42
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
BYUDJET TIZIMINI BOSHQARISH
Abdurasulov Parvezjon
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti BNG‘-60 guruh talabasi
Abdujalilova Dilnoz Abdusattorovna
Ilmiy rahbar Byudjet husobi va g‘aznachilik kafedrasi PhD, dotsenti
Annotatsiya:
Mazkur maqolada byudjet tizimi boshqarishning obyektlari,
subyektlari, hamda ularning tuzilmasi, statistik holati va rivojlanish yo‘nalishlari
tahlil qilingan. Asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi
boshqarishning amaldagi holati tahlil qilishga qaratilgan. Muallif tomonidan mavjud
muammolar hamda ularni hal etish yo‘llari yuzasidan ilmiy asoslangan takliflar
berilgan.
Kalit so’zlar:
Davlat budjeti, daromadlar, xarajatlar, budjet-soliq siyosati,
budjet tizimi holati, budjet tizimi, davlat moliyasi.
Kirish
Byudjet tizimi davlat moliyaviy boshqaruvining markaziy bo‘g‘ini hisoblanadi.
U davlat daromadlari va xarajatlarini rejalashtirish, taqsimlash va nazorat qilish
orqali iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy farovonlikni ta’minlaydi. Byudjet tizimini
samarali boshqarish davlat siyosatining muhim tarkibiy qismidir. Mazkur maqolada
O’zbekistonda budjet tizimi samarali boshqarish borasidagi amalga oshirilgan ishlar
atroflicha ko’rib chiqilgan va tahlil qilingan.
Asosiy qism
Budjet tizimi — mamlakat hududida amal qiluvchi barcha byudjetlar majmui.
Budjet tizimi turli darajadagi byudjetlar va byudjet mablagʻlari oluvchilar
yigʻindisini, byudjetlarni tashkil etishni va tuzish prinsiplarini, byudjet jarayonida
ular oʻrtasida, shuningdek byudjetlar hamda byudjet mablagʻlari oluvchilar oʻrtasida
vujudga keladigan oʻzaro munosabatlarni oʻzida ifodalaydi.
O‘zbekistonda davlat moliyasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish va
budjet-soliq sohasida shaffoflikni ta’minlash bo’yicha quyidagi ishlar joriy qilib
kelinmoqda. Xususan:
1.
2018-yildan boshlab:
- Davlat budjetini boshqarishda fuqarolarni budjet jarayoniga jalb qilish, ularni
budjet sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, fiskal shaffoflikni
ta’minlash maqsadida “Fuqarolar uchun budjet” axborot nashri e’lon qilib
43
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
borilmoqda (2020-yildan boshlab budjet jarayonining barcha bosqichlari uchun); -
budjet ochiqligini oshirish hamda fiskal statistika ma’lumotlaridan foydalanish
imkoniyatlari kengaytirildi.
2.
2019-yildan boshlab:
- Davlat budjeti o‘rta muddatli asosda qabul qilinmoqda (kelgusi yil uchun
Davlat budjeti va so‘nggi ikki yil uchun budjet mo‘ljallari);
- “Openbudget.uz” axborot portali ishga tushirildi;
- budjet hisobotlarini e’lon qilib borish, budjet to‘g‘risidagi ma’lumotlar
ochiqligini oshirish;
- fuqarolarni mahalliy budjetlar mablag‘larining bir qismini taqsimlanishida
ishtirok etishi bo‘yicha mexanizm ishga tushirildi (tashabbusli budjetlashtirish –
jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish);
- ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatini bosqichma-bosqich joriy qilish.
3.
2020-yildan boshlab:
- Davlat budjetini qabul qilish shakli qayta ko‘rib chiqildi (qonun shaklida qabul
qilinishni boshladi);
- Oliy Majlis tomonidan vazirlik va idoralarga (birinchi darajali budjet
mablag‘larini taqsimlovchilarga) xarajatlarning cheklangan miqdorlarini tasdiqlash
amalga oshirilmoqda;
- 2020-yilda “2020–2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat moliyasini
boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi” qabul qilindi;
- budjetning institutsional qamrovi kengaytirildi: Konsolidatsiyalashgan budjet
tarkibiga kiruvchi davlat maqsadli jamg‘armalari ro‘yxati tasdiqlandi hamda tashqi
qarz hisobidan amalga oshiriladigan davlat dasturlari uchun xarajatlar ham kiritildi.
4.
2021-yildan boshlab:
- budjet jarayoni ochiqligini yanada oshirish va budjet mablag‘larining
sarflanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etilishi bo‘yicha chora-tadbirlar qabul
qilindi;
- vazirlik va idoralar tomonidan budjetdan ajratilgan mablag‘lardan foydalanish
samaradorligi va natijadorligini baholash indikatorlarini kengaytirish bo‘yicha chora-
tadbirlar qabul qilindi. Jumladan, Xalq ta’limi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi va
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan budjet
mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq Davlat dasturlari va budjet xarajatlari
samaradorligi ko‘rsatkichlarining maqsadli indikatorlari tasdiqlandi;
- budjet jarayonida fuqarolarning ishtirok etish mexanizmi kengaytirildi
(“Tashabbusli budjet” jarayoni yanada takomillashtirildi).
44
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
5.
2022-yildan boshlab:
- budjet taqchilligining hajmiga nisbatan cheklov belgilandi;
- 2022-yil uchun Davlat budjeti loyihasidan boshlab 40 ta birinchi darajali
budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning 2022-2024 yillar uchun budjet xarajatlari va
rivojlantirish dasturlarining maqsadli indikatorlari tasdiqlandi;
- barcha tuman va shahar budjetlarida ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun ajratilgan
mablag‘larning kamida 50 foiz qismi jamoatchilik fikri asosida yo‘naltirish tizimi
joriy etildi;
- Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish maqsadida
vazirlik va idoralarda ichki audit tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Byudjet tizimi boshqaruvida natijadorlikka asoslangan byudjetlashtirish, raqamli
texnologiyalar, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari ustuvor o‘rin tutmoqda. Elektron
byudjet platformalari orqali mablag‘larning harakati kuzatilib, jamoatchilik nazorati
kengaymoqda. Shu bilan birga, sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar analitikasidan
foydalanish orqali rejalashtirish aniqligi oshirilmoqda.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, byudjet tizimini samarali boshqarish davlatning iqtisodiy
salohiyatini mustahkamlash, aholining turmush darajasini oshirish va ijtimoiy
barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Buning uchun rejalashtirishdan tortib
hisobotgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda aniqlik, mas’uliyat va shaffoflik bo‘lishi
zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Budjet Kodeksi;
2. Vikipedia;
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi statistik axborotlari –
4. Lex.uz;
5. S.U.Mehmonov, Z.X.Karimova, A.S.Tursunov BUDJET TIZIMI;
