SAʼDIY SHEROZIYNING GULISTON ASARINING SHARQ ADABIYOTIDA TUTGAN OʻRNI

Аннотация

Данная дипломная работа представляет собой анализ положения «Гюлистана» в литературе Востока и рассказов в ней, занимающих важное место в персидско-таджикской литературе нашего предка Саади Ширази, который почитался как учитель жанра газели.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Азимова M. (2025). SAʼDIY SHEROZIYNING GULISTON ASARINING SHARQ ADABIYOTIDA TUTGAN OʻRNI. Современная наука и исследования, 4(10), 463–465. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/138948
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Данная дипломная работа представляет собой анализ положения «Гюлистана» в литературе Востока и рассказов в ней, занимающих важное место в персидско-таджикской литературе нашего предка Саади Ширази, который почитался как учитель жанра газели.


background image


Oktabr, 2025-Yil

463

SAʼDIY SHEROZIYNING GULISTON ASARINING SHARQ ADABIYOTIDA

TUTGAN OʻRNI

Azimova Marhabat Nizom qizi

Buxoro davlat pedagogika instituti

Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 1oʻtak 24 guruh talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17499490

Annotatsiya

. Ushbu tezis gʻazal janrining ustozi sifatida ulugʻlangan adib shoir olim va

buyuk mutafakkir ajdodimiz Saʼdiy Sheroziyning fors-tojik adabiyotida muhim oʻrin tutgan
"Guliston" asarining sharq adabiyotida tutgan mavqeyi va undagi hikoyatlar tahlili.

Kalit soʻzlar

: klassik adabiyot, Guliston, Boʻston, fors-tojik, klassik poeziyasi, axloqiy

fazilatlar, hikoyatlar.

Аннотация.

Данная дипломная работа представляет собой анализ положения

«Гюлистана» в литературе Востока и рассказов в ней, занимающих важное место в
персидско-таджикской литературе нашего предка Саади Ширази, который почитался
как учитель жанра газели.

Ключевые слова:

классическая литература, Гулистан, Бостон, персидско-

таджикская, классическая поэзия, нравственные качества, рассказы.

Absract.

This thesis is an analysis of the position of the work "Guliston" in oriental

literature, which holds an important place in Persian-Tajik literature, by our ancestor Sa'di
Shirazi, a writer, poet, scholar and great thinker, who is revered as the master of the ghazal genre,
and the stories in it.

Keywords:

classical literature, Gulistan, Bostan, Persian-Tajik, classical poetry, moral

virtues, stories.

Sharq klassik adabiyotining buyuk namoyandalaridan biri Muslihiddin Sa’diy Sheroziy

(1184—1292) Oʻrta va Yaqin Sharq oʻlkalarida Shayx Sa’diy nomi bilan mashhur. Uning ajoyib
asarlari oʻzbeklar orasida ham keng tarqalgan. «Guliston» va «Boʻston» kabi axloqiy kitoblari eski
oʻzbek maktablarida darslik sifatida oʻqitilar edi Fors-tojik adabiyoti tarixida Sa’diyning mavqei
juda baland. U birinchi boʻlib gʻazal formasini mustaqil janr darajasiga koʻtardi. Uning
«Kulliyot»iga 4 devon (gazallar toʻplami) kiritilgan. «Kulliyot»ga kiritilgan badiiy asarlar ichida
eng mashhurlari 1257 yilda yozilgan «Boʻston» va 1258 yilda yozilgan «Guliston» asarlaridir.

«Guliston» oʻziga xos didaktik hikoyalar va she’riy aforizmlar toʻplamidir. Kitob 8 bobdan

iborat. Fors-tojik prozasining klassik namunasi boʻlmish bu asar soddalik, original goʻzallik,
voqelikni toʻgʻri yoritish bilan kitobxonni maftun etadi. Jahongashta shoir oʻz hayotida koʻrgan,
bilgan voqealarni bayon etib, ulardan axloqiy xulosalar chiqaradi. Undagi qisqa-qisqa hikoyalarda
dunyo-dunyo ma’no boʻlgani uchun ham bu kitob jahon adabiyotining oltin fondiga kirgan. Sa’diy
oʻz zamonining yetuk pedagogi, dono, insondoʻst, murabbiy shoiri, chuqur psixolog olimi boʻlgan.

Bu ulugʻ donishmandning keng va rango-rang ijodida biz yorqin misralar bilan bir qatorda

u yashagan davrning qora tamgʻasi tushgan dogʻlarni ham koʻramiz.

Sa’diy koʻp sayohat qilib, hayot tajribasi orttirgan bilim-don. U dovdirab, yoʻl topolmay

qolgan kishilarni sargardonlikdan qutqarish, ularga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatib berishni oʻzining burchi
hisoblaydi. U bir she’rida:


background image


Oktabr, 2025-Yil

464

Chu koʻrding koʻr kishi yoʻlinda chohdir,
Indamay oʻtirsang katta gunohdir, —
der ekan, boshqalarga ham shu burchni uqtiradi. Sa’diy nazarida inson faqat oʻzi uchun

emas, boshqalar taqdiri uchun ham, butun bashariyat taqdiri uchun ham javobgar. Insonning
koʻzini ochishga, unga yashamoq yoʻllarini oʻrgatishga umrini bagʻishlagan Sa’diy hayotda
insonni pok, irodali, kuchli va magʻrur koʻrishni istaydi.

Sa`diy Sheroziy umrining 20 yildan ko`prog`i sayohatda o`tgan. Bu sayohatlari davomida

ko`rgan- bilganlarini umumlashtirib, sayqallab “Bo`ston"hamda “Guliston” asarlariga ixcham
hikoyalar qilib kiritgan. Asarda insoniyatning axloqiy fazilatlari, do`stlik, sabr-toqat, adolat va
xushmuomalalik kabi mavzular muhokama qilinadi. Asarda o`z qobiliyatlari va imkoniyatlari
haqida ko`plab qo`rquv va shubhalar bilan yashab, xavfsiz bo`lsa ham talvasaga tushib behudaga
shov-shuv solib boshqalarning ham tinchligini buzgan inson obrazi “Daryo ko`rmagan qul”
hikoyatida yoritib berilgan. Ushbu hikoyada qul daryoni ko`rmagani uchun uning haqiqiy kuchi va
imkoniyatlarini anglay olmaydi, bu esa qulning bilim vatajribasining cheklanganligini anglatadi.
Sa`diy bu hikoya orqali o`quvchilarni o`z qo`rquvlarini yengib, hayotni to`liq kashf etishga
chaqiradi. Bundan tashqari asarda yovuzlikka qarshi turish va o`z axloqiy qadriyatlarini himoya
qilish mavzulari yoritilgan hikoya ham mavjud. “Yovuz bahor va toza kishi” hikoyasi aynan shu
mavzuda bo`lib, unda yovuz bahor inson ustiga qanchadan qancha yomonliklar va yovuzliklar
qilsa ham toza kishi o`z ahdida sodiq turib, yozuvlikka qarshi kurashadi. Guliston“ning ko`p
hikoyatlarida lo`nda qilib ko`rsatib berilgan.

“Guliston” asari ko`plab boshqa sharq adabiy asarlariga ilhom manbayi bo`lib xizmat

qilgan. Masalan, Abdurahmon Jomiyning “Salomon va Abdurahmon”, Nizomiy Ganjaviyning
qissalari, Kaykovusning “Qobusnoma” va she`riyat sultoni bo`lgan Alisher Navoiyning “Mahbub
ul- qulb” asarlari ham aynan“Guliston’ asarining ta`sirida yozilgan bo`lib, ularda asar mazmuniga
yaqin bo`lgan hikoyalar uchraydi.Shundan ham bilib olishimiz mumkinkiushbu asar sharq
adabiyotining eng nodir asari bo`lishi bilan bir qatorda, yana ko`plab shunga o`xshash noyob va
mashhurasarlarning

yozilishiga

turtki

bo`lgan

desak

mubolag`a

bo`lmaydi.

Ushbu

asarningahamiyati bugungi kunda ham saqlanib qolmoqda, chunki uning g`oyalari va badiiy
mazmuni zamonaviy hayotda ham juda muhimdir.

Sa’diy Sheroziy “Guliston”da o‘ziga xos ixcham, latif va hikmatli uslub yaratgan. U

hayotiy misollar, qisqa hikoyatlar orqali chuqur ma’noni ifodalagan. Asardagi she’riy parchalar
nasriy matnga uyg‘unlashib, o‘quvchiga estetik zavq bag‘ishlaydi.Bu asar faqat Sharq xalqlari
uchun emas, balki butun insoniyat uchun ibrat manbai hisoblanadi. Uning ko‘plab tillarga tarjima
qilinishi va butun dunyo kutubxonalarida ehtirom bilan saqlanishi buning isbotidir.

Sa’diy Sheroziyning “Guliston” asari — bu Sharq adabiyotining durdonasi, ma’naviyat va

hikmat xazinasi, insonni ezgulikka, odobga, ilmga va haqiqatga chorlovchi bitmas-tuganmas
manba. Uning ta’siri asrlar osha davom etib, Sharq adabiy maktablari va ma’naviy tafakkurida
o‘chmas iz qoldirgan.





background image


Oktabr, 2025-Yil

465

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

:

1.

Baxshilloyevna, S. M. (2022). BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA

TARBIYACHI

NUTQI

NAMUNA-O’RNAK

VOSITASI SIFATIDA.

Scientific

Impulse

,

1

(4), 1288-1292.

2.

Baxshilloyevna, S. M. (2022). MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALAR MA’NAVIY

DUNYOSINI BOYITISHDA “ALPOMISH” DOSTONING O’RNI.

BOSHQARUV VA

ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI

,

2

(2), 146-152.

3.

Sharipova, M. B. (2021). Laylo Mirzo Qizi Muslimova XALQ DOSTONLARINI

O’RGATISHNING AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH”
DOSTONI MISOLIDA).

Scientific progress

, (7).

4.

Sharipova, M. B., & Muslimova, L. M. Q. (2021). XALQ DOSTONLARINI

O’RGATISHNING AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH”
DOSTONI MISOLIDA).

Scientific progress

,

2

(7), 1130-1134.

5.

Sharipova,

M.

B.

(2021).

Xursand

Nuriddinovna

Mirzayeva

XALQIMIZ

MADANIYATINING HAYOTBAXSH SARCHASHMASI.

Scientific progress

, (7).

6.

Baxshilloyevna, S. M. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQ

O ‘STIRISHNING ILMIY-NAZARIY AHAMIYATI.

PEDAGOGS jurnali

,

1

(1), 168-168.

7.

Baxshulloyevna, S. M. (2022). «ALPOMISH» DOSTONI-VATANPARVARLIK

FAZILATLARIDAN SABOQ BERUVCHI MAʼNAVIY DURDONA.

Scientific

Impulse

,

1

(4), 1426-1430.

8.

Sharipova,

M.

B.,

&

Ravshanova,

G.

F.

Q.

(2021).

QAHRAMONLIK

DOSTONLARINING O’ZIGA XOSLIGI: MILLIY RUH VA AN’ANALAR.

Scientific

progress

,

2

(7), 1139-1144.

9.

Шарипова, М. Б., & Саьдуллаева, М. Б. К. (2020). РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ

СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ.

Проблемы

педагогики

, (6 (51)), 58-60.

10.

Sharipova, M. (2020). O'quvchi yoshlar tarbiyasida o'lmas an'ana va marosimlarning

ahamiyati.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

1

(1).

11.

Sharipova, M. B., & Nozirova, M. J. Q. (2021). O’ZBEK XALQ DOSTONLARINI

O’QITISHDA KOMPYUTER IMKONIYATLARI.

Scientific progress

,

2

(7), 1102-1108.

Библиографические ссылки

Baxshilloyevna, S. M. (2022). BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA TARBIYACHI NUTQI NAMUNA-O’RNAK VOSITASI SIFATIDA. Scientific Impulse, 1(4), 1288-1292.

Baxshilloyevna, S. M. (2022). MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALAR MA’NAVIY DUNYOSINI BOYITISHDA “ALPOMISH” DOSTONING O’RNI. BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(2), 146-152.

Sharipova, M. B. (2021). Laylo Mirzo Qizi Muslimova XALQ DOSTONLARINI O’RGATISHNING AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, (7).

Sharipova, M. B., & Muslimova, L. M. Q. (2021). XALQ DOSTONLARINI O’RGATISHNING AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, 2(7), 1130-1134.

Sharipova, M. B. (2021). Xursand Nuriddinovna Mirzayeva XALQIMIZ MADANIYATINING HAYOTBAXSH SARCHASHMASI. Scientific progress, (7).

Baxshilloyevna, S. M. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQ O ‘STIRISHNING ILMIY-NAZARIY AHAMIYATI. PEDAGOGS jurnali, 1(1), 168-168.

Baxshulloyevna, S. M. (2022). «ALPOMISH» DOSTONI-VATANPARVARLIK FAZILATLARIDAN SABOQ BERUVCHI MAʼNAVIY DURDONA. Scientific Impulse, 1(4), 1426-1430.

Sharipova, M. B., & Ravshanova, G. F. Q. (2021). QAHRAMONLIK DOSTONLARINING O’ZIGA XOSLIGI: MILLIY RUH VA AN’ANALAR. Scientific progress, 2(7), 1139-1144.

Шарипова, М. Б., & Саьдуллаева, М. Б. К. (2020). РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ. Проблемы педагогики, (6 (51)), 58-60.

Sharipova, M. (2020). O'quvchi yoshlar tarbiyasida o'lmas an'ana va marosimlarning ahamiyati. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1).

Sharipova, M. B., & Nozirova, M. J. Q. (2021). O’ZBEK XALQ DOSTONLARINI O’QITISHDA KOMPYUTER IMKONIYATLARI. Scientific progress, 2(7), 1102-1108.