BOSHLANG'ICH TA'LIM TIZIMIDA ZAMONAVIY YONDASHUVLARNING ASOSLARI

Аннотация

Ushbu maqolada bugungi kundagi ta’limda bo‘layotgan islohotlar va zamonaviy maktablarda rivojlanish jarayonlari, O‘zbekistonda boshlang‘ich ta’limga zamonaviy yondashuvlarning o‘ziga xos xususiyatlari, yutuq va kamchiliklari, afzalliklari, ta’lim jarayonini aniq vositalar yordamida samarali tashkil etish lozimligi, “Milliy o‘quv dasturi” asosida tuzilgan yangi avlod darsliklarining amaldagi qiyosiy tahlili, kompetensiya, tinglab tushunish,o‘qib tushunish va yozma nutqning o‘quvchilarda qay tarzda rivojlanishi, ahamiyatliligi, rivojlangan xorijiy davlatlar ta’lim tizimi mohiyatlari yoritilgan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Xurramova, M. (2024). BOSHLANG’ICH TA’LIM TIZIMIDA ZAMONAVIY YONDASHUVLARNING ASOSLARI. Современная наука и исследования, 3(6). извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/35171
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada bugungi kundagi ta’limda bo‘layotgan islohotlar va zamonaviy maktablarda rivojlanish jarayonlari, O‘zbekistonda boshlang‘ich ta’limga zamonaviy yondashuvlarning o‘ziga xos xususiyatlari, yutuq va kamchiliklari, afzalliklari, ta’lim jarayonini aniq vositalar yordamida samarali tashkil etish lozimligi, “Milliy o‘quv dasturi” asosida tuzilgan yangi avlod darsliklarining amaldagi qiyosiy tahlili, kompetensiya, tinglab tushunish,o‘qib tushunish va yozma nutqning o‘quvchilarda qay tarzda rivojlanishi, ahamiyatliligi, rivojlangan xorijiy davlatlar ta’lim tizimi mohiyatlari yoritilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1110

BOSHLANG'ICH TA'LIM TIZIMIDA ZAMONAVIY YONDASHUVLARNING

ASOSLARI

Xurramova Madina Abdunazar qizi

Termiz davlat pedagogika instituti 2-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.12597253

Annotatsiya.

Ushbu maqolada bugungi kundagi ta’limda bo‘layotgan islohotlar va

zamonaviy maktablarda rivojlanish jarayonlari, O‘zbekistonda boshlang‘ich ta’limga zamonaviy
yondashuvlarning o‘ziga xos xususiyatlari, yutuq va kamchiliklari, afzalliklari, ta’lim jarayonini
aniq vositalar yordamida samarali tashkil etish lozimligi, “Milliy o‘quv dasturi” asosida tuzilgan
yangi avlod darsliklarining amaldagi qiyosiy tahlili, kompetensiya, tinglab tushunish,o‘qib
tushunish va yozma nutqning o‘quvchilarda qay tarzda rivojlanishi, ahamiyatliligi, rivojlangan
xorijiy davlatlar ta’lim tizimi mohiyatlari yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

boshlang‘ich ta’lim, kompetensiya, tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qib

tushunish, yozma nutq, zamonaviy ta’lim, xorijiy tajriba, darslik, dastur, milliy o‘quv dasturi.

BASICS OF MODERN APPROACHES IN PRIMARY EDUCATION SYSTEM

Abstract.

In this article, today's educational reforms and development processes in modern

schools, specific features, achievements and disadvantages, advantages of modern approaches to
primary education in Uzbekistan, effective organization of the educational process using specific
tools Necessity, practical comparative analysis of new generation textbooks based on the
"National Curriculum", how competence, listening comprehension, reading comprehension and
written speech develop in students, their significance, the essence of the educational system of
developed foreign countries are highlighted.

Key words:

primary education, competence, listening comprehension, speaking, reading

comprehension, written speech, modern education, foreign experience, textbook, program,
national curriculum.

ОСНОВЫ СОВРЕМЕННЫХ ПОДХОДОВ В СИСТЕМЕ НАЧАЛЬНОГО

ОБРАЗОВАНИЯ

Аннотация.

В данной статье рассматриваются реформы образования сегодня и

процессы развития в современной школе, характеристики, достижения и недостатки,
преимущества современных подходов к начальному образованию в Узбекистане,
эффективность образовательного процесса с использованием конкретных инструментов,
необходимость организации, практическая направленность. Сравнительный анализ
учебников нового поколения на основе «Национальной учебной программы», как
развиваются у учащихся компетентность, понимание на слух, понимание прочитанного и
письменная речь, их значение, сущность образовательной системы развитых зарубежных
стран.

Ключевые слова:

начальное образование, компетентность, аудирование, говорение,

понимание прочитанного, письменная речь, современное образование, зарубежный опыт,
учебник, программа, национальная учебная программа.

KIRISH:

Davlatimiz rahbari “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan soha

vakillariga yo‘llagan tabrik nutqida ta’kidlaganidek, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1111

qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. Aynan, shuning uchun
ham, prezident: “Maktabda o‘qitish metodikasi o‘zgarmasa, ta’lim sifati ham, mazmuni ham,
muhit ham o‘zgarmaydi”,–deb ta’kidlaganlarida “Uchinchi Renessans poydevori”ni ta’lim
islohotlarida ko‘rdi. Ta’lim jarayoni uzluksiz bo‘lib, uning shakllanishi bosqichma-bosqich
amalga oshiriladigan sifatli natijalarga olib keladigan islohotlarga bog‘liqdir. Ushbu maqolada biz
asosan umumiy o‘rta ta’limning ilk bo‘g‘ini hisoblangan boshlang‘ich ta’lim haqidagi fikrlarga
alohida e’tibor qaratamiz. Haqiqatan ham, ta’limga zamonaviy yondashuvlar ta’lim jarayonini
aniq vositalar yordamida samarali tashkil qilish va qo‘yilgan o‘quv dasturlariga muvaffaqiyatli
erishish natijalarini kafolatlaydi. Davlatimiz rahbari avvalo maktablarda o‘quv yuklamasi va
darslar sonini qayta ko‘rib chiqish, o‘quvchilarni faqat yodlashga emas, balki fikrlashga
chorlaydigan metodika yaratish zarurligini ta’kidladi. Bu borada Finlandiya tajribasi misol qilib
keltirildi. Ushbu mamlakat umumiy savodxonlik, tabiiy fanlar va matematika bo‘yicha dunyoda
eng ilg‘orlardan biri.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ta’limni isloh qilish haqida fikr yuritar ekanmiz, ta’lim olishning asosiy vositasi bo‘lgan

darsliklarni yangilamay turib, o‘quvchi va o‘qituvchi mustaqilligiga erishmasdan natijaga erishib
bo‘lmaydi. Bu haqda Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning:“Darsliklar masalasida ham ancha
muammo borligi uning ichiga kirgach bilindi. Ularning saviyasi haqida katta muhokamalar bo‘ldi.
Finlandiya standarti bilan 1- 4 -sinflar uchun darsliklar qiladigan bo‘ldik. Finlandiya xalq ta’limi
Yevropa miqyosida, umuman, dunyoda raqobatbardosh hisoblanadi”, - degan fikrlari bu sohaga
yuksak iqtidorga ega soha vakillarini jalb qilishni anglatadi. Barcha maktablarda “Milliy o‘quv
dasturi”ni to‘laqonli joriy etish hamda mahalliy va xorijiy mualliflar tomonidan yaratilgan
zamonaviy darsliklarni amaliyotga kiritish amalga oshirildi. Boshlang‘ich maktab o‘quvchining
umumiy ta’lim jarayonidagi eng muhim bosqichdir. To‘rt yil ichida u nafaqat fan fanlarining
dasturiy materialini o‘zlashtirishi, balki qanday o‘rganishni – “professional talaba” bo‘lishni ham
o‘rganishi kerak. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining mas’uliyati doimo eksklyuziv bo‘lgan.
Boshlang‘ich maktabda olingan ta’lim keyingi ta’lim uchun asos, poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Boshlang‘ich ta’lim boshlang‘ich maktabning sifat jihatidan yangi shaxsga yo‘naltirilgan
rivojlanish

modelini

belgilaydi,

u

quyidagi

asosiy

maqsadlarga

erishish

uchun

mo‘ljallangan:o‘quvchi shaxsini rivojlantirish, uning ijodiy qobiliyatlari, o‘qishga qiziqish,
o‘rganishga intilish va qobiliyatni shakllantirish; ma’naviy-axloqiy va estetik tarbiya; turli
tadbirlarni amalga oshirishda bilim, ko‘nikma, tajriba tizimini o‘zlashtirish; bolalarning jismoniy
va ruhiy salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash; bolaning individualligini saqlash va
qo‘llab-quvvatlash.

Jahon ta’lim tizimini kuzatar ekanmiz, har bir rivojlangan davlatning boshlang‘ich

ta’limida alohida ustivorlikka ega jihatlar mavjud. Jumladan, Xitoyda 6 yoshga to‘lgan bolalar
boshlang‘ich maktab yoki o‘rta maktabga kiradilar va u yerda 6 yil o‘qiydilar. Boshlang‘ich
maktabda bolaning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga katta e’tibor beriladi. Bolalar jismoniy
tarbiya darslariga ko‘p vaqt ajratadilar, cholg‘u asboblarini chalishni o‘rganadilar, ingliz va rus
tillaridagi bilimlarini oshiradilar. Darslar 7:00 da boshlanadi. Har kuni ertalab barcha o‘quvchilar
o‘qituvchilar bilan birgalikda jismoniy mashqlar qiladilar. Keyin soat 8.00 dan 12.00 gacha tabiiy
va matematika fanlari o‘rganiladi. Soat 12.00 dan 13.00 gacha tushlik tanaffusi mavjud bo‘lib,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1112

unda bolalar maktabda uxlashlari mumkin, tushdan keyin esa gumanitar fanlar bo‘yicha yana
uchta dars o‘tkaziladi. Keyin bolalar uy vazifalarini bajaradilar va faqat soat 16.00 da uyga
qaytishlari mumkin. Turkiya boshlang‘ich ta’lim tizimida ekologiyaga alohida e’tibor qaratilgan.
Jumladan, 2005-yilda joriy qilina boshlagan boshlang‘ich maktab o‘quv dasturida u yoki bu tarzda
ekologik muammolarga ta’sir etuvchi mavzular “Hayot xavfsizligi (atrof-muhit)”, “Tabiiy fanlar
va texnologiya” fanlari materiallariga kiritilgan. Ta’lim muassasasi qoidalariga ko‘ra, ushbu fanlar
quyidagi funksiyalarni bajaradi: o‘z-o‘zini bilish, tabiat va unda sodir bo‘layotgan jarayonlarni
tushunish qobiliyati, hayot sifatini yaxshilash yo‘llarini topish, tabiiy resurslardan to‘g‘ri
foydalanishni o‘rganish. Finlandiya 2014-yilda asosiy ta’lim bo‘yicha yangi milliy tayanch o‘quv
dasturini ishlab chiqdi va u 2016-yil avgust oyidan boshlab Finlandiya maktablarida amaliyotga
joriy qilina boshlandi. O‘quv dasturini isloh qilishdan maqsad o‘qituvchilar va pedagoglarga
bolalar va yoshlarning hayotida zarur bo‘lgan narsalarni o‘rgatishda yordam berishdir. (Sahlberg
2015.) Finlandiya ta’limining oliy maqsadi farzandlarimizni hayotga tayyorlashdir. Biz
farzandlarimiz kelajakda ularning hayotida yordam beradigan bilim, ko‘nikma, munosabat va
qadriyatlarni o‘rganishlarini xohlaymiz. Shuning uchun biz bugungi tez o‘zgaruvchan dunyoda
ularga qanday muhim kompetensiyalar kerak bo‘lishi haqida o‘ylashimiz kerak. Boshlang‘ich
ta’limda o‘qish savodxonligi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, yangi yaratilgan “Milliy o‘quv
dasturi” asosida chiqarilgan darslikda o‘quvchilarning og‘zaki bilim ko‘nikmalariga alohida
e’tibor qaratilgan.O‘qish (umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinflari o‘quv rejasidagi
adabiyot) fani og‘zaki va izchil nutqni o‘stirish, so‘z boyligini oshirish, to‘g‘ri va ifodali o‘qishga
o‘rgatish bilan birga ularda kitobxonlik va nutq madaniyati hamda mustaqil fikrlash qobiliyatini
shakllantirishga xizmat qiladi. O‘qish darslari oldiga qo‘yilgan tarbiyaviy vazifaning
muvaffaqiyatli hal etilishi darsda badiiy asar matni ustida ishlash bilangina bog‘liq bo‘lib qolmay,
balki bolani qurshab olgan hayot, tabiatdagi o‘zgarishlar, ekologik vaziyat, ijtimoiy foydali
mehnat bilan ham o‘zaro bog‘liq bo‘lishi lozim.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O‘quvchini o‘qishga o‘rgatishda hayot tajribalariga tayanib ish ko‘riladi. O‘qish darslari

bolalarda go‘zallikka muhabbat uyg‘otadigan, poklik tuyg‘ulariga ozuqa beradigan, hissiyotni
o‘tkirlashtiradigan, aqlni charxlaydigan, tasavvurlarni boyitadigan, estetik didni o‘stiradigan
musiqa va tasviriy san’at fanlari bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi kerak. O‘qish, musiqa va tasviriy
san’at darslarini o‘zaro bog‘lab uyushtirish bolalarda san’at asarlarini to‘g‘ri tushunish va
qadrlash ko‘nikmalarini o‘stiradi, o‘quvchining shaxs sifatida ma’naviy qiyofasini
shakllantirishga xizmat qiladi. “Ona tili va o‘qish savodxonligi” fanida (milliy o‘quv dasturida
boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish bitta fanga birlashtirilgan) grammatik qoidalarga emas,
nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga urg‘u berilgan. Ona tili o‘qitish orqali shu til bo‘yicha
egallanadigan nutqiy faoliyatning asosiy turi: nutqni tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish
amallari bo‘yicha har bir sinfda taqazo etiladigan malaka va ko‘nikmalar me’yorini rivojlantirish,
bunda o‘qish hamda mehnat jarayonida ,oila va jamoat joylarida yuzaga keladigan turli nutqiy
vaziyatlarda mustaqil ravishda fikr almasha olish va fikr bayon eta bilish, eshitilgan materialni
idrok etish, shuningdek, yozma manbalarni o‘qish orqali axborot olish, voqea-hodisalarga o‘z
munosabatini bildirish tarzida muloqotga kirishish malakasini egallab borish dinamikasi nazarda
tutiladi. Bugungi kunda boshlang‘ich ta’limga zamonaviy yondashuvlarni o‘rinli deb hisoblaymiz.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1113

Milliy o‘quv dasturi asosida yangi darsliklarning yaratilishi, xorijiy dasturlarning ta’lim tizimiga
joriy qilinishi fikrimizning dalilidir. O‘zbekistonda jumladan, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi
(USAID) hamda Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi hamkorligida “Ona
tili va o‘qish savodxonligi” hamda “Matematika” fanlaridan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari
uchun yangi darslik va qo‘llanmalar ishlab chiqildi. 2022−2023-o‘quv yilida Namangan va
Sirdaryo viloyatlaridagi 918 ta maktabda “Ona tili va o‘qish savodxonligi” hamda “Matematika”
fanlaridan boshlang‘ich sinflar uchun yangi darsliklar sinovdan o‘tkazilmoqda. K.D.
Ushinskiyning fikricha, bolaga ta’lim va tarbiya berishda tilning qimmati dastlab ijtimoiy
hodisaning chuqur xalqchilligi bilan, uning milliy xarakteri bilan belgilanadi. U „tilda chuqur
ma’noli ko‘pdan ko‘p falsafiy fikrlar, chinakam nafis his-tuyg‘ular, nihoyatda to‘g‘ri, ko‘rkam
did, fikrni bir yerga to‘plab, zo‘r diqqat bilan qilingan mehnat izlari, tabiat hodisalarini va ulardagi
eng nozik rang-barangliklarni g‘oyat darajada ziyraklik bilan his etish, kuzatuvchanlik, zo‘r
mantiqiylik ... bor“, deb ta’riflaydi. K.D.Ushinskiy o‘zining “Ona tili masalasini qo‘ydi. Chunki
xalqchillik dastlab ona tilida o‘z ifodasini topadi. Bolaning shaxsiyati, bilimi, malakasi, ma’naviy
qiyofasi ana shu til ta’sirida shakllanadi.

XULOSA:

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Zamonaviy boshlang‘ich ta’lim uchun

istiqbolli, ustuvor yo‘nalishlardan biri bu – o‘quvchilarning yetuk shaxs sifatida rivojlanishi hamda
milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash asosidan iboratdir. Zamonaviy ta’lim O‘zbekiston yoshlarini
istibolli kelajakka eltadi. Ta’limtarbiya – bu bizning kelajagimiz, hayot-mamot masalasi. Shu bois,
bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo‘q. Qanchalik murakkab bo‘lmasin, maktab
ta’limida poydevorni bugundan mustahkam qo‘yishimiz kerak.

REFERENCES

1.

Prezident Sh.Mirziyoyevning “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan tabrik
nutqi. Toshkent, 2020

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi

3.

Ona tili fani bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim milliy o‘quv dasturlari.
Toshkent, 2021.

4.

https://kun.uz/uz/news/2022/10/08/

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 11.05.2022 yildagi PF-134-son 9.

6.

Ona tili ta’limi mazmunidagi takomillashuv. Ma’rifat. 2022-yil 27-iyul. №29 (9406).

7.

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. Ta’lim to‘g‘risida. 23.09.2020 yildagi O‘RQ- 637-
son.



Библиографические ссылки

Prezident Sh.Mirziyoyevning “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan tabrik nutqi. Toshkent, 2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi

Ona tili fani bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim milliy o‘quv dasturlari. Toshkent, 2021.

https://kun.uz/uz/news/2022/10/08/

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 11.05.2022 yildagi PF-134-son 9.

Ona tili ta’limi mazmunidagi takomillashuv. Ma’rifat. 2022-yil 27-iyul. №29 (9406).

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. Ta’lim to‘g‘risida. 23.09.2020 yildagi O‘RQ- 637- son.