Авторы

  • Мукаддас Каримова
    Доцент, Ферганский государственный университет
  • Дилоромхон Шарипова
    Магистрант, Ферганский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss3-pp55-62

Ключевые слова:

педагогическая практика инновационный подход технология овладение виды практики

Аннотация

В данной статье рассматриваются такие вопросы как высшее учебное заведение, система подготовки учителей, педагогическая практика, инновационный подход, системное развитие, совершенствование управленческой деятельности, компетентность, технология совершенствования, оценка уровня мастерства, виды практики.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Pedagogical principles of improving the pedagogical
practice of future specialists based on the innovative
approach

Mukaddas KARIMOVA

1

, Diloromkhon SHARIPOVA

2


Fergana State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2023

Received in revised form

15 May 2023
Accepted 15 June 2023

Available online

25 June 2023

In this article, a higher education institution, teacher training

system, pedagogical practice, innovative approach, systematic

development, improvement of management activities,

competence, improvement technology, assessment of the level

of mastery, and types of practice are considered.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss3-pp5

5-62

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

pedagogical practice,
innovative approach,
technology,

mastering,

types of practice.

Bo‘lajak mutaxassislarni innovatsion yondashuv asosida

pedagogik amaliyotini takomillashtirishning pedagogik
asoslari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

pedagogik amaliyot,
innovatsion yondashuv,
texnologiya,

o‘zlashtirish,

amaliyot turlari.

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasasi, pedagog kadrlar

tayyorlash tizimi, pedagogik amaliyot, innovatsion yondashuv,

tizimli rivojlantirish, boshqaruv faoliyatini takomillashtirish,

kompetensiya, takomillashtirish texnologiyasi, o‘zlashtirish

darajasini baholash, amaliyot turlari haqida so‘z boradi.

1

Associate Professor, Fergana State University. E-mail: mukaddaskarimova58@ gmail.com

2

Graduate student, Fergana State University. E-mail: sharipovadilorom831 @gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

3 (2023) / ISSN 2181-1415

56

Педагогические

принципы

совершенствования

педагогической деятельности будущих специалистов
на основе инновационного подхода

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

педагогическая практика,
инновационный подход,

технология,

овладение,

виды практики.

В данной статье рассматриваются такие вопросы как

высшее учебное заведение, система подготовки учителей,

педагогическая практика, инновационный подход, системное

развитие, совершенствование управленческой деятельности,
компетентность, технология совершенствования, оценка
уровня мастерства, виды практики.

Mamlakatimiz ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalarga asoslangan ta’lim –

tarbiya tizimini takomillashtirish uning milliy zaminini mustahkamlash ijtimoiy faol va

malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni jahon talablari darajasiga ko‘tarishga
yo‘naltirilgan tadqiqotlar keng ko‘lamda olib borilmoqda. Ta’lim tizimidagi sifat
o‘zgarishlari va yuqori samaradorlik, ularning jahon ta’lim talablari bilan mosligi va
pedagoglarning kelgusi mehnat faoliyatlarida o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va

malakalarini qay darajada amaliyotga tatbiq qilinayotgan

ligiga bevosita bog‘liqdir.

Ta’lim

-

tarbiyadagi sifat o‘zgarishlar va yuqori samaradorlik mazkur sohaga ijobiy

yangilik kiritish natijasida ta’limda sifat va samaradorlik ta’minlanib, pedagogik

innovatsiya jarayoni vujudga keladi [35].

Pedagogik ta’lim tizimi zamon talablariga javob beradigan, bo‘lajak o‘qituvchilarni

kasbiy-

innovatsion faoliyat olib borishga tayyorlash uchun zamonaviy o‘qitish tizimining

yangi, ilmiy asoslangan model va texnologiyalarini taklif qilgan holda taraqqiy etib
bormoqda. Zamonaviy sharoitlarda tobora ortib borayotgan pedagogika sohasining

maqomi va mazkur yo‘nalishdagi malakali mutaxassislarga bo‘lgan

talabning ortib

borishi

, oliy pedagogik ta’limning yaxlit tizimida ularning kasbiy

-pedagogik

tayyorgarligini zamon talablari darajasida modernizasiyalash zaruratini belgilaydi. Oliy

ta’limda bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik –

innovatsion faoliyatga tayyorgarligini

takomillashtirish jarayoni uzluksiz ta’lim tizimini modernizatsiyalashning umumiy

qoidalariga asoslanadi.

Ta’limni modernizatsiyalash g‘oyasining ishlab chiqilishi va uning zamonaviy ilmiy

nashrlar hamda normativ hujjatlarda aks ettirilishi uning mohiyatini, oliy ta’limda amalga
oshirishning yo‘nalishlari va yo‘llarini tushunish zarururligini anglatadi. O‘zb

ekiston

Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora

-tadbirlari

to‘g‘risida”gi 2017

-yil 20-apreldagi PQ

2909-

sonli Qarori oliy ta’lim tizimini tubdan

takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor

vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no

-

mazmunini tubdan qayta ko‘rib

chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun
zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan [2].

Pedagogika sohasin

i yangi sifat bosqichiga ko‘tarish sifatli soha mutaxassislarini

tayyorlashning mazmuni va uslubini innovatsiyalarga asoslangan holda qayta qurishni

talab qiladi. Buning uchun pedagogika sohasida bo‘lajak o‘qituvchilar

tayyorlash

tizimining mazmuni, dastur

larining tarkibiy tuzilishini davlat ta’limning mazkur bo‘g‘ini

oldiga qo‘ygan talablari asosida takomillashtirish lozimligini ko‘rsatmoqda.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

3 (2023) / ISSN 2181-1415

57

Bo‘lajak mutaxassislarni innovatsion yondashuv asosida pedagogik amaliyotini

takomillashtirish texnologiyasi oliy

ta’lim muassasalari oldidagi muhim vazifalardan

biridir. Bugun mamlakatimiz ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalarga asoslangan

ta’lim

-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, ijtimoiy

faol va malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni jahon andozalari darajasiga

chiqarish dolzarb masalalardan biridir.

Ta’lim sohasidagi sifat o‘zgarishlari va yuqori samaradorlik ularning jahon ta’lim

talablari bilan mosligi va pedagoglarning kelgusi mehnat faoliyatlarida o‘zlashtirgan

k

ompetentsiyalari qay darajada amaliyotga tatbiq qilinayotganligiga bog‘liq.

Bu haqda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022

-yil 11-maydagi

“2022–

2026-

yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash

to‘g‘risida”gi PF–

134-sonli Farmonining 7-bandida hamda 2022-yil 21-iyundagi

“Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim

muassasalarini yanada rivojlantirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–

289-Qarorining

2-bandida pedagog kadrlar tayyorl

ovchi oliy taʼlim muassasalari kunduzgi taʼlim shaklida

tahsil olayotgan 2-4-

bosqich talabalari uchun haftalik o‘quv mashg‘ulotlari

“4+2” tartibida, shu jumladan, darslarning 4 kuni oliy taʼlim muassasasida, 2 kuni

maktabgacha va umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida amaliyot o‘tash tartibida olib

borilishini taʼminlash vazifasi ko‘rsatilgan.

Ta’lim

-

tarbiyadagi sifat o‘zgarishlari va yuqori samaradorlik esa mazkur sohaga

ijobiy yangilik kiritish natijasida ta’limda sifat va samaradorlik ta’minlanib, pedagogi

k

innovatsion jarayon vujudga keladi.

Pedagogik innovatsiya

bo‘lajak mutaxassislarni yangicha sharoitlarda ishlashga

tayyorlovchi jarayon bo‘lib, u oldingi egallangan bilimlar asosida ta’limda sifat jihatidan

o‘zgarishlar amalga oshirib, yuqori samarado

rlikka erishishga yangicha yondashuv

qilishdan iboratdir.

“Innovatsion yondashuv” tushunchasining pirovard maqsadi ta’lim sohasida o‘quv

-

tarbiya jarayoni natijasini kafolatlaydigan o‘zgarish, yangilanishlar kiritishdan iboratdir.

Pedagogik innovatsiyalar t

egishli sohada ijobiy o‘zgarishlarni sodir etish, sifat jihatdan

yuqori natijalarga erishish maqsadida qo‘llaniladi.

Pedagogik oliy ta’lim muassasalari talabalarining pedagogik amaliyoti professional

pedagogik kadrlar tayyorlashning muhim omili hisoblanadi

. Zero, bilim, xazina bo‘lsa,

shuhbasiz, uning eshigini ochadigan kalit bu

amaliyot, amaliy ta’limdir. Hozirgi vaqtda

pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida amaliy tayyorgarligi yuksak,

professional pedagogik kadrlar tayyorlash muammosi eng dolzarb masalalardan biridir.

Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha

kadrlar tayyorlashning muhim qismi bo‘lgan talabalarning pedagogik amaliyoti –

fan-

texnika, texnologiya zamonaviy usullar, tajribalarni o‘rgangan xolda, kasbiy ko‘nikma va

amaliy malakalarni shakllantirish orqali pedagogika ta’lim sohasini rivojlantirish dolzarb

masalalardan biridir.

Bu haqda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sohasini

yanada rivojlantirish chora-tadbirlar

i to‘g ‘risida”gi [4] qarorda quyidagilar pedagogika

ta’lim sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilangan:

tarbiya va o‘qitish usullari, axborot

-kommunikatsiya texnologiyalari hamda

xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirgan, ta’lim

jarayonida zamonaviy pedagogik

texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega professional pedagog kadrlar tayyorlash;

pedagogik kasbga qiziqishi yuqori bo‘lgan yoshlarni aniqlash hamda ularni

maqsadli tayyorlab va tarbiyalab borishning uzluksiz tizimini joriy qilish;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

3 (2023) / ISSN 2181-1415

58

pedagogik ta’lim sohasining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha

o‘quv reja va dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, innovatsion o‘quv

me’yoriy va ta’lim resurslarini yaratish hamda amaliyotga joriy e

tish;

sohada ta’lim, ilm –

fan va ishlab chiqarish uyg‘unligini ta’minlash orqali ta’lim

sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni
samarali tashkil etish;

pedagog kadrlar buyurtmachilari ehtiyoj va talabla

rini muntazam o‘rganib

borish, ular bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish hamda pedagog kadrlar

tayyorlashning ilmiy asoslangan istiqbolli rejalarini belgilash va ularni amalga oshirish;

oliy pedagogik ta’limga raqamli texnologiyalarni joriy etish, zam

onaviy axborot-

kommunikatsiya va ta’lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta’minlash

pirovardida pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun

qo’shimcha sharoitlar yaratish;

pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’l

im muassasalarini tizimli rivojlantirish va

ularda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish;

pedagogik ta’lim infratuzilmasini yaxshilash, sohadagi xalqaro hamkorlikni

yanada kengaytirish;

yuksak madaniyatli, amaliy kasbiy ko‘nikmaga ega, tarbiya, o‘qit

ish metodlari va

baholash mezonlarini puxta egallagan zamonaviy pedagog kadrlarni shakllantirish
jarayonlari samaradorligini oshirish.

Shuningdek, 2020-yil 23-

sentabrda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning

yangi tahriri ta’lim tizimiga juda katta o‘zgarishlar kiritdi. Mazkur qonunning

35-

moddasida “O‘quv rejasida, qoida tariqasida, ta’lim jarayonining jadvali, o‘qitishning

boshlanishi, muddati va davriyligi, o‘quv yillari, choraklar, semestrlar, amaliyot, ta’tillar

hamda attestatsiya, ajratilgan

haftalar soni, o‘rganiladigan fanlar (modullar) va ularga

ajratilgan soatlar (kreditlar) hamda boshqa zarur parametrlar aks ettiriladi”, deb belgilab
qo‘yilgan

[1].

Ta’lim oluvchilarning amaliyotni o‘tash tartibi va uni tashkil etish ta’lim sohasidagi

vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi [1].

Ta’lim oluvchilar kasbiy

ko‘nikmalarini mukammal egallashi uchun o‘quv rejalari va muayyan fanlarning o‘quv
dasturlarida o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tashlari kerak.

Amaliyotlar ba

kalavr ta’lim jarayoninig majburiy qismi bo‘lib, talabalarning kasbiy

tayyorgarligi, amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltiriladi.
Bakalavrlar tayyorlashda ko‘plab amaliyot turlari o‘tkaziladi. Shulardan biri pedagogik

amaliyot hisoblanadi [4].

Pedagogik amaliyot bo‘lajak mutaxassisni kasbiy tayyorlash tizimining asosiy va

muhim bo‘g‘inidir.

Pedagogik amaliyot talabaning nazariy ta’limi va bo‘lajak mustaqil faoliyatini

bog‘laydigan hamda kasbiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni ta’minlovchi
jarayon bo‘lib, dastlabki tajriba maktabi hisoblanadi.

Pedagogik amaliyot

bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda o‘quv

-pedagogik

jarayonining asosiy qismi hisoblanadi. Pedagogik amaliyot namunaviy va ishchi o‘quv

rejasiga mos ravishda amalga oshiriladi. Pedagogik amaliyotning mazmuni amaliyot

turiga qarab, kafedrada ishlab chiqilgan dasturiga mos bo‘ladi. Pedagogik amaliyot o‘quv
mashg‘ulotlaridan ajralgan holda tashkil etiladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

3 (2023) / ISSN 2181-1415

59

Ammo mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda muayyan y

utuqlar qo‘lga

kirtilganligi va uning ta’lim tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganiga qaramay, “O‘zbekiston

Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030

-

yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da

ta’kidlanganidek, yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida oliy ta’lim

tizimi oldida

bugungi kunda o‘z yechimini kutayotgan qator dolzarb muammo va kamchiliklar saqlanib

qolmoqda, shu jumladan: oliy ta’limga ta’lim oluvchilarni jalb etish qamrovi darajasi

pastligicha qolmoqda; amaldagi malaka talablari, o‘quv reja va dasturl

ari mazmun

jihatidan bitiruvchilarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilmagan [3].

Pedagogik kuzatishlar natijalari oliy ta’lim tizimida malakaviy amaliyotni tashkil

etish va o‘tkazishda bir qancha kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatadi.

oliy ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot yaxlitligi ta’minlanmaganligi,

talabalarning malakaviy a

maliyotlarini ishlab chiqarish korxonalarida o‘tkazish samarali

tashkil etilmagani oqibatida bitiruvchilarning aksariyat qismi tayyor mutaxassis bo‘lib

chiqish o‘rniga, ishga joylashgandan keyin qaytadan o‘z kasbini, mutaxassisligini

o‘rganayotganligi, shuningdek, ta’lim sifatini nazorat kilish mexanizmi zamonaviy

talablarga javob bermasligi, ta’lim muassasalarida malakali pedagog va boshqaruv

kadrlarining yetishmasligi kabi kamchiliklar qayd etilgan.

Pedagogik amaliyotni o‘tkazish bo‘yicha dasturiy ta’mino

tning zamonaviy

talablarga mos emasligi; amaliyotni tashkil etishda innovatsion texnologiyalarning

samarali metodlaridan yetarli darajada foydalanilmayotganligi; amaliyot natijalarini

baholash tizimi yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi kabi muammolar uni tashkil etish

va o‘tkazishga innovatsion yondashuv zarurligini taqozo etadi.

Pedagogik amaliyotni o‘tkazishda talabalar tomonidan amaliy pedagogik faoliyat

tajribasini o‘zlashtirish, ularning shaxsining kasbiy yo‘nalishini shakllantirish

- asosiy

maqsad qilib olinadi [22].

Ushbu maqsad quyidagi vazifalarda ko‘rsatilgan:

1.

Pedagogik jarayonni amalga oshirish uchun ularni qo‘llash jarayonida

talabalarning psixologik, pedagogik va maxsus (“Ijtimoiy fanlar” fanidan) bilimlarini

takomillashtirish;

2. Talabala

rning zamonaviy ta’lim muassasasi ishi (ta’lim dasturlarining o‘ziga xos

xususiyatlari, professor-

o‘qituvchilar tarkibi faoliyati, ma’muriyat vakillari va pedagogik

jamoaning funksional vazifalari, ta’lim sohasidagi an’analar va innovatsiyalar to‘g‘risida)

g‘oyalarini rivojlantirish. ishni tashkil etish);

3. Talabalarning pedagogik mahoratini shakllantirish:

Gnostik, talabalarning bilim va kon‘ikmalari sifatini diagnostika qilish, ularning

tarbiya darajasini aniqlash, talabalarning jinsi, yoshi va individual xususiyatlarini o‘rganish,

talabalar guruhining rivojlanish xususiyatlarini aniqlash, tahlil qilish bil

an bog‘liq.

Loyihaviy, o‘quv ishlarini rejalashtirishni ta’minlaydigan (tematik va dars),

tarbiyaviy ish darslar va sinfdan tashqari ishlar konspektlarini ishlab chiqish,

talabalarning xususiyatlariga mos keladigan ta’lim va tarbiya shakllari va usullarin

i

tanlash;

ta’lim texnologiyalari

;

Tashkiliy, o

z pedagogik faoliyatini amalga oshirishga va talabalarning faol ishiga

rahbarlik qilishga, ularning tashabbuskorligi va mustaqilligini rivojlantirishga qaratilgan;

Talaba-amaliyotchining talabalar va hamkasbl

ari (uning o‘rtoqlari, o‘qituvchilari,

metodistlari) bilan og‘zaki va og‘zaki bo‘lmagan muloqoti bilan bog‘

liq;

4. Talabalarning kasbiy pedagogik faoliyatga qiziqishini, pedagogik mehnatga

ijodiy munosabatini rivojlantirish;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

3 (2023) / ISSN 2181-1415

60

5. Talabalarning pedagogik qobiliyatlarini (ifodali nutq, didaktik, taklif, idrok etish

va boshqalar), shuningdek, o‘qituvchi shaxsining kasbiy ahamiyatli fazilatlarini (bolalar

bilan munosabatda bo‘lish, o‘zini tuta bilish, pedagogik takt, adolat va boshqalar)

rivojlantirish.

Pedagogi

k amaliyotni o‘tashda talabalarning kasbiy qiziqishlari va istaklarini

inobatga olgan holda, talabalar bilan propedevtik ish olib borish, talabalarning pedagogik

madaniyat darajasini oshirish maqsadida zamonaviy ta’lim muammolari bo‘yicha turli

ilmiy-metodik tadbirlar tashkil etish, ularning moyilliklari va qiziqishlarini aniqlash

muhimdir.

Pedagogik amaliyotning har bir bosqichi yakunida talabalar stajyor-talabaning

kundaligini tuzadi va tekshirishga topshiradi, yakuniy konferensiyalarda talabalar

pedagogi

k amaliyotdan o‘tganligi to‘g‘risida hisobot taqdim etadi; tadqiqot ishlari, ijodiy

loyihalar natijalarini e’lon qiladigan hisobotlarni tuzadi

[17.20].

Bo‘lajak o‘qituvchini kompetensiyaga asoslangan o‘qitishning muhim tarkibiy qismi

talabalarni joriy, or

aliq va yakuniy attestatsiyadan o‘tkazish tartibini o‘zgartirishdir.

Talabalarni tayyorlash sifatini baholash ikki yo‘nalishda amalga oshirilishi shart:

fanni o‘zlashtirish darajasini baholash (kognitiv komponent); talabalarning malakasini

baholash (faoliyat komponenti).

Talabalarning kasbiy kompetensiyalarining rivojlanish darajalarini quyidagicha

tavsiflash mumkin:

Yuqori daraja: talaba kasbiy bilimlar tizimiga ega, taklif qilingan savollarni turli

pozitsiyalardan ko‘rib chiqadi, nazariy qoidalarni o‘z mi

sollari bilan tasdiqlaydi; kasbiy

bilimlarni yangilash va muayyan pedagogik vaziyat shartlaridan kelib chiqib to‘g‘ri yechim

topishni biladi;

O‘rta daraja: talaba ushbu masalalar bo‘yicha nazariy qoidalarni asosli, to‘liq,

amaliyotdan misollar bilan tasvir

lab beradi; pedagogik muammoga o‘z yechimini taklif

qiladi;

Past daraja: talaba taklif qilingan savollar bo‘yicha asosiy nazariy qoidalarni taqdim

etadi; pedagogik muammoni hal qilish qobiliyatini ko‘rsatadi.

Talabaning amaliy tayyorgarligi ularni tashkil etishning innovatsion shakllari va

usullarini joriy etish orqali o‘qitish, tarbiyalash va talaba shaxsi va individual

xususiyatlarini rivojlantirishning yuqori samaradorligini ta’minlash zarurati bilan bog‘liq.

Amaliy mashg‘ulotlarning vazifalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda chuqurlashtirish va mustahkamlash;

Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish;

Tanlangan kasbga muvofiq har xil faoliyat turlarini bajarishga kasbiy yaroqlilik va

tayyorlikni aniqlash;

Muayyan kasbiy faoliyatga qiziqish va motivatsiyani shakllantirish;

Iqtisodiy faoliyatning ilg‘or va innovatsion tajribasini o‘rganish. Amaliy mashg‘ulot

tamoyillari nazariy mashg‘ulot va amaliyot, amaliy mashg‘ulot

v‘a amaliyotning o‘zaro

bog‘liqligi va bir

-

birini to‘ldirishini ifodalaydi; kasbiy o‘zini ozi belgilash va amaliy

mash‘ulotlarni diversifikatsiya qilish.

Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun amaliyotdan boshlab ta’lim muassasalari

bakalavrlar tayyorlashda

o‘quv jarayonining eng muhim qismi bo‘lib, ta’limning har bir

bosqichida talabalarning kasb-

hunarni o‘zlashtirish, nazariy bilimlarini chuqur

mustahkamlash, kasbiy va ijodiy ijro mahoratini rivojlantirish bo‘yicha tizimli va maqsadli

faoliyati sanaladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

3 (2023) / ISSN 2181-1415

61

A

maliyot davomida qo‘yilgan vazifalarni eng yuqori saviyada bajarish uchun bilim

va ko‘nikmalarni nafaqat aniq kasbiy modulga kiritilgan fanlararo kurslarda, balki oldingi

umumiy ta’lim, umumiy gumanitar va ijtimoiy fanlar bo‘yicha ham qo‘llash lozim [22].

Amaliy mashg‘ulotlardan o‘tishning ahamiyati shundaki, u talabalarning mustaqil

ishlashga tayyorgarligini tekshirish quroli, shuningdek, kasbiy ko‘nikmalarni

shakllantirishning muhim shakli sanaladi.

Bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash jarayoni murakkab xususiyatga ega bo‘lib, bu

jarayonda maqsad aniq belgilanishi lozim.

Bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash quyidagi uchta tarkibiy asosdan tashkil topadi:

1.

Yangi ijtimoiy bosqichga xos bol‘gan xususiyatlar asosida yuzaga kelgan faoliyat

turlari.

2.

Kasbiy talablari aniq ko‘rsatiladigan faoliyat turlari.

3. Davlatning ijtimoiy-

siyosiy tuzilmasi hamda uning ma’naviy

-axloqiy tizimi

mohiyatiga ko‘ra

tashkil etiluvchi faoliyat turlari [20.141].

Yuqorida keltirilgan faoliyat asoslari ma’lum mutaxassis uchungina emas, balki

barcha mutaxassisliklar vakillari uchun ham zarur bo‘lgan mahorat (shuningdek, ma’lum

bilimlar) ni o‘z ichiga oladi, jumladan, o‘qis

h mahorati, jamoani boshqara olish, ijtimoiy

faoliyatni tashkil etishga tayyorlik. Keyingi ikki faoliyat turi ma’lum kasb uchun

qo‘yiluvchi aniq talablar darajasini belgilaydi [15].

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, pedagogik ta’lim tizimi, zamon talablar

iga javob

beradigan, bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy

-innovatsion faoliyat olib borishga tayyorlash

uchun zamonaviy o‘qitish tizimining yangi, ilmiy asoslangan model va texnologiyalarini

taklif qilgan holda taraqqiy etib bormoqda. Zamonaviy sharoitlarda tobora ortib

borayotgan pedagogika sohasining maqomi va mazkur yo‘nalishdagi malakali

mutaxassislarga bo‘lgan

talabning ortib borishi

, oliy pedagogik ta’limning yaxlit tizimida

ularning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini zamon talablari darajasida modernizasiyalash

zaruratini belgilaydi. Oliy ta’limda bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik –

innovatsion

faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirish jarayoni uzluksiz ta’lim tizimini

modernizatsiyalashning umumiy qoidalariga asoslanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YX

ATI:

1.

“Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonun. O‘RQ

-637-son. 2020-yil 23-sentabr.https://lex.uz/

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017

-yil 7-

fevraldagi “O‘zbekiston

Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi to‘g‘risida”gi

PF-4947-so

n Farmoni //O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017

-y.,

6-son, 70-modda

3.

O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030

-yilgacha rivojlantirish

konsepsiyasini to‘g‘risida”gi PF

-5847-

son Farmoni, Qonun xujjatlari to‘plami milliy

bazasi, https://lex.uz/

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022

-yil 11-

maydagi “2022–

2026-

yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi

PF-134-

sonli Farmoni (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2022

-y.,

06/22/134/0407-son)

5.

2022-yil 21-

iyundagi “Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar

tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarini yanada rivojlantirish chora

-tadbirlari

to‘g‘risida” gi PQ–

289-

Qarori (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.20

22-y.,

07/22/289/0562-son)


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

3 (2023) / ISSN 2181-1415

62

6.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020

-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son

qarori (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.02.2020

-y., 07/20/4623/0220-

son, 13.06.2020-y., 07/20/4749/0758-son)

7.

Байденко В.И. Компетенции в профессиональном образовании (к освоению

компетентностного подхода)// Высшее образование в России. –

№ 11. –

2004

8.

Dilafruz Rafiqova “Amaliy ta’limning nazariy asoslarini shakllantirish” Jamiyat

va innovatsiyalar-Sosiety and innovations Special Issue -8 (2021) / ISSN 2181

1415

9.

R.Ishmuxamedov,

A.Abduqodirov,

A.Pardaev

Tarbiyada

innovatsion

texnologiyalar (ta’lim muassasalari pedagog

-

o‘qituvchilari va guruh raxbarlar uchun

amaliy tavsiyalar).

–T.: Iste’dod, 2010.

-141-b

10.

M.O.Karimova, A.R.Saidullaeva, (2020). Pedagogical basis of the use of

universal and national values in the spiritual and moral education of children in the
family. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17(7), 8547-8555.

11.

Karimova, M., & Tuychieva, R. (2019). THE PEDAGOGICAL BASICS OF

TRAINING STUDENTS FOR PROFESSIONAL, MORAL AND EDUCATIONAL FUNCTION.
Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(10), 311-317.

12.

M. Karimova, Mutaxassisni kasbiy tayyorlash jarayonini modellashtirish

//Ob

щ

estvo i innovatsii.

2021.

T. 2.

№. 8/S. –

S. 274-282.

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

13.

N.

А

.Muslimov., O.

А.Qo‘ysinov, Kasb taʼlimi o‘qituvchilarini tayyorlashda

mustaqil taʼlimni tashkil etish nazariyasi va metodikasi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi “Fan”, 2009.

-11-12 b.

Библиографические ссылки

“Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonun. O‘RQ-637-son. 2020-yil 23-sentabr.https://lex.uz/

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni //O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 6-son, 70-modda

O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmoni, Qonun xujjatlari to‘plami milliy bazasi, https://lex.uz/

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022-2026-yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida” gi PF-134-sonli Farmoni (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2022-y., 06/22/134/0407-son)

-yil 21- iyundagi “Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ – 289- Qarori (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2022-y., 07/22/289/0562-son)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qarori (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.02.2020-y., 07/20/4623/0220-son, 13.06.2020-y., 07/20/4749/0758-son)

Байденко В.И. Компетенции в профессиональном образовании (к освоению компетентностного подхода)// Высшее образование в России. – № 11. – 2004

Dilafruz Rafiqova “Amaliy ta’limning nazariy asoslarini shakllantirish” Jamiyat va innovatsiyalar-Sosiety and innovations Special Issue -8 (2021) / ISSN 2181 – 1415

R.Ishmuxamedov, A.Abduqodirov, A.Pardaev Tarbiyada innovatsion texnologiyalar (ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilari va guruh raxbarlar uchun amaliy tavsiyalar). –T.: Iste’dod, 2010. -141-b

M.O.Karimova, , A.R.Saidullaeva, (2020). Pedagogical basis of the use of universal and national values in the spiritual and moral education of children in the family. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17(7), 8547-8555.

Karimova, M., & Tuychieva, R. (2019). THE PEDAGOGICAL BASICS OF TRAINING STUDENTS FOR PROFESSIONAL, MORAL AND EDUCATIONAL FUNCTION. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(10), 311-317.

M. Karimova, Mutaxassisni kasbiy tayyorlash jarayonini modellashtirish //Obщestvo i innovatsii. – 2021. – T. 2. – №. 8/S. – S. 274-282. https://inscience.uz/index.php/socinov/index

N.А.Muslimov., O.А.Qo‘ysinov, Kasb taʼlimi o‘qituvchilarini tayyorlashda mustaqil taʼlimni tashkil etish nazariyasi va metodikasi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fan”, 2009.-11-12 b.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Мукаддас Каримова, Хакимжон Тоджиев, Особенности технологической организации процесса обучения , Общество и инновации: Том 2 № 8/S (2021)

Мукаддас Каримова , Дилнозахон Сойипова , Педагогические условия формирования профессиональной компетентности будущих учителей английского языка , Общество и инновации: Том 5 № 1 (2024)

Мукаддас Каримова , Абдусалом Мамуров , Методические принципы развития творческой деятельности студентов на основе компетентностного подхода , Общество и инновации: Том 5 № 1/S (2024)

Мукаддас Каримова , Педагогические принципы развития творческих способностей студентов на основе инновационных технологий , Общество и инновации: Том 4 № 5/S (2023)

Мукаддас Каримова , Ранохон Тойчиева , Философско-этические и социально-педагогические взгляды мыслителей Средней Азии на воспитание детей в семье , Общество и инновации: Том 3 № 5 (2022)

Дилафруз Рафикова, Мукаддас Каримова, Нормативно-правовое обеспечение процессов модернизации высшего педагогического образования Республики Узбекистан , Общество и инновации: Том 2 № 8/S (2021)

Мукаддас Каримова, Моделирование процесса профессиональной подготовки специалиста , Общество и инновации: Том 2 № 8/S (2021)