182
O‘ZBEKISTONNING ICHKI SIYOSIY TARAQQIYOT TRENDLARI VA
TASHQI SIYOSAT MASALALARI
Norqulov Og'abek Sharofiddin o'g'li
JIDU, XM fakulteti 2-bosqich talabasi
e-mail: ogabeknorqulov3@gmail.com
Annotatsiya.
Biz bugun globallashayotgan dunyoda
yashayotgan ekanmiz, ushbu qaltis vaziyatlarda davlat tomonidan ichki va
tashqi siyosat olib borishning bir qancha mashaqqatlari borligini anglab
yetganmiz. Unda o'zining hududida oqilona siyosat yuritish, xalqning
farovonligi va davlatining ravnaqi haqida qayg'urish bu hukumat va undagi
rahbarlar oldidagi asosiy masala hisoblanadi. Bu kabi masalalarga to'g'ri
yechim topish va unga to'g'ri yo'nalish bera olish bu biroz mushkul ishdir.
Shuningdek, bugungi kunda xalqaro munosabatlarda sodir bo'layotgan
turli xil qarama- qarshiliklar va mintaqaviy muammolarni biz uchun dolzarb
masala emas deb o'zimizni ishontirib yurishimiz ham kerak emas.
Aksincha, bu kabi ahamiyatli muammolarga yanada kuchliroq e'tiborimizni
qaratgan holda o'zimizni tashqi siyosatdagi o'rnimiz va rolimizni oshirib
olishimiz kerakdir. Ushbu maqolada tadqiqotchi asosiy e'tiborini bugungi
O'zbekistonning ichki siyosatda olib borayotgan turli xil taraqqiyot yo'llariga
va keng qamrovli tashqi siyosatdagi asosiy va dolzarb bo'lgan
masalalariga urg'u bergan.
Kalit so‘zlar
: Sovet davri, Inson huquqlari, Yoshlar siyosati, Ayollar
qadri, Yangi ta'lim tizimi, Taraqqiyot strategiyasi-2030, Mintaqaviy suv
resurslari, Tashqi siyosatdagi o'rni, Xalqaro Immigratsiya, Sanksiyalar,
Transport-logistika va tashqi savdo faoliyati.
Bugungi O'zbekiston Respublikasi o'zining turli xil ichki siyosiy
qarashlari va ichki siyosiy taraqqiyot trendlariga ega desak mubolag'a
bo'lmaydi. Bizga ma'lumki O'zbekiston necha ming yillik tarixga ega
mamlakat, ammo mustamlakachilik siyosati tufayli chor Rossiyasining
183
ta'siriga tushib qolib 1991-yil undan ozod bo'lish uchun bu juda katta
mashaqqat va mehnat talab qiladi desam ham adashmagan bo'laman.
Buyuk tariximiz ila ulkan davrni bosib o'tish ham har kimning, har qaysi
davlatning ham qo’lidan kelavermaydi. Shuni hisobga olish kerakki,
O'zbekiston 1991-yil 31-avgustda SSSR dan ozod bo'lib, o'zining siyosiy
qarashlari va siyosiy yo'nalishlari orqali yosh mustaqil davlat bo'lishiga
qaramasdan, o'zining ichki va tashqi siyosatda dadil qadam tashlamoqda
va bugungi kunda o'z mintaqasida siyosiy o'ringa egadir. O'zbekiston
mustaqil bo'lgandan so'ng necha yillar davomida sovet davri sarqitlari bilan
kurashib keldi va bu hozirgacha davom etmoqda. SSSR parchalangach,
Rossiya siyosiy elitasi SSSRning ta'sirini saqlab qolish kerak degan g'oya
asosida sobiq sovet davlatlari uchun Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi
(MDH)ga asos soldi. Ushbu mintaqaviy tashkilot orqali o'zining ta'sir
kuchiga ega bo'lib qolishni asosiy maqsad qilib qo'ydi. Albatta 1990-
yillarda bu ish berdi. Ya'ni Markaziy Osiyo mintaqasi va Sharqiy Yevropa
davlatlari shuningdek Kavkaz davlatlari ham Rossiya ta'sirida bo'lib
qolishdi. Ammo XXI asrning boshlaridan bu tashkilot o'zining mavqeyini
tushirib yubordi. Chunki Ukraina va Gruziya 2008-yilda bu tashkilotdan
chiqib ketishi MDH uchun katta zarba bo'ldi. Chunki barcha uchun yagona,
kuchli tashkilot sifatida ko'rilgan MDH aslida qanday ekanligini ko'rsatib
qo'ydi. Shunday bo'lishiga qaramasdan O'zbekiston o'zining siyosiy yo'lida
dadil olg'a qadam tashlashda davom etdi. O'zbekiston ham davlatning
asosiy tamoyillarini shakllantirish ya'ni davlatning asosini 4 ta tamoyil
tashkil etadi bular, harbiy ,iqtisod, mafkura va geografik hududlardir, yosh
mustaqil davlat ham Shularni birin ketin amalga oshira boshladi. Yangidan
mustaqil bo'lgan yosh mamlakatlarda (sobiq sotsialistik mamlakatlar va
SSSR tarkibidagi respublikalar) Iqtisodiy islohotlari 2 yo‘nalishda bordi: 1)
milliy mustaqillikni iqtisodiy jihatdan ta’minlashni ko‘zlagan islohotlar; 2)
rejali iqtisodiyotdan bozor tizimiga o‘tishga qaratilgan, ya’ni bozor
islohotlari yo‘nalishlarida amalga oshirildi. Birinchi yo‘nalish bo‘yicha milliy
184
pulni muomalaga kiritish, mustaqil bank, byudjet va soliq tizimlarini joriy
etish, bojxona xizmatini tashkil qilish va milliy iqtisodiy chegaralarni
o‘rnatish, ichki chegaralar tuzilmasini o‘zgartirish kabilar amalga oshirildi.
Ikkinchi yo‘nalish bo‘yicha mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan
chiqarish, bozor infratuzilmasini yaratish, rejali davlat narxlaridan erkin
bozor narxlariga o‘tish, agrar sohadagi o‘zgarishlar, tashki iqtisodiy
faoliyatni bozor talablariga mos ravishda qayta qurish, monopoliyalarni
cheklash, chetdan kapital kiritishni rag‘batlantirish kabi chora tadbirlar joriy
etildi. Iqtisodiy islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilyabdi va davom
etyabdi, iqtisodiyotni erkinlashtirishni ta’minlaydi. Iqtisodiy islohotlarga
umumiylik va milliylik xos. Ularning umumiyligi — Iqtisodiy islohotlar
yo‘nalishlarining bir xil bo'lishi va yagona bozor tizimining qaror topishidir.
Milliylik har bir mamlakatning o‘ziga xos sharoitini hisobga olish va shunga
qarab islohot tamoyillarini qollashdan iborat. O‘zbekistonda 1991—2002-
yillar davomida amalga oshirilgan Iqtisodiy islohotlar tanlangan milliy
modelga binoan o'tkazildi va bu jarayon davom etmoqda[1]. Bugungi
kunda mamlakatimizda Inson huquqlariga alohida e'tibor qaratmoqda.
Aslida mustaqillikka erishganimizdan so'ng inson huquqlariga asosiy
e'tiborimizni qaratganmiz ya'ni 2008-yil jinoyatchilar uchun o'lim jazosining
bekor qilishi ushbu taraqqiyot yo'nalishi uchun asosiy qadamdir. Yana
bugungi kunda tergov jarayonlarida og'riqli usullardan foydalanish qat'iyan
man etilishi va har bir jinoyatchining o'zini erkinligi mavjudligi ham yangi
Konstitutsiyamizda belgilab qo'yilgan. Yana bir ichki siyosiy yo'nalish bu
Yoshlar siyosatidir. O'zbekiston yosh mamlakat, aniqrogl yoshlar
mamlakati deya e'tirof etilgan. Ya'ni bugungi kunda O'zbekiston aholisining
50-60 foizini yoshlar tashkil etadi. Shu munosabat bilan, Yoshlarga e'tibir
yosh mustaqil davlat uchun asosiy o'rinda turadi. Bugungi kungacha
yoshlarga doir ko'plab qarorlar, farmonlar va farmoyishlar berilgan.
Shuningdek Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 19-sentyabr kuni
BMT Bosh Assambleyasining 72- sessiyasidagi nutqlarida yoshlar
185
masalasi alohida to‘xtalib, “Yoshlarning ongu tafakkurini ma’rifat asosida
shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifa ekanligi, ekstremistik
faoliyat va zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlarning aksariyati 30 yoshga
yetmagan yoshlar tomonidan sodir etilayotganligi, bugungi dunyo yoshlari
- son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avlod ekanligi,
sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib
kamolga yetishi bilan bogliqligi, shuningdek bizning asosiy vazifamiz -
yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish,
zo‘ravonlik g'oyasi “virusi” tarqalishining oldini olishdan iboratligi”, ta’kidlab
o‘tganligi ham ushbu yoshlar siyosatiga berilayotgan e'tibordan
dalolatdir[2]. Yana O'zbekistonda tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan va
prezident maktablaridagi o'qish sistemasi ham yuqori sifatda tashkil
etilgani. Bu ta'lim tizimini dunyoga andoza sifatida olib chiqish mumkin
degan fikrlarni ham eshitganmiz. Undan tashqari Prezidentimiz har bir
tashkilot yigllishlarida yoshlar forumlari, xalqaro konferensiyalarini tashkil
etish kerak, degan tashabbus bilan doimiy chiqishi ham biz yoshlar uchun
o'ziga xos shijoat va ko'tarinki ruhni beradi. Shuni ham ta’kidlab o'tish
darkor deb bildim ya'ni vatanimizda yashayotgan ayollarga ular xohlagan
barcha shart-sharoitlar mavjuddir. Mamlakatimizda ayollarga bo‘lgan
yuksak hurmat-e’tibor va
g‘amxo’rlikning amaliy isboti sifatida keyingi yillarda xotin-qizlarning
jamiyat hayotidagi ro‘li va ta’sirini kuchaytirish, ularning huquqiy,
ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy manfaatlarini
himoya qilishga
qaratilgan 80 dan ortiq milliy va xalqaro hujjatlar qabul qilinganini alohida
qayd etish lozim. Xattoki bu ish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, 1999-
yil esa «Ayollar yili», 2001-yil «Ona va bola yili» deb e’lon qilindi.
O‘zbekiston 1995-yilda Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib Xotin-qizlar
kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi
Konvensiyani ratifikatsiya qilib, undagi mezonlarni amaliyotga joriy eta
boshlagan. Bu haqida gapirganda, Xalqaro bolalar jamg‘armasi
186
UNICEFning Sharqiy Yevropa, Boltiqbo‘yi va Mustaqil davlatlar
Hamdo‘stligi mamlakatlari bo‘yicha ofisi onalik va bolalikni muxofaza qilish
borasidagi dasturlarni joriy qilishda O‘zbekistonni mintaqadagi namuna
deb tan olganini qayd etish lozim. Eng asosiy ichki siyosiy yo'nalish bu
barcha sohalarni o'ziga qamrab olgan va 2030-yilgacha barcha
maqsadlarga yetishish uchun tashlangan asosiy qadam bu Taraqqiyot
Strategiyasi-2030dir. Bu taraqqiyot strategiyasi 7 ta yo'nalishdan tashkil
topgan va har bir ma'lum bir ichki siyosatdagi yo'nalishini belgilab oladi.
Misol uchun 7 ta yo'nalishning mazmunlari:
1. Erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali xalqparvar davlat
barpo etishdir;
2. Adolat va qonun ustuvorligini mustahkamlash, inson qadr-
qimmatini ta'minlash;
3. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish uchun tuzilgan rejalar;
4. Sifatli ta'lim-tarbiya masalasi doimiy e'tibor markazida bo'lishi
uchun qilingan ishlar;
5. Ma'naviy-Ma'rifiy sohalarni rivojlantirish;
6. Global muammolarga milliy va mintaqaviy darajada yechim
toppish;
7. Mamlakatda tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash va xalqaro
hamkorlikni rivojlantirish.
Ushbu milliy va mintaqaviy yo‘nalishlar mamlakatimiz taraqqiyoti
uchun belgilab olinganidan so'ng 2030-yilgacha barchasini maksimal
darajada amalga oshirish uchun davlatimiz rahbari tomonidan har bir
rahbarga vazifalar yuklatilgan.
Bugungi kunda tashqi siyosatda olib borilayotgan ko'p tomonlama
diplomatik jarayonlar O‘zbekistonning oxirgi paytlardagi tashqi siyosiy
faolligini yuzi bo'lib xizmat qilmoqda desam adashmagan bo'laman. Undan
tashqari bugungi globallashayotgan zamonda yashayotgan ekanmiz bir
mintaqadagi bir muommo o'sha mintaqadagi barcha davlatlarga bevosita
187
yoki bilvosita ta'sir qiladi. Aynan o'sha mintaqalardan biri Markaziy
Osiyodir. Markaziy Osiyoda sodir bo'layotyan siyosiy, ijtimoiy va ekologik
muommolarning barchasi beshta mamlakat uchun qaysidir darajada ta'sir
qilishi mumkin. Misol uchun, Bugungi kunda O‘zbekiston tashqi
siyosatidagi, nafaqat O'zbekiston balki butun Markaziy Osiyo davlatlari
oldidagi eng dolzarb masala mintaqadagi suv tanqisligi bo'lib turibdi.
Markaziy Osiyoning asosiy suv resursi hisoblangan Amudaryo va
Sirdaryoning qurib borishi va Markaziy Osiyo davlatlarining suvdan oqilona
foydalana olmayotganligi bilan bir qatorda Afg‘oniston defaktosi Tolibon
hukumatining qarori bilan Amudaryodan Balx viloyatini suv bilan ta'minlash
uchun qurilayotgan Qo'shtepa kanali kabi masalalar asosiyligini saqlab
qolgan. Ushbu Qo'shtepa masalasi O'zbekistonni eng katta xavotirga solib
turganligini inkor qila olmaymiz. Ushbu global masalaga oqilona yechim
topish uchun O'zbekiston hukumati qo'lidan keladigan barcha yechimlarni
taklif qila olish kerak. Tashqi siyosatdagi keyingi masala bu
O'zbekistonning tashqi siyosatdagi o'rni va pozitsiyasidir. Aynan bugun
ko'p qutbli dunyoda yashayotgan ekanmiz har bir davlat o'z mintaqasida
yetakchi o'rin va pozitsiyani egallash uchun harakat qilishini inkor etish
mumkin emas. Tashqi siyosatdagi o'zining to'g'ri pozitsiyasini ko'rsata olish
va ko'p tomonlama diplomatik harakatlarga zarar keltirmagan holda
amalga oshirishi zarurdir. Undan tashqari 2012-yil qabul qilingan tashqi
siyosat konseptsiyasi asosida tashqi siyosiy faoliyatni yo'lga qo'yish ham
o'zining to'g'ri siyosiy faoliyati uchun asos vazifasini bajaradi. Aynan ushbu
konseptsiya asosida O'zbekiston oldidagi eng dolzarb masala bu Markaziy
Osiyo mintaqasida amalga oshirilayotgan diplomatik aloqalardir,
diplomatik munosabatlarni yo'lga qo'yish va do'stona diplomatiyani amalda
joriy etishdir[3]. Har bir davlatning asosini xalq tashkil etadi, davlatsiz xalq
bo'lishi mumkin ammo xalqsiz davlat bo'lishi mumkin emas ekan, demak,
asosiy masalalardan biri bu xorijda istiqomat qilayotgan yoki tahsil
olayotgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini himoya qilishdir. Xalqaro
188
Migratsiya huquqiy tamoyillari asosida migratsion ishlarni to'g'ri tashkil
etish bu Tashqi ishlar vazirligi oldidagi dolzarb masalalardan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan
2022-yil 22-fevral kuni qabul qilingan “Tashqi mehnat migratsiyasi
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining 84-moddasiga
va
“O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy Qonunining 24-moddasiga muvofiq O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qabul qilishi ham aynan
migratsion jarayonlarga hukumat va parlamentning e'tibori yuqori darajada
ekanligini hisobga olish darkor[4]. Undan tashqari migratsiya maslaalari
yuzasidan Tashqi Mehnat Migratsiya agentligi ham bugungi kunda xalq
uchun qonuniy
migratsiyani amalga oshirishni yo'lga qo'yib kelmoqda. Ushbu tashqi
siyosiy masalaga bejizga men sanskiyalarni ham hisobga olmadim. Chunki
O'zbekiston hukumatining tashqi siyosatdagi asosiy muommosi bo'lishga
da’vogar masaladir. Chunki Rossiya-Ukraina urushi asnosida Postsovet
davlatlariga Rossiya bilan savdo salohiyatini uzish va Rossiyaga qo'yilgan
sanksiyalarga qo'shilishni talab qilishi bu sanksiya masalalari jiddiy masala
ekanligini ko'rsatib o'tadi. Undan tashqari O'zbekistonning asosiy savdo
sherigi hisoblangan Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarga
qo'shilmasligi yuz foiz aniq deb bilamiz. Aynan qo'shilmaganligi uchun ham
G'arb davlatlari tomonidan sanksiyalarga tushib qolish ehtimoli
yuqoriligicha qolib ketmoqda. O'zbekistonning bugungi transport-logistika
siyosatidagi o'rni bag'oyatda katta hisoblanadi. Chunki mamalakat asosiy
transport-logistika yo'nalishida tranzit vazifasini bajarib keladi. Aynan
ushbu tranzit rolidan oqilona foydalanib o'zining tashqi savdo salohiyatini
oshirib olishi bu keyingi o'rinlardagi muhokamaga muhtoj masaladir.
Bugungi kunda O'zbekiston hukumati tomonidan bevosita ishtiroki asosida
qurilayotgan transport-logistika karidorlari mavjud. 2023-yil Sian shahrida
189
bo'lib o'tgan Markaziy Osiyo + Xitoy sammitida - Qirg'iziston-O'zbeksiton"
temiryo'li haqida qo'shma memorandum imzolanib kelgandi. Bu
temiryo'lining ahamiyatli tomoni ushbu temiryo'l liniyasi Rossiya bilan
umuman tutashmagan holda Turkiya orqali Yevropaga eksport-import
salohiyatini belgilab beradi. Yaqinda 5-6 noyabrda Qozoglston poytaxti
Ostona shahrida bo'lib o'tgan Turkiy davlatlar sammitida O'zbekiston
Respublikasi tomonidan Turkiy davlatlar yangi karidor ochishi kerak
ekanligini taklif bergani ham ushbu sohada O'zbekiston yuqori salohiyatga
ega ekanligini ko'rishiimiz mumkin[5]. Undan avvalgi yilda esa aniqrogl
O'zbekiston mezbonligida Turkiy Davlatlat Tashkilotining Samarqand
sammitida Turkiy davlatlar o'rtasida temiryo'l liniyasi qurib bitkazilgani
haqida ma'lumotlar olgan edik[6].
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, O'zbekistoning bugungi kundagi
ichki va tashqi siyosati qaysidir ma'noda davlatlarga o'rnak bo'la oladi.
Albatta ichki siyosatda ba'zi kamchilik kuzatilmoqda ammo ushbu
kamchiliklarga "Taraqqiyot Strategiyasi-2030" orqali yechim topishga va
xalqni qiynayotgan masalarga hukumatimiz to'g'ri yechim topa oladi degan
umiddamiz. Ammo Tashqi siyosatdagi faoliyatga yuzlanadigan bo'lsak, bu
taqsinga loyiq chunki bugungi globallashayotgan dunyoda o'zining tashqi
siyosiy pozitsiyasini bildirish, migratsion jarayonlarga to‘g‘ri yechim topish,
asosiy va global muammo bo'lib turgan mintaqaviy suv tanqisligiga aniq va
har tomonlama foydali bo'lgan yechim topa olishimizga ishonaman. Tashqi
savdo faoliyati uchun foydali hisoblangan Transport-logistika sohasiga
qaratilayotgan alohida e'tiborni ham inobatga olishimiz kerak. Undan
tashqari turizm sohasida O'zbekistonning ildam qadamlar tashlayotgani
sabab ham bugungi kunda Samarqand Butunjahon Turizm Tashkiloti
(UNWTO) tomonidan butunjahon turizm poytaxti deb e'tirof etilganligi ham
bejiz emas.
190
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Karimov
I.A.
O’zbekiston
iqtisodiy
islohotlarini
chuqurlashtirish yo’lida. Toshkent: << O'zbekiston>> 1995-yil - 17- 28-
betlar
2.
Mirziyoyev Sh. BMT Bosh Assambeliyasining 72-
sessiyasidagi
nutqi. New-York: 2017-yil
19-sentyabr
https://uzbekistan.org.ua/uz/siyosat/5110-o-zbekiston-prezidenti-
shavkat-mirziyoyev-bmt-bosh-assambleyasining-72-sessiyasida- nutq-so-
zladi-2.html
3. O’zbekiston Respublikasi Tashqi Siyosast Konseptsiyasi.
Toshkent: 2012-yil https://lex.uz/docs/-5189655
4. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis. Tashqi mehnat
migratsiyasi
to’g’risidagi
qarori.
Toshkent:
2022-yil
https://lex. uz/ru/docs/-6200186
5. Mirziyoyev Sh. Turkiy davlatlar sammitida so’zlagan
nutqidan/
Ostona:
2023-yil
5-6-noyabr
https://www.youtube.com/live/E6MKKC3z80Y?si=KQpYZqjDE9rsUi D1
6. Turkiy Davlatlar Tashkiloti sammiti. Samarqand: 2022-yil 11-12-
noyabr
https://www.youtube.com/live/jpo0fX1IQSw?si=CQmuk5-
MkEZgWAHr
7. Kadirova, Nargiza Rashitovna. "ANALYSIS OF IMMUNITY
BASED ON THE VIENNA CONVENTION ON CONSULAR RELATIONS
WITHIN THE CONTEXT OF THE NATIONAL INTERESTS OF THE
REPUBLIC OF UZBEKISTAN." International Journal of Legal Studies
(IJOLS) 4.2 (2018): 441-455.
8. МИРХАМИДОВА,
Маҳиннора.
"ЎЗБЕКИСТОН
РЕСПУБЛИКАСИНИНГ ФОРС КЎРФАЗИ МИНТАҚАСИДАГИ АРАБ
ДАВЛАТЛАРИ БИЛАН ДИПЛОМАТИК МУНОСАБАТЛАРИНИНГ
РИВОЖЛАНИШ ТЕНДЕНЦИЯЛАРИ." ЮРИСТ АХБОРОТНОМАСИ 2.3
(2021): 108-114.
191
9. Khamdamova,
Shirin.
"НОРМОТВОРЧЕСКАЯ
ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ
МЕСТНЫХ
КЕНГАШЕЙ
КАК
ОДИН
ИЗ
МЕХАНИЗМОВ
РЕАЛИЗАЦИИ
ПРЕДСТАВИТЕЛЬНОЙ
ВЛАСТИ." Theoretical & Applied Science 4 (2020): 73-76.
10. Исраилова,
Зарина.
"О
некоторых
в
опросах
конституционной реформы опыт Узбекистана." in Library 1.1 (2023):
40-45.