Авторы

  • Валишер Давлятов
    Доктор юридических наук (DSc), доцент

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2/S-pp222-227

Ключевые слова:

адвокатура адвокатское бюро право правовая защита коллегия адвокатов

Аннотация

В статье анализируются особенности организации деятельности адвокатского бюро, что является важным шагом для обеспечения эффективной работы адвокатуры и улучшения ситуации в её правовой среде. Адвокатское бюро может состоять из нескольких адвокатов, что позволяет оказывать широкий спектр юридических услуг. В результате совместной работы специалистов возрастает возможность решения правовых проблем в различных сферах.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Distinctive features of organizing a law firm's activities

Valisher DAVLYATOV

1

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2025

Received in revised form

15 January 2025

Accepted 25 February 2025

Available online

25 March 2025

The article analyzes the distinctive features of organizing a

law office's activities, which is considered an important step in

ensuring the effective functioning of the legal profession and

improving conditions in its legal environment. A law office can

consist of several lawyers, which enables the office to provide
effective and comprehensive legal services. As a result of

multiple specialists working as a team, the capability to resolve

legal issues in various fields increases.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2/S-pp

222-227

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

advocacy,

law office,

law,

legal protection,

bar association.

Advokatlik byurosi faoliyatini tashkil etishning oʻziga xos

xususiyatlari

ANNOTATSIYA

Kalit so

zlar:

advokatura,

advokatlik byurosi,

huquq,

huquqiy himoya,

advokatlar hayʼati

.

Maqolada advokatlik byurosi faoliyatini tashkil etishning

oʻziga xos xususiyatlari tahlil qilingan boʻlib, advokaturaning
samarali faoliyatini taʼminlash va uning huquqiy

muhitidagi

holatlarni yaxshilash uchun muhim qadam hisoblanadi.

Advokatlik byurosi bir necha advokatlardan iborat boʻlishi

mumkin, bu byuroning samarali va keng koʻlamli huquqiy
xizmatlar koʻrsatishiga imkoniyat beradi. Bir necha
mutaxassislar jamoa boʻlib

ishlashi natijasida turli sohalardagi

huquqiy muammolarni yechish imkoniyati oshadi.

1

Doctor of Science in Law (DSc), Associate Professor.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

223

Особенности организации деятельности адвокатского

бюро

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

адвокатура,

адвокатское бюро,

право,

правовая защита,
коллегия адвокатов

.

В статье анализируются особенности организации

деятельности адвокатского бюро, что является важным

шагом для обеспечения эффективной работы адвокатуры и
улучшения ситуации в её правовой среде. Адвокатское

бюро может состоять из нескольких адвокатов, что

позволяет оказывать широкий спектр юридических услуг.

В результате совместной работы специалистов возрастает
возможность решения правовых проблем в различных
сферах.

KIRISH

Keyingi yillarda mamlakatimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan tub

islohotlar advokatura institutini ham zamon bilan hamohang tarzda rivojlantirishni,
uning huquqiy asoslarini takomillashtirishni taqozo etmoqda. O

zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2018-yil 12-mayda qabul qilingan PF

5441-son Farmoni [1]da

mamlakatimizda advokatura institutining holatiga baho berilib, uning mavjud
muammolari e

tirof etilgan holda ularni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab

berildi.

Chunonchi, advokatlik byurolarini ta

sis etgan advokatlar o

z faoliyatini o

zlariga

tegishli bo

lgan turar joylarida amalga oshirishi mumkinligi belgilandi. Avvallari ushbu

turar joylarni advokatlik byurosi faoliyatida foydalanish uchun noturar joy toifasiga
o

tkazish talab qilinar edi. Bu esa advokatlik byurolarini tashkil etishga muayyan

darajada to‘siq bo‘lgan, desak yanglishmaymiz. Chunki advokatlik byurosida faoliyat
ko‘rsatuvchi yakka advokatning noturar joyni sotib olishi yoki ijaraga olishi advokatlik
tuzilmasining ushbu shakliga bo‘lgan talabni tu

shirib yuboradi [2]. Aytish kerakki, turar

joydan foydalanish huquqining mavjudligi advokatlik byurosida faoliyat ko‘rsatuvchi

advokatlarning noturar joylardan foydalanish huquqini inkor etmaydi.

R.G.Melnichenko va V.N.Boychenko “advokatlik byurosi faoliya

tini noturar joylarda

ham amalga oshirish huquqi advokatlarning “maishiy mustaqilligi” sifatida baholanadi,
ya’ni uning kundalik ish faoliyatida shovqin

-

suronning kam bo‘ladi” [3], deb ta’kidlasalar,

Y.F. Lubshev “agar turar joyda tashrif buyuruvchilarni q

abul qilish, ular bilan alohida

suhbatlashish va advokatlik sirini saqlash uchun yetarli shart-

sharoitlar bo‘lmasa,

bunday turar joylardan foydalanmaslik zarur” [4], degan g‘oyani ilgari suradi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, Rossiya Federatsiyasida adv

okatlik byurosi faoliyatini

turar joylarda amalga oshirish uchun oila a’zolarining notarial tasdiqlangan ruxsati zarur.
Fikrimizcha, bu oila a’zolarining ushbu turar joydan birgalikda foydalanishida nizolar

kelib chiqishining oldini olishga xizmat qiladi.

Shu bois, advokatlik byurolarini ta’sis etgan advokatlar o‘z faoliyatini o‘zlariga

tegishli bo‘lgan turar joylarida amalga oshirishi mumkinligi belgilanligidan kelib chiqib

hamda advokatlik byurosi advokatiga tashrif buyuruvchilarni qabul qilish, ular bilan
alohida suhbatlashish va advokatlik sirini saqlash uchun yetarli shart-sharoitlarni
yaratish maqsadida Advokatlar palatasining Boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadigan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

224

“Turar joyda advokatlik byurolari faoliyatini tashkil etishning minimal talablari”ni ishl

ab

chiqish va qabul qilish maqsadga muvofiq.


METODOLOGIYA

Maqolada analiz, sintez, qiyosiy tahlil, indeksiya, deduksiya metodlaridan

foydalanilgan.


TADQIQOT NATIJALARI

Ta’kidlash joizki, “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunning 41

-moddasiga asosan

advokatlik byurosi advokatlik faoliyatini yakka tartibda amalga oshirish uchun advokat

tomonidan ta’sis etilgan, notijorat tashkiloti bo‘lgan advokatlik tuzilmasidir [5].
O‘tmishga nazar tashlasak, qonunda ilk bor advokatlik tuzilmalari sifatida amalda faoliyat
ko‘rsatayotgan advokatlar hay’ati bilan bir qatorda advokatlik firmasi, advokatlik
byurosini tashkil etishi mumkinligi belgilab qo‘yildi. Bu esa yuridik yordam ko‘rsatishda
kasbiy faoliyatni individuallashtirishga qaratilgan ilg‘or demokratik islohotlarni amal

ga

oshirish zarurligidan dalolat beradi. Yuqorida ta’kidlanganidek, advokatlik byurolarini
ta’sis etgan advokatlar o‘z faoliyatini o‘zlariga tegishli bo‘lgan turar joylarda amalga

oshirishi mumkin.

Advokatlik byurolarining tarixiy rivojlanishi va ularning

son jihatdan ko‘payish

tendensiyasiga e’tibor bersak, keyingi yillarda advokatlik tuzilmasining ushbu shakli

keng tarqalmoqda. Masalan, 1997-yil 1-iyulda mamlakatimizda 80 ta advokatlik byurosi

ro‘yxatga olingan bo‘lsa, 2005

-yil 1-

yanvar holatiga ko‘ra ula

rning soni 289 tani [6],

2019-yil 1-

yanvar holatiga ko‘ra 1 154 tani, 2023

-yil 1-yanvar holatida 2 336 tani, 2025-

yil 1-yanvar holatida esa 2876 tani tashkil etgan [7]. Bu esa mamlakatimizda advokatlik
byurolari soni yildan-

yilga o‘sib borayotganini ko‘rsa

tadi. Shu bois, advokatlik

byurosining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay huquqiy muhit va iqtisodiy
kafolatlar yaratish davlat oldida turgan hal etishi lozim bo‘lgan muhim masaladir.

“Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunda advokatlik byurosi uchun biron

-bir jiddiy

cheklovlar belgilanmagan. K.V.Pitulko, V.V.Koryakovsevning «advokatlik byurosida

advokatning mustaqilligi advokatlik tuzilmalarining boshqa shakllaridan ancha afzalligini

ta’minlaydi. Xususan, ular advokatlik tuzilmasining ushbu shaklini advoka

t

mustaqilligining “oliy tashkiliy

-

huquqiy shakli” [8], degan fikrlariga qo‘shilish lozim.

Advokatlik byurosining yana bir ijobiy jihatlaridan biri shundaki, bunda

advokatning o‘z obro‘

-

e’tiborini oshirish imkoniyatining yuqoriligidir. Advokatlik

byurosi

tashkil etilgan vaqtdan boshlab, advokat o‘zining obro‘sini, o‘ziga xos “kasbiy brendi”ni

yaratishga intiladi. Har qanday muvaffaqiyatli ish advokatni hamda advokatlik byurosini
mashhur qiladi [9]. Biroq, fikrimizcha, advokat advokatlik tuzilmasining har qanday

shaklini tanlab, o‘z o‘rnini topishi mumkin. Nazarimizda, advokatlik byurosi bu
mashhurlik yoki o‘zining boshqa hamkasblaridan mustaqil bo‘lish emas, balki o‘ziga
yuksak mas’uliyatni qabul qilishga tayyor advokatlarning tanlovidir.

Advokatlik

byurosining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri bu advokatlik byurosi

bino va inshootlari ta’minoti uchun sarf

-

harajatlarning kamligidir. “Advokat noturar joy

sotib olishi, uni ta’mirlashi, mebel va boshqa jihozlarni sotib olishga yoki energiya
ta’minoti uchun oshirilgan (yuridik shaxslar uchun belgilangan) tarzda to‘lovlarni amalga
oshirishga majbur emas”. Fikrimizcha, advokatlarni o‘z ish faoliyatini tashkiliy jihatdan

samarali tashkil etish uchun davlat tomonidan imtiyozli kreditlar, ssudalar va boshqa


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

225

imtiyozlarni qonunchilikda mustahkamlash muhim ahamiyatga ega. Ushbu masalalarni
yaqin istiqbolda hal etish advokatura institutining jozibadorligini, advokatlar tomonidan

ko‘rsatiladigan yuridik yordam sifatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, advokatlik byurosida advokatlik faoliyatini amalga oshirishning

salbiy jihatlari ham mavjud.

Birinchidan

, ishonch bildiruvchi shaxsga (himoya ostidagi shaxsga) yuridik

yordam ko‘rsatish davomida uni qabul qilish, unga maslahat va tushuntirishlar beris

h

uchun yetarli imkoniyatlarning mavjud bo‘lmasligidir. Qayd etish joizki, advokatlik

faoliyatini turar joyda amalga oshirish, garchi unda barcha shart-sharoitlar mavjud

bo‘lsa

-da, ofis yoki noturar joydagi ishchanlik muhitini yarata olmaydi.

Ikkinchidan

, advokatlik faoliyatini amalga oshirish davomida advokatlik byurosi

uchun barcha sarf-xarajatlar yakka shaxs

advokat zimmasiga tushadi. Bu bilan

advokatlik byurosi boshqa advokatlik tuzilmalaridan farq qiladi.

Uchinchidan

, advokatlik byurosida faoliyat yuritishda advokatning soliq

hisobotlarini topshirish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlikka tortilish

ehtimoli yuqoridir. Shu bois bu haqda tajribali amaliyotchi mutaxassislar A.Xomenya va

M.Shoginning qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalardan boxabar bo‘lib

borishda qiyinchiliklar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ishonch bildiruvchi (himoya
ostidagi) shaxslar va umuman boshqa shaxslar bilan jiddiy nizolar yuzaga kelganda

hamkasblarining tezkor va amaliy ko‘magidan foydalana o

lmaydi [10], degan fikrlariga

qo‘shilish lozim.

To‘rtinchidan

, advokatlik byurosining barqaror, doimiy tarzdagi ishonch

bildiruvchi shaxslari nisbatan kamroq bo‘ladi. Chunonchi, advokat bir shaxsning
topshirig‘ini bajarish uchun xizmat safariga ketgan taqd

irda, boshqa bir shaxslarning

topshiriqlarini bajarishga imkonsiz bo‘lib qoladi. Bu esa yirik tadbirkorlik subyektlari
yakka tartibdagi advokatlik tuzilmasidan ko‘ra advokatlik tuzilmalarining jamoaviy

shakllarini afzal deb bilishlari tabiiy.

Beshinchidan va eng asosiysi

, advokatlik byurosida advokatlik kasbi uchun

ishchanlik muhitining juda ham pastligidir. Ya’ni advokatlik byurosida muayyan huquqiy
masala bo‘yicha o‘zaro fikr

-

mulohaza almashish, o‘ziga xos malaka oshirish imkoni

mavjud emas. Fikrimizcha, yakka tartibda advokatlik faoliyatini amalga oshirishda

tajribali advokatlardan maslahatlar olish, ularning kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalari,
tajribalarni o‘zaro almashish imkoniyati kam. O‘z faoliyatini yangi boshlagan

advokatlarga advokatlik tuzilmas

ining ushbu shakli unchalik ham to‘g‘ri kelmaydi.

Chunki, advokatlik faoliyatini endi boshlagan advokat yakka o‘zi advokaturaning sir

-

asrorlari va kasbiy qadriyatlariga ega bo‘la olmaydi. Tajribali advokatlar bilan u yoki bu
ish bo‘yicha fikr almashish imkoni bo‘lmaydi. Shuning uchun, nazarimizda, advokaturaga

kirib kelayotgan shaxslar dastavval jamoaviy tarzdagi advokatlik tuzilmasining boshqa

shakllarida o‘z faoliyatini boshlashi lozim.

Advokatura sohasiga endi kirib kelgan, hali yetarli ish tajribasiga e

ga bo‘lmagan

advokatning yakka tartibda faoliyat ko‘rsatishi kelajakda muayyan qiyinchilik va
muammolarni keltirib chiqarishi tabiiy hol. Chunki kasbiy ko‘nikma bo‘yicha ish
tajribasiga ega bo‘lish uchun ma’lum bir muddat va jamoaviy muhit talab etiladi.

T

ahlillar shuni ko‘rsatadiki, Toshkent shahrida advokatlarning soni 2016

-yilda

1713 nafarni, 2017-

yilda 1736 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2016

-yilda jami 223 nafar,

2017-yilda 174 nafar advokat intizomiy javobgarlikka tortilgan. Intizomiy jazo


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

226

qo‘llanilgan

jami 397 nafar advokatning 322 nafari ilgari sud, prokuratura va boshqa

davlat organlarida, 61 nafari yuridik xizmatda, 26 nafari esa, avvaldan advokat bo‘lib
ishlab kelgan [11]. Mazkur statistik ma’lumotlar tahlili shundan dalolat beradiki, buning

asosiy sababi ularda advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun hayotiy va yetarli

kasbiy tajriba, ko‘nikmaning yetishmasligi hamda advokatlik faoliyatining mazmun

-

mohiyatini tushunish, kasb etika qoidalarini yetarli darajada o‘zlashtirmaganligi pand

bergan. B

u borada Ukraina Advokatlar milliy assotsiatsiyasi raisi L.Izovitovaning “agar

advokat bo‘lishni istagan shaxs huquqni muhofaza qiluvchi organlardan kelsa, u albatta,
majburiy stajirovkadan o‘tishi lozim. Prokuror advokat qanday fikrlashini darrov

tushuna

olmaydi” [12], deb bildirgan fikri o‘rinlidir. Rossiya [13], Belarus [14] kabi

davlatlarning advokatura qonunchiligida yakka tartibdagi shaklga asoslangan advokatlik
tuzilmasini tashkil etish uchun advokatlarga kamida uch yillik advokatlik staji
belgilangan.

XULOSA

Shu bois “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonun 41

-moddasining birinchi qismiga

kamida uch yil advokat sifatida faoliyat ko‘rsatgan advokatlarga advokatlik byurosini
tashkil etgan holda yakka tartibda faoliyat ko‘rsatishga ruxsat berish haqidagi

normani

kiritish maqsadga muvofiqdir.

Ushbu taklifning hayotga tatbiq etilishi advokatlik byurolari asosida faoliyat

ko‘rsatayotgan advokatlar tomonidan malakali yuridik yordam ko‘rsatishga xiznat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. O‘zbekiston Res

publikasi Prezidentining 2018-yil 12-mayda qabul qilingan

«Аdvokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini

kengaytirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–

5441-sonli Farmoni // Qonun hujjatlari

ma’lumotlari milliy baza

si, 14.05.2018-y., 06/18/5441/1210-son

2.

Адвокатура: учебник для бакалавров / отв. ред. Ю.С.Пилипенко. –

2-

е изд.,

перераб. и доп. –

Москва: Проспект, 2019 С. 91.

3.

Мельниченко Р. Г., Бойченко В. Н. Законные основания использования

адвокатом жилого помещения не по назначению // Адвокат (журнал). 2006. № 2. С.

21-23.

4.

Лубшев

Ю.Ф. Комментарий к Федеральному закону «Об адвокатской

деятельности и адвокатуре в Российской Федерации» (постатейный). –

М.: ТОН –

Профобразование, 2002. С. 130; Научно

-

практический комментарий к

Федеральному закону «Об адвокатской деятельности и адвокатуре в Российской
Федерации» / Под ред. Д. Н. Козака. –

М.: «Статут», 2003. С. 99

-100.

5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Аxborotnomasi, 1997

-y., 2-son, 48-

modda.

6. O‘zbekiston Аdvokatlar Аssotsiatsiyasi Boshqaruvining 2003

-2007 yillardagi

faoliy

ati to‘g‘risida hisobot. // Advokat. №3/2007

-yil B. 7-9.

7. O‘zbekistonda advokatura: joriy holati va rivojlanish istiqbollari (tahliliy

ma’lumot). B.Salomov, V.Davlyatov, S.Pardaev, G.Sayfieva.

- Toshkent : Baktria press,

2020. B. 15.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

227

8.

Питулько К.В., Коряковцев В.В. Постатейный комментарий к ФЗ «Об

адвокатской деятельности и адвокатуре в Российской Федерации»

-

СПб: Питер,

2002. С. 77.

9.

Палеев И.М. Организационные и правовые основы деятельности

адвокатских бюро и кабинетов в Российской Федерации. Дис. … канд. юрид. наук. –

Москва, 2010. –

С. 133.

10.

Хоменя А., Шогин М. По каморкам? // Адвокатские вести. 2003. № 4. С. 12.

11. O‘zbekistonda advokatura: joriy holati va rivojlanish istiqbollari (tahliliy

ma’lumot). B.Salomov, V.Davlyatov, S.Pardaev, G.Sayf

ieva. - Toshkent : Baktria press,

2020. B. 51.

12. “Аdvokatura institutini rivojlantirish kontseptsiyasi: O‘zbekiston va xorijiy

mamlakatlar tajribasi” mavzusida 2019

-yil 25-

oktyabrda o‘tkazilgan advokatlarning

Toshkent xalqaro

konferentsiyasi materiallari. // Advokat. №4/ 2019. B. 43.

13. http://pravo.gov.ru/proxy/ips/?docdiv=&nd=102076346
14. http://gka.grodno.by/norm-base/37-zakon_ob_advokature.html

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-mayda qabul qilingan «Аdvokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–5441-sonli Farmoni // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 06/18/5441/1210-son

Адвокатура: учебник для бакалавров / отв. ред. Ю.С.Пилипенко. – 2-е изд., перераб. и доп. – Москва: Проспект, 2019 С. 91.

Мельниченко Р. Г., Бойченко В. Н. Законные основания использования адвокатом жилого помещения не по назначению // Адвокат (журнал). 2006. № 2. С. 21-23.

Лубшев Ю.Ф. Комментарий к Федеральному закону «Об адвокатской деятельности и адвокатуре в Российской Федерации» (постатейный). – М.: ТОН – Профобразование, 2002. С. 130; Научно-практический комментарий к Федеральному закону «Об адвокатской деятельности и адвокатуре в Российской Федерации» / Под ред. Д. Н. Козака. – М.: «Статут», 2003. С. 99-100.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Аxborotnomasi, 1997-y., 2-son, 48-modda.

O‘zbekiston Аdvokatlar Аssotsiatsiyasi Boshqaruvining 2003-2007 yillardagi faoliyati to‘g‘risida hisobot. // Advokat. №3/2007-yil B. 7-9.

O‘zbekistonda advokatura: joriy holati va rivojlanish istiqbollari (tahliliy ma’lumot). B.Salomov, V.Davlyatov, S.Pardaev, G.Sayfieva. - Toshkent : Baktria press, 2020. B. 15.

Питулько К.В., Коряковцев В.В. Постатейный комментарий к ФЗ «Об адвокатской деятельности и адвокатуре в Российской Федерации» - СПб: Питер, 2002. С. 77.

Палеев И.М. Организационные и правовые основы деятельности адвокатских бюро и кабинетов в Российской Федерации. Дис. … канд. юрид. наук. – Москва, 2010. – С. 133.

Хоменя А., Шогин М. По каморкам? // Адвокатские вести. 2003. № 4. С. 12.

O‘zbekistonda advokatura: joriy holati va rivojlanish istiqbollari (tahliliy ma’lumot). B.Salomov, V.Davlyatov, S.Pardaev, G.Sayfieva. - Toshkent : Baktria press, 2020. B. 51.

“Аdvokatura institutini rivojlantirish kontseptsiyasi: O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar tajribasi” mavzusida 2019-yil 25-oktyabrda o‘tkazilgan advokatlarning Toshkent xalqaro konferentsiyasi materiallari. // Advokat. №4/ 2019. B. 43.