Авторы

  • Нодима Орипова
    канд. пед. наук., Каршинский государственный университет, г. Карши, Карши, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss2/S-pp525-529

Ключевые слова:

убеждения профессиональное убеждение профессиональные знания профессиональная лояльность профессиональная преданность профессиональная воля профессиональная совесть и честность

Аннотация

Основная направленность стратегических задач в области образования в нашей стране сосредоточена на подготовке специалистов, способных мыслить самостоятельно и четко определять перспективы развития, необходимые в интересах общества и личности. Это создает необходимость в модернизации подготовки учителей и развитии ее инновационной педагогической базы. Одна из важнейших задач вузов - формирование профессиональной подготовки будущих специалистов. Профессиональное обучение определяется как конкретное проявление социальной компетентности человека, основанное на приобретении необходимых профессиональных знаний, навыков и умений. Профессиональное обучение не происходит само по себе, а включает определенные этапы, которые планируются с учетом конкретных целей. Формирование профессиональной подготовки у человека вначале определяется составом профессионального видения, понятий, а затем объясняется приобретением знаний, навыков и умений по специальности, определением профессиональных качеств и степени профессиональной адаптации.

В данной статье изложена идея о необходимости формирования профессиональных убеждений у будущих специалистов, этапы, ее основное содержание и проблема структурирования убеждений личности в этом процессе.


background image

Жамият ва инновациялар –

Общество и инновации –

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Stages of professional belief formation in future specialists

Nodima ORIPOVA

1


Karshi State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2021
Received in revised form
15 January 2021

Accepted 20 February 2021
Available online
7 March 2021

The main direction of the strategic tasks in the field of

education in our country is characterized by the training of

specialists who can think independently, clearly define the
development prospects necessary for the interests of society and

the individual. This creates the need to modernize the training of

teachers and develop its innovative pedagogical basis. One of the

most important tasks of higher education institutions is to form

the professional training of future professionals. Vocational
training is defined as a specific manifestation of a person's social

competence, which is based on the acquisition of the necessary

professional knowledge, skills and abilities. Vocational training

does not happen by itself but involves specific stages that are
planned based on specific goals. The formation of professional

training in a person is initially determined by the composition of

professional vision, concepts, and then explained by the

acquisition of knowledge, skills and abilities in the speciality, the
determination of professional qualities and the degree of

professional adaptation.

This article outlines the idea of the need for the formation of

professional beliefs in future specialists, the stages, its main
content and the problem of structuring the beliefs of the

individual in this process.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Beliefs
Professional conviction
Professional knowledge

Professional loyalty
Professional dedication
Professional will

Professional conscience and
honesty

1

Candidate of Pedagogical Sciences, Associate Professor, Karshi State University, Karshi, Uzbekistan

E-mail:

n_oripova@mail.ru


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 2 (2021) / ISSN 2181-1415

526

Bo‘lajak mutaxassislarda kasbiy e’tiqodni shakllantirish
bosqichlari

АННОТАЦИЯ

Калит сўзлар:

E’tiqod
Kasbiy e’tiqod
Kasbiy bilim

Kasbiy sadoqat
Kasbiy fidoiylik
Kasbiy iroda

Kasbiy vijdon va halollik

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya

sohasidagi strategik vazifalarning asosiy yo’nalishi mustaqil fikr

yurita oladigan, jamiyat va shaxs manfaatlari uchun zarur

bo’ladigan rivojlanish istiqbollarini aniq belgilaydigan

mutaxassislar tayyorlash masalalariga qaratilganligi bilan
tavsiflanadi.

Bu

esa

pedagog

kadrlar

tayyorlash

modernizatsiyalash va uning innovatsion pedagogik asoslarini

ishlab chiqish, zaruratini yuzaga keltiradi. Oliy ta’lim
muassasalarining eng muhim vazifalaridan biri – bu bo’lajak
mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirishdir.

Kasbiy tayyorgarlik – zaruriy kasbiy bilim, ko’nikma va

malakalarni o’zlashtirish asosida yuzaga keluvchi shaxs ijtimoiy

kompetentligining o’ziga xos ko’rinishi sifatida izohlanadi.
Kasbiy tayyorgarlik o’z-o’zidan yuzaga kelmay balki aniq

maqsadlar asosida rejalashtirilgan muayyan bosqichlarni

qamrab oladi. Shaxsda kasbiy tayyorgarlikning shakllanishi

dastlab kasbga xos tasavvur, tushunchalarni tarkib topganligi
bilan belgilansa, keyinchalik mutaxassislikka oid bilim, malaka

va ko’nikmalarning o’zlashtirilishi, kasbiy sifatlarning qaror

topishi hamda kasbiy moslashish darajasi bilan izohlanadi.

Ushbu maqolada bo‘lajak mutaxassislarda kasbiy e’tiqodni

shakllantirish zarurati, bosqichlari, uning asosiy mazmuni va bu
jarayonda shaxs e’tiqodini tarkib toptirish muammosi haqida

fikr bildirilgan.

Этапы формирования профессиональных убеждений у
будущих специалистов

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Убеждения
Профессиональное

убеждение
Профессиональные
знания

Профессиональная
лояльность
Профессиональная

преданность
Профессиональная воля
Профессиональная совесть
и честность

Основная направленность стратегических задач в

области образования в нашей стране сосредоточена на
подготовке

специалистов,

способных

мыслить

самостоятельно и четко определять перспективы развития,

необходимые в интересах общества и личности. Это создает

необходимость в модернизации подготовки учителей и
развитии ее инновационной педагогической базы. Одна из

важнейших задач вузов - формирование профессиональной

подготовки будущих специалистов. Профессиональное

обучение определяется как конкретное проявление
социальной компетентности человека, основанное на

приобретении необходимых профессиональных знаний,

навыков и умений. Профессиональное обучение не

происходит само по себе, а включает определенные этапы,


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 2 (2021) / ISSN 2181-1415

527

которые планируются с учетом конкретных целей.

Формирование профессиональной подготовки у человека

вначале

определяется

составом

профессионального

видения, понятий, а затем объясняется приобретением

знаний, навыков и умений по специальности, определением

профессиональных качеств и степени профессиональной

адаптации.

В данной статье изложена идея о необходимости

формирования профессиональных убеждений у будущих

специалистов, этапы, ее основное содержание и проблема

структурирования убеждений личности в этом процессе.


Bizga ma’lumki, real hayotda har bir shaxs o‘z hayotini farovonlikda o‘tkazishni

hohlaydi. Albatta bu tabiiy holat hisoblanadi. Ayniqsa, hozirgi davrda bu masala kishilarni
ko‘proq bezovta qilmoqda. Ko‘pchilik yoshlar farovon turmushni ta’minlovchi biror bir kasbni
tanlashga harakat qilmoqdalar. Ammo, har doim ham natija ular kutganidek bo‘lavermaydi.
Shaxsning qobiliyati, qiziqishlari va imkoniyatlariga to‘g‘ri kelmaydigan kasbni tanlashi,
tabiiyki, uning mazkur kasbda uzoq va samarali faoliyat yuritishi hamda shaxs sifatida
jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi [1, 2] . Shu sababdan shaxsning ichki
hohishi va qadriyatlariga u tanlagan kasbi bilan shaxsi orasidagi munosabati o‘ta dolzarb
masala hisoblanadi.

Bizningcha, shaxsning kasbiy shakllanishi to‘rt asosiy bosqichdan iboratdir. Bular:
1.Kasbiy intilish va qiziqishning paydo bo‘lishi va kasb tanlashi.
2. Shaxsning tanlagan kasbga doir ta’lim olishi.
3. Shaxsning kasbiy faoliyatga moslashishi.
4. Shaxsning kasbda to‘liq faoliyat yuritishi va undan mamnunlik.
Mazkur bosqichlarga mos holda kishilarda kasbiy e’tiqod tarkib topa boradi. Ushbu

bosqichlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish bir qaraganda
oddiy, jo‘n ko‘rinishi mumkin. Biroq u kishilarning bir butun hayoti bilan bog‘liq va uzluksiz
davom etadigan jarayondir. Negaki, kishilarning bir kasbda faoliyat yuritishi uchun juda ko‘p
imkoniyatlar va omillar birligi talab etiladi. Aks holda kishilarda tanlagan kasbidan
qoniqmaslik, norozilik kabi holatlar kuzatiladi. Shunday qilib, shaxsning kasbiy faoliyati
asosiy to‘rtta bosqichdan iborat va shaxsning kasbiy e’tiqodi ham mazkur bosqichlardan o‘tish
jarayonida tarkib topib boradi. Ayrim hollarda turli sabablarga ko‘ra kishilar kasbiy
faoliyatning qaysidir bosqichida tanlagan kasbini o‘zgartiradi yoki tashlab ketadi [3,4,5].
Kuzatishlarga ko‘ra kishilar ko‘pincha 3 yoki 4- bosqichda tanlagan kasbini o‘zgartiradilar. Bu
salbiy holat shaxsda kasbiy e’tiqodning shakllanmaganligidan dalolat beradi.

Quyida kasb tanlash bosqichlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Chunki,

shaxsning kasbiy e’tiqodi mazkur bosqichlarda rivojlanib, sayqallanib boradi:

Demak, birinchi bosqich shaxsning kasblarga doir qiziqishi bilan bog‘liq. Qiziqish -

shaxsning psixologik holati, intilishi hisoblanadi. Qiziqish kishilar uchun zavq bag‘ishlaydigan
mashg‘ulot turiga intilish, unga yoqimli bo‘lgan biror bir narsa, voqea-hodisaga
munosabatidir. Qiziqish shaxsning qobiliyati, tafakkuri, zehni, dunyoqarashini o‘stirishga,
tevarak-atrofni mukammalroq bilishga ko‘mak beradi. Qiziqish kishilarida intilish,
sinchkovlik, maqsad sari harakat qilishni rag‘batlantiradi. Xuddi shunday shaxsning biror bir
kasbga qiziqishi ham dastlab kishilarning bolalik yillarida kuzatiladi. Bu bosqichning yana bir
ko‘rinishidagi kasb tanlash bolaning o‘zi va oila a’zolari tomonidan uning barcha imkoniyatlari


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 2 (2021) / ISSN 2181-1415

528

va qiziqishlarini inobatga olgan holda kasb tanlashidir [6-9]. Albatta bunday kasb tanlash eng
to‘g‘ri va samarali kasb tanlashdir. Negaki, o‘z qiziqishlariga ko‘ra kasb tanlash kelajakda
bolaning shu kasbga doir puxta bilim egallashi, yangiliklarga intiluvchan bo‘lishi va eng
muhimi professonalllik darajasining yuksak bo‘lishiga olib keladi. Bunday kishilarda kasbiy
bilimlarni egallashga motiv kuchli bo‘lib, ular kasbiy faoliyatida tashabbuskorlik, kreativlik,
ijodkorlik ustun turadi. Zero, har qanday jamiyat bunday kishilar bilan haqli ravishta
faxrlanadi. Ayniqsa, bunday shaxslar kasbiy ta’lim olish jarayonida ham tengdoshlariga o‘rnak
bo‘ladi, jamoasidagi boshqa kishilarni o‘z ortidan ergashtiradi. Muhimi, bu jarayonda ham
shaxsda kasbiy e’tiqod namoyon bo‘la boshlaydi.

Navbatdagi bosqich kasbiy ta’lim bosqichidir. Bu bosqichda shaxsning tanlangan

kasbiga doir bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayoni sodir bo‘ladi [8-10]. Kasbiy ta’lim
bosqichining maqsadi nafaqat shaxsda fundamental kasbiy bilimlarni hosil qilish, balki
egallagan bilimlarni mustahkamlash va amalda sinab ko‘rishga o‘rgatishdir. Shuningdek,
mazkur bosqichda shaxs tayanch kasbiy kompetentlik asoslari, ijtimoiy hayotda kasbiy
faoliyatni tashkil etish ko‘nikmalari va uning asosiy turlarini bilib oladilar.

Shu bilan birga, mazkur bosqichda shaxs o‘z qadriyatli yo‘nalishini belgilab qoladi.

Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, shaxs kelajakdagi kasbiy faoliyatida nimani qadrlashi
lozimligini va mustaqil qaror qabul qilishni, o‘zining ijtimoiy jamiyatdagi roli va o‘rniniga baho
berishni hamda jamoa va tevarak-atrofdagi kishilar bilan etik munosabatlarga kirishish
yo‘llarini ham o‘rganadilar.

Ta’lim olish bosqichida talabaning ilmiy dunyoqarashi yuksalib borishi bilan birga,

ijtimoiy-madaniy voqelikni o‘zlashtiradi, jumladan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning
inson hayotida tutgan o‘rnini, oila va jamiyatdagi an’analarni, shaxs hayotida ilm-fanning
rolini, kreativ va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini, nostandart vaziyatlardan chiqishning o‘ziga
xos usullarini egallaydi.

Uchinchi bosqich - shaxsning kasbiy faoliyat moslashish bosqichidir. Mazkur bosqich

bir so‘z bilan aytganda shaxsning kasbiy faoliyatga adaptаsiya jarayonining amalga
oshirishidir.

Kasbiy moslashish – bu shaxsning kasb talablariga ko‘nikishi va u tomonidan mehnat

vazifalarini bajarish va unga yangi mehnat sharoitlari uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish-
texnik va ijtimoiy xulq-atvor normalarini o‘zlashtirishdir. Kasbiy moslashish kasbiy
faoliyatning barcha tarkibiy qismlarini: uning maqsadi, vazifalari, predmeti, usullari,
vositalari, natijalari, shakllarini o‘z ichiga oladi. Har qanday shaxs vaqt o‘tishi bilan kasbiy
faoliyatga moslashadi. Shuning uchun inson va kasbning ko‘p darajali o‘zaro moslashishini
o‘rganish tavsiya etiladi. Shaxsning kasbiy faoliyatga moslashuvi uni boyitish va
takomillashtirish, ijodiy rivojlantirishga xizmat qiladi. Shaxsning kasbiy faoliyatga
moslashuvchanligi: psixik va jismoniy holati, shaxsiy sifatlari, har qanday holatga
moslashuvchanligi kabilar.

Ushbu jarayon shaxs uchun murakkab-psixologik jarayon hisoblanadi, chunki u o‘zi

uchun mutlaqo yangi jamoaga borib qo‘shiladi. Ayrimlar uchun yangi jamoaga qo‘shilish
ancha qiyinchilik tug‘diradi. Chunki, bu kasbiy adaptiv jarayonida shaxs yangi jamoaning
ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘zlashtirishi, moslashishi, an’analarini qabul qilishi lozim.
Shaxs kasbiy faoliyatga moslashuv jarayonida mazkur jamoaning ichki tartib-qoidalariga
rioya qilishni, shaxslararo munosabatga kirishishni va bo‘sh vaqtni samarali tashkil etish
kabilarni o‘zlashtiradi.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 2 (2021) / ISSN 2181-1415

529

Dastlab shaxsda yangi jamoa va uning a’zolari, o‘zaro munosabatlar, jamoaning tartib-

qoidalari haqida axborot hosil bo‘ladi. Shaxs axborot to‘plash jarayonida jamoa a’zolarining
xarakteri, ma’naviy-axloqiy tarbiyalanganlik darajasi, qadriyatlari haqida bilib oladi va ular
bilan munosabatda kirishayotganda mazkur masalaga e’tibor qaratadi. Shaxsning bu
bosqichdagi moslashuvchanligi u borayotgan jamoaning sog‘lomligiga, shaxslararo
munosabatlarning ijobiy qan’analar va qadriyatlar asosida qurilganligiga va boshqaruv
usullarining qay darajada amalga oshishiga bog‘liq.

Navbatdagi bosqich shaxsning kasbda to‘liq faoliyat yuritishi va undan mamnunlik

bosqichidir. Shaxsda kasbiy e’tiqod aynan mana shu bosqichda namoyon bo‘ladi va
takomillashib boradi. Chunki, aynan shu bosqichda shaxsning kasbiy bilimlari takomillashadi
va u o‘z kasbini nafaqat qadrlaydi, balki hayotining muhim qismi sifatida e’tirof eta boshlaydi.
Bu jihat shaxsda tom ma’noda kasbiy e’tiqod shakllanganligidan dalolat beradi.

Demak, ushbu bosqichlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, har bir shaxs o‘z hayoti davomida

mazkur jarayonlarni boshidan o‘tkazadi. Mana shu jarayonni birin-ketin va bosqichma-
bosqich amalga oshirgan kishilarda kasbiy e’tiqod shakllanadi. Kasbiy e’tiqodga ega kishilar
o‘z hayotidan mamnun, shukronalik hissi bilan yashaydilar. Ular kasbiy faoliyat bilan
shug‘ullanish jarayonida o‘zlarining kasbiy bilimi, kuchli irodasi va kasbga sadoqati bilan
jamiyat oldida o‘z burchlarini ado etadilar. Shu bilan birga, insonlarning har doim ham o‘zi
yoqtirgan ishi bilan shug‘ullanishi unlarga katta zavq bag‘ishlaydi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.

Очилов М. (2001). Муаллим-қалб меъмори. Сайланма. Тошкент. Ўқитувчи, 430 б.

2.

Нуруллаева, Ш.У. (2014). Технологии формирования профессиональных

навыков у будущих преподавателей. In Подготовка профессиональных
управленческих кадров: опыт, проблемы, инновационные образовательные
технологии (pp. 60-64).

3.

Ашурова, Т.Э. (2016). Профессиональная деятельность современного

воспитателя. Журнал научных публикаций аспирантов и докторантов, (9), 69-70.

4.

Maratovna, M.M. (2020). Pedagogical technology for the formation of responsibility

in children of preschool age. Journal of Critical Reviews, 7(5), 756-760.

5.

Khalilovna O.N., Lutfullayevna B. L., Kosimovich N.U., & Yusupovna R.M. (2020).

Historical studies in the pedagogical training and ways to improve vocational training. Journal
of Critical Reviews, 7(3), 274-277.

6.

Орипова Н.Х., & Хаитова Ю.С. (2016). Программа по воспитанию молодёжи в

духе общенациональных ценностей. Журнал научных публикаций аспирантов и
докторантов, (1), 47-49.

7.

Yarmanova Y.B. (2020). Development of individuality in collective relations.

Theoretical & Applied Science, (6), 577-580.

8.

Орипова Н.Х., & Ёзиева У.Л. (2016). Особенность педагогического процесса в

воспитании у молодёжи общенациональных ценностей. Журнал научных публикаций
аспирантов и докторантов, (2), 30-32.

9.

Yarmanova Y.B. (2020). Aspects of personal qualities of preschoolers in public

relations. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(1), 389-393.

10.

Khalilovna O.N., Axmatjanovna M.M., Kosimovich N.U., & Botirovna K.V. (2020).

Main core and meaning of shaping professional faith. Journal of Critical Reviews, 7(2), 242-
245.

Библиографические ссылки

Очилов М. (2001). Муаллим-қалб меъмори. Сайланма. Тошкент. Ўқитувчи, 430 б.

Нуруллаева, Ш. У. (2014). Технологии формирования профессиональных навыков у будущих преподавателей. In Подготовка профессиональных управленческих кадров: опыт, проблемы, инновационные образовательные технологии (pp. 60-64).

Ашурова, Т. Э. (2016). Профессиональная деятельность современного воспитателя. Журнал научных публикаций аспирантов и докторантов, (9), 69-70.

Maratovna, M. M. (2020). Pedagogical technology for the formation of responsibility in children of preschool age. Journal of Critical Reviews, 7(5), 756-760.

Khalilovna, O. N., Lutfullayevna, B. L., Kosimovich, N. U., & Yusupovna, R. M. (2020). Historical studies in the pedagogical training and ways to improve vocational training. Journal of Critical Reviews, 7(3), 274-277.

Орипова, Н. Х., & Хаитова, Ю. С. (2016). Программа по воспитанию молодёжи в духе общенациональных ценностей. Журнал научных публикаций аспирантов и докторантов, (1), 47-49.

Yarmanova, Y. B. (2020). Development of individuality in collective relations. Theoretical & Applied Science, (6), 577-580.

Орипова, Н. Х., & Ёзиева, У. Л. (2016). Особенность педагогического процесса в воспитании у молодёжи общенациональных ценностей. Журнал научных публикаций аспирантов и докторантов, (2), 30-32.

Yarmanova, Y. B. (2020). Aspects of personal qualities of preschoolers in public relations. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(1), 389-393.

Khalilovna, O. N., Axmatjanovna, M. M., Kosimovich, N. U., & Botirovna, K. V. (2020). Main core and meaning of shaping professional faith. Journal of Critical Reviews, 7(2), 242-245.