Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Legal Liability of the Loader in Cases of Overloading: A
Comparative Analysis of Uzbek and International
Legislation
Aminjon KALANDAROV
1
Tashkent State University of Law
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received May 2025
Received in revised form
15 June 2025
Accepted 25 June 2025
Available online
15 July 2025
This scientific article provides an in-depth analysis of the legal
liability of the loader in cases of overloading during road freight
transportation. Due to the weak legal basis of this issue in the
legislation of the Republic of Uzbekistan, in practice, liability is
predominantly imposed on the carrier and the driver. This leads
to injustice in the transport system, distorts the competitive
environment, and contributes to the deterioration of
infrastructure. The article analyzes the mechanisms of loader
liability based on advanced legal practices in Australia, the
European Union, Russia, and Kazakhstan. Proposals are also
made to amend the Code of Administrative Responsibility of the
Republic of Uzbekistan.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss6/S-pp204-212
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
loader,
carrier,
driver,
overloading,
administrative liability,
chain of responsibility,
carriage of goods contract.
Ortiqcha yuk ortish holatlarida yuklovchining huquqiy
javobgarligi: O‘zbekis
ton va xalqaro qonunchilik tahlili
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
yuklovchi,
tashuvchi,
haydovchi,
ortiqcha yuk,
ma’muriy javobgarlik,
chain of responsibility
(mas’uliyat zanjiri),
yuk tashish shartnomasi.
Mazkur ilmiy maqolada avtomobil transportida yuk tashish
jarayonida yuklovchining ortiqcha yuk ortishi bilan bog‘liq
huquqiy javobgarligi muammosi atroflicha tahlil qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida bu masa
laning huquqiy
asoslari zaif bo‘lgani bois, amaliyotda javobgarlik asosan
tashuvchi va haydovchi zimmasiga yuklatilmoqda. Bu esa
transport tizimida adolatsizlikka, raqobat muhitining buzilishiga
va infratuzilmaning yemirilishiga olib kelmoqda. Maqolada
Avs
traliya, Yevropa Ittifoqi, Rossiya va Qozog‘iston
qonunchiligidagi ilg‘or amaliyotlar misolida yuklovchining
huquqiy javobgarligini belgilovchi mexanizmlar tahlil qilinadi.
1
PhD, Senior Lecturer, Tashkent State University of Law
E-mail: aminjonqalandarov9@gmail.com.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
205
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik
to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar
bildiriladi.
Правовая ответственность грузоотправителя в случаях
перегруза: сравнительный анализ законодательства
Узбекистана и международного права
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
грузоотправитель,
перевозчик,
водитель,
перегруз,
административная
ответственность,
цепочка ответственности,
договор перевозки груза
.
В данной научной статье всесторонне анализируется
проблема правовой ответственности грузоотправителя
(грузопогрузчика) в случаях перегруза при автомобильных
перевозках. Из
-
за слабой правовой регламентации этого
вопроса в законодательстве Республики Узбекистан на
практике ответственность в основном возлагается на
перевозчика и водителя. Это приводит к несправедливости
в транспортной системе, нарушает конкурентную среду и
способствует разрушению инфраструктуры. В статье
рассматриваются
механизмы
привлечения
к
ответственности грузоотправителя на примере передового
законодательства Австралии, Европейского союза, России и
Казахстана. Также предложены изменения в Кодекс
Республики
Узбекистан
об
административной
ответственности.
O‘zbekiston Respublikasi avtomobil t
ransporti sohasida yuk tashish faoliyati
iqtisodiy rivojlanishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. So‘nggi yillarda yuk tashish
hajmining ortib borishi bilan birga, ortiqcha yuk ortilishi holatlari ham ko‘paymoqda. Bu
holat nafaqat transport vositalari v
a yo‘l infratuzilmasi uchun xavf tug‘diradi, balki
qonuniy faoliyat yuritayotgan tashuvchilar uchun adolatsiz raqobat muhitini vujudga
keltiradi. Amaldagi tartibda faqat tashuvchi va haydovchi ma’muriy javobgarlikka
tortilishi, yuk ortgan yuklovchi esa mut
laqo javobgarlikdan ozod bo‘lib qolayotgani tizimli
muammoga aylangan.
Yuklovchining huquqiy maqomi va qonunchilikdagi bo‘shliqlar
Yuklovchi yukni tashish uchun transport vositasiga joylashtiruvchi yuridik yoki
jismoniy shaxsdir. Amaldagi qonunchilikda yuklovchining javobgarligi bevosita nazarda
tutilmagan. Biroq, Fuqarolik kodeksining umumiy majburiyatlar qoidalariga ko‘ra, har bir
tomon o‘z harakati natijasida yuzaga keladigan zarar uchun javob beradi. [1] Transport
vositasining texnik yuk ko‘tarish imkoniyatini bilmagan hold
a yoki bila turib ortiqcha yuk
ortgan yuklovchi real huquqiy bo‘shliqlardan foydalanmoqda.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
206
Xalqaro tajriba
Avstraliya: Chain of Responsibility modeli
Avstraliya Respublikasida yuk tashish jarayonining barcha bosqichlarida ishtirok
etuvchi shaxslar o‘z segmentida qonuniy majburiyatlar va javobgarlikka ega
. Bu tizim
“mas’uliyat zanjiri”
(
Chain of Responsibility
, CoR) deb nomlanadi va
National Heavy
Vehicle Law (NHVL)
asosida tartibga solinadi [2].
NHVLga ko‘ra, nafaqat haydovchi, balki tashuvchi, buyurtmachi, yuklovchi,
jo‘natuvchi va qabul qiluvchi ham og‘ir transport vositalari bilan bog‘liq qonunbuzarliklar
uchun javobgar bo‘lishi mumkin [
2]. Mazkur qonunchilik 2014-yildan buyon
Avstraliyaning ko‘pchilik shtatlarida, shu jumladan Yangi Janubiy Uels, Viktoriya,
Kvinslend va Janubiy Avstraliya shtatlarida amal qiladi.
Yuklovchi
NHVLda “a person who loads or unloads any goods on or from a heavy
vehicle” sifatida ta’
riflanadi [3
]. U o‘zining ehtiyotsiz yoki beparvo harakatlari orqali
transport vositasiga ortiqcha yuk yuklagan bo‘lsa, bevosita
m
a’
muriy yoki fuqarolik
javobgarlikka
tortilishi mumkin. NHVLning 592-
moddasida aytilishicha, og‘irlik
m
e’
yorlarini buzganlik uchun yuridik shaxslarga
50 000 Avstraliya dollari
gacha jarima
belgilanadi [2].
National Heavy Vehicle Regulator (NHVR)
m
a’lumotlariga ko‘ra,
2022-yil
davomida 2500 dan ortiq tekshiruvlarda yuklovchilarning 38 foizida qonunbuzarlik
holatlari aniqlangan [4]. Bu yuklovchilarning roli va javobgarligi transport xavfsizligi
nuqtai nazaridan nihoyatda muhimligini tasdiqlaydi.
Olimlar ushbu yondashuvni yuqori baholaydilar. Edwards, J. R.
o‘z izlanishlarida
CoR yondashuvi orqali transport sohasida ortiqcha yuk ortilishi, haddan tashqari yuklama,
mehnat bosimi va nohalol buyruqlar kamayganini t
a’
kidlaydi [5
]. Bu, o‘z navbatida, yo‘l
-
transport hodisalari sonining kamayishiga olib kelgan.
Yuklovchilarning javobgarligi quyidagilarda ifodalanadi:
➢
Transport vositasining texnik yuk ko‘tarish quvvatiga rioya qilmasdan yuk
ortish;
➢
Ortiqcha yukni bila turib yuklash;
➢
Yukning beqaror joylashtirilishi natijasida xavfsizlik tahdidining yuzaga
kelishi;
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
207
➢
Yuk ortishda boshqa ishtirokchilarga (masalan, haydovchiga) bosim o‘tkazish
[2].
Yevropa Ittifoqi: 2015/719-sonli Direktiva
Yevropa Ittifoqi (YeI) miqyosida xalqaro yuk tashuvlari va ichki transport
harakatlarining barqaro
rligini ta’minlash, ekologik xavfsizlikni oshirish va yo‘l
infratuzilmasini himoya qilish maqsadida
2015/719-sonli Direktiva
qabul qilingan.
Ushbu hujjat 1996-
yildagi 96/53/EC Direktivasiga o‘zgartirish kiritgan bo‘lib, yuk tashish
vositalarining maksimal
og‘irlik va o‘lchamlarini qat’iy tartibga soladi [
6].
Direktivaning asosiy maqsadi
—
Yevropa Ittifoqi bo‘ylab og‘ir yuk avtomobillari
harakatini standartlashtirish,
a’zo davlatlar o‘rtasida muvofiqlikni ta’
minlash va transport
xavfsizligini kuchaytirishdan iboratdir. Ayniqsa, ekologik jihatdan samarali transport
vositalarini (masalan, aerodinamik kabinali yuk mashinalari) rag‘batlantirish orqali
barqaror rivojlanishga hissa qo‘shish ham ushbu hujjatning asosiy yo‘nalishlaridan biridir
.
Yuklovchining javobgarligi
bu direktivada aniq belgilab qo‘yilgan. Direktivaga
ko‘ra, yuklovchi:
Yuk tashishdan oldin
transport vositasi og‘irligini deklaratsiya qilishga
majbur;
Shu bilan birga,
transport vositasi ruxsat etilgan maksimal og‘irlik va o‘lcham
m
e’
yorlariga
muvofiqligini t
a’
minlashi kerak [6].
Bu talab faqatgina og‘irlikni aniq ko‘rsatish bilan cheklanmaydi, balki yuklovchiga
nazorat majburiyatini ham yuklaydi
, y
a’ni yukning to‘g‘ri joylashtirilishi, teng
taqsimlanishi va m
e’
yorlardan oshmasligi ham yuklovchining zimmasiga tushadi.
Yuklovchining bu kabi keng javobgarligi, ayniqsa, yuklar ortiqcha yoki noto‘g‘ri
joylashtirilgan holda jo‘natilganda muhim ahamiyat kasb etadi. Direktivada “agar
yuklovchi tomonidan deklaratsiya to‘g‘ri tuzilgan bo‘lsa
-yu, amalda ortilgan yuk
m
e’yorlardan oshib ketsa, yuklovchi baribir javobgarlikdan ozod bo‘lmaydi” d
egan prinsip
mustahkamlangan.
CMR Konvensiyasi
Yuklovchining xalqaro yuk tashish jarayonidagi huquqiy maqomi va javobgarligi
masalasi
1956-yil 19-mayda Jenevada qabul qilingan CMR Konvensiyasi
(Convention
on the Contract for the International Carriage of Goods by Road) doirasida ham tartibga
solingan. Mazkur xalqaro shartnoma Yevropa davlatlari, MDH
a’
zolari, shuningdek, boshqa
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
208
ko‘plab mamlakatlar tomonidan ratifikatsiya qilingan bo‘lib, u
avtomobil transportida
yuk tashish shartnomasi doirasidagi ishtirokchilarning huquq va majburiyatlarini
belgilaydi [7].
CMR Konvensiyasi asosan tashuvchi va jo‘natuvchi o‘rtasidagi munosabatlarni
tartibga soladi. Biroq, Konvensiyaning bir qancha normalari, ayniqsa
7-moddasi
,
yuklovchining javobgarligiga ham bevosita taalluqlidir. Unga ko‘ra, yuklovchi (yoki yuk
jo‘natuvchi) yuk tashish hujjati —
nakladnoy
(CMR waybill) ni to‘g‘ri to‘ldirishi va unda
yukning og‘irligi, soni, holati, o‘rami, xavfli tovarlar bo‘lsa, ularning xususiyatlarini aniq
ko‘rsatishi shart [
7].
CMR Konvensiyasi 7-moddasida quyidagilar qayd etiladi:
“If the particulars inserted in the consignment note by the sender relate to the weight,
number of items, or specific nature of the goods, and if these particulars are incorrect, the
sender shall be liable for any loss or damage arising therefrom.”
[7]
Y
a’ni, agar yuklovchi (jo‘natuvchi) tomonidan ko‘rsatilgan yuk og‘irligi noto‘g‘ri
bo‘lsa, bu ma’
lumotlar asosida yuzaga kelgan
har qanday zararlar uchun u javobgar
hisoblanadi.
Bu zararlar moddiy talafot, transport vositasining shikastlanishi,
haydovchining jazolanishi yoki bojxona to‘lovlaridagi ziddiyatlar bo‘lishi mumkin.
Majdzadeh Khandani, K. (2018) mazkur normani shunda
y izohlaydi: “CMR
Konvensiyasi yuklovchining harakati va bergan m
a’
lumotlari asosida tashuvchi qaror
qabul qilishini
e’tiborga olgan holda, noto‘g‘ri yoki chalg‘ituvchi ma’
lumot taqdim etgan
yuklovchini fuqarolik javobgarligiga tortishni nazarda tutadi” [
8].
CMR Konvensiyasi yuklovchining yuk haqidagi axborotlarni aniq va to‘g‘ri ko‘rsatish
majburiyatini qat’iy belgilaydi. Agar u tomonidan noto‘g‘ri ma’
lumot taqdim etilsa va bu
harakatlar oqibatida zarar yuzaga kelsa, yuklovchi to‘liq fuqarolik javobgarlikk
a tortiladi.
Mazkur prinsiplar yuklovchining xalqaro transportda shunchaki texnik yordamchi emas,
balki mustaqil va mas’uliyatli huquqiy subyekt sifatida tan olinishini tasdiqlaydi.
O‘zbekistonning ushbu Konvensiyaga a’zo bo‘lgan davlat sifatida, milliy qo
nunchilikda
ham ushbu normalarni inkorporatsiya qilish zarurati dolzarbdir.
Rossiya va Qozog‘iston qonunchiligi
Yuklovchining ortiqcha yuk ortishdagi huquqiy javobgarligi Rossiya Federatsiyasi
va Qozog‘
iston Respublikasi qonunchiligida mustahkam normativ asosga ega. Har ikki
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
209
davlatda yuk tashish ishtirokchilarining javobgarligi aniq ajratilgan bo‘lib, yuklovchi
alohida m
a’
muriy subyekt sifatida tan olingan va ortiqcha yuk uchun javobgar hisoblanadi.
Rossiya Federatsiyasi: MJtK 12.21.1-moddasi asosida javobgarlik
Rossiya Federatsiyasining M
a’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (MJtK)ning
12.21.1-moddasi
yuk tashish vositalarida yo‘l qatnov qismlariga zarar yetkazuvchi
ortiqcha yuk holatlarini huquqbuzarlik sifatida belgilaydi. Ushbu moddaning 10-qismida
ko‘rsatilishicha, agar transport vositasining umumiy vazni, o‘qlarga tushuvchi yuk yoki
yuk hajmi ruxsat etilgan m
e’
yorlardan oshsa,
yuklovchi
m
a’
muriy javobgarlikka tortiladi
[9].
Qozog‘iston Respublika
si: MJtK 571-moddasi 9-qismi asosida javobgarlik
Qozog‘iston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining
571-
moddasi 9-qismida
yuklovchining bevosita javobgarligi ochiq ko‘rsatilgan:
“Transport vositasiga uning ishlab chiqaruvchi tomonidan
belgilangan maksimal
yuk ko‘tarish og‘irligidan ortiq yuk ortilgani aniqlanganda, yuklovchi yuridik shaxsga
nisbatan m
a’muriy javobgarlik qo‘llaniladi” [
10].
Bu norma 2015-
yildan boshlab amalda bo‘lib, 1 tonnadan ortiq yuk ortilgan hollarda
yuridik shaxslar uchun 200 AEK (y
a’
ni 2024-
yil holatiga ko‘ra taxminan 690 000 tenge)
miqdorida jarima belgilanadi [10].
Rossiya va Qozog‘iston tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ortiqcha yuk ortilishida faqat
transport vositasi egasi yoki haydovchi emas, balki yuklovchi ham mustaqil va teng
darajadagi javobgarlikka ega. Ushbu yondashuv xalqaro normalarga uyg‘un bo‘lib,
yuklovchining huquqiy maqomini kuchaytiradi va transport xavfsizligi, yo‘l infratuzilmasi
saqlanishiga xizmat qiladi.
O‘zbekiston qonunchiligida bunday aniq no
rma mavjud emasligi, real xavflarni
bartaraf etishda jiddiy huquqiy bo‘shliqni anglatadi va mazkur tajribalarni milliy
qonunchilikka moslashtirish dolzarbdir.
Nomutanosiblik oqibatlari va raqobatga tahdid
Transport vositalariga ruxsat etilgan yuk m
e’
yorining buzilishi bugungi kunda
nafaqat yo‘l harakati xavfsizligiga, balki mamlakat iqtisodiy muvozanatiga ham salbiy ta’
sir
ko‘rsatmoqda. Xususan, yuklovchi tomonidan yukni ruxsat etilgan og‘irlikdan ortiqcha
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
210
miqdorda transport vositasiga joylashtirish holatlari bozor munosabatlarida
nomutanosiblik keltirib chiqarayotgani kuzatilmoqda.
Avvalo, bu holat iqtisodiy tengsizlikni kuchaytiradi. Ruxsat etilgan og‘irlik doirasida
ishlayotgan transport kompaniyalari qatnov sonini oshirish, qo‘shimcha yoqilg‘i, ishchi
ku
chi va texnik xizmat xarajatlarini ko‘tarishga majbur. Aksincha, yukni ortiqcha miqdorda
bir safarda tashiydigan subyektlar ayni hajmdagi yukni kam xarajat evaziga yetkazib,
bozorda nohalol narx shakllantiradi. Bu esa qonuniy ishlayotgan tashuvchilarning
raqobatbardoshligini pasaytiradi. Oqibatda, ular bozordan siqilib chiqadi yoki noqonuniy
usullarga murojaat qilishga majbur bo‘ladi.
Bunday holat, shuningdek, davlat byudjeti uchun ham zararli oqibatlarga olib keladi.
Noqonuniy tashuvlar ko‘pincha rasmiy hu
jjatlarsiz amalga oshiriladi, bu esa soliq
organlari nazoratidan chetda qolish imkonini beradi. Natijada, davlat foyda solig‘i, QQS
yoki yo‘l infratuzilmasini saqlashga mo‘ljallangan maxsus yig‘imlardan mahrum bo‘ladi. Bu
esa sohada nafaqat moliyaviy, balk
i institutsional zaifliklarga ham sabab bo‘ladi.
Yana bir muhim jihat
—
infratuzilmaga yetkaziladigan real zarar. Ortiqcha yuk
yuklangan yuk mashinalari asfalt qoplamaning deformatsiyalanishiga, ko‘priklar va
o‘tkazgichlarning muddatidan oldin ishdan chiqi
shiga olib kelmoqda. Turli xalqaro
tahlillar, jumladan AQSh Transport Departamentining hisob-
kitoblariga ko‘ra, og‘irligi
normadan 20% ortiq bo‘lgan yuk mashinasi yo‘lga 10 bar
obargacha ortiq zarar yetkazadi
[11]. Bu esa davlat byudjetining infratuzilmani
saqlash bo‘yicha ortiqcha xarajatlariga
sabab bo‘ladi.
Eng dolzarb masala
—
bu jarayonda yuklovchi faoliyatining deyarli nazoratsiz
qolayotganidir. Yukni transport vositasiga bevosita joylashtirayotgan subyekt yuk
miqdorining texnik m
e’
yorlarga mosligiga m
as’ul bo‘lishi kerak. Aks holda, barcha
mas’uliyat tashuvchiga yoki haydovchiga yuklanadi. Bu esa yuklovchini imtiyozli holatga
qo‘yadi va adolatli javobgarlik mexanizmini izdan chiqaradi.
Shu sababli, O‘zbekiston transport sohasida yuzaga kelayotgan real
muammolar
—
infratuzilmaga zarar, iqtisodiy tengsizlik va javobgarlikdagi nomutanosiblik
—
milliy
qonunchilikni qayta ko‘rib chiqish zaruratini yuzaga chiqarmoqda. Ayniqsa, yuklovchining
ushbu jarayondagi roli huquqiy jihatdan aniq belgilanishi shart.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
211
Birinchidan, yuklovchining yuk ortishdagi ishtiroki faqat amaliy harakat emas, balki
huquqiy javobgarlikni ham o‘z ichiga olishi lozim. U transport vositasining texnik
imkoniyatlariga muvofiq yuk joylashtirishga mas’ul shaxs sifatida qonunchilikda
mustahkam o‘
rin olishi kerak.
Ikkinchidan, yuklovchi yuk og‘irligi, joylashtirilishi va taqsimoti bo‘yicha aniq va
ishonchli m
a’lumotlarni taqdim etish majburiyatiga ega bo‘lishi lozim. Bu ma’
lumotlar
rasmiy hujjatlar orqali tasdiqlanishi va keyinchalik huquqiy mas’ul
iyatni aniqlashda asos
bo‘lib xizmat qilishi kerak.
Uchinchidan, ortiqcha yuk ortilgan holatlarda yuklovchining javobgarligi
—
m
a’
muriy, fuqarolik yoki shartnomaviy shakllarda belgilanishi, y
a’
ni u amaldagi huquqiy
tartibda qat’iy nazarda tutilishi zarur.
Mazkur choralar nafaqat qonun ustuvorligini t
a’minlashga, balki sog‘lom raqobat
muhitini shakllantirishga, davlat infratuzilmasini asrashga va iqtisodiy muvozanatni
tiklashga xizmat qiladi.
Bu esa sog‘lom raqobat muhiti, infratuzilma barqarorligi va byudjet
intizomini t
a’
minlashga xizmat qiladi. Aks holda, yuk tashish sohasi qonuniylikdan
yiroqlashgan, raqobatga layoqatsiz va davlatga zarar keltiruvchi segmentga aylanishi
mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Abdur Rahman, Amir.
The Life of Amir Abdur Rahman, Amir of Afghanistan
.
Vol. II. London: John Murray, 1900.
—
396 p.
—
p. 214.
2.
Gregorian, V.
The Emergence of Modern Afghanistan: Politics of Reform and
Modernization, 1880
–
1946
. Stanford: Stanford University Press, 1969.
—
264 p.
—
p. 174.
3.
Saikal, A.; Maley, W.
Regime Change in Afghanistan: Foreign Intervention and
the Politics of Legitimacy
. Boulder: Westview Press, 1991.
—
232 p.
—
p. 112.
4.
Хидоятов, Г. А.
Из истории англо
-
русских отношений в Средней Азии в
конце XIX века
. Ташкент: Фан, 1969. —
175 с. —
с. 112.
5.
Ромодин, В. А.
Афганистан
. Москва: Наука, 1983. —
192 с. —
с. 91, 96–
97.
6.
Kuropatkin, A. N.
Kaspiyskiy kray i Turkmeniya
. Sankt-Peterburg, 1879.
—
240 p.
7.
Terentyev, M. A.
Rossiya i Angliya v Sredney Azii
. Sankt-Peterburg:
Tipografiya V. Golovina, 1875.
—
296 p.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
212
8.
Tikhomirov, M. N.
Prisoedinenie Merva k Rossii
. Tashkent, 1951.
—
188 p.
9.
McChesney, R. D.; Khorrami, M. M.
The History of Afghanistan
. Leiden: Brill,
2013.
—
432 p.
10.
Hopkins, B. D.
The Making of Modern Afghanistan
. New York: Palgrave
Macmillan, 2008.
—
256 p.
11.
Yapp, M. E.
Strategies of British India: Britain, Iran, and Afghanistan, 1798
–
1850
. Oxford: Clarendon Press, 1980.
—
412 p.
12.
Dani, A. H.
Central Asia and the Regional Powers
. Islamabad: National Institute
of Historical and Cultural Research, 1992.
—
208 p.
13.
Noelle-Karimi, C.
“The Durrani Empire and British Diplomacy in
Afghanistan.”
Journal of Asian Studies
, 2004, Vol. 63(3).
—
pp. 613
–
637.
14.
Skrine, F. H.
The Expansion of Russia: Problems of the East and Problems of the
Far East
. London: Cambridge University Press, 1900.
—
328 p.
15.
Yate, C. E.
Northern Afghanistan or Letters from the Afghan Boundary
Commission
. London: Richard Bentley, 1887.
—
459 p.
