IQTISODIYOTNING RIVOJLANISHIDA INNOVATSIYALARNING O’RNI

Annotasiya

Ushbu maqolaning dolzarbligi quyidagi bir-biriga bog‘liq holatlar bilan belgilanadi: birinchidan, milliy innovatsiya tizimi shakllanishi hozirgi davrda juda sekin yuz berayotgan va qarama-qarshiliklarga ega bo‘lgan ja rayon bo‘lib, uning samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqish zaruriyati mavjud. Buning uchun milliy innovatsiya tizimi, innovatsion iqtisodiyot mohiyati va mazmunini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilishi, milliy innovatsiya tizimining konseptual modelini aniqlashtirish talab etiladi. Ikkinchidan, milliy innovatsiya tizimlarini shakllantirishning turli modellarining yuzaga kelishi va ularning eng samaralisini tanlash muammosi innovatsion rivojlanish modellari tasnifini shakllantirish zaruriyatini belgilab berib, bu mamlakat innovatsiya tizimining hozirgi bosqichdagi holatiga baho berish hamda uni rivojlantirish istiqbollarini aniqlash imkonini beradi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
Bilim sohasi

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Qayumova, Z. (2025). IQTISODIYOTNING RIVOJLANISHIDA INNOVATSIYALARNING O’RNI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 4(10), 17–20. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/137499
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolaning dolzarbligi quyidagi bir-biriga bog‘liq holatlar bilan belgilanadi: birinchidan, milliy innovatsiya tizimi shakllanishi hozirgi davrda juda sekin yuz berayotgan va qarama-qarshiliklarga ega bo‘lgan ja rayon bo‘lib, uning samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqish zaruriyati mavjud. Buning uchun milliy innovatsiya tizimi, innovatsion iqtisodiyot mohiyati va mazmunini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilishi, milliy innovatsiya tizimining konseptual modelini aniqlashtirish talab etiladi. Ikkinchidan, milliy innovatsiya tizimlarini shakllantirishning turli modellarining yuzaga kelishi va ularning eng samaralisini tanlash muammosi innovatsion rivojlanish modellari tasnifini shakllantirish zaruriyatini belgilab berib, bu mamlakat innovatsiya tizimining hozirgi bosqichdagi holatiga baho berish hamda uni rivojlantirish istiqbollarini aniqlash imkonini beradi.


background image


Oktabr, 2025-Yil

17

IQTISODIYOTNING RIVOJLANISHIDA INNOVATSIYALARNING O’RNI

Qayumova Zilola Boxodir qizi

Bank-moliya akademiyasi magistratura bitiruvchisi

https://doi.org/

10.5281/zenodo.17260557

Annotatsiya.

Ushbu maqolaning dolzarbligi quyidagi bir-biriga bog‘liq holatlar bilan

belgilanadi: birinchidan, milliy innovatsiya tizimi shakllanishi hozirgi davrda juda sekin yuz
berayotgan va qarama-qarshiliklarga ega bo‘lgan ja rayon bo‘lib, uning samaradorligini
oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqish zaruriyati mavjud. Buning uchun
milliy innovatsiya tizimi, innovatsion iqtisodiyot mohiyati va mazmunini o‘rganish bo‘yicha
tadqiqotlar olib borilishi, milliy innovatsiya tizimining konseptual modelini aniqlashtirish talab
etiladi. Ikkinchidan, milliy innovatsiya tizimlarini shakllantirishning turli modellarining yuzaga
kelishi va ularning eng samaralisini tanlash muammosi innovatsion rivojlanish modellari
tasnifini shakllantirish zaruriyatini belgilab berib, bu mamlakat innovatsiya tizimining hozirgi
bosqichdagi holatiga baho berish hamda uni rivojlantirish istiqbollarini aniqlash imkonini
beradi.

Kalit so‘zlar:

milliy innovatsiya tizimlari, innovatsiya siyosati, innovatsion bilim,

texnologiyalar transferi, texnoiqtisodiy paradigma, venchur fondlar, innovatsiya diffuziyasi,
innovatsion kadrlar, innovatsion iqtisodiyot.


Innovatsiya faoliyati juda ko‘plab ishtirokchilarning qatnashuvini talab etuvchi murakkab

jarayon bo‘lib, bunday murakkablik milliy innovatsiya tizimi tushunchasi bilan bog‘liqdir. Milliy
innovatsiya tizimi tushunchasi XX asrning 80-yillarida Buyuk Britaniyalik iqtisodchi-olim
Kristofer Frimen tomonidan taklif etilgan va uning fikricha «milliy innovatsiya tizimi xususiy va
davlat tashkilotlari va muassasalari tarmog‘i bo‘lib, ularning faoliyati va o‘zaro ta’siri natijasida
yangi texnologiyalar vujudga keladi, import qilinadi va yangilanadi hamda tarqatiladi».

Shuni ta’kidlash kerakki, xuddi shu davrda g‘arbda milliy innovatsiya tizimi konsepsiyasi

shakllana boshladi. Konsepsiya shakllanishi tari- xini o‘rganish uni uchta bosqichga ajratishga asos
bo‘ldi:


background image


Oktabr, 2025-Yil

18

-birinchi bosqich konsepsiya vujudga kelgan davr bo‘lib, u o‘tgan asrning 80-yillaridan 90-

yillarning boshlarigacha davom etdi. Bu davrda K.Friman, B.A.Lundvall, R.Nelson,
Ch.Edkvistlarning ilmiy ishlarida texnologik rivojlanishni o‘rganish asosida milliy iqtisodiyot
raqobatbardoshligiga baho berishning nazariy jihatlari ishlab chiqildi

1

. K.Frimen fikriga ko‘ra,

Kondratev-Shumpeterning har bir siklida jahon iqtisodiyotidagi tarmoqlardan birining ustuvor
o‘rnini belgilab beruvchi bitta «texnoiqtisodiy paradigma» hukmronlik qiladi. Mazkur paradigma

jahon xo‘jaligining yetakchi mamlakatlari ega bo‘lgan eng yaxshi amaliy bilimlar tizimini o‘z
ichiga oladi. Har bir paradigma shakllanish, yuksalish va jahon xo‘jaligini yana- da rivojlantirish
uchun zarur barcha texnologik bilimlar tugab bo‘lgan inqiroz fazasini boshdan o‘tkazadi.
Rivojlanish darajasiga ko‘ra nisbatan past o‘rinni egallagan mamlakat uchun jahon xo‘jaligida
texnoiqtisodiy paradigma almashinayotgan davrda texnologik qurollanish jihatidan ancha yuqori
turgan mamlakatlarga yetib olish va birdaniga yuqori taraqqiyot darajasiga ko‘tarilish uchun
imkoniyat yuzaga keladi. Turli mamlakatlarning milliy innovatsiya tizimlari bir-biridan
farqlansada, ularning umumiy xususiyatlari mavjud. Milliy innovatsiya tizimi amal qilishi uchun u
ma’lum tuzilishga ega bo‘lishi, yoki o‘zaro ta’sir etuvchi tuzilmalardan tashkil etgan bo‘lishi
kerak. K.Friman tomonidan taklif etilgan milliy innovatsiya tizimining bazaviy modeli quyidagi
uchta jihatni qamrab oladi (1-rasm):

1-rasm. Milliy innovatsiya tizimining bazaviy modeli

MIT agentlari, ularga ta’lim muassasalari (universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlari,

texnologik ta’minlovchi firmalar), firmalar va davlat tashkilotlari, shuningdek, innovatsiya

1

Abduvaliyev A.A. Globallashuv sharoitida innovatsion xizmatlar bozorini shakllantirishda klaster modellarining

nazariy asoslari./ Innovatsion xizmatlar bozorini shakllantirish va rivojlantirish hamda uning O‘zbekiston
Respublikasi hududlari iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishdagi ta’siri ilmiy maqolalar to‘plami. T.: LESSON
PRESS. 2015. -3116 10-14-b.


background image


Oktabr, 2025-Yil

19

iste’molchilarini;

MIT turli elementlari o‘rtasida o‘zaro ta’sir va aloqalar;

g‘oya va bilimlar oqimlari, shuningdek, bilim olishga bo‘lgan qobiliyat ham MITning bir

qismi sifatida unga kiritiladi.

Iqtisodiy o‘sishning samarali yo‘liga erishishni ta’minlash uchun rivojlanayotgan

mamlakatlarning ko‘pchiligi singari O‘zbekistonda ham milliy innovatsiya tizimini shakllantirish
hamda iqtisodiyot tarkibida innovatsion faol tarmoqlar va korxonalarni rivojlantirish va salmog‘ini
oshirish kerak.

Jahon tajribasi bunga davlatning faol aralashuvisiz erishib bo‘lmasligini ko‘rsatmoqda.
Davlat, ilmiy va tadbirkorlik tizimlari milliy innovatsiya tizimini shakllantirish va

rivojlantirish bo‘yicha birgalikda harakat qilib, bunda milliy innovatsiya tizimi quyidagi tashkil
etuvchilarlan iborat bo‘lishi ko‘zda tutiladi:

tadbirkorlik rivojlanishini ta’minlash

uchun raqobat muhiti;

ilmiy tadqiqotlarni olib borish uchun zarur bo‘lgan muhit;

Bu ikkala muhitning o‘zaro ta’sir mexanizmi, u bir tomondan bilimlar transferi va ular

ning tarqalishi, tadbirkorlar uchun innovatsiyalarga transformatsiyasini tashkil etuvchi bo‘lsa,
ikkinchi tomondan, tadqiqotchilarni ishlab chiqarish rivojlanishining innovatsiyalarga ehtiyojini
qondirishga yo‘naltirishi kerak.

Davlat tomonidan innovatsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlash quyidagi yo‘nalishlarda

amalga oshiriladi

2

:

innovatsiya faoliyatini tartibga soluvchi qonuniy va me’yoriy asosni shakllantirish va

takomillashtirish;

davlat budjetidan innovatsiya loyihalari va dasturlarini moliyalashtirish;

kichik innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish uchun innovatsiya infratuzilmasi

obyektlarini shakllantirish;

davlat ehtiyojlari uchun fan sig‘imi yuqori bo‘lgan innovatsiya mahsulotlari va kafolatli

joriy etish hamda tarqatish maqsadida ilg‘or texnikani sotib olish;

qonun doirasida innovatsiya faoliyatini olib boruvchi, innovatsiya loyiha va dasturlariga

investitsiya kirituvchi milliy va xorijiy investorlar uchun imtiyozli sharoit yaratish.

Yuqorida sanab o‘tilgan barcha vositalarni qo‘llash innovatsion bilim va texnologiyalarni

yaratish, saqlash va tarqatish bo‘yicha faoliyatlarni amalga oshiruvchi ilmiy-innovatsion sohani
boshqarishning barcha subyektlarini birlashtiruvchi milliy innovatsiya tizimini shakllantirishni
talab etadi.

Adabiyotlar ro`yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 - 2021 yillarda «O‘zbekiston Respublikasini
innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» 2018-yil 21-sentyabrdagi
PF-5544-son Farmoni.

2.

Sh.M.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir

2

Batirova N. S. Theoretical aspects of the innovative development of the region //science and education: problems

and innovations. – 2019. – b. 120-124.


background image


Oktabr, 2025-Yil

20

rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning asosiy
yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi
ma’ruzasi. Xalq so‘zi. 15.01.2017 y.

3.

Djurayev, M. E., & Kurbanova, C. T. (2024). Protected areas in wilderness landscapes and
ensuring ecological security in Uzbekistan. Journal of Geography and Natural Resources,
4(01), 146-152.

4.

Abduvaliyev

A.A.

Globallashuv

sharoitida

innovatsion

xizmatlar

bozorini

shakllantirishda klaster modellarining nazariy asoslari./ Innovatsion xizmatlar bozorini
shakllantirish va rivojlantirish hamda uning O‘zbekiston Respublikasi hududlari
iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishdagi ta’siri ilmiy maqolalar to‘plami. T.:
LESSON PRESS. 2015. -3116 10-14-b.

5.

Djurayev, M. E., & Kurbanova, C. T. (2024). Protected areas in wilderness landscapes and
ensuring ecological security in Uzbekistan. Journal of Geography and Natural Resources,
4(01), 146-152.

6.

Рахимбердиева, З. А., & Артикова, Д. М. (2020). Шагазатова Барно Хабибуллаевна.
EDITOR COORDINATOR, 468.


Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 - 2021 yillarda «O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» 2018-yil 21-sentyabrdagi PF-5544-son Farmoni.

Sh.M.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi. Xalq so‘zi. 15.01.2017 y.

Djurayev, M. E., & Kurbanova, C. T. (2024). Protected areas in wilderness landscapes and ensuring ecological security in Uzbekistan. Journal of Geography and Natural Resources, 4(01), 146-152.

Abduvaliyev A.A. Globallashuv sharoitida innovatsion xizmatlar bozorini shakllantirishda klaster modellarining nazariy asoslari./ Innovatsion xizmatlar bozorini shakllantirish va rivojlantirish hamda uning O‘zbekiston Respublikasi hududlari iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishdagi ta’siri ilmiy maqolalar to‘plami. T.: LESSON PRESS. 2015. -3116 10-14-b.

Djurayev, M. E., & Kurbanova, C. T. (2024). Protected areas in wilderness landscapes and ensuring ecological security in Uzbekistan. Journal of Geography and Natural Resources, 4(01), 146-152.

Рахимбердиева, З. А., & Артикова, Д. М. (2020). Шагазатова Барно Хабибуллаевна. EDITOR COORDINATOR, 468.