THE ROLE OF USING DIGITAL TECHNOLOGIES IN INCREASING THE EFFECTIVENESS OF THE EDUCATIONAL PROCESS

Abstract

The article provides statistics on the necessity and benefits of using digital technologies in the educational process, as well as the use of distance education. learning skills or subject matter is faster, easier, and cheaper to learn.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Abdugapparov, A., & Abdugapparova, D. (2024). THE ROLE OF USING DIGITAL TECHNOLOGIES IN INCREASING THE EFFECTIVENESS OF THE EDUCATIONAL PROCESS. Modern Science and Research, 3(6), 60–64. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/33767
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article provides statistics on the necessity and benefits of using digital technologies in the educational process, as well as the use of distance education. learning skills or subject matter is faster, easier, and cheaper to learn.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

60

RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING TA’LIM JARAYONI

SAMARADORLIGINI OSHIRISHDAGI O‘RNI

Abdugapparov Abdufattox Abdurazzakovich

O‘zDK “Musiqiy pedagogika” kafedrasi mudiri, professor.

Abdugapparova Dilfuza Utkirovna

“Musiqiy pedagogika” kafedrasi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11480789

Annotatsiya.

Maqolada ta’lim-tarbiya jarayonida raqamli texnologiyalardan

foydalanishning zarurati, afzalliklari va masofaviy ta’lim sohasidan foydalanish bo‘yicha
statistikalar berilgan.Raqamli texnologiyalardan foydalanish va masofaviy ta’limning yangi avlod
tizimlarini joriy etish lozimligi, masofaviy ta’lim tizimi orqali yangi ko‘nikmalarni yoki mavzuga
oid materiallarni o‘rganish tezroq, osonroq va arzonroq ekanligi atroflicha yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar:

raqamli texnologiyalar, raqamli o‘qitish ta’lim tizimi, Internet tarmog‘i,

masofaviy ta’lim, masofaviy platformalar, mobil qurilmalar.

THE ROLE OF USING DIGITAL TECHNOLOGIES IN INCREASING THE

EFFECTIVENESS OF THE EDUCATIONAL PROCESS

Abstract.

The article provides statistics on the necessity and benefits of using digital

technologies in the educational process, as well as the use of distance education. learning skills
or subject matter is faster, easier, and cheaper to learn.

Key words:

digital technologies, digital teaching and learning system, Internet network,

distance education, distance platforms, mobile devices.

РОЛЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ПОВЫШЕНИИ

ЭФФЕКТИВНОСТИ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО ПРОЦЕССА

Аннотация.

В статье представлены необходимость и преимущества

использования цифровых технологий в образовательном процессе, а также подробно
освещена статистика использования дистанционного обучения или обучения предмету
быстрее, проще и дешевле.

Ключевые слова:

цифровые технологии, цифровая система преподавания и

обучения, сеть Интернет, дистанционное образование, дистанционные платформы,
мобильные устройства.

Ma’lumki, тa’limda ilg‘or texnologiyalarning keng o‘zlashtirilishi, uzluksiz ta’limning fan

va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvi, o‘quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga
muvofiq ravishda ta’limga tabaqalashtirilgan yondashuvning joriy etilishi hamda ta’lim berishning
ilg‘or pedagogik texnologiyalari, zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualarning yaratilishi, o‘quv-
tarbiya jarayonining didaktik jihatdan ta’minlanishi ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar
bilan takomillashtirishga asos bo‘lmoqda.

O‘zbekistonda ta’lim tizimining modernizatsiya qilinishi, uni tarkibiy jihatdan qayta qurish,

ta’lim, fan, texnika va texnologiyaning, iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqyosidagi
zamonaviy yutuqlarini inobatga olgan holda ta’lim dasturlarini o‘zgartirib, yangilab borishni
ko‘zda tutadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

61

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2022-yil 28-yanvar

kuni "2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida"gi PF-60-son Farmoni imzolandi. Mazkur Farmon bilan "Harakatlar strategiyasidan -
Taraqqiyot strategiyasi sari" tamoyili asosida ishlab chiqilgan 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni 2022-yilda amalga oshirishga oid davlat dasturi
tasdiqlandi. Farmon loyihasi bo‘yicha 16,7 mingdan ortiq takliflar kelib tushgan. Ularni har
tomonlama ko‘rib chiqish yakuniga ko‘ra, hujjatga qariyb 100 ta konseptual hamda 200 dan ortiq
aniqlashtiruvchi tahririy o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Jumladan, respublikamiz ta’lim-
tizimida raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat
boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya
va raqamli texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora tadbirlar keng k o‘lamda
amalga oshirilishi bilan bo‘liq masalalar ham muhim ahamiyatga ega ekanligini o‘z ifodasini
topgan.

Ayniqsa, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot

texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida
IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlashni ko‘zda tutuvchi
220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish ishlari keng tus olgan.

Bundan tashqari, 40 dan ortiq axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan geoportalni

ishga tushirish, jamoat transporti va kommunal infratuzilmani boshqarishning axborot tizimini
yaratish, ijtimoiy sohani raqamlashtirish va keyinchalik ushbu tajribani boshqa hududlarda joriy
qilishni nazarda tutuvchi "Raqamli O‘zbekiston" kompleks dasturi amalga oshirilmoqda. Bu kabi
ustivor vazifalarning bajarilishi raqamli ta’lim masofa va turli xil ko‘rinishdagi to‘siqlarni va
iqtisodiyot bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish imkonini beradi. Raqamli iqtisodiyot esa, bu
iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalarni qo‘llash asosida amalga
oshirish tizimi sifatida qaraladi. Ba’zida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-
iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi.

Amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte "raqamli iqtisodiyot" terminini amaliyotga joriy

etishda jonbozlik ko‘rsatgan. Hozirda bu istilohni butun dunyodagi siyosatchilar, iqtisodchilar,
jurnalistlar, tadbirkorlar - deyarli barcha soha vakillari qo‘llab kelmoqda. 2016-yilda Butunjahon
banki dunyodagi raqamli iqtisodiyotning ahvoli haqida ilk marta ma’ruza e’lon qildi ("Raqamli
dividendlar") [6].

Demak, raqamli iqtisodiyot, bu - alohida faoliyat turi sifatida qarash emas, balki u

ishbilarmonlik, tadbirkorlik, sanoat ob’yektlari, xizmatlar deganidir. "Raqamli" atamasi mazkur
sohalarning barchasi axborot texnologiyalaridan faol foydalanishga qaratilgan jarayon sifatida
qaraladi. Agar oddiy iqtisodiyotda moddiy buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli
iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot, ma’lumotlar bo‘ladi. Ularning
tahlilidan so‘ng to‘g‘ri boshqarish bo‘yicha yechim ishlab chiqiladi.

Shunga ko‘ra aytish joizki, "raqamli iqtisodiyot" atamasi milliy qonunchiligimizda ilk bor

qo‘llanilmoqda. Biroq dunyo tendensiyasi shuni ko‘rsatayaptiki, barcha rivojlangan davlatlar uni
shakllantirishga allaqachon kirishib bo‘lgan.

Ma’lumki, ta’lim tizimi bugungi kunda raqamli texnologiyalar asosida keng rivojlanib

bormoqda. Ayniqsa, axborot maydonida taklif etilayotgan ko‘plab narsalarni jiddiy tahlil qilish va


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

62

pedagogik asoslash uchun raqamli texnologiya muhim ahamiyat kasb etmoqda. So‘nggi yillarda
ta’limni "raqamlashtirish" muammolari, uning shakllanishiga ta’siri bo‘yicha biror bir davlat
loyihasi yoki so‘rovnoma asosida tadqiqotlar o‘tkazilmaganligi ham muhimligi ilgari surilgan.

Shuningdek, Internet tizimidagi muhitning yoshlar ongiga ta’sirining ahamiyati ta’lim-

tarbiya jarayonlarida, zamonaviy ommaviy axborot vositalarining ma’ruzalarida, pedagogik
jamoatchilik muhokamalarida, magistrant va tadqiqotchilarning izlanishlarida ham ko‘rishimiz
mumkin.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, oldin raqamli texnologiyalarni barcha sohalarda, ya’ni,

sanoat, iqtisodiyot, bank va boshqa sohalarda joriy etish bilan cheklanib qolgan edik. Bugungi
kunda esa raqamli iqtisodiyot shiddat bilan rivojlanib borayotganini e’tiborga olib, raqamli
rivojlanish bo‘yicha barcha soha rahbarlarining o‘rinbosarlari lavozim tarkibiga kiritilmoqda.

Raqamlashtirish yo‘nalishi bo‘yicha faollashtirish barcha biznes tuzilmalarida amalga

oshirilmoqda. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar barcha sohalarda "tajovuzkor", ayniqsa,
iqtisodiy samarasi topilgan joylarda, barcha darajalarda qo‘llab-quvvatlanib kelinmoqda.

Iqtisodiyotda ro‘y berayotgan jarayonlar dinamikasi iqtisodiyotning raqamli

transformatsiyasida oliy ta’limini rivojlantirish bo‘yicha takliflarni tahlil qilish va ishlab chiqishda
ta’lim hamjamiyatining faol pozitsiyasini talab qilmoqda.

Ta’limda raqamli texnologiyalarni o‘qitish sifatini saqlab qolgan holda samarali qo‘llash

uchun bir qator ishlarni amalga oshirish zarurligiga alohida e’tibor qaratish muhim ekanligini
asoslaydi. Buning uchun, mamlakatimizda Internet infratuzilmasini yaxshilashimiz, mobil
operatorlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishimiz va eng muhimi aholining,
ayniqsa talaba yoshlarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining so‘ng
yutuqlarini o‘zlashtirishga shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar yaratib berishimiz zarur ekanligi
bilan belgilanadi.

Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etishda raqamli

texnologiyalardan foydalanish ko‘lamini yanada kengaytirish va axborot resurslari, o‘qitish
vositalari va masofaviy o‘qitish texnologiyalarini rivojlantirish, ijodkor talabalarni universitetni
raqamlashtirish loyihalariga jalb qilish bilan oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi
normativ - huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha vakolatli organlarga takliflar berish,
yuqori samaradorlikka ega raqamli qurilmalar bilan jihozlangan tuzilmalar, o‘quv xonalari,
laboratoriyalar, mediastudiyalar va boshqalarni o‘z ichiga olgan markazlarni tashkil etish hamda
unda orttirilgan tajribani O‘zbekistonning barcha oliy ta’lim muassasalarida qo‘llash zarur
sanaladi. Bundan tashqari zamonaviy axborot - kommunikatsiya texnologiyalari va ta’lim
texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta’minlash, bu borada pedagog kadrlarning kasbiy
mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun qo‘shimcha shart - sharoitlar yaratish, interfaol
taqdimot tizimlaridan foydalanish, ma'ruza va seminar darslari uchun internet bilan bog‘liq holda
interfaol va multimediali taqdimotlarni ishlab chiqish kabi mavzular bo‘yicha o‘qituvchilarning
malakasini oshirish uchun kurslarni tashkil qilish va o‘tkazish, real vaqt rejimida interfaol
taqdimot tizimlari, video-konferensiya aloqa tizimlari, virtual zallar, elektron resurslardan
foydalanib istalgan vaqtda masofaviy o‘qitish jarayonini amalga oshirish bugungi kunning eng
muhim ustuvor vazifalari sanaladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

63

Ta’lim - tarbiya jarayonlarida bulutli texnologiyalar, virtual voqelik, kengaytirilgan

voqelikdan foydalanish hamda didaktik materiallar va tajriba dizaynlarini ishlab chiqishda 3D
printerini qo‘llash, raqamli didaktika va raqamli ta’lim modellarini qo‘llash, o‘qituvchilar va
talabalar uchun loyihalar, diplom ishlari, ilmiy izlanishlar va boshqalarini muhokama qilish uchun
ilmiy veb-saytlar ishlab chiqishga e’tiborni qaratish muhim sanaladi [2].

Mazkur yondashuvlar, biz raqamli texnologiyalardan foydalanib ta’lim sifatini

tushirmagan holda talaba-yoshlarga bugungi kun talabi darajasida bilim olishlariga erishish
imkonini beradi.

Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish va rivojlantirish uchun zamonaviy texnologiyalardan

manfaatli foydalanish imkoniyatini yaratish va planshetlardan bugungi kun bolalari maqsadli
foydalansalar, ular o‘qish jarayoniga katta qiziqish bilan kirishadi. Bu o‘yin bilan klassik ta’limni
birlashtirishga tengdir. Natijada o‘qish jarayoni yaxshilanadi, o‘zlashtirish, ta’lim darajasi va
sifatli kadrlarni tayyorlash samaradorligi oshadi.

Chunki, bugungi kun auditoriyalari o‘n yil avvalgilaridan juda katta farq qiladi va sinf

xonalari kompyuterlar, iPad, planshetlar, smart-doskalar va boshqa turdagi ta’lim texnologiyalari
bilan jihozlangan. Dunyoning boshqa joylarida bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham raqamli
avlodning yetti ekranli avlodi - televizor, kompyuter, planshet, tablet, fablet, smartfon va
smartsoatlari kirib keldi. Bunday zich raqamli muhitga ega bo‘lish va u bilan doimiy o‘zaro
munosabat natijasida bugungi kun talabalarining fikrlashi va axborotlarga ishlov berish jarayonlari
oldingi fikr yuritish va axborot jarayonlaridan tubdan farq qilmoqda. Mamlakatimiz oliy o‘quv
yurtlarining bosh vazifasi yuqori ko‘nikmalarga va zamonaviy dunyoqarashga ega bo‘lgan, vatan
ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lida qamichdan bel bog‘lab xizmat qiladigan kasbi komil
mutaxassislarni tayyorlashdan iborat ekanligini inobatga olib, bugungi sharoitida talabalarni
masofadan turib onlayn o‘qishlarini yo‘lga qo‘yish va tashkil etish muhim o‘rin tutishini taqozo
etmoqda. Buning uchun esa, raqamli texnologiyalardan foydalangan holda masofaviy ta’lim
platformalarini ishlab chiqishni, professor - o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida bevosita onlayn
muloqot qilishni va shu orqali talabalarni mustaqil ta’lim bilan qamrab olishni talab etadi. Oliy
ta’lim muassasalari o‘zlarining onlayn o‘quv dasturlarini akkreditatsiyadan o‘tkazishi va
moslashuvchan ta’lim imkoniyatlari sohaga kirib borishi natijasida masofaviy ta’limga bo‘lgan
e’tibor va qarashlar tezlik bilan o‘zgarib ketdi. Chunki, masofaviy ta’lim tizimi orqali yangi
ko‘nikmalarni yoki mavzuga oid materiallarni o‘rganish tezroq, osonroq va arzonroq amalga
oshirilishi bilan alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Hozirgi sharoitda, raqamli iqtisodiyotning yangi texnologiyalari masofaviy ta’limni

yanada rivojlantirishga katta hissa qo‘shmoqda. Ayniqsa, virtual va kengaytirilgan voqelik, vizual
ravishda yo‘naltirilgan masofaviy ta’lim texnologiyalari talabalarni bugungi kun talablariga
muvofiq sifatli bilim olishlari uchun alohida xizmat qilmoqda. Chunki, masofaviy ta’lim tizimi
virtual va kengaytirilgan voqelik hamda vizual ravishda yo‘naltirilgan raqamli texnologiyalarning
qo‘llanilishi orqali talabalarni darsga bo‘lgan qiziqishlariga kengroq jalb etish imkonini bermoqda.

Talabalar yoki xodimlar masofaviy ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lganda an'anaviy

o‘qitish tizimi materiallarini o‘rganishga qaraganda 60 % kamroq vaqtlarini sarflanishi aniqlangan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

64

Masofaviy ta’lim platformalari bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarni darslarga qiziqtirish

darajasi ortganligi va odatdagi sinf muhitiga qaraganda 60 %ga samarali hisoblanishi o‘z natijasini
ko‘rsatmoqda.

Ma’lumki, oxirgi 15 yil ichida hayotimizda mobil qurilmalarning so‘nggi avlodlarining kirib

kelishi, ulardan foydalangan holda Internet tarmog‘i orqali dunyoda bo‘layotgan voqea va hodisalarni
tezkor ravishda kuzatib borish hamda barcha turdagi materiallarni (video, audio, matn, 3D, 5D, 7D
grafikalar) tezkorlik bilan qabul qilish, saqlash va uzatish imkoniyatlari paydo bo‘ldi hamda raqamli
texnologiyalarning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Bu esa, har kungi an’anaviy o‘qitish usullarini
almashtirishga, auditoriyalar qanchalik shiddat bilan o‘zgarib borayotganligi sababli, eski usullardan
voz kechib, raqamli texnologiyalarga asoslangan yangi o‘qitish usullarini joriy qilish orqali qog‘oz va
daftarlar o‘rniga oddiy planshetlardan, murakkab dasturlar va raqamli jihozlardan foydalanish
imkonini bermoqda. Masalan, AQShda talabalarning uchdan ikki qismi masofaviy platformalarga
kirish uchun mobil qurilmalardan foydalanishadi. Onlayn o‘qitish ehtiyojlari uchun mobil qurilmalarni
ishlatuvchi talabalarning 99 %i masofaviy ta’limning mobil ilovalari ularning ta’lim darajasi
yaxshilanganini ta’kidlashgan [3].

REFERENCES

1.

Ochilov M. O. Ta’lim-tarbiya maqsadlarini oddiylashtirish texnologiyasi //J. Pedagogik
mahorat. 2002. 2-son. -B. 19-22.

2.

Вербицкий, А.А. Личностный и компетентностный подходы в образовании:
проблемы интегрaции: монография / А.А. Вербицкий, О.Г. Ларионова. - М.: Логос,
2009. - 336 с.

3.

Drucker, P.F. Innovation and Entrepreneurship: Practices and Principles / P.F. Drucker. -
New York: Harper & Row, 1985. - 278 p.

4.

Хьелл, Л. Теории личности: основные положения, исследования и

5.

применение / Л., Хьелл Д. Зиглер. - СПб.: Питер, 2008. - 608 с.

6.

Бухаркина, М.Ю. Современные педагогические и информaционные

7.

технологии в системе образования: учеб. пособие. - 2-е изд. / М.Ю. Бухаркина, Е.С.
Полат. - М.: Издат. центр "Академия", 2010. - 368 с

8.

Zarif Umurov. (2020). TECHNOLOGY FOR PREPARING EDUCATIONAL AND
cognitive problems for primary school students. International Journal of Advanced Science
and

Technology,

29(05),

1465-1471.

Retrievedfrom

http://sersc.org/

journals/index.php/IJAST/ article/view/10050

References

Ochilov M. O. Ta’lim-tarbiya maqsadlarini oddiylashtirish texnologiyasi //J. Pedagogik mahorat. 2002. 2-son. -B. 19-22.

Вербицкий, А.А. Личностный и компетентностный подходы в образовании: проблемы интегрaции: монография / А.А. Вербицкий, О.Г. Ларионова. - М.: Логос, 2009. - 336 с.

Drucker, P.F. Innovation and Entrepreneurship: Practices and Principles / P.F. Drucker. - New York: Harper & Row, 1985. - 278 p.

Хьелл, Л. Теории личности: основные положения, исследования и

применение / Л., Хьелл Д. Зиглер. - СПб.: Питер, 2008. - 608 с.

Бухаркина, М.Ю. Современные педагогические и информaционные

технологии в системе образования: учеб. пособие. - 2-е изд. / М.Ю. Бухаркина, Е.С. Полат. - М.: Издат. центр "Академия", 2010. - 368 с

Zarif Umurov. (2020). TECHNOLOGY FOR PREPARING EDUCATIONAL AND cognitive problems for primary school students. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(05), 1465-1471. Retrievedfrom http://sersc.org/journals/index.php/IJAST/ article/view/10050