Авторы

  • Аминжон Каландаров
    Преподаватель, Кафедра бизнес-права, Ташкентский государственный юридический университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss10/S-pp453-459

Ключевые слова:

краудфандинг исламский краудфандинг краудфандинг на благотворительной основе беспроцентное финансирование

Аннотация

Появление инновационных цифровых финансовых технологий превратило благотворительный краудфандинг в эффективный инструмент, дополняющий традиционные механизмы сбора средств. В последние годы краудфандинг привлек внимание во всем мире как альтернативный способ финансирования бизнес-инициатив и социальных проектов. Несмотря на перспективный рост благотворительных проектов, реализуемых через краудфандинговые платформы, для исламского благотворительного краудфандинга все еще отсутствует четкая правовая база, регулирующая его деятельность. В данной статье рассматриваются правовые аспекты управления традиционными формами краудфандинга, а также особенности регулирования исламского благотворительного краудфандинга.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Traditional types of crowdfunding and donation-based
crowdfunding in Islamic law

Aminjon KALANDAROV

1


Tashkent State University of Law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2024

Received in revised form

15 September 2024
Accepted 25 September 2024

Available online

15 October 2024

The emergence of innovative digital financial technologies

has transformed donation-based crowdfunding into an effective

tool that complements traditional fundraising mechanisms. In

recent years, crowdfunding has garnered worldwide attention as

an alternative financing method for business initiatives and
social projects. Despite the promising growth of projects

facilitated through donation-based crowdfunding platforms,

there remains a lack of a clear legal framework governing their

operations, particularly in the case of Islamic donation-based
crowdfunding. This article examines traditional forms of

crowdfunding and explores the legal challenges of managing

Islamic charitable crowdfunding activities.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss10/S-pp453-459

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

crowdfunding,

Islamic crowdfunding,
donation-based
crowdfunding,

interest-free financing.

An’anaviy kraudfanding turlari va islom huquqida

xayriyaga asoslangan kraudfanding

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

kraudfanding,

islomiy kraudfanding,
xayriya asosidagi
kraudfanding,

foizsiz moliyalashtirish.

Innovatsion raqamli moliyaviy texnologiyalarning paydo

bo‘lishi xayriya asosidagi kraudfandingni an’anaviy mablag‘

yig‘ish mexanizmlarini to‘ldiruvchi usul sifatida samarali
vositaga aylantirdi. Kraudfanding so‘nggi yillarda biznes

tashabbuslari yoki ijtim

oiy loyihalar uchun an’anaviy mablag‘

yig‘ish usullariga alternativ moliyalashtirish mexanizmi sifatida

dunyo miqyosida e’tiborni qozondi. Xayriya asosidagi

kraudfanding platformalari orqali amalga oshirilayotgan

loyihalar istiqbolli o‘sishni ko‘rsatayotgan bo‘lsa

-da, ayniqsa,

Islomiy xayriya kraudfandingi uchun uning faoliyatini tartibga

1

Lecturer, Department of Business Law, Tashkent State University of Law


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

454

soluvchi aniq huquqiy asos mavjud emas. Ushbu maqola

an’anaviy kraudfanding turlari va Islomiy xayriya kraudfandingi
faoliyatini boshqarishdagi huquqiy masalalar haqida ma’lumot

beradi.

Традиционные виды краудфандинга и краудфандинг
на основе пожертвований в исламском праве

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

краудфандинг,

исламский краудфандинг,
краудфандинг на
благотворительной

основе,

беспроцентное
финансирование

.

Появление инновационных цифровых финансовых

технологий превратило благотворительный краудфандинг
в эффективный инструмент, дополняющий традиционные

механизмы сбора средств. В последние годы краудфандинг

привлек внимание во всем мире как альтернативный способ

финансирования

бизнес

-

инициатив

и

социальных

проектов.

Несмотря

на

перспективный

рост

благотворительных

проектов,

реализуемых

через

краудфандинговые

платформы,

для

исламского

благотворительного краудфандинга все еще отсутствует
четкая правовая база, регулирующая его деятельность. В

данной статье рассматриваются правовые аспекты

управления традиционными формами краудфандинга, а

также

особенности

регулирования

исламского

благотворительного краудфандинга

.


Kraudfanding bugungi kunda biznes tashabbuslari yoki ijtimoiy loyihalar uchun

an’anaviy mablag‘ yig‘ish usullariga alternativ moliyalashtirish mexanizmi sifatida dunyo
bo‘ylab e’tiborni tortdi. G‘arb iqtisodiyotlarida kraudfanding global kapital bozorlarid

a

yangilik emas. Uning ildizlari 1700-

yillarga borib taqaladi, o‘shanda Irlandiyalik yozuvchi

Jonatan Svift Dublinda kambag‘al, lekin kreditga layoqatli odamlarga kredit berish

maqsadida Irlandiya Kredit Fondini tashkil qilgan edi. 2022-yilda global kraudfanding

bozori hajmi 1,67 milliard AQSh dollariga baholangan bo‘lib, 2023

-yildan 2030-yilgacha

yillik o‘rtacha o‘sish sur’ati (CAGR) 16,7% bo‘lishi kutilmoqda [1].

Facebook, Twitter, Reddit, Instagram va LinkedIn kabi ijtimoiy media platformalari

orqali raqamlashtirishning rivojlanishi kraudfanding faoliyatini sezilarli darajada

kengaytirmoqda va ular bozor o‘sishini harakatga keltiruvchi muhim omillar sifatida
e’tir

of etilmoqda [2]. Raqamli texnologiyalardan foydalanib, kraudfanding platformalari

mablag‘ yig‘ilishining ochiqligi haqida ma’lumot taqdim etishi mumkin, bu esa
ishtirokchilarga yig‘ilgan mablag‘larni bir vaqtda kuzatib borish imkonini beradi. Ushbu

xususi

yat axborotning oshkoraligi va shaffofligini talab qiluvchi foydalanuvchilarni o‘ziga

jalb qiladi.

Kraudfanding har qanday biznes uchun banklar orqali o‘tmasdan kapitalga kirish

imkonini beradi. Kapitalga kirish uchun bir nechta shartlar talab qilinadi, ulardan biri

garov sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan aktivlarga ega bo‘lishdir. Barcha biznes

vakil

larida bunday aktivlar bo‘lmasligi yoki ular garov yoki kafolat sifatida banklar

tomonidan qabul qilinmasligi mumkin, masalan, startap kompaniyalarda bo‘lgani kabi.
Kraudfanding orqali kompaniyalar yoki tadbirkorlar kraudfanding platformasi a’zolari


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

455

yordamida kapitalga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kraudfanding tizimi bu turli tomonlar
o‘rtasidagi hamkorlik tushunchasi asosida amalga oshiriladi. Shu bilan birga, bu holatda
so‘z kraudfanding orqali hamkorlik haqida ketadi.

Kraudfanding munosabatlarida ishtirok etuvchi subyektlar loyiha taashabbuskori,

kraudfanding platformasi operatori va loyihani moliyalashtiruvchi investorlar

hisoblanadi. N.V.Alekseyevning ta’kidlashicha, kraudfanding ishtirokchilari (tomonlari)
mablag‘ ol

uvchi (tashabbuskor/loyiha muallifi) va sarmoya kirituvchi

investor

hisoblanadi, agar moliyalashtirish beg‘araz amalga oshirilsa, sarmoya kirituvchi donor deb
ataladi [3]. E.Arxipovning fikriga ko‘ra, kraudfanding munosabatlarining ishtirokchilari

mablag

‘ oluvchi –

bu moliyaviy mablag‘larni qabul qiluvchi shaxs va donor –

moliyalashtirish oluvchiga mablag‘ beruvchi shaxs, ya’ni moliyalashtirishni amalga
oshiruvchi tomondir [4]. A.O. Klinovning nuqtai nazariga ko‘ra, mablag‘ oluvchi va investor

bilan bir q

atorda vositachini ham ajratib ko‘rsatish lozim, u moliyaviy platforma operatori

bo‘lib, aynan shu vositachi orqali investor tashabbuskorning loyiha uchun moliyaviy

yordamga muhtoj ekanligini bilib oladi [5].

Loyiha muallifi (tashabbuskori) kraudfanding platformasi orqali moliyalashtirish

uchun loyiha yaratuvchi va taklif etuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs hisoblanadi.
Muallifning huquqiy maqomi platforma bilan tuzilgan shartnoma munosabatlari va loyiha
haqida

ishonchli ma’lumotlarni taqdim etish majburiyatlari, shuningdek investorlar

oldidagi majburiyatlarni bajarish majburiyatlari bilan tartibga solinadi.

Investorlar (qo‘llab

-quvvatlovchilar) -

loyihani qo‘llab

-quvvatlash uchun moliyaviy

mablag‘lar qo‘shadigan jismoniy yoki yuridik shaxslar. Investorlar ham qaytariladigan

asosda (kraudfanding turiga qarab) ham, bepul asosda ham (masalan, xayriya shaklida)
h

arakat qilishlari mumkin. Ularning huquqiy maqomi iste’molchilar huquqlarini himoya

qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, shuningdek, platforma bilan tuzilgan shartnoma

shartlari bilan belgilanadi.

Kraudfanding platformasi operatori

bu loyiha mualliflari va investorlar o‘rtasidagi

o‘zaro hamkorlik uchun kraudfanding platformasida xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxs.
Platforma operatori mablagʻ yigʻish jarayonini tashkil etish va monitoring qilish,

shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqiy normalar va talablarga rioya
etilishi uchun javobgardir. Operatorning huquqiy qobiliyati moliyaviy faoliyat,

ma’lumotlarni himoya qilish va foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq

qonunchilikka rioya qilishni talab etadi. Platforma operatori ishtirokchilarga texnik,

huquqiy va axborot xizmatlarini ko‘rsatish majburiyatiga ega.

Boshqa moliyaviy mahsulotlar yoki xizmatlar singari, kraudfanding ham an’anaviy

va Islomiy modellariga bo‘linishi mumkin. An’anaviy kraudfanding odatda to‘rt asosiy
turga bo‘linadi:

Mukofotga asoslangan kraudfanding: Foydalanuvchilar ma’lum bir loyiha uchun

hissa qo‘shadi va buning evaziga mukofot oladi. Masalan, loyiha mahsulotining dastlabki
nusxasi yoki maxsus sovg‘alar.

Aksiyalarga asoslangani kraudfanding: Investorlar loyihaga hissa qo‘shadi va

evaziga loyiha aksiyalari yoki ulushlariga ega bo‘ladi. Bu usul kichik bizneslar va startaplar

uchun mashhurdir.

Kreditga asoslangan kraudfanding (Peer-to-Peer): Foydalanuvchilar loyihaga kredit

beradi va foizli daromad oladi. Bu, odatda, an’anaviy moliyaviy xizmatlar bilan

raqobatlashadigan modeldir.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

456

Xayriya asoslangan kraudfanding: Loyihaga xayriya qilingan mablag‘lar evaziga

hech qanday moliyaviy yoki moddiy mukofot talab qilinmaydi.

An’anaviy kraudfanding turlari moliyaviy bozorlar va ijtimoiy loyihalarni qo‘llab

-

quvvatlash uchun turli xil model va mexanizmlarni taklif qiladi. Ularning faoliyati ko‘p

hollarda milliy qonunchilik va tartibga solish talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

An’anaviy kraudfanding modelidan farqli o‘laroq, Islomiy kraudfanding Shariat

tamoyillariga rioya qilishi va ularga muvofiq bo‘lishi shart. Bu, jumladan, kraudfanding
loyihalarining maqsadlari halol bo‘lishi va ribo (foiz asosidagi daromad), maysir (qimor)

,

g‘arar (noaniqlik) kabi man etilgan faoliyatlardan va boshqa harom ishlaridan xoli
bo‘lishini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, Islomiy xayriya asosidagi kraudfanding odatda
zakot, vaqf va sadaqa kabi Islomiy ijtimoiy moliyaviy fondlar bilan bog‘liq kra

udfanding

faoliyatini o‘z ichiga oladi. O‘z mohiyatiga ko‘ra, kraudfanding Islomiy ta’limotlarga

muvofiq keladi [6].

Shuningdek, halollik, hisobdorlik, o‘zaro ishonch va mas’uliyat, kraudfanding va

Islomiy moliyalashtirishda eng yuqori e’tiborga ega tamoyillar hisoblanadi. Shu nuqtai

nazardan, kraudfanding falsafasi Shariat ruhiga mos keladi, chunki u boylikni taqsimlashni

rag‘batlantiradi, shaffoflikni va ijtimoiy adolat tamoyillarini qo‘llab

-quvvatlaydi.

Garchi kraudfanding an’anaviy va Islomiy modellarda o‘xshash bo‘lsa

-da, ularning

rivojlanishi va huquqiy tartibga solinishida sezilarli farqlar mavjud. Global Islomiy
kraudfanding sektori hali rivojlanayotgan bozor hisoblanadi va 2022-yilga kelib uning
boz

or hajmi an’anaviy kraudfandingga nisbatan taxminan 1% kamroq, ya’ni qariyb 100

million AQSh dollariga baholangan [7].

AQSh, Buyuk Britaniya, Xitoy, Singapur va boshqa davlatlar kraudfanding faoliyatini

tartibga solish uchun o‘z regulyator rejimlariga zaruriy o‘zgartirishlar kiritgan. Solishtirish

uchun, hozirgi kunga qadar juda kam Islomiy moliyaviy standartlar belgilovchi tashkilotlar
Islomiy xayriya kraudfandingi uchun maxsus Shariatga mos modelni ishlab chiqdi. Islomiy
moliyaviy institutlar uchun Hisob va Audit Tashkiloti (AAOIFI) tomonidan kiberxavfsizlik

va oshkoralik talablari kabi sohalarni qamrab oluvchi “Islomiy kraudfanding boshqaruvi”

nomli batafsil huquqiy asos ishlab chiqilgan [8].

An’anaviy va Islomiy kraudfandingning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini

tushuntirish uchun bir nechta aniq misollarni keltirish mumkin. Masalan, an’anaviy

kraudfandingda Kickstarter platformasi orqali 2023-yilga qadar 6 milliard dollardan ortiq

mablag‘

yig‘ilgan bo‘lib, bu ko‘plab texnologik startaplar, jumladan, Oculus Rift kabi

innovatsion qurilmalarning rivojlanishiga xizmat qilgan. Ushbu loyiha muvaffaqiyatli
amalga oshib, keyinchalik Facebook tomonidan 2 milliard dollarga sotib olingan. Bu

an’anavi

y kraudfandingning iqtisodiy innovatsiyalarni rivojlantirishdagi salohiyatini

namoyish etadi [9].

Boshqa tomondan, Islomiy kraudfanding platformalari, masalan, Indoneziyadagi

Ethis, arzon uy-joy loyihalariga investitsiyalarni jalb qilish orqali kam ta'minlangan

oilalarga yordam ko‘rsatmoqda [10]. Ushbu loyiha Shariat tamoyillariga muvofiq ravishda

amal

ga oshirilgan va ijtimoiy adolatni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Malayziyada Global

Sadaqah platformasi zakot va xayriya mablag‘larini yig‘ish orqali ta’lim, tabiiy ofatlardan
zarar ko‘rgan hududlarni tiklash va kam ta’minlangan oilalarga yordam berish kab

i

ijtimoiy loyihalarni qo‘llab

-quvvatlamoqda [11].

Ijtimoiy samaradorlikni yoritishda GoFundMe platformasi yaxshi misol bo‘la oladi

[12]. Ushbu an’anaviy kraudfanding platformasi tabiiy ofatlardan zarar ko‘rgan jamoalar


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

457

uchun millionlab dollar mablag‘ yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan. Masalan, 2020

-yilda

Avstraliyada yuz bergan o‘rmon yong‘inlari davrida mablag‘ to‘plash orqali ko‘plab

odamlarning hayoti yaxshilangan. Islomiy kraudfandingda LaunchGood platformasi
musulmon jamoa

lari uchun samarali bo‘lib [13], masjidlarni ta'mirlash, ta’lim dasturlarini

qo‘llab

-quvvatlash va qashshoqlikni kamaytirishga qaratilgan loyihalarni muvaffaqiyatli

amalga oshirdi. Pandemiya davrida LaunchGood orqali musulmon shifokorlar va ijtimoiy
xodiml

arni qo‘llab

-

quvvatlash uchun bir nechta global xayriya kampaniyalari o‘tkazilgan.

Kraudfanding global miqyosda moliyalashtirishning alternativ manbai sifatida keng

tarqalishidan oldin, musulmon jamiyatlari Islomiy ijtimoiy moliyaviy fondlar orqali
kraudfanding faoliyatida faol ishtirok etib kelgan. Tarixan Islomiy davlatlar zakot
(majburiy xayriya) va vaqf (xayriya mulki) institutlarini boylikni yaratish va taqsimlash
mexanizmi sifatida, ayniqsa, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish va farovonlikni

ta’minlash maqsadida tashkil qilgan.

An’anaviy Islomiy ijtimoiy vositalar tarkibiga zakot, sadaqa, vaqf kabi xayriya

amaliyotlari kirgan. Olimlarning ta’kidlashicha, xayriya asosidagi kraudfanding mukofotga

asoslangan, aksiyadorlikka asoslangan yoki kreditga asoslangan kraudfanding turlariga

qaraganda ko‘proq an’anaviy hisoblanadi va kengroq qabul qilinadi [14].

Texnologiyaning rivojlanishi bilan kraudfanding o‘zining dastlabki ijtimoiy

-

iqtisodiy maqsadlaridan tashqariga chiqib, innovatsiyalar, tadbirkorlik g‘oyalari va
loyihalarni qo‘llab

-

quvvatlash uchun kapital yig‘ish vositasiga aylandi. Kraudfanding bu

borada

dastlabki kapitalni taqdim etish, jamoatchilik orasida noyob g‘oyalarni sinovdan

o‘tkazish va iste’molchilar bilan aloqalarni o‘rnatishda muhim rol o‘ynaydi.

Biroq, uning salohiyati va o‘sishiga qaramay, bir qancha muammolar dolzarb

masalaga aylandi [15]. Ular orasida mablag‘larni suiiste’mol qilish, majburiyatlarning
buzilishi, shaxsiy ma’lumotlarning yo‘qolishi va soxta kampaniyalar kabi masalalar

mavjud. Mas

alan, xayriya asosidagi kraudfanding mablag‘larni boshqarishdagi shaffoflik

va axloqiy majburiyatlarning yo‘qligi xavfi bilan yuzlashadi. Mukofot asosidagi
kraudfanding esa va’da qilingan mahsulotni yetkazib bermaslik, intellektual mulk

huquqining buzilish

i va noto‘g‘ri taqdimot muammolariga duch keladi. Aksiyadorlik

asosidagi kraudfandingda qayta moliyalashtirish va qayta tashkil etish, aksiyalar narxlari,

malakasiz investorlar va iqtisodiy bo‘shliqlar xavfi mavjud. Kredit asosidagi kraudfanding

esa bajari

lmagan va’dalar xavfiga duchor bo‘lishi mumkin.

Islomiy kraudfanding ham bundan mustasno emas, xususan, kraudfanding

kampaniyalarida firibgarlik muammolari kuzatiladi. Islomiy moliyaviy adabiyotlarning
katta qismi aksiyadorlik kraudfandingiga qaratilgan. Xayriya asosidagi kraudfanding

bo‘yicha esa adabi

yotlar asosan bunday kraudfanding modellarini va umumiy

ko‘rinishlarini tahlil qilishga yo‘naltirilgan bo‘lib, Shariat masalalarini ko‘rib chiqishni
qamrab olmaydi [16]. Ushbu bo‘shliq Islomiy xayriya kraudfandingiga oid potentsial
Shariat masalalari bo‘yicha chuqur tadqiqot olib borish zarurligini ta’kidlaydi.

Islom moliyasi 16 turdagi foizsiz biznes shartnomalarini taklif etadi, ulardan biri

P2P kraudfanding uchun eng mos keladigan foydani taqsimlash shartnomasi bo‘lib, u

Mudaraba shartnomasi deb ataladi [17]. Mudaraba islomda ishonchli moliyalashtirish
usuli hisoblanib, unda sheriklardan biri (rab-ul-

maal) kapitalni ta’minlaydi, ikkinchisi esa

(mudarib) ushbu kapitalni tijorat korxonasiga investitsiya qiladi. Faoliyatdan olingan

foyda tomonlar o‘rtasida oldindan kelishilgan nisbatga muvofiq taqsimlanadi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

458

Mudaraba shartnomasi ikki yoki undan ortiq sherikni o‘z ichiga oladi: biri kapital

kirituvchi (rab-ul-maal), ikkinchisi esa kapitalni boshqaruvchi va biznesni amalga oshirish

uchun zarur malaka va tajribaga ega bo‘lgan sherik (mudarib). Daromad oldindan

belgilangan ulush asosida taqsimlanadi. Agar zarar yuzaga kelsa, rab-ul-

maal o‘z kapitalini

yo‘qotadi, mudarib esa loyihaga sarflagan vaqt va kuchini yo‘qotadi. Ushbu shartnoma
foizga asoslanmagan bo‘lib, biznes yuritishning islomiy tamoyillariga to‘liq mos

keladi.

P2P islomiy kraudfandingning ishlash mexanizmi an’anaviy P2P kraudfandingga

o‘xshash. Ammo islomiy kraudfandingda qo‘llaniladigan shartnomalar uni an’anaviy P2P
kraudfandingdan ajratib turadi. An’anaviy P2P kraudfandingda foizga asoslangan

shartnomalar ishlatilsa, P2P islomiy kraudfanding foydani taqsimlash shartnomasidan
foydalanadi. Ushbu shartnoma investorlarga moliyalashtirilgan loyihalardan oldindan
kelishilgan foyda ulushini olish imkoniyatini beradi. Bu shartnomaning asosiy afzalligi
shundaki, invest

orlar o‘z kapitallaridan yiliga 15% gacha daromad olishlari mumkin.

Kraudfanding bugungi kunda innovatsion va ijtimoiy loyihalar uchun

moliyalashtirishning muqobil manbai sifatida keng qo‘llanilmoqda. U mukofotga
asoslangan, aksiyadorlik, kredit, va xayriyaga asoslangan an’anaviy turlarga bo‘linadi.

Islomiy kraudfanding esa Shariat tamoyillariga muvofiq amalga oshiriladi, bunda ribo,

maysir va g‘arar kabi man etilgan unsurlarni chetlab o‘tadi. Islomiy kraudfanding xayriya

faoliyatiga va ishonchga asoslangan kelishuvlarga, xususan, Mudaraba kabi
shartnomalarga asoslanadi.

An’anaviy kraudfandingning global bozori yildan

-

yilga o‘sib borayotgan bo‘lsa

-da,

Islomiy kraudfanding sektori hali rivojlanish bosqichida. Uning asosiy farqi shundaki,

loyihalarning halol bo‘lishi va moliyaviy faoliyatning Shariatga mosligi ta’minlanishi

shart.

Xayriya asosidagi kraudfandingda shaffoflik va hisobdorlik muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu bilan birga, kraudfandingning umumiy rivojlanishi mablag‘larni suiiste’mol qilish,
shaxsiy ma’lumotlarning buzilishi va soxta kampaniyalar kabi xavflar bilan bog‘liq. Islomiy

moliyaviy institutlar ushbu masalalarni tartibga solish uchun huquqiy va axloqiy asoslarni
yanada rivojlantirishlari zarur.

Islomiy kraudfanding falsafasi adolat, shaffoflik va o‘zaro ishonch tamoyillariga mos

keladi. Kelajakda ushbu sohani kengaytirish va Shariatga mos modelni yanada

rivojlantirish uchun chuqur tadqiqotlar va regulyatorlar tomonidan qo‘shimcha choralar

talab qilinadi. Shu sababli, kelgusidagi tadqiqotlarda Islomiy kraudfandingni yanada

chuqurroq va kengroq o‘rganish zarur

.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1. Grand View Research, ‘Grand View Research Crowdfunding Market Size & Share

Analysis Report 2030’ (2021).

2. Salido-

Andres and others, ‘Mapping the Field of Donation

-Based Crowdfunding

for Charitable Causes: Systematic Review and Conceptual Framework’ [2021] VOLUNTAS:

International Journal of Voluntary and Nonprofit Organizations 288.

3. Алексеев Н.В. "Краудфандинг: от реализации частной инициативы к

решению общественных проблем" // Бюллетень науки и практики. 2016. № 10 (11),
С. 271

-277.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

459

4. Архипов Е. "Понятие и правовая природа краудфандинга" // Актуальные

проблемы предпринимательского права. Выпуск IV. Сборник статей под ред. к.ю.н.
А.Е. Молотникова. Издательство «Автор», 2015.

5. Клинов А.О. "Правовое регулирование краудфандинга в России и за

рубежом" // Журнал «Закон». 2018. № 2, С. 90

-105.

6. Muneeza Aishath, Nur Aishah Arshad and Asma’ Tajul Arifin, ‘The Application of

Blockchain Technology in Crowdfunding: Towards Financial Inclusion Via Technology’

[2018] International Journal of Management and Applied Research 82

7. Muhammed Karakulah, ‘The Potential of Islamic Crowdfunding Is Much Higher

Than That of the Conventional System’ (www.islamicfinancenews.com, 2022).

8. AAOIFI, Islamic Crowdfunding Governance (Accounting and Auditing

Organization for Islamic Financial Institutions 2021).

9. Kickstarter: Bring creative projects to life. https://www.kickstarter.com/
10. Ethis | Shariah-Compliant Investments & Ethical Crowdfunding Platform.

https://ethis.co/

11. Global Sadaqah: Shariah-compliant CSR, zakat, and waqf platform.

https://www.globalsadaqah.com/

12. GoFundMe. https://www.gofundme.com/
13. LaunchGood: A global crowdfunding platform for the Muslim community.

https://www.launchgood.com/

14. Othman and others, ‘Overview of Community

-Based Crowdfunding in Malaysia:

Legal Issues and the Way Forward’ [2021] International Journal of Academic Research in

Business and Social Sciences 1213.

15. Abdullah, Syahida and Umar A Oseni, ‘Towards a Sharī‘Ah Compliant Equity

-

Based Crowdfunding for the Halal Industry in Malaysia’ [2017] International Journal of
Business and Society 223; Wahjono, Sentot Imam and Anna Marina, ‘Islamic

Crowdfunding: Alter

native Funding Solution’, 1st world Islamic Social Science Congress

(Islamic Social Science Congress 2015).

16. Michelle Cumyn, Donation-Based Crowdfunding: Legal Framework for

Crowdfunding and Governance of Online Platforms (Government of Canada 2022);

Muhammad Amir Lutfi and Mohd Adib Ismail, ‘Sadaqah

-Based Crowdfunding Model for

Microfinancing and Health Care

’ [2016] Journal of Muamalat and Islamic Finance Research

31; Othman and others (n 10).

17.

Internet

manba:

What

is

Islamic

crowdfunding?

Ethis.

https://ethis.co/blog/islamic-crowdfunding/

Библиографические ссылки

Grand View Research, ‘Grand View Research Crowdfunding Market Size & Share Analysis Report 2030’ (2021).

Salido-Andres and others, ‘Mapping the Field of Donation-Based Crowdfunding for Charitable Causes: Systematic Review and Conceptual Framework’ [2021] VOLUNTAS: International Journal of Voluntary and Nonprofit Organizations 288.

Алексеев Н.В. "Краудфандинг: от реализации частной инициативы к решению общественных проблем" // Бюллетень науки и практики. 2016. № 10 (11), С. 271-277.

Архипов Е. "Понятие и правовая природа краудфандинга" // Актуальные проблемы предпринимательского права. Выпуск IV. Сборник статей под ред. к.ю.н. А.Е. Молотникова. Издательство «Автор», 2015.

Клинов А.О. "Правовое регулирование краудфандинга в России и за рубежом" // Журнал «Закон». 2018. № 2, С. 90-105.

Muneeza Aishath, Nur Aishah Arshad and Asma’ Tajul Arifin, ‘The Application of Blockchain Technology in Crowdfunding: Towards Financial Inclusion Via Technology’ [2018] International Journal of Management and Applied Research 82

Muhammed Karakulah, ‘The Potential of Islamic Crowdfunding Is Much Higher Than That of the Conventional System’ (www.islamicfinancenews.com, 2022).

AAOIFI, Islamic Crowdfunding Governance (Accounting and Auditing Organization for Islamic Financial Institutions 2021).

Kickstarter: Bring creative projects to life. https://www.kickstarter.com/

Ethis | Shariah-Compliant Investments & Ethical Crowdfunding Platform. https://ethis.co/

Global Sadaqah: Shariah-compliant CSR, zakat, and waqf platform. https://www.globalsadaqah.com/

LaunchGood: A global crowdfunding platform for the Muslim community. https://www.launchgood.com/

Othman and others, ‘Overview of Community-Based Crowdfunding in Malaysia: Legal Issues and the Way Forward’ [2021] International Journal of Academic Research in Business and Social Sciences 1213.

Abdullah, Syahida and Umar A Oseni, ‘Towards a Sharī‘Ah Compliant Equity-Based Crowdfunding for the Halal Industry in Malaysia’ [2017] International Journal of Business and Society 223; Wahjono, Sentot Imam and Anna Marina, ‘Islamic Crowdfunding: Alternative Funding Solution’, 1st world Islamic Social Science Congress (Islamic Social Science Congress 2015).

Michelle Cumyn, Donation-Based Crowdfunding: Legal Framework for Crowdfunding and Governance of Online Platforms (Government of Canada 2022); Muhammad Amir Lutfi and Mohd Adib Ismail, ‘Sadaqah-Based Crowdfunding Model for Microfinancing and Health Care’ [2016] Journal of Muamalat and Islamic Finance Research 31; Othman and others (n 10).

Internet manba: What is Islamic crowdfunding? Ethis. https://ethis.co/blog/islamic-crowdfunding/

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)