Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Features of improving methodology on disclosure of
customs crimes in law enforcement activities of customs
authorities
Farkhod GAFUROV
1
Law Enforcement Academy of the Republic of Uzbekistan
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2024
Received in revised form
15 September 2024
Accepted 25 September 2024
Available online
15 October 2024
This scientific article examines the role of customs authorities
as a law enforcement agency in combating crimes within the
customs sphere. It explores the cooperation between customs
authorities and the Academy of Law Enforcement Agencies in
addressing customs-related offenses and analyzes the concept of
crimes in the customs domain. The article highlights the threat
posed by customs crimes to the economic security of the
Republic of Uzbekistan and emphasizes the social need to
enhance the organizational and legal framework for combating
such offenses.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss1
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
law enforcement,
crimes in the field of
customs,
economic security,
political security,
violation of customs
legislation,
criminal proceedings,
Criminal Procedure Code,
Criminal Code.
Bojxona organlarining huquqni muhofaza qilish faoliyatida
bojxona sohasidagi jinoyatlarni fosh etish metodikasini
takomillashtirish xususiyatlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
huquqni muhofaza qilish,
bojxona sohasidagi
jinoyatlar,
iqtisodiy xavfsizlik,
siyosiy xavfsizlik,
bojxona toʻgʻrisidagi
qonunchilikni buzish,
Mazkur ilmiy maqolada bojxona organlarining huquqni
muhofaza qiluvchi organ sifatida bojxona sohasidagi jinoyatlarga
qarshi kurashish faoliyati, bojxona sohasidagi jinoyatlarga qarshi
kurashishda bojxona organlarining Huquqni muhofaza qilish
Akademiyasi bilan hamkorligi, bojxona sohasidagi jinoyatlar
tushunchasi, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida bojxona
sohasidagi jinoyatlarning O‘zbekiston iqtisodiy xavfsizligiga
1
Doctor of Philosophy in Legal Sciences (PhD), Independent Researcher, Law Enforcement Academy of the Republic
of Uzbekistan. Tashkent, Uzbekistan. E-mail: fedya90.ivanov@mail.ru
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
642
jinoyat protsessi,
Jinoyat-protsessual kodeksi,
Jinoyat kodeksi.
tahdidi, shuningdek, bojxona sohasidagi jinoyatlarga qarshi
kurashishning
tashkiliy-huquqiy
asoslarini
takomillash-
tirishning ijtimoiy zarurati bayon etilgan.
Особенности
совершенствования
методологии
по
раскрытию
таможенных
преступлений
в правоохранительной деятельности таможенных
органов
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
правоохранительная
деятельность,
преступления в сфере
таможенного дела,
экономическая
безопасность,
политическая
безопасность,
нарушение таможенного
законодательства,
уголовный процесс,
Уголовно
-
процессуальный
кодекс,
Уголовный кодекс.
В данной научной статье анализируется деятельность
таможенных органов как правоохранительного органа,
направленная на борьбу с преступлениями в таможенной
сфере.
Особое
внимание
уделяется
вопросам
сотрудничества таможенных органов с Академией
правоохранительных органов, а также определяется
понятие преступлений в таможенной сфере. Отмечается,
что таможенные преступления представляют угрозу
экономической безопасности Республики Узбекистан,
что
подчёркивает
социальную
необходимость
совершенствования
организационно
-
правовых
основ
противодействия этим преступлениям.
KIRISH
Bugungi kunda
Oʻzbekiston Respublikasida bojxona sohasidagi jinoyatlarning
davlatlarning iqtisodiy xavfsizligiga tahdidi oshayotganligini, shu bois huquqni muhofaza
qilish faoliyatini, shu jumladan, bojxona sohasidagi jinoyatlarni fosh etish, bu borada
oʻtkaziladigan te
zkor-qidiruv tadbirlarining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish
dolzarb
ahamiyat
kasb
etmoqda.
Xususan,
Oʻzbekiston
Respublikasining
2022
–
2026-
yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida
16-
maqsad sifatida huquqbuzarliklarning sodir etilishiga sabab boʻlgan shart
-sharoitlarni
oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etishning samarali tizimini yaratish, huquqbuzarliklarni
ng
oldini olish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish belgilangan [1, B-14-15.].
ASOSIY QISM
Bugungi kunda 2018-yil 18-oktabrda yangi tahrirda qabul qilingan Oʻzbekiston
Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi OʻRQ–502-son Qonuni
6-moddasiga asosan, bojxona sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha “Bojxona
organlari huquqni muhofaza qiluvchi organlardir.” deb belgilab qoʻyilgan. Bu borada shuni
aytish joizki, olimlar tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati hamda
ularni tavsiflovchi belgilar toʻgʻrisida ilmiy yondashuvlar ilgari surilgan. Jumladan,
oʻzbekistonlik olim M.H.
Rustamboyev huquqni muhofaza qilish organlarini quyidagicha
taʼriflaydi: har bir davlat organi qonuniylikni taʼminlash, inson huquqlari va erkinliklarini
himoya qilish, davlat va nodavlat tashkilotlari, mehnat kollektivlarini huquq va qonuniy
manfaatlarini himoya qilish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish kabi bir
qator huquqni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni amalga oshiradilar [2, B-10].
Rossiyalik olim V.M.
Semyonov huquqni muhofaza qilish organlarini quyidagicha
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
643
taʼriflaydi: huquqni muhofaza qilish organlari – bu davlat organlari va jamoat tashkilotlari
boʻlib, ular oʻz faoliyatini qonun hamda demokratik prinsiplarga asoslangan holda amalga
oshiradilar, qonuniylik va huquqiy tartibotni tanlaydilar, fuqarolar, mehnat jamoalari,
jamiyat va davlatning huquq va erkinliklarini himoya qiladilar, huquqbuzarlikning oldini
olish va qonun hamda huquqiy tartibotni buzgan shaxslarga davlatning majburlov yoki
jamiyatning taʼsir choralarini qoʻllaydilar [3, B-28-29]. Rossiyalik olim A.P.
Rijakovning
fikricha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar boʻlib, qonunga muvofiq jismoniy (yuridik)
shaxslarning hamda davlatning huquq hamda qonuniy manfaatlarini muhofaza qiluvchi
hamda qonuniylik va huquqiy tartibotning taʼminlovchi muassasa, mansabdor shaxs yoki
boshqa shaxslar (masalan, sudya, tergovchi, yuridik yordam koʻrsatuvchi fuqaro)
hisoblanadi [4, B-4]. Shuningdek, boshqa bir rossiyalik olim V.N.
Galuzonning fikricha:
“Har bir huquqni muhofaza qiluvchi organ oʻz ichiga alohida elementlarni olgan murakkab
tashkiliy tizimni aks ettiradi. Ushbu tizim zamirida, odatda, Rossiya Federatsiyasining
federativ tuzumi, uning maʼmuriy hududiy boʻlinishi hamda harbiy-maʼmuriy boʻlinishi
yotadi” [5, B-287]. Ushbu fikrni B.N.Gabrichidze asosli ravishda tanqid qilib, davlatning
harbiy-maʼmuriy boʻlinishi hech qanday vaziyatda huquqni muhofaza qilish organlarining
butun tizimga koʻrsatmasligini taʼkidlaydi [6, B-13].
Yuqoridagi olimlarning fikrlarini umumlashtirib aytganda, huquqni muhofaza
qiluvchi org
an maqomiga ega boʻlish uchun har bir davlat organi huquqni muhofaza qilish
belgilariga va vazifalariga ega boʻlishi kerak. Jumladan, oʻzbekistonlik olimlar
A. Achilov,
H.Ismoilov, D. Musayev, Sh. Mamatov, S.
Shomirzayevlarning fikriga koʻra, h
uquqni
muhof
aza qilish faoliyatining belgilari sifatida quyidagilar koʻrsatilgan:
1.
Huquqni muhofaza qilish faoliyati maxsus vakolatga ega boʻlgan, faoliyati,
tuzilishi, tarkibi qonun bilan qatʼiy tartibda belgilangan davlat organlari tomonidan amalga
oshiriladi.
2. Huquqni muhofaza qilish faoliyati fuqarolar, jamiyat va davlatni jinoyatchilik yoki
boshqa tahdidlardan himoya qilishga yoʻnaltirilgan.
3.
Huquqni muhofaza qilish faoliyati qonun bilan belgilangan qatʼiy tartibda amalga
oshiriladi [7, B-33]. Xulosa qilib
aytganda, u yoki bu huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash yoki
qoʻllamaslikka qaror qilish uchun qonunda majburiy ravishda amal qilish lozim boʻlgan
aniq qoidalar oʻrnatilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olib aytganda, bojxona organlarining huquqni muhofaza
qilish maqomi uning amalga oshiradigan asosiy vazifalaridan kelib chiqqan.
Xususan, bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi
OʻRQ–502-son Qonunining 3-moddasiga asosan, bojxona organlariga quyidagi vazifalar
yuklatilgan:
•
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonun bilan
muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish;
•
oʻz vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini
himoya qilish va uning iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash;
•
bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga
oshirish, qonunchilik buzilishlarining, shu jumladan kontrabandaning oldini olish, ularni
aniqlash va ularga chek qoʻyish, ushbu maqsadda tezkor-qidiruv, tergovga qadar tekshiruv
va surishtiruv o‘tkazish vakolatlari berilgan. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi
Jinoyat-protsessual kodeksining “Jinoyat ishining tergovga tegishliligi” nomli
381
2
-moddasiga asosan, bojxona organlari Jinoyat kodeksining 130-moddasi birinchi va
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
644
ikkinchi qismlarida, 130
1
-moddasida, 184-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida,
244
3
-moddasida, 244
4
-moddasi birinchi qismida,
250
1
-moddasi birinchi qismida
nazarda tutilgan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq boʻlgan
jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha surishtiruv shaklida tergov olib borish vakolati
berilgan.
Shuningdek, bugungi kunda bojxona sohasidagi jinoyatlar uyushgan
jinoyatchikning ogʻir turlaridan biri boʻlib, uning suveren davlatning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishiga katta zarar yetkazish xavfi, Oʻzbekiston rahbariyati va xalqini jiddiy
tashvishga solmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasining statistik
maʼlumotlariga koʻra, fuqarolar tomonidan bojxona sohasidagi jinoyatlarni sodir etish
holatlari oshgan. Xususan, Bojxona qo‘mitasining statistik maʼlumotlariga ko‘ra,
2020-yilda 545 ta, 2021-yilda 790 ta, 2022-yilda 966 ta, 2023-yilda 991 ta, 2024-yilda
1032 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Ushbu statistik maʼlumotlardan ko‘rinib turibdiki,
bojxona sohasidagi jinoyatlar yildan yilga oshib bormoqda. Masalan, 2024-yilda
aniqlangan jinoyatlar 2023-yilga nisbatan 4 foizga oshgan [8, B-1]. Chunki bojxona
sohasidagi jinoyatlarni sodir etish usullari shakl jihatidan yangicha koʻrinishda va yangi
vositalardan, yaʼni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda Internet xalqaro
tarmogʻi imkoniyatlaridan foydalanib sodir etish faollashib bormoqda. Mazkur salbiy
tendensiya bugungi kunda bojxona sohasidagi jinoyatlarni fosh etish usullarini
takomillashtirishni talab qilmoqda. Shu bois, bugungi kunda bojxona sohasidagi
jinoyatlarga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy asoslarini, shu jumladan tezkor-
qidiruv va kriminalistik usullarni qoʻllashni takomillashtirish ijtimoiy zaruratga aylangan.
XULOSA
Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, bugungi kunda bojxona organlarining
huquqni muhofaza qilish faoliyatida bojxona sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishda
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari
hamda
Internet
xalqaro
tarmogʻi
imkoniyatlaridan foydalanib jinoyatlarni sodir etish holatlarini aniqlashga mo‘ljallangan
ish uslublari va vositalari, bojxona organlarining Kontrabandaga qarshi kurashish
tuzilmalarida tezkor kuzatuv tuzilmasi mavjud emasligi aniqlandi. Xususan, bojxona
sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha Germaniya Federativ Respublikasi va
Rossiya Federasiyasi bojxona organlarining bojxona sohasidagi jinoyatlarga qarshi
kurashish faoliyati o‘rganilganda, Germaniya bojxona organlari Kriminalistik bojxona
boshqarmasi tarkibida Tezkor kuzatuv bo‘limi (Yashirin kuzatuv bo‘limi) mavjud
[9, B-187-196]. Rossiyalik olim M.V.
Solovevaning fikriga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasida
Internet tarmog‘ida sodir etilayotgan jinoyatlarni aniqlash va fosh etish hamda tergov
qilishning yangi kriminalistik metodlari, ya’ni “kiberforenzika” (ingilizcha “cyber
forensics”) bo‘lib, uning mohiyati jinoyat ishi bo‘yicha dalil sifatida foydalanish mumkin
bo‘lgan raqamli ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va sharhlash metodikasi hisoblanuvchi
hamda “Ijtimoiy tarmoqlarni monitoring qilish” metodi, ya’ni mazkur kriminalistik metod
yordamida huquqni muhofaza qiluvchi organlar maxsus dasturlar orqali ijtimoiy
tarmoqlarda jinoyatchilarning faol harakatlarini kuzatish va ularning rejalari va niyatlari
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatini beruvchi metodikalardan foydalanish yo‘lga
qo‘yilgan [10, B-148-150].
Yuqoridagilardan kelib chiqib, bojxona organlarining huquqni muhofaza qilish
faoliyatida bojxona sohasidagi jinoyatlarni fosh etish metodikasini takomillashtirish
maqsadida quyidagi takliflarni amaliyotga joriy etish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
645
–
Germaniya bojxona organlari tezkor-qidiruv faoliyati tajribasiga asosan,
O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi
va uning hududiy bojxona boshqarmalaridagi bo‘limlari huzurida Tezkor kuzatuv bo‘limi
(Yashirin kuzatuv bo‘limi) tashkil etish va ularni malakali mutaxassislar bilan jamlash;
–
Bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi tarkibida
bojxona sohasidagi kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limini tashkil etish;
–
bojxona sohasidagi kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limini malakali
mutaxassislar bilan jamlash hamda ularning faoliyatiga kibermakonda sodir etilayotgan
bojxona sohasidagi jinoyatlarni aniqlash va fosh etish imkoniyatini beruvchi quyidagi
2 turdagi “Kiberforenzika” va “Ijtimoiy tarmoqlarni monitoring qilish” kabi yangi
zamonaviy xususiy kriminalistik metodlarni joriy qilish.
Xulosa qilib aytganda, mazkur takliflarni amaliyotga joriy etish bojxona
organlarining huquqni muhofaza qilish faoliyatida bojxona sohasidagi jinoyatlarni fosh
etish metodikasini takomillashtirishga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
:
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022
-yil 28-yanvardagi PF-60-son
Farmoni. B-14-15.
2.
M.H.Rustamboyev. Huquqni muhofaza qilish organlari. Darslik. Toshkent. 2005.
(https://www.natlib.uz).
3.
В.М.Семёнов. Правоохранительные органы в СССР: Учебник
-
М.: Юрид.лит.,
1990,
стр
-28-29.
4.
А.П.Рижаков. Правоохранительные органы. Учебник
-
М.: Контракт,Инфра
-
М,2001,
стр
-4.
5.
В.Н.Галузо. Система правоохранительных органов
.
М. Закон и права
. 2000.
стр.
-287.
6.
Б.Н.Габричидзе., Б.П.Елисеев., А.Г.Чернявский и др. Правоохранительные
органы Российской Федерации: Учебно
-
справочное пособие. М.:
“Дело и сервис”
,
2002,
стр
-13.
7.
A.Achilov, H.Ismoilov, D.Musayev, Sh.Mamatov, S.Shomirzayev. “
Bojxona
organlarining huquqni muhofaza qilish faoliyati”. Darslik. I
-qism. T., 2020.
8.
https://customs.uz
sayti statistik maʼlumotlari.
B-1.
9.
Наталья Переход, Дмитрий Семенюк. “Правоохранительная деятельность
таможенных органов: опыт Федеративной Республики Германия”. Научная статья.
г. 2012. Стр. 187
-196.
10.
Соловьева М.В. “Современные методы расследования преступлений,
совершенных с использованием информационных систем”. Научная статья.
Форум
молодых ученых. 6 (82). г. 2023. Стр. 148
-150.
