Авторы

  • Farrux Qodirov
    Matematika va taʼlimda axborot texnologiyasi kafedrasi mudiri
  • Gulsanam Roʻzmurotova
    Shahrisabz Davlat Pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Matematika va Informatika yoʻnalishi 2-bosqich talabalari
  • Munisa Abduxalilova
    Shahrisabz Davlat Pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Matematika va Informatika yoʻnalishi 2-bosqich talabalari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.73172

Ключевые слова:

QR kod QR kod texnologiyasi raqamli ma’lumotlar skanerlash xavfsizlik shifrlash marketing ta’lim interaktiv tizimlar blokcheyn integratsiyasi.

Аннотация

Ushbu maqolada QR kod texnologiyasining ishlash tamoyillari, uning afzallik va kamchiliklari hamda turli sohalarda qo‘llanilishi yoritiladi. QR kodlar raqamli ma’lumotlarni tezkor uzatish va skanerlash imkoniyatiga ega bo‘lib, savdo, ta’lim, marketing va xavfsizlik sohalarida keng qo‘llanilmoqda. Shuningdek, maqolada QR kodlarning xavfsizlik jihatlari, ma’lumotlarni shifrlash usullari va kelajakdagi rivojlanish tendensiyalari ham muhokama qilinadi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

38

QR KOD BILAN ISHLASH TEXNOLOGIYASI

Qodirov Farrux Ergash oʻgʻli

Matematika va taʼlimda axborot texnologiyasi kafedrasi mudiri

Roʻzmurotova Gulsanam Sherzot qizi

Abduxalilova Munisa Kamoliddin qizi

Shahrisabz Davlat Pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Matematika va

Informatika yoʻnalishi 2-bosqich talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.15075734

Annotatsiya:

Ushbu maqolada QR kod texnologiyasining ishlash tamoyillari, uning

afzallik va kamchiliklari hamda turli sohalarda qo‘llanilishi yoritiladi. QR kodlar raqamli
ma’lumotlarni tezkor uzatish va skanerlash imkoniyatiga ega bo‘lib, savdo, ta’lim, marketing
va xavfsizlik sohalarida keng qo‘llanilmoqda. Shuningdek, maqolada QR kodlarning xavfsizlik
jihatlari, ma’lumotlarni shifrlash usullari va kelajakdagi rivojlanish tendensiyalari ham
muhokama qilinadi.

Аннотация

: В данной статье рассматриваются принципы работы технологии QR-

кодов, их преимущества и недостатки, а также использование в различных сферах. QR-
коды обеспечивают быструю передачу и сканирование цифровых данных и широко
применяются в торговле, образовании, маркетинге и безопасности. Кроме того, в
статье обсуждаются вопросы безопасности QR-кодов, методы шифрования данных и
перспективы их дальнейшего развития.

Annotation:

This article discusses the working principles of QR code technology, its

advantages and disadvantages, and its applications in various fields. QR codes enable fast
digital data transfer and scanning and are widely used in commerce, education, marketing,
and security. Additionally, the article explores QR code security aspects, data encryption
methods, and future development trends.

Kalit so‘zlar:

QR kod, QR kod texnologiyasi, raqamli ma’lumotlar, skanerlash, xavfsizlik,

shifrlash, marketing, ta’lim, interaktiv tizimlar, blokcheyn integratsiyasi.

Ключевые слова:

QR-код, технология QR-кодов, цифровые данные,

сканирование, безопасность, шифрование, маркетинг, образование, интерактивные
системы, интеграция с блокчейном.

Keywords:

QR code, QR code technology, digital data, scanning, security, encryption,

marketing, education, interactive systems, blockchain integration.

Kirish

: Zamonaviy axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan QR kod texnologiyasi

ham keng qo‘llanila boshladi. QR kodlar oddiy shtrix-kodlardan farqli ravishda ko‘proq
ma’lumot saqlash imkoniyatiga ega bo‘lib, ularni turli qurilmalar yordamida tezkor skanerlash
mumkin.

Hozirgi kunda QR kodlardan turli sohalarda, jumladan, savdo, marketing, ta’lim, sog‘liqni

saqlash va xavfsizlik tizimlarida keng foydalanilmoqda. Ular mahsulot haqidagi ma’lumotlarni
taqdim etish, interaktiv o‘quv materiallarini yaratish, to‘lov tizimlarida xavfsiz
tranzaksiyalarni amalga oshirish va tashrif buyuruvchilar uchun qulay navigatsiya
xizmatlarini taqdim etishda muhim rol o‘ynaydi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

39

Ushbu maqolada QR kodlarning ishlash tamoyillari, ularning afzalliklari va kamchiliklari,

shuningdek, xavfsizlik masalalari yoritiladi. QR kodlarning kelajakdagi rivojlanish
yo‘nalishlari, jumladan, blokcheyn texnologiyasi bilan integratsiyasi va ilg‘or ma’lumotlarni
shifrlash usullari haqida ham so‘z yuritiladi.

QR-kodi (inglizcha: Quick Response code — tezkor javob kodi; Abbreviatura: QR kod) —

dastlab Yaponiyada avtomobil sanoati uchun ishlab chiqilgan matritsali shtrixkod (yoki ikki
oʻlchovli shtrixkod) turidir. U Masahiro Xara tomonidan yaratilgan[2]. Termin Denso soʻzidan
olingan boʻlib, u Yaponiyada roʻyxatdan oʻtgan savdo brendlaridan biri hisoblanadi. Shtrixkod
— biriktirilgan obyekt haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan, tegishli mashina oʻqiy oladigan
optik yorliq sanaladi. QR-kodi maʼlumotlarni samarali saqlash uchun toʻrtta
standartlashtirilgan kodlash tizimi (raqamli, alfanumerik, ikkilik va kanji)dan foydalanadi.

QR-kod oq fonga toʻrtburchak joylashtirilgan qora kvadratli toʻrsimon shakllardan iborat

boʻlib, ularni turli kamera qurilmalari orqali oʻqilishi va tasvir toʻgʻri aniqlanmaguncha Reed-
Solomon kodlari yordamida qayta ishlanishi mumkin. Soʻngra kerakli maʼlumotlar tasvirning
gorizontal va vertikal qismlarida mavjud boʻlgan naqshlar yordamida chiqariladi[3].

Tavsif

. QR-kod yaratilmasdan oldin Denso zavodida komponentlarni skanerlash turli

shtrix kodlari orqali amalga oshirilgan. Biroq, ularning soni 10 ga yaqin bo‘lganligi tufayli ish
samaradorligi nihoyatda past bo‘lgan, oqibatda ishchilar tez charchayotganidan shikoyat
qilishgan va oddiy shtrix-koddan ko‘ra ko‘proq maʼlumotni o‘z ichiga oladigan kod yaratishni
so‘rashgan. Shundan soʻng Denso-Wave yuqori tezlikda komponentlarni skanerlashni yoʻlga
qoʻyish uchun qoʻshimcha maʼlumotlarni oʻz ichiga oladigan kod yaratishga kirishdi[4]. Bu
borada Denso zavodining xodimi Masahiro Xara 1992-yildan yangi kodni ishlab chiqish
ishlarini boshlab yuboradi. Masahiro Xara uchun QR-Kodni yaratish gʻoyasi tushlik payti
ishxonada oʻynaladigan Go oʻyini jaroyonida tugʻilgan[5]. Dizaynning maqsadi nafaqat kod
maʼlumotlari miqdorini oshirish, balki „toʻgʻri va tez oʻqish“, uni yogʻli dogʻlar, kirlar va
shikastlanishlarga chidamli qilish edi. QR-kod Yaponiyaning Denso-Wave kompaniyasi
tomonidan 1994-yil ikki yillik tadqiqotlardan natijasida ommaga taqdim etilgan. U Kanban va
Toyota ishlab chiqarish tizimi tomonidan avtomobil ehtiyot qismlari zavodlari va tarqatish
markazlarida foydalanish uchun ishlab chiqilgan. Biroq, u yuqori darajadagi xatolarni aniqlash
va tuzatish qobiliyatiga ega va ochiq manbali dasturda ishlab chiqarilganligi sababli, Toyota
ishlab chiqarish taʼminot zanjirlarining tor doirasidan chiqib, boshqa sohalarda ham keng
qoʻllanila boshlandi. Bu esa uning juda tez ommalashishiga olib keldi. QR-kod keyinchalik
nafaqat Yaponiyada, balki butun dunyoda ham keng qoʻllanila boshlangan. Yaponiyada shtrix-
kodlarning keng tarqalgani ulardagi shifrlangan maʼlumotlar miqdori tez orada sanoatga mos
kelmay qolishiga olib keldi. Yaponlar grafik rasmli kichik hajmdagi maʼlumotlarni kodlashning
yangi zamonaviy usullarini sinab koʻrish ishlarini boshlab yubordilar. QR-kodi dunyodagi eng
koʻp ishlatiladigan 2D kod turlaridan biriga aylandi. QR-kodi spetsifikatsiyasi maʼlumotlar
formatini tasvirlamaydi.

Yupqa nur bilan skanerlangan eski shtrix-koddan farqli oʻlaroq, QR-kodi sensor yoki

kamera orqali ikki oʻlchamli tasvir sifatida aniqlanadi. Tasvirning burchaklaridagi uchta
kvadrat va kod boʻylab kichikroq vaqt kvadratlari tasvir oʻlchami va yoʻnalishini
normallashtirib turadi va nazorat oynasini tekshirish orqali ikkilik raqamlarga aylantiradi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

40

“QR-code” belgisi DENSO korporatsiyasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan savdo belgisi

boʻlsa-da, kodlardan foydalanish uchun hech qanday royalti toʻlanmaydi va ISO standarti
sifatida qabul qilinadi hamda nashr etiladi.

Eng koʻp QR-koddan foydalanvchilar quyidagi maʼlumotlar formatlarini qoʻllab-

quvvatlaydi: URL, brauzer xatchoʻplari, Elektron pochta (mavzu qatori bilan), raqamga SMS
(mavzu qatori bilan), MeCard, vCard, geografik koordinatalar va Wi-Fi tarmogʻiga ulanish
uchun qoʻllaniladi.

Bundan tashqari, baʼzi dasturlar GIF, JPG, PNG yoki MID kabi formatlarda 4 KB dan

kichik fayllarni va shifrlangan matnni taniy oladi, ammo bu formatlar keng ommalashmagan.

QR-kodlari Yaponiyada juda keng tarqalgan. 2000-yil boshida QR-kodlari mamlakatda

shu qadar keng tarqaldiki, ularni koʻplab plakatlar, paketlar va tovarlarda uchratish mumkin
edi. Yaponiyada bunday kodlar doʻkonlarda sotiladigan deyarli barcha tovarlarga qoʻllaniladi.
Shu bilan birga ularda reklama bukletlari va maʼlumotnomalar joylashtiriladi. QR-kod
yordamida yaponlar hatto turli tanlovlar va oʻyinlarni tashkil qilib kelishadi. Yaponiyaning
yetakchi uyali aloqa operatorlari oʻzaro hamkorlikda QR-kodni aniqlash uchun o‘rnatilgan
qo‘llab-quvvatlashga ega mobil telefonlarni o‘z brendi ostida ishlab chiqaradilar.

Hozirgi vaqtda QR-kodi boshqa Osiyo mamlakatlarida ham keng tarqalgan boʻlib,

Yevropa va Shimoliy Amerikada ham ancha ommalashmoqda. U ayniqsa uyali aloqa
foydalanuvchilari orasida katta eʼtirofga sazovor boʻldi. Bunda kerakli dasturni oʻrnatish
orqali abonent oʻz telefoniga matnli maʼlumotlarni bir zumda kiritishi, Wi-Fi tarmogʻiga
ulanishi, elektron pochta orqali xat yuborishi, manzillar kitobiga kontaktlarni qoʻshishi, veb-
havolalar hamda SMS xabarlar yuborishi mumkin va h.k.

2011-yilda comScore tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlarga koʻra, 20 million AQSh

fuqarosi QR-kodlarini skanerlash uchun mobil telefonlardan foydalanishgan.

Yaponiya, Avstriya va Rossiya qabristonlarida ham QR-kodlar qoʻllaniladi va ularda

marhum haqidagi maʼlumotlar mavjud.

Xitoyning Xefey shahrida keksalarga QR-kodli nishonlar topshirilgan. Bu kabi QR-kodlar

yordamida qariyalar adashib qolganlarida oʻz uylariga qaytishlari mumkin.

Emlanganlikni tasdiqlash uchun QR-kodlaridan foydalanish. 2021-yil bahorida COVID-

19 ga qarshi ommaviy emlash boshlanishi bilan bir vaqtda dunyoning deyarli barcha
mamlakatlarida emlash hujjatlari — raqamli yoki qog‘oz sertifikatlar shaklida chiqarila
boshlandi va ularda maxsus QR-kodlar ham joylashtirildi. 2021-yil 9-noyabrga qadar Rossiya
Federatsiyasining 77 ta subyektida emlash yoki kasallikni (COVID-19) tasdiqlovchi QR-kodlar
joriy etildi. Tataristonda QR-kodlarining joriy etilishi metroga kirishda yo‘lovchilar va jamoat
transporti konduktorlari o‘rtasida ko‘plab nizolarga sabab boʻldi.

Umumiy texnik maʼlumotlar. Eng kichik QR-kodi (1-versiya) 21×21 piksel (chetidan

tashqari), eng kattasi (40-versiya) 177×177 pikselni tashkil qiladi.

QR-kodlarining toʻrtta asosiy kodlash tizimi mavjud:

Raqamli; Alfanumerik; Baytli; Kanji. Bundan tashqari, „psevdo-kodlash“ ham

mavjud

: bunda maʼlumotlarda kodlash usulini koʻrsatish, uzun xabarni bir nechta kodlarga

boʻlish va hokazo amallarni bajarish mumkin.

Kodda skanerni chalkashtirib yuboradigan elementlar yoʻqligi uchun maʼlumotlar

maydoniga maxsus niqob bilan modul 2 qoʻshiladi. Toʻgʻri ishlaydigan enkoder barcha niqob


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

41

variantlarini sinab koʻrishi, har biri uchun maxsus qoidalarga muvofiq jarima balllarini
hisoblashi va eng muqobilini tanlashi kerak.

Xulosa:

QR kod texnologiyasi zamonaviy axborot almashish jarayonida muhim

ahamiyat kasb etib, turli sohalarda keng qo‘llanilmoqda. Uning tezkor ma’lumot uzatish, qulay
skanerlash va xavfsizlikni ta’minlash kabi afzalliklari uni marketing, ta’lim, sog‘liqni saqlash
va elektron to‘lov tizimlarida muhim vositaga aylantirdi. Biroq, QR kodlardan foydalanishda
ba’zi xavfsizlik muammolari ham mavjud. Xususan, zararli QR kodlar orqali firibgarlik qilish,
ma’lumotlarni o‘g‘irlash va noto‘g‘ri manbalarga yo‘naltirish kabi tahdidlar mavjud. Shu
sababli, QR kodlar bilan ishlashda xavfsizlik choralarini kuchaytirish va ma’lumotlarni
himoyalash usullarini yanada takomillashtirish zarur.

Kelajakda QR kod texnologiyasi yanada rivojlanib, sun’iy intellekt va blokcheyn bilan

integratsiyalashuvi natijasida undan yanada xavfsiz va samarali foydalanish imkoniyatlari
kengayishi kutilmoqda. Shuningdek, uning interaktiv imkoniyatlarini oshirish, ta’lim va
sog‘liqni saqlash tizimlarida qo‘llash doirasini kengaytirish ham muhim masalalardan biridir.
Umuman olganda, QR kod texnologiyasi axborot almashish jarayonini soddalashtirish bilan
birga, xavfsizlik va funksionallik jihatidan doimiy rivojlanib borayotgan sohalardan biri bo‘lib
qolmoqda. Uning to‘g‘ri va samarali qo‘llanilishi turli jabhalarda katta qulayliklar yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Esanovna, D. B. "ELECTRONIC TEXTBOOK AS A BASIS FOR INNOVATIVE TEACHING."

MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN: 660.
2.

Zoxidov, J. B., F. E. Qodirov, and I. J. Bozorova. "QUARTUS II PROJECT CONCEPT AND ITS

OPPORTUNITIES AND PROBLEMS." АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ТЕХНИЧЕСКОГО И
ТЕХНОЛОГИЧЕСКОГО ОБЕСПЕЧЕНИЯ ИННОВАЦИОННОГО РАЗВИТИЯ. 2019.
3.

Bozorova, Irina Jumanazarovna, and Dilfuzaxon Mamasharipovna Karayeva. "Modern

programming technologies and their role." интеллектуальный капитал xxi века. 2020.
4.

Bozorova, I. J., et al. "COMPUTER VISION AND PATTERN RECOGNITION."

СОВРЕМЕННЫЕ ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ (2020): 23.
5.

Bozorova, I. J. "Methods of processing and analysis of bio signals in

electrocardiography." проблемы современных интеграционных процессов и поиск
инновационных решений (2020): 97-99.
6.

Бозорова, Ирина. "Сущность, содержание и значение категории “цифровая

экономика”." YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT 2.9 (2024).
7.

Jumanazarovna, Bozorova Irina, and Кodirov Farruh Ergash O'G'Li. "Principle of

electrocardiographic work and its role in modern medicine." Вопросы науки и образования
15 (99) (2020): 31-36.
8.

Бозорова, Ирина Жуманазаровна. "ИНФОРМАЦИОННО-КОММУНИКАЦИОННЫЕ

ТЕХНОЛОГИИ КАК ФАКТОР СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ЭКОНОМИКИ В УСЛОВИЯХ
ИНФОРМАЦИОННОГО ОБЩЕСТВА." Indexing 1.1 (2024).
9.

Daminova, B. E., et al. "METHODOLOGICAL ASPECTS OF THE USE OF INTERACTIVE

DIGITAL TECHNOLOGIES IN TEACHING A FOREIGN LANGUAGE." Экономика и социум 5-1
(120) (2024): 237-240.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

42

10.

Irina Bozorova. "ELECTRONIC EDUCATIONAL RESOURCE AS A MODERN DIDACTIC

LEARNING TOOL". Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук.
2022/4/5. ст 26-30
11.

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux, and Bozorova Irina Jumanazarovna. "METHODS OF

DISPLAYING MAIN MEMORY ON CACHE." Ответственный редактор (2020): 6.
12.

Bozorova, I. J., Mirzayeva F. Sh, and M. A. Rustamov. "NEURAL NETWORKS. NEURAL

NETWORKS: TYPES, PRINCIPLE OF OPERATION AND FIELDS OF APPLICATION." РОЛЬ
ИННОВАЦИЙ В ТРАНСФОРМАЦИИ И УСТОЙЧИВОМ РАЗВИТИИ СОВРЕМЕННОЙ (2020):
130.
13.

Маматмурадова, М. У., И. Ж. Бозорова, and Ф. Э. Кодиров. "СОЗДАНИЕ И

ЭФФЕКТИВНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ И РЕСУРСОВ
ЭЛЕКТРОННОГО ОБУЧЕНИЯ В НЕПРЕРЫВНОМ ОБРАЗОВАНИИ." Инновации в
технологиях и образовании. 2019.
14.

Маматмурадова, М. У., И. Ж. Бозорова, and Ф. Э. Кодиров. "Проблемы современных

программных и компьютерно-инженерных технологий и современные технологии
создания программного обеспечения." Инновации в технологиях и образовании. 2019.
15.

Бозорова, Ирина Жуманазаровна. "Создание программного обеспечения

электронной библиотечной системы на основе QR-кодовой технологии." Теория и
практика современной науки. 2020.
16.

Бозорова, Ирина Жуманазаровна. "Принцип работы электрокардиографа и его

роль в современной медицине." научные достижения студентов и учащихся. 2020.
17.

Бозорова, Ирина Жуманазаровна, УМОТ ЗАПАСОВ, and INNOVATSION

IQTISODIYOTNI

SHAKLLANTIRISHDA

AXBOROT

KOMMUNIKATSIYA

TEXNOLOGIYALARINING. "TUTGAN O'RNI.-2023."14. Shamsiddinov Gʼiyosjon and Raxmatova
Gulandom " MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR (FINTECH) VA BANK XIZMATLARINING
RAQAMLASHTIRILISHI " Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
3.11 (2024): 33-37
18.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, and Gulandom Raxmatova. "O‘ZBEKISTONDA AXBOROT

HAVFSIZLIGINI MA’NAVIY VA HUQUQIY ASOSLARI." Solution of social problems in
management and economy 3.4 (2024): 45-57.
19.

Shamsiddinov Gʼiyosjon and Raxmatova Gulandom " MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR

(FINTECH) VA BANK XIZMATLARINING RAQAMLASHTIRILISHI " Прикладные науки в
современном мире: проблемы и решения 3.11 (2024): 33-37

Библиографические ссылки

Esanovna, D. B. "ELECTRONIC TEXTBOOK AS A BASIS FOR INNOVATIVE TEACHING." MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN: 660.

Zoxidov, J. B., F. E. Qodirov, and I. J. Bozorova. "QUARTUS II PROJECT CONCEPT AND ITS OPPORTUNITIES AND PROBLEMS." АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ТЕХНИЧЕСКОГО И ТЕХНОЛОГИЧЕСКОГО ОБЕСПЕЧЕНИЯ ИННОВАЦИОННОГО РАЗВИТИЯ. 2019.

Bozorova, Irina Jumanazarovna, and Dilfuzaxon Mamasharipovna Karayeva. "Modern programming technologies and their role." интеллектуальный капитал xxi века. 2020.

Bozorova, I. J., et al. "COMPUTER VISION AND PATTERN RECOGNITION." СОВРЕМЕННЫЕ ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ (2020): 23.

Bozorova, I. J. "Methods of processing and analysis of bio signals in electrocardiography." проблемы современных интеграционных процессов и поиск инновационных решений (2020): 97-99.

Бозорова, Ирина. "Сущность, содержание и значение категории “цифровая экономика”." YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT 2.9 (2024).

Jumanazarovna, Bozorova Irina, and Кodirov Farruh Ergash O'G'Li. "Principle of electrocardiographic work and its role in modern medicine." Вопросы науки и образования 15 (99) (2020): 31-36.

Бозорова, Ирина Жуманазаровна. "ИНФОРМАЦИОННО-КОММУНИКАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ КАК ФАКТОР СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ЭКОНОМИКИ В УСЛОВИЯХ ИНФОРМАЦИОННОГО ОБЩЕСТВА." Indexing 1.1 (2024).

Daminova, B. E., et al. "METHODOLOGICAL ASPECTS OF THE USE OF INTERACTIVE DIGITAL TECHNOLOGIES IN TEACHING A FOREIGN LANGUAGE." Экономика и социум 5-1 (120) (2024): 237-240.

Irina Bozorova. "ELECTRONIC EDUCATIONAL RESOURCE AS A MODERN DIDACTIC LEARNING TOOL". Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук. 2022/4/5. ст 26-30

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux, and Bozorova Irina Jumanazarovna. "METHODS OF DISPLAYING MAIN MEMORY ON CACHE." Ответственный редактор (2020): 6.

Bozorova, I. J., Mirzayeva F. Sh, and M. A. Rustamov. "NEURAL NETWORKS. NEURAL NETWORKS: TYPES, PRINCIPLE OF OPERATION AND FIELDS OF APPLICATION." РОЛЬ ИННОВАЦИЙ В ТРАНСФОРМАЦИИ И УСТОЙЧИВОМ РАЗВИТИИ СОВРЕМЕННОЙ (2020): 130.

Маматмурадова, М. У., И. Ж. Бозорова, and Ф. Э. Кодиров. "СОЗДАНИЕ И ЭФФЕКТИВНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ И РЕСУРСОВ ЭЛЕКТРОННОГО ОБУЧЕНИЯ В НЕПРЕРЫВНОМ ОБРАЗОВАНИИ." Инновации в технологиях и образовании. 2019.

Маматмурадова, М. У., И. Ж. Бозорова, and Ф. Э. Кодиров. "Проблемы современных программных и компьютерно-инженерных технологий и современные технологии создания программного обеспечения." Инновации в технологиях и образовании. 2019.

Бозорова, Ирина Жуманазаровна. "Создание программного обеспечения электронной библиотечной системы на основе QR-кодовой технологии." Теория и практика современной науки. 2020.

Бозорова, Ирина Жуманазаровна. "Принцип работы электрокардиографа и его роль в современной медицине." научные достижения студентов и учащихся. 2020.

Бозорова, Ирина Жуманазаровна, УМОТ ЗАПАСОВ, and INNOVATSION IQTISODIYOTNI SHAKLLANTIRISHDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING. "TUTGAN O'RNI.-2023."14. Shamsiddinov Gʼiyosjon and Raxmatova Gulandom " MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR (FINTECH) VA BANK XIZMATLARINING RAQAMLASHTIRILISHI " Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения 3.11 (2024): 33-37

Shamsiddinov, G‘iyosjon, and Gulandom Raxmatova. "O‘ZBEKISTONDA AXBOROT HAVFSIZLIGINI MA’NAVIY VA HUQUQIY ASOSLARI." Solution of social problems in management and economy 3.4 (2024): 45-57.

Shamsiddinov Gʼiyosjon and Raxmatova Gulandom " MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR (FINTECH) VA BANK XIZMATLARINING RAQAMLASHTIRILISHI " Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения 3.11 (2024): 33-37

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

1 2 3 4 5 > >>