Markaziy Osiyoda suv muammolari: hamkorlik va muqobil yechimlar zaruriyati

CC BY f
73-83
0
0
Поделиться
Еркинова, З. (2023). Markaziy Osiyoda suv muammolari: hamkorlik va muqobil yechimlar zaruriyati. Узбекистан – стратегия 2030 с точки зрения молодых ученых: экономика, политика и право, 1(1), 73–83. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/strategy-2030-young-scientists/article/view/28694
Зулфия Еркинова, Университет Мировой Экономики и Дипломатии
студент III ступени
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Markaziy Osiyo mintaqasi o‘zining strategik joylashuvi, muhim qazilma boyliklari hamda boy energiya resurslari bilan jahon siyosiy maydonida muhim ahamiyat kasb etadi. So‘nggi yillarda mintaqa iqlimining keskin o‘zgarishi va suv tanqisligi kabi muammolarga samarali yechimlar topishda bir qancha kelishmovchiliklar bilan yuzlashmoqda. Ushbu maqolada Markaziy Osiyoda suv muammolari, ularning joriy holati va mumkin bo‘lgan yechimlar haqida so‘z boradi. Maqola so‘ngida o‘rganishlar natijasida kelingan xulosa va yechimlar taqdim etiladi.

Похожие статьи


background image

121

MARKAZIY OSIYODA SUV MUAMMOLARI: HAMKORLIK VA MUQOBIL

YECHIMLAR ZARURIYATI

Zulfiya Erkinova Farhod qizi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

III bosqich talabasi E-mail:

erkinovazulfiya635@gmail.om

Annotatsiya.

Markaziy Osiyo mintaqasi o‘zining strategik joylashuvi,

muhim qazilma boyliklari hamda boy energiya resurslari bilan jahon siyosiy

maydonida muhim ahamiyat kasb etadi. So‘nggi yillarda mintaqa iqlimining

keskin o‘zgarishi va suv tanqisligi kabi muammolarga samarali yechimlar

topishda bir qancha kelishmovchiliklar bilan yuzlashmoqda. Ushbu maqolada

Markaziy Osiyoda suv muammolari, ularning joriy holati va mumkin bo‘lgan

yechimlar haqida so‘z boradi. Maqola so‘ngida o‘rganishlar natijasida

kelingan xulosa va yechimlar taqdim etiladi.

Kalit so’zlar

: Markaziy Osiyo, suv, O‘zbekiston, Qozog‘iston,

qishloq xo‘jaligi, transchegaraviy daryolar

Kirish

Markaziy Osiyoni suv bilan ta’minlovchi asosiy manbalar bu ikki daryo

- Amudaryo va Sirdaryodir. Ular mintaqaning yillik suv hajmi - 116 km

3

ning

deyarli 90%ni qamrab oladi. Aholi sonining yillik o‘sib borishi suv iste’molining

ham demografik holatga proparsional tarzda oshib borishiga sabab

bo'lmoqda. Bundan tashqari cho'llanish holatlarining ko'payib borishi ham

mavjud muammolarni yanada keskinlashtirmoqda. BMT ning 2018- yilgi

cho'llanishga qarshi kurash to‘g'risidagi konvensiyasi hisobotlariga ko‘ra

cho‘llanish darajasi mintaqada 36.7% [1] ni tashkil etib, bu ko‘rsatkich

dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir. Mintaqaning yana bir katta

mummolaridan biri bu oshib borayotga suv iste’moli ko‘rsatkichlaridir. Suv


background image

122

xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga [2] asoslanib, O‘zbekistonda suvdan

foydalanish ko‘rsatkichlari solishtirilganda, 80-yillarda bu ko‘rsatkich 64 mlrd

m

3

ni taskil etgan bo‘lsa, 2019-yilda 53.9 mlrd m

3

, 2020-yilda esa 43.2 mlrd

m

3

ga qisqargani yaqqol ko‘rinadi. Qo'shni respublikalaridagi suv iste’moli

bilan bog‘liq vaziyat ham deyarli o'xshash.

Markaziy Osiyo suv iste'molida tarmoqlar va mamlakatlar ulushi

Figure 3 - Sector and country share in water consumption

Manba:

https://mavink.com/explore/Global-Water-Consumption

Markaziy Osiyodagi joriy vaziyat

Markaziy Osiyo mintaqasida suvdan oqilona foydalanishini

qiyinlashtirayotgan vaziyatlarning yana biri, mintaqada mavjud bo‘lgan bir

qancha transchegaraviy suv resurslari hisoblanadi. Transchegaraviy daryolar

nafaqat ichimlik suvi iste’molidagi muammolarga sabab bo‘layotgani, balki

ulardan foydalanishda aniq huquqiy asoslarning mavjud emasligi

davlatlarning

o‘zaro

munosabatlarida

qarama-qarshiliklar

keltirib

chiqarayotgani bilan ham ahamiyatga molikdir. So‘nggi yillarda ushbu

daryolar havzalarida mavjud bo‘lgan yoki qurilayotgan Qambarota, Rog‘un

va Andijon (Kampirobod) suv omborlari hamda Qo‘shtepa singari kanal,

shuningdek, turli gidrotexnik inshootlar transchegaraviy xarakterga egaligi


background image

sababli ulardan foydalanishda kelib chiqayotgan o‘zaro qarama-qarshiliklar

mintaqaviy konflikt darajasigacha ko’tarilmoqda.

Mintaqada suv bilan bog‘liq vaziyatining eng keskin ko‘rinishi bu,

albatta, Orol dengizi inqirozidir. Orolni qutqarish xalqaro jamg’rmasi[3]

tomonidan taklif etilayotgan keng ko‘lamli “qutqaruv” dasturlarga

qaramasdan, Orol o‘z sathini yo‘qotishda davom etmoqda. Orol-Sirdaryo

havza inspeksiyasi boshlig‘i Zaynulla Kazto‘ganovning ta’kidlashicha, shu

paytgacha Shimoliy Orol dengizida to‘plangan suv hajmi 27,0 milliard kub

metrdan 18,5 milliard kub metrgacha, suv sathi esa 40,42 mB (m.) gacha

tushgan.

Qisqarib borayotgan Orol dengizi havzasi o‘rnida paydo bo‘layotgan

qumtepalar dengizbo‘yi aholisining sog‘lig‘i uchun xavfli kasalliklarni tarqatish

bilan birga qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga ham katta zarar

keltirmoqda.

Orolning yo qolishi 1970-2020-yillar. Manba:

https://www.nur.kz/

Suv muammolarining qishloq xo‘jaligiga salbiy ta’sirlari

122


background image

123

Ma’lumki, Markaziy Osiyo mintaqasi respublikalarining iqtisodiyotida

qishloq xo‘jaligi yirik ulushga ega. Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekiston

kabi mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi hal qiluvchi soha bo‘lib, sug‘orish uchun

suvga talab yuqori. O‘zbekistonda YaIM ning qariyb 26 %

[4] ini qishloq xo‘jaligi sohasi tashkil etadi; Qozog‘iston iqtisodiyotining 38 %

[5] qishloq xo‘jaligiga tog‘ri keladi; Tojikistonda esa YaIMning 18-20 %i [6]

qishloq xo‘jaligi mahsulotlari. Quyidagi jadval mintaqa mamlakatlarida

tarmoqlar kesimida suvdan foydalanish ulushlarini ko‘rsatadi.

Tarmoqlar bo‘yicha suvdan foydalanish, umumiy foydalanishdagi

ulush

Manba:

https://www.eea.europa.eu/

Suv mintqada bir vaqtning o‘zida iqtisodiy rivojlanishni ham

kuchaytiruvchi ham cheklovchi omilga aylangan. Markaziy Osiyo

mintaqasining umumiy suv ste’molidan taqriyban 78 % i aynan qishloq

xo‘jaligi ehtiyojlarini qondirish, yerlarni sug‘orish maqsadida sarflanadi.

Iqlimning keskin o‘zgarish, global isish jarayonlari hamda suvdan oqilona

foydalanmaslik holatlari suv resurslarini sezilarli darajada kamayishiga olib

keladi. Natijada mintaqa aholisining suv bilan to‘la ta’minlangalik


background image

124

ko‘rsatkichlari yiliga mavjud 2500 m

3

dan 1400 m

3

gacha qisqaradi. [7]

Markaziy Osiyoda suv bilan bog‘liq muammolar qishloq xo‘jaligiga

jiddiy tahdid solmoqda. Suv tanqisligining yuqoriligi, sug‘orishning

samarasizligi qishloq xo‘jaligida hosildorlikning pasayishiga va tuproq

sho‘rlanishining oshishiga olib keldi. Haddan tashqari suv olish natijasida

Orol dengizining qisqarishi yana ham keng ekologik oqibatlarni aks ettira

boshladi. Bundan tashqari, cheklangan suv resurslari uchun raqobat

ziddiyatlarni kuchaytiradi va qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga

to‘sqinlik qiladi.

Ushbu muammolarni hal qilish uchun suv resurslarini boshqarishni

takomillashtirish, irrigatsiya infratuzilmasini yangilash va mintaqaviy

hamkorlikni kuchaytirish talab etiladi.

Markaziy Osiyoda suv bilan bog‘liq ekologik vaziyat

Markaziy Osiyoda suv bilan bog‘liq og‘ir sharoitning yaqqol ifodasi

mintaqadagi eko-vaziyatning qay darajada yomonlashib borayotganida

ko‘zga tashlanadi. Mahalliy ekosistemalar va biologik xilma-xillik suv

taqchilligi ta'sirda yildan yilga kamayib bormoqda. Daryolar suv sathining

o‘zgarishi, ekosistemalarning yo‘qolib ketishi hayvonot dunyosini tubdan

o‘zgarishiga olib kelmoqda. Bu esa o‘z navbatida, mintaqa mamlakatlarining

tabiiy boyliklariga salbiy ta'sir qiladi. Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik

markazi ijrochi direktori Iskandar Abdullayev bergan ma’lumotlarga ko‘ra,[8]

mumkin bo’lgan suv tanqisligi va suv sifatining yomonlashuvi o‘z navbatida

bir qancha ekologik muammolarni keltirib chiqaradi: yer degradatsyasi,

tuproq va cho‘llanish jarayonlari. Qurg‘oqchil bo‘lgan Markaziy Osiyo

mintaqasi uchun jiddiy xavf tug‘diruvchi ekologik muammolar mavjud suv

yetishmochiligi oqibatida yanada jiddiylashadi.


background image

Bu turdagi muammolarni bartaraf etish mintaqada hayotiy zarur

sharoitlarni ta’minlashda asosiy o‘rin tutadi. Ammo, yechimlar bir tomonlama

amalga oshirilganda ularning samaradorligi deyarli sezilmaydi, shoshilinch

chora-tadbirlar, shuningdek barqaror suv amaliyotlari hamda hamkorlikdagi

sa’y-harakatlar ushbu ekologik ta’sirlarni yumishatish va to‘xtatib qolish

uchun o’ta muhimdir.

Geosiyosiy vaziyat

Ma’lumki, dengiz yo’llari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lanmagan Markaziy

Osiyo mintaqasi uchun mavjud suv manbalaridan samarali foydalanish

vazifasi doim ustuvor sanalgan. Amudaryo va Sirdaryo mintaqa uchun

umumiy hisoblanib, suv bilan bog‘liq geosiyosiy vaziyatga katta ta’sir

ko‘rsatadi. Suv taqchilligi va cheklangan dengiz logistkasi imkoniyatari

respublikalarning iqtisodiyoti va xo‘jalik tarmoqlariga sa’lbiy ta’sir yetkazuvchi

omil bo‘lishi bilan bir qatorda, mavjud suv resurslaridan teng va oqilona

foydalanish masalalari davlatlarining o‘zaro hamkorlik olib borshida ham bir

qancha to‘siqlar yaratmoqda. O‘zbekiston va Qirg‘iziston respublikasi

chegarasida joylashgan Andijon suv ombori 1960-yillardan buyon, ikki davlat

o‘rtasida tegishlilk masalalari bo‘yicha ancha bahsli masala hisoblangan.

2022-yil 26-sentyabrda O‘zbekiston va Qirg‘ziston o‘rtasida davlat

chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnoma

imzolangan, unda suv ombori bilan bog‘liq muammo ham hal etilshi ko‘zda

tutilgan.[9] Shartnoma imzolanguniga qadar qir‘giz xalqi tomonidan suv

omborining O‘zbekistonga tegishi hududlari masalasida norozilik chiqishlari

o‘tkazilgan edi.

Transchegaraviy daryolar omili mintaqada o‘zaro kelishilgan suv

siyosati olib borishni talab etadi. Transchegaraviy suv resurslari aholi uchun

ichimlik suv manbasi bo‘libgina qolmasdan, mintaqaning elektr- energiyasiga

bo‘lgan talabni qondirishda ham salmoqli o‘rin tutadi. Markaziy Osiyo suv

resurslarining asosini transchegaraviy daryolar,

125


background image

126

muzliklar, ko‘llar, suv omborlari va yerosti suvlari tashkil etadi. Mintaqaning

suv-energetika kompleksi eng katta energiya salohiyatiga ega bo'lib, turli

baholarga ko‘ra yiliga 430460 mlrd kVt/soatni tashkil etadi. Birgina

O‘zbekiston daryolarining umumiy yalpi gidroenegetika salohiyati yiliga 88.5

mlrd.kVt/ soatni tashkil etadi.[10] Tojikiston esa dunyodagi qayta tiklanadigan

manbalari bilan eng ta’minlangan davlatlardan biridir. Ushbu davlatda

gidroenergetika resurslarnng umumiy hajmi 527 mlrd.kVt/ soatga

baholangan bo‘lib, ulardan foydalanishning texnik jihatdan maqsadga

muvofiqligi 202 mlrd.kVt/soatni, qurilishning iqtisodiy jihatdan maqsadga

muvofiqligi esa 172 mlrd.kVt/soatni tashkil etadi. MDH davlatlari orasida

Tojikiston bu ko‘rsatkich bo‘yicha Rossiyadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

[11] Mintaqadagi suv resurslarining deyarli 85% Tojikiston va Qirg‘izistonda

to‘plangan. Amudaryo va Sirdaryo oqimining shakllanish zonasida

joylashgan ushbu mamlakatlar, birinchi navbatda, Amudaryo va Sirdaryoning

asosiy tarkibiy qismlari bo‘lgan tog‘ daryolarining (Vahsha, Panja,

Zeravshana, Narina) suv resurslaridan hamda energiyadan foydalanishdan

manfaatdor.

Markaziy Osiyo energetika kompleksi deyarli barcha qo‘shni yirik

mamlakatlarning e'tiborini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. AQSh, Yevropa Ittifoqi,

Xitoy, Rossiya, Eron, Hindiston, Pokiston Markaziy Osiyoning suv-

energetika resurslarini rivojlantirish loyihalariga qiziqish bildirmoqda. Ushbu

geosiyosiy loyihalarga bo‘lgan qiziqish faqatgina tijorat maqsadida emas,

balki mintaqada o‘z mavjudligi va ta'sirini oshirish uchun raqobat sifatida ham

ko‘riladi.[12] Bu turdagi yirik kuch markazlari o‘rtasidagi balansni bir maromda

saqlab turish, bu raqobatdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalana bilish Markaziy

Osiyo mintaqasida mavjud geosiyosiy vaziyatning kelgusi istiqbollari uchun

o‘ta muhimdir. Mintaqaning notekis taqsimlangan suv va boshqa turdagi

tabiiy resurslari mintaqa davlatlari integratsiyasiyasi uchun asosiy turtki rolni

o‘ynashi lozim; ulardan birgalikda va oqilona foydalanish davlatlar tashqi

siyosatida ham o‘z aksini topishi zarur.


background image

127

Mamlakatlar

GESning

o'rnatilgan

quvvati, MVt

GES elektr

energiyasi

ishlab

chiqarish,

mlrd

kVt/soat

Iqtisodiy

gidropotentsial,

yiliga milliard

kVt/soat

Gidropotensialdan
foydalanish, %

Gidropotensialidagi

ulush, %

Tojikiston

4037

17,1

317

6

69

Qizg’iziston

2910

14,0

99

14

22

Qozog'iston

2248

7,9

27

29

6

O'zbekiston

1420

6,0

15

49

3

Turkmenistan

1

0

2

0

0

Markaziy Osiyo daryolarining gidroenergetika salohiyati. Manba:

Yevrosiyo taraqqiyot banki

Mumkin bo’lgan yechimlar

Markaziy Osiyoda suv muammosiga doir olib borilgan tadqiqotlar

va o‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, ushbu muammoga tezkor hamda samarali

yechimlar

berilishi

zarurdir.

Joriyvaziyatningmintaqaningbarchaa’zolariishitirokinitalabetuvchiumumiyye

chimlargaasoslanganmuayyanplatformagazaruryatimavjud. O‘rganishlar

natijasida muallif tomonidan quyidagi yechimlar taklif etiladi:

-

Daryolarning quvvati va joylashuvni hisobga olgan holda, ulardan

birgalikda foydalanishda huquqiy me’yorlarga mos shartnomalarni

shakllantirish;

- Suv tanqisligi muammolariga xalqaro tashkilotlarni yanada


background image

128

ko‘proq jalb etish;

- Transchegaraviy daryolarni nazorat qilish bo‘yicha Markaziy

Osiyo respubliklari o‘rtasidagi o‘zaro muloqotni rivojlantirishda ilmiy

hamkorlik va tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish;

- Mintaqa davlatlari tashqi siyosat yuritish strategiyalarida suv

diplomatiyasi rolini oshirish.

Xulosa qilib aytganda, Markaziy Osiyo davlatlarida bugungi

kunda ziddiyatli va yechimlarga muhtoj muammolardan eng kattasi bu - Orol

inqirozi, suv tanqisligi hamda transchegaraviy daryolardan teng huquqli

foydalanishdagi nizolardir. Mintaqaning suvga bo‘lgan yuqori ehtiyoji nafaqat

qishloq xo‘jaligi va sanoat yurtishda balki tashqi mintaqaviy aloqalarda ham

bir qancha qarama-qarshiliklar keltirib chiqarishda davom etmoqda. Ushbu

mavjud holat birgalikda olib boriluvchi suv siyosatini talab etar ekan, bundan

buyon mintaqa mamlakatlari kelishgan holda o‘zaro manfaatli yechimlar

hamda choralar ishlab chiqishlari, uzoq muddatli va har tomonlama manfaatli

shartnomalar imzolashlari zarurdir.

Markaziy Osiyoning kelgusi taraqqiyotida suv omili rivojlanishni

cheklovchi emas tezlashtiruvchi faktorlardan biri rolini o‘ynamog‘i lozim.

Ayniqsa, transchegaraviy suv resurslari mintaqa respublikalarining

yaqinlashuvi va integratsiya jarayonlarida to‘siq bo’lib qolmasligi zarurdir.

Ularning potensialidan to‘g‘ri, oqilona foydalanish bugungi suv tanqisligi

sharoitida davlatlarning tashqi siyosiy faoliyatlarini belgilab beruvchi

strategiyalarda o‘z aksini topmog‘i lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

[1] -

https://www.unccd.int/

[2] -

https://suvchi.gov.uz/uz


background image

129

[3] -

https://aral.uz/wp/

[4] -

https://www.trade.gov/country-commercial-guides/uzbekistan-

agricultural-sectors

[5] -

https://stuklopechat.com/

[6] -

https://www.mfa.tj/en/berlin/tajikistan/economy/agriculture

[7] -

https://www.uzanalytics.com/

[8] -

https://aeok.kz/ekologiya-tsentralnoj-azii-chto-proishodit-s-

vodoj-vozduhom-i-zemlej/

[9] -

https://www. gov. kg/

[10] - G.J Allayeva O’zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi

energiya manbalaridan foydalanish salohiyati. “Iqtisodiyot va innovatsion

texnolodiyalar” ilmiy electron jurnali

[11] -

http://www.kisi.kz/site.html?id=5728

[12] -

Markaziy Osiyo energetikasi: muammolar va istiqbollar

[13] Rashitovna, Kadirova Nargiza. "Consular law: international legal

framework, experience of leading democratic countries." European

research 1 (24) (2017): 58-61.

[14] МИРХАМИДОВА,

Маҳиннора.

"ЎЗБЕКИСТОН

РЕСПУБЛИКАСИНИНГ ФОРС КЎРФАЗИ МИНТАҚАСИДАГИ

АРАБ

ДАВЛАТЛАРИ

БИЛАН

ДИПЛОМАТИК

МУНОСАБАТЛАРИНИНГ

РИВОЖЛАНИШ

ТЕНДЕНЦИЯЛАРИ." ЮРИСТ АХБОРОТНОМАСИ 2.3 (2021): 108-

114.


background image

130

Ilmiy manbalar:

1. Victor A. Dukhovny, Joop de Schutter.2019. Water in Central Asia:

Past, Present, Future. CRC Press.

2. CAREC Institute. 2020. Climate Insurance, Infrastructure and

Governance in CAREC Region. Research Report. 60-bet

3. Wegerich, Kai. (2008). Hydro-hegemony in the Amu Darya Basin.

Water Policy 10 (2008) S2. 10. 10.2166/wp.2008.208

Elektron manbalar:

4.

http://cawater-info.net/bk/water land resources use/

5.

https://www.unccd.int/

6.

https://suvchi.gov.uz/uz

7.

https://aral.uz/

8.

https://mavink.com/explore/Global-Water-Consumption

9.

https://www.nur.kz/

10.

https://www.trade.gov/country-commercial-guides/

11.

https://www. eea.europa.eu/themes/water/

12.

http://cawater-info.net/library/eng/overview-wm-ca-en.pdf

Библиографические ссылки

- https://www.unccd.int/

- https://suvchi.gov.uz/uz

- https://aral.uz/wp/

- https://www.trade.gov/country-commercial-guides/uzbekistan- agricultural-sectors

- https://stuklopechat.com/

- https://www.mfa.tj/en/berlin/tajikistan/economy/agriculture

- https://www.uzanalytics.com/

- https://aeok.kz/ekologiya-tsentralnoj-azii-chto-proishodit-s- vodoj-vozduhom-i-zemlej/

- https://www. gov. kg/

- G.J Allayeva O’zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish salohiyati. “Iqtisodiyot va innovatsion texnolodiyalar” ilmiy electron jurnali

- http://www.kisi.kz/site.html?id=5728

- Markaziy Osiyo energetikasi: muammolar va istiqbollar

Rashitovna, Kadirova Nargiza. "Consular law: international legal framework, experience of leading democratic countries." European research 1 (24) (2017): 58-61.

МИРХАМИДОВА, Маҳиннора. "ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИНИНГ ФОРС КЎРФАЗИ МИНТАҚАСИДАГИ АРАБ ДАВЛАТЛАРИ БИЛАН ДИПЛОМАТИК МУНОСАБАТЛАРИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ТЕНДЕНЦИЯЛАРИ." ЮРИСТ АХБОРОТНОМАСИ 2.3 (2021): 108-114.

Victor A. Dukhovny, Joop de Schutter.2019. Water in Central Asia: Past, Present, Future. CRC Press.

CAREC Institute. 2020. Climate Insurance, Infrastructure and Governance in CAREC Region. Research Report. 60-bet

Wegerich, Kai. (2008). Hydro-hegemony in the Amu Darya Basin. Water Policy 10 (2008) S2. 10. 10.2166/wp.2008.208

http://cawater-info.net/bk/water land resources use/

https://www.unccd.int/

https://suvchi.gov.uz/uz

https://aral.uz/

https://mavink.com/explore/Global-Water-Consumption

https://www.nur.kz/

https://www.trade.gov/country-commercial-guides/

https://www. eea.europa.eu/themes/water/

http://cawater-info.net/library/eng/overview-wm-ca-en.pdf

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов