OMMAVIY RAZRYADLI BOKSCHILARNING JISMONIY TAYYORGARLIK KO‘RSATKICHLARI SAMARADORLIGI

Abstract

Mazkur tadqiqot ishimizda milliy terma jamoa safida, ixtisoslashtirilgan sport kollejlarida, universitet sport klublarida mashg‘ulot o‘tab kelayotgan ommaviy razryadli bokschilarning tayyorgarlik jarayonlarini aniqlash yordamida takomillashtirilgan usullar tadqiq etildi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
150-153
17

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Polatov, S. (2025). OMMAVIY RAZRYADLI BOKSCHILARNING JISMONIY TAYYORGARLIK KO‘RSATKICHLARI SAMARADORLIGI. Science and Innovation, 3(1), 150–153. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/scin/article/view/63504
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur tadqiqot ishimizda milliy terma jamoa safida, ixtisoslashtirilgan sport kollejlarida, universitet sport klublarida mashg‘ulot o‘tab kelayotgan ommaviy razryadli bokschilarning tayyorgarlik jarayonlarini aniqlash yordamida takomillashtirilgan usullar tadqiq etildi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

150

OMMAVIY RAZRYADLI BOKSCHILARNING JISMONIY TAYYORGARLIK

KO‘RSATKICHLARI SAMARADORLIGI

Polatov Saken Djetibayevich

O‘zbekiston boks federatsiyasi

O‘zbekiston, Toshkent

E-mail: boxinguzbekistan@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14711237

Annotatsiya:

Mazkur tadqiqot ishimizda milliy terma jamoa safida, ixtisoslashtirilgan

sport kollejlarida, universitet sport klublarida mashg‘ulot o‘tab kelayotgan ommaviy razryadli
bokschilarning tayyorgarlik jarayonlarini aniqlash yordamida takomillashtirilgan usullar
tadqiq etildi.

Kalit so‘zlar:

Jismoniy sifat, kuch, chidamkorlik, tezkorlik, vosita, jismoniy yuklamalar,

jismoniy tayyorgarlik, ommaviy razryadli bokschilar.

Kirish:

Mamlakatimizda yoshlarning bandligini ta’minlash hamda yuqori malakali

sportchilarni tayyorlash borasida juda keng ishlar olib borilmoqda. Yurtboshimiz tashabbusi
bilan jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida bir qator
qaror va farmonlari joriy etilgan. Bunga misol qilib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni, 24.01.2020 yildagi PF-5924-sonli “Jismoniy tarbiya va sportni yanada
takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonini olishimiz
mumkun . Mazkur farmonga qo‘shimcha qilib aytishimiz joizki O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 29.04.2021 yildagi PQ-5099-sonli “Boksni yanada rivojlantirish chora tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarorlari ushbu sport turi bilan mashg‘ulotlar olib borishayotgan barcha
sportchilaga keng imkoniyatlar kaliti sifatida hizmat qilib kelmoqda.

Ommaviy razryadli sportchilarning tayyorgarlik jarayonida texnik va taktik

ko‘nikmalarning yetarlicha shakllanmaganligi ularning musobaqalarda muvaffaqiyatga
erishishiga jiddiy ta’sir qiladi. Ayniqsa, bu bosqichdagi sportchilarda individual imkoniyatlarni
aniqlash va ularga mos ravishda trening dasturlarini tuzish katta ahamiyatga ega. Har bir
sportchining o‘ziga xos jismoniy va ruhiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda reja ishlab
chiqish ularning individual rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, sportchilarning irodaviy sifatlarini rivojlantirish dolzarb masala hisoblanadi.

Irodaviy sifatlar musobaqalarda bosimni yengib o‘tish, texnikani to‘g‘ri qo‘llash va o‘z
imkoniyatlarini maksimal darajada namoyon qilishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Stress
holatlarini boshqarish, maqsad sari qat’iyat bilan intilish va muvaffaqiyatga erishish uchun
zarur bo‘lgan ichki motivatsiyani shakllantirishga alohida e’tibor berish lozim.

Tadqiqot maqsadi:

Ommaviy razryadli bokschilarning amaliy mashg‘ulotlari davomida

qo‘llaniladigan vositalar samaradorligini aniqlash hamda ularning jismoniy ko‘rsatkichlari va
jismoniy sifat darajalarining rivojlanib borayotganligiga holisona baho berishdan iborat.

Tadqiqot vazifasi:

Bokschilarning mashg‘ulot jarayonlarini tahlil qilish orqali ulardagi

xato va kamchiliklarni aniqlash, jismoniy sifat ko‘rsatkichlarini takomillashrirish uchun maxsus
usullar majmuasifan foydalanish.

Tadqiqot natijalari va muhokamasi:

Yurtimizda malakali sportchilar salmog‘ini

oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini yanada yashilash maqsadida sportning boks turi bilan


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

151

mashg‘ulot olib borayotgan ko‘plab sportchilarning jismonbiy tayyorgarlik darajalarini,
jismobiy sifat ko‘rsatkichlarini, fungsional holatini aniqlash hamda ularning sport formasiga
kirishlari va yuqori natijalarni qayd etishlari uchun nazorat sinovlari tashkil etildi.

Dastlabki bosqichda ommaviy razryadli bokschilarning texnik harakatlarini baholash

maqsadida “Yakkakurashchi zarbalarini o‘lchash uchun dasturli aparat majmuasi”dan
foydalangan holda nazorat sinov meyorlari tashkil etildi. Takidlab o‘tish lozimki sport
maxoratining oshib borishi fundamental mashg‘ulot bosqichlari davomida bosqichma-bosqich
tayyorgarlik turlarini bosib o‘tish oqibatida shakllanib boradi. Har bir sportchi barcha
mashg‘ulotlarni qoldirmay tizimli ravishda malakli murabbiylar bergan topshiriqlarni bajarib
borsa albatta yuqori natijalarni qayd etishlari dar haqiqatdir.

Bokschilar jismoniy tayyorgarligi sport natijalarini yaxshilash va jarohatlarning oldini

olish uchun asosiy omillardan biridir. Boks – yuqori jismoniy va ruhiy tayyorgarlikni talab
qiluvchi sport turi bo‘lib, sportchi turli xil jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishi kerak. Mazkur
tadqiqot jarayonimizda ommaviy razryadli bokschilar hamda yuqori malakali bokschilarning
jismoniy tayyorgarlik holatlari o‘zaro tahlil etilgan.

Olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra ommaviy razyadli bokschilarning jismoniy

tayyorgarlik darajalari 8-40 sekund davomida maxsus qopga yuqori kuchlanishda va
portlovchan kuch, sust kuch, tezkor kuchlanishlar bilan zarbalarni berganlik darajasiga qarab,
fungsional holatini aniqlash ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda baholab borildi. 1-jadvada
qayd etilgan ko‘rsatkichlarda dastlab II-razryadli bokschi Nurlijan Rahimbaevning natijalari
aks topgan. Unga ko‘ra sportchining portlovchan chidamlilik koifisenti 0.97 ni tashkil etgan
bo‘lsa portlovchan chidamlilik indeksi esa 6.68 ga teng ekanligi aniqlandi. N.Rahimbaevning
maxsus qopga bergan zarbalari davomida kreatinfosfat ishlash indeksi 193.85 ga teng bo‘ldi.
Mazkur harakatda tezkor chidamlilik koeffitsenti 0.26 ni, tezkor chidamlilik indeksi esa 0.79 ga
teng bo‘ldi. Glikolitik chidamlilik indeksi N.Rahimbaevda 27.40 ga, integral ish kuchi indeksi esa
7.48 ga va tezkor - kuch tayyorligining integral indeksi 221.25 ga teng bo‘lgani aniqlandi.

Navbatdagi sportchimizning esa I sport razryadiga ega bo‘lib uning qayd etgan natijalari

quidagicha: M.Sotvoldiev 8-40 sekund muobaynida maxsus qopga zarba berishi oqibatida
uning portlovchan chidamlilik koefisenti 2.74 ga teng bo‘lgan bo‘lsa portlovchan chidamlilik
indeksi esa 22.27 ga teng ekanligi aniqlandi. Sotivoldievning tezkor chidamlilik koefisenti 0.85
ga, tezkor chidamlilik indeksi 2.43 ni tashkil qildi. Natijalarga ko‘ra uning glikolotik chidamlilik
indeksi 77.16 ga teng bo‘lim mazkur nazorat sinovini yakunladi.

D.Bekbutaev 60 kg vazn toifasida sport ustaligiga nomzod. Uning qayd etgan

ko‘rsatkichlari portlovchan chidamlilik koefisentida 3.10 ni, portlovchan chidamlilik indeksida
17.43 ni, kreatinfosfat ishlash indeksida 523.04 ni, tezkor chidamlilik koefisentida 1.38 ni,
tezkor chidamlilik indeksida 3.77 ni, glekolitik chidamlilik indeksida 111.41 ni, integral ish
kuchi indeksida 21.21 ni va tezkor - kuch tayyorligining integral indeksi 634.85 ga teng ekanligi
aniqlandi (1-jadvalga qarang).

Sport ustaligiga nomzod bokschilarning keyingisi D.Samadov bo‘lib (67 kg) mazkur

sportchining natijalari portlovchan chidamlilik koefisentida uning ko‘rsatkichlari 0.97 ga,
portlovchan chidamlilik indeksida esa 5.50 ni qayd etdi. D.Samadovning gleotik chidamlilik
indeksi 60.42 ga va integral ish kuchi indeksi 716 ga teng ekanligi aniqlandi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

152

Jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlar yuzasidan tadqiq etilayotgan mazkur sportchilarning

natijalari tahlil qilib borilmoqda va ularning organizmlaridagi fungsional o‘zgarishlarga ko‘ra
tayyorgarlik jarayonlarining qay darajada ekanligi aniqlab borilmoqda.

Jismoniy tayyorgarlik jarayonini aniqlash davomida sport ustaligiga nomzod

G‘.Azimjonov ko‘rsatkichlari quidagilardan iborat: Portlovchan chidamlilik koefisenti 0.98 ni,
portlovchan chidamlilik indeksi 5.14 ni, kreatinfosfat ishlash indeksi 128.59 ni tashkil etgani
aniqlandi. 8-40 sekund davomida maxsus boks qopiga zarba berish jarayonida tezkor
chidamlilik koefisenti 1.58 ni va tezkor chidamlilik indeski 4.25 ga teng bo‘ldi (1-jadvalga
qarang).

Mazkur tadqiqotda sport ustasi J.Zohidovning qayd etgan natijalariga undagi portlovchan

chidamlilik koefisenti 3.29 ga, portlovchan chidamlilik indeksi 17.93 ga shu o‘rinda glekolitik
chidamlilik indeksi 39.53 ga, integral ish kuchi indeksi 19.35ga hamda tezkor - kuch
tayyorligining integral indeksi 577.38 ni tashkil etdi.

Sport ustasi L.To‘lqinovning natijalarini ham yoritib o‘tadigan bo‘lsak undagi tezkor

chidamlilik koefisenti 1.28 ni, tezkor chidamlilik indeksi esa 5.26 ni tashkil qilmoqda. Shuni
ham tahlil qilib borishimiz lozimki sportchining glekolitik chidamlilik indeksi 260.55 ga va
integral ish kuchi indeksi 30.17ga teng ekanligi aniqlandi.

1-jadvalda ko‘rib turganimizdek ommaviy razryadli sportchilarning tayyorgarlik jarayoni

ma’lum bir doirada tahlil qilish natijasida bir biriga yaqin razryadli sportchilarda aniqlangan
ko‘rsatkichlar nomutanosib ravishda natijadorlik ko‘rsatkichlari qayd etilgani kuzatildi.

Barchamizga ma’lumki boks sport turi sportchilarni yuqori darajadagi jismoniy va ruhiy

tayyorgarlikni talab qiladi. Boksni muvaffaqiyatli egallash uchun quyidagi jismoniy
tayyorgarlik jarayonlari muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

- Zarba berishda va harakatlanishda muvozanatni saqlash raqibdan ustun kelishning

muhim elementidir. Bokschining oyoq harakatlari va tana muvozanati yaxshi rivojlangan
bo‘lsa, uning jang taktikasini samarali bajarish imkoniyati oshadi.

- Bokschining ruhiy barqarorligi va konsentratsiya qobiliyati muvaffaqiyat uchun

zarurdir. Stressni boshqarish, motivatsiyani saqlash va jang davomida strategik fikrlash
bokschining ruhiy tayyorgarlik qismidir.

- Boksda kuch zarbalar samaradorligini ta’minlashda asosiy rol o‘ynaydi. Muskul kuchini

rivojlantirish bilan sportchi raqibga ko‘proq ta’sir qiluvchi zarbalarni bera oladi. Maxsus
mashqlar, masalan, og‘irlik bilan ishlash, plyometrik mashg‘ulotlar va dinamik kuchni
rivojlantirish usullari kuchni oshirishda qo‘llaniladi.

XULOSA

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ommaviy razryadli sportchilar va yuqori malakali sportchilar

o‘rtasida jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari hamda funksional imkoniyatlar darajasida
sezilarli farqlar mavjudligi aniqlangan. Xususan, portlovchan chidamlilik koeffitsienti va
indeksi, shuningdek, tezkorlik va kreotinfosfat ishlash ko‘rsatkichlari yuqori malakali
sportchilarda ancha yuqori ekanligi qayd etilgan. Bu esa yuqori malakali sportchilar
tayyorgarlik jarayonida qo‘llaniladigan metodik yondashuvlarning samaradorligini aks
ettiradi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

153

Aniqlangan natijalar shuni ko‘rsatadiki, ommaviy razryadli sportchilar jismoniy

tayyorgarligi ularning sport formasiga kirish jarayonida yetarli darajada rivojlanmaydi.
Xususan, bu sportchilarda portlovchan chidamlilik va tezkorlik kabi ko‘rsatkichlarning pastligi
tayyorgarlik jarayonida individual yondashuvning yetarlicha amalga oshirilmayotganini
ko‘rsatadi.

Masalan, tadqiqot davomida D. Bekbutaevning portlovchan chidamlilik koeffitsienti 3.10

ga, indeksi esa 17.43 ga teng bo‘lgan bo‘lsa, xalqaro toifadagi sportchi A. Xalakovda ushbu
ko‘rsatkichlar mos ravishda 1.15 va 10.32 ni tashkil qilgan. Shu bilan birga, A.
Mo‘ydinxo‘jaevning tezkor chidamlilik koeffitsienti 0.83, indeksi esa 1.92 ekanligi qayd etilgan.
Bu esa xalqaro toifadagi sportchilar funksional tayyorgarlik darajasi ancha yuqori ekanligini
ko‘rsatadi.

References:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 24.01.2020 yildagi PF-5924-sonli

“Jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi farmoni.
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.04.2021 yildagi PQ-5099-sonli “Boksni

yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
3.

R.D.Xalmuxamedov - Boks (o‘quv qo‘llanma). Toshkent 2008. 207-209 b.

4.

R.D.Xalmuxamedov, V.N.Shin, F.K.Turdiev, S.S.Tajibaev – Boks nazariyasi va uslubiyati

(darslik) – Toshkent 2016. 272-273, 294-302 b.
5.

S.S.Tajibaev, R.N.Abduhamidov, F.F.Nadjimov

-

Boks bo‘yicha ta’lim muassasalarida sport

to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish yuzasidan o‘quv dasturi va metodik tavsiyalar. Toshkent
2017. 168-195 b.
6.

M.M.Ibragimov - Bokschilarni bo‘lajak musobaqalarga umumiy va maxsus jismoniy

tayyorgarligini oshirishning o‘ziga xos xususiyatlar. Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar (2023 yil
№ 11) 132-134 b.
7.

R.Majidov – Bokschining irodaviy sifatlarini rivojlanganlik darajasini aniqlash (Ijodkor

o‘qituvchi jurnali. 5 may / 2024 yil / 39 –son) 103-105 b.
8.

Хожиев, Ш. . (2023). СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ И СРЕДСТВА ТЕХНИЧЕСКОЙ

ПОДГОТОВКИ ЮНЫХ ХОККЕИСТОВ. Евразийский журнал технологий и инноваций, 1(5
Part 2), 70–72. извлечено от

https://inacademy.uz/index.php/ejti/article/view/15259

9.

Tajibaev, S., Xojiyev S. (2023). XOKKEYCHINING ASOSIY TURISH HOLATI TEXNIK

HARAKATLARI BIOMEXANIK TAHLILI KO‘RSATKICHLARI. Scientific Bulletin of Namangan
State University, 819-827.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 24.01.2020 yildagi PF-5924-sonli “Jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.04.2021 yildagi PQ-5099-sonli “Boksni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.

R.D.Xalmuxamedov - Boks (o‘quv qo‘llanma). Toshkent 2008. 207-209 b.

R.D.Xalmuxamedov, V.N.Shin, F.K.Turdiev, S.S.Tajibaev – Boks nazariyasi va uslubiyati (darslik) – Toshkent 2016. 272-273, 294-302 b.

S.S.Tajibaev, R.N.Abduhamidov, F.F.Nadjimov - Boks bo‘yicha ta’lim muassasalarida sport to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish yuzasidan o‘quv dasturi va metodik tavsiyalar. Toshkent 2017. 168-195 b.

M.M.Ibragimov - Bokschilarni bo‘lajak musobaqalarga umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirishning o‘ziga xos xususiyatlar. Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar (2023 yil № 11) 132-134 b.

R.Majidov – Bokschining irodaviy sifatlarini rivojlanganlik darajasini aniqlash (Ijodkor o‘qituvchi jurnali. 5 may / 2024 yil / 39 –son) 103-105 b.

Хожиев, Ш. . (2023). СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ И СРЕДСТВА ТЕХНИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ ЮНЫХ ХОККЕИСТОВ. Евразийский журнал технологий и инноваций, 1(5 Part 2), 70–72. извлечено от https://inacademy.uz/index.php/ejti/article/view/15259

Tajibaev, S., Xojiyev S. (2023). XOKKEYCHINING ASOSIY TURISH HOLATI TEXNIK HARAKATLARI BIOMEXANIK TAHLILI KO‘RSATKICHLARI. Scientific Bulletin of Namangan State University, 819-827.