Ta’limni modernizatsiyalash sharoitida talabalarda tolerantlik madaniyatini shakllantirish asoslari

Annotasiya

Ushbu maqolada “tolerantlik” tushunchasi, tolerantliknng sohalari, tolerantlik madaniyatini shakllantirish metod va usullari, dialogik muloqot va boshqalar oʻrin olgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2020
inLibrary
Google Scholar
ВАК
elibrary
doi
 
CC BY f
74-81
40

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Zokirova , D., & Nishonova , S. (2022). Ta’limni modernizatsiyalash sharoitida talabalarda tolerantlik madaniyatini shakllantirish asoslari . Jamiyat Va Innovatsiyalar, 3(11/S), 74–81. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss11/S-pp74-81
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada “tolerantlik” tushunchasi, tolerantliknng sohalari, tolerantlik madaniyatini shakllantirish metod va usullari, dialogik muloqot va boshqalar oʻrin olgan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Fundamentals of the formation of a culture of tolerance in

students in the conditions of modernization of education

Dilfuza ZAKIROVA

1

, Sayyora NISHANOVA

2

Fergana State University

Tashkent State University after Nizami

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received September 2022

Received in revised form

25 October 2022

Accepted 20 November 2022

Available online

25 December 2022

This article contains the concept of “tolerance”, areas of

tolerance, methods of forming a culture of tolerance, formation of

communicative tolerance, formation of cultural tolerance,

formation of inter-ethnic tolerance, dialogic communication, etc.

2181-

1415/©

2022 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss11/S-pp74-81

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

tolerance,

culture,

method,

lifestyle,

behavior,

habits,

emotions,

feedback,

ideas,

beliefs.

Ta’limni modernizatsiyalash sharoitida talabalarda

tolerantlik madaniyatini shakllantirish asoslari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

tolerantlik,

madaniyat,

metod,

usullar,

turmush tarzi,

xulq-atvor,

odatlar,

his-

tuygʻular,

fikr-mulohazalar,

gʻoyalar,

e’tiqodlar.

Ushbu maqolada “tolerantlik” tushunchasi, tolerantliknng

sohalari, tolerantlik madaniyatini shakllantirish metod va

usullari, dialogik muloqot va

boshqalar oʻrin olgan.

1

Senior teacher, Pedagogical Department, Fergana State University.

2

Teacher, Tashkent State University after Nizami.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2022) / ISSN 2181-1415

75

Основы формирования культуры толерантности у

учащихся в условиях модернизации образования

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

толерантность,

культура,

метод,

образ жизни,

поведение,

привычки,

чувства,

мнения,

идеи,

убеждения.

В

данной

статье

рассматриваются

понятие

«толерантность», сферы толерантности, методы и приемы

формирования культуры толерантности, формирование

коммуникативной

толерантности,

формирование

культурной толерантности, формирование межнациональной

толерантности, диалогическое общение и др.

Ta’limni modernizatsiyalash uzoq muddatli ijtimoiy

-madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy

muammolarni hal etishning zaruriy va muhim sharti hisoblanadi.

Oliy pedagogik tizim talabalarida milllatlararo

munosabatlarni ta’lim jarayonida

rivojlantirish tamoyillaridan biri tolerantlikdir.

Tolerantlik (lot.tolerantia

chidam, sabr-

toqat), bagʻrikenglik –

oʻzgarlarning turmush

tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-

tuygʻulari, fikr

-mulohazalari,

gʻoyalari va e’tiqodlariga

nisbatan toqatli, chidamli boʻlish. Bu bir

-

biriga oʻxshamagan odamlarning birga ahillikda

yashashidir. Biron-bir insonda yoki biron-bir begona madaniyatda bizga nimadir yoqmasligi

mumkin, biroq oʻzgalarning huquq va manfaatlariga

ziyon yetkazmasa, joriy qonunlarni

buzmasa, ularning mavjudligi va rivojlanishini tan olishimiz kerak.

Ya’ni tolerantlik bu oʻzgalarning fikri, qarashlari va xatti

-harakatiga passiv, tabiiy

ravishda buysunishni anglatmaydi. Balki alohida odamlar, turli guruhlar, xalqlar, ijtimoiy

guruhlar oʻrtasida bir

-

birini tushunish, ijobiy hamkorlik yoʻlidagi faol axloqiy nuqtai

nazar va psixologik hamkorlikni anglatadi [4.87].

Ijtimoiy ishga doir lugʻat

-

ma’lumotnomada esa: “Tolerantlik –

ijtimoiy ishning

boshqaruv t

amoyili, individlar, guruhlar va ijtimoiy hamjamiyatlar oʻrtasidagi madaniy,

irqiy va boshqa tafovutlarni tan olish, odamlarning tashqi qiyofasi, xatti-harakati,

qadriyatlar yoʻnalishi va ulardagi farqlarga nisbatan bagʻrikenglikdir”

deyilgan.

“Tolerantlik” tushunchasi uzoq asrlar davomida shakllandi va hozirgi vaqtda ham

turli belgilar bilan to’ʻldirib borilmoqda. Tolerantlik tushunchasi turli madaniyat va

xalqning tarixiy tajribasi bilan bogʻliqlikda xilma

-

xil koʻrinishlarda namoyon boʻladi.

Oʻzbek tilida nashr etilgan lugʻatlarda “tolerantlik” tushunchasining “bagʻrikenglik”

tushunchasi bilan sinonim sifatida ishlatilish holati koʻzga tashlanadi: “Bagʻrikenglik –

oʻzgalarga nisbatan mehr

-

muruvvatli, gʻamxoʻr, saxiy, kengfe’lli boʻlgan, ana shunday

ma’na

viy fazilatlarga ega kishilarni ifodalovchi tushuncha [4].

Bagʻrikenglik oʻzgalarning dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, milliy va etnik

xususiyatlari, an’ana va marosimlariga hurmat

-

ehtiromda boʻlish, muomala

-

munosabatda kamsitish va tahqirlashlarga yo’l qo’y

maslik, insoniylikni hamma narsadan

ustun hisoblab, jamoada, ish joylarida, mahalla-kuyda bunga rioya etishni anglatadi.

Mazkur tushuncha turli dindagi, turli millat va elatlarga mansub kishilarning bir

mamlakat doirasida, yagona davlat tarkibida bahamjihat, tinch-osoyishta yashashini

ifoda etadi”. Xuddi shunday boshqa xalqlarda ham mazkur tushunchaning oʻziga xos

ta’riflari mavjud.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2022) / ISSN 2181-1415

76

Quyida tasnif asosidagi dunyo tillarida tolerantlikni ta’riflovchi atamalarning

lugʻaviy ma’nolarini keltirib oʻtamiz:

1) tolerance (ingl.)

muruvvatli, sabr-

toqatli boʻlishga tayyorlik; to tolerance –

sabr-

toqatli boʻlish, hech bir ta’qiqlashlarsiz oʻz fikrlarini namoyon qilish huquqini

berish;

2) tolerance (fr.)

boshqalar bizlarga qaraganda yaxshiroq va mukammalroq

fikrlas

hlari mumkinligiga bo’lgan qat’iy ishonch;

3) tolerancia (icp.)

oʻz fikrlari va gʻoyalaridan ham mukammalrogʻlari borligini

tan olish;

4) kuan rong (xit.)

boshqalarni boricha qabul qilish va boshqalarga bagʻrikeng

munosabatda boʻlish;

5) tasamul (arab.)

koʻngilchanlik, rahm

-shafqatlilik, kechirimlilik, boshqalarni

boricha qabul qilish va kechirish;

6) tolerantnost (rus)

sabrli boʻlish (oʻzini tuta bilish, toqatli boʻlish, har qanday

sharoitda murosa qila olish), boshqalarning borligini qabul qilish va tan olish,

boshqalarga yoki biror narsaga munosib yoinki munosib emasligini anglash, tan olish.

Bugungi kunda “tolerantlik” tushunchasining turli fanlarning ob’yekti sifatida

tadqiq etilayotganligi mazkur tushunchaning fanlar doirasidagi t

a’riflarining shakllanish

holatini ham yuzaga keltirdi. Jumladan, falsafiy tadqiqotlarda mazkur tushuncha

dunyoqarash sifatida turli sivilizatsiyalar, madaniyatlar va konfessiyalar (diniy

e’tiqodlar)ning yashashga boʻlgan huquqini tan olish, balki ularning

oʻzaro munosabatlari

va aloqalarining umumiy qoidalari majmui ekanligiga alohida e’tibor qaratiladi.

Sotsiologik tadqiqotlarda qayd etilishicha esa, tolerantlikka falsafiy kategoriya

sifatida qaralib, materiyaning ob’yektiv amal qilish shakli tarzida, ya’

ni tushuncha holida

ongda oʻz ifodasini topishini ham e’tibordan soqit qilmaslik kerak. Tolerantlik –

oʻzga

shaxsga yoki narsaga, yoxud begona, yoinki farqlanuvchi shaxs

–hodisaga nisbatan oʻz his

-

tuygʻularimizni qoʻlga ola bilish demakdir. Oʻz

-

oʻzini chekl

ash iroda kuchiga ega

boʻlmoqlik demakdir. Tolerantlik oʻz

-

o’zini cheklash orqali ifodalangan irodadir va bu

oʻzgalarga xayrixoh –

murosasozlik bilan qarash imkoniyatini bildiradi [4.43].

Ijtimoiy-demografik omillarga tayangan holda, olimlar tolerantliknng quyidagi

sohalarini ajratib koʻrsatishadi:

1) gender tolerantlik

boshqa jins vakillariga notoʻgʻri munosabatda boʻlmaslik,

bir jinsning ikkinchi jins asosida kelib chiqqanligi haqidagi gʻoyalardan voz kechish;

2) yoshga doir tolerantlik

insonning yoshi bilan bogʻliq oʻziga xosliklarini toʻgʻri

qabul qilish (keksalarning yoshlarni tushuna olmasligi, yoshlarda bilim va tajribaning

yetarli emasligi va boshqalar);

3)

ma’lumotlilik darajasi bilan bogʻliq tolerantlik

nisbatan past darajadagi

ma’lumotga ega kishilarning fikrlari va xatti

-

harakatlariga sabrli boʻlish.

4) millatlaro tolerantlik

turli millat vakillariga hurmat bilan munosabatda

boʻlish, biror millat vakilining kamchilik va salbiy harakatlarini shu millatga mansub

boshqa kishilarda ham bor deb hisoblamaslik. Millatlararo tolerantlik, har bir millat va

elatning oʻz vazifalari va burchini anglab yetishini nazarda tutadi. Bu burch va vazifalar

koʻp millatli muhitda hayot kechirish, shu jumladan, oʻzining munosabatlari, koʻnikma va

m

alakalari, muloqot olib borish ehtiyojiga talabchanlik bilan qarash zarurligi, ya’ni, bir

-

birini tinglash, tushunish, shuningdek, koʻp yillar davomida toʻplanib qolgan

muammolarni sabrtoqat bilan oʻzaro maslahatlashib, har qaysi tomonlar manfaatlarini

hisobga olgan holda bosqichma-bosqich ijobiy hal qilishga intilishni taqozo etadi;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2022) / ISSN 2181-1415

77

5) irqiy tolerantlik

boshqa irq vakillariga past nazar bilan qaramaslik;

6) diniy tolerantlik

turli dinlar, konfessiyalar, konfessional guruhlarga

bagʻrikenglik bilan munosabatda boʻlish;

7) geografik tolerantlik

turli hududda istiqomat qiluvchi kishilarning bir-

birlarining yashash sharoitlarini bor holicha qabul qila olishlari, kamsitishga yoʻl
qoʻymaslik;

8) tabaqaviy tolerantlik

jamiyatdagi turli qatlam vakillari (boylarning

kambagʻallarga, kambagʻallarning boylarga)ga sabrli boʻlish;

9) fiziologik tolerantlik

kasal, nogiron, jismoniy nuqsoni bor kishilarga

nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlish;

10) siyosiy tolerantlik

turli siyosiy partiya va jamoat birlashmalari, siyosiy

liderlar faoliyatiga toqatli boʻlish;

11) madaniy tolerantlik

madaniy qiziqqonlikka zid boʻlib, boshqa

madaniyatlarni tan olish, ularni toʻgʻri qabul qilishga qobiliyatlilik.

Madaniy tolerantlik

madaniy ta’sir oʻtkazish, madaniy ekspansiyaga yoʻl qoʻyilmasligini talab etadi;

12) shaxslararo tolerantlik

insonlardagi murakkab tabiiylikni, ular orasidagi

farqlarni anglash va qabul qilishga qobiliyatlilik boʻlib, muloqot jarayonida insonning
boshqalarni oʻz mavjudligi va rivojining yuksak timsoli sifatida koʻra olishidir [8.51].

Tolerantlik madaniyatini shakllantirish metod va usullari quyidagilardan iborat:

Muammoli tavsifdagi suhbat.

Mazkur suhbat turi talabalar bilan tahliliy-

izlanishli tarzda amalga oshiriladi. Savol-javobni tashkil etishda quyidagi shart-
sharoitlarni hisobga olish zarur:

1)

savollar talabalar tasavvurga ega boʻlgan ma’lumotlarga asoslanishi;

2)

savollar oʻqilganlarini mexanik qayta ishlab chiqish bilan cheklanuvchi

javoblarni talab etmasligi;

3) savollar

mazmunining oʻzaro bir

-

biri bilan bogʻliqligiga e’tibor qaratish.

Tolerantlikning xilma-

xil turlari bilan bogʻliqda qator muammoli tavsifdagi

suhbatlarni amalga oshirish mumkin. Kommunikativ tolerantlikni shakllantirish
jarayonida quyidagi muammoli savollardan foydalanish mumkin:

1)

nega insonlar oʻzaro muloqot qilishga ehtiyoj sezadilar?

2) boshqalarning fikrlarini diqqat bilan eshita olish uchun kishida qanday sifatlar

mavjud boʻlishi lozim?

3) sizga qanday holatda hamsuhbatingizning fikrini tinglash

qiyinlik tugʻdiradi?

4)

nima uchun ba’zi insonlar oʻzlarining nuqtai nazarlariga qarama

-qarshi fikrlarni

qabul qila olmaydilar?

5)

doʻst boʻlish uchun albatta bir xil yoshda boʻlish shartmi?

6) ikki kishi bir-

birini yoqtirmasa, oʻzaro doʻst boʻla

olishi mumkinmi?

7)

doʻstlar bir

-

biriga yolgʻon gapira oladimi?

Madaniy tolerantlikni shakllantirish jarayonida esa quyidagi muammoli savollarni

hal etishga e’tibor qaratilishi lozim:

1) milliy madaniyatning umumbashariy ahamiyati qanday jihatlarda namoyon

boʻladi?

2) madaniy jihatdan turli-tumanlik ijobiy tavsifga egami yoki salbiy?
3) submadaniyatni qadriyat sifatida qabul qilish mumkinmi?

Millatlararo tolerantlikni shakllantirish bilan bogʻliq suhbatlar jarayonida quyidagi

muammoli savollar taqdim etilishi zarur:


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2022) / ISSN 2181-1415

78

1)

oʻzga millat vakillariga nega hurmat bilan munosabatda boʻlish lozim?

2) boshqa millat vakillarining tili, madaniyati, urf-

odatlarini oʻrganish va ularni

qabul qila olishning zaruriyati nimada?

3) milliy biqiqlik qanday oqibatlarga olib keladi?
4)

buyuk davlatchilik shovinizmi qanday koʻrinishlarda namoyon boʻlishi mumkin?

Gender tolerantlikka doir suhbatlar esa, quyidagi savollarni muhokama qilish

asosida oʻtkaziladi:

1) nega boshqa jins vakillariga hurmat bilan

munosabatda boʻlish lozim?

2)

oʻgʻil bolalarning qizlarga qaraganda oʻzlarini ustun qoʻyishlari toʻgʻrimi?

3)

bir jinsning ikkinchi jins asosida paydo boʻlganligi haqidagi gʻoyalarga ishonish

mumkinmi?

4)

boshqa jins vakillari haqida ma’lumotga ega boʻl

ishning zaruriyati nimada?

Diniy tolerantlikka doir suhbatlar jarayonida quyidagi muammoli savollarning

qoʻllanilishi maqsadga muvofiq:

1)

dinlarning umumiy jihatlari nimalarda namoyon boʻladi?

2)

boshqa dinga e’tiqod qiluvchi kishilarni oʻz diniga e’tiqod qilishga da’vat etish

toʻgʻrimi?

3)

vijdon erkinligini cheklab qoʻyish qanday oqibatlarni keltirib chiqarishi

mumkin?

4)

oʻzga din vakillariga nisbatan toqatli boʻlish uchun kishi oʻzida qanday sifatlarni

tarkib toptirish lozim?

Munozara

bahslashuvni talab etuvchi biror masalani erkin muhokama qilish.

Munozarani tashkil etishdan avval talabalarga quyidagi koʻrsatmalarni eslatib oʻtish zarur:

1)

muammoni muhokama qilishda shay va tayyor boʻl. Muammo nimaga

qaratilganligi, uning mohiyatini anglab olgin;

2)

muammo yuzasidan oʻz fikringni bildir, boshqalarga ham oʻz fikrini ifodalashga

imkon ber;

3) boshqalarning fikrini diqqat bilan tingla;
4)

soʻzlayotgan kishining fikrini chalgʻitma, ma’qul deb topmagan oʻrinlarini

belgilab bor, soʻngra soʻzga chiqish uchun ruxsat soʻra;

5)

boshqalarning shaxsi va fikrini hurmat qil, boshqalarning fikrlariga e’tiborli va

tolerant boʻl;

6)

gʻoyalarni tanqid qil, biroq soʻzga chiqqan kishini emas. Shaxsiyat bilan bogʻliq

jumlalarni ishlatma;

7) munozara ishtirokchilari qabul qilgan qarorlarni hisobga ol, boshqalarning

fikrlarini qadrla;

8)

istalgan yoʻl bilan qurollangan holda bahsga gʻalabaga erishishga harakat qilma;

9) albatta oraliq va yakuniy xulosalarga kelish lozim.
Talabalarda

tolerantlik madaniyatini shakllantirish bilan bogʻliqlikda quyidagi

mavzularda munozaralar oʻtkazish maqsadga muvofiq:

1.

“Tolerantlik” va “intolerantlik”: koʻrinishlari va namoyon boʻlishi.

2. Ogohlik

etnik-

diniy tolerantlikka da’vat sifatida.

3. Islom dini

bagʻrikenglik dini.

4.

Jamiyat tabaqalarga boʻlinmasligi lozim!

5. Irqiy kamsitish

insonni xo’rlashning qoʻpol koʻrinishi sifatida.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2022) / ISSN 2181-1415

79

Oʻz

-

oʻzini tahlil etish gnoseologiya, psixologiyada bilish va amaliy faoliyatga doir

barcha harakatlarni oʻz

ichiga oladi, pedagogikada esa, tadqiq qilinayotgan narsa-

hodisalarning alohida tarkibiy qismlarga ajratish qonuniyat va usullarini oʻzida aks
ettiruvchi bilish jarayoni sifatida ifoda etiladi. Oʻz

-

oʻzini tahlil etish falsafa va

psixologiyada oʻz

-

oʻzini anglash, oʻz

-

oʻzini bilish, oʻz

-

oʻzini boshqarish, oʻz

-

oʻzini

baholashning tarkibiy qismi sifatida aks ettirilsa ham mustaqil kategoriya sifatida

ishlatilmaydi. Biroq oʻz

-

oʻzini anglashning shakllanishi va rivojlanishi oʻz

-

oʻzini tahlil

etish asosida amalga

oshishini esda tutish zarur. Talabalarida oʻz

-

oʻzini tahlil etish

koʻnikmalarini rivojlantirishning ahamiyati ularning oʻzi haqidagi tasavvurlari,
qiziqishlari, motiv, ehtiyojlari tizimi sifatida tushuniladigan “Men

-

kontseptsiyasi”ning

rivojlanishiga undovchi ichki omillarning eng asosiylaridan biridir.

Oʻz

-

oʻzini tahlil etish usullari quyidagilarga e’tibor qaratishni talab etadi:

1)

ijtimoiylikka yoʻnaltirilgan oʻzaro harakat vaziyatlaridan shaxsiy xulq

-atvor,

talaba shaxsi, uning oʻziga xosliklari, qadriyatlari tizimi kabilarni ob’yekt sifatida koʻrib

chiqish;

2)

oʻz xulq

-atvori, shaxsiy fazilatlarini tahlil etish mezonlari tizimini aniqlash;

3)

noma’lumdan ma’lumni ajratib olish;

4) qarama-qarshiliklarni aniqlash.

Oʻz

-

oʻzini tahlil etish oʻz

-

oʻzini

anglashdan avval kelib, aynan uning asosida

shaxsning oʻzi haqidagi tasavvurlari umumlashgan koʻrinishga oʻtadi. Oʻz

-

oʻzini anglash

natijasida shaxsda oʻzining kimligini anglash, oʻzining jamiyatdagi oʻrnini tushunib yetish,
boshqalarning koʻz oʻngida kim

sifatida gavdalanishini his etish kabilar shakllanadi.

Oʻz

-

oʻzini anglash oʻz

-

oʻziga munosabat sifatida shakllanuvchi hissiy va mantiqiy

jihatlarni oʻzida aks ettiradi. Ma’lumki, oʻz

-

oʻzini anglash usullari ham mantiqiy, ham

emotsional darajada oʻz

-

oʻzin

i tahlil etish natijasida olingan axborotlarni aniqlashtirish

va umumlashtirishni talab etadi. Xulosa qilib aytganda, oʻz

-

oʻzini tahlil etish va oʻz

-

oʻzini

anglash talabada oʻzi va boshqalarning u haqidagi tasavvuri sifatidagi “Men qiyofasi”ni

shakllanishiga olib keladi [7].

Empatiya usullari.

Harakatga monologik yondashuv nuqtai nazaridan empatiya

insonning “ob’yekt” va bilish sub’yektidagi oʻzgarishlarini oʻzida ifoda etishga doir
emotsional qaygʻurishidir. Dialogik yondashuv nuqtai nazaridan empatiya sh

erigigiga

nisbatan emotsional jihatdan qaygʻurishgina emas, balki emotsional qaygʻurish, mazkur
holat bilan bogʻliq tushunchalar mazmunining anglanganligini oʻzida aks ettiradi. Shuning
uchun anglash baholash bilan chambarchas bogʻliq.

Oʻqituvchining pedagogik mahorati haqida gap ketganda empatiya muhim oʻrin

tutadi. Talabalarga yoʻnaltirilgan empatiya oʻqituvchining ularning emotsional dunyosiga
yoʻnalganlik, ichki olamidagi vaziyatni his qila olishga imkon beradi. Empatiya ikki xil
koʻrinishda namoyon boʻladi: qaygʻurish (sherigining emotsional holatiga qaygʻudosh
boʻlish) va achinish (sherigining hissiyotiga oʻzining hamdardligini ifoda etish).

Empatiyaning rivojlanishi eng avvalo, ham suhbatdoshini har tomonlama tushuna olishga

ichki yoʻnalganlikka asos

lanadi. Empatiya jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshib,

suhbatdoshining fikrlariga e’tibor qaratishdan, voqelikka qaygʻudosh va hamdard
(sherigining emotsional holatiga oʻtish) ekanligini ifoda etishgacha tarzda amalga oshadi.
Umuman olganda, empatiya oʻ

zaro bir-birini tushunishning muhim mexnazmlaridan biri

va talabalarda tolerant xulqatvorni shakllantirishning asosiy usullaridan biri sifatida

namoyon boʻladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2022) / ISSN 2181-1415

80

Matn bilan ishlash

talabalarni axborotlar bilan tanishishi, mazmunini tushunib

yetishlari, axborotlarni tahlil etish, umumlashtirish, taqqoslash va xulosa chiqara

olishlarigacha boʻlgan jarayonni samarali amalga oshishini ta’minlovchi metod. Mazkur
metodni qoʻllash jarayonida talabalarni matn bilan ishlashga qiziqishlarini orttirish

maqsadida turli darajadagi savollardan foydalanish mumkin:

1)

ma’lumotlarni oʻzlashtirganlikni aniqlash maqsadida va talabalardan oʻqiganlarini

mexanik qayta esga tushurishlarini talab etuvchi oddiy turdagi savollar: “Mazkur voqea
qachon va qaerda sodir boʻlgan?”, “Matnda qanday voqea haqida gap boryapti?”;

2)

oʻqilganlarini talabadan boshqa shaklga koʻchirib oʻtkazishni talab etuvchi

savollar: “Oʻqiganlaringizni bayon etib bering”, “Mazkur kishi sizningcha, qanday
ko’rinishga ega?”;

3)

g‘

oya, dalil, tushuncha yoki qadriyatlar orasida aloqadorlikni ochib berish uchun

talabalarga beriladigan savollar: “Sizningcha, bunday xulq

-

atvorning sababi nimada?”,

“Mazkur voqeani kelib chiqish sabablarini qanday izohlash mumkin?”, “Mazkur voqeaga
oʻxshash yana qanday holatlarni bilasiz?”;

4)

bevosita talabalardan qoʻllab koʻrishni talab etuvchi savollar: “Siz yoningizdagi

oʻrtogʻingizga xuddi shunday muomala qila olasizmi?”, “Oʻzingizga zarur, biroq
oʻrtogʻingiz sizdan aynan shu narsani soʻrab turibdi, unga oʻzingizdan kechib be

rib tura

olasizmi?”;

5) talabalardan tahlil etishni va yuqori intellektual darajada javob berishni talab

etuvchi savollar: “Oʻzingizni mazkur holatga koʻrib qoʻya olasizmi?”, “Mazkur kishining
oʻrnida boʻlganingizda qanday yoʻl tutgan boʻlar edingiz?”;

6)

talabalardan ijodiy yondashuvni talab etuvchi savollar: “Mazkur vaziyatdan

qanday chiqib ketish mumkin?”, “Muammo qanday tarzda hal qilinsa, hech kimga zarar
yetmaydi?”;

7)

talabalarda baho berishni talab etuvchi savollar: “Matni sizga yoqdimi?”;

“Matndagi eng asosiy gʻoya nima?”, “Ishtirokchilarning matn yuzasidan bildirgan
fikrlariga qanday munosabat bildira olasiz?”. “Aqliy hujum” metodi ilmiy va amaliy
muammolarni hal etish uchun yangi gʻoyalarni izlab topishni keng qoʻllaniladigan usullari
yigʻindisidir. Uning mohiyati muammoni hal qilishning noan’anaviy yoʻllarini izlab
topishga doir jamoaviy birgalikdagi faoliyatni tashkil etishda yorqin namoyon boʻladi [6].

Talabalarda tolerantlik madaniyatini shakllantirishda mazkur metodni qoʻllashda

biz quyidagi pedagogik maqsadlarga erishishga harakat qildik:

1)

talabalar tomonidan oʻquv materialini ijodiy oʻzlashtirish;

2) nazariy bilimlarning amaliyot bilan aloqadorligi;
3)

talabalarning oʻquv

-bilish faoliyatini faollashtirish;

4) tanqidiy, moslashuvchan fikrlashni rivojlantirish;
5)

refleksiv koʻnikmalarni rivojlantirish;

6) dolzarb vazifalarni hal etishda talabalarning diqqat va aqliy kuchlarini

birlashtira olish qobiliyatini shakllantirish;

7) jamoaviy ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirish;
8) talabalar guruhida xohish-istakka asoslangan ishchan muhitni shakllantirish.

“Ma’ruza –

munozara” metodi.

Ushbu metodning maqsadi talabalarning tanqidiy

fikrlashini rivojlantirish, axborotni tushuna olish jarayonini faollashtirish hamda

oʻrganilgan ma’lumotni yanada chuqurroq tushunishdan iborat.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2022) / ISSN 2181-1415

81

Bunga koʻra, oʻqituvchi ma’ruzani mantiqiy qismlarini bayon etishda tezda fikrlar

almashuvini tashkil etadi. Tanlab olingan masalalarni ma’ruzachi eshituvchilardan mustaqil

muhokamasini amalga os

hiradi. Munozara ishtirokchilari oʻz fikrlarini oʻtirgan joylaridan

turmasdan ham bildirishlari mumkin. Munozara mashgʻulot soʻngida butun ma’ruza

mazmuni boʻyicha ham oʻtkazilishi mumkin. Hatto ma’ruza davomidagi qisqa munozara

oʻquv jarayonini jonlantiri

b yuboradi, talabalarning bilish faolligini faollashtiradi, eng

muhimi, ma’ruzachiga butun guruhning fikrini boshqarishga yordam beradi.

Dilogli muloqot oʻzaro ishonchga asoslangan munosabatlarni yoʻlga qoʻyishga

imkon beribgina qolmasdan, balki shaxsga yo

ʻnaltirilgan yondashuv bilan bogʻliqlikda

shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim texnologiyasining muhim tarkibiy qismi sifatida namoyon

boʻladi. Dialog shaxslararo muloqot shakli sifatida individlarning bitta narsa

-hodisaga

nisbatan o’zaro tenglikdagi harakatini t

alab etuvchi istalgan tarzdagi birgalikdagi

kommunikativ faoliyatini oʻzida aks ettiradi. Dialogik muloqot birgalikdagi faoliyat

ishtirokchilarining individual kuchlarini birlashtirish, oʻqituvchi va talabalarning toʻliq

oʻzaro bir

-birlarini tushuna olishlarining radikal vositasi sifatida muhim ahamiyati kasb

etadi. Dialogik muloqotga kirishish natijasida oʻqituvchi va talabalar oʻrtasida barqaror

aloqalar yuzaga keladi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, oliy pedagogik tizim talabalarida

milllatlarar

o munosabatlarni ta’lim jarayonida rivojlantirishda evristik va tadqiqotchilik

metodlaridan foydalanish ham ijobiy natijalar beradi, ya’ni, talabalardan ijodiy xususiyat

kasb etuvchi yuqori darajadagi bilish faoliyatini tashkil eta olish koʻnikma va

malaka

lariga ega boʻlishni taqozo etadi. Buning natijasida talabalar mustaqil ravishda

yangi bilimlarni oʻzlashtira oladilar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–

4307-

son qarori “Ma’naviy

-

ma’rifiy

ishlar samaradorligi

ni oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora

-

tadbirlar to‘g‘risida” 2019

-yil

3-

may, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2019

-y., 07/19/4307/

3079-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son, 26.03.2021-y., 07/21/5040/0243-son.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni “Millatlararo munosabatlar

sohasida o‘zbekiston respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”

Toshkent sh. 2019-yil 15-noyabr, PF

5876-son.

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy

bazasi, 16.11.2019-y., 06/19/5876/4029-son)

3.

Иванова

Н.Л. Идентичность и толерантность: соотношение этнических и

профессиональных стереотипов // Вопросы психологии. 2004. № 6.

4.

Murtazayeva

R.H. Oʻzbekistonda millatlararo munosabatlar va tolerantlik.

Darslik.

Toshkent: Mumtoz so

z, 2019.

5.

Mahmud Koshg‘ariy (2017) Devonu lug‘ati

-t-

turk [Turkiy so‘zlar devoni].

Nashrga tayyorlovchi Q. Sodiqov.

Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2017.

6.

Karimova M.O., & Saidullaeva A.R. (2020). Pedagogical basis of the use of

universal and national values in the spiritual and moral education of children in the

family. PalArch

s Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17(7), 8547-8555.

7.

Karimova M., & Tuychieva R. (2019). The pedagogical basics of training students

for professional, moral and educational function. Scientific Bulletin of Namangan State

University, 1(10), 311-317.

8.

Каримова

Э. Толерантлик ва ҳозирги замон. // Ж. Фалсафа ва ҳуқуқ. –

Т.,

2008.

№3. –

Б.

51.

9.

Otajonovna K.M., & Kizi A.K.G. (2021). Pedagogical bases of formation of

innovative culture of the educator of preschool educational institution. ACADEMICIA:

An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 457

460.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4307-son qarori “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 3-may, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2019-y., 07/19/4307/3079-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son, 26.03.2021-y., 07/21/5040/0243-son.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni “Millatlararo munosabatlar sohasida o‘zbekiston respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” Toshkent sh. 2019-yil 15-noyabr, PF 5876-son. (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.11.2019-y., 06/19/5876/4029-son)

Иванова Н.Л. Идентичность и толерантность: соотношение этнических и профессиональных стереотипов // Вопросы психологии. 2004. № 6.

Murtazayeva R.H. Oʻzbekistonda millatlararo munosabatlar va tolerantlik. Darslik. - Toshkent: Mumtoz so’z, 2019.

Mahmud Koshg‘ariy (2017) Devonu lug‘ati-t-turk [Turkiy so‘zlar devoni]. Nashrga tayyorlovchi Q. Sodiqov. – Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2017.

Karimova, M. O., & Saidullaeva, A. R. (2020). Pedagogical basis of the use of universal and national values in the spiritual and moral education of children in the family. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17(7), 8547-8555.

Karimova, M., & Tuychieva, R. (2019). THE PEDAGOGICAL BASICS OF TRAINING STUDENTS FOR PROFESSIONAL, MORAL AND EDUCATIONAL FUNCTION. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(10), 311-317.

Каримова Э. Толерантлик ва ҳозирги замон. // Ж. Фалсафа ва ҳуқуқ. – Т., 2008. - №3. – Б.51

Otajonovna, K. M., & Kizi, A. K. G. (2021). Pedagogical bases of formation of innovative culture of the educator of preschool educational institution. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 457-460.

Karimova, M. O., & Saidullaeva, A. R. (2020). Pedagogical basis of the use of universal and national values in the spiritual and moral education of children in the family. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17(7), 8547-8555.

Karimova, M., & Tuychieva, R. (2019). THE PEDAGOGICAL BASICS OF TRAINING STUDENTS FOR PROFESSIONAL, MORAL AND EDUCATIONAL FUNCTION. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(10), 311-317.

Каримова Э. Толерантлик ва ҳозирги замон. // Ж. Фалсафа ва ҳуқуқ. – Т., 2008. - №3. – Б.51

Otajonovna, K. M., & Kizi, A. K. G. (2021). Pedagogical bases of formation of innovative culture of the educator of preschool educational institution. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 457-460.