Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Models and Content of Organizing Self-Governance Body
Systems
Valisher DAVLYATOV
1
Doctor of Science in Law (DSc), Associate Professor
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received December 2024
Received in revised form
15 December 2024
Accepted 20 January 2025
Available online
15 February 2025
The article analyzes the advocacy system, which is
considered an important step in ensuring the effective
functioning of the legal profession and improving its position
within the legal environment. A self-governing div for lawyers
would be beneficial not only for attorneys but for the entire
legal system. The establishment of this div will serve to
protect lawyers' rights, register documents related to their
activities, and ensure the independence of their representatives
in resolving legally significant matters. Simultaneously, it is
crucial to conduct a scientific-theoretical and practical analysis
of the models for organizing a system of self-governing bodies
for lawyers in our country.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss1/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
bar,
system,
council,
union,
board,
territorial boards.
Oʻzini oʻzi boshqarish organi tizimini tashkil
etish
modellari va ularning mazmuni
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
advokatura,
tizim,
kengash,
ittifoq,
hayʼat,
hududiy hayʼatlar.
Maqolada advokatura tizimi tahlil qilingan boʻlib,
advokaturaning samarali faoliyatini taʼminlash va uning
huquqiy muhitidagi holatlarni yaxshilash uchun muhim qadam
hisoblanadi. Advokatlarning oʻzini oʻzi boshqarish organi
nafaqat advokatlar uchun, balki butun huquqiy tizim uchun ham
foydali boʻladi. Ushbu organning tashkil etilishi, advokatlarning
huquqlarini muhofaza qilish, ularning faoliyatiga doir
hujjatlarni roʻyxatga olish, vakillarining huquqiy mazmunli
masalalarini hal etishda mustaqilligini taʼminlashga xizmat
qiladi. Shu bilan birga, mamlakatimizda advokatlarning oʻzini
oʻzi boshqarish organi tizimin
i tashkil etishning modellarini
ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilish muhimdir.
1
Doctor of Science in Law (DSc), Associate Professor
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2025) / ISSN 2181-1415
386
Модели организации системы органов самоуправления
и их содержание
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
адвокатура,
система,
совет,
союз,
коллегия,
территориальные
коллегии.
В статье анализируется система адвокатуры, что
является важным шагом в обеспечении эффективной
деятельности адвокатуры и улучшении условий ее
правовой среды. Орган самоуправления адвокатов будет
полезен не только для адвокатов, но и для всей правовой
системы. Создание этого органа послужит защите прав
адвокатов, регистрации документов, связанных с их
деятельностью,
обеспечению
независимости
их
представителей в решении правовых вопросов. Вместе с
тем,
важно
провести
научно
-
теоретический
и
практический анализ моделей организации системы
органов самоуправления адвокатов в нашей стране.
KIRISH
Advokatura institutining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishda
advokatlarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tizimini tashkil etish
va uning mazmun-
mohiyatini ilmiy tadqiq etib oʻrganish dolzarb ahamiyatga ega. Binobarin,
mamlakatimizda advokatlarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tizimini tashkil etishning
modellarini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilmay turib, ushbu modelning eng
maqbul shaklini joriy etish kutilgan samarali natijani bermasligiga olib keladi.
Izohli lugʻatlarda “tizim” soʻzining beshta maʼnosi koʻrsatilgan boʻlib, biron
-bir ish
faoliyatini tashkil etish, oʻzaro bogʻliq va uzviy tartibda boʻlgan
hodisalar birligi, majmui
ekanligi [1] qayd etilgan. Shu bois, advokaturada oʻzini oʻzi boshqarishning tizimi
advokatlarning tashkiloti(lari)ni oʻzaro uzviy bogʻliq boʻlgan tashkiliy birliklari majmuini
anglatadi.
Ilmiy-nazariy tahlillar asosida advokatlar
ning oʻzini oʻzi boshqarish organi tizimi
maʼmuriy
-
hududiy tuzilishiga koʻra hamda sud tizimiga bogʻliq holda tashkil etilganligini
koʻrsatmoqda. Ayni paytda, tadqiqotimiz davomida 40 ga yaqin ilgʻor xorijiy
mamlakatlarda advokatlarning oʻzini oʻzi boshqar
ish organi tizimini tashkil etish tizimi
(modellari) qiyosiy tahlil etildi. Bunda kasbiy birlashmalarning davlatning maʼmuriy
-
hududiy tuzilishida turlicha nomlanishi aniqlandi, xususan “hayʼat”, “assotsiatsiya”,
“palata”, “jamiyat”, “gildiya”, “kengash”, “ittifoq” va hokazolar.
Xususan, mamlakatimizda amaldagi qonunchilikka asosan, advokaturaning yagona
oʻzini oʻzi boshqarish tizimi belgilangan. Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar
palatasi oʻzining Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahrida
tuziladigan hududiy boshqarmalari bilan birgalikda advokaturaning yagona oʻzini oʻzi
boshqarish tizimini tashkil etadi [2].
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining ustaviga koʻra, hududiy
boshqarmalar yuridik shaxs hisoblanadi va u Advokatlar palatasi tizimiga kiruvchi
palataga alohida boʻlinmasi hisoblanib [3], palataga yuklatilgan vazifalarni tegishli
hududda samarali bajarilishini taʼminlaydi. Hududiy boshqarmaning nizomi Advokatlar
palatasi tomonidan tasdiqlanadi. Uning mol-mulki palata mulki hisoblanadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2025) / ISSN 2181-1415
387
Oʻrganishlar mamlakatimizda advokaturaning oʻzini oʻzi boshqarishga asoslangan
tizimni tashkil etishning asosiy mezoni sifatida maʼmuriy
-hududiy tuzilish
–
hududiylik
belgilanganligini koʻrsatmoqda. Shu bois, Sh.
Sadikovning Advokatlar palatasi vertikal
tizim asosida, maʼmuriy
-hududiy birliklar kesimida tashkil etilganligi haqidagi [4] fikriga
qoʻshilamiz.
METODOLOGIYA
Maqolada analiz, sintez, qiyosiy tahlil, indeksiya, deduksiya metodlaridan
foydalanilgan.
TADQIQOT NATIJALARI
Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, advokatlar oʻzini oʻzi boshqarish organi tizimi
modellari quyidagilardan iborat:
Birinchi modelga asosan,
har bir maʼmuriy
-hududiy subyektda (viloyat,
provinsiya, shtatda) advokatlarning yagona oʻzini oʻzi boshq
arish organi
–
hududiy
“hayʼat” tashkil etiladi. Bunda hududiy hayʼatlar biron
-
bir “umummamlakat miqyosidagi
hayʼat” tarkibiga kirmaydi. Advokatlarning butun mamlakatga yagona boʻlgan kasbiy
birlashmasi mavjud boʻlmaydi.
Advokatura tizimining bunday shakli sobiq Sovet Ittifoq vaqtida amal qilgan
davrga xos. Bunda “advokat –
hududiy hayʼat” tizimi amal qilgan. Tadqiqotimiz davomida
advokatlarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tizimining ushbu modeliga toʻliq mos
keluvchi xorijiy mamlakatlardagi tizim aniqlanmadi. Qariyb barcha mamlakatlarda
bugungi kunda u yoki bu shaklda advokatlarning umumdavlat miqyosidagi organi
mavjud. Hattoki, sotsialistik tuzumga asoslangan Shimoliy Koreya [5], Vyetnamda [6]
advokatlarning umumdavlat miqyosidagi kasbiy birlashmasi faol
iyat koʻrsatmoqda. Shu
bois, mamlakatimizda umumdavlat miqyosidagi advokatlarning oʻzini oʻzi boshqarish
organi mavjud boʻlishi zarur, degan xulosaga kelish mumkin.
Ikkinchi modelga koʻra,
u yoki bu davlatda advokatlarning “hududiy hayʼatlari”
va “umummamlakat miqyosidagi hayʼati” mavjud boʻladi. “Hududiy hayʼatlar”
“umummamlakat miqyosidagi hayʼati” tizimiga (tarkibiga) kirmaydi. Advokatlarning oʻzi
hududiy hayʼatga emas, balki “umummamlakat miqyosidagi hayʼat”ga birlashadi (aʼzo
boʻladi). Umummamlakat miqyosidagi hayʼatning asosiy vazifasi davlat organlari oldida
advokatlarning vakilligini amalga oshirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini
ifoda etishdan iborat boʻladi.
Advokatura tizimining bunday shakli 1991-1996-yillarda amal qilgan tizimga
o
ʻxshash hisoblanadi. Bunda “advokat –
umummamlakat miqyosidagi hayʼat” tizimi amal
qiladi. Bunday model Belarus Respublikasida [7] joriy etilgan.
Uchinchi modelga asosan,
advokatlarning “umumrespublika miqyosidagi hayʼati”
mavjud boʻlmaydi. Hududiy hayʼatlar taʼsischiligida ularning muvofiqlashtiruvchi organi
–
kengash tuziladi. Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifasi davlat hokimiyati
organlari oldida vakillikni amalga oshirish, advokatura manfaatlarini ilgari surishdan
iborat boʻladi.
Bunda
“advokat –
hududiy hayʼat –
umumiy kengash” tizimi amal qiladi.
Toʻrtinchi modelga asosan,
“hududiy hayʼatlar” “umumrespublika advokatlar
hayʼatini” taʼsis etadi. Advokatlar esa, uchinchi modeldan farqli ravishda, “hududiy
hayʼatga” birlashadi. Ushbu model
“advokat –
hududiy hayʼatlar –
umummamlakat
miqyosidagi hayʼat” tizimiga asoslanadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2025) / ISSN 2181-1415
388
Taʼkidlash joizki, advokaturani tashkil etishning ushbu modeli asosan davlat
tuzilishining federativ shakliga ega mamlakatlarda, xususan Rossiya Federatsiyasi [8],
Germaniya [9] kabi davlatlarda amal qiladi.
Beshinchi modelga muvofiq,
hududda advokatlarning hayʼati mavjud boʻlmaydi,
hududda advokatlarning vakillik organi
–
kengash yoki palata mavjud boʻladi. Ushbu
organ vakillik vazifasini amalga oshiradi va talabgorlarga advokat maqomini berishda
ishtirok etadi. Ushbu organ advokatlarning reestrini yuritadi va boshqa bir qator
tashkiliy masalalarni hal etadi. Advokat tashkiliy jihatdan mustaqil shaxs boʻladi. Ushbu
model advokatlarning kasbiy birlashmasi mavjud emasligini anglatadi.
Ushbu modelning bir qator kamchiliklari mavjud. Advokaturani tashkil etishning
ushbu modeli advokatlar hayʼatining kasbiy birlashma yoki “hayʼatlar hayʼati”ni tashkil
etishni nazarda tutmaydi. Bu esa, amaliyotda koʻplab muammolarni keltirib chi
qaradi.
Xususan, qonunchilik bilan biron-bir advokatlik tizimiga birlashmagan advokatlar
muayyan guruh manfaatlari atrofida birlashishga kirishadi. Ushbu model “advokat –
yagona umumrespublika kengashi” tizimiga asoslanadi.
Turli manfaatlar asosida advokatlar norasmiy tarzda, keyinchalik rasmiy ravishda
birlashishga harakat qiladi. Advokatlar kengashi (palatasi) faoliyat koʻrsatayotgan bir
hududda turli manfaatlar koʻplab hayʼatlar tashkil etishga urinishlar koʻpayadi. Ushbu
hayʼatlar asosan “kasaba uyushmasi”ga aylanadi. Manfaatlar toʻqnashuvi hayʼatlar
oʻrtasida raqobatga aylanib ketadi, barcha oʻz “odamlari”ni vakillik organiga (palataga,
kengashga) kiritishga harakat qiladi. Huddi shunday vaziyat umumrespublika miqyosida
ham yuz beradi. Har bir raqobatga
kirishgan vakilik organi davlat amaldorlariga qoʻllab
-
quvvatlashiga uchun murojaat qiladi. Salbiy oqibatdan yana biri bu advokaturaning
davlat mansabdor shaxslariga oʻtishi boʻlib, advokatura jismoniy va yuridik shaxslarga
yuridik yordam koʻrsatish vazifa
sidan chetga chiqiladi.
XULOSA
Taʼkidlash joizki, qonunchilikda advokatning biron bir advokatlik tuzilmasida
(advokatlar hayʼati, advokatlik firmasi, advokatlik byurosi yoki yuridik maslahatxona)
amalga oshirishga majbur ekanligi belgilangan. Advokatlik tu
zilmasi esa, oʻz navbatida
Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tarkibiga kirmasada, u hududiy adliya
organlari tomonidan roʻyxatdan oʻtadi.
Advokatlar esa, “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy
himoyasi toʻgʻrisida”gi Oʻz
bekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga asosan,
Advokat Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida, shuningdek, agar olingan
topshiriqni bajarish zaruriyati taqozo etsa va tegishli davlatlarning qonunchilikka zid
boʻlmasa, respublika tashqarisida ham
advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga
ega [10].
Bu esa, mamlakatimizda advokatlar oʻzini oʻzi boshqarish organining amaldagi
tizimi hududiylik prinsipi bilan bir qatorda eksterritoriallik prinsipi asosida tashkil
etilganligidan dalolat bermoqda. Binobarin, advokatlik faoliyatini u yoki bu hudud
boʻyicha cheklash malakali yuridik yordam koʻrsatishga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 80000 ga yaqin so‘z va so‘z birikmasi. T
harfi. /
Mas’ul muharrir A.Madvaliyev. –
T.: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy
nashriyoti, 2020.
–
B. 84-85.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2025) / ISSN 2181-1415
389
2.
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2008 й., 18
-
сон,
144-
модда.
3.
https://paruz.uz/uploads/2019/12/ustav.pdf
4.
Адвокатлар сонини ошириш –
аввало соҳада рақобатни кучайтириш учун
зарур. Advokat. N 6/2021 Б.7.
5.
https://world.kbs.co.kr/service/contents_view.htm?lang=r&board_seq=391065
6.
https://wiselawyer.ru/poleznoe/22005-pravovoe-regulirovanie-advokatskoj-
deyatelnosti-socialisticheskoj-respublike-vetnam
7.
https://brka.by/
8.
https://fparf.ru/
9.
https://www.brak.de/
10.
Қонунчилик
маълумотлари
миллий
базаси,
21.04.2021
й.,
03/21/683/0375-
сон.
