Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Status and Primary Functions of the Chamber of Advocates
of the Republic of Uzbekistan
Valisher DAVLYATOV
1
Institute of Parliamentary Research under the Legislative Chamber of the Oliy Majlis of the Republic of
Uzbekistan
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received December 2024
Received in revised form
15 December 2024
Accepted 20 January 2025
Available online
25 February 2025
The article analyzes the status of the Chamber of Lawyers
and its functions. To ensure the effective functioning of the bar,
it is necessary, first of all, to understand the status of the
Chamber of Advocates, its legal functions and role in serving the
public. In-depth analysis of issues related to the functions of
Chamber membership or the div ensuring the corporate unit
of lawyers is important for improving the legal profession.
Therefore, a large-scale scientific study of the functions of the
Chamber of Advocates allows for the development of effective
mechanisms for managing the legal profession.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss1-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
advocacy,
non-governmental
organization,
non-governmental
non-profit organization,
advocate status.
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining maqomi
va uning asosiy vazifalari tavsifi
ANNOTATSIYA
Kal
it so‘zlar
:
advokatura,
nohukumat tashkilot,
nodavlat notijorat tashkilot,
advokat maqomi.
Maqolada Advokatlar palatasining maqomi va uning
vazifalari tahlil qilingan. Advokatura institutining samarali
faoliyatini taʼminlash uchun, avvalo, Advokatlar palatasining
maqomi, uning huquqiy vazifalari va jamoatchilikka xizmat
qilishdagi oʻrnini tushunish zarur. Palata aʼzoligining yoki
advokatlarning korporativ birligini taʼminlovchi organning
vazifalariga taalluqli masalalarni chuqur tahlil etish,
advokaturani yaxshilash yoʻlida muhim ahamiyatga ega.
Shuning uchun, advokatlar palatasining vazifalarini keng
koʻlamda ilmiy tadqiq qilish, advokaturani boshqarishning
samarali mexanizmlarini ishlab chiqishga imkon beradi.
1
Doctor of Science in Law (DSc), Deputy Director, Institute of Parliamentary Research under the Legislative
Chamber of the Oliy Majlis of the Republic of Uzbekistan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
1 (2025) / ISSN 2181-1415
228
Характеристика статуса и основных задач Палаты
адвокатов Республики Узбекистан
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
адвокатура,
неправительственная
организация,
негосударственная
некоммерческая
организация,
статус адвоката.
В статье анализируется статус Палаты адвокатов и ее
функции. Для обеспечения эффективной деятельности
института адвокатуры, прежде всего, необходимо
понимать статус Палаты адвокатов, ее правовые
обязанности и роль в служении общественности. Глубокий
анализ вопросов, касающихся функций членов Палаты или
органа,
обеспечивающего
корпоративное
единство
адвокатов, имеет важное значение для улучшения
адвокатуры. Поэтому широкое научное исследование задач
Палаты адвокатов позволяет разработать эффективные
механизмы управления адвокатурой.
KIRISH
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining maqomi va uning vazifalarini
ilmiy tahlil qilmasdan turib, advokatura institutining tashkiliy-huquqiy asoslarini
rivojlantirib boʻlmaydi. Shu bois advokatura institutining tashkiliy
-huquqiy asoslarini
takomillashtirishda barcha advokatlarning aʼzoligiga asoslangan, korporativ birlikni
taʼminlovchi organning
vazifalariga taalluqli masalalarni tahlil etish dolzarb hisoblanadi.
Binobarin, har bir huquqiy davlatda jismoniy va yuridik shaxslarga malakali yuridik
yordam koʻrsatish sifati va darajasi, eng avvalo, advokatlarning oʻzini oʻzi boshqarish
organi faoliya
tining samarali tashkil etilishiga bevosita bogʻliqdir.
Ilmiy tadqiqot natijalari tahlili shuni koʻrsatmoqdaki, Oʻzbekiston Respublikasi
Advokatlar palatasining maqomi va uning vazifalari shu vaqtga qadar toʻliq, keng,
atroflicha chuqur ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlillar asosida alohida tadqiq
etilmagan.
Qomusiy adabiyotlarda “maqom” deganda davlat organi, muassasa, tashkilot va
xalqaro tashkilotning normativ-huquqiy hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan holati, huquq
va majburiyatlar yigʻindisi ekanl
igi [1] qayd etilgan.
Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida yuridik shaxslar
asosan ikki turga, yaʼni tijoratchi tashkilotlar va tijoratchi boʻlmagan tashkilotlarga
boʻlingan. “Tijoratchi tashkilot boʻlmagan yuridik shaxs jamoat
birlashmasi, ijtimoiy fond
va mulkdor tomonidan moliyaviy taʼminlab turiladigan muassasa shaklida, shuningdek
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqacha shaklda tashkil etilishi” [2] mumkin.
Fikrimizcha, aynan “qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqacha shaklda”
tijoratchi boʻlmagan tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi kiradi.
METODOLOGIYA
Maqolada analiz, sintez, qiyosiy tahlil, indeksiya, deduksiya metodlaridan
foydalanilgan.
TADQIQOT NATIJALARI
Tadqiqotlar shuni koʻrsatmoqdaki, ilgʻor xorijiy mamlakatlarda
“nodavlat notijorat
tashkilot” tushunchasi oʻrniga “nohukumat tashkilot”lar tushunchasidan keng
foydalaniladi. Shu bois, mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlariga oid
qonunchilikni “nohukumat tashkilotlar” etib qayta koʻrib chiqish taklif etiladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
1 (2025) / ISSN 2181-1415
229
“Advokatura
toʻgʻrisida”gi
Oʻzbekiston
Respublikasi
Qonunining
[3]
12
1-4
-
moddasida Advokatlar palatasining maqomi belgilangan. Unga koʻra, Advokatlar
palatasi Oʻzbekiston Respublikasi barcha advokatlarining majburiy aʼzoligiga asoslangan
notijorat tashkilotidir [4]. Demak, amaldagi qonunchilikka asosan, Advokatlar palatasi
nodavlat notijorat tashkilot emas, balki notijorat tashkilotdir.
Shu bois, Advokatlar palatasining IV Konferensiyasi yuzasidan ijtimoiy
tarmoqlarda ayrim advokatlar [5] va shaxslar [6] tomonidan bildirilgan fikrlarga koʻra,
Advokatlar palatasi goʻyoki nodavlat notijorat tashkilot boʻlib, raisi lavozimiga
nomzodning davlat organi tomonidan koʻrsatilishi Konstitutsiyaning 72
-moddasi [7]
talablarini buzish deb baholangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 72
-
moddasiga asosan “davlat
organlari va mansabdor shaxslarning nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga
aralashishiga, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat organlari va
mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi”.
Aytish
kerakki,
Adliya
vazirligi
tomonidan
Advokatlar
palatasining
IV Konferensiyasida palata raisi lavozimiga nomzodni taqdim etishi amaldagi
qonunchilikka muvofiq harakat qilgan, degan xulosaga kelish mumkin.
Nazarimizda, qonunchilikdagi ushbu maqom Advokatlar palatasining huquqiy
tabiati va maqomiga muvofiq kelmaydi. Binobarin, xorijiy mamlakatlar tajribasida
ommaviy-huquqiy vazifani amalga oshiruvchi kasbiy tashkilotlarining maqomini
belgilashga oid qonunchilik amaliyoti yaxshi rivojlangan.
Xususan, anglo-sakson huquq oilasiga mansub mamlakatlarda, jumladan Yangi
Zelandiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Belarus, Rossiya, Qozogʻiston, Moldova
kabi
davlatlarda kasbi
y birlashmalarning maqomini belgilovchi oʻzini oʻzi boshqaruvchi
tashkilotlarga oid yaxlit qonunlar qabul qilingan. Xususan, Rossiya Federatsiyasida
“Oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonun, Qozogʻistonda “Oʻzini oʻzi
boshqaruvchi t
ashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonun shular jumlasidandir.
Ilmiy-
nazariy va huquqiy tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, oʻzini oʻzi boshqaruvchi
tashkilotlar aynan davlatning aralashuvini minimal darajaga tushirish, kasbiy birlashma
aʼzolarining faoliyatini muvofi
qlashtirishni nazarda tutadi.
Oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotlar fuqarolik qonunchiligi instituti boʻlib,
nodavlat notijorat tashkilotining yangi shakli hisoblanadi. Ye.P. Suxovning fikricha,
ularning asosiy vazifasi davlat tomonidan tartibga solish (boshqarish)dan
(litsenziyalanadigan faoliyatning alohida shaklidan) oʻzini oʻzi boshqarishga oʻtishni
taʼminlashdan iborat [8].
Bu borada Lazareva-
Paskayaning fikricha [9], oʻzini oʻzi boshqaruvchi tashkilotlar
toʻgʻrisidagi qonunchilik Ad
vokatlar palatasining maqomiga mutlaqo zid, davlat ushbu
tartib-taomil orqali advokatlarni nazorat qilishga intiladi. Chunki, advokatura mustaqil
institut boʻlib, u fuqarolarga malakali yuridik yordam koʻrsatish vazifasini amalga oshiradi.
Nazarimizda, ol
imaning ushbu fikriga qoʻshilib boʻlmaydi. Buni quyidagilar bilan
asoslash mumkin: Oʻzini oʻzi boshqarish:
birinchidan, oʻzini oʻzi boshqarish subyektlariga koʻra –
davlatning haddan
tashqari aralashuvini cheklashning muqobil usuli hisoblanadi;
ikkinchidan, davlat nuqtayi nazaridan
–
davlatning minimal ishtiroki bilan kasbiy
birlashmadagi huquqiy, ijtimoiy, siyosiy masalalarni kasbiy birlashma aʼzolari ishtirokida
hal etish imkonini beradi;
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
1 (2025) / ISSN 2181-1415
230
uchinchidan, kasbiy birlashma aʼzolariga koʻra –
kasbiy birlashma a
ʼ
zolarining
korporativ birligini taʼminlashga koʻmaklashadi, korporativ madaniyat shakllanishiga
zamin yaratadi;
toʻrtinchidan, kasbiy birlashmaning ichki ishlarini demokratik asoslarda hal etish
imkonini beradi.
Taʼkidlash joizki, oʻzini oʻzi boshqarish m
odelida litsenziyalash tartib-taomillari
mavjud boʻlmaydi. Davlat nazoratining bir turi hisoblangan litsenziyalash davlat
nazoratining minimal aralashuvini oʻzida aks ettiruvchi kasbiy birlashmaga majburiy
aʼzolik tartib
-taomili bilan almashtiriladi.
Ushbu
tartibning joriy etilishi advokaturaga oid ilmiy hamjamiyat oʻrtasida keng
bahs-
munozaralarga sabab boʻlayotgan litsenziyalash vakolatini davlat timsolida uning
organi
–
Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalaridan Advokatlar palatasiga
oʻtkazish ke
rak degan fikr-
mulohazalarga batamom chek qoʻygan boʻlar edi.
Ayni paytda, mamlakatimizda ham majburiy aʼzolik, ham davlat tomonidan
litsenziyalash talab etiladigan faoliyat birgina advokatlik emas. Masalan, notarial faoliyat,
rieltorlik faoliyati ham shular jumlasidandir. Zero, J.
Neʼmatovning advokatura faoliyatini
takomillashtirish negizida milliy qonunchilikni mukammallik darajasiga yetkazish
hisoblanishi haqidagi fikrini [10] inobatga olgan holda, bu borada advokatura va
advokatlik faoliyatining qonunchilik bazasini takomillashtirish maqsadga muvofiqdir.
Shu bois, fikrimizcha, mamlakatimizda “Oʻzini oʻzi boshqaruvchi tashkilotlar
toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish
maqsadga muvofiq. Qonun loyihasida o
ʻzini oʻzi boshqaruvchi tashkilotlarning tashkiliy
-
huquqiy holati, ularni tashkil etish talablari, davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlari,
oʻzini oʻzi boshqarish turlari, asosiy prinsiplari, oʻzini oʻzi boshqarish sohasini tartibga
solishda davlat org
anlarining vakolatlari, oʻzini oʻzi boshqaruvchi tashkilotning huquq va
majburiyatlari, javobgarligi kabi masalalarni belgilash taklif etiladi.
Fikrimizcha, advokatura institutida oʻzini oʻzi boshqarish prinsipini joriy etish
quyidagi asosiy masalalarni oʻ
z ichiga qamrab oladi:
advokaturaning nodavlat maqomida belgilanganligi (baʼzi bir mamlakatlarda nodavlat
advokatlar qatorida davlat (public) va jamoat (social) advokatlari faoliyat koʻrsatadi);
demokratik prinsiplarning joriy etilganligi (oʻzini oʻzi bosh
qarish organlarining
saylab qoʻyilganligi, ochiqlik va h.k.);
mustaqillikning taʼminlanganligi (oʻzini oʻzi boshqarish, muxtoriyat va oʻzini oʻzi
moliyalashtirishi, “ichki va tashqi” taʼsirlardan holi ekanligi);
boshqaruv organlarining “saylovchilar” –
advokatlar oldidagi hisobdorligi;
advokatlarning u yoki bu masalalarni hal etishda bevosita ishtiroki;
oʻzini oʻzi boshqarish organlarini tarqatib yuborish mexanizmining belgilanganligi.
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining maqomi uning maqsad va
vazifalari
bilan chambarchas bogʻliqdir. Binobarin, u yoki bu tashkilotni tashkil etishdan koʻzlangan
maqsadning aniqligi uning vazifalarining samarali amalga oshirishga xizmat qiladi.
Amaldagi tartibga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar
palatasining
ustaviga koʻra [11] fuqarolarga, korxona, muassasa va tashkilotlarga malakali yuridik
yordam koʻrsatilishini tashkil etish va taʼminlash; advokatlarning tashkiliy mustaqilligini
taʼminlash; advokaturani yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish
; advokatlarning
mustaqilligi kafolatlarini kuchaytirish; advokatlik kasbining obroʻsi va nufuzini oshirish
Advokatlar palatasining maqsadi hisoblanadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
1 (2025) / ISSN 2181-1415
231
Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, ushbu maqsadlarda Advokatlar palatasining boshqa
bir maqsadlari chetda qolgan. Fikrimizcha, ushbu maqsadlar qatoriga advokatlarning kasbiy
manfaatlarini davlat hokimiyati organlarida (parlament, hukumat va sudda) ifoda etish
(vakillik) va himoya qilish kabi maqsadni nazarda tutish maqsadga muvofiq.
Ayni paytda, Advokatlar palatasining vazifalarini Konstitutsiya va qonunlarda
belgilangan prinsip va normalar, ilgʻor xorijiy mamlakatlarning tajribasi va xalqaro
standartlar asosida rivojlantirishni taqozo etmoqda.
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.
Mirziyoyevning “Oʻ
zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining
advokatura instituti himoyachisi sifatidagi roli pasayib ketganligi, uning advokatlar bilan
oʻzaro hamkorligi statistika yigʻish bilan cheklanib qolayotganligi hamda ortiqcha
byurokratiyadan iborat boʻlayotganligi” [12] haqidagi fikri buning yaqqol tasdigʻidir.
“Advokatura toʻgʻrisida”gi qonunning 12
2
-moddacida qonun chiqaruvchi tomonidan
11 ta vazifa Advokatlar palatasining asosiy vazifalari roʻyxati sifatida belgilagan. Eʼtiborlisi,
ushbu roʻyxat “ochiq” boʻl
ib, qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi
mumkinligi qayd etilgan.
Advokatlar palatasining ustavida Advokatlar palatasining 23 ta vazifa belgilangan
boʻlib [13], u yakuniy vazifalardan iborat emas, yaʼni ochiq roʻyxat nazarda
tutilgan.
Ilmiy-
amaliy tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, Advokatlar palatasining “Advokatura
toʻgʻrisida”gi qonunida belgilangan vazifalarini ularning mazmunan oʻxshash va
yaqinligiga koʻra quyidagi
beshta yoʻnalishga
guruhlash mumkin:
Birinchidan, Advokatlar palatasining advokaturaning malakali yuridik
yordam koʻrsatishni tashkil etishdagi ishtirokiga oid vazifalari qatoriga
advokatlik
tuzilmalarining faoliyatini markazlashtirilgan holda muvofiqlashtirib borish,
advokaturani yanada rivojlantirishga, uning ob
roʻ
-
eʼtiborini oshirishga, advokaturaning
inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdagi rolini kuchaytirishga koʻmaklashish,
aholining huquqiy bilimlari va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy
targʻibot chora
-tadbirlarni amalga oshirish, aholining yuridik yordamdan foydalana olish
imkoniyatini tumanlar va shaharlarda yuridik maslahatxonalar tashkil etish orqali
taʼminlash [14] kabilarni kiritish mumkin.
Advokatlar palatasining 2018
–
2023-
yillardagi faoliyati tahlili shuni koʻrsatmoqdaki,
Advokatlar palatasi advokatlarning kasbiy faoliyatiga aralashmagan holda Qoraqalpogʻiston
Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi hududiy boshqarmalari orqali advokatlik
tuzilmalari faoliyatini takomillashtirish, malakali yuridik yordamni tashkil qilish, jismoniy va
yuridik shaxslarga yuridik yordam koʻrsatilishining sifat va samaradorligini oshirishga
qaratilgan korporativ hujjatlarni ishlab chiqib amaliyotga tatbiq etish yoʻli bilan ularning
faoliyatini muvofiqlashtirib bormoqda.
Palataning kolleg
ial ijroiya organi boʻlgan Boshqaruvning 24 ta yigʻilishida
advokatura faoliyatiga tegishli jami 104 ta masala muhokama qilinib, ularning natijasi
yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Shuningdek, Boshqaruv yigʻilishlarida
advokatlarning kasbiy ximoya
sini taʼminlash mexanizmini takomillashtirish, yuridik
yordam, shu jumladan bepul yuridik yordam koʻrsatilishini taʼminlash, advokatlarning
kasbiy tayyorgarligini sinab koʻrish va ularni ragʻbatlantirish kabi masalalarni huquqiy
jihatdan tartibga solishga
qaratilgan 7 ta nizom, bir nechta yoʻriqnoma va tartib qoidalar
ishlab chiqilib, tasdiqlandi.
2018
–
2023-
yillar oraligʻida Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Advokatlarni
kasbiy tayyorlash departamenti hamda uning viloyatlardagi boʻlim va sektorla
ri xodimlari
tomonidan advokatlarni kasbiy tayyorlashga, aholining huquqiy bilimlarini oshirish va
huquqiy targʻibot ishlarini uzluksiz olib borishga katta eʼtibor qaratildi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
1 (2025) / ISSN 2181-1415
232
Advokatlar tomonidan aholining huquqiy bilimlari va huquqiy madaniyatini
oshirishga qaratilgan jami 119
285 ta huquqiy targʻibot ishlari amalga oshirildi.
Hududiy boshqarmalar tomonidan olib borilgan targʻibot ishlari ommaviy axborot
vositalari orqali keng jamoatchilik eʼtiboriga taqdim etilib borildi. Xususan, us
hbu davrda
hududiy boshqarmalar tizimida faoliyat yuritayotgan advokatlar va xodimlar tomonidan
umumiy hisobda deyarli 1000 ga yaqin televideniya orqali chiqishlar qilingan boʻlsa,
500 dan oshiq radio orqali eshittirishlarda qatnashilib, targʻibot ishlari
amalga oshirilgan.
Ommaviy axborot vositalarining yana bir turi hisoblangan gazeta va jurnallarda
ham targʻibot ishlari olib borilgan. Gazeta va jurnallarda chop etilgan maqolalarning soni
jami 6623 tani tashkil qiladi.
Targʻibot ishlari ommaviy axborot vositalari bilan bir qatorda ogʻzaki tarzda hamda
seminar, konferensiya, davra suhbatlari va boshqa koʻrinishlarda ham olib borilgan.
Ushbu davrda ogʻzaki tarzda olib borilgan targʻibot ishlarining umumiy soni
34452 tani tashkil qilib, ulardan 21595 tasi bevosita hududiy boshqarmalar tomonidan
uyushtirilgan tadbirlar hisoblansa, 12855 tasi boshqa tashkilot, muassasalar tomonida
tomonidan uyushtirilgan tadbirlarida qatnashib amalga oshirilgan ogʻzaki targʻibotlar
hisobiga toʻgʻri keladi.
Fuqarolarning huquqiy ongini oshirish, yuridik yordamga muhtoj fuqarolarga tez
va sifatli yuridik yordam koʻrsatish, huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash va ularning
oldini olish maqsadida Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan
joylardagi xalq qabulxonalar
ida hamda mahalla fuqarolar yigʻinlarida advokatlarning
ixtiyoriy navbatchiligi yoʻlga qoʻyildi.
Bu orqali fuqarolar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari, lozim topishsa
yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma tuzishlari ham mumkin boʻl
adi.
2018-2023-yillar davomida hududiy boshqarmalar tizimida faoliyat yuritayotgan
advokatlar tomonidan xalq qabulxonalarida jami hisobda 17436 nafar fuqaroga, mahalla
fuqarolar yigʻinlarida navbatchilik qilayotgan advokatlar tomonidan jami 65153 nafar
fuqaroga bepul yuridik yordam berildi.
Ikkinchidan, Advokatlar palatasining advokatlarning huquq va qonuniy
manfaatlarini himoya qilish yoʻnalishi boʻyicha
advokatlarning huquqlari va qonuniy
manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish, shu jumladan davlat va
xoʻjalik boshqaruvi
organlari bilan munosabatlarda, shuningdek sudda ularning huquqlari va qonuniy
manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish, advokatlarni ularning kasbiy faoliyati bilan
bogʻliq taʼqiblardan, cheklashlar va tajovuzlardan himoya qilish boʻyicha choralar [15]
koʻrishni kiritish mumkin.
Uchinchidan, Advokatlar palatasining advokatlarning kasbiy faoliyatini
amalga oshirishga koʻmaklashish yoʻnalishi boʻyicha
advokatlarning kasbiy
tayyorgarligi va malaka oshirishini tashkil etish, advokatura
faoliyati toʻgʻrisidagi statistik
maʼlumotlarni toʻplash va oʻrganish, advokatlarning ijobiy ish tajribasini ommalashtirish,
advokatlik tuzilmalariga uslubiy yordam koʻrsatish [16] kabilarni kiritish mumkin.
Har uch yilda bir marta kasbiy malakani oshirib borish advokatlik kasbiga
qoʻyilgan talablardan biridir. Ushbu talabni bajarmaslik advokatga nisbatan intizomiy
javobgarlikni keltirib chiqaradi. Malakali yuridik yordam koʻrsatish majburiyati
advokatlardan k
asbiy bilim va koʻnikmalari yuqori darajada boʻlishini taqazo etadi. Shu
bois ham advokatlarning kasbiy bilimlarini doimiy ravishda oshirib borish ishlarini
yuqori darajada tashkil etish Advokatlar palatasining doimiy nazorati va diqqat
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
1 (2025) / ISSN 2181-1415
233
markazida boʻlib ke
lmoqda. Hozirda Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini
oshirish markazi advokatlar malakasini oshiradigan yagona oʻquv muassasasi
hisoblanadi.
2018
–
2023-yillar davomida Advokatlar palatasi Yuristlar malakasini oshirish
markazi bilan hamkorlikda
advokatlarning malakasini oshirish boʻyicha uzviy va davomli
ishlarni amalga oshirdi. Advokatlarga qulaylik yaratish maqsadida 2020-yildan boshlab
Yuristlar malakasini oshirish markazi bilan hamkorlikda 4 turdagi, jumladan masofaviy
–
platforma orqali, onl
ayn, anʼanaviy va sayyor oʻqitish joriy etildi. Shuningdek, joriy yildan
boshlab advokatlarga malaka oshirganlik toʻgʻrisidagi sertifikatlarni elektron tarzda sayt
orqali olish imkoniyati yaratildi. Ushbu yoʻnalishda amalga oshirilgan ishlar natijasida
2018-yilda 856 ta advokat, 2019-yilda 857 ta advokat, 2020-yilda 463 ta advokat
(shundan 403 ta anʼanaviy va 60 ta masofaviy), 2021
-yilda 549 ta advokat (shundan
170 ta anʼanaviy, 269 ta offlayn va 110 ta onlayn), 2022
-yilda 967 ta advokat (shundan
217 ta an
ʼ
anaviy, 500 ta offlayn va 250 ta onlayn), 2023-yilning birinchi yarmida
393 ta advokat (25 ta anʼanaviy, 286 offlayn va 82 ta onlayn) malaka oshirdi. Hisobot
davrida jami 4085 ta advokat yuristlar malakasini oshirish markazida kasbiy malakasini
oshirdi.
Malaka oshirish kursini yakunlashda Palataning masʼul xodimi doimiy
qatnashishi yoʻlga qoʻyildi.
Toʻrtinchidan, Advokatlar palatasining
advokatlar faoliyatini nazoratni
amalga oshirishdagi ishtiroki yoʻnalishi boʻyicha
advokatlar tomonidan
qonunchilikka, Advokatning kasb etikasi qoidalariga, advokatlik siri va advokat
qasamyodiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish [17] kabilarni kiritish
mumkin.
Palata ushbu yoʻnalishdagi nazoratni oʻz hududiy boshqarmalari huzuridagi
malaka komisiyalari va Oliy malaka komissiyasi orqali amalga oshiradi. Malaka
komissiyalari advokatlikka talabgar shaxslardan malaka imtihonlarini qabul qilish bilan
birga advokatlarning xatti-harakatlari yuzasidan kelib tushadigan ariza va shikoyatlarni
koʻrib chiqib, vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi
Hududiy boshqarmalar huzuridagi malaka komissiyalari va Oliy malaka
komissiyasi faoliyati tahlili shuni
koʻrsatdiki, 2019
-yil
–
2023-yilning yarim yilda Palata
va uning hududiy boshqarmalariga fuqarolar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, sudlar
va boshqa tashkilotlar tomonidan advokatlarning xatti-harakatlari yuzasidan jami
5759 ta shikoyat ariza, taqdimnoma yoki xususiy ajrimlar kelib tushgan. Shulardan:
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari 5 239 ta; taqdimnomalar 401 ta; xususiy
ajrimlar 85 ta.
Yillar boʻyicha tahlil qilinadigan boʻlsa, bu koʻrsatkich quyidagini tashkil qiladi:
2019-yilda: 1 569 ta; 2020-yilda: 885 ta; 2021-yilda: 1 125 ta; 2022-yilda: 1 413 ta;
2023-yilning 1-yarmida: 767 ta.
Kelib tushgan ariza shikoyatlarning 2 957 tasi; taqdimnomalarning 167 tasi;
xususiy ajrimlarning 50 tasi malaka komissiyalarda koʻrib chiqilishi jarayonida oʻz
tasdigʻini topmaganli uchun rad etilgan. Bundan tashqari, kelib tushgan ariza, shikoyat,
taqdimn
oma va sud ajrimlarining malaka komissiyalari tomonidan koʻrib chiqilishi
natijasiga koʻra intizomiy jazo sifatida: 2019
-yilda 143 ta; 2020-yilda 16 ta; 2021-yilda
35 ta; 2022-yilda 50 ta; 2023-yilning 1-yarmida 39 ta
–
jami 283 ta advokat
lizenziyalarini
ng amal qilishi muayyan muddatlarga toʻxtatilgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
1 (2025) / ISSN 2181-1415
234
Malaka komissiyalarining qarorlari asosida maʼmuriy sudlar tomonidan jami
108 ta advokatning kasb faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyasining
amal qilishini tugatish haqida qaror qabul qilingan.
Advokatlar litsenziyasining amal qilishini tugatish koʻrsatkichi yillar boʻyicha
quyidagini tashkil qilgan: 2019-yilda 40 ta; 2020-yilda 6 ta; 2021-yilda 17 ta; 2022-yilda
27 ta; 24 2023-yilning 1-yarmida 18 ta.
Jinoiy javobgarlikka tortilganligi munosabati bilan litsenziyasining amal qilishi
tugatilgan advokatlar soni 89 nafarni tashkil etgan boʻlib, bu koʻrsatkich yillar hisobida
quyidagicha koʻrinish hosil qiladi: 2019
-yilda 11 ta; 2020-yilda 16 ta; 2021-yilda 25 ta;
2022-yilda 24 ta; 2023-yilning 1-
yarmida 13 ta. Albatta, bu koʻrsatkich umumiy
advokatlar soniga nisbatan unchalik koʻp miqdorni tashkil etmasa
-da, uning yakuniy
natijasi advokatlarning jamiyatdagi mavqeiga oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatmasdan
qolmaydi.
Advokatlar malaka ko
missiyalari hamda Oliy malaka komissiyasi toʻgʻrisidagi
nizomlar talabiga koʻra advokatlikka talabgor shaxslar yoki intizomiy jazoga tortilgan
advokatlar malaka komissiyalari qabul qilgan qarorlar ustidan belgilangan muddat ichida
Oliy malaka komissiyasiga shikoyat qilishlari mumkin. Ushbu nuqtayi nazardan kelib
chiqib tahlil qilinganda: 2019-yilda 31 ta; 2020-yilda 16 ta; 2021-yilda 59 ta; 2022-yilda
73 ta; 2023-yilning 1-yarmida 35 ta hududiy malaka komissiyalarining qarorlari Oliy
malaka komissiyasi tomo
nidan qayta koʻrib chiqilib, bekor qilingan. Bundan tashqari,
hisobot davrida talabgor shaxslardan malaka komissiyalariga: 2019-yilda 682 ta;
2020-yilda 584 ta; 2021-yilda 884 ta; 2022-yilda 1 033 ta; 2023-yilning 1-yarmida 593 ta
–
jami 3776 ta ariza kel
ib tushgan boʻlib, ulardan: 2019
-yilda 488 tasi; 2020-yilda
492 tasi; 2021-yilda 708 tasi; 2022-yilda 814 tasi; 2023-yilning 1-yarmida 472 tasi
–
jami 2974 nafari malaka imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan.
Advokat maqomini olish uchun malaka imtiho
nlari oʻtkazilishi jarayonining
shaffofligini taʼminlash, shu jumladan zarur hujjatlarni elektron tartibda taqdim etish,
ularning roʻyxatini maqbullashtirish va imtihon jarayonini real vaqt rejimida Internet
tarmogʻida translyatsiya qilish maqsadida Advoka
tlar palatasi tomonidan barcha
hududiy boshqarmalar binolarida malaka imtihonlarini qabul qilish sinflari
tashkillashtirilib, ular veb-
kameralar bilan taʼminlangan.
2018-yil sentyabr oyidan Oliy
malaka komissiyasida qabul qilingan imtihonlar onlayn rejimda internet orqali uzatilib
borilmoqda
Beshinchidan, Advokatlar palatasining norma ijodkorligi faoliyatidagi
ishtiroki yoʻnalishi boʻyicha
qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini
takomillashtirish, huquqiy tartibga solishning yaxlitligini hamda qonunchilik
normalarining bir xilda qoʻllanilishini taʼminlashga doir takliflar kiritish, advokatura
faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda
ishtirok etish, ular yuzasidan takliflar tayyorlash [18] kabilarni kiritish mumkin.
XULOSA
2018
–
2023-yillarda Advokatlar palatasiga yuborilgan 287 ta qonun va qarorlar
loyihalariga fikr-
mulohaza va takliflar tayyorlanib yuborilgan boʻlsa, advokatlik faoliyati
va sud ishini yuritish bilan bogʻliq 52 ta
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Advokatlar
palatasi bilan kelishilgan holda qabul qilindi. Shuningdek, jami 33 ta Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarori loyihalariga takliflar bildirildi. Bundan tashqari,
ushbu davrda qonun loyihalari va normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish uchun
tuzilgan ishchi guruhlarda 15 nafar advokat ekspert sifatida qatnashdi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
1 (2025) / ISSN 2181-1415
235
Advokatlar palatasining maqomi va uning vazifalarini ilmiy-nazariy va amaliy
jihatdan tadqiq etib oʻrganish advokatura institutining
tashkiliy-huquqiy asoslarini
takomillashtirishga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Ўзбекистон
миллий
энциклопедияси
М ҳарфи. “Ўзбекистон
миллий
энциклопедияси” давлат илмий нашриёти // Тошкент. Б. 342.
2.
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1996 й.,
2-
сонга илова
.
3.
Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари тўплами, 2008 й., 52
-
сон,
514-
модда
.
4.
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 2008 й.,
52-
сон, 514
-
модда
.
5.
https://t.me/yuristkadr/10589
6.
https://t.me/r_kusherbayev/5515
7.
Қонунчилик
маълумотлари миллий базаси, 01.05.2023 й., 03/23/837/0241
-
сон
8.
Сухов Евгений Петрович. Саморегулируемые организации. Юридические,
финансовые,
налоговые аспекты / Е.П. Сухов. –
М.: изд
.
«Гроссмедиа»: РОСБУХ,
2010.
–
с.
4.
9.
Лазарева
-
Пацкая, Наталья Валерьевна. Правовой статус адвокатских палат
субъектов Российской Федерации : Дис. ... канд. юрид. наук: 12.
00.11.
–
М.: РГБ,
2006. С. 35.
10.
“Адвокатура институтини такомилллаштиришда Тошкент давлат
юридик университети ва Адвокатлар палатасининг ҳамкорлиги” мавзусида
ўтказилган республика илмий
-
амалий конференция материаллари тўплами //
Т.:ТДЮУ, 2022 й., б. 8.
11.
Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлигидан 2018 йил 26 декабрь куни
689 п
-
сон билан рўйхатдан ўтказилган. // https://paruz.uz/uploads/2019/12/ustav.pdf
12.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 12 майда қабул
қилинган
“Адвокатура институти самарадорлигини тубдан ошириш ва
адвокатларнинг мустақиллигини кенгайтириш чора
-
тадбирлари тўғрисида”ги
ПФ–
5441-
cонли Фармони. // Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси,
14.05.2018 й., 06/18/5441/1210
-
сон.
13.
Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлигидан 2018 йил 26 декабрь куни
689 п
-
сон билан рўйхатдан ўтказилган. // https://paruz.uz/uploads/2019/12/ustav.pdf
14.
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1997 й.,
2-
сон, 48
-
модда
.
15.
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1997 й.,
2-
сон, 48
-
модда
.
16.
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1997 й.,
2-
сон, 48
-
модда;
17.
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1997 й.,
2-
сон, 48
-
модда
.
18.
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1997 й., 2
-
сон, 48
-
модда
.
