Talabalar bilan ijtimoiy-psixologik muhitga kirishish

CC BY f
82-84
11
0
Поделиться
Рахимова, Н. (2021). Talabalar bilan ijtimoiy-psixologik muhitga kirishish . Глобальное партнерство как условие и гарантия стабильного развития, 1(1), 82–84. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/stable_development/article/view/22003
Назокат Рахимова, Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека

преподаватель

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Oliy o'quv yurtlaridagi taTim tarbiya jarayonlari samarali amalga oshirish uchun talaba- lar bilan o'qituvchilar o'rtasida uzluksiz ta’sir 0‘tkazish xukm surishi lozim. Bu ta’sir o'tkazish umumtaTim maktabi o'qituvchisi va o'quvchisi o'rtasidagi, yoki litsey va kollej o'qituvchisi va o'quvchilari o'rtasidagi munosabatlardan i'arq qiladi, bu bir tomondan ular o'rtasidagi yosh xususiyatlaoriga, ijtimoiy huquqiy mavqelariga bog'liq bo'lsa, auditoriyada «ustoz muallim» va «shogird-tinglovchi», tarzida, auditoriyadan tashqarida do'stona, aka-uka, xatto «ota-bola» munosabatlariga yaqin do'stona, dilkash bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Lekin, shu vaqtgacha oliy maktab psixologiyasi, undagi talaba va professor-o'qituvchilar o'rtasidagi psixologik muxit chuqur taxlil qilib chiqilmagan.


background image

82

Raximova Nazokat

Mirzo Ulug‘bek nomidagi О ‘zbeskiton Milliy univer sited о ‘qituvchisi

TALABALAR BILAN IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MUHITGA KIRISHISH

Oliy o‘quv yurtlaridagi taTim tarbiya jarayonlari samarali amalga oshirish uchun talaba- lar bilan

o‘qituvchilar o‘rtasida uzluksiz ta’sir o‘tkazish xukm surishi lozim. Bu ta’sir o‘tkazish umumtaTim maktabi
o‘qituvchisi va o‘quvchisi o‘rtasidagi, yoki litsey va kollej o‘qituvchisi va o‘quvchilari o‘rtasidagi
munosabatlardan farq qiladi, bu bir tomondan ular o‘rtasidagi yosh xususiyatlaoriga, ijtimoiy-huquqiy
mavqelariga bog‘liq bo‘lsa, auditoriyada «ustoz-muallim» va «shogird-tinglovchi», tarzida, auditoriyadan
tashqarida do‘stona, aka-uka, xatto «ota-bola» munosabatlariga yaqin do‘stona, dilkash bo‘lishi maqsadga
muvofiqdir. Lekin, shu vaqtgacha oliy maktab psixologiyasi, undagi talaba va professor-o‘qituvchilar
o‘rtasidagi psixologik muxit chuqur taxlil qilib chiqilmagan.

Oliy o‘quv yurtidagi ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari talabalaming boshqa ijtimoiy guruhlar bilan

muloqotga kirishish uchun muhim imkoniyat yaratadi. Talabalik davrining asosiy xususiyat- laridan biri-
ijtimoiy etuklikning jadal surat bilan ro‘yobga chiqishidir.

Talabalik davri o‘spirinlikning ikkinchi bosqichidan iborat bo‘lib, 17-21 (25) yoshni o‘z ichiga oladi va

o‘zining xususiyatlariga ega. Mazkur pallada o‘spirin o‘ziga ruhiy inqiroz yoki tanglikni boshidan kechiradi,
kattalarning turli rollarini bajarishga o‘rinib ko‘radi, turmush tarzining yangi jixatlariga ko‘nika boshlaydi.

Talabaning maktab o‘quvchisidan muhim farqi shundaki, u faqat tinglovchi-o‘quvchigina emas,

mustaqil ilm, hunar oluvchidir (student-lotincha «mustaqil shug‘ullanuvchi degan ma’noni anglatadi).

Talabalarga mustaqil bilim olish, o‘z faoliyatini o‘zi tashkil qilish, o‘z-o‘zini boshqarish, yangi

g‘oyalami ishlab chiqish va xokazolarni o‘rgatishdir. Bu vazifalami amalga oshirishning asosiy omili-
monologik ma’ruzadan dialogik ma’ruzaga-muloqotga o‘tishdir.

Psixologlarning tadqiqotlari shaxs hayot tajribasini egallashda unda o‘zligini anglash vujudga keladi,

jumladan, shaxsiy hayotining mazmunini anglashi, aniq turmush rejalarini tuzishi, kelajak hayot yo‘lini
belgilashi vaxokazolar amalga oshishini ko‘rsatadi. Talaba asta-sekin mikroguruhning notanish sharoitlariga
ko‘nikib boradi, o‘zining hak-huquqlari va majburiyatlarini bila boshlaydi.

Talaba 17-19 yoshda ham o‘z xulqi va bilish faoliyatini ongli boshqarish imkoniyatiga ega boTmaydi

va shunga ko‘ra xulq motivlarining asoslanmagani, uzoqni ko‘rolmaslik, ehtiyotsizlik kabi xolatlar ro‘y
beradi. Bu yoshda ba’zan ayrim salbiy hatti-harakatlar ko‘zga tashlanadi.

Talabalik yillarida yoshlarning hayoti va faoliyatida o‘zini-o‘zi kamolotga etkazish jarayoni muhim rol

o‘ynaydi. Ideal «men» ni real «men» bilan taqqoslash orqali o‘zini-o‘zi boshqarishning tarkibiy qismlari
amaliy ifodaga ega bo‘ladi. Talaba nuqtai-nazaricha, ideal «men» ham muayyan mezon asosida etarli darajada
tekshirib ko‘rilmagan, shuning uchun ular goxo tasodifiy, g‘ayrita- biiy xis etilishi mukarrar, binobarin, real
«men» ham shaxsning haqiqiy bahosidan ancha yiroqdir. O‘quv yili boshida talabada ko‘tarinki kayfiyat, oliy
o‘quv yurtiga kirganidan zavq-shavq tuyg‘usi kuzatilsa, muayyan qonun va qoidalar bilan yaqindan tanishish
natijasida uning ruhiyatida keskin tushkunlik ro‘y berishi ham mumkin. Bizningcha, oliy maktabda tarbiya
ishlarini rejalashtirishda, taTim jarayonida talabaga o‘ziga xos munosabatda boTish mazkur davrning muhim
shartlaridan biridir.

Yuqorida aytilganlardan qat’iy-nazar yigit va qizlami oliy o‘quv yurtiga qabul qilish ularda o‘z kuchlari,

qobiliyatlari, aql-zakovatlari, ichki imkoniyatlari va irodalariga qat’iy ishonch tug‘diradi, ana shu ishonch o‘z
navbatida toTaqonli hayot va faoliyatni uyushtirishga umid tuyg‘usini vujudga keltiradi. Bu fikrlarni B. G.
Ananev rahbarligida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari ham tasdiqlaydi.

Talabalar o‘quv faoliyati muvaffaqiyatining muhim sharti oliy o‘quv yurtidagi taTim jaray- onining

o‘zigaxos xususiyatlarini o‘rganish, diskomfort, (noqulay, noxush) tuyg‘usini bartaraf qilish, mikromuxitda
yuz beradigan ziddiyatlaming oldini olishdan iboratdir.

Ammo talabalaming ko‘pchiligi o‘quv faoliyatini boshqarishning umumlashgan usullarini ta’riflash,

anglash, faoliyatning harakatlarini qanday tartibda amalga oshirishni tasavvur qilishdan ancha yiroqlidir.
Xatto ayrim xato fikrlar ham uchraydi, rejalashtirish, konspektlashtirish, ta’lim- iy usullardan foydalanishga
qo‘yiladigan umumiy talabalami aniq ko‘rsatib berishda qiynaladilar, muammo doirasidan chetlashadilar va


background image

83

xakozo.

Uchraydigan shu qiyinchiliklami mohiyati va shakliga ko‘ra quyidagi uch guruhga ajratish:

1.

Bilishdagi qiyinchiliklar: o‘quv materiallarining mazmun va kulani jihatdan keskin farqla- nishi,

o‘qitishning turli shakl va usullari (ma’ruza, seminar, kollokvium, sinov, maxsus kurs va boshqalar), seminar
va ma’ruza materiallarining murakkabligi, ular uchun material olish manbalari xilma-xilligi, mustaqil bilim
olish malakalari etishmasligi va boshqalar.

2.

Ijtimoiy-psixologik qiyinchiliklar: atrof muxit va hayot sharoitining o‘zgarishi; hayot va faoliyatning

barchajabhalarida mustaqillikka oTilishi, irodaviy zo‘r berish, qobiliyat, aqliy imkoni- yatlar bo‘yicha
qat’yyatsizlik-masalan, sessiyalarda, o‘qishdan xaydalishdan cho‘chish, qo‘rqish, xavfsirashning paydo
boTishi.

3.

Kasbiy qiyinchiliklar: Oliy maktab shart-sharoitlariga moslashish jarayonini noto‘g‘ri tasavvur

qilish, mutaxassislik-ixtisoslik amaliyotidan unumli foydanaolmaslik, nazariy buyumlar bilan amaliyotning
ajralib qolganligi, talabalaming professiogrammadan xabarsizligi yoki professio- gramma talablariga javob
beradigan kasbiy fazilatlarga ega emasligi.

Oliy maktab muhitiga moslashishda talabalaming o‘ziga xos tipologik va yosh xususiyatlari, aqliy

imkoniyatlari, aql- zakovati, ahloqiy fazilatlari maTum darajada rol o‘ynaydi.

Qiyinchilikning asosiy sabablari talabalar o‘quv faoliyatining to‘g‘ri usullarini bilmasligi, aqliy

mehnatda kuch va imkoniyatlami bir tekis taqsimlay olmasligidan iborat boTib, bular aqliy zo‘riq- ishning
negizi hisoblanadi. Talabalarda vujudga kelgan aqliy zo‘riqish tasodifiy psixologik xodisa emas, uning
zamirida shaxsiy o‘quv faoliyatini oqilona boshqarish o‘quvining zaifligi yotadi.

Oliy o‘quv yurti talabalari ko‘pincha o‘quv materiallarini o‘zlashtirishda bu faoliyatni tasodifiy

boshqarishga harakat qiladilar. Bunda muayyan materiallar mantiqiy harakat bilan eslab qolinsa, qolganlari
mutlaqo diqqatdan uzoqlashtiriladi. Natijada ular ma’ruzaning bir qismini tinglaydilar, uning mohiyatini
bazo‘r anglaydilar, uni konspektlashtirishga ulgurmaydilar. O‘quv yili mobaynida ana shu xolning davom
etishi imtixon sessiyalarini talaba uchun qattiq sinovga aylantiradi. Shunga ko‘ra oliy o‘quv yurtining asosiy
vazifalaridan biri talabani o‘quv materialining asosiy manbalari bilan ishlashga o‘rgatishdan, uning mustaqil
bilish faoliyatini tashkil qilishdan, uni o‘zini boshqar- ish usullari bilan tanishtirishdan iboratdir.

Talabalar oldiga o‘quv faoliyatining tarkibiy qismlari bilan bog‘liq muayyan qoidalariga rioya qilib xal

etiladigan masalalar ko‘riladi:

1)

Qanday yo‘l bilan auditoriyada to‘g‘ri o‘qish va o‘qitish mumkin?

2)

Qay yo‘sinda auditoriyadan tashqari vaqtlarda mustaqil faoliyatning umumlashgan usullar- idan

foydalansa bo‘ladi?

3)

Ma’ruzada talabaning aqliy faoliyati uchun optimal shart-sharoitlar qanday yaratiladi?

4)

Amaliy va seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik darajasini aniqlash va ifodalash mumkin?

5)

Talabaning imtixon va sinovlarga tayyorgarlik saviyasini aniqlash imkoniyati bormi? va xokazo.

Hozirgi vaqtda oliy o‘quv yurtlarida qoTlanib kelinayotgan ma’ruzalarni shartli besh turga ajratish

mumkin: axborot beruvchi, yo‘naltiruvchi, rag‘batlantiruvchi, metodik-uslubiy, rivojlanti- ruvchi va
tarbiyalovchi.

Tajribada talabalaming seminar mashg‘ulotlaridagi faoliyatini quyidagi mezonlar asosida ba- holanadi:
1.

Talabaning seminarga chiqishining muayyan maqsadga yo‘nalgani;

2.

Talaba ma’ruzasining rejasi: rejalashtirish, masalani birlamchi va ikkilamchi alomatlarga ajratishi,

bibliografiyani to‘g‘ri tuzilishi va xokazo.

3.

Talabaning xulqi: o‘rinli baxslashuvi, to‘g‘ri javobi, materialni chuqurtaxlil qilishi, dalilni qayta

bayon etishi, o‘z nuqtai-nazari mavjudligi, ixcham va lo‘nda taxlil; ma’ruzaning zerikarligi, bo‘shligi.

4.

O‘zaro aloqa: talabaning kursdoshlariga tanqidiy, samimiy, e’tirozli munosabati, tez mulo- qotga

kirishish imkoniyatlari.

5.

Talabaning mashg‘ulotni ishonch bilan, mutaxassislarcha yakunlashi, tengdoshlari bilimini boyitishi

yoki aksincha;

Ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari samaradorligini oshirish uchun quyidagi psixologik holat- larga

e’tibor berish lozim:

1.

Matn va birlamchi manbalar bo‘yicha muhim va nomuhim belgi hamda alomatlarni ajratish yoki

mavxumlashtirish;


background image

84

2.

O‘zlashtirilayotgan o‘quv materiallarini o‘z vaqtida taxlil qilib borish va umumlashtirish.

3.

Talaba o‘quv materialini idrok qilishi uchun aqliy faoliyatning barcha jabxalari bo‘yicha yoT-

yo‘riqlar berish.

4.

O‘qituvchi nutqidan xayolan ilgarilab ketib, uning yakunlovchi fikrini oldindan faxmlay bilish va

boshqalar.

Shunday qilib, oliy maktabda ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini olib borilishi, o‘qituvchin- ing bunga

munosabati, usuli talabalarning o‘z ustlarida ishlashlariga, o‘ziga talabchanlikni oshirish- da katta ahamiyatga
egadir.

Yuqorida aytganimizday, o‘qituvchi va talaba hamkorligi taTim samaradorligining muhim omilidir.

Oliy maktabda hamkorlikdagi faoliyatning shakllanishi, uning ijtimoiy-psixologik jiha- tini tashkil qilish, har
qanday faoliyatni, shu jumladan, o‘quv faoliyatini tashkil qiluvchi tarkibiy qismlami o‘rganish so‘nggi o‘n
yil ichida amalga oshirila boshladi.

B. F. Lomov faoliyatini tahlil etishning umumiy psixologiyada qabul qilingan sxemasini ko‘rib chiqib,

bu faoliyatni bajaruvchi shaxsning boshqa shaxslar bilan hamkorligi, boshqacha ko‘rilishi zarurligini
ta’kidlab o‘tadi. Yakka shaxs faoliyatining psixologik taxlili faoliyat sub’ektining boshqa odamlar bilan
aloqasini mavxumlashtiradi. Lekin bu mavxumlashtirish nihoyatda muhimligidan qat’iy-nazar,
o‘rganilayotgan xodisalarni bir tomonlama yoritish imkoniyatini beradi.

O‘qituvchi va talabaning hamkorlikdagi faoliyatiga doir tadqiqotlarda, asosiy e’tibor o‘zaro

munosabatning rivojlanishini o‘rganishga qaratilgan, o‘qitishni guruhli tashkil qilish jarayoni bay- on
qilingan.

A. V. Petrovskiy jamoadagi shaxslararo munosabatlar faoliyatdan kelib chiqishini o‘rganib, ta’lim

jarayonida o‘qituvchining talabalar bilan hamkorligini tashkil qilib faqat ulaming muloqotga ehtiyojini
qondirish vositasigina emas, balki o‘quv materialini o‘zlashtirishning ham vositasi ekan- ligini tasdiqlagan
edi.

Bu muammoga boshqacharoq yondoshgan A.A.Bodalev o‘qituvchi va talaba munosabati ularning

samarali, hamkorligini vujudga keltirish uchun qulaylik yaratishi zarur deb hisoblaydi.

Hamkorlikdagi mahsuldor faoliyatni psixologik jihatdan o‘rganishni V. Ya. Lyaudis bosh- chiligidagi

psixologlar guruhi amalga oshirdi. Ushbu nazariyaga binoan, o‘quv faoliyatining shak- llanishi fan asoslarini
o‘zlashtirishning negizi emas, balki shaxsning ijtimoiy-madaniy qadriyatlar- ini egallash jarayonidir. Bunga
asosan talabaning «yaqin kamolot zonasi»nigina emas, «perspektiv rivojlanish zonasi»ni ham loyixalash
mumkin.

Hamkorlikdagi o‘quv faoliyatining maqsadi o‘zlashtiriladigan faoliyat va birgalikdagi harakat- lar,

munosabat va muloqotning boshqarish mexanizmini yaratishdir. Hamkorlikdagi faoliyatning maxsuli-
talabalar mustaqil xolda ilgari surgan yangi g‘oyalar va o‘zlashtirilayotgan faoliyatning mohiyatiga bog‘liq
maqsadlar va sheriklikdagi shaxs pozitsiyasini boshqarish istaklarining yuzaga kelishidir.

Hozirgi psixologiyada hamkorlikning ettita shakli mavjud, ular quyidagilardan iborat:
1)

faoliyatga kirish;

2)

mustaqil harakatlar (o‘qituvchi va talaba o‘zicha);

3)

o‘qituvchi harakatni boshlab beradi va bunga talabani jalb qiladi;

4)

taklid harakatlari;

5)

madad harakatlari (o‘qituvchi oralik maslahatlarni berib boradi);

6)

O‘z-o‘zini boshqarish harakatlari (o‘qituvchi maqsadni belgilab beradi va oxirgi natijani baholashda

qatnashadi);

7)

O‘zini-o‘zi qo‘zg‘atuvchi va uyushtiruvchi harakatlar.

Oliy maktab psixologiyasida talaba shaxsining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini tekshirish, o‘qituvchi

va talaba hamkorlikdagi va alohida faoliyatlarini tekshirish, talaba shaxsi psixologik xususiyatlarining
ko‘pgina tomonlarini tekshirish, diagnostika qilish bo‘yicha bir muncha tajri- ba ham to‘plangan. Bulami
kasb ta’limi psixologiyasi bo‘yicha tashkil etiladigan amaliy seminar mashg‘ulotlarida sinab ko‘rish mumkin.

Аdabiyotlar:

1.

Абдуллаева, Н. (2023). Эффективные методы организации научной деятельности студентов.
in Library, 22(2), 113-125. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/21747

2.

Шермухамедова, Нигинахон Арслановна. "Некоторые суждения Абу-Насра аль–Фараби о
соотношении логики и грамматики." Credo new 2 (2002): 10-10.

Библиографические ссылки

Абдуллаева, Н. (2023). Эффективные методы организации научной деятельности студентов, in Library, 22(2), 113-125. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/21747

Шермухамедова, Нигинахон Арслановна. ’’Некоторые суждения Абу-Насра аль-Фараби о соотношении логики и грамматики.” Credo new 2 (2002): 10-10.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов