ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
232
UCHINCHI RENESSANS VA YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTDA
AXBOROT
–
KUTUBXONA XIZMATINI TASHKIL QILISH
Mannonov Yusup Otaxonovich
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Kutubxona - axborot faoliyati fakulteti
Kutubxona-axborot faoliyati kafedrasi katta o‘qituvchisi.
Mannonovyusuf@gmail.com.
Mob. Tel: 93 562 26 28
https://doi.org/10.5281/zenodo.15165496
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Renessans haqida tushuncha, Renessansning davrlari, shu
davrlarda yashab o‘tgan mumtoz adabiyotimiz vakillari, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga
qoshgan hissalari, uchinchi renessans poydevorini yaratish g‘oyalari, davlatimiz rahbariyati
olib boraytgan davlat siyosati va Yangi O‘zbekistonda Axborot – kutubxona xizmatini tashkil
qilish yo‘llari ko‘rsatilgan.
Kalit so‘zlari:
Renessans, Uchinchi Renessans,Yangi O‘zbekiston, fenomen.
ОРГАНИЗАЦИЯ ИНФОРМАЦИОННО-БИБЛИОТЕЧНОГО ОБСЛУЖИВАНИЯ В
РАЗВИТИИ ТРЕТЬЕГО ВОЗРОЖДЕНИЯ И НОВОГО УЗБЕКИСТАНА
Аннотация.
В данной статье рассмотрено понимание Возрождения, периодов
Возрождения, представителей нашей классической литературы, живших в эти периоды,
Нового времени. Вклад в развитие Узбекистана, идеи создания фундамента третьего
возрождения, государственная политика, проводимая руководством нашей страны и
Нового Показаны пути организации информационно-библиотечного обслуживания в
Узбекистане.
Ключевые слова
: Возрождение, Третье Возрождение, Новый Узбекистан,
феномен.
THE THIRD RENAISSANCE AND THE ORGANIZATION OF INFORMATION AND
LIBRARY SERVICES IN THE DEVELOPMENT OF NEW UZBEKISTAN
Abstract.
This article presents the concept of the Renaissance, the periods of the
Renaissance, the representatives of our classical literature who lived during these periods, their
contributions to the development of New Uzbekistan, the ideas of creating the foundation of the
Third Renaissance, the state policy pursued by the leadership of our state, and the ways of
organizing Information and Library Services in New Uzbekistan.
Keywords:
Renaissance, Third Renaissance, New Uzbekistan, phenomenon.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
233
Renessans so‘zi fransuz tilidan olingan bo‘lib, fransuzcha renaissayce - o‘zbek tiliga
tarjimasi uyg‘onish degan ma’noni beradi. Har bir davrning o‘ziga xos tub yangilashlari va
o‘zgarishlari bo‘lib, dunyo sivilizasiyasiga, taraqqiyotiga turtki bo‘ladi. Ana shu taraqqiyotning
o‘ziga xos rivojlanishi “Renеssans” deb ataladi.[1.B.5.] Bizning xalqimiz o‘z tarixida ikki bor
Renassansni yaratgan bo‘lib, birinchi davri ilk o‘rta asrlarga, ikkinchi davri esa sohibqiron Amir
Temur va Temuriylar davri hisoblanadi. Bu davrlar insoniyat tarixida va taraqqiyotida katta
ahamiyatga ega bo‘lgan. Bugungi kunda yurtimizda uchinchi renessans poydevori yaratilmoqda.
Yevropada renessans davri XIII asrdan boshlangan bo‘lib, uch asosiy bochqichni ya’ni,
ilk bochqiсh-XIV asrlarga to‘g‘i kelib, butun Yevropani emas, balki uning eng rivojlangan
mamlakatlarini qamrab olgan. Uygʻonish davri Renassansi Markaziy Osiyo, Eron, Xitoy,
G‘arbiy Yevropada yuz bergan alohida madaniy va tafakkuriy taraqqiyot davri hisoblanadi.
“Renessans” atamasi dastlab Italiyadagi madaniy-maʼnaviy yuksalishga nisbatan qoʻllanilgan,
uni oʻrta asrlar turgʻunligidan yangi davrga oʻtish bosqichi deb baholaganlar. Osiyo markazida
joylashgan Movarounnahr, Xuroson va Eronda Italiyaga qaraganda bir necha asr oldin ulkan
madaniy koʻtarilish yuz bergan, ilm-fan, falsafa, adabiyot kuchli rivojlanib, ilgʻor insonparvarlik
gʻoyalari jamiyat fikrini band etgan, aqliy va ijodiy faollik gurkiragan. Bu davr dunyo ilmida
“Musulmon Renessansi” yoki “Sharq uygʻonishi” nomi bilan atalib kelinmoqda. Ilk Renessans
davrida Yevropaning rivojlangan mamlakatlarida inqilobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi, bu davrga
kelib birinchi kitob nashr etildi, Kolumb tomonidan Amerika kashf qilindi, er sharining
sharsimon ekanligi isbotlandi va boshqa bir qator yangiliklar amalga oshirildi. XI asrning
boshlarida Xorazmda mashhur “Ma’mun akademiyasi” tashkil qilindi. Bu yerda Beruniy atrofiga
o‘sha zamonning bir guruh olimlari, jumladan, Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Ibn Iroq,
shuningdek, faylasuf Abu Saxl Masihiy, tabib Abul Xayr Hammar va boshqa olimlar ko‘plab
ilmiy izlanishlar olib bordilar. Shuningdek, Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Ahmad
Farg‘oniy, Abu Hamid Usturlobiy, Abu Rayhon Beruniy kabi mutafakkir bobolarimizning hayoti
va faoliyati, asarlarida o‘z talqinini topgan adolat va adolatparvarlik g‘oyalarida mujassam
bo‘ldi. Bu oliy havas Mahmud Zamahshariy va Najmiddin Kubroni uyg‘otdi, ushbu buyuk
allomalarning g‘oyalarida, asarlarida o‘z aksini topdi. Bu azaliy intilish Jaloliddin Manguberdini
tarbiyladi, uni haqiqiy vatanparvar yovqur bahodirga aylantirdi. [1.B.16.] Bu davrda tabiiyot
ilmi, panteistik falsafa bilan birga islom ilohiyoti ham keng rivojlandi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
234
Muhaddis sifatida butun musulmon olamida mashhur Imom Buxoriy, Imom Iso at-
Termiziy, kalom ta’limotining asoschilari Abu Mansur Moturidiy va Burhoniddin al-
Marg‘inoniy hamda Abu Homid Muhammad al-G‘azzoliylar islom dini rivojiga katta hissa
qo‘shdilar.
Renessansning ikkinchi bosqichi XV asrlar hisoblanadi. Bu davrda jamiyat taraqqiyotida
shaharning o‘rni va ahamiyati uzliksiz kuchaydi, yangi iqtisodiy munosabatlar qaror topa
boshladi, kishilarning turmush tarsi tubdan o‘zgara boshladi, o‘ziga xos yangi madaniyat
yaratildi. Ushbu madaniyat nafaqat dinga, balki ilm-fanning ilg‘or yutuqlariga tayana boshladi.
Ikkinchi Renessans – Sohibqiron Amir Temur va Temuriylar sulolasi hukmronlik qilgan
XV – XVI asrning birinchi yarmi davriga to‘g‘ri keladi. Temuriylar Renessansi – Ukkinchi
Uyg‘onish davri g‘oylari va xalqimizning bunyodkorlik faoliyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi.
Markazlashgan qudratli davlat va qonun ustivor bo‘lgan adolatli jamiyat g‘oyasida
mujassam bo‘ldi. Aynan xalq armonini ro‘yobga chiqarishga bo‘lgan intilish Amir Temur ibn
Tarag‘ay Bahodir davrida nafaqat mamlakat mustaqilligini ta’minlash, balki qudratli dablat
barpo etish, iqtisodiyot, ilm-fan, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
[1.B.17.]
Bu davrda yashab, ijod etgan olim va mutafakkirlar Sa’diddin Taftazoniy, Mir Sayyid
Sharif Jurjoniy, Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek, G‘iyosiddin Jamshid al-Koshiy, Alauddin ali-
Ibn Muhammad Qushchi, Abdurahmon Jomiy, Nizomiddin Mir Alisher Navoiy, Kamoliddin
Husayn Voiz Koshifiy, mashhur tarixchilar Mirxojd va Xondamir, rassomlar Kamoliddin
Behzod va Shoh Muzaffarlarning nomlari dunyoga mashhur bo‘lgan. Bu davrda davlatni
boshqarishda din va tasavvuf qoidalariga alohida e’tibor berildi. Ahmad Yassaviy va Bahouddin
Naqshband ta’limotlari ma’naviyat rivojida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ilm-fan rivojlantirildi,
me’morchilik san’ati yuksak darajaga ko‘tarildi. Amir Temur Ko‘ksaroy masjidi, Shohizinda,
Bibixonim madrasasini qurdirdi. Keshda ya’ni Shahrisabzda Oqsaroy barpo etildi. Mirzo
Ulug‘bek davrida Registonda, keyinchalik Buxoro va G‘ijduvonda madrasalar, Go‘ri Amir
maqbarasi, Ulug‘bekning Falakiyot rasadxonasi qurildi. XIV-XV asrdan boshlab islom
madrasalarida mantiq ilmini o‘qitish huquq va tilshunoslik fanlari bilan bog‘liq holda olib
borildi. Buyuk falakiyotchi olim va davlat arbobi Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek matematika,
astronomiya, geometriya, tarix, kimyo va boshqa sohalarda ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Uning
eng mashhur asari “Ziji jadidi Ko‘ragoniy”da 1118 yulduzning o‘rni va holati aniqlab berilgan.
Ulug‘bek quyosh va oy harakatlarini, ularning tutilish vaqtlarini to‘g‘ri hisoblab chiqqan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
235
U atrofiga iqtidorli yoshlarni to‘plab, o‘zining ilmiy maktabini yaratdi. Sharq
Renessansining ikkinchi davrida yaratilgan falsafiy, badiiy tafakkur rivojining yorqin namunasi
Alisher Navoiy ijodida o‘z ifodasini topgan. Sharq renessansi haqida ko‘plab asarlar yozilgan.
Ularda o‘sha davrlarda sharqda islom ilmlari bilan bir qatorda ijtimoiy, tabiiy fanlar ham
rivojlangani qayd etilgan. Bunga Shveysariyalik mashhur Sharqshunos Adam Metsning
“Musulmon Renessansi” asarini misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin. Asar IX-X asrlarda
musulmon sharqida yuz bergan madaniy rivojlanishning tarixiga bag‘ishlangan.[3.B.57.]
Renassansni uchinchi bosqichi XVI asrni bosib o‘tdi. Bu davrda kishilarning fiklash
madaniyatida gummanistik tamoyillar shakllanib, ijtimoiy mihitga, sodir bo‘laytgan
o‘zgarishlarga insonning aqliy imkoniyatlari niqtai nazaridan qarashlar shakllandi, ularning antik
madaniy merosga bo‘lgan qiziqishlari kichaydi.Yangi O‘zbekiston fenomeni mamlakatimizning
zamonaviy qiyofasini shakllantirish, yurtimizda demokratik davlat, erkin fuqorolik jamiyatni
barpo etish, Uciinchi Renessans poydevorini yaratish borasidagi islohatlarimizning tayanch
g‘oyasini ifoda etadi. Ana shu g‘oya asosida yurtimizda “Yangi O‘zbekiston - Uchinchi
Renessans sari” degan shior ilgari surilaytgani ham bejij emas. [1.B.25.]
“Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” nomli asarida Yangi O‘zbekistonning
zamonaviy demokratik qiyofasi, qanday yaratilaytganligi, mamlakatning yangi rivojlanish
bosqichi, belgilab berilgan strategik yo‘l to‘g‘risidagi manbalar berilgan. Su bilan birga asarda
Yangi uyg‘onish davri bilan bog‘liq orzu intilishlar, ularni amalga oshirish borasidagi mihim
vazifalar tahlil qilingan. Yangi O‘zbekiston mamlakatimizdagi siyosiy, xuquqiy, ijtimoiy,
iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy vaziyatni, xalqimizning orzu –intilishlarini, milliy manfatlarini
to‘liq himoya qiladi.Yangi demokratik jamiyat barpo etish uchun eng avvalo yangicha fikr
yuritish, yangicha ishlash, qattiyatli bo‘lishimizni talab qiladi. Shu o‘rinda qadimgi Yunon
faylasufi Suqrotning “O‘zgalarni o‘zgartirmoqchi bo‘lgan inson, eng avvalo o‘zini o‘zgartirishi
lozim.
Buning uchun aniq maqsad, tolmas iroda va doyimiy izlanish kerak” degan hikmatli
iborasi asosiy mezon bo‘lishi kerak.[1.B.8.]
Yangi O‘zbekiston strategiyasi xalqimizning yorug‘ kelajagini, yangilanishga umumiy
maqsadlar sari yahlit ma’naviy asos mezoniga aylanib bormoqda. Yangi O‘zbekiston-
barchamizning orzuyimiz, mehnatkash, tinchliksevar xalqimizning orzusidir. [1.B.15.] Uchinchi
Renessans poydevorini yaratish g‘oyasi-mamlakatimizda kechaytgan keng ko‘lamli jarayonlar
bilan uzviy bog‘liq, jonajon Vatanimiz O‘zbekistonni rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqish,
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
236
yangi demokratik jamiyat qurishdan iboratdir. Yangi O‘zbekistonda “Jamiyat islohatlar
tashabbuskori” degan yondashuv kundalik faoliyatimizga kirib bormoqda. Bugungi xalqimiz –
kechagi xalq emas, bugungi O‘zbekiston - kechagi O‘zbekiston emas. Yangi O‘zbekistonda xalq
manfatlari hamma narsadan ulug‘, xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat
degan g‘oyaga amal qiladi. Jamiyat qurilishi va davlat siyosati ana shu g‘oyaga tayanishi hamda
“Davlat-inson uchun”, “inson-jamiyat-davlat” tamoyillari asosida tashkil etilishi darkor.[1.B.59.]
Shu g‘oyalar asosida mamlakatimizda qonun ustuvorligi ta’minlanmoqda, kishilarni
majburiy mehnatga jalb qilish bartaraf etildi.
O‘zbekiston respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston”
gazetasiga bergan intervyusida “Uchinchi Renessans va Yangi O‘zbekiston” konsepsiyalari
haqida aytib, “darvoqe, „yangi“ degan so‘zning biz uchun alohida ahamiyati bor. Masalan, eng
ko‘hna bayramlarimizdan biri Navro‘z - yangi kun deb atalishini esga olaylik. Ushbu qadimiy
bayram bilan bog‘liq qadriyat va an’analar hayotimizga shu qadar singib ketganki, xalqimiz
asrlar davomida, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy aytganlaridek, „Har tuning qadr
o‘lubon, har kuning bo‘lsin Navro‘z!“ degan ezgu tilaklar, pok niyatlar bilan yashab keladi”, -
degan qimmatli fikrlarnini ilgari surdi.
Shuningdek, «O‘tgan asrning boshlarida yurtparvar, millatparvar bobolarimiz -
„jadidchilik“, ya’ni, yangilanish va erkinlik, adolat va tenglik, ilm-ma’rifat va milliy o‘zlikni
anglash g‘oyalarini bayroq qilib, kurash maydoniga mardona chiqqanlarini barchamiz yaxshi
bilamiz». «Bu ulug‘ zotlarning maqsadi - jaholat va qoloqlik girdobida qolib kelayotgan
Turkiston xalqini dunyoviy ilm-fan, ilg‘or kasb-hunarlar bilan qurollantirib, umumbashariy
rivojlanish yo‘liga olib chiqishdan iborat edi. Jadidlar tomonidan tashkil etilgan yangi usuldagi
maktablar, teatr, kutubxona va muzeylar, gazeta va jurnallar, Turkiston farzandlarini chet ellarga
o‘qishga yuborish maqsadida tuzilgan xayriya jamiyatlari xalqimizni necha asrlik g‘aflat
uyqusidan uyg‘otdi, milliy ozodlik harakati uchun beqiyos kuch berdi», - deb izoh berdi.
«Afsuski, yurtimizda bolsheviklar diktaturasi o‘rnatilgani, chor mustamlakachilik siyosati
yangicha shaklda davom ettirilgani ma’rifatparvar bobolarimizga o‘z maqsad-muddaolarini
to‘liq amalga oshirish imkonini bermadi. Lekin ularning ezgu orzu-niyatlari xalqimizning qon-
qonida, tarixiy xotirasida saqlanib qoldi va hanuz yashamoqda, desak, ayni haqiqatni aytgan
bo‘lamiz». «Bugungi kunda butun xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan, umummilliy
harakatga aylanib borayotgan „Yangi O‘zbekiston“ g‘oyasi zamirida ana shunday ulug‘
ajdodlarimiz, umuman olganda, milliy tariximizda birinchi va ikkinchi uyg‘onish davrlariga asos
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
237
solgan alloma bobolarimizning orzu-intilishlari va armonlari ham mujassam, desak, adashmagan
bo‘lamiz», - dedi davlatimiz rahbari. [«газета.uz» 50 545]
Yangi O‘zbekistonda barcha sohalar kabi Axborot – kutubxonachilik sohasini
rivojlanishi, taraqqiyoti, Respublika aholisini axborot bilan ta’minlashi, yangicha yo‘nalishda
xizmatlarni tashkil qilishi bugungi kunning muhim vazivasi hisoblanadi. Avvalo Uyg‘onish
davrining mohiyati, o‘sha davr mumtoz adabiyotimiz vakillarini, ularning olib borgan
harakatlarini, noyob asarlarini xalqimizga etkazishimiz, buning uchun Axborot – kutubxonalarda
targ‘ibot ishlarini to‘g‘ri shakllantirishimiz zarur. Ana’naviy va zamonaviy usullar orqali
foydalanuvchilarga xizmatni muqobil yo‘llarini izlab topish, ularga bugungi kun Yangi
O‘zbekiston strategiyasi mohiyatini ochib berish, Davlatimiz siyosatini anglab etishiga yaqindan
yordam berish lozim. Buning uchun Axborot – kutubxona muassasalari sohaga tegishli
Qonunlar, qarorlar va farmoyishlar asosida ish rejalarini shakllantirishlari, yillik va strategik ish
rejalarida muvoffaqiyatga erishish yo‘llarini oldindan ko‘ra bilishlari, soha mutaxassislarini bor
imkoniyatlarini ishga solishlari, ishga yangicha yondashuvni amalga oshirishlari zarur.
Yangi O‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti sharoitida aholiga Axborot - kutubxona xizmatini
ko‘rsatish, kitobxonlar savodxonligini oshirish, istiqlol sharoitida erkin fikrlash ayniqsa, iqtidorli
yoshlarni tarbiyalashda kutubxonalar etakchi o‘rinda bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini Axborot-kutubxona bilan
ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi 2006 yil 20 – iyundaga PQ № 381-sonli Qaroriga
muvofiq Axborot-kutubxona markazlari, Axborot –resurs markazlari tashkil etildi.
Shuningdek,”2011-2015 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot –
kutubxona va axborot-resurs xizmatlarini yanada rivojlantirish chora –tadbirlari to‘g‘risida”gi
2011 yil 23 fevralda PQ № 1487- sonli Qaror qabul qilinib, zamonaviy axborot kommunikatsiya
texnologiyalari asosida aholiga sifatli axborot – kutubxona xizmati ko‘rsatishning yangi
darajasiga o‘tish va axborot – kutubxona tizmlarini takomillashtirish, yuqori malakali kadrlarni
tayyorlash, axborot – kutubxona fondini elektron resurslarni shakllantirish maqsadida, 2011-
2015 yillarga mo‘ljallangan Dastur qabul qilindi. Dasturda 2015 yilgacha respublika bo‘yicha
bosqichma –bochqich 1815 ta elektron kutubxona va zallarni jihozlash, axborot-kutubxona
resurslari fondini 400 mingta elektron formatini yaratish, hamda axborot –kutubxona xodimlarini
malakasini va qayta tayyorlash ko‘zda tutilgan. Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona
qoshida Respublika yig‘ma elektron katolog, Respublika metodik markazlari tashkil
etildi.[2.B.6.]
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
238
Prezidentimizning 2019 yil 7 iyun PQ 4354-sonli ”O‘zbekiston respublikasi aholisiga
axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga mivofiq,
2019-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish
konsepsiyasi ishlab chiqildi. Konsepsiya barcha axborot-kutubxona muassasalarini samarali
muvofiqlashtirish va boshqarish, xalqaro hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, moddiy-
texnika bazasini mustahkamlash, axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishning maqsadlari,
vazifalari, tamoyillari, ustuvor yo‘nalishlari amalga oshirish yo‘llarini ko‘rsatib berdi. Qarorga
muvofiq Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxona bazasida 186 ta tuman (shahar)
Axborot-kutubxona markazlari tashkil etish va bir qator muhim masalalarni amalga oshirish
chora-tadbirlari ishlab chiqildi. Yangi tashkil etiladigan Axborot-kutubxona markazlarining
asosiy vazifalari, aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatishda zamonaviy axborot-
kommunikatsiyon texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish, raqamlashtirish tizimga
bosqichma-bosqich o‘tish belgilab berildi. [2.B.8.] 2024 yilga bu Axborot-kutubxona markazlari
to‘liq tashkil etilib o‘z faoliyatlarini boshlagan.
Shuningdek qarorda Axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari
va ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi. Sohani rivojlantirishning ustuvor maqsadlari -
fuqorolarning axborotdan erkin foydalanish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlovchi
aholiga Axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish, kutubxonalarda mavjud
milliy-madaniy merosni saqlash, kutubxona sohasini isloh qilish, axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarni joriy etish, korporativ tizmlarni rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini
yuksaltirish va boshqa bir qator vazifalar aniq ko‘rsatilgan. Axborot –kutubxona muassasalarini
jamlash mexanizmini yaratish, electron va boshqa tashuvchilarda nashrlar haqidagi ma’lumotlar
tizmini shakllantirish, milliy axborot – kutubxona tarmog‘ini yaratish, kadrlarni zamonaviy
texnologiyalar asosida o‘qitish, tayyorlash, malakasini oshirish, yangi xizmatlar - pulli turlarini
joriy etish, xalqaro hamkorliklarni rivojlantirish va jahon axborot –kutubxona hamjamiyatiga
kirish yollari ham qarorning mohiyatini tashkil qiladi. Kutubxona fondlarini konservatsiyalash,
masofadan turib foydalanish imkoniyatlarini beruvchi yagona axborot - kutubxona portalini
yaratish, virtual ma’lumot xizmatlari tizmini modernizatsiyalash, media savodxonlikni
yuksaltirish va shu kabilar bugungi kunning dolzarb vazivalari, Yangi O‘zbekiston
strategiyasinining muhim jihatlari hisoblanadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
239
Bugungi taraqqiyot, xususan kommunikatsiya texnologiyalari rivoji imkoniyatlaridan
to‘g‘ri foydalanish, ular kelajak avlod ongini zaharlashiga yo‘l qo‘ymaslik dunyo jamoatchiligi
e’tiborida turgan eng dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda.
Mamlakatimizda ham jismonan, ham ma’nan sog‘lom farzandlarni voyaga etkazish,
ularning baxtu-saodati, farovon kelajagi uchun hech kimdan kam bo‘lmaydigan shart-sharoit
yaratish davlatimiz siyosatining muhim yo‘nalishlaridandir.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, o‘z istiqlol va ravnaqi yo‘liga ega davlatning ulkan
vazifalarini hayotga joriy eta oladigan, yangicha fikrlay oladigan, yangi texnologiyalar bilan
ishlay biladigan, zamonaviy bilim sohalarini chuqur egallab, samarali faoliyat ko‘rsata oladigan,
jahon talabi darajasida malakali, yuksak ma’naviyatli, madaniyatli va ma’rifatli yoshlarni
tarbiyalash, bilim berish, ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ijod qilish asoslarini
rivojlantirishda Axborot-kutubxonalar bor imkoniyatlarini to‘liq foydalanishi, zamonaviy xizmat
usullari asosida samarali mehnat qilishlari yangi davr talabidir.
REFERENCES
1.
Мирзиёев, Ш. Янги Ўзбекистон тараққиёт стратегияси / Ш. Мирзаев.– Тошкент:
O‘zbekiston, 2022.– 440 б.
2.
Кутубхоначига ёрдам: дайжест / Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий
кутубхонаси; тузувчи М. Камилова ; муҳаррир Д. Мансуров; масъул муҳаррир У.
Тешабаева. – Тошкент : Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий
кутубхонанаси нашриёти, 2019. – 64 б.
3.
Уйғониш даври //
Ўзбекистон миллий энциклопедияси 9 - жилд. Тўйчи Ҳофиз –
Шаршара / тахрир хайъати: А. Азизхўжаев, Б. Алимов, М. Аминов ва бошқ.–
Тошкент: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2005–
Б.57–60.
Internet saytlari:
4.
www.google.uz
5.
«газета.uz» 50 545
