Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Causes and factors of negative change in children 3-7 years old
Nodima ORIPOVA
1
Surayyo NE’MATOVA
2
Karshi State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2021
Received in revised form
20 March 2021
Accepted 15 April 2021
Available online
20 May 2021
The article examines the reasons for negative changes in the
behavior of preschool children (3-7 years old) and the
peculiarities of the development of children at this age.
2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
upbringing,
education,
family,
adaptation,
crisis,
heredity,
behavior.
7 yoshli bolalar xulq atvoridagi salbiy o‘zgarishlarning kelib
chiqish sabablari va omillari
ANNOTASIYA
Kalit so‘zlar:
tarbiya,
ta’lim,
oila,
adaptatsiya,
inqiroz,
irsiyat,
хulq-atvor.
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi (3-7 yoshli) bolalar
xulq-atvoridagi uchraydigan salbiy o‘zgarishlarning kelib chiqish
sabablari hamda bu yoshdagi bolalar rivojlanishining o‘ziga xos
xususiyatlari haqidagi fikrlar keltirib o‘tilgan.
1
Candidate of Pedagogical Sciences, Associate Professor, Karshi State University. Karshi, Uzbekistan.
E-mail: n_oripova@mail.ru.
2
Master’s degree student, Karshi State University. Karshi, Uzbekistan.
E-mail: nematovasurayyo@gmail.com
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
183
Причины и факторы негативных изменений в поведении
у детей 3-7 лет
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
воспитание,
образование,
семья,
адаптация,
кризис,
наследственность,
поведение.
В статье
рассматриваются причины негативных
изменений в поведении детей дошкольного возраста
(3-7 лет) и особенности развития детей в этом возрасте.
Mamlakatimizning rivojlangan davlatlar safiga qo‘yayotgan shaxdam qadamlari har bir
sohada, jumladan, ta’lim sohasida ham kuzatilmoqda. Uzluksiz ta’limning boshlang‘ich bo‘g‘ini
hisoblangan maktabgacha ta’limga bo‘lgan e’tiborning yuqoriligi kelajakda mamlakatimizni
yanada rivojlantirishga imkon yaratadi. Yosh avlodning ta’lim sohasida ilk qadamlarining
qamrovini oshirish maqsadida “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari” sonini oshirish va bolalarning
tashkilotga qamrovini kengaytirish muhim vazifa etib belgilanganligi buning yaqqol dalilidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini
boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PQ–3955 son qaroriga ko‘ra
respublikamizda maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab
chiqilib, shu asosda qator ishlar jadal sur’atda olib borilmoqda. Bolalarning maktabgacha ta’limga
qamrab olinishi har tomonlama foydali va samarali vazifadir. Chunki buning ortida bolaning
ta’lim-tarbiya olishi bilan birga ota-onasining erkin faoliyat olib borishi ham yotadi. Odatda
bolalarning yangi muhitga moslashib olishlari biroz qiyinchilik tug‘diradi. Shu sababli bugungi
kun tarbiyachi pedagoglarining zimmasidagi dolzarb muammolaridan biri maktabgacha
yoshdagi bolalar xulq-atvoridagi qator salbiy o‘zgarishlarni o‘z vaqtida bartaraf etish hisoblanadi
[1-3].
Bolalarning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davri maktabgacha davr deb nomlanib bu davr
asosan oila va maktabgacha ta’lim tashkilotida kechadi. Bu davrda bolada jadal rivojlanish
jarayonlari
bo‘lishini
inobatga
olib,
uniuch
davrga
kichik
maktabgacha
(3 yosh), o‘rta maktabgacha davr (4-5 yosh), katta maktabgacha davr (6-7 yosh) larga ajratish
mumkin. Maktabgacha davrda bolalarda turli mustaqil faoliyatlar shakllanadi. Chunki
maktabgacha davr bolalikning katta bir qismini tashkil etadi va bola hayotiga qator yangiliklarni
olib kiradi. Bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotiga chiqqach, ko‘plab yangi do‘stlar orttiradilar,
yangi bilimlar o‘zlashtiradilar, kishilar bilan munosabatlarning yangi bosqichini egallay
boshlaydilar. Shu sababli bolalar xulq-atvorida qator o‘zgarishlarga duch kelamiz. Bugungi kunda
bunday o‘zgarishlarga sabab qilib, quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1.
3 yosh inqirozi (inson hayotidagi ikkinchi krizis);
2.
Oilaviy munosabatlardagi kamchiliklar (notog‘ri tarbiya, ota-onalarning uquvsizligi);
3.
Fiziologik hususiyatlar (kasalliklar, nuqsonlar);
4.
Yangi ijtimoiy munosabatlar (kattalar, tengdoshlar);
5.
Tashqi faktorlar (OAV, telefon, internet va boshq).
Bolaning ulg‘ayishi, maktabgacha davrning boshlanishida ya’ni bolalikning 4-yilida
(3yosh) inson hayoti davomidagi ikkinchi inqiroz yuz beradi. Bizga ma’lumki boladagi
“Ilk inqiroz” uning tashqi muhitga moslashishi bilan kechib, chaqaloqqa qaratiladigan katta
e’tiboruning bu jarayonga oson adaptatsiya qilishi bilan yakunlanadi. Bolaning
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
184
3 yoshga to‘lishi unda ilk bolalik davrining yakunlanishi hisoblanadi [4-7]. Psixologlar inson
psixikasi rivojlanishining o‘ta ahamiyatliligini inobatga olgan holda, inson tug‘ilgandan to yetuklik
davrigacha
sodir
bo‘ladigan
murakkab
psixik
rivojlanishni
3 yoshda kechishini ta’kidlaganlar. Bolada barcha bilish jarayonlari o‘sadi, sezgirlik, diqqat va
xotiraning hajmi kengayadi, ko‘rgazmali tafakkur o‘rnini mantiqiy tafakkur egallaydi. Ammo
bolalar psixikasida qator salbiy o‘zgarishlar ham kuzatiladi. Shaxsiy “men”ni anglash bosqichi
hisoblangan 3 yoshda ko‘pchilik bolalar kattalar va tengdoshlari bilan munosabatlarni
o‘rnatishda qiyinchiliklarga duch keladi. Olimlarning fikricha bu bosqichda negativizm ya’ni
bolalarning boshqa kishilar bilan munosabatlarida salbiy reaksiya kuzatilib bola kattalarga
bo‘ysunishni istamaydi. Shuningdek bu yoshda bolalarning yangi jamoaga yangi ijtimoiy muhitga
tushib qolishi ham ularning ruhiyatida bir qator o‘zgarishlarni yuzaga olib chiqadi. Bolalarda
injiqlik, qaysarlik, o‘zboshimchalik, kattalarni qadrsizlantirishga urinish, e’tiroz bildirishlar va
bolalar zo‘ravonligi kuzatilib, bunday bolalardan ko‘pincha “men o‘zim”i borasini eshitish
mumkin. 6-7 yoshli bolalarda esa tishlarning almashishi, yuz qiyofasining o‘zgarishi, bola
tanasining tez o‘sishi, organism chidamliligining ortishi, mushaklarning quvvatga to‘lishi
harakatlar muvozanatining takomillashuvi kuzatiladi. 3 yosh inqirozi davrida bolalar o‘zining
mavjudligini, “men”ini anglab yetgan bo‘lsa bu yoshga kelib ijtimoiy munosabatlardagi o‘z o‘rnini
topishga harakat qila boshlaydi. Ya’ni mavjudlikdagi “men”dan ijtimoiy “men” sari harakatlana
boshlaydilar. Maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘z o‘ziga “men mehribonman” men
qiynalyapman”, “men yomon ish qilyapman” degan so‘zlarni ayta oladi [5-8]. O‘z harakatlariga
nisbatan ongli yondashib, eski qiziqishlar o‘rniga yangilari bilan shug‘ullana boshlaydi. Biroq hali
bolada hissyotlarni boshqarish qobiliyati shakllanmagan bo‘ladi. Omadsizliklar zanjiri o‘qish va
kattalar bilan bo‘lgan munosabatlardan orasolik, kamsitilish, o‘ziga ishonchning susayishi,
kompetentlik, o‘ziga xosliklarning yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Bola ongli ravishda
qandaydir rolni bajarish, avvaldan tayyorlangan, biroq unchalik haqiqatga mos bo‘lmagan
qiyofaga kirishga harakat qila boshlaydi. Bu paytda bola tarbiyasi og‘irlashib uni bosqarish
birmuncha qiyinlashadi. Mazkur davrda bola uchun eng muhim narsa – hurmat. Agarda mazkur
ehtiyoj qondirilmasa, u bilan o‘zaro munosabatlarni o‘rnatish qiyinlashadi. Shu bilan birga ota-
onasining odatiy buyruq va talablarini hisoblab, muhokama qila boshlaydi, ayyorlik va o‘jarlikka
moyil bo‘lib qoladi. Te-tez “nima uchun”, “qanday”, “nimaga“ degan savollarni bera boshlaydi.
Mazkur yosh samimiylikning yo‘qolishi bilan ham harakterli bo‘lib, bu bolaning har bir harakatiga
ehtiyotkorlik va bosiqlik, sabr-toqat bilan javob berish lozimligini anglatadi. Boladagi bunday
o‘zgarishlar uning rivojlanishi bilan bog‘liq holda kechadi. Inson rivojlanishi murakkab jarayon
bo‘lib, uning shaxs sifatida takomil topib borishiga bir qator omillar ta’sir etadi. Bunday omillar
ichki va tashqi kuchlar hisoblanib, tashqi omillarga ma’lum faoliyat turlari va tabiiy ijtimoiy muhit
kirsa, ichki omillarga esa biologik, irsiy omillar misol bo‘ladi. Yuqoridagi ta’kidlaganimiz “inqiroz”
ham aynan shu omillar ta’sirida vujudga keladi. Tashqi kuchlar haqida fikr yuritadigan bo‘lsak
bolaning aynan maktabgacha yosh davrida bo‘ladigan qator o‘zgarishlar aynan tashqi muhit
yangi ijtimoiy jamoada yaqqol aks topadi. Chunki bolalarda dastlabki ijtimoiy munosabatlar
kichik sotsium – oilada kechgan bo‘lsa endi bu sotsium kengayib yangilanib boradi. Maktabgacha
ta’lim tashkiloti-bolaning hayoti davomidagi ilk katta jamoa bo‘lib, bu yerda bola bir qator jamiyat
a’zolari bilan bir vaqtda munosabatga kirishishi lozimligining o‘zi bola uchun katta vazifa
hisoblanadi. Bu vazifaning bajarilishi bola uchun qator qiyinchiliklarni tug‘diradi. Ba’zi bolalarda
bu jarayon sezilmasada, ularning psixikasida bu jarayonning ta’sirini kuzatish mumkin. Bugungi
kunda bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotiga chiqishi – undagi yakka hukmronlik davrining
tugashi bilan boshlanadi. Oilaning kichkintoyi hisoblangan bizning bolajon endi o‘z tengqurlari
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
185
bilan birgalikda teng muomala iste’molchisi bo‘lib, asosiy e’tibor markazidan yiroqlashganligini
his eta boshlaydi. Bolalardagi jismoniy rivojlanish ham bola xulq-atvoriga ta’sir etadi. Bolalardagi
surunkali kasalliklar hamda fiziologik o‘zgarishlarning normal kechmasligi, o‘zini tengdoshlari
bilan solishtirishi yoki kattalarning boshqa bolani unga o‘rnak sifatida ko‘rsatishi ham bola xulq-
atvorida og‘ir iz qoldiradi. Oila har bir inson shaxs sifatida kamolotga yetishida muhim vazifani
bajaradi
[7-10]. Bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotiga chiqquncha oilada tarbiya oladilar va boshlang‘ich
malakalarni egallaydilar. Shu sababdan, bola xulq-atvoridagi salbiy o‘zgarishlarga ota-onalarning
yetarlicha tajriba ega emasligi, hamda nosog‘lom (ichuvchi, janjalli) yoki to‘liqsiz oilalar (otasiz
yoki onasiz bolalar), ota-onalari ajrashgan yoki ikkinchi nikohdagi oilalardagi ijtimoiy
munosabatlarning ta’siri bo‘lmay qolmaydi. Bolalarda qator salbiy illatlar o‘zini ko‘rsata
boshlaydi yuqorida aytganimiz, “irsiyat”ning ham bunga bevosita aloqasi bor. Biz rivojlangan
texnologiyalar asrida yashayotganligimiz, bolajonlarning tug‘ulishi bilanoq yangiliklar bilan
bo‘lishi, masalan, tinimsiz televizor ko‘rishi, turli xil kompyuter va telefon o‘yinlarini o‘ynashi ham
bolalar ongi va xulq-atvoriga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Ota-onaning farzndini shunchaki tinchitish
uchun qiladigan, dastavval ularni quvontiradigan bu ishlari ham keyinchalik og‘ir salbiy xulq-
atvorni namoyon etadi. Bolalarda xudbinlik, janjalkashlik, e’tiborsizlik kabilar kuzatiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurgan bolajonlarda
qator salbiy o‘zgarishlar kelib chiqadi:
−
Ta’lim tashkilotiga qatnov istagining yo‘qolishi;
−
Ishtahaning pasayishi;
−
Bolada turli kasalliklarning paydo bo‘lishi;
−
Bolaning nizo keltirib chiqarishga moyilligi;
−
Bolada emotsional holatlarning buzilishi;
−
Boladagi psixik jarayonlarning buzilishi va boshqalar.
Xulosa sifatida shuni ta’kidlash joizki, bunday muammolar bilan ishlash bugungi kunda
ota-ona, tarbiyachi hamda psixologlar zimmasiga yuklangan. Bolalarning sog‘lom ijtimoiy
munosabatlarga kirishishi va kamol topishi uchun ularning ruhiyati sog‘lom bo‘lishi lozim.
Buning uchun ota-onalar va tarbiyachi pedagoglar bola ruhiyatini yaxshi bilishlari va zarur
hollarda kerakli vazifalarni bajarishni belgilab olishlari shart. Maktabgacha ta‘lim tashkilotida
ta‘limning asosiy tashkiliy shakli mashg‘ulot hisoblanib, tarbiyachi bolalar bilan ishlashda turli ish
shakllaridan foydalanishni yo‘lga qo‘ysa bu bolani ta‘limga qiziqtiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Alimardonova M. (2021). Systematization of the content of educational activities
in the development of cognitive skills of preschool children.
Збірник наукових праць
ΛΌГOΣ
.
2.
Botirovna K.V. (2020). Formation of visual and imaginative thinking in preschool
children through various playing activities.
European Journal of Research and Reflection
in Educational Sciences Vol
,
8
(12).
3.
Botirovna K.V. (2020). Methods of using oral folk creativity toshapethethinking
of preschool children.
ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal
,
10
(5). – PP. 608–612.
4.
Орипова Н. (2021). Bo‘lajak mutaxassislarda kasbiy e’tiqodni shakllantirish
bosqichlari.
Общество и инновации
,
2
(2/S). – B. 525–529.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
186
5.
Turayev Y.S. (2014). Formation of ground eds kills in preschool children during
familiarization with nature.
The Way of Science
. – P. 78.
6.
Yolkin T. (2020). The educational process of the basic system-activity approach
in the preschool educational organization. European Journal of Research and Reflection in
Educational Sciences, 8 (4), Part II. – PP. 26–29.
7.
Орипова Н.Х., &Ашурова С.Б. (2018). Аспекты формирования мировоззрения
детей дошкольного возраста.
Бюллетень науки и практики
,
4
(2).
8.
Орипова Н.Х., & Ашурова С.Б. (2018). Современные методы формирования
мировоззрения детей дошкольного возраста. Журнал научных публикаций
аспирантов и докторантов, (7). – C. 46–48.
9.
Орипова Н.Х., &Ашурова С.Б. (2018). Аспекты формирования мировоззрения
детей дошкольного возраста.
Бюллетень науки и практики
,
4
(2).
10.
Yarmanova Y.B. (2019). Нравственные качества личности дошкольника в
его собственном развитии. In
Методы и механизмы реализации компетентностного
подхода в психологии и педагогике
(C. 183–185).
