Авторы

  • Нодима Орипова
    Кандидат педагогических наук, доцент кафедры дошкольного образования, Каршинского государственного университета
  • Дилфуза Рахматова
    Магистрант, Шахрисабзский государственный педагогический институт

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss5-pp146-150

Ключевые слова:

Родина патриотизм круглый столдолг долг обязанность инициатива

Аннотация

В данной статье раскрывается роль и значение метода «Круглый стол» в воспитании чувства патриотизма у будущих педагогов. Также в статье упоминается метод организации круглого стола.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The role and significance of

round table

method in

raising a sense of patriotism among future teachers

Nodima ORIPOVA

1

, Dilfuza RAKHMATOVA

2

Karshi State University
Shakhrisabz State Pedagogical Institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2022

Received in revised form

10 September 2022
Accepted 25 October 2022

Available online

15 November 2022

This article reveals the role and significance of

Round

Table

method in instilling a sense of patriotism among future

teachers. The article also mentions the method of organizing

a round table.

2181-

1415/©

2022 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss5-pp1

46-150

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Motherland,

patriotism,

round table,

duty,

obligation,

initiative.

Bo‘lajak pedagoglarda vatanparvarlik hissini tarbiyalashda

“davra stoli” metodining o‘rni va ahamiyati

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Vatan,

vatanparvarlik,

davra stoli,

burch,

majburiyat,

tashabbuskorlik.

Ushbu maqolada bo‘lajak pedagoglarda vatanparvarlik

hissini tarbiyalashda “davra stoli” metodining o‘rni va

ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, maqolada davra stolini

tashkil etish metodikasi keltirib o‘tilgan.

1

Candidate of Pedagogical Sciences, Associate Professor of Preschool Education Department, Karshi State

University. E-mail: n_oripova@mail.ru.

2

Master degree student, Shakhrisabz State Pedagogical Institute. E-mail: d.raxmatova@mail.ru.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3 №

5 (2022) / ISSN 2181-1415

147

Роль и значение метода «круглый стол» в воспитании

чувства патриотизма у будущих педагогов

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Родина,

патриотизм,

круглый стол,

долг,

обязанность,

инициатива.

В данной статье раскрывается роль и значение метода

«Круглый стол» в воспитании чувства патриотизма у

будущих педагогов. Также в статье упоминается метод
организации круглого стола.

KIRISH

Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish uchun davlat va jamiyat ijtimoiy, iqtisodiy,

madaniy va ma’naviy sohalar oldiga ulkan vazifalarni qo‘ymoqda.

Darhaqiqat,

mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi ham intellektual

salohiyati yuqori, o‘z e’tiqodiga sodiq, Vatan sha’nini har narsadan ustun deb biladigan

yoshlarni yetishtirishdan iboratdir [1, 2, 3].

Shu bilan birga, yoshlar qalbiga vatan mehrini jo qilish, ularga Vatanning yagona

ekanligini anglatish ta’lim

-

tarbiya jarayonining asosiy vazifasi bo‘lmog‘i lozim. Ma’lumki,

ta’lim

-

tarbiya jarayoni muayyan maqsadga yo‘naltirilgan tizim bo‘lib, unda barkamol

shaxsni shakllantirishga alo

hida e’tibor qaratiladi.

Barkamollikning muhim belgilaridan

biri esa inson faoliyatida vatanparvarlikning namoyon bo‘lishidir. Pedagogik jarayonning
muayyan qismini bo‘lajak pedagoglarda xuddi mana shu vatanparvarlikni
shakllantirishga yo‘naltirish zarur [

4, 5].

Shuni unutmasligimiz lozimki, bo‘lajak pedagoglarda vatanparvarlikni

shakllantirish maqsadi nafaqat dars jarayonida, balki auditoriyadan tashqari jarayonda
ham amalga oshirilishi zarur. Bu borada auditoriyadan tashqari tadbirlarning eng
samarali usullaridan biri davra suhbati hisoblanadi [6, 7, 8, 9]. Davra suhbati

talabalarning faol jamoaviy munozarada ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratib beruvchi

usul hisoblanadi. Davra suhbati jarayonida dolzarb masala va muammolar o‘rtaga

tashlanadi hamda y

echim doirasida vazifalar belgilab olinadi. O‘z navbatida bo‘lajak

pedagoglarda vatanparvarlikni shakllantirishga qaratilgan davra suhbatining maqsadi

quyidagicha bo‘lmog‘i lozim:

1.

Talabalarning Vatanimiz tarixi, uning qadriyatlari haqidagi bilimlarini

kengaytirish;

2.

Vatan ravnaqi uchun xizmat qilish istagini kuchaytirish;

3.

Talabalar faolligini oshirish, tashabbuskorligini qo‘llab

-quvvatlash orqali ularda

mustaqillikni rivojlantirish;

4.

Talabalarda kreativlikni rivojlantirish uchun ijodiy muhitni yaratish.

5.

Yaku

niy xulosa va qaror qabul qilishga o‘rgatish;

6.

Taklif qilingan qarorlarni yakdil himoya qilishga o‘rgatish va boshqalar.

Talabalar bilan davra suhbatini tashkil etishda quyidagi jihatlarga alohida e’tibor

qaratish lozim:

1.

Turli xil vizual vositalardan foydalangan holda (audio, video, foto) davra

suhbatining mazmunli o‘tishini ta’minlash;

2.

Asosiy g‘oyaga e’tiborni qaratgan holda hisobotlar, sharhlar, dalillarni tayyorlash;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3 №

5 (2022) / ISSN 2181-1415

148

3.

“Davra suhbati” prinsipiga rioya qilish. Ya’ni talabaning aylana

stol atrofida

o‘tirishini ta’minlash. Chunki bu jarayonda bir

-

birlari bilan to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri aloqa

o‘rnatadilar, bir

-

birlarining yuz ifodasi, ko‘z qarashlari, mimikasi, xayrixohligi kabi

ko‘plab psixik va fiziologik holatlarini yaqqol ko‘radilar. Ayniqsa

, aylana stol atrofida

o‘tirgan kishilarning barchasida ruhiy yaqinlik kuzatiladi;

4.

Vatanparvarlikni tarbiyalashga oid davra suhbatining qiziqarli tus olishi uchun

va ayrim masalalarning yechimini topishda ekspertlar guruhini shakllantirish. (Bu
ekspert guruhiga tarixchilar, etnograflar, sotsiolog, psixolog, faylasuf olimlarni kiritish);

5.

Davra suhbatida iloji boricha talabalar sonining ko‘proq bo‘lishiga e’tibor

qaratish;

6.

Suhbat vaqtida muammolarni ma’lum bir ketma

-ketlikda yechishga urinish. Bir

masalani ye

chmasdan ikkinchisiga o‘tib ketmaslik;

7.

Davra suhbatining davomiyligi 2 soatdan oshmasligi lozim;

8.

Ishtirokchilar sonining kam yoki ko‘p bo‘lib ketmasligi.

Davra suhbatining muhim xususiyatlaridan biri uning ishtirokchilari o‘rtasida

ochiq va demokratiyaviy

munosabatlarning o‘rnatilganligidadir [10,

11, 12]. Chunki

davra stoli atrofida o‘tirgan har bir ishtirokchining fikri va qarashlari boshqalar

tomonidan rad etilmaydi va ochiq-oshkora suhbat olib boriladi. Bunda quyidagi
prinsiplarga amal qilinadi:

1.

Stol at

rofida o‘tirganlarning barchasi teng huquqli ekanligini ishtirokchilarning

barchasi his etishi;

2.

Suhbat jarayonida aytilgan har bir g‘oya va fikr muhokama qilinmay qolmasligi lozim;

3.

Suhbatda bir yoki bir necha kishining manfaati ko‘zlanmasligi lozim;

4.

Suhbat yakunida qabul qilingan qarorning bajarilishiga barcha ishtirokchi

mas’ul hisoblanadi.

Shu o‘rinda “Davra suhbati”ning tashkilotchisiga ham muhim vazifalar yuklanadi.

Ya’ni bular:

1.

Davra suhbatini qiziqarli bo‘lishi uchun muammoli savollarni izlab

topishi;

2.

Muhokama qilinayotgan umumiy muammo yuzasidan ishtirokchilarning

faolligini oshiruvchi qo‘shimcha savollarga o‘rin qoldirishi;

3.

Suhbat jarayonida keskin vaziyatlarga olib keluvchi holatlarning oldini olishi;

4.

Ishtirokchilar tomonidan

muammodan chetga chiqishlar bo‘lsa, darrov vaziyatni

tartibga solishi kabilar;

5.

Talabalarni jamoaviy tahlil va munozara, taqqoslashga jalb qila olish;

6.

Muhokama o‘tkazishda turli tashkiliy texnikalardan foydalanish;

7.

Davra suhbati uchun tanlagan mavzu bo‘yich

a talabalarni ogohlantirish;

8.

Ishtirokchilarga masala yuzasidan fikr-mulohazada ishtirok etishida vaqt

reglamentiga rioya qilishini eslatib borish.

Bizningcha, davra suhbatining to‘g‘ri tashkil etilishi uchun uni uch bosqichda

amalga oshirish lozim:

1. Ki

rish. Davra suhbati ishtirokchilarining o‘zaro tanishuvi. (Agar guruh ushbu

suhbatda ilk marotaba yig‘ilgan bo‘lsa va ularning tanishuviga 5 daqiqa vaqt beriladi).

Ishtirokchilarda davra suhbatiga nisbatan motivatsiyani yaratadi. Kun tartibidagi
muammo aytiladi va uning ahamiyati tushuntiriladi. Davra suhbati shartlari bilan

ishtirokchilarni tanishtirib olinadi va ular o‘rtasida do‘stona munosabatlar o‘rnatilishiga

erishiladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3 №

5 (2022) / ISSN 2181-1415

149

2. Asosiy qism. Davra suhbatining asosiy maqsadi amalga oshiriladigan jarayon

hisoblanadi. Unda dastlab mavzuga oid savollar birin-ketin ishtirokchilarga berib

boriladi. Har bir savolga atroflicha javob olingach, keyingi savolga o‘tiladi. Beriladigan

savollar muammoli vaziyatlardan kelib chiqib tuzilgan bo‘lishi lozim. Masalan, talaba

yoshlar bugungi kunda Vatan ravnaqi uchun qanday hissa qo‘shmoqdalar yoki hamma

talabalar ham Vatan oldidagi burchlarini to‘liq bajarmoqdalarmi, “Men Vatan uchun nima

qila olaman?” muammoli savollar atrofida bo‘lishi lozim. Mana shu kabi muammoli

vaziyatlar davra suhbati ishtirokchilariga tanishtirilgach, bir qancha savollar ularga

beriladi. Har bir savolga ajratilgan vaqt 10-15 daqiqadan oshmasligi lozim. Aks holda

davra suhbatida nazarda tutilgan boshqa muammolar yechilmay qolaveradi. Davra

suhbatida ber

iladigan savollarning ta’sir doirasi yuqori bo‘lib, uning yechimi “ha” yoki

“yo‘q” javoblaridan iborat bo‘lmasligi lozim, balki ishtirokchilarni fikr yuritishga,

mas’uliyat bilan yondashishga, atroflicha o‘ylashga majbur qilishi darkor. Berilgan

savollarga yondashuvlar, turli-

tuman fikrlar qancha ko‘p bo‘lsa, u shuncha qiziqarli

bo‘ladi. Eng muhimi bu jarayonda talabalar o‘zlarining Vatan oldidagi burch va

majburiyatlarini chuqur his etishlari va boshqalarni ham shunga jalb eta olishlari kerak.

Muhokama sh

aklidagi “davra suhbati”ni o‘tkazishda nafaqat g‘oyalar, yangi

ma’lumotlar, fikrlar, balki ushbu g‘oyalar va fikrlarning tashuvchisi sifatida ishtirok

etadilar. Muammoli vaziyatlarni yechishga qaratilgan savollar davra suhbatining asosiy

qismi hisoblanadi.

Savol berish masalasi (savol nima, bu javob, bu qo‘shimcha ma’lumot

olish, ma’ruzachining pozitsiyasini olish va shu bilan keyingi taktikani aniqlang).

3.

Natijaviy baholovchi bosqich. Bu bosqichda talabaga og‘zaki savollar va mobil

ilovalar orqali anket

a so‘rovnomasi yoki test savollariga javob berishi so‘raladi. Ularning

javoblari va olingan natijalar tahlil qilinadi.

XULOSA

Xulosa sifatida shuni ta’kidlash joizki, pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak

pedagoglar nafaqat kasbiy bilimlar bilan qurollanad

ilar, balki ular o‘z kasbi orqali

Vatanga xizmat qilishni va yosh avlodda vatanparvarlikni shakllantirish yo‘l va usullarini

egallaydilar. Ana shu maqsadda pedagogik jarayonning maqsadi bo‘lajak pedagoglarda

vatanparvarlik hissini shakllantirish bilan bog‘

liq holda amalga oshirilishi lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Медетова

М.М. (2005). Научно

-

педагогические основы патриотического

воспитания подростков на материалах краеведения. –

С.

23.

2.

Khalilovna O.N., Axmatjanovna M.M., Kosimovich N.U., & Botirovna K.V. (2020).

Main core and meaning of shaping professional faith. Journal of Critical Reviews, 7(2),

242

245.

3.

Khalilovna O.N., Lutfullayevna B.L., Kosimovich N.U., & Yusupovna R.M. (2020).

Historical studies in the pedagogical training and ways to improve vocational training.

Journal of Critical Reviews, 7(3), 274

277.

4.

Орипова

Н.Х., & Хаитова

Ю.С. (2016). Программа по воспитанию молодёжи

в духе общенациональных ценностей.

Журнал научных публикаций аспирантов и

докторантов, (1), 47–

49.

5.

Ташланова

Н.Д. (2018). Эффективное использование игровых технологий

в процессе обучения.

Форум молодых ученых, (4), 1419–

1421.

6.

Орипова

Н., & Неъматова

С. (2021). 7 yoshli bolalar xulq

-atvoridagi salbiy

o‘zgarishlarning kelib chiqish sabablari va omillari.

Общество и инновации,

2(4/S),

182

186.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3 №

5 (2022) / ISSN 2181-1415

150

7.

Орипова

Н., & Нарзиева

Л. (2020). Социально

-

исторические и педагогические

проблемы овладения профессией.

Экономика и социум, (12

-1), 868

871.

8.

Орипова

Н., & Омонова

М. (2021). Педагогико

-

психологические проблемы

развития адаптивных процессов детей дошкольного возраста.

Общество и

инновации,

2(4/S), 197

200.

9.

Ташланова

Н.Д. (2018). Эффективное использование современных

компьютерных технологий на уроках иностранных языков.

Экономика и социум,

(11), 907

910.

10.

Орипова

Н.Х., & Собирова

Н.З. (2013). Смысл и сущность понятия

убеждения.

Science and world, 45.

11.

Муминова

Н.А. (2017). Дидактические игры, используемые для

повышения эффективности уроков родного языка в 1 классах начального
образования.

Журнал научных публикаций аспирантов и докторантов, (4), 39–

41.

12.

Орипова

Н. Х., & Туропова

М.С. (2021). Основные виды занятий для детей

дошкольного возраста.

Экономика и социум, (1

-2), 291

294.

Библиографические ссылки

Медетова, М. М. (2005). Научно-педагогические основы патриотического воспитания подростков на материалах краеведения. 23 с.

Khalilovna, O. N., Axmatjanovna, M. M., Kosimovich, N. U., & Botirovna, K. V. (2020). Main core and meaning of shaping professional faith. Journal of Critical Reviews, 7(2), 242-245.

Khalilovna, O. N., Lutfullayevna, B. L., Kosimovich, N. U., & Yusupovna, R. M. (2020). Historical studies in the pedagogical training and ways to improve vocational training. Journal of Critical Reviews, 7(3), 274-277.

Орипова, Н. Х., & Хаитова, Ю. С. (2016). Программа по воспитанию молодёжи в духе общенациональных ценностей. Журнал научных публикаций аспирантов и докторантов, (1), 47-49.

Ташланова, Н. Д. (2018). Эффективное использование игровых технологий в процессе обучения. Форум молодых ученых, (4), 1419-1421.

Орипова, Н., & Неъматова, С. (2021). 7 yoshli bolalar xulq-atvoridagi salbiy o‘zgarishlarning kelib chiqish sabablari va omillari. Общество и инновации, 2(4/S), 182-186.

Орипова, Н., & Нарзиева, Л. (2020). Социально-исторические и педагогические проблемы овладения профессией. Экономика и социум, (12-1), 868-871.

Орипова, Н., & Омонова, М. (2021). Педагогико-психологические проблемы развития адаптивных процессов детей дошкольного возраста. Общество и инновации, 2(4/S), 197-200.

Ташланова, Н. Д. (2018). Эффективное использование современных компьютерных технологий на уроках иностранных языков. Экономика и социум, (11), 907-910.

Орипова, Н. Х., & Собирова, Н. З. (2013). Смысл и сущность понятия убеждения. Science and world, 45.

Муминова, Н. А. (2017). Дидактические игры, используемые для повышения эффективности уроков родного языка в 1 классах начального образования. Журнал научных публикаций аспирантов и докторантов, (4), 39-41.

Орипова, Н. Х., & Туропова, М. С. (2021). Основные виды занятий для детей дошкольного возраста. Экономика и социум, (1-2), 291-294.