ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
142
JINSIY ERKINLIKKA QARSHI JINOYATLARNI TERGOV QILISH METODIKASI
VA USHBU TURDAGI JINOYАTLARNI TERGOV QILISHDA YUZAGA
KELAYOTGAN MUAMMOLAR
Agoyev Shukrullo Safarboyevich
O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi
“Tergov faoliyati” kafedrasi o'qituvchisi
Sattarov Azizbek Valibekovich
O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-bosqich 327-guruh kursanti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15721240
Annotatsiya
Ushbu maqolada nomusga tegish jinoyati, uning jinoiy huquqiy tavsifi, ushbu turdagi
jinoyatlarni tergov qilishda so‘roq qilish tergov harakatining o‘ziga xos hususiyatlari ilmiy-
amaliy tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar
Jinoyat, nomusga tegish, jinsiy erkinlik, jinsiy erkinliga qarshi qaratilgan jinoyatlar, so‘roq
qilish, tergov, tergov harakatlari, ruhiy holat, aqli rasolik.
Ushbu jinoyatning bevosita obyekti jabrlanuvchining jinsiy erkinliginita’minlovchi
ijtimoiy munosabatlar, oʻz xohishiga koʻra jinsiy sherigini tanlash huquqi, shuningdek, 16
yoshga toʻlmagan shaxslarning jinsiy daxlsizligi hisoblanadi. Nomusga tegishning qoʻshimcha
obyekti jabrlanuvchining hayoti va (yoki) sogʻligi boʻlishi mumkin. Sud-tergov amaliyotini
oʻrganish aksariyat hollarda ayollar jabrlanuvchi boʻlishi, ammo erkaklar ham jinoyatdan jabr
koʻrganligi haqida dalolat beradi
1
.
Jabrlanuvchi ayol (erkak)ning xohish-irodasiga qarshi u bilan jinsiy aloqada boʻlish,
jabrlanuvchi bokira qizmi yoki «koʻhna» kasb vakili (fohisha)mi bundan qat’i nazar, zoʻrlab
nomusga tegish hisoblanadi, chunki qonun axloq-odobidan qat’i nazar barchaning jinsiy
erkinligini himoya qiladi. Er-xotinlardan birontasi, hatto ular rasmiy nikohda boʻlishsa ham,
nomusga tegish natijasida jabrlanuvchi boʻlishi mumkin, zero, nikoh erxotinni jinsiy
erkinlikdan mahrum qilmaydi. Jinoyatning obyektiv tomoni zoʻrlik ishlatib, qoʻrqitib yoki
jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib jinsiy aloqa qilishda ifodalanadi. Jinsiy erkinlikka qarshi
jinoyatlar Nomusga tegish JK 118-m. Jinsiy ehtiyojni zo'rlik ishlatib g'ayritabiiy usulda
qondirish JK 119-m. Besoqolbozlik JK 120-m. Ayolni jinsiy aloqa qilishga majbur etish JK 121-
m. Nomusga tegish tarzidagi jinsiy aloqa qilish deganda, faqat tabiiy jinsiy aloqani, ya’ni jinsi
qarama-qarshi boʻlgan erkak jinsiy a’zosining ayol jinsiy a’zosiga kiritish yoʻli bilan qovushishni
tushunish lozim. Fiziologik nuqtai nazardan normal jinsiy aloqa qilish bilan bogʻliq boʻlmagan
boshqa zoʻrlik ishlatish bilan bogʻliq harakatlar – besoqolbozlik, ayolning jinsiy ehtiyojini ayol
bilan zoʻrlik ishlatib qondirishi va boshqa harakatlar nomusga tegish hisoblanmaydi va JK 119-
moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibini tashkil qiladi
2
.
1
Sh.Sh.Suyunov. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat
jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning muhim jihatlari. “Talqin va tadqiqotlar” Respublika ilmiy-uslubiy jurnali 10soni.
01.10.2022 yil B. 105-109.
2
Sh.Sh.Suyunov. Kompyuter texnika vositalari orqali sodir etilgan firibgarlik jinoyati turlari. “Zamonaviy dunyoda
pedagogika va psixologiya” nomli Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 9.06.2023 yil
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
143
Nomusga tegish vaqtida aybdor qoʻllagan zoʻrlik jismoniy yoki ruhiy boʻlishi mumkin.
Nomusga tegish vaqtida jismoniy zoʻrlik ishlatish mushtlash, kaltaklash, jismoniy azob berish,
badanga yengil yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish, zoʻrlab ma’lum bir holatda turishga
majburlash va hokazo tarzida boʻlishi mumkin. Nomusga tegish vaqtida jabrlanuvchining
badaniga ogʻir shikast yetkazilgan hollarda aybdorning qilmishi Oʻzbekiston Respublikasi JK
118-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Odatda zoʻrlik ishlatish va qarshilik
koʻrsatish bir-biri bilan bogʻliq boʻladi, qarshilik kuchaygani sayin zoʻrlik ham kuchayib
boraveradi. Lekin alohida olingan har bir holda qarshilik samimiy yoki soxta, mugʻombirlik
yoxud qichiq yoʻsinda boʻlganligi aniqlanishi zarur. Basharti, jabrlanuvchi samimiy qarshilik
koʻrsatmagan boʻlsa, aybdorning harakati nomusga tegish tarkibini tashkil etmaydi. Odatda,
zoʻrlikning xususiyati va darajasi qarshilikning xususiyatiga muvofiq boʻladi. Biroq har bir
holatda qarshilik haqiqiy boʻlganmi yoki soxtami aniqlanishi lozim. Agar jabrlanuvchi haqiqiy
qarshilik koʻrsatmagan boʻlsa, aybdorning harakatlarida nomusga tegish alomatlari mavjud
boʻlmaydi
3
.
Nomusga tegish vaqtidagi ruhiy zoʻrlik deganda, jabrlanuvchiga nisbatan yoki uning
irodasini sindirish maqsadida uning yaqin kishilariga nisbatan jismoniy zoʻrlik ishlatish bilan
qoʻrqitishda ifodalanadigan ta’sirni tushunish lozim. Qoʻrqitish va uni amalga oshirish
imkoniyati jabrlanuvchini shunday ahvolga solib qoʻyishi kerakki, u aybdorning shahvoniy
intilishlariga qarshilik koʻrsata olmay qolgan boʻlishi lozim. Qoʻrqitish ogʻzaki tarzda
qoʻrqituvchi imo-ishoralar, jabrlanuvchi sogʻligiga ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan qurol yoki
boshqa ashyolar bilan qoʻrqitish, mulkni nobud qilish, jabrlanuvchini sharmanda qiluvchi
ma’lumotlarni tarqatish bilan qoʻrqitish, shantaj orqali amalga oshiriladi. Jinoyat subyekti
oldida bir necha shaxslar boʻlgan taqdirda qoʻrqitish jabrlanuvchining aybdor bilan jinsiy aloqa
qilishdan bosh tortganda bir guruh shaxslar tomonidan nomusga tegishni amalga oshirishida
ifodalanishi mumkin
4
.
Jabrlanuvchining irodasini sindirish usuli sifatidagi qoʻrqitish aniq boʻlishi kerak.
Qoʻrqitish ham jabrlanuvchining manfaatlariga nisbatan, ham uning yaqin kishilari (bolalari,
ota-onasi, yaqin qarindoshlari va hokazo)ga nisbatan boʻlishi mumkin. Badanga har xil shikast
yetkazish bilan qoʻrqitish uchun javobgarlik JK 118-moddasi 1-qismi bilan qamrab olinadi, shu
sababdan JK 112-moddasi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya talab qilinmaydi. Agar jabrlanuvchi
tajovuz qiluvchi bilan jinsiy aloqaga kirishmasa, uning oʻzini oʻldirish yoki sogʻligiga shikast
yetkazish bilan qoʻrqitish jabrlanuvchini noiloj ahvolga solib qoʻymaydi, uning qarshilik
koʻrsatish irodasini toʻla falaj qilmaydi, shu munosabat bilan bunday hollarda nomusga tegish
yoki shunga tajovuz uchun javobgarlik boʻlmaydi. Qoʻrqitish jabrlanuvchining erkin
harakatlarini falaj qilish, uning irodasini sindirishga qodir darajada jiddiy boʻlganmi-yoʻqmi,
buni alohida olingan har bir holda sud hal qiladi
5
.
3
B.B.Murodov. Jinoyat-protsessual munosabatlarda himoyachining ishtiroki // “Advokatlik faoliyati: nazariya va
amaliyot masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. O‘zR Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun
hujjatlari monitoringi instituti. – Toshkent, 2010. B. 171-175.
4
B.B.Murodov. Jinoyat-protsessual qonun normalarini erkinlashtirish yo‘llari // Oliy yuridik o‘quv yurtlarida inson
huquqlari muhofazasini ta’minlovchi fanlarning o‘qitishning zamonaviy muammolari. Toshkent. O‘zbekiston Milliy
universiteti huquqshunoslik fakulteti 2009. B. 66-69.
5
Sh.Sh.Suyunov. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov xarakatining jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlash
xamda ularning aybini isbotlashdagi axamiyati. “Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya” nomli Respublika
ilmiy-amaliy konferensiyasi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
144
Jabrlanuvchining ojizligidan foydalanish deganda, oʻziga nisbatan sodir etilayotgan
harakatning mohiyati va ahamiyatini idrok qila olmaydigan yoki idrok etgan taqdirda ham
zoʻravonga qarshilik koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlmagan jabrlanuvchi bilan jinsiy aloqada
boʻlish tushuniladi. Ojizlik holati ruhiy yoki jismoniy boʻlishi mumkin. Ruhiy ojizlik deganda,
jabrlanuvchining ruhiy holati tufayli (xastaligi, hushsizligi, yosh bolaligi) oʻziga nisbatan sodir
etilayotgan jinsiy aloqaning ahamiyatini idrok etmasligi tushuniladi. Ojiz ahvoldagi shaxs
deganda, shuningdek, aybdorning oʻz maqsadiga erishish uchun qilgan harakatlari va nomusga
tegish vaqtidagi sharoit natijasida jabrlanuvchida vujudga kelgan ruhiy tushkunlik nazarda
tutiladi. Bunday holatda jabrlanuvchi aybdor irodasiga boʻysunadi. Bunday holatni toʻgʻri
baholash uchun jabrlanuvchining nomusga tegish oldidan qilgan harakatlarining psixiatriya
ekspertiza xulosasi talab qilinadi. Shuningdek, sud psixiatriya ekspertizasini jabrlanuvchining
u bilan sodir etgan harakatlarining mohiyatini tushunganligini aniqlash maqsadida
jabrlanuvchining ruhiy holati buzilganida amalga oshirishi mumkin. Jismoniy ojizlik deganda,
shaxs aybdorning oʻzi bilan jinsiy aloqaga kirishayotganini tushunsa ham oʻzining jismoniy
nuqsoni tufayli, zoʻravonga qarshilik koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlmagan holati (nogironligi
natijasida, qarib qolganligi, jismoniy toliqqanligi sababli va hokazo) tushuniladi.
Jabrlanuvchining juda yoshligi, agar u oʻzi bilan jinsiy aloqa qilishga rozilik bergan boʻlsa,
uning ojizlik holatidan foydalanib nomusga tegish, ya’ni yosh bola bilan jinsiy aloqa qilish deb
kvalifikatsiya qilish uchun asos boʻlmaydi. Alohida har bir holda jabrlanuvchining oʻz yoshidan
kelib chiqib, uning jinsiy aloqaning mohiyatini tushungan yoki tushunmaganligini aniqlash
zarur. Shu sababli oʻziga nisbatan sodir etilayotgan jinsiy aloqaning xususiyati va ahamiyatini
anglamasa qilmish nomusga tegish deb kvalifikatsiya qilinishi kerak. Basharti, kichik yoshdagi
bola oʻzi bilan sodir etilayotgan jinsiy aloqaning ahamiyatini tushungan va oʻzi jinsiy aloqaga
rozilik bergan boʻlsa, aybdorning qilmishi Oʻzbekiston Respublikasi JK 128-moddasi bilan
kvalifikatsiya qilinishi lozim, buning uchun jabrlanuvchining Voyaga yetmaganligini
ayblanuvchi oldindan bilganligi zaruriy shart hisoblanadi. Ichkilik yoki giyohvandlik vositasi
ta’sirida mast holda boʻlgan jabrlanuvchi bilan zoʻrlik ishlatmay va qoʻrqitmay jinsiy aloqada
boʻlish jinsiy aloqani jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib sodir etilgan deb e’tirof etish
uchun asos boʻla olmaydi. Bu vaziyatda ojizlik holati deganda, mastlikning shunday darajasi
tushuniladiki, bunda jabrlanuvchi oʻzi bilan jinsiy aloqaga kirishilayotganini idrok eta olmaydi
yoki unga qarshilik koʻrsata olmaydi. Nomusga tegish tarzidagi qilmishlarni kvalifikatsiya
qilishda jabrlanuvchining ana shunday (ojiz) holatga tushishiga oʻzi yoki boshqa biron kishi
sabab boʻlganligi (masalan, aybdorning jabrlanuvchiga spirtli ichimliklar ichirganligi,
giyohvandlik vositalari yoki uyqu dorisi berganligi va boshq.) yoki jabrlanuvchining oʻzi
aybdorning ta’sirisiz ojiz ahvolda boʻlganligi ahamiyat kasb etmaydi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib holda ushbu jinoyatlarda so’roq qilish tergov harakatining
ahamiyati katta. Nomusga tegish
jinoyati, O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga
binoan, odamning sha'ni, qadr-qimmati va shaxsiy obro'siga nisbatan tajovuz qilishni anglatadi.
Bu jinoyat, ko'pincha, jismoniy yoki ruhiy zo'ravonlik, tuhmat, haqorat, yoki boshqa tajovuzlar
orqali amalga oshiriladi. So'roq qilish, odatda, bu jinoyatni aniqlashda muhim rol o'ynaydi,
chunki nomusga tegish holatlarida jabrlanuvchi shaxslar ko'pincha o'z sha'nini yoki obro'sini
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
145
himoya qilishga intilishadi, bu esa so'roq jarayonining nozik va ehtiyotkorlik bilan amalga
oshirilishini talab qiladi
6
.
Nomusga tegish jinoyatining so'roq qilinishi jarayoni va unga oid ba'zi muhim jihatlar
quyidagicha bo'lishi mumkin:
Jabrlanuvchi shaxsni ehtiyotkorlik bilan so'roq qilish: Nomusga tegish jinoyati bo'yicha
so'roq jarayonida, jabrlanuvchining hissiy va ruhiy holati inobatga olinishi zarur. Jabrlanuvchi,
ko'pincha, jismoniy yoki ruhiy zo'ravonlikdan aziyat chekkan bo'lishi mumkin, shuning uchun
ularning huquqlari himoya qilinishi va psixologik yordam taqdim etilishi kerak.
Jabrlanuvchining himoya qilinishi: Jabrlanuvchi shaxsga jismoniy va psixologik bosim
o'tkazmaslik, uni qayta travmatizatsiya qilmaslik zarur. Nomusga tegish holatlari odatda
jamiyatda noqulay ijtimoiy natijalarga olib kelishi mumkin, shuning uchun ularning huquqlari
har tomonlama himoya qilinishi kerak.
Tergovchi shaxsning rolini tushunish: Tergovchi nomusga tegish jinoyatini aniqlashda
ijobiy va professional usullardan foydalanishi kerak. Jabrlanuvchi bilan o'zaro aloqalar
ehtiyotkorlik bilan qurilishi, har qanday zo'ravonlik va nohaqlikdan saqlanishi kerak
7
.
Maxfiylikni saqlash: Nomusga tegish jinoyati ko'pincha odamlarning jamiyatda
obro'siga ta'sir qiladi, shuning uchun tergov jarayonida maxfiylikni ta'minlash muhimdir. Bu,
nafaqat jabrlanuvchi, balki guvohlar, tergovchilar va boshqa jarayonga oid shaxslar uchun ham
amal qilishi kerak
8
.
Jinoyatchi tomonidan so'roq qilish: Nomusga tegish jinoyatiga aloqador shaxsning
so'roqi, barcha qonuniy va protsessual talablar asosida amalga oshirilishi kerak. Jinoyatni sodir
etgan shaxsning huquqlari (advokatning ishtirok etishi, nohaq so'roq qilishdan saqlanish)
himoya qilinishi zarur
9
.
Tergov va sudda huquqiy yordam: Jinoyatchi o'z huquqlarini bilishi va advokat tomonidan
huquqiy yordam olish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak. Sud jarayonida, agar jinoyatni sodir
etgan shaxsni jazolash kerak bo'lsa, uning shaxsiy holati va jinoyatni sodir etish sabablarini
aniqlashda ehtiyotkorlik bilan yondashish zarur.
Psixologik yordam: Nomusga tegish jinoyatini boshidan kechirgan shaxslar uchun so'roq
qilishda psixologik yordam taqdim etish kerak. Jabrlanuvchiga yoki guvohlarga so'roq
davomida muayyan noxush hissiyotlar yuzaga kelishi mumkin, bu esa ularning ishonchiga,
so'zlashuvga va sudda ko'rib chiqish natijalariga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Shu sababli,
psixologik xizmatlar yordamida jarayonning insonsiz va shaxsiyatga zarar yetkazmasdan
o'tishini ta'minlash zarur
10
.
6
A.T.Ashirboev. Ayblanuvchining ishtirokini ta’minlash imkoni bo‘lmagan taqdirda dastlabki tergovni to‘xtatish:
Nazariya va amaliyot. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining Axborotnomasi № 1
(2024).– 2024. 95-98 b.
7
Suyunov Sh. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni sotish maqsadisiz noqonuniy
ishlab chiqarish, olish, saqlash jinoyati tushunchasi // Jamiyat va innovatsiya. – 2025. – V. 6. – No 1/S. – B. 267-277.
8
Murodov, B. “Jinoyat ishini javobgarlikka tortish uchun da’vo muddati o‘tganligi munosabati bilan tugatish asoslarini
takomillashtirish”. O‘zbekiston qonun hujjatlari sharhi 3 (2016): 47-50.
9
A.Y.Abdullaev. Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyatining
sabablari va uni sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar (Xorazm viloyati misolida). Yevraziyskiy jurnal prava,
finansov i prikladnыx. 2023 g.
10
Sh.S.Agoyev., Asatullaev D. Axborot texnologiyalari sohasidagi o‘g‘irlik jinoyatlarni tergov qilishning o‘ziga xos
xususiyatlari //Obщestvennыe nauki v sovremennom mire: teoreticheskie i prakticheskie issledovaniya. – 2024. – T. 3. –
№. 7. – S. 31-35.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
146
Dalillarni to'plash: Nomusga tegish jinoyatida, tergov va sud jarayonlarida, tegishli
dalillarni to'plash juda muhim. Bunga ko'pincha guvohliklar, video va audio materiallar,
hujjatlar va boshqa dalillar kiradi. So'roq jarayonida dalillarni to'plashda, so'roq qiluvchi
shaxslarning ehtiyotkorligi va nohaqlikdan saqlanishi lozim.
Odamning obro'siga ta'sir: Nomusga tegish jinoyati, ko'pincha jabrlanuvchining ijtimoiy
obro'siga salbiy ta'sir ko'rsatadi. So'roq va tergov jarayonida bunday ta'sirlarni kamaytirish
uchun, jamiyatda inson huquqlari, obro'ni hurmat qilish va shaxsiy hayotni himoya qilish
muhim
11
.
Jazo turi: Nomusga tegish jinoyati uchun jazo jinoyatning og'irligiga qarab belgilanishi
kerak. Bu, shaxsning avvalgi jinoyatlari, jinoyatning sodir etilish shartlari va jabrlanuvchining
holati bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Jazolar turli xil bo'lishi mumkin: jarima, ozodlikdan
mahrum qilish, shartli jazolar va boshqalar.
Nomusga tegish jinoyatini tergov qilish va so'roq qilishda, tergovchi va boshqa huquqiy
organlar tomonidan barcha qonuniy me'yorlarga rioya qilish zarur. Shuningdek, bu
jarayonlarda jabrlanuvchi shaxsning huquqlari himoya qilinishi va uning sha'ni, qadr-qimmati
saqlanishi kerak
12
.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 25.01.2020 yildagi Oliy
Majlisga Murojaatnomasi. // [Elektron manba].
3.
O‘zbekiston yuridik ensiklopediyasi. –T., 2009. – B. 199.
4.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. T.4. –T., 2002. – B. 47.
5.
B.B.Murodov.
Jinoyat-protsessual qonun normalarini erkinlashtirish yo‘llari // Oliy
yuridik o‘quv yurtlarida inson huquqlari muhofazasini ta’minlovchi fanlarning o‘qitishning
zamonaviy muammolari. Toshkent. O‘zbekiston Milliy universiteti huquqshunoslik fakulteti
2009. B. 66-69.
6.
B.B.Murodov.
Jinoyat-protsessual munosabatlarda himoyachining ishtiroki // “Advokatlik
faoliyati: nazariya va amaliyot masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari.
O‘zR Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti. – Toshkent, 2010.
B. 171-175.
7.
B.B.Murodov.
Xususiy ayblov institutini qo‘llash samaradorligini oshirish yo‘llari //
Xususiy ayblov va yarashuv institutlarini takomillashtirish choralari: Respublika ilmiy-amaliy
konferensiyasi materiallari. T:O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015y.B. 34-40.
11
Sh.S.Agoyev., Tashev U. Ekspertiza faoliyatining armaniston respublikasi jinoyat-protsessual qonunchiligidagi
huquqiy asoslari //Razvitie i innovatsii v nauke. – 2024. – T. 3. – №. 6. – S. 48-56.
12
N.A. Xushvaktova.
Oilada sodir etiladigan tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni himoya qilish chora-
tadbirlari // Zamonaviy fan va ta’lim ilmiy yangiliklari Vol. 2 №2 (2024) ISSN 3030-3044 Researchbib Impact
Faktor:7.9 B. 81-86.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
147
8.
B.B.Murodov.
“Jinoyatlarni tergov qilish metodikasi” fanidan o‘quv dasturi. T.: O‘zbekiston
Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. B.24
9.
Sh.Sh.Suyunov.
Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof
ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning muhim jihatlari.
“Talqin va tadqiqotlar” Respublika ilmiy-uslubiy jurnali 10soni. 01.10.2022 yil B. 105-109.
10.
Sh.Sh.Suyunov.
Kompyuter texnika vositalari orqali sodir etilgan firibgarlik jinoyati turlari.
“Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya” nomli Respublika ilmiy-amaliy
konferensiyasi. 9.06.2023 yil
11.
Sh.Sh.Suyunov.
Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov xarakatining jinoyat
sodir etgan shaxslarni aniqlash xamda ularning aybini isbotlashdagi axamiyati. “Zamonaviy
dunyoda pedagogika va psixologiya” nomli Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.
12.
Sh.Sh.Suyunov.
Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop
moddalarini sotish maqsadisiz noqonuniy ishlab chiqarish, olish, saqlash, jinoyati tushunchasi
// Jamiyat va innovatsiya. – 2025. – V. 6. – No 1/S. – B. 267-277.
13.
A.T.Ashirboyev.
Ayblanuvchining qaerda ekanligi noma’lum bo‘lgan hollarda jinoyat ishini
to‘xtatishning nazariy va amaliy jihatlari. Jamiyat va innovatsiyalar № 1 (2024).– 2024. – 314-
320 b.
14.
A.T.Ashirboyev.
Jinoyat ishini to‘xtatish tushunchasi va ahamiyati. Eksmertkriminalistik
faoliyat: istiqbollar va innovatsiyalar mavzusidagi xalqaro konferensiya materillari to‘plami. T.,
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, 2023. – B. 381-388.
15.
A.T.Ashirboyev.
Ayblanuvchining ishtirokini ta’minlash imkoni bo‘lmagan taqdirda
dastlabki tergovni to‘xtatish: Nazariya va amaliyot. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining Axborotnomasi № 1 (2024).– 2024. 95-98 b.
16.
A.T.Ashirboyev
. Curishtiruv va dastlabki tergovni to‘xtatish instituti: xalqaro tajriba va
o‘zbekiston qonunchiligini takomillashtirish istiqbollari //Obщestvennыe nauki v
sovremennom mire: teoreticheskie i prakticheskie issledovaniya. – 2024. – T. 3. – №. 14. – S.
37-42.
17.
N.Q.Usmanaliyev.
“Oqilona muddat” tamoiyilini joriy etish nazariy va amaliy jihatlari
//Nauka i innovatsii v sisteme obrazovaniya. – 2025. – T. 4. – №. 3. – S. 44-50.
18.
N.Q.Usmanaliyev.
Jinoyat ishini yuritishni to‘xtatish va tiklash muddatlari bilan bog‘liq
ayrim mulohazalar //Teoreticheskie aspektы stanovleniya pedagogicheskix nauk. – 2025. – T.
4. – №. 6. – S. 40-47.
19.
N.Q.Usmanaliyev.
Protsessual muddatlarning hisoblashda qo‘llaniluvchi me’zonlarning
ayrim jihatlari //problems and solutions of scientific and innovative research. – 2024. – T. 1. –
№. 3. – S. 25-30.
20.
N.Q.Usmanaliyev. Baynazov J
. O‘g‘irlik jinoyati bo‘yicha hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan
kechirish tergov harakatining yangi usullari //Nauka i innovatsii v sisteme obrazovaniya. –
2024. – T. 3. – №. 8. – S. 69-74.
21.
Sh.S.Agoyev., Shakirova S
. Qiynash jinoyatini tergov qilish: nazariya va amaliyot //Razvitie
i innovatsii v nauke. –2024. – T. 3. – №. 6. – S. 75-81.
22.
Sh.S.Agoyev., Abduxamidov A
. Guvoxlantirish tergov xarakatini o‘tkazishning axamiyati
//Obщestvennыe nauki v sovremennom mire: teoreticheskie i prakticheskie issledovaniya. –
2024. – T. 3. – №. 7. – S. 49-51.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
148
23.
Sh.S.Agoyev., Asatullaev D
. Axborot texnologiyalari sohasidagi o‘g‘irlik jinoyatlarni tergov
qilishning o‘ziga xos xususiyatlari //Obщestvennыe nauki v sovremennom mire: teoreticheskie
i prakticheskie issledovaniya. – 2024. – T. 3. – №. 7. – S. 31-35.
24.
Sh.S.Agoyev., Tashev U
. Ekspertiza faoliyatining armaniston respublikasi jinoyat-
protsessual qonunchiligidagi huquqiy asoslari //Razvitie i innovatsii v nauke. – 2024. – T. 3. –
№. 6. – S. 48-56.
25.
N.A. Xushvaktova
. Ishni sudga qadar yuritishda ishtirok etuvchi jamoatchilikning tasnifi
// Jamiyat va innovatsiyalar №6 (2024) / ISSN 2181-1415 B. 22-28.
26.
N.A. Xushvaktova
. Oilada sodir etiladigan tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni
himoya qilish chora-tadbirlari // Zamonaviy fan va ta’lim ilmiy yangiliklari Vol. 2 №2 (2024)
ISSN 3030-3044 Researchbib Impact Faktor:7.9 B. 81-86.