434
Xaydarov Xurram Farmonovich
falsafa fanlari doktori, professor, kafedra mudiri
Tashkentpediatriya tibbiyot instituti
Xaydarova Aqida Xurram qizi
assistent
Tashkent Vrachlar malakasini oshirish instituti
VIRTUALREALLIK DOIRASIDAGIYONDASHUVLAR PLYURALIZMINING
FALSAFIY METODOLOGIK TAHLILI
Inglizcha “virtual (ly)” so‘zi fanda, xususan, fizikada ma’lum sharoitlarda va ma’lum vaqt davomida
paydo bo‘ladigan zarralarni belgilashda, astronomiyada olam paydo bo‘lishidan oldingi holatini
tahlilqilishdaqo‘llanilaboshlandi.Keyinroqvirtuallikkontsepsiyasi
sun’iy
realliktizimlarini
loyihalashnio‘rganuvchi tadqiqotchilari orasida qo‘llana boshladi: A. Suterland, F. Hapgood, M. Kruger.
“Virtual reallik” atamasining paydo bo‘lishining o‘zi XX asming 80-yillari birinchi yarmiga tegishli bo‘lib,
uning muallifi ushbu sohaning nazariyotchisi va tadqiqotchisi - J.Lanyerdir. U sun’iy ravishda yaratilgan
dunyoni izohlashga urindi. Virtual reallikka ma’lum texnik vositalar (VR tizimlari) yordamida “kirish”
mumkinligini aytdi. Shundan so‘ng yangi modellashtirilgan reallikni tushuntirish uchun ular “virtual borliq”
sinonimi sifatida “kiberhudud” tushunchasidan foydalanishni boshladilar. Agar antik davr faylasuflari orasida
virtual tushunchasi aniq bir narsani (fazilat, kuch, imkoniyat vaboshqalarni) anglatuvchi toifabo‘lib hizmat
qilgan bo‘lsa, bu atama fan sohalariga kirib borganligini anglata boshlaydi. “Virtual reallik” iborasini virtus,
virtual, virtuallik atamalaridan ajratish kerak. Chunki bu tushunchalar mustaqil hodisalar bo‘lib, “virtual
reallik” tushunchasida virtual bog‘liqlik, xarakterli, xususiyat, reallik holatidir. Tushuncha strukturasini
shakllantiruvchi asosiy element reallik tushunchasidir. Reallik bilan bog‘liq bo‘lgan virtualga, bugun uning
mavjud bo‘lish shakli sifatida qaraladi.
Realliklar borliqning o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalovchi turli shakllar hisoblanadi. Inson turli xil
realliklarda yashaydi: ish, o‘yin, muloqot, uxlash va h.k. Ulaming har biri voqealar ketma - ketligi,
mantiqiyligi va o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Inson - bu yangi makon yaratuvchisi. U o‘zining ijtimoiy
tabiati tufayli sodir bo‘layotgan voqealarga ma’no beradi.
Virtuallik va borliq haqidagi g‘oyalar axborot texnologiyalari pay do bo‘lishidan oldin shakllangan.
Ammo “ehtimoliy reallik” sintezi sifatidagi mazkur tushuncha texnik tizimlar tufayli paydobo‘ldi.
Shuninguchunvirtualborliq“ehtimoliy” reallikdeb taijimaqilinadi. Sababiuniyaratish vositalari mavjud.
Shunday so‘ng virtuallik haqiqiyborliqqa parallel ravishda mavjudligini da’vo qilaboshladi.
Virtual reallik mavzusida ish olib boruvchi tadqiqotchilar ushbu tushuncha yuzasidan yagona ta’rifni
keltirib o‘tishmagan. Virtual reallikni tushunish va tushuntirishdagi turli yondashuvlar buning sababi
hisoblanadi. Asosan virtual reallikka nisbatan bir qancha yondashuvlar shakllangan:
Birinchidan, virtual reallik axborotni namoyish etishning texnik vositasi - texnik reallik;
Ikkinchidan, virtual hodisalar ruhiy holatlar (aqliy voqelik) bilan tenglashtiradi;
Uchinchidan, avvalgi ikki yondashuv o‘zaro birlashtirilib, virtual reallik foydalanuvchi uchun ham
texnik bazani yaratuvchi sifatida, ham uning ongiga ta’sir etuvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda virtual reallikga nisbatan:
1.
madaniy yondashuv;
2.
dasturiy yondashuv;
3.
ijtimoiy yondashuv;
4.
sintez yondashuv qarashlar mavjud.Ana endi madaniy yondashuvdan boshlab har bir pozitsiyani
ko‘rib chiqamiz.
Madaniyyondashuv.
Madaniy muhit insonlarning o‘zaro ta’sir jarayonini ramziy tizimi sifatida
shakllanib,obyektivdunyobilanemas,balkiuhaqidagig‘oyalarbilantavsiflanadi.Tadqiqotchilarning
fikriga
ko‘ra mazkur konsepsiya yordamida virtualreallikni insonning sivilizatsiyaviy tabiati bilan izohlash tabiiy va
435
mantiqiyligini ta’kildlashadi. Ushbu yondashuv mualliflari orasida G. Ilyin, M. Kastells, I. Korsuntsev, A.
Lisin va boshqalar bor.
I.
G. Korsuntsevaytganidek, “Butun tsivilizatsiya tarixi vujudga kelgan, rivojlangan va keyinchalik
yo‘q bo‘lib ketadigan, o‘z maqsadlarini bajaradigan virtual hodisalar bilan to‘ldirilgan” . Virtual reallik,
tadqiqotchi fikricha, voqelik paydo bo‘lishi bilan tug‘iladi. Mutlaq (obyektiv) voqelikda mavjudbo‘lgan inson
o‘z hath - harakatlari bilan biologik tsivilizatsiya jarayonini yaratishga kirishadi. Real dunyo voqealarining
yaratuvchisi va ishtirokchisi sifatida bir vaqtning o‘zida o‘zining yangi makoni - virtual makonni yaratadi.
Korsuntsev virtual mavjudlikni “subyektning madaniymavjudligi” deb ta’riflaydi. G. Ilyin turli xil
tsivilizatsiyalarning rivojlanishi va shakllanishini tahlil qilib, «madaniyat amalga oshirilgan virtual reallik
yoki reallikga aylangan imkoniyatdir, madaniy faoliyat esa o‘z navbatida ehtimoliy narsani realga
aylantirishdir ” deydi.
I.
Korsuntsevning tushunchasida, inson bu belgilar tizimini yaratishga qodir bo‘lgan va ularsiz mavjud
bo‘la olmaydigan yagona subyektdir. “Virtual reallik ramziy ma’noda subyekt bilan ishlaydigan yagona va
obyektiv reallikdir” . Shubhasiz, bu pozitsiya nafaqat virtual reallikni madaniyatbilanbog‘laydi, balki uning
ajralmas, majburiy mafkuraviy tuzilmasi ekanini tushuntiradi.
Dasturiy yondashuv. Virtual borliq tushunchasi XX asrning ikkinchi yarmida J. Lanier tomonidan ishlab
chiqilgan bo‘lib, u qurilmalarning apparat-dasturiy kompleks birligi yordamida yaratilgan sun’iy dunyo
ma’nosini ifodalaydi.
Axborot texnologiyalarining rivojlanishi va sun’iy reallik tizimlarining yaratilishi yangi konsepsiyaning
vujudga kelishiga turki bo‘ldi. Kontsepsiyada tabiiy prototipiga o‘xshash muqobil reallik hosil qilish
mumkinligi g‘oyasini yuzaga chiqdi. Keyinchalik reallik dasturlarini modellashtirish jarayonida - virtual
reallik ham yaratildi. Ushbu yondashuv mualliflari: E. Shapovalov, M. Epshtein, L. Litvintseva, S. Lem
vaboshqalar bo‘lib, ular virtual kosmik tizimlarni yaratishda texnik elementning rolini mutlaqo yo‘qqa
chiqardilar.
Dasturiy yondashuv.
XXI asrda virtual reallikka nisbatan borliqdagi imkonsiz bo‘ Igan voqealarni
dasturiy modellashtiruvchi va shubilan birga, jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqilgan istiqbolli
texnologiya sifatida qaraladi. Maqsad, har qanday soha faoliyatida tajriba to‘plash. Virtual reallik sensorli
interfeysga egabo‘lgan texnik vositalarning funksiyalaridan biri sifatida tushuniladi. Ushbu yondashuv
doirasidagi virtuallik axborot tizimlarining dasturlash tillari bilan bog‘lanadi. “Texnik voqelik - bu obyektiv
tarzda mavjud bo‘lgan moddiy dunyo bo‘lib, bir qator realliklarga ega: jismoniy, biologik, axborot, ijtimoiy”
. Ureallik tomonidan yaratilgan bo‘lib, o‘z obyektlarida - texnologiyada, asboblarda, qurilmalarda,
mexanizmlarda namoyon bo‘ladi. D. Fedyaev va V. Rozin texnologiya kontseptsiyasini bir muncha talqin
qilishadi va shunday xulosaga kelishadi: muayyan harakat faoliyatning moddiy vositalari to‘plami
hisonlanadigan “texnologiya” tushunchasi, ham ishlab chiqarish jarayoni, ham natijani anglatishi mumkin
bo‘lgan mexanizmdir. Texnika, aksariyat hollarda, inson faoliyatida vosita bo‘lib, u subyekt va bilim obyekti
o‘rtasida vositachi vazifasini bajaradi. Texnik vosita, birtomondan, sun’iy, moddiylik bo‘lsa, boshqa
tomondan, u ma’lum g‘oya va bilimlarning majmuasidir. Shu ma’noda texnologiya va texnikafarqlanadi.
Virtual reallikga erishish vositalaridan biri bu virtual olamning mavjud bo‘lishiga imkon beradigan,
keyinchalik virtual reallikni amalga oshiradigan texnologiya hisoblanadi.
Ijtimoiy yondashuv.
Virtual reallikning “inson - kompyuter” munosabatlaridan iborat ekani ma’lum.
Virtual reallikni ijtimoiy model sifatidagi mavhum tushunchalar ko‘rinishida bo‘lib, uni badiiy fantastika
holatida vujudga keladi deb hisoblaydigan tadqiqotchilar ham bor: N. Nosov, Yu.Osipov, O. Maslov, N.
Mankovskaya va boshqalar. Ular virtual reallikni ehtiros, eyforiya, orzu va xayol kabi inson ongining
o‘zgargan holati deb tushunadilar.
Ilm-fan, din, san’at,inson tuzadigan hayotiy rejalar va orzular jismoniy dunyodan kam boTmagan va
o‘z-o‘zini ta’minlaydigan realliklardir. Ushbu hodisalar virtualreallikning mustaqil tizimlari hisoblanadi va
ular vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishga moyil bo‘ladi. Jarayon subyekt psixikasi bilanuzviy bog‘liqbo‘lib, uni
borliqda sodir bo‘layotgan hodisa vajarayonlami aks ettiruvchi virtual ongning inson ongidagi modeli ekanini
tasdiqlaydi. Masalan, virtualborliq bo‘yicha mutaxassis, professor N.Nosov, virtual reallik voqelikning
barcha ijtimoiy shakllami o‘z ichiga oladi deb hisoblaydi.
436
Virtual reallikniratsionallik nuqtayi nazaridan talqin qiladigan tadqiqotchilar ham yo‘q emas. Inson ongi
bilan bog‘liq bo‘lgan virtual reallikni subyekt refleksiv faolligi asosida psixikada rivojlanayotgan ongli va
ongsiz tasvirlarni tahlil qilishga qaratilgan deb hisoblashadi. Shu o‘rinda ruhiy reallik hodisasi virtual
realliklardan farqli o‘laroq qadimgi davrlardanberi ma’lum bo‘lganligini ta’kidlaymiz. T. Kirik ruhiy virtual
realliklarni virtual realliklarning ontologik prototiplari sifatida ko‘rib chiqishni taklif qiladi, ruhiy virtual
realliklarda ongning mavjud tasvirlar bilan o‘zaro ta’siri modeli subyektlararo makon qurish imkoniyatini
istisno qiladi.
Sintez yondashuv.
Bu texnik va aqliy yodashuvlar sintezi bo‘lib, uning vakillari qatoriga
E.Kovalevskaya, M.Openkov, S.Orexov, S.Xoruzhego va boshqalarni misol keltirishimiz mumkin. S.Orexov
yozganidek, “virtual reallik axborot almashinish jarayonida shakllanib, o‘ziga mos keluvchi texnik tizimlar
va insonning ongli faoliyati bilan ta’minlanadi”. Demak, u virtual makon va subyektning ongli faoliyati
jarayonlarining sintezi.
Virtual reallik texnologiyalari insonga dunyoni anglashjarayonida bevosita interaktiv ishtirok etish
imkoniyatini taqdim etdi. Ular deyarli har qanday ijtimoiy jarayonga vositachi bo‘lib xizmat qilib, an’ anaviy
hayot tarzini immanent, uzluksiz hodisaga aylantirdi. Ushbu global j aray on natij asida virtual reallik
shaxslararo munosabatlaming ko‘p jihatlarini soddalashtirdi, jamiyatimizning ma’naviy qiyofasi va uning
qadriyatlar tizimini o‘zgartirdi. Insonning ongiga ta’sir ko‘rsatadigan doimiy ravishda o‘sib boradigan
axborot oqimi uning idrok chegaralarini muntazam kengaytirib boradi va ushbu holat ma’lumotni
vizualizatsiya qilish bilan bog‘liq.
Xulosa sifatida aytadigan bo‘lsak, insonlarning axborot olishga bo‘lgan ehtiyojlari endi toTaqonli
amalgaoshirilaboshlandi, balki, shu bilan birga, o‘zaro aloqajarayoniningyangi shakllari paydo bo‘ldi.
Bulaming barchasi virtual reallik texnologiyalarini jamiyat hayotiga kirishi natijasida yuz bera boshladi.
Virtual reallik bugungi kun uchun dolzarb bo‘lgan, metodologik asosga ega bo‘lgan mavzulardan biri
sanaladi. Mazkur ish davomida Virtuallikka nisbatan bir necha xulosaga kelindi. Ular quyidagilar:
1.
virtual reallik boshqa voqeliklardan farq qiladi;
2.
virtual reallik axborot jarayonlari va inson psixikasi o‘rtasidagi protsessual o‘zaro ta’sir sifatida
mavjud.
3.
virtual reallik subyekt ongining faoliyati bilan bog‘liq.
4.
virtual reallik mavjud bo‘lishi uchun “tashuvchilar” ya’ni insonlarning mavjud bo‘lishini talab qiladi.
Ze’ro, bugun taraqqiyotga erishish uchun zamonaviy axborot texnologilarini egallashimiz shart va zarur.
Raqamli texnologiyalar nafaqat bizga cheksiz ma’lumotlar bazasiga yo‘l ochib beradi, shu bilan birga
mahsulot va xizmatlar sifatini oshirgan holatda ularning tan narxini kamaytirishga ham sabab bo‘ladi.
Shunday ekan, uni ijtimoiy fan sohalarida tadqiq qilishga bo‘lgan zarurat kuchayib boraveradi.
ADABIYOTLAR:
1.
Трофимова, A.A.K вопросу о понимании термина «виртуальная реальность»[Текст] / Омский
научный вестник 2010. - №6. С. 87.
2.
Корсунцев, И.Г. В мире современных научных мифов[Текст] / И. Г. Корсунцев. - М. : Молодая
гвардия, 2004. - С. 22.
3.
Ильин, Г. Интернет-образование и виртуальная реальность //Высшее образование в России
[Текст] : нучно-педагогический журн. / учредитель Министерство образования РФ. - 2004, апрель-М.
: ЗАО «Академический печатный дом», 2004.-№ 10. - С. 98.
4.
Корсунцев, И.Г. Онтология развития [Текст]/И.Г. Корсунцев ;ИПК госслужбы, Рос. филос.
общество. - М. : ИНК Рос. филос. общество, 2001. - С. 30.
5.
Кудрин, Б.И. Техническая реальность в XXI веке /Б.И. Кудрин, Д. М. Федяев // Материалы к
«круглому столу» Всерос. науч. конф. (Омск, 21-22 янв. 1999 г.). - Омск : Изд- во ОмГПУ, 1999.-С. 41.
6.
Орехов, С.И. Виртуальная реальность : учеб, пособие [Текст] /С.И. Орехов. - Омск : Изд-во
ОмГПУ, 2007. - С. 44
7.
Кирик, Т.А. Виртуальная реальность: сущность, критерии,типологии. [Текст] : автореф. дис.
... канд. филос. наук: 2004. - С. 55.
437
8.
Shermuxamedova, N. "Philosophy and methodology of science." Tashkent: Publishing House of the
National University of Uzbekistan (2005): 21-27.
9.
Namozova, Y. "Socio-historical genesis of educational philosophy formulated in Turkestan." ISJ
Theoretical & Applied Science, 10 (78) (2019): 370-374.
10.
Абдуллаева, Н. (2023). Эффективные методы организации научной деятельности студентов.
in Library, 22(2), 113-125. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/21747
11.
Zikirova, N., et al. "Interactive Strategies and Methods of Education."
International Journal of
Recent Technology and Engineering (IJRTE) ISSN
(2019): 2277-3878.
12.