Авторы

  • Фарход Гафуров
    PhD, самостоятельный соискатель, Правоохранительная академия Республики Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss1/S-pp255-259

Ключевые слова:

преступления в сфере таможенного дела оперативно-розыскные мероприятия виды оперативно-розыскных мероприятий уголовный процесс нарушение таможенного законодательства Уголовный кодекс Уголовно-процессуальный кодекс оперативно-розыскная методика

Аннотация

В данной научной статье рассмотрено понятие оперативно-розыскных мероприятий, используемых при раскрытии преступлений в таможенной сфере, научные подходы ученых к определению понятия оперативно-розыскных мероприятий, понятия оперативно-розыскной методики и ее характеристики. Освещены виды оперативно-розыскных мероприятий, применяемых при раскрытии преступлений в таможенной сфере и их описание, существующие проблемы и научно-обоснованные предложения и рекомендации по их решению.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The role of investigative operations in combating

customs-related crimes

Farkhod GAFUROV

1

Law Enforcement Academy of the Republic of Uzbekistan

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received December 2024

Received in revised form

15 December 2024

Accepted 20 January 2025

Available online

15 February 2025

This scientific article examines the concept of operational

investigative measures used in solving crimes in the customs

sphere, the scientific approaches of scientists to the definition of

the concept of operational investigative measures, the concept

of operational investigative methodology and its characteristics.

The types of operational investigative measures used in solving

crimes in the customs sphere and their description,

existing problems and scientifically based proposals and

recommendations for their solution are covered.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss1/S-pp

255-259

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

crimes in the field of

customs affairs,

operational investigative

measures,

types of operational

investigative measures,

criminal proceedings,

violation of customs

legislation,

Criminal Code,

Criminal Procedure Code,

operational investigative

methodology.

Bojxona sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishda

tezkor-qidiruv tadbirlarining o

rni

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

bojxona sohasidagi

jinoyatlar,

jinoyat protsessi,

tezkor-qidiruv tadbirlari,

tezkor-qidiruv

tadbirlarining turlari,

bojxona toʻgʻrisidagi

qonunchilikni buzish,

Jinoyat kodeksi, Jinoyat-

protsessual kodeksi,

tezkor-qidiruv metodikasi.

Mazkur ilmiy maqolada bojxona sohasidagi jinoyatlarni fosh

etishda qoʻllaniladigan tezkor

-qidiruv tadbirlari tushunchasi,

tezkor-

qidiruv tadbirlari tushunchasiga taʼrif berish boʻyicha

olimlarning ilmiy yondashuvlari, tezkor-qidiruv metodikasi

tushunchasi va uning oʻziga xos xususiyatlari, bojxona

sohasidagi jinoyatlarni fosh etishda qoʻllaniladigan tezkor

-

qidiruv tadbirlari turlari va ularning tavsifi, mavjud muammolar

va ularni hal etish boʻyicha ilmiy asoslangan taklif va tav

siyalar

yoritib berilgan.

1

PhD, Independent Researcher, Law Enforcement Academy of the Republic of Uzbekistan. Tashkent, Uzbekistan.

E-mail: fedya90.ivanov@mail.ru


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2025) / ISSN 2181-1415

256

Роль оперативно

-

розыскных мероприятий в борьбе с

таможенными преступлениями

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

преступления в сфере
таможенного дела,
оперативно

-

розыскные

мероприятия,

виды оперативно

-

розыскных мероприятий,

уголовный процесс,
нарушение таможенного
законодательства,
Уголовный кодекс,

Уголовно

-

процессуальный

кодекс, оперативно

-

розыскная методика.

В данной научной статье рассмотрено понятие

оперативно

-

розыскных мероприятий, используемых при

раскрытии преступлений в таможенной сфере, научные
подходы ученых к определению понятия оперативно

-

розыскных мероприятий, понятия оперативно

-

розыскной

методики и ее характеристики. Освещены виды оперативно

-

розыскных мероприятий, применяемых при раскрытии
преступлений в таможенной сфере и их описание,
существующие

проблемы

и

научно

-

обоснованные

предложения и рекомендации по их решению.


KIRISH

Bugungi kunda bojxona sohasidagi jinoyatlarni sodir etish mexanizmi, usullari va

shakllari yangicha koʻrinish tus olayotganligi sababli, bojxona sohasidagi jinoyatlarni fosh
etishda oʻtkazilayotgan tezkor

-qidiruv tadbirlarini doimiy tadqiq qilish, ularni bojxona

sohasid

agi jinoyatlarni fosh etish boʻyicha bojxona organlari oldiga qoʻyilayotgan vazifalar va

talablarga qanchalik darajada javob berishini oʻrganish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Xususan, hozirgi kunda bojxona sohasidagi jinoyatlar eng soʻnggi fan

-texnika yutuqlaridan

foydalangan holda sodir etilmoqda. Jumladan, uchuvchisiz uchish apparatlari orqali turli

tovarlarni bojxona chegarasi orqali noqonuniy ravishda olib oʻtish kabi.

ASOSIY QISM

Hozirgi kunda bojxona sohasidagi jinoyatlarni fosh etishda qoʻllaniladi

gan eng

asosiy tezkor-qidiruv usullaridan biri bu tezkor-qidiruv tadbirlari hisoblanadi. Shu bois,

bir qator oʻzbekistonlik va xorijlik olimlar bojxona sohasidagi jinoyatlarni fosh etishda
oʻtkaziladigan tezkor

-qidiruv tadbirlarini tadqiq qilib, tezkor-qidiruv tadbirlari

tushunchasini yoritib berishgan hamda tezkor-

qidiruv tadbirlarini maʼlum bir shartlar

asosida guruhlarga boʻlinishini ilmiy

-amaliy jihatdan asoslab berishgan. Jumladan,

oʻzbekistonlik olimlardan A.

Xamdamov, T. Saitbayev, S. Gordeev, R. Rashitxodjayevlar

tomonidan tezkor-

qidiruv tadbirlari tushunchasiga quyidagicha taʼrif berilgan:

Tezkor-

qidiruv tadbirlari

“Tezkor

-

qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunda mustahkamlangan

razvedik-

izlov xususiyatiga ega boʻlgan, vakolatli subyektlar tomonid

an normativ-

huquqiy hujjat talablariga muvofiq oʻtkaziladigan hamda asosan oshkora vosita va
usullarni nooshkora vosita va usullar bilan uygʻunlashtirgan holda qoʻllashga asoslangan
hamda TQF masalalarini hal qilish uchun zarur taktik maʼlumotlarni bevosit

a aniqlashga

qaratilgan chora va harakatlar tizimi” deb taʼriflangan [1, B. 68]. Tezkor

-qidiruv tadbirlari

tushunchasini tadqiq etish borasida rossiyalik olim A.Yu.

Shumilov ham oʻz hissasini

qoʻshgan boʻlib, u tezkor

-qidiruv tadbirlari tushunchasiga quyid

agicha taʼrif bergan:

Tezkor-qidiruv tadbirlari

tezkor-qidiruv faoliyatida qaror qabul qilish uchun zarur

boʻlgan axborotni qoʻlga kiritish usullari” [2, B. 125]. Bugungi kunda Oʻzbekistonda soha

mutaxassislari orasida tezkor-qidiruv tadbirlarining mazmun-mohiyati, tushunchasi,
asosiy belgilari va tuzilishini aniqlashtirish xususida yagona yondashuv


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2025) / ISSN 2181-1415

257

shakllantirilmagan. Jumladan, oʻzbekistonlik olimlar A.K.

Zakurlayev va Yu.S.

Poʻlatovlar

tezkor-

qidiruv tadbirlari tushunchasiga quyidagicha taʼrif berishgan: “

Tezkor-qidiruv

tadbirlari

bu tezkor-

qidiruv faoliyatini amalga oshirishda oʻtkaziladigan, toʻliq roʻyxati

“Tezkor

-

qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan aniq harakatlar, tezkor

-

qidiruv faoliyatining tarkibiy elementlarini oʻzida ifodala

ydi, bu elementlar jamuljam

holda tezkor-

qidiruv faoliyatini tashkil etadideb taʼrif keltirilgan [3, B. 76]. Shuningdek,

oʻzbekistonlik olim V.Karimov tomonidan tezkor

-qidiruv tadbirlari tushunchasiga

quyidagicha taʼrif berilgan: “

Tezkor-qidiruv tadbirlari

bu tezkor-qidiruv faoliyatining

tarkibiy qismi boʻlib, faoliyatning subyektlari tomonidan qonunda belgilangan asoslar va
shartlarga binoan, oshkora va nooshkora usullar va vositalar uygʻunligida faoliyatning
vazifalarini hal etishga yoʻnaltirilgan oʻzaro mushtarak harakatlar majmuidir.” deb taʼrif

berilgan [4, B. 244].

Yuqoridagi tahlillardan hamda tezkor-qidiruv faoliyati qonunchiligi talablaridan

kelib chiqib, aytganda, bugungi kunda ayrim olimlar, tezkor-qidiruv tadbirlariga nisbatan
tizimli yondashuv nazariyasi jihatidan qarab, tezkor-qidiruv tadbirlarini tarkibiy

qismlarga boʻlish holatlari kuzatilmoqda.

Jumladan, oʻzbekistonlik olim V.

Karimov tizimli yondashuv nuqtai-nazaridan

tezkor-

qidiruv tadbirlarini quyidagi oʻzaro mushtarak elementlarga ajratib koʻrsatgan:

1. Obyekt; 2. Maqsad; 3. Mazmun; 4. Oʻtkazish subyektlari; 5. Tezkor

-qidiruv tadbirlari

samaradorligini oshiruvchi tashkiliy usullar; 6. Axborot-

texnik taʼminot; 7. Natijalarni

rasmiylashtirish [5, B. 242-243].

Shuningdek, rossiyalik soha olimlari A.I. Glushkov, S.I.

Davыdov, I.A.

Klimov,

G.A. Kornilov, G.K.

Sinilovlar oʻzlarining ilmiy

-tadqiqot ishlarida alohida jinoyat turlarini

fosh etishning xususiy metodikasini ishlab chiqish uchun ahamiyatli boʻlgan qoidalarni

keltirib

oʻtganlar. Mazkur rossiyalik olimlarning fikriga koʻra,

tezkor-qidiruv

metodikasining eng muhim belgisi

bu kuchlar, vositalar va usullarni, tezkor-qidiruv

vaziyat, muayyan turdagi jinoyatlarning sodir etilish uslublari, gumon qilinuvchining
shaxsiy xusu

siyatlari tavsifi bilan oʻzaro bogʻliqligidan kelib chiqib tizimli qoʻllash

hisoblanadi. Oʻzbekistonlik olim V.Karimovning fikriga koʻra,

“Tezkor

-qidiruv

metodikasi

bu alohida turdagi jinoyatlarni oʻz vaqtida aniqlash, hujjatlashtirish, oldini

olish va fosh etish uchun tezkor-qidiruv kuchlari, vositalari va usullarini samarali

qoʻllashni tashkil qilish va oʻtkazish taktikasi boʻyicha ilmiy asoslangan qoidalar va
tavsiyalar tizimidir.” deb tavsiflangan [6, B. 313

-317].

Shu bilan birga, oʻzbekistonlik olim

V. Karimov jinoyatchilikka qarshi kurashishda

tezkor-

qidiruv tadbirlari oʻtkazilishi mumkin boʻlgan

2 turdagi, yaʼni umumiy va

maxsus tezkor-qidiruv metodikalarini

koʻrsatib oʻtgan. Xususan, oʻzbekistonlik olim

V.

Karimovning bergan tavsifga koʻra,

umumiy metodika

umumnazariy prinsiplarni oʻz

ichiga oladi va universal darajani tashkil qiladi [7, B. 315-316]. Xususan, V. Karimov
tavsiya etgan yuqoridagi 2 turdagi metodik jihatlarni bojxona sohasidagi jinoyatlarni fosh

etishda oʻtkaziladigan tezkor

-qidiruv ta

dbirlarini xususiylashtirishda, yaʼni har bir

jinoyat turi boʻyicha tezkor

-

qidiruv tadbirlarini oʻtkazish metodikasini ishlab chiqishda

inobatga olish mumkin [8, B. 5].

Yuqoridagilarni inobatga olib aytganda, bugungi kunda Oʻzbekiston

Respublikasining “Tez

kor-

qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 14

-

moddasiga koʻra,

bojxona sohasidagi jinoyatlarni fosh etishda quyidagi 16 turdagi tezkor-qidiruv tadbirlari

oʻtkazilmoqda: soʻrov, maʼlumotlar toʻplash, qiyosiy tekshiruv uchun namunalar yigʻish,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2025) / ISSN 2181-1415

258

tekshirish uchun xarid qilish, nazorat ostida olish, predmetlarni va hujjatlarni tekshirish,
tezkor kuzatuv, shaxsning aynanligini aniqlash, turar joylarni va boshqa joylarni,
binolarni, inshootlarni, joyning uchastkalarini, texnik va transport vositalarini tekshirish,

pochta, kuryerlik joʻnatmalari va telegraf xabarlarini nazorat qilish,

telefonlar va boshqa

telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish,

ular orqali uzatiladigan axborotni olish, abonentlar yoki abonent qurilmalar

i oʻrtasidagi

bogʻlanishlar toʻgʻrisida axborot olish,

tezkor kiritish, nazorat ostida yetkazib berish,

niqoblangan operatsiya, tezkor eksperiment.

XULOSA

Ammo oʻtkazilgan tadqiqot ishlari natijasiga koʻra,

bugungi kunda amaldagi

qonunlar bilan tartibga solinmagan, yangi paydo boʻlayotgan ijtimoiy munosabatlar

sharoitida yangi salbiy tendensiyalarni,

masalan amaldagi qonunchilikda maʼmuriy va

jinoiy javobgar

lik belgilanmagan, yangi paydo boʻlgan shaxs, jamiyat, davlat uchun

ijtimoiy xavfli qilmishlar, shu jumladan bojxona sohasidagi va boshqa jinoyatilarni sodir

etishning kibermakonga koʻchishi bilan bogʻliq salbiy tendensiyalar

aniqlash va ularni

erta barvaq

t oldini olish boʻyicha ilmiy

-amaliy tadqiqotga asoslangan

“tezkor tadqiqot”

nomli yangi tezkor-qidiruv tadbirini amaliyotga joriy etish va

Oʻzbekiston

Respublikasining “Tezkor

-

qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish kiritib,

huquqiy mustahkamlab qoʻyish maqsadga muvofiq

[9, 107-b.].

Bunda “

tezkor tadqiqot”

nomli yangi tezkor-

qidiruv tadbiriga quyidagicha taʼrif

berish:

tezkor tadqiqot

tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish uchun

maʼlumotlar tahlili asosida shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligiga zarar yetkazuvchi xavf va

tahdidlar, yangi salbiy tendensiyalarning vujudga kelishiga, maʼmuriy va jinoiy

huquqbuzarliklarning sodir etilishiga shart-sharoit yaratuvchi sabab va omillarni

aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqishga qaratilgan

nofaol, ikkilamchi tezkor-qidiruv tadbiridir

.”

Mazkur taklifni quyidagilar bilan asoslash mumkin:

birinchidan,

jinoyatchilikka qarshi kurashish amaliyotida tezkor xodimlar

tomonidan Jinoyat kodeksi bilan taqiqlanmagan, yaʼni Jinoyat kodeksiga kiritilmagan,

yangidan paydo boʻlgan ijtimoiy xavfli harakat yoki harakatsizlik va hodisalar toʻgʻrisida

maʼlumot

olinganda, bunday harakatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan tezkor-qidiruv

faoliyatini amalga oshirish, ularning faoliyatini fosh etish va javobgarlikka tortish

imkonsiz boʻlib turadi, chunki, bunday ijtimoiy xavfli qilmishlar (harakat yoki hodisalar)

yangi paydo boʻlgan boʻlib, hali ular Jinoyat

-protsessual kodeksi bilan tergovga qadar

tekshiruv va tergov organlariga taqsimlab berilgan Jinoyat kodeksi moddalari sifatida

mavjud boʻlmaydi. Shu bois, tezkor

-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar

tomonidan bu kabi ijtimoiy xavfli qilmishlarga nisbatan tezkor-qidiruv faoliyati amalga

oshirishga huquqiy asos yoʻq;

ikkinchidan,

hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasining “Tezkor

-qidiruv

faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 14

-moddasiga asosan, tezkor xodimlarning harakatlari

16 turdagi tezkor-

qidiruv tadbirlarini oʻtkazish orqali cheklangan boʻlib, Jinoyat

kodeksiga kiritilmagan,

yangidan paydo boʻlgan ijtimoiy xavfli harakat yoki harakatsizlik

va hodisalar toʻgʻrisida maʼlumot olinganda ularni jinoyat yoki jinoyat emasligi, huquqiy

tartibga solingan yoki solinmaganligi, xorijiy davlatlar amaliyotidagi holati, shaxs, jamiyat

va dav

lat uchun ijtimoiy xavfli xususiyatlari bor yoki yoʻqligini tezkor

-

qidiruv yoʻllari

bilan oʻrganishga, tadqiqot oʻtkazishga va tahlil qilishga imkon beruvchi tezkor

-qidiruv

tadbiri mavjud emas;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2025) / ISSN 2181-1415

259

uchinchidan,

“tezkor tadqiqot” nomli ikkilamchi, nofaol tezkor

-qidiruv tadbirini

qonunchilikka kiritish tezkor xodimlarga yangidan paydo boʻlgan ijtimoiy xavfli harakat yoki

harakatsizlik va hodisalarni tadqiqot qilish va tahlil qilish imkoniyatini yaratadi [10, B. 8].

Xulosa qilib aytganda, yuqorida ilmiy-amaliy jihatdan asoslab berilgan takliflarni

Oʻzbekiston Respublikasining “Tezkor

-

qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga kiritish

Oʻzbekiston Respublikasida nafaqat bojxona sohasidagi jinoyatlarni, balki boshqa turdagi
jinoyatlarni fosh etish boʻyicha tezkor

-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar

faoliyatini huquqiy va tashkiliy-amaliy jihatdan takomillashtirishga xizmat qiladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO

YXATI:

1.

Xamdamov A., Saitbayev T., Gordeev S., Rashidxodjayev T., Oʻzbekiston

Respublikasining “Tezkor

-

qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi qonuniga sharh –

T.: Oʻzbekistan

Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015.

B. 68.

2.

Shumilov A.Yu. Yuridicheskiye osnovi ORD.

M., 1999.

S. 125.

3.

Zakurlayev A.K., Pulatov Yu.S. Tezkor-

kidiruv faoliyati: Oʻquv qoʻllanma. –

T.:

TDYUU, 2014.

B. 76.

4.

Karimov V. “Tezkor

-

qidiruv faoliyati” darslik. –

T.: BPA, 2021.

B. 244.

5.

Karimov V. “Tezkor

-

qidiruv faoliyati” darslik. 2021

-yil.

B. 242-243.

6.

Karimov V. “Tezkor

-

qidiruv faoliyati” d

arslik. 2021-yil

B. 313-317.

7.

Karimov V. “Tezkor

-

qidiruv faoliyati” darslik. 2021

-yil

B. 315-316.

8.

Kvachevskiy A.A. Ob ugolovnom presledovanii, doznanii i predvaritelnom

issledovanii prestupleniy po sudebnыm ustavam.

SPb., 1864.

S. 5.

9.

Sluchevskiy V.K. Uchebnik russkogo ugolovnogo protsessa. -SPb., 1913. -S. 107.

10.

Veyngardt A Ugolovnaya taktika Petrograd. 1910; Geyndl R Ugolovnaya

texnika. Iz materialov ugolovnogo roziska

M , 1925, Shtiber V., Shneykert G.

Prakticheskoye rukovodstvo dlya rabotnikov ugolovnogo roz

ы

ska.

M., 1925. B-8.

11.

Yakimov I.N. “Prakticheskoye rukovodstvo k rassledovaniyu prestupleniy”

(1924 g.), “Sovremennoye rozisknoye iskusstvo” (1926 g.), “Kriminalistika. Ugolovnaya
taktika” (1929 g.). B

-5-8.

Библиографические ссылки

Xamdamov A., Saitbayev T., Gordeev S., Rashidxodjayev T., Oʻzbekiston Respublikasining “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi qonuniga sharh – T.: Oʻzbekistan Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015. – B. 68.

Shumilov A.Yu. Yuridicheskiye osnovi ORD. – M., 1999. – S. 125.

Zakurlayev A.K., Pulatov Yu.S. Tezkor-kidiruv faoliyati: Oʻquv qoʻllanma. – T.: TDYUU, 2014. – B. 76.

Karimov V. “Tezkor-qidiruv faoliyati” darslik. – T.: BPA, 2021. – B. 244.

Karimov V. “Tezkor-qidiruv faoliyati” darslik. 2021-yil. – B. 242-243.

Karimov V. “Tezkor-qidiruv faoliyati” darslik. 2021-yil – B. 313-317.

Karimov V. “Tezkor-qidiruv faoliyati” darslik. 2021-yil – B. 315-316.

Kvachevskiy A.A. Ob ugolovnom presledovanii, doznanii i predvaritelnom issledovanii prestupleniy po sudebnыm ustavam. - SPb., 1864. - S. 5.

Sluchevskiy V.K. Uchebnik russkogo ugolovnogo protsessa. -SPb., 1913. -S. 107.

Veyngardt A Ugolovnaya taktika Petrograd. 1910; Geyndl R Ugolovnaya texnika. Iz materialov ugolovnogo roziska - M , 1925, Shtiber V., Shneykert G. Prakticheskoye rukovodstvo dlya rabotnikov ugolovnogo rozыska. - M., 1925. B-8.

Yakimov I.N. “Prakticheskoye rukovodstvo k rassledovaniyu prestupleniy” (1924 g.), “Sovremennoye rozisknoye iskusstvo” (1926 g.), “Kriminalistika. Ugolovnaya taktika” (1929 g.). B-5-8.