ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
117
GLOBALLASHUV DAVRIDA OMMAVIY MADANIYATNING YOSHLAR TA’LIM-
TARBIYASIGA TA’SIRI
Raxmatullayeva Ozoda Shaxriddinovna
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Ijtimoiy fanlar fakulteti Sotsiologiya yo’nalishi 4-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14698658
Annotatsiya:
Globallashuv jarayoni insoniyat uchun beqiyos yangi imkoniyalar bilan
birga kutilmagan muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Milliy o’zlik va ma’naviy
qadriyatlarga qarshi tahdid va xatarlar tobora ortmoqda. Faqar o’zini o’ylash, mehnatga,
oilaga yengil qarash, iste’molchilik kayfiyati turli yo’llar bilan, ayniqsa, yoshlar ongiga
ustamonlik bilan singdirilyapti. Muayyan xalqning madaniyati dastavval ushbu xalqning har
bir ijtimoiy tarixiy davrda yaratilgan moddiy va ma’naviy faoliyatining o’ziga xos tomonlari,
xususiyatlari, o’zaro aloqadorligi bilan belgilanadi. Aynan shuning uchun ham zamonaviy
texnik qurilmalarga asoslangan bugungi jahon madaniyatining muhim belgisi ommaviylikdir.
Kalit so’zlar:
Sotsiologiya, Globallashuv, yoshlar, ommaviy madaniyat, ijtimoiylashuv,
adoptatsiya, ijtimoiy stratifikatsiya, madaniyat.
Рахматуллаева Oзода Шахриддиновна
Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека
Факультет социальных наук направление Социологии студентка 4 курса
Аннотация:
Процесс глобализации порождает непредвиденные проблемы, а
также несравненные новые возможности для человечества. Возрастают угрозы и риски
против национального самосознания и духовных ценностей. Только эгоцентризм,
беззаботный взгляд на труд, семью, потребительские настроения по-разному,
особенно мастерски внедряются в умы молодежи. Культура того или иного народа
изначально определяется спецификой, особенностями, взаимосвязью материальной и
духовной деятельности этого народа, созданной в каждый общественно-исторический
период. Именно поэтому важным признаком современной мировой культуры,
основанной на современных технических устройствах, является популярность.
Ключевые слова:
социология, глобализация, молодежь, популярная культура,
социализация, адаптация, социальная стратификация, культура.
Rakhmatullayeva Ozoda Shakhriddinovna
National University of Uzbekistan
Faculty of Social Sciences Course of Sociology 4th year student
Annotation:
The process of globalization generates unforeseen problems, as well as
incomparable new opportunities for humanity. Threats and risks against national identity and
spiritual values are increasing. Only egocentrism, a carefree view of work, family, and
consumer attitudes are being introduced into the minds of young people in different ways,
especially masterfully. The culture of a particular nation is initially determined by the
specifics, peculiarities, and interrelationship of the material and spiritual activities of this
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
118
people, created in each socio-historical period. That is why popularity is an important feature
of modern world culture based on modern technical devices.
Key words:
sociology, globalization, youth, popular culture, socialization, adaptation,
social stratification, culture.
Ma’lumki, XXI asr - fan-texnika davri. G’arbdagi zamonaviy jamiyat va sharqona muhit
o’rtasidagi adoptatsion jarayonlarning turli ijtimoiy guruhlarga, turli aholi qatlamiga turlicha
ta’sirini yaqqol ko’rishimiz mumkin bo’lgan jamiyatda yashamoqdamiz. To’g’ri, globallashuv
davri tezlikni, moslashuvchanlikni talab qiladigan davr va biz buni inkor eta olmaymiz. Biroq
ommaviy madaniyat degan yana shunday kuchli oqim mavjudki, bu oqim o’z ichiga ijobiy
xususiyatlar bilan birga salbiy xarakterni ham jamlab oladi. Shu bois Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev:“Biz yaratayotgan Yangi O’zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm
g’oyasi bo’ladi. Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy
qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Ular xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va
qadriyatlariga asoslangan”,
1
- deya kuchli globallashuv jarayonining insoniyatga beqiyos ta’siri
haqida ta’kidlab o’tgan. Milliy mazmun va qiyofadan yiroq, rang-barang va turli shaklli, yengil
musiqa tarzidagi san’at asarlari, beandisha klip va reklamalar, saviyasi sayoz mijozlarga
mo’ljallangan –
ommaviy madaniyat
namunalaridir. Ommaviy madaniyatdan cheklashning
o’zi chekli holat hisoblanadi.
“Ommaviy madaniyat” nima o’zi? “Ommaviy madaniyat” ma’naviy tanazzulning
debochasidir. Targ’ibotchilarning asl maqsadi ham millatning tarixan rivojlanib kelayotgan
tub ildiziga bolta urish barobarida, ildizsiz daraxlarni yerga qulatish, mamlakat ertangi
kelajagi bo’lgan yoshlarni marginal holatga tushirishdir.
Ma’lumki, 1991-yil 20-noyabrda “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat
siyosatining asoslari to‘g‘risida” gi Qonunining qabul qilinishi esa respublikamizda
yoshlarning ijtimoiy va ma’naviy jihatdan yuksak darajada kamol topishiga qaratilgan davlat
siyosatining muhim yo‘nalishlarini belgilab berdi va uni amalga oshirishning qonuniy asosini
shakllantirdi. Bugungi kunga kelib esa aholi umumiy sonining 64% ni 30 yoshgacha bo‘lgan
yoshlar tashkil etadi. Shulardan 28% ni 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil
etmoqda.
2
Mamlakat aholisining katta qismini yoshlarning tashkil qilishi bu regressivlik
belgisi sanaladi. Shu jihatdan mamlakatimiz hududida yoshlarni ommaviy madaniyat
xurujlaridan har tomonlama (siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy) himoya qilish maqsadida
Prezidentimiz tomonidan 2016-yil 14-sentabrda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi
Qonunning qabul qilinishi amaliy isbot kasb etdi. Demak, mamlakat ertangi kuni sanalgan
yoshlarning turli oqimlarga qarshi kurashishini, ommaviy madaniyatning salbiy ta’siriga
tushmasligining oldini olish masalalarini ilmiy jihatdan o’rganish mavzuning dolrazbligini
o’zida ifodalaydi.
Aynan O’zbekiston hududida so’nggi yillarda ta’lim sifatini oshirishga oid qator
islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, maktab ta’limi jarayonlarida milliy o’zlikni anglash,
1
Shavkat Mirziyoyev “Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo’lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir” – 19.01.2021.
Prezident Matbuot Xizmati.
2
https://stat.uz/uz/component/search/
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
119
Vatanga bo’lgan muhabbatni kuchaytirish bilan bir qatorda turli terroristik, eksterimistik
oqimlarga qarshi immunitetni oshirish, kreativ fikrlashni shakllantirish, davr talabi bo’lgan
xorijiy tillarni zamonaviy metodlar orqali o’rganishga oid imkoniyatlar qatori kengaymoqda.
Mana shunday progressivlikka intilish jarayonida ommaviy madaniyatning salbiy ta’siri ham
o’z kuchini ko’rsatmoqda. Ommaviy madaniyat yoshlarni “o’zgacha” ko’rsatish orqali ularda
individual qiyofa shakllanishiga sabab bo’ladi. Ushbu shakllanish ko’rsatkichi shaxsiy erkinlik
va ijodkorlikni rivojlantirsa, boshqa tomondan noan’naviy xulq-atvorning shakllanishiga
sabab bo’lishi orqali yoshlar ta’lim-tarbiyasida o’z trayektoriyasini ko’rsatmoqda.
Ommaviy madaniyat yoshlar orasida noan’anaviy xulq-atvorning shakllanishidagi o’ziga
xos yangi mexanizmi – “ijtimoiy trendifikatsiya” fenomenini aniqlash va ushbu konseptsiya
natijasida nafaqat individual noan’anaviylikni rivojlantirish, balki uni ommaviy hodisaga
aylantirib, yoshlar orasida qabul qilinadigan yangi norma va qadriyat sifatida tanitish kuchini
ham o’zida aks ettirmoqda. Ommaviy madaniyat yoshlar orasida an’anaviy me’yor va
qadriyatlardan chiqishni qabul qildiruvchi, hatto rag’batlantiruvchi yangi “me’yorlar”
kiritmoqda. Bu jarayon orqali noan’anaviy xulq-atvor nafaqat iste’mol, balki yoshlarning
ijtimoiy me’yor rolida ham muhim o’rin egallamoqda. Musiqa, kino, moda va ijtimoiy
tarmoqlar orqali yoshlar jamiyatdagi “yangi normalarni” o‘zlashtirishmoqda va normativlar
keskin o’zgarmoqda. Bu jarayon ba’zan noan’anaviy xulq-atvorni (masalan, noodatiy kiyinish,
gender stereotiplarini buzish, individualizmga urg‘u berish) shakllantiradi. Ommaviy
madaniyat yoshlar uchun o‘zini namoyon qilishning yangi imkoniyatlarini taqdim etadi. Bu
jarayon orqali ular ommaviy madaniyat qahramonlari yoki submadaniyatlarning boshqa
vakillariga taqlid qiladi. Masalan, musiqiy submadaniyatlar (hip-hop, rock, k-pop), moda
tendensiyalari yoki mashhur blogerlarning hayot tarzi yoshlar xulq-atvorini boshqaruvchi
vositalarga aylanadi. Kommunikativ vositalar: ijtimoiy tarmoqlar, media va blogerlar yoshlar
o‘rtasida axborot tarqatishning asosiy manbasiga aylangan. Ommaviy madaniyat
ijtimoiylashuv jarayonini tezlashtirib, yoshlar o‘rtasida yangi ko‘nikmalar va odatlarni
shakllantiradi. Shu bilan birga, bu jarayon ba’zan individual xulq-atvordagi an’anaviy
me’yorlardan chetlanishga olib keladi. Ommaviy madaniyatning ayrim elementlari (noodatiy
moda uslublari, tanqidiy qarashlar yoki jamiyatdan chetlangan hayot tarzi) yoshlar xulq-
atvorida noan’anaviy yo‘nalishlarni shakllantiradi. Buning natijasida milliy va diniy
qadriyatlarga mos bo‘lmagan yangi xulq-atvor shakllari paydo bo‘ladi. Ommaviy madaniyat
yoshlar orasida individualizm va o‘ziga xoslikni namoyon qilishga urg‘u beradi. Bu jarayon bir
tomondan ijodkorlik va o‘zini namoyon qilish imkoniyatlarini oshirsa, boshqa tomondan,
ijtimoiy birdamlikning susayishiga olib keladi.
Ommaviy madaniyat yoshlar ijtimoiylashuvining ajralmas qismi bo’lib, ularning xulq-
atvori, dunyoqarashi va o’z-o’zini anglash jarayoniga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shunday bo’lsa-da,
bu jarayonda milliy va global qadriyatlar o’rtasida muvozanatni ta’minlash davlat siyosati,
ta’lim tizimi va ijtimoiy institutlar uchun dolzarb masala bo’lib qolmoqda va sotsiologiya
yo’nalishi doirasida yangi metodlar bilan o’rganilish darajasini talab qilmoqda, desak ham
mubolag’a bo’lmaydi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
120
References:
1.
Shavkat Mirziyoyev “Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo’lsa, uning joni va ruhi
ma’naviyatdir” – 19.01.2021. Prezident Matbuot Xizmati.
2.
https://stat.uz/uz/component/search/
3.
I.Kravchenko. Kulturologiya. O’quv-uslubiy qo’llanma – Moskva, 2005. 11-bet.
4.
Musayeva, S. I. (2023). PRINCIPLES OF DEVELOPMENT OF CADETS'INTERCULTURAL
COMMUNICATION COMPETENCE THROUGH ENGLISH LANGUAGE TEACHING. PEDAGOGICAL
SCIENCES AND TEACHING METHODS, 2(22), 46-50.
5.
Ibrohimovna, M. S. (2019). TECHNIQUES OF IMPROVING SPEAKING IN ESP CLASSES
FOR MILITARY. CONDUCT OF MODERN SCIENCE-2019, 139.
6.
Levit S.Y. Культурология как интегративная область знаний – Культурология XX
asr. Antologiya. Moskva-1995, 654-655 bet.
