Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Methodological principles for the development of
students
’
creative activity based on a competent approach
Mukaddas KARIMOVA
Fergana State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received December 2023
Received in revised form
15 December 2023
Accepted 20 January 2024
Available online
15 February 2024
This article outlines ideas on the competency-based
approach, the
development of students’ creative activity, the
study of the development of pottery, increasing the demand and
needs for artistic pottery, teaching the discipline “art ceramics”,
pottery art, and folk applied art.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss1/S-pp104-109
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
higher education,
competency-based
approach,
students,
ceramics.
Kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarning ijodiy
faoliyatini rivojlantirishning metodologik asoslari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
oliy ta’lim,
kompetensiyaviy
yondashuv,
talabalar,
kulolchilik.
Ushbu maqolada kompetensiyaga asoslangan yondashuv,
talabalarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish, kulolchilik
taraqqiyotini o‘rganish, badiiy kulolchilik mahsulotlariga
bo‘lgan talab va ehtiyojning ortib borishi, “Badiiy kulolchilik”
fanini o‘qitish, kulolchilik san’ati, xalq amaliy san’ati haqidagi
fikrlar bayon etilgan.
1
Candidate of Pedagogical Sciences, Associate Professor, Fergana State University.
2
Independent researcher, Fergana State University.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2024) / ISSN 2181-1415
105
Методические
принципы
развития
творческой
деятельности студентов на основе компетентностного
подхода
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
высшее образование,
компетентностный
подход,
студенты,
керамика.
В
данной
статье
представлены
идеи
по
компетентностному подходу к обучению, развитию
творческой деятельности учащихся, изучению и развитию
гончарного дела, повышению спроса и потребности
в художественных гончарных изделиях. Особое внимание
уделяется преподаванию дисциплины «художественная
керамика», гончарному искусству, а также народному
прикладному искусству.
Dunyoning yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalarida
kompetensiyaviy yondashuvni kasbiy ta’lim, umumta’lim fanlari
standartlari mazmuniga
kiritish tamoyillari, ularning pedagogik tizim bo‘g‘inlaridagi o‘zgarishlarga ta’siri,
psixologik va metodologik asoslari va xususiyatlari, mustaqil ravishda ta’lim natijalariga
erishish konsepsiyasi, kompetensiyaviy yondashuv talqini, shaxsni rivojlantirishga
yo‘naltirilgan, ijtimoiy va ma’lum bir sohadagi faoliyatga doir kompetensiyalarga oid
ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.
Oliy ta’lim muassasalarida talabalarda tayanch kompetensiyalar, jumladan,
kommunikativ, axborot bilan ishlay olish, shaxs sifatida o‘z
-
o‘zini rivojlantirish, ijtimoiy
faol fuqarolik, umummadaniy, ijodiy faollik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor
bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyalarini shakllantirish vazifasi yuklatilgan
Kompetensiyaga asoslangan yondashuv doirasidagi asosiy jarayon talabalarning
mustaqil ijodiy faoliyati hisoblanadi. Shunday qilib, talabalarning mustaqil ijodiy faoliyati,
bir tomondan, faoliyat turi sifatida, ikkinchi tomondan, talabalarning mustaqil faoliyatiga
yo‘l
-
yo‘riq ko‘rsatadigan voqealar tizimi yoki pedagogik shartlar
sifatida qaraladi.
Kompetensiyaviy yondashuv asosida “Badiiy kulоlchilik” fanini o‘qitishda
talabalarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Badiiy
kulоlchilik kishilik tarixida insoniyatning ehtiyoji va mehnati tufayli paydo bo‘lgan.
Mehnat jarayonida inson tafakkuri kamol
topdi, go‘zallik hissi ortdi, voqelikdagi go‘zallik,
qulaylik va foydalilik tushunchalari kengaydi. Insoniyat lоydаn mo‘jizаkоr go‘zаllik
yarаtdi. Badiiy kulоlchilik shаrqning eng qаdimiy hаmdа nаvqirоn sаn’аtiga aylandi.
Kulolchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning takomillashib borishi insоniyatga
fаrоvоnlik, to‘kinlik, rizq
-
ro‘z keltirdi. Shu bilan birga, kulolchilik go‘zаllikning eng оliy
ko‘rinishi sifatida qadr topdi. Kulolchilik sаn’аtning asosidir. O‘zbek kulоlchiligi uzоq
tаriх, аjоyib аn’аnаlаr, shаkl, mаzmun, ijоdiy jаrаyon vа o‘zigа хоs uslubgа egа.
Shu nuqtai nazardan hunarmandchilikning bir bo‘lagi bo‘lgan kulolchilik tarixi ana
shu hunarmandchilikning paydo bo‘lishidan to hozirgi zamon bosqichigacha bo‘lgan davr
kulolchilik taraqqiyotini o‘rganish va hozirgi kunda badiiy kulolchilik mahsulotlariga
bo‘lgan talab va ehtiyojning ortib borishi kompetensiyaviy
yondashuv asosida “Badiiy
kulolchilik” fanini o‘qitish jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘zaro
integratsiyalash orqali talabalarda ijodiy faoliyatini rivojlantirish, tayanch va fanga oid
xususiy kompetensiyalarni shakllantirishni taqozo etadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2024) / ISSN 2181-1415
106
Badiiy kulolchilik qadimdan mavjud bo‘lib, u inson ehtiyoji asosida takomillashib
bormoqda. Badiiy kulolchilik buyumlarini ishlab chiqarishga bo‘lgan talablar badiiy
kulolchilikni yanada rivojlantirish zaruriyatini ko‘rsatmoqda. Bu haqda 2021
-yil
23-
martdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kulolchilikni jadal rivojlantirish va
qo‘llab
-
quvvatlash chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida “... talaba turli texnikalarni
o‘rgatishi va o‘zlashtirishi kerak. Shuning uchun, agar siz ushbu koinotga kirishni
istasangiz, badiiy kulolchilik bo‘yicha oliy texnik unvonini o‘rganishingiz mumkin. Shuni
ta’kidlash kerakki, badiiy kulolchilik asarlari vizual darajada zavqlanadi va tafakkur
qilinadi” [1], deb
alohida ta’kidlab o‘tilgan.
Bu bizning tadqiqot ishimizning dolzarbligini belgilaydi.
Muammoga oid o‘rganilgan adabiyotlarda amaliy san’at va badiiy kulolchilik
san’atining xalq amaliy san’atidagi o‘rni, tarixi hamda o‘qitish mazmuni, maqsad,
vazifalari, badiiy kulolchilik san’ati darslari talabalarning ijodiy faoliyatini
rivojlantirishga kompetensiyaviv yondashuv, badiiy kulolchilik ijodiy ustaxonalarini
tashkil etish, badiiy kulolchilik kompozitsiyalarini tuzish, ularga rang tanlash va
pardozlashda zamonaviy uslublarni tatbiq etish, ta’lim texnologiyalaridan foydalanish
kabi masalalar atroflicha yoritilmagan.
Shuningdek, kompetensiyaviy yondashuv asosida amaliy san’at va badiiy
kulolchilik yo‘nalishi talabalarini ijodiy faoliyatini rivojlantirishning nazariy asoslarini
ishlab chiqish ham alohida e’tiborni talab etadi. Shu ma’noda oliy ta’limda
kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan texnologiyalardan samarali foydalanish
mazkur yo‘nalishda amalga oshiriladigan muhim tadqiqotlar sirasiga kiradi
[3].
Ta’kidlash kerakki, o‘zbek xalq amaliy san’ati turlarini yoshlarga o‘rgatish hamda
kelajak avlodlarga boy merosimiz namunalarini yarata oladigan iqtidorli mutaxassislarni
tayyorlash sohasida faoliyat olib boradigan o‘qituvchilarning xizmati beqiyosdir. Shuning
uchun ham bo‘lajak amaliy san’at o‘qituvchilarini tayyorlash jarayoniga kompetensiyaviy
yondashuvni ilmiy asoslangan mazmuni, metodikasini joriy etish badiiy pedagogikaning
bugungi kundagi muammolarini hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kulolchilik
–
hunarmandlikning loydan turli buyumlar tayyorlaydigan turi
(terrakota, sopol idish, qurilish materiallari va boshqalar). Kulolchilikda asosiy xom
ashyo
–
tuproq. Kelib chiqishi va tarkibi turlicha boʻlgan tuproqlardan turli xil kulollik
buyumi yasash jarayoni.
Kulolchilik mahsulotlari tayyorlashda asosan loydan foydalaniladi. Loy qancha
koʻp pishitilsa, sopolning sifati shuncha yaxshi boʻladi.
Kulolchilikda asosiy qurol kulollik
charxi, usta unda idishlar tayyorlaydi va ularga shakl beradi. Tayyorlangan idishlar
quritilib, xumdonda qizdiriladi. Idishlarning turlariga koʻra, xumdonlar ham turlicha
(katta-
kichik) boʻlishi mumkin. Sirlanadigan idishlar sirlanganidan soʻng yana bir bor
xumdonda qizdiriladi.
Kulolchilik san’atida bezatishning turli usullari qo‘llaniladi. Shunday usullardan
biri “qalami” usulidir. Bu usulda bezak idishlar naqshlarning rasmi chizib olinmasdan
to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri mo‘yqalam bilan ishlanaveradi. Bu usullarda ko‘proq Rishton va
G‘ijduvon ustalari ishlaydi. Ba’zi joylarda ustalar gilvata bilan gul chizib, keyin bo‘yoq
beriladigan “chizma” usulidan foydalanadi. Bu usul Toshkentlik ustalar orasida keng
tarqalgan. O‘zbek kulolchilik buyumlari bezak kompozitsiyalarida o‘simliksimon va
geometrik elementlarning boyligi, xilma-
xilligi bo‘yoqlar gammasining yorqinligi bilan
ajralib turadi. Ularda feruza rang baxt keltiruvchi belgi sifatida ko‘p ishlatiladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2024) / ISSN 2181-1415
107
Kulolchilik O‘zbekiston me’morchiligida koshinkorlik tarzida ham keng
qo‘llaniladi. Madrasa, masjid, karvonsaroy, hammomlarning peshtoqlarida, xona
ichkarisidagi devor bezaklarida kulolchilik san’atining namunalari o‘z aksini topgan,
hozirgi kunlarda ham kulolchilik jamoat, turar joy binolarini bezatishda keng
qo‘llanilmoqda. Respublikamizda bir qator usta kulollarni birlashtirgan kulolchilik
ustaxonalari mavjud, ular xalqimiz talablariga va didiga mos kulolchilik buyumlarini
yaratmoqdalar. O‘zbekistonda kulolchilik san’atida kulollar maʼlum idishlar ishlab
chiqarish boʻyicha ixtisoslashgan boʻladilar (masalan kosagar, koʻzagar, koshinpaz,
tandirchi va boshqalar).
O‘zbekistonda kulolchilik san’ati taraqqiyotiga U.
Jo‘raqulov, A.
Muxtorov
(Samarqand), U. Umarov, A. Hazratqulov, A. Narzullayev (Buxoro), B. Boisov,
R. Matchonov (Xorazm) K. Turobov Y. Ziyomuhamedov, A. Rahmatov M. Rahimov,
R. Orifjonov, A.
No‘monov, T.
Miraliyev, A. Aminov (Toshkent), T.
Tillaxo‘jayev
(Namangan) A.
Xudoynazarov (Kattaqo‘rg‘on), B.
Xalilov (Denov), M. Obloqulov (Urgut),
aka-uka Hojimirovlar (Andijon), X. Rahimova (Buxoro), Sh.
Qalandarov (Xo‘jayli) va
boshqa ustalar katta hissa qo‘shganlar.
Rishton kulolchilik an’analarini rivojlantirish, usta kulollar mehnatini qo‘llab
-
quvvatlash va rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, –
deydi T.Haydarov.
–
Yaqinda yangi ijodiy ustaxona ish boshladi. Bu yerda kulolchilik maktabining
unutilayotgan jihatlarini kashf etish, ushbu hunar bilan xorijlik sayyohlarni tanishtirish
borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Kulolchilik hunarini egallash kishidan qunt, sabr-toqat va sinchkovlik talab etadi.
Ota-
bobolarimizning unut bo‘lib ketayozgan sopol buyumlarni qo‘lda yasash an’analarini
qayta tiklash va rivojlantirish, oddiy loydan san’at asari yaratish borasida olib
borilayotgan ezgu ishlar uchun kelgusi avlodlar minnatdor bo‘ladi.
Mamlakatimiz hududida kulolchilikning ko‘plab asosiy maktab va markazlari
mavjud. Rishton, Buxoro, G‘urumsaroy, Toshkent, Xorazm, Samarqand va Qashqadaryo
kulolchilik maktablarini sanash mumkin. Ushbu kulolchilik maktablari yaratilgan
mahsulotlarni tayyorlanish uslubi, naqsh-gullari, rangi va pardozi bilan biri-biridan
farqlanadi.
Kulolchilik san’ati qadimgi Misr, Ossuriya, Bobil, Yunoniston va Xitoyda yuksak
taraqqiyotga erishgan. Kulolchilik buyumlari sopol va keramika deb atalmish chinni,
fayan va mayolikalardan tayyorlanadi.
Badiiy kulolchilik atamasi XIX asrning oxirlarida paydo bo‘lgan va odatda faqat
o‘sha davrdan boshlab ishlab chiqarilgan sopol idishlar uchun ishlatiladi. U zavod
sharoitida ishlab chiqarilgan, ammo dizayner yoki badiiy rahbarning hech bo‘lmaganda
yaqin nazorati ostida malakali ishchilarni ishlatgan holda nisbatan kam miqdorda ishlab
chiqariladigan keramika uchun ishlatiladi. Studiya idishlari bu ishlab chiqarish
bosqichlarini ko‘pincha yoki ko‘p qismini bajaradigan rassom
-kulolning amaliy ishtiroki
bilan yanada kichikroq hajmda ishlab chiqarilishi kerak bo‘lgan qadamdir.
Odatda bo‘yoq berib bo‘yalgan sopol buyumga rangsiz sir berish chinnigarlik deb
atalib, Sharqiy Osiyoda kuchli rivojlandi. Bu hunar O‘zbekistonning Rishton tumanida
XIX asr o‘rtalaridan paydo bo‘lgan deyishadi. Faqat XIX asr oxirida ko‘k naqshli xitoy
chinnisining qimmatlashuvi oqibatida bu mahsulotga bo‘lgan talab kuchaydi. Natijada
xitoy mahsulotlariga o‘xshatib, o‘z buyumlarini tayyorlayotgan mahalliy ustalar
idishlarga “chinni” buyumlarga qo‘yiladigan belgilar qo‘ygan holda yasay boshladilar. Bu
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2024) / ISSN 2181-1415
108
esa “chinni“ deb atalgan buyumlarni o‘lkada ko‘payishiga olib kelgan. Lekin rus chinni
buyumlari bilan raqobatlashuvi natijasida ushbu tarmoq ishlab chiqarishi birmuncha
qisqardi.
Ustalarning bildirishicha, chinni yasash uchun 60% gilbo‘taga 40 kvars (sang) yoki
yana 10% loy qorilishi kerak bo‘ladi. Tarmoqni vujudga kelishi aka
-uka usta Jalil va Quri
Abdujalil nomi bilan bog‘liq. Bizgacha yetib kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, usta Jalil
Qoshg‘orga boradi va sirlash, chinni loy tayyorlash sirlarini o‘rganadi. Ayrimlar esa usta
Quri Abdujalil savdogarlik bilan Mashhad va Qashqarga borib, bu hunarni o‘zlashtirgan
degan taxminni bildiradilar. Jumladan, chinni tayyorlash jarayonini xitoyliklarining
uslubiga o‘xshashligini hisobga olib, tadqiqotchi A.A.
Grebenkin ham buyum yasash
usulini Sharqiy Turkiston maktabi an’analari bilan bog‘liqligini ta’kidlaydi. P.
Zohidov
o‘zining “Me’mor san’ati” kitobida qadimda ustalar naqshni yetti xil turga bo‘lishganini
aytib o‘tadi. Bular quyidagicha: islimi, xitoy, abr, voq, nilufar, farangi va bandi rumiy.
P.Zohidov buni ta’kidlab shunday yozadi: “Ko‘rinib turibdiki, naqqoshlarni tashkil etuvchi
elementlarni belgilashda musavvirlarda yagona tartib, uzviylik bo‘lmagan.
Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va shular singari boshqa ko‘p o‘rta
asr mutafakkirlari binolarni bezagida islimi va xitoy naqshlar ishlatilganini ta’kidlaydi.
Lekin, keng tarqalgan va qo‘llangan bu ikki xil naqshlarning ta’rifini hech qayerda
uchratmaymiz. Buxoro
–
Samarqand maktabi kulolchiligining asosiy xususiyati
texnologik omil
–
qo‘rg‘oshin
-
lojuvard va yashil sariq hamda jigarrang bo‘yoqlardan
foydalanish bilan bog‘liq. Bu ko‘p hollarda buyumlarning ramziy ma’no kasb etishini
belgilaydi. 1990-
yillarda bu maktab buyumlari o‘z shakl jihatidan oldinga rivojlangani
seziladi.
Bu an’analar G‘ijduvondagi kulollar sulolasi vakillari aka
-uka Alisher va Abdulla
Narzullaev yasagan buyumlarda yaqqol ko‘rinadi. Buxoro
–
Samarqand maktabining turli
markazlarida gul tushirish yo‘sini o‘ziga xos xususiyatga ega. Masalan, G‘ijduvon va
Shahrisabz ustalari, asosan, mo‘yqalamda naqshkor chizadilar.
Urgut va Denov ustalari
esa ko‘pincha o‘yma gullardan foydalanadilar. Umuman o‘tgan asrdagi an’anaviy
kulolchiligida ishlab chiqarish markazlari, ustalar miqdori kamayib ketishi, ishlab
chiqarilgan buyumlar turi va ularning texnik sifati pasayishi kuzatiladi.
Kulolchilik-hunarmandchilikning loy (gil) dan turli buyumlar (terakkota, sopol,
idish, qurilishi materiallari va b) tayyorlaydigan turi. Kulolchilikda asosiy xomashyo
–
tuproq. Kelib chiqishi va tarkibi turlicha bo‘lgan tuproqlardan turli xil kulolchilik
mahsulotlari tayyorlanadi. Loy qancha ko‘p pishitilsa, sopolning sifati shuncha yaxshi
bo‘ladi.
Kulolchilikda asosiy qurol kulolning charxi, usta unda idishlar tayyorlaydi va
ularga shakl beradi. Tayyorlangan idishlar quritilib, xumdonda qizdiriladi.
Kulollik charxi
–
kulollikda ishlatiladigan dastgoh; kulolning asosiy ish quroli, maxsus
loydan ishlanadigan idishni shaklga solishda foydalaniladi. Kulollik charxi ikki yog‘och
g‘ildirak
-katta parrak (diametri 1 metrgacha) va kichik sartaxta diametri (20-30 sm)
hamda g‘ildiraklarning markazidan o‘tgan dumaloq xarsang toshga o‘rnatilgan o‘qdan
iborat.
Kulol pasdagi katta g‘ildirakni oyog‘i bilan aylantiradi, yuqoridagi g‘ildirak ustiga
loyni quyib idish yasaydi. Kulolchilik charxi ilk bor Qadimgi Sharqda miloddan avvalgi
4-
3 ming yillikda paydo bo‘lgan, u dastlab qo‘lda aylantirilgan. Keyinchalik o‘rta asrlarda
oyoq bilan aylantiradigan xili
–
hozir qo‘llanilayotgan kulolchilik charxi yuzaga kelgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2024) / ISSN 2181-1415
109
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021
-yil 23-martdagi PQ-5033-son
qarori “Kulolchilikni jadal rivojlantirish va qo‘llab
-
quvvatlash chora tadbirlari to‘g‘risida”
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi
, 24.03.2021-y., 07/21/5033/0227-son,
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021
-y., 06/21/6243/0540-son)
2.
Байденко
В.И.
Компетентностный
подход
к
проектированию
государственных образовательных стандартов высшего профессионального
образования (методологические и методические вопросы). − М.: 2005.
3.
Зимняя И.А. Ключевые компетентности как результативно
-
целевая основа
компетентностного подхода в образовании. − М.: 2004.
4.
Кравцова Т.А. Основы теории и методологии дизайнпроектирования
костюма: Учебно
-
практическое пособие. − Владивосток: 2005.
5. Karimova, M. O., & Saidullaeva, A. R. (2020). Pedagogical basis of the use of
universal and national values in the spiritual and moral education of children in the
family. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17(7), 8547-8555.
6. Rafikova, D., Karimova, M., Yuldasheva, N., Oltmisheva, N., Rustamova, N., &
Sodikov, U. (2023, June). Preparing to innovative activity: Problem solving. In AIP
Conference Proceedings (Vol. 2789, No. 1). AIP Publishing.
7.
Тутолмин А.В. Формирование и развитие креативной компетентности
будущего учителя в процессе профессиональной подготовки в системе
непрерывного педагогического образования. Вестник Удмуртского университета.
–
Удмуртия, Вып. №2, 2012, –
С.51.
