SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
50
ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA
TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIMINI SAMARALI TASHKIL
ETISH YO‘LLARI
Abdunazarov Saidaxmat Abdumalikovich
JizPI, Iqtisodiyot va menejment kafedrasi dotsenti
Alixonov Shohsaid Tolmasjon o‘g‘li
Jizzax politexnika instituti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15852747
Annotatsiya:
oliy ta’lim muassasalarida talabalar mustaqil ta’limini tashkil
etish va uni nazorat qilish, ushbu jarayonning mazmuni, tamoyillari va shakllari,
ayniqsa sirtqi bo‘lim talabasi misolida mustaqil ish topshiriqlarining ahamiyati
va metodik asoslari yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
mustaqil ta’lim, mustaqil ish, ijodiy yondashuv, nazorat,
loyiha ishi, kompetensiya, malaka.
Annotation:
the organization and control of Independent Education of
students in higher educational institutions, the content, principles and forms of
this process, especially the importance and methodological foundations of
independent work assignments on the example of a student of the
correspondence Department, are covered.
Keywords:
Independent Education, independent work, creative approach,
control, project work, competence, competence.
Dunyo
miqyosida
rivojlangan
mamlakatlarning
nufuzli
ta’lim
muassasalarida ta’lim oluvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda mustaqil
ta’limni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi. Chunki hozirgi
globallashgan dunyoda keng qamrovli tafakkuri rivojlangan, mustaqil fikrlay
oladigan mutaxassislar zarur. Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarni mustaqil
fikrlashga o‘rganish asosiy o‘ringa ko‘tarilishi zamon talabidir. Yoshlarni ta’lim
olishga moyilligi, layoqatlari, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni kasbiy
faoliyatga tayyorgarligini oshirish uchun o‘quv amaliyoti fanlarni o‘qitish,
mustaqil va ijodiy ishlashlarini samarali tashkil qilish dolzarb vazifalardan biri
hisoblanadi. Professional ta’limning barcha bosqichlarida bo‘lajak mutaxassis
uchun mustaqil fikr yuritish asosiy talab bo‘lib qolishi kerak. Fikrlash yoki fikr
yuritish o‘quvchi aqliy faoliyatining, aql zakovatining, muomala maromining,
ongli xulq-atvorining yuksak shakli bo‘lib hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan
ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarning mustaqil ta’lim jarayonini
modellashtirishda kasbiy mobillik (academic mobility) va vaqt taqsimoti (time
management) va o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
51
kommunikatsiya texnologiyalarni qo‘llash va amaliyotga joriy etish
dolzarbligicha qolmoqda.
Xalqaro pedagogik tajribalarga ko‘ra, bo‘lajak mutaxassislarning mustaqil
ta’lim olish va o‘z ustida ishlash egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni
amaliyotda mustqil qo‘llay olish, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha malakasini
muntazam oshirib borish, o‘z sohasi bo‘yicha dunyo miqyosidagi yangiliklardan
doimo xabardor bo‘lish va ulardan o‘z faoliyati davomida foydalana olish,
innovatsion faoliyat olib borish ko‘nikmalari o‘quv amaliyotlarida shakllanadi.
Shu bois, o‘quv amaliyotlarida mustaqil ta’lim soatlari hajmini oshirish,
o‘quvchilarda tizimli tahlil qilish, tanqidiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini
shakllantirish, kasbiy kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan yangi
metodika va texnologiyalarni ishlab chiqish va keng joriy etish, o‘quv
jarayonining asosiy qismini amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan
o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan muntazam boyitib borish
orqali kasbiy va shaxsiy kompetentlikni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb
etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-
sonli “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2019-yil 6-sentyabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada
takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5812-sonli
Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-
avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta
maxsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy
hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 466-son Qarori hamda mazkur
faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni
amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat
qiladi.
Respublikamiz va xorijiy mamlakatlar olimlari tomonidan mustaqil ta’limni
rivojlantirish va kasbiy faoliyatga tayyorgarlik ko‘rishni takomillashtirish
borasida bir qancha ilmiy izlanishlar olib borilgan.
Mustaqil ta’lim - olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash,
qo‘shimcha ma’lumot yoki materialni mustaqil o‘rganish maqsadidagi o‘quv
shakli.
O‘quvchilarning mustaqil ishi (keyingi o‘rinlarda O‘MI) – bu o‘quvchining
o‘ziga xos o‘quv faoliyati bo‘lib, u didaktik topshiriqlarni mustaqil ravishda
bajarishga, o‘qishga qiziqtirishga va muayyan fan sohasida bilimlarni oshirishga
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
52
yo‘naltirilgan. O‘MI mazmuni mantiqiy fikrlashni, ijodiy faollikni, o‘quv
materialini o‘zlashtirishda tadqiqotchilik yondashuvini shakllantirishga imkon
beruvchi amaliy topshiriqlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Mustaqil ta’limning rivojlanishi, o‘quv adabiyotlariga bo‘lgan ehtiyojning
oshishi, Internet tarmoqlari orqali masofaviy ta’lim olish jarayonlarining
takomillashishi zamonaviy o‘quv adabiyotlariga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytiradi.
O‘quvchilarning mustaqil o‘z-o‘zini rivojlantirishi avvalo zamonaviy axborot
telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish ko‘nikmalarni egallashi bilan
baholanadi. Bunda o‘quvchilar ta’lim resurslaridan foydalanishda Internetdan,
elektron kutubxonadan foydalangn holda ilmiy ta’limiy axborot resurslaridan
foydalanishni, axborot qidiruv tizimini to‘g‘ri tashkillashtirishni, kitobxonlik
madaniyati shakllangan bo‘lishi lozim.
Ta’lim resurslari bilan mustaqil ishlashning kirish va tayyorgarlik
bosqichida o‘quvchilar nimani va nima uchun qilishlari kerakligi, boshqacha
aytganda, ushbu o‘quv faoliyatining maqsadlari va ularga qanday erishish
kerakligini tushunishlari kerak.
O‘quvchilarda mustaqil ishlash faoliyatida ularning mustaqillik darajalari 3
xil ko‘rsatkich asosida belgilanadi:
1. Reproduktiv shakldagi o‘z-o‘zini anglash (o‘tilgan materiallarni
takrorlash, topshiriqlarni bajarish va boshqalar) ijodiy bilim olish va
o‘zlashtirish jarayonining birinchi darajasidir.
2. Ijodiy mustaqillikning ikkinchi darajasi - ilgari o‘rganilgan va yangi
materialni birlashtirish hisoblanadi. Ikkinchi bosqich mustaqillikning yuqori
darajasiga xos bo‘lib, tanlangan material olingan axborotni qayta ishlash va tahlil
qilishning yangi usullari bilan bog‘lanadi va qayta tiklanadi.
3. Keyingi, yuqori darajadagi ijodiy mustaqillik darajasi, o‘quvchining o‘z
oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal qilishi, yangi bilimlarni o‘zlashtirishi va
ma’lumotni izlash, tanlash va o‘rganishning qulay usullaridan foydalangan holda
yangi ko‘nikmalarni egallashi bilan belgilanadi. Mustaqil ta’limning eng yuqori
darajasi muammolarni mustaqil ravishda shakllantirish va ularni mustaqil hal
qilishga intilish bilan belgilanadi.
Oxirgi darajaga erishish uchun birinchi ikkita daraja o‘zlashtirilgan bo‘lishi
kerak. Mustaqil ishlashning barqaror ko‘nikmalariga ega bo‘lish jarayoniga
ijodiy fikrlash ham kiradi. Ijodiy fikrlashning namoyon bo‘lishi uchun iste’dod
talab qilinadi, bilim olish, qiziqtirgan muammoni o‘rganish jarayoni ijodkorlik va
fikrlash bilan bog‘liq bo‘lib, ijodiy fikrlash ko‘nikmasi shakllanadi.
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
53
Biz talaba shahsini shakillashtirishda ularning eng avvalo ijodiy izlanishga
o‘rgatish tadqiqot yoki uslubiy faoliyat bilan shug’ullanishga zamin yaratish,
nutqini rivojlantirish, ijod qilish salohiyatini yahshilanishiga erishishimiz joizdir.
Buning uchun oliy talimda oquv predmeti fan dasturini ishlab chiqishda
mustaqil ishlar mavzularini quiydagi mezonlar asosida belgilash maqsadli bo‘lar
edi:
- Mustaqil ish mavzulari o‘quv predmeti tayanch mavzularining bittasini
yoki bir nechtasida yoritilgan malumotlar asosida yechimi bor muammolarga
tayangan holda tuzilishi.
- Konkret bir yoki kichik-kichik bir nechta muammolar ko‘tarilishi, yechim
yo`li profilaktikasi yoritilishi.
- Albatta tajriba, labaratoriya sinov yoki boshqa amaliyotga asoslanishi.
- Hulosa qismida o‘zi uchun o‘zlashtirgan bilimni qisqa lo‘nda bayon etilishi.
- Kichik ixtiro yoki kashfiyotlar (o‘xshamagan bo‘lsa ham) kiritilishi kabi
qator qiziqarli faoliyatlar, misollar, masalalar va boshqalar.
Talabalarga o‘quv jarayonining amaliy, labarator va seminar
mashg‘ulotlarida turli kazuslar yechimi, o‘quv-texnologik vazifalarni yuklanishi,
muammoli materiallarni yechimini topish orqali uslubiy yangiliklar kiritilgan
kichik mustaqil ishlarni belgilash bugungi kunda o‘z samarasini bermoqda.
Ta’lim berishning innovatsion uslublarini yaratish bilan birgalikda, mustaqil
ta’lim olishning ham mavzuviy, ham uslubiy yondashuvini talabalarga erkin
yoritish imkonini berish samaraliroq hisoblanadi.
Mustaqil ishlar konkret belgilangan standartlardan xoli bo‘lishi, ularning
mazmunan va usluban qolipga solinishi mustaqil ishlarni plagiat asosida amalga
oshishiga olib keladi.
Talaba mustaqil ish bajarishi uchun eng avvalo tanlov asosida mavzuni o‘zi
tanlashi, albatta o‘qituvchi tomonidan ishning borishi zasidan tavsiya va
maslahatlar olishi lozim.
Mustaqil ish hajmi mavzuning oddiy va murakkabligidan kelib chiqishi,
unga turli ilovalarni majburiy tarzda kiritilmasligi, yoritilish erkinligi, (talaba
hohlasa ilmiy rasm sifatida chizib bersin) muaiyan labaratoriya, tajriba
natijasiga tayanilishi lozim.
Bugungi kunda oliy ta’lim tizimida mustaqil ta’lim soatlari ulushini kamligi,
talabalarda mustaqil ta’lim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish,
tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllanmaganligi, o‘quv jarayonida talabalarda
tashkilotchilik qobiliyati, kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
54
va texnologiyalarni joriy etish zamon talabiga mos kelmasligi asosiy muammolar
qatoriga kiradi.
Shunday ekan, oliy ta’lim tizimida mustaqil ta’lim soatlari ulushini oshirish,
talabalarda mustaqil ta’lim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish,
tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘quv jarayonida kompetensiyalarni
kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, o‘quv
jarayonini amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirish, bu borada o‘quv
jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik
texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarni keng joriy etish
bugungi kunning asosiy vazifalaridan biridir.
Zamonaviy sharoitda ta’lim jarayonining barcha imkoniyatlariga ko‘ra
shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy
fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilishi talab qilinmoqda. Yuksak
malakali mutaxassislarni iste’molchilar talablariga qarab tayyorlanishi,
talabalarni tanlagan ixtisosliklari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini
shakllantirilishi mustaqil ravishda bilim olishga va amaliy faoliyatga o‘rgatilishi
ta’minlanishi kerak.
Mustaqil talimning sirtqi bo‘lim talabasi tomonidan amalga oshiriladigan
qismi esa mutlaqo boshqa, yani mazkur faoliyat talabaning bilim olishi uchun
asosiy manba hisoblanadi. Sirtqi bo‘lim talabasi fanning asosiy qismini aynan
mustaqil tarzda o‘rganishi lozim. Talabalarning mazkur faoliyatini onlayn tarzda
doimiy nazoratini tashkil etish kelajakda masofaviy ta’limning rivojlanishiga
ko‘mak beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.Gaybullayevna, R. S. ., & Musurmangulov. (2024). THE IMPORTANCE OF TIME
MANAGEMENT IN ENSURING EFFICIENCY IN CONSTRUCTION. JOURNAL OF
ECONOMY, TOURISM AND SERVICE, 3(1), 28–31.
2.Gaybullayevna, R. S. (2023). THE STATE OF THE DIGITAL ECONOMY TODAY:
PROBLEMS AND SOLUTIONS. JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM AND SERVICE,
2(12), 38-42.
3.Sharifa, R., & Ilyos, T. (2023). PRINCIPLES OF SCIENTIFIC MANAGEMENT IN
MANAGEMENT. Новости образования: исследование в XXI веке, 2(16), 1097-
1100.
4.Sharifa, R., & Sayyora, M. (2023). HISTORY OF EMERGENCE OF MANAGEMENT
AND ITS PLACE TODAY. Новости образования: исследование в XXI веке,
2(16), 1093-1096.
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
55
5.Sharifa, R. (2023). DIRECTIONS FOR INCREASING INVESTMENT
ATTRACTIVENESS IN REGIONS. Новости образования: исследование в XXI
веке, 2(16), 1088-1092.
6.Sharifa, R., & Nozima, T. (2023). QUALITY MANAGEMENT IN COMPETITIVE
CONDITIONS IS THE MAIN FACTOR OF ENTERPRISE SUCCESS. SCIENTIFIC
APPROACH TO THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 2(20), 200-203.
7.Sharifa, R., & Mahliyo, K. (2023). ORGANIZATIONAL STRUCTURE OF
ENTERPRISES AND THEIR APPEARANCES. JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM
AND SERVICE, 2(5), 77-83.
8.Gaybullayevna, R. S. (2023). WOMEN'S ENTREPRENEURSHIP IS A FACTOR OF
INCREASE IN OUR COUNTRY'S ECONOMIC WELFARE AND SOCIAL
DEVELOPMENT. JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM AND SERVICE, 2(5), 73-76.
