustaqillik yillari amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda, hali
o‘z yechimini kutayotgan muammolar ham yo‘q emas. 1999 yidagi fevral voqealari, 2004-
yildagi 29-30 mart kunlari sodir etilgan qo‘poruvchiliklari ta’lim-tarbiya, targ‘ibot sohasidagi
ishimizda nuqsonlar mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Ularni bartaraf etish uchun barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, harakat qiiishimiz talab
etiladi. Bu yo‘lda bir-biri bilan uzviy bog‘liq muammolami yechishga alohida e’tibor berishda:
soglom fikr va dunyoqarashga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash, ulaming salohiyatini yurt
osoyishtaligi va xalq farovonligi yo‘lida safarbar qilishga keng imkoniyatlar yaratib berish. -
dinning asl insonparvarlik mohiyatini asrash, uning ma’naviy ma’rifiy salohiyatini jamiyatdagi
barqarorlik, ijtimoiy hamkorlik, konvensiyalararo hamjihatlikni mustahkamlashga yo‘naltirish
borasidagi ishlarda tadrijiylikni ta’minlashdan iboratdir.
Xulosa
Diniy ekstremizm jamiyat taraqqiyotiga jiddiy xavf tug‘diruvchi mafkuraviy tahdiddir.
Uning oldini olishda faqat davlat organlarining emas, balki butun jamiyat, ayniqsa, oila
va ta’lim muassasalarining roli katta. Ekstremizmga qarshi kurashda asosiy qurol bu – ilm,
ma’naviyat va sog‘lom tarbiyadir. O‘zbekiston tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, diniy
bag‘rikenglik va ma’rifat orqali ekstremizmga barham berish mumkin.
REFERENCES
1.
Hasanov, Ahadjon. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
2.
Karimov I. A., Oʻzbekisto XXI asr boʻsagʻsida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari
va taraqqiyot kafolatlari, T., 1997.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: Adolat, 2023.
4.
Sh. Mirziyoyev. “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” – Toshkent, 2022.
5.
“Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash: nazariya va amaliyot”. – Toshkent:
O‘zbekiston musulmonlari idorasi, 2021.
6.
Komilov A. “Ekstremizm va uning salbiy oqibatlari” – Ma’naviyat, 2020.
7.
Raqamli xavfsizlik va yoshlar: maqolalar to‘plami – Toshkent, 2023.
8.
Zakrulayev A. G‘oyalar kurashi. - T. Movarounnahr, 2000
9.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - Т.: 0 ‘zbekiston, 2003
10.
Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviyma’rifiy asoslari. Toshkent
Islom Universiteti - 2005y
