Авторы

  • Фарход Гафуров
    PhD, самостоятельный соискатель, Правоохранительная академия Республики Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss12/S-pp356-360

Ключевые слова:

преступность преступления преступления в таможенной сфере оперативно-розыскные мероприятия оперативно-розыскная деятельность оперативно-розыскные методы экспертно-криминалистические методы межведомственное сотрудничество международное сотрудничество

Аннотация

В данной научной статье рассматриваются организационно-правовые основы межведомственного и международного сотрудничества в применении оперативно-розыскных и криминалистических методов для борьбы с преступлениями в таможенной сфере. Также представлены научно обоснованные предложения и рекомендации, направленные на развитие такого сотрудничества.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Measures to enhance collaboration in uncovering
customs-related crimes

Farkhod GAFUROV

1


Law Enforcement Academy of the Republic of Uzbekistan

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received October 2024

Received in revised form

15 November 2024
Accepted 25 November 2024

Available online

25 December 2024

This scientific article elucidates the organizational and legal

foundations for establishing interagency and international

cooperation in applying operational-investigative and forensic

methods to combat crimes in the customs sphere. Additionally, it

presents scientifically grounded proposals and recommendations
for enhancing interdepartmental and international cooperation in

the application of operational-investigative and forensic methods

in the fight against customs-related crimes.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss12/S-pp

356-360

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

crime, criminal offenses,

customs-related crimes,
operational search activities,
operational search

measures,

operational search methods,

forensic expert methods,
inter-agency cooperation,

international cooperation.

Bojxona sohasidagi jinoyatlarni fosh etishda hamkorlikni
rivojlantirish choralari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

jinoyatchilik,

jinoyatlar,

bojxona sohasidagi
jinoyatlar,

tezkor-qidiruv faoliyati,
tezkor-qidiruv tadbirlari,
tezkor-qidiruv usullar,

ekspert-kriminalistik
usullar,

idoralararo hamkorlik,

xalqaro hamkorlik.

Mazkur ilmiy maqolada bojxona sohasidagi jinoyatlarga

qarshi kurashishda tezkor-qidiruv va kriminalistik usullarni

qoʻllash boʻyicha idoralararo va xalqaro hamkorlikni tashkil

etishning tashkiliy-huquqiy asoslari yoritilgan. Shu bilan birga,

bojxona sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishda tezkor-

qidiruv va krim

inalistik usullarni qoʻllash boʻyicha idoralararo

va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ilmiy asoslangan

taklif va tavsiyalar yoritib berilgan.

1

PhD, Independent Researcher, Law Enforcement Academy of the Republic of Uzbekistan. Tashkent, Uzbekistan.

E-mail: fedya90.ivanov@mail.ru


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

12 (2024) / ISSN 2181-1415

357

Меры по развитию сотрудничества в борьбе с

преступлениями в таможенной сфере

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

преступность,
преступления,
преступления в

таможенной сфере,
оперативно

-

розыскные

мероприятия,

оперативно

-

розыскная

деятельность,
оперативно

-

розыскные

методы,

экспертно

-

криминалистические
методы,

межведомственное
сотрудничество,
международное

сотрудничество.

В

данной

научной

статье

рассматриваются

организационно

-

правовые основы межведомственного и

международного

сотрудничества

в

применении

оперативно

-

розыскных и криминалистических методов

для борьбы с преступлениями в таможенной сфере. Также

представлены научно обоснованные предложения и

рекомендации, направленные на развитие такого
сотрудничества.


KIRISH

Bugungi kunda bojxona organlari tomonidan bojxona sohasidagi jinoyatlarga

qarshi kurashishda tezkor-

qidiruv va kriminalistik usullarni qoʻllash boʻyicha idoralararo

va xalqaro hamkorlikni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki hozirgi kunda
bojxon

a sohasidagi jinoyatlarni sodir etish holatlari Oʻzbekiston Respublikasining ichki

hududlarida hamda xalqaro miqyosda faol tus olmoqda.

ASOSIY QISM

Bugungi kunga qadar, bir qator mahalliy va xorijlik olimlar bojxona sohasidagi

jinoyatlarga qarshi kurashishda tezkor-

qidiruv va kriminalistik usullarni qoʻllash

boʻyicha hamkorlik masalalarini tadqiq qilishgan. Xususan, oʻzbekistonlik olim
V.Karimovning fikriga koʻra, jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha xalqaro hamkorlik
ikki tomonlama, hududiy va koʻp tomonlama darajalarga boʻlinadi

[1, B-282-283]. Shu

bilan birga, rossiyalik olim G.A.Kornilov jinoyatchilikka qarshi kurashishda oʻzaro
hamkorlik quyidagi 3 guruhga boʻlinishini taʼkidlagan va ilmiy

-amaliy jihatdan asoslab

bergan: ichki idoraviy, idoralararo va xalqaro [2, B-61-63]

. Rossiyalik olim I.E.Nikitina oʻz

tadqiqotida Yevropa ittifoqida davlatlarning tezkor-qidiruv faoliyati va ekspert-
kriminalistika sohasidagi hamkorlikning tashkiliy-huquqiy jihatlari hamda hamkorlikni

rivojlantirishning yoʻnalishlari va strategiyalarini koʻrsatib bergan

[3, B-2-28]. Ispaniyalik

olimlar Ana I.

Cerezo, Javier Lopez, Ahmed Patelning fikriga koʻra, bugungi kunda

jahonda global miqyosda elektron vositalar orqali jinoyatlar sodir eti;ayotganligi, bunday
jinoyatlarga qarshi samarali kurashish xalqaro hamkorlikni taqozo etadi [4, B-1-6].

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, aytadigan boʻlsak, hozirgi kunda bojxona

sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish yoʻnalishida tezkor

-qidiruv va kriminalistik

usullarni qoʻllash boʻyicha bojxona organlari tezkor boʻlinmalarining boshqa davlat

organlari

bilan hamkorlik qilishi boʻyicha normativ

-huquqiy asoslar yaratilgan.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining 2012

-yil 25-

dekabrdagi “Tezkor

-qidiruv faoliyati

toʻgʻrisida”gi OʻRQ–

344-son qonunining 10-moddasida

Oʻzbekiston Respublikasi davlat


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

12 (2024) / ISSN 2181-1415

358

bojxona organlariga tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish vakolati berilgan [5, B-2].

Mazkur qonunning 15-moddasida esa

tezkor-

qidiruv tadbirlarini oʻtkazish uchun

koʻrsatilgan asoslardan quyidagi 2 tasi Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarining

tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa davlat organlari bilan hamkorlik

qilishning huquqiy asoslarini belgilab beradi: tezkor-qidiruv faoliyatini amalga

oshiruvchi boshqa organlarning soʻrovnomalari va

Oʻzbekiston Respublikasining

jinoyatchili

kka qarshi kurash va huquqiy yordam koʻrsatish sohasidagi hamkorlik

masalalari boʻyicha xalqaro shartnomalari asosida kelib tushgan soʻrovnomalar

[6, B-3].

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi

OʻRQ–

502-son Qonuni 5-

moddasiga koʻra,

Bojxona organlari oʻz zimmasiga yuklatilgan

vazifalarni bajarishda davlat organlari va tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari

hamda fuqarolar bilan hamkorlik qiladi.

” deb belgilangan

[7, B-1].

Oʻrganishlar natijasiga

koʻra, bojxona sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish yoʻnalishida

tezkor

boʻlinmalarining boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo’yicha

bugungi kunga qadar koʻplab olimlar tadqiqotlar olib borishgan. Masalan,

rossiyalik

tadqiqotchi R.Yu. Slesarenko jinoyatchilikka qarshi kurashishda bojxona organlarining

boshqa organlar bilan hamkorlik shakllari va Rossiya Bosh Prokuraturasining huquqni

muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishning (kordinatsiya qilishning)

quyidagi shakllarini koʻrsatib oʻtgan:

huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining

muvofiqlashtiruvchi yigʻilishlarini oʻtkazish

,

jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha

maʼlumot almashish

, mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jinoyatchilikka

qarshi kurashish boʻyicha yordam koʻrsatish, ijobiy tajribalarni oʻrganish boʻyicha

mintaqalarga hamkorlikdagi tashriflarni amalga oshirish, aniq jinoyatlarni tergov qilish

boʻyicha tezkor

-tergov guruhlarini tuzish, jinoyat sodir etishga imkon bergan sabab va

shart-

sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha hamkorlikda ommaviy tadbirlar oʻtkazish

,

kadrlar malakasini oshirish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar

imkoniyatlaridan oʻzaro foydalanish uchun konferensiyalar, seminarlar oʻtkazish

,

jinoyatchilikka qarshi kurashish jarayonida shaxsiy xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha

oʻzaro yordam koʻrsatish

, hamkorlikda buyruqlar, farmoyishlar, axborot xatlari va

boshqa boshqaruv-idoraviy hujjatlar chiqarish,

hamkorlikda byulletenlar (toʻ

plamlar) va

boshqa axborot nashrlarini chiqarish, muvofiqlashtiruvchi faoliyatning kelishilgan

rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash [8, B-71]. Shuningdek, bugungi kunda xalqaro

hamkorlik asosan,

bojxona sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish yoʻnalish

ida tezkor-

qidiruv tadbirlarini oʻtkazish va aniqlangan jinoiy qilmishlar yuzasidan soʻrovnoma

-

maʼlumot almashish yoʻnalishida olib borilmoqda. Jumladan, Bojxona qoʻmitasining

statistik maʼlumotlariga koʻra,

2024-yilning 1-choragi davomida bojxona organlari

Kontrabandaga qarshi kurashish tezkor tuzilmalari xodimlari tomonidan Davlat

xavfsizlik xizmati, ichki ishlar organlari hamda Qozogʻiston va Rossiya Federatsiyasining

bojxona va maxsus xizmatlari xodimlari bilan hamkorlikda 6 ta holatda narkotrafik bilan

bogʻliq

xalqaro darajadagi “nazorat ostida yetkazib berish”

tezkor-qidiruv tadbiri

oʻtkazilgan. Mazkur tadbirlar natijasida 186 litr “Amfetamin”, 1,05 kg

“a

-

PVP”,

252 litr

“Metamfetamin”, 198 gramm “kokain”, 5,2 kg “Mefedron”, 458,2 gramm “Efedron”

sintetik vositalarining noqonuniy aylanishini oldi olingan.

XULOSA

Bojxona sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish yoʻnalishida tezkor

-qidiruv va

kriminalistik usullarni qoʻllash boʻyicha bojxona organlari tezkor boʻlinmalarining

ido

ralararo va xalqaro hamkorligi ahvolini oʻrganish boʻyicha olib borilgan tadqiqot


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

12 (2024) / ISSN 2181-1415

359

natijasiga ko’ra, Oʻzbekiston Respublikasining “Tezkor

-

qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi

Qonunida tezkor-

qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar oʻrtasida hamkorlik

sha

kllari koʻrsatilmagan. Yuqoridagi muammoni hal etish boʻyicha quyidagi taklifni

qonunchilikka joriy etish maqsadga muvofiq hisoblanadi:

tezkor-

qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar oʻrtasida xizmat

faoliyatining zarur yoʻnalishlarida oʻzaro hamkorlikdagi ishlarni faol tashkil etish
maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Tezkor

-

qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunini

quyidagi tahrirda bayon etilgan

28

2

-modda

bilan toʻldirish:

“28

2

-modda. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning

oʻzaro hamkorligi

Tezkor-

qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar oʻz oldilariga qoʻyilgan

vazifalarni bajarish maqsadida

quyidagi yoʻnalishlarda oʻzaro hamkorlik qiladilar:

1.

Maʼlumot (axborot) almashish

tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi

organlar tomonidan xizmat zaruriyati tufayli ogʻzaki, yozma va boshqa shakllarda bir

-

biriga axborot uzatish orqali amalga oshiriladigan faoliyat;

2. Tezkor-

qidiruv tadbirlarini oʻtkazish

tezkor-qidiruv faoliyatining

vazifalarini hal etish maqsadida tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi

organlarning oʻzaro hamkorligida amalga oshiriladigan harakatlar majmui;

3. Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va sud organlari

bilan hamkorlikdagi ishlar

tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish

maqsadida tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va sud organlari bilan
birgalikda amalga oshiriladigan harakatlar;

4.

Targʻibot

-tashviqot ishlaridagi hamkorlik

tezkor-qidiruv faoliyatining

vazifalarini hal etish maqsadida tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi

organlarning oʻzaro hamkorligida jinoyatlarni oldini olish, jinoyatlar

dan ogohlantirish,

fuqarolarni qonunlarga rioya qilish ruhida tarbiyalash maqsadida fuqarolar bilan

yigʻilishlar oʻtkazish, audio

-video, multimediya xabarlarini tayyorlash va namoyish

etishdan iborat harakatlar;

5.

Taʼlim sohasidagi hamkorlik

tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal

etish maqsadida tezkor-

qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning oʻzaro

hamkorligida kadrlar malakasini oshirish, oʻquv

-uslubiy faoliyat va ilmiy-amaliy

seminarlar hamda konferensiyalar tashkil etishdan iborat bo

ʻlgan faoliyat;

6. Hamkorlikda normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish va amaliyotga

joriy etish

tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish maqsadida tezkor-qidiruv

faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning oʻzaro hamkorligida qoʻshma

buyruqlar,

farmoyishlar, axborot xatlari va boshqa boshqaruv-idoraviy hujjatlar ishlab chiqish va
tasdiqlash hamda ijroga qaratish amaliyoti;

7. Hamkorlikda byulletenlar (toʻplamlar) va tezkor

-qidiruv faoliyatiga oid

axborot nashrlarini chiqarish

tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish

maqsadida tezkor-

qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning oʻzaro hamkorligida

byulletenlar (toʻplamlar) hamda axborot

-

tushuntirish va statistik maʼlumotlar koʻrinishdagi

jurnallar hamda axborotnomalar tayyorlash, nashr etish va tarqatish faoliyati;

8. Hamkorlikda chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish

tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish maqsadida tezkor-qidiruv faoliyatini

amalga oshiruvchi organlarning oʻzaro hamkorligida

jinoyatchilikka qarshi kurashish va

tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning vakolatlariga oid vazifalar


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

12 (2024) / ISSN 2181-1415

360

boʻyicha hamkorlikdagi chora

-tadbirlar rejalarini tuzish va ijro etish faoliyati. Tezkor-

qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning oʻzaro hamkorligi

tezkor-qidiruv

faoliyati zaruratidan kelib chiqib, boshqa yoʻnalishlarda, shuningdek boshqa davlat
organlari bilan ham amalga oshirilishi mumkin.”

Xulosa qilib aytganda, hozirgi kunda bojxona sohasidagi jinoyatlarga qarshi

kurashish yoʻnalishida tezkor

-

qidiruv va kriminalistik usullarni qoʻllash boʻyicha bojxona

organlari tezkor boʻlinmalarining boshqa davlat organlari bilan oʻzaro hamkorligi hamda

xalqaro hamkorligini tashkiliy-huquqiy jihatdan takomillashtirish zarurati mavjud.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO

YXATI:

1.

Karimov V. “Oʻzbekiston Respublikasining “Tezkor

-

qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi

qonuniga ilmiy-

amaliy sharh”.

Toshkent-2021-yil. B-282.

2.

Kornilov G.A. “Vzaimodeystviye subyektov operativno

-rozisknoy deyatelnosti v

selyax protivodeystviya transnatsionalnoy prestupnosti”. Nauchnaya statya. Vestnik
Rossiyskoy Tamojdennoy Akademii. № 1. g. 2015. Str. 61

-63.

3.

Nikitina I. E.

“Sotrudnichestvo yevropeyskix gosudarstv v sfere ekspertno

-

kriminalisticheskoy i operativno-rozisknoy deyatelnosti v ramkax integratsionnix i

mejpravitelstvennix obyedineniy”. Dissertatsiya. g.

2018. Str. 2-28.

4.

Ana I. Cerezo, Javier Lopez, Ahmed Patel. International Cooperation to Fight

Transnational Cybercrime. Conference: Digital Forensics and Incident Analysis, 2007.
WDFIA 2007. Second International Workshop on. September 2007. P. 1-6.

5.

Oʻzbekiston Respublikasining 2012

-yil 25-

dekabrdagi “Tezkor

-qidiruv faoliyati

toʻgʻrisida”gi OʻRQ

-344-son qonunining 10-moddasi. 2-bet.

6.

Oʻzbekiston Respublikasining 2012

-yil 25-

dekabrdagi “Tezkor

-qidiruv faoliyati

toʻgʻrisida”gi OʻRQ

-344-son qonunining 15-moddasi. 3-bet.

7.

Oʻzbekiston Respublika

sining 2018-yil 18-oktyabrda yangi tahrirda qabul

qilingan “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi OʻRQ

-502-son Qonuni, 5-m. 1-bet.

8.

Slesarenko R.Yu. “Pravooxranitelnaya deyatelnost tamojenn

i

x organov”.

Diplomnaya rabota. “Tamojennoye delo”. st

-71. 2016 g.

Библиографические ссылки

Karimov V. “Oʻzbekiston Respublikasining “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi qonuniga ilmiy-amaliy sharh”. Toshkent-2021-yil. B-282.

Kornilov G.A. “Vzaimodeystviye subyektov operativno-rozisknoy deyatelnosti v selyax protivodeystviya transnatsionalnoy prestupnosti”. Nauchnaya statya. Vestnik Rossiyskoy Tamojdennoy Akademii. № 1. g. 2015. Str. 61-63.

Nikitina I. E. “Sotrudnichestvo yevropeyskix gosudarstv v sfere ekspertno-kriminalisticheskoy i operativno-rozisknoy deyatelnosti v ramkax integratsionnix i mejpravitelstvennix obyedineniy”. Dissertatsiya. g. 2018. Str. 2-28.

Ana I. Cerezo, Javier Lopez, Ahmed Patel. International Cooperation to Fight Transnational Cybercrime. Conference: Digital Forensics and Incident Analysis, 2007. WDFIA 2007. Second International Workshop on. September 2007. P. 1-6.

Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrdagi “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-344-son qonunining 10-moddasi. 2-bet.

Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrdagi “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-344-son qonunining 15-moddasi. 3-bet.

Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-oktyabrda yangi tahrirda qabul qilingan “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-502-son Qonuni, 5-m. 1-bet.

Slesarenko R.Yu. “Pravooxranitelnaya deyatelnost tamojennix organov”. Diplomnaya rabota. “Tamojennoye delo”. st-71. 2016 g.