ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
116
QURILISHNING TASHKILIY SHAKLLARI
Rasulova Sharifa Gaybullaevna
JizPI., Iqtisodiyot va menejment kafedrasi dotsenti
Abdunabiyev Akbar Qahramon o`g`li
JizPI., Qurilish muhandisligi fakulteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14471372
Annotatsiya:
Maqolada, qurilishning tashkiliy shakllari haqida fikrlar bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
Kapital qurilish , investitsiya , investor,kreditor, pudratchi, moddiy texnik
baza.
Аннотация:
В статье излагаются соображения об организационных формах
строительства.
Ключевые слова:
Капитальное строительство, инвестиции, инвестор, кредитор,
подрядчик, материально-техническая база.
Kapital qurilishda investitsiya jarayonining asosiy ishtiroqchilari sifatida odatda
bajaradigan vazifalariga ko‘ra investor, buyurtmachi, quruvchi, pudratchi va loyihalovchilar
ishtirok etadilar. Investor - ob’ekt qurilishini moliyalashtirishni xususiy yoki qarz mablag‘lar
hisobiga amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati sub’ekti. Investor investitsiya natijalarini
tasarruf qilishga to‘liq yuridik huquqlarga ega. SHuningdek, u investitsiyalarni (kapital
qo‘yilmalarni) jalb qilish shaklini belgilaydi, qurilish kontraktlarining shartlarini ishlab chiqadi,
investitsiya jarayoni ishtiroqchilari bilan bo‘ladigan moliyaviy-kredit munosabatlarni amalga
oshiradi. Investor qurilish mahsulotining buyurtmachisi, kreditori, haridori bo‘lishi,
shuningdek, bevosita quruvchi funksiyasini bajaradi.Buyurtmachi - texnik-iqtisodiy asoslarni
ishlab chiqishdan boshlab ob’ektni foydalanishga topshirish yoki ob’ektning ishlab chiqarish
quvvatiga chiqishigacha bo‘lgan muddatda ob’ekt qurilishining tashkilotchisi va
boshqaruvchisi funksiyalarini qabul qilgan huquqiy yoki jismoniy shaxs.Qurilish egasi - qurilish
bo‘layotgan er maydoniga egalik qilish huquqiga ega bo‘lgan huquqiy yoki jismoniy shaxs. U
buyurtmachidan farqli ravishda qurilish uchun ajratilgan er maydonidan uzoq muddatli ijara
shartlari asosida foydalanadi. Pudratchi (bosh pudratchi) - pudrat shartnomasi yoki kontrakti
asosida ob’ekt qurilishini amalga oshirayotgan qurilish firmasi. Bosh pudratchi qurilish
natijalari uchun shartnoma shartlariga muvofiq ravishda buyurtmachi oldida to‘liq javobgar
bo‘ladi. U zarur hollarda ayrim turdagi ishlarni bajarish uchun quyi pudrat tashkilotlarini jalb
qilishi mumkin Loyihalovchi - buyurtmachi bilan tuzilgan shartnoma asosida u yoki bu
ob’ektning kelgusidagi qurilishini loyihalovchi loyihalash tashkiloti yoki shunga o‘xshash
boshqa muassasa. Loyihalovchi loyihaning va uning asosidagi texnik-iqtisodiy
ko‘rsatkichlarning sifati uchun to‘liq javobgar bo‘ladi. Buyurtmachi loyihada ko‘zda tutilgan
echimlarga rioya qilinishini nazorat qilish uchun mualliflik nazorati o‘rnatadi.Qurilish ishlab
chiqarishi jarayoni turli shakl va usullarda tashkil qilinishi mumkin bo‘lib, pudrat usuli, xo‘jalik
usuli, ob’ektlarni “qulf-kalit” qilib topshirish va sotish shular jumlasidandir.Pudrat usulida
qurilish muntazam ishlab turuvchi qurilish tashkilotlari (firmalari) tomonidan buyurtmachilar
bilan tuzilgan shartnomalar assida amalga oshiriladi. Bu qurilishning asosiy va eng keng
tarqalgan usulidir. Bugungi kunda kapital qurilish sohasidagi barcha pudrat ishlarning
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
117
taxminan 80 foizdan ortig‘i shu usulda amalga oshiriladi. Uni amalga oshirish uchun “Kapital
qurilish pudrat shartnomasi” asos bo‘lib xizmat qiladi.Xo‘jalik usulida - ob’ektlar qurilishi yoki
qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish ishlari xo‘jalk sub’ektlarining - korxonalar, tashkilotlar,
institutlar va shu kabilarning kuch va mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. Korxonalarni
qayta ta’mirlash va kengaytirish, kichikroq qurilish ob’ektlari, hududlar va xonalarni
obodonlashtirish, ta’mirlash ishlari ko‘pincha shu usulda olib boriladi.Ob’ektlarni to‘liq qurib
bitkazishga o‘tkazish (“qulf-kalit” bilan topshirish)da buyurtmachining funksiyalari bosh
pudratchiga berilib, u qurilishni boshidan boshlaydi va ob’ektni buyurtmachiga uzil-kesil
tugallangan holatda topshiradi. Qurilishning bunday usuli uy-joy qurilishida juda keng
tarqalgan. Tanlovlar - iqtisodiyotda nisbatan yangi hodisa bo‘lib, bunda buyurtmachi biror
ob’ektni qurish yoki loyihalash, asbob-uskunalar etkazib berish bo‘yicha tanlov e’lon
qilayotganligini ochiq yoki yopiq shaklda xabardor qiladi va hohlovchilarni shu tanlovda
ishtiroq etishga taklif qiladi. Bunda maxsus hujjat tayyorlanadi va unda tanlovning asosiy
g‘oyasi, uning tijoriy va boshqa shartlari ko‘rsatiladi. Bunday hujjatlar majmuasi “tender” deb
ataladi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan shakllardan tashqari, qurilishning ijtimoiy mehnat taqsimoti
nuqtai nazaridan ixtisoslashuv, konsentratsiya, kooperatsiya kabi tashkiliy shakllari mavjud.
SHuni ham aytib o‘tish kerakki, bu shakllar faqat qurilishda emas, balki xalq xo‘jaligining
boshqa tarmoqlarida, avvalo sanoatda ham qo‘llaniladi. Amaliyotdan ma’lum bo‘lishicha, bu
shakllarni mohirlik bilan qo‘llash orqali ishlab chiqarish va kapital qo‘yilmalarda yuqori
samaradorlikka erishish mumkin. Masalan, agar ixtisoslashuv va kooperatsiya harajatlarning
kamayishiga, mahsulot sifatining yaxshilanishiga imkon bersa, konsentatsiya va kombinirlash
- xom ashyo va materiallardan kompleks foydalanishga hamda qurilish sohasida fan-texnika
taraqqiyoti ko‘lamining yanada kengayishiga olib keladi.Qurilish moddiy ishlab chiqarish
tarmog‘i sifatida faqat mahsulot ishlab chiqaribgina qolmay, balki buning uchun u yoki bu
turdagi resurslarni iste’mol qiladi yoki foydalanadi ham. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, qurilish
materiallari sanoati mahsulotlarining 80 foizi, yog‘och materiallarining taxminan yarmi, metall
prokatining 20 foizdan ko‘prog‘i, mashinasozlik sanoati mahsulotlarining 10 foizdan ko‘proq
qismi qurilishda foydalaniladi. Qurilish harajatlari tarkibida transport sarf-harajatlarining
qiymati 20-25 foizni tashkil qiladi. Boshqacha qilib aytganda, qurilishga xalq xo‘jaligi
tarmoqlarining deyarli barchasi xizmat ko‘rsatadi.Qurilishning moddiy-texnik bazasini
rivojlantirishda qurilish materiallari sanoati alohida o‘rin tutadi. Bu tarmoqdagi korxonalar
sement, ohak, gips, g‘isht, shisha, qoplama va issiqlik o‘tkazmaydigan materiallar, turli
to‘ldirmalar ishlab chiqaradi.Kapital qurilishda ayrim turdagi materiallar iste’molining
solishtirma ulushi juda kattadir. Masalan, taxminan 80 foiz sement, deraza oynasi – 50 foiz,
yog‘och materiallar - 35-40 foiz, qora metallar prokati – 20 foiz, yumshoq qoplama materiallar
- deyarli 70 foiz iste’mol qilinadi.Qurilishning materiallar, konstruksiyalar, texnikalar va
boshqa ishlab chiqarish vositalari bilan eng to‘la ta’minash ko‘p jihatdan tarmoqlararo
aloqalarning mukammalligi va yanada rivojlantirilishiga bog‘liqdir. Bu esa, odatda, ishlab
chiqarishning tarmoqlararo balansida va mahsulotning xalq xo‘jaligidagi taqsimotida aks
etadi.Iqtisodiyotda buyruqbozlik, markazlashgan boshqaruv va rejalashtirish tizimidan bozor
tizimiga o‘tilishi xo‘jalik sub’ektlariga qurilishni rivojlantirish va uning moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash uchun keng imkoniyatlarni ochib berdi, bunda hududiy boshqaruv
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
118
organlarining roli kuchayib bormoqda. Ammo bu qurilishning ishlab chiqarish bazasini
rivojlantirish va mustahkamlash o‘z-o‘zidan, stixiyali ravishda yuz beradi, degani emas. U
qurilishning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va joylashtirish hamda uning resurslar bilan
to‘la ta’minlash ilmiy tamoyillariga mos bo‘lishi lozim.
Qurilishning moddiy-texnika bazasi va uning taraqqiyot istiqbollari
Qurilishning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va joylashtirish uchun qurilish hududi
va joyini tanlashga ta’sir qiladigan barcha omillar va shartlarni miqdoriy ifodalashga imkon
beradigan usullarga ega bo‘lish lozim. Bunday usullar - masalaning optimal echimini topishga
imkon beradigan matematik modellardir. Ulardan biri - chiziqli dasturlash bo‘lib, u
o‘zgaruvchan kattaliklarning berilgan chiziqli cheklashlarni va ushbu kattaliklarning maqsadli
funksiyasini maksimallashtiruvchi yoki minimallashtiruvchi qiymatlari majmuasini topish
talab qilinadigan ekstremal masalalarni echishning nazariyasi va amaliyotini o‘zida
birlashtiradi.Qurilishning moddiy-texnik bazasini optimal rivojlantirish va joylashtirishning
iqtisodiy-matematik modelini shakllantirishda boshqa omillar bilan bir qatorda xom ashyo va
materiallarni ishlab chiqarish punktlari, korxonalarni joylashtirish mumkin bo‘lgan punktlar,
shu punktlardagi ishlab chiqarish hajmlari, transport harajatlari va boshqalar hisobga olinishi
lozim. Bu holatda masalani optimal echish mezoni odatda kelgusida ishlab chiqariladigan
mahsulotning yuqori darajada raqobatbardosh bo‘lishi, ayni paytda korxonani yaratish va
joylashtirishda (bir martalik va joriy) harajatlarning imkon qadar kam bo‘lishidir.Qurilishning
moddiy-texnik bazasini yanada rivojlantirishning muhim shartlaridan biri qurilish industriyasi
korxonalari hamda qurilish konstruksiyalari, detallari va materiallari ishlab chiqaruvchi
korxonalarni loyihalashtirish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari o‘rtasidagi
o‘zaro aloqalarni yaxshilashdir.
Bunda ushbu o‘zaro munosabatlarning asosida quyidagilar yotishi lozim:
- qurilish industriyasi korxonalarining ishlab chiqarish jarayonlari yuksak darajada
mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan, yangi, eng tejamli loyihalarini ishlab chiqish;
- bu korxonalarni xom ashyo va materiallarni, konstruksiyalarni tashishning hamda ishlab
chiqarishni kooperatsiyalashni rivojlantirishning ratsional sxemalarini hisobga olgan holda
mamlakat hududida joylashtirishning optimal variantlarini tanlash;- ishlab turgan, birinchi
navbatda 20-30 yil va undan uzoq muddat ishlab kelayotgan korxonalarni texnik qayta
jihozlash.SHuni ham nazarda tutish kerakki, bozor munosabatlari sharoitida, qurilish
industriyasi korxonalari va tashkilotlarining xo‘jalik yuritishdagi mustaqilligi kuchayib
borayotgan bir paytda, moddiy-texnik bazani rivojlantirish, xo‘jalik sub’ektlari, xususan,
sub’ektlar bilan kapital qurilish sohasida ishlovchi yoki unga bog‘liq bo‘lgan ilmiy-tadqiqot va
boshqa tashkilotlar o‘rtasidagi xo‘jalik aloqlarini kuchaytirish masalalari avvalgi
paytlardagidek vazirlik va mahkamalar tomonidan emas, balki zarur hollarda davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlangan holda ko‘proq qurilish tashkilotlari va korxonalari tomonidan hal
qilinmoqda.Qurilish industriyasi korxonalari va tashkilotlari o‘zlarining moddiy-texnika
bazalarini rivojlantirish orqali o‘z ishlab chiqarish salohiyatini mustahkamlabgina qolmay,
balki raqobatli muhitda o‘z iqtisodiy barqarorligini ta’minlaydilar hamda faoliyatlari hayot
sikllarini o‘zaytiradilar. Bunda moddiy-texnika bazani rivojlantirish ishlab chiqarishning
faqatgina texnik yoki moddiy ta’minotidagi absolyut o‘sishidan yoki iqtisodchilarning iborasi
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
119
bilan aytganda, ishlab chiqarishning fond bilan ta’minlanganligi oshishidan iborat bo‘lib
qolmay, balki uning ustuvorlik tamoyillari asosida, maksimal samaradorlikni ta’minlash
tamoyili asosida amalga oshiriladi. Gap shundaki, bozor munosabatlari sharoitida korxona
resurslarning har bir turi oldin rejalashtiriladigan iqtisodiyot sharoitidagi kabi Davlat
rejalashtirish qo‘mitasining yoki ta’minot qo‘mitasining buyrug‘i asosida emas, balki xususiy
mablag‘lar hisobiga erishiladi.
Qurilish iqtisodiyotini isloh etishning asosiy yo‘nalishlari va muammolari
Mustaqillik yillari davrida mamlakat jamiyati va iqtisodiyoti sezilarli darajada sifat va
miqdor o‘zgarishlarga erishdi. Erishilgan natijalar bozor munosabatlariga o‘tishning o‘zbek
modeli naqadar oqilona va puxtalik bilan ishlab chiqilganligini yaqqol tasdiqlamoqda.
SHunindek, mazkur model orqali jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlari
ta’siriga qarama-qarshi tura oladigan O‘zbekistonning barcha ijtmoiy-iqtisodiy tizimi
barqarorligi va ishonchliligini ta’minlashga erishish imkoniyatlari yaratildi. SHuni ta’kidlash
kerakki, 1991 yildan boshlab hozirgi davrga qadar qurilish tarmog‘ida ham boshqa tarmoqlar
qatori keng va chuqur miqyosdagi islohotlar olib borildi. O‘tkazilgan tahlillar asosida o‘tgan
davr mobaynida qurilish tarmog‘i rivojlanishini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin.1991-
1996 yillarda, mamlakatda investitsion faollikning pasayishi qurilish ishlari hajmi va pudrat
shartnomalarining kamayishiga olib keldi. Bu davrlarda aksariyat qurilish tashkilotlari rahbar
xodimlarining qo‘yilgan vazifalarni hal etishda etarli darajadagi bilim va ko‘nikmalarga ega
emasliklari hamda bozor sharoitiga moslasha olmaganliklari sababli kadrlar va ishlab chiqarish
salohiyati borasida ko‘p yo‘qotishlarga uchradi.1996-2002 yillar, qurilish tarmog‘ining sezilarli
darajada yuksalishi va bozor xo‘jaligi sharoitiga moslashishi, bozor infratuzilmasi
elementlarining paydo bo‘lishi va ularning faollashuvi, chet el kapitallari ishtirokidagi qo‘shma
korxonalar bilan birgalikda tadbirkorlik va kichik korxonalar, ayniqsa ularning qurilish
materiallari
ishlab
chiqarish
sohasida
ommaviy
ravishda
rivojlanishi
bilan
xarakterlanadi.2002-2005 yillardan boshlab hozirga davrga qadar, qurilish tarmog‘i miqdor va
sifat jihatdan milliy iqtisodiyot ehtiyojlarini to‘liq qondira boshladi. Mahalliy qurilish
tashkilotlari raqobatbardoshligining o‘sishi sababli aksariyat murakkab va nufuzli ob’ektlar
chet el qurilish firmalari ishtirokisiz qurila boshlandi hamda ularning muxandislik va ishlab
chiqarish salohiyatlari yuksaldi.Kapital qurilish sohasidagi islohotlarning asosiy yo‘nalishlari
sifatida quyidagilar mo‘ljallangan:
- qurilishda narx shakllantirishni takomillashtirish bazasida bozor islohotlarini
chuqurlashtirishning yangi sifat bosqichiga hamda shartnomaviy, joriy narxlarga o‘tish;
- investitsion jarayon qatnashuvchilari o‘rtasidagi xo‘jalik munosabatlarini o‘zgartirish;
- dinamik, zamon talablariga javob beruvchi hududiy-tarmoq tuzilmalari, korxonalarni
oqilona joylashtirish va yangi boshqaruv mexanizmlariga o‘tish.
- pudratchi qurilish tashkilotlari va qurilish industriyasi korxonalarini xususiylashtirish
va aksiyalashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, qurilish boshqaruv tuzilmalarini
ixchamlash va monopoliyadan chiqarish;
- xususiy qurilish firmalarini tashkil qilishni rag‘batlantirish, qurilish sohasida o‘rta va
kichik korxona va tashkilotlarni, bozor infratuzilmasini rivojlantirish;
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
120
- kapital qurilishda pudrat va loyiha ishlari bozorini shakllantirish, qurilish faoliyatida
shartnoma munosabatlarining rolini kuchaytirish, barcha joylarda buyurtmalarni
joylashtirishda tenderlarni joriy qilish, qurilishni asosan foydalanishga tayyor holda (“qulf-
kalit” bilan) topshirish shartlari asosida amalga oshirish;
- investitsiya loyihalarini texnik-iqtisodiy asoslashlarni tayyorlash darajasini oshirish,
ularni shakllantirish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish, qurilishning
moddiy-texnik bazasini yangilash;
- tarmoqni boshqarishning barcha bo‘g‘inlarida institutsional o‘zgarishlarni amalga
oshirish, qurilish majmuasining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, bir-ikki bo‘g‘inli
boshqaruv tizimlariga o‘tish;
- qurilish pudrat tashkilotlarida brigada pudratini joriy qilish, to‘lovni ishlarning
tugallangan bosqichlarida amalga oshirish asosida ishlab chiqarish va mehnatni tashkil
qilishning me’yorlari va mexanizmlarini takomillashtirish;
- qurilish-montaj ishlarining tannarxini kamaytirish, muddatlarini qisqartirish va sifatini
oshirish. Bu choralar qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning 2005 yilga
mo‘ljallangan muayyan Dasturi bilan mustahkamlangan bo‘lib, shu maqsadlarda uni amalga
oshirish yuzasidan maxsus hududiy va vertikal komissiyalar tashkil qilingan.
Quyida ob’ektlar bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslashlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan
tasdiqlanadi:
a) loyihaning qiymatidan qat’iy nazar xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilingan
holda hukumat kafolati asosida amalga oshirilayotgan ob’ektlar;
b) respublika investitsiya dasturiga kiritilgan va har yili davlat byudjeti bilan birga
tasdiqlanadigan ob’ektlar.
Investitsiya loyihalarini texnik-iqtisodiy asoslashlar va boshqa kerakli hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangunga qadar belgilangan
tartibda tegishli ekspertizadan o‘tishi lozim. Investitsiya va qurilish loyihalarining tanlov
asosida tanlab olinishi qurilish majmuasini tashkil qilish va uni boshqarishdagi eng muhim
vazifalardan biriga aylanmoqda.Bular ayniqsa quyidagi hollarda keng qo‘llanilmoqda:
loyihalash, injenerlik-tadqiqot ishlari, konstruktorlik ishlari va hokazolarda;ishlab chiqarish va
noishlab chiqarish bino va inshootlarini, korxonalarni qurish va texnik qayta jihozlash, shu
jumladan ularni “qulf-kalit” asosida topshirishda;texnologik asbob-uskunalar va boshqa
mehnat vositalari to‘plamini etkazib berishda;loyihani boshqarish, maslahat xizmati ko‘rsatish
va nazoratlarda.
References:
1.
Gaybullayevna, R. S. ., & Musurmangulov. (2024). THE IMPORTANCE OF TIME
MANAGEMENT IN ENSURING EFFICIENCY IN CONSTRUCTION.
JOURNAL OF ECONOMY,
TOURISM AND SERVICE
,
3
(1), 28–31.
2.
Gaybullayevna, R. S. (2023). THE STATE OF THE DIGITAL ECONOMY TODAY: PROBLEMS
AND SOLUTIONS.
JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM AND SERVICE
,
2
(12), 38-42.
3.
Sharifa, R., & Ilyos, T. (2023). PRINCIPLES OF SCIENTIFIC MANAGEMENT IN
MANAGEMENT.
Новости образования: исследование в XXI веке
,
2
(16), 1097-1100.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
121
4.
Sharifa, R., & Sayyora, M. (2023). HISTORY OF EMERGENCE OF MANAGEMENT AND ITS
PLACE TODAY.
Новости образования: исследование в XXI веке
,
2
(16), 1093-1096.
5.
Sharifa, R. (2023). DIRECTIONS FOR INCREASING INVESTMENT ATTRACTIVENESS IN
REGIONS.
Новости образования: исследование в XXI веке
,
2
(16), 1088-1092.
6.
Sharifa, R., & Nozima, T. (2023). QUALITY MANAGEMENT IN COMPETITIVE CONDITIONS
IS THE MAIN FACTOR OF ENTERPRISE SUCCESS.
SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN
EDUCATION SYSTEM
,
2
(20), 200-203.
7.
Sharifa, R., & Mahliyo, K. (2023). ORGANIZATIONAL STRUCTURE OF ENTERPRISES AND
THEIR APPEARANCES.
JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM AND SERVICE
,
2
(5), 77-83.
8.
Gaybullayevna, R. S. (2023). WOMEN'S ENTREPRENEURSHIP IS A FACTOR OF INCREASE
IN OUR COUNTRY'S ECONOMIC WELFARE AND SOCIAL DEVELOPMENT.
JOURNAL OF
ECONOMY, TOURISM AND SERVICE
,
2
(5), 73-76.
9.
Gaybullayevna, R. S. (2023). MODERN FUNDAMENTALS OF FINANCIAL MANAGEMENT
OF INVESTMENT ACTIVITY.
JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM AND SERVICE
,
2
(5), 51-54.
10.
Gaybullaevna, R. S. (2023). Methods for Assessing the Economic Efficiency of Investments
in Construction.
European Journal of Higher Education and Academic Advancement
,
1
(1), 95-98.
11.
Gaybullaevna, R. S. (2023). Construction Industry in Uzbekistan Is an Important Priority
Network of the National Economy.
Pioneer: Journal of Advanced Research and Scientific
Progress
,
2
(3), 69-71.
12.
Qаmаrov Аsаdbеk Zаfаr o’g’li, & Rasulova Sharifa G’aybullayevna. (2023). BIZNЕSINGIZ
UCHUN SАMАRАLI MАRKЕTING STRАTЕGIYАLАRINI QАNDАY YАRАTISH MUMKIN.
Scientific
Impulse
,
2
(14), 305–312.
13.
Gaybullaevna, R. S. (2023). Economic Efficiency of Investing in Construction.
International
Journal on Economics, Finance and Sustainable Development
,
5
(3), 94-97.
14.
Расулова, Ш. Ғ. (2021). ЎЗБЕКИСТОНДА БАНДЛИК МУАММОСИ. ИШСИЗЛАРНИ
ИЖТИМОИЙ ҲИМОЯ ҚИЛИШ.
Global Science and Innovations: Central Asia (см. в
книгах)
,
3
(7), 22-25.
15.
Расулова, Ш. Г. (2020). ПРИВЛЕЧЕНИЕ ИНВЕСТИЦИЙ.
Экономика и социум
, (2 (69)),
316-319.
16.
Rasulova, S. G., & Obidova, F. Y. (2019). ISSUES OF SMALL BUSINESS
DEVELOPMENT.
Theoretical & Applied Science
, (9), 426-429.
17.
Расулова, Ш. Г. (2019). ВАЖНОСТЬ ОРГАНИЗАЦИОННО-ЭКОНОМИЧЕСКИХ МЕР ПО
ПОВЫШЕНИЮ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ АКТИВНОСТИ НАСЕЛЕНИЯ.
Актуальные научные
исследования в современном мире
, (3-8), 95-100.
18.
Rasulova, S., & Jabborova, Z. (2019). PRINCIPAL DIRECTIONSON THE DEVELOPMENT OF
ENTREPRENEURSHIP.
International Finance and Accounting
,
2019
(3), 18.
19.
Расулова, Ш. Ғ. (2019). ЭКОНОМИЧЕСКАЯ ПОЛИТИКА ГОСУДАРСТВА И
ПОВЫШЕНИЕ
ЕЕ
ЭФФЕКТИВНОСТИ,
НАПРАВЛЕННЫЕ
НА
ПОВЫШЕНИЕ
ЭКОНОМИЧЕСКОЙ АКТИВНОСТИ НАСЕЛЕНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ.
Актуальные научные
исследования в современном мире
, (3-8), 90-95.