Islomiy bank tizimi va uning O‘zbekiston uchun muhim jihatlari

CC BY f
217-223
0
0
Поделиться
Искандаров , М. (2023). Islomiy bank tizimi va uning O‘zbekiston uchun muhim jihatlari. Узбекистан – стратегия 2030 с точки зрения молодых ученых: экономика, политика и право, 1(1), 217–223. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/strategy-2030-young-scientists/article/view/28722
Мустаффо Искандаров , Университет Мировой Экономики и Дипломатии
студент 2 курса
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Islomiy bank tizimi jahonda juda tez rivoj topayotgan, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan katta qiziqish bildirilayotgan, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bolgan yo‘nalishdir. Ushbu ilmiy maqolada islomiy bank tizimi va uning O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun potensial ta’sirlari keng yoritiladi. Bunda, tizimli va swot metodlardan foydalaniladi. Maqolada islomiy bank tizimi O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun yuqori o‘sishga va iqtisodiy samaradorlikni ortishishiga sabab bo‘lishi xulosa qilingan va ushbu tizim bo‘yicha davlat siyosati doirasida takliflar berilgan.

Похожие статьи


background image

287

ISLOMIY BANK TIZIMI VA UNING O‘ZBEKISTON UCHUN MUHIM

JIHATLARI

Iskandarov Mustaffo Shuxratovich JIDU 2-

kurs talabasi E-mail:

mustafoiskandarov313@gmail.com

Annotatsiya.

Islomiy bank tizimi jahonda juda tez rivoj topayotgan,

ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan katta qiziqish bildirilayotgan,

o‘ziga xos xususiyatlarga ega bolgan yo‘nalishdir. Ushbu ilmiy maqolada

islomiy bank tizimi va uning O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun potensial ta’sirlari

keng yoritiladi. Bunda, tizimli va swot metodlardan foydalaniladi. Maqolada

islomiy bank tizimi O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun yuqori o‘sishga va iqtisodiy

samaradorlikni ortishishiga sabab bo‘lishi xulosa qilingan va ushbu tizim

bo‘yicha davlat siyosati doirasida takliflar berilgan.

Kalit so‘zlar:

islomiy bank tizimi, O‘zbekiston, bank, bank operatsiyalari,

foiz

So‘nggi yillarida islomiy bank tizimiga nafaqat islomiy mamalakatlar,

balki dunyoning yetakchi korporatsiyalari va rivojlangan mamlakatlarining

qiziqishi ortib bormoqda. Bunga asosiy sabab, ushbu bank tizimining o‘ziga xos

xususiyatlarga ega ekanligi va o‘zgacha prinsiplar asosida faoliyat yuritishidir.

2021-yilda global islom banklari aktivlari 2.7 trillion dollar atrofida deya taxmin

qilingan, islom molioya aktivlari hajmi esa 3.96 trillion dollarga baholangan va

2026 yilga borib ushbu ko‘rsatkich 5.9 trillion dollarga yetishi kutilmoqda [1].

Quyidagi rasmda jahon bo‘yicha Islomiy moliya aktivlarining o‘sish sur‘atlarini

ko‘rish mumkin:


background image

288

Rasm 1. Jahondagi Islomiy moliya aktivlarining o‘sish sur‘atlari [2]

Malumki, banklar iqtisodiyotda moliyaviy vositachi hisoblanadi va

ularning bozor iqtisodiyotidagi o‘rni juda muhimdir, chunki davlatda markaziy

bankning asosiy stavka siyosati ular orqali amalga oshiriladi. An‘aviy

banklarning asosiy foydasi foiz asosida omonat olish va foiz asosida kredit

berish orqali topiladi, ammo islomiy banklar esa bundan tubdan farq qiladi.

Islomiy banklar quyidagi prinsiplar asosida faoliyat yuritadi:

Pul tovar hisoblanmaydi, u faqatgina qiymat olchovi hisoblanadi, shu

sababli foiz evaziga puldan pul paydo qilish mumkin emas;

Bank operatsiyalaridagi risk, foyda va xarajat teng ravishda (yoki

ulushlarga proporsional tarzda) barcha ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlanadi;

Sharly taqiqlangan sohalar va proyektlar bilan moliyaviy

operatsiyalar o‘tqazish taqiqlanadi (Alkogol mahsulotlari, pornografiya, odam

savdosi, cho‘chqa, narkotik va qimorga asoslangan har qanday sohalar);

Bank depozitorlarning hamkori sifatida mablaglarini investitsiya qilishi

mumkin;


background image

289

Bank savdogar sifatida tovarlarni risk asosida sotib olib, ularni

depozitorlarga taqdim etishi yoki sotishi mumkin;

Operatsiya to‘g‘risidagi barcha malumotlar bank va ishtirokchilarga

teng ravishda ayon bolishligi shart;

Operatsiyalar davomida to‘lov kechikkan paytlarda,

sharlyat

hukmlariga asoslanib jarima solinadi.

Banklarda, banklardan moliyaviy mustaqil shariat hay‘ati bo'lishligi va

ular barcha operatsiyalarni sharlyatga mosligini teshrishi majburiydir.

Islomiy banklar nafaqat o‘zini foydasini maksimallashtirish, balki butun

jamiyat rivoji va ravnaqi uchun faoliyat yuritadi. Albatta, islomiy banklar

moliyaviy operatsiya amalga oshirmaydigan sohalardan (Spirtli ichimliklar, ba‘zi

sug‘urta turlari, qimorga asosanlangan yo‘nalishlar va hokazo) iqtisodiyotga

ko‘p miqdorda daromad tushurishini inkor etib bolmaydi, ammo ushbu sohalar

insonlarning hayoti va jamiyat rivojiga yetqazadigan katta zarari ular

keltiradigan daromadni kompensatsiya qila olmaydi. Indoneziya va Turkiyalik

expertlari fikri boyicha moliyaviy inqiroz va krizis paytlarida liquidlikni jilovlash

va har bir aktiv uchun ko‘proq liquidlik yaratish tufayli islomiy banklar an‘anaviy

banklarga nisbatan barqarorroq [3].

O‘zbekiston kabi aholisini aksariyat qismi musulmonlar tashkil qiluvchi

rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti uchun islomiy banklar yuqori o‘sishiga,

iqtisodiy faollik va samaradorlikni oshishiga, kichik biznes rivojiga, investitsiya

oqimini kirib kelishiga katta hissa qo‘shadi. Buning sabablarini quyidagicha

izohlash mumkin:

Birinchidan, mamlakatda an‘anaviy banklar aholidagi mablaglarni jalb

qilishi ko‘rsatkichi past. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank Raisining

bergan ma’lumoti boyicha aholi qo‘lida 12 milliard dollarga yaqin (naqd) mablag’

bor va bank sektori ularning hammasini jalb qila olmaydi [4]. Malumot uchun

O‘zbekistonning 2022-yildagi YIM si 80.4 milliard dollarga teng [5]. Aholining

qo‘lida YIM ning 1/7 ga yaqin mablag

1

borligi va ushbu mablaglarning aksariyati

banklarga jalb qilina olmasligi va noaktivligi bu katta potensial yo1qotishdir.


background image

290

Buning asosiy sabablaridan biri esa an1anaviy bank tizimining asosiy

operatsiyalari musulmonlar uchun nomutanosibligidir. Islomiy banklarning kirib

kelishi bu yoiqotishlarni oldini oladi, chunki mamlakat aholisida ushbu turdagi

banklar bilan ishlash va ularga investitsiya qilishga ragibat ola yuqoridir.

Ikkinchidan Oizbekistonning 94,78 % aholisi musulmonlar tashkil

qilishi [6], islomiy banklarni mamlakatda mukammal darajada tez rivojini

ta1minlashi mumkin, shuningdek, agar mamlakat ushbu tizimni joriy etsa,

mintaqada islom kapital bozorining mintaqaviy markaziga aylanishi mumkin [7].

Uchinchidan, islomiy banklar tufayli kichik va o1rta biznesning rivoj

topishi kuchayadi. Sababi, Islomiy banklar orqali ularga mahalliy aholi va

xorijliklar tomonidan investitsiya kiritilishi va banklar to1g1ridan- to1g1ri ular

bilan ishlashi imkoniyatlari ortadi.

Toirtinchidan, Islomiy bank tizimi hali tolaqonligicha O^a Osiyo

bozoriga kirib kelgani yo1q, ammo kelajakda buni to1xtatish imkonsizdir.

Oizbekiston brinchilardan boilib ushbu tizimni olib kira olsa, kelajakda ushbu

yoinalish boiyicha mintaqada yetakchi boilishlik ehtimoli keskin oshadi.

Beshinchidan, Islomiy bank tizimi Oizbekistondagi aholi oYtasida

moliyaviy tafovut kamayishiga xizmat qiladi. Anianaviy banklardagi asosiy

prinsip (riskni taqsimlamaslik) boylarning boyib ketishiga va kambagiallarning

kambagialashishiga xizmat qilsa, islomiy banklarga buning aksini koiramiz.

Oltinchidan, Islomiy banklarning universalligi (ya‘ni bank bilan barcha

din, millat va elat vakillari ishlashi mumkin) tufayli, unga bo‘lgan qiziqish nafaqat

musulmon aholi, balki davlatdagi boshqa din va millat vakillari tomonidan ham

bolishligidir.

Islomiy banklar kirib kelishi va rivojlanishidan eng ko‘p zarar ko‘radigan

yo‘nalishlar quyidagilar:

An‘anaviy banklar, buning asosiy sababi banklarga raqobatdosh

tizimning paydo bo‘lishidir. Mamlakatda islomiy banklar bilan ishlash imkoniyati

yaralganda aksariyat musulmon aholi a‘nanaviy bank tizimi bilan ishlashga

moyilligi qolmaydi. Bu esa o‘z navbatida an‘anaviy banklar inqiroziga olib keladi


background image

291

va MB ning pul-kredit siyosatiga bilvosita ta‘sir etadi.

Spirtli ichimliklar, ba‘zi sug‘urta turlari, qimorga asosanlangan

yo‘nalishlardagi o‘z miqdorda bozor talabiga bilvosita salbiy ta‘sir o‘tqazilishi

mumkin.

Yuqorida keltirilgan fikrlar asosida respublikada Islomiy bank tizimi

faoliyatini SWOT usuli asosida tahlil qilingan (jadval 1):

Jadval 1.

0‘zbekistonda Islomiy bank tizimi faoliyatining SWOT tahlili:

Kuchli tomonlar

Imkoniyatlar

- Davlat rahbarini qo‘llab

quvvatlashi

- Aholining 94,78 % ni musulmonlar

tashkil qilishi

- Islomiy banklar deyarli inqirozga

uchrmasligi va stabilligi

- Kichik va o‘rta biznes ravnaqi

- Xorijdan islomiy banklarga

kiritilajak investitsiyalar

- Sohaning jahon miqyosida tez

sur‘atda rivojlanishi

- Aholi o‘rtasidagi tafovutning

kamayishi

Zaif tomonlar

Tahdidlar

- Mahalliy qonunchilikdagi

cheklovlar

- Islomofobiya

- An‘anaviy banklar bilan

- Musulmon mamlakatida turli

mazhablar borligi

- Aholining past darajadagi

xabardorligi

- Soliq bilan bog‘liq jiddiy

muammolar

raqobatda islomiy banklarning

imkoniyati kamligi ( davlat siyosati

tufayli )

- Spritli ichimliklar, ba‘zi sug‘urta

turlari, qimorga asosanlangan

yo‘nalishlardagi bozor talabiga

salbiy ta‘sir

Shunday qilib, SWOT tahlili asosida O‘zbekistonda islomiy bank tizimi

kirib kelishiga to‘sqinlik qilayotgan bir qator omillar aniqlangan va ularni

yechishga doir quyidagi takliflarni berish mumkin:


background image

292

Islomiy moliyalashtirishga oid qonun yo‘q. Ushbu bank tizimi uchun

alohida qonun loyihasi (bank tizimi faoliyati va prinsiplarini alohida e‘tibor

berilgan holda) tegishli tartibda ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.

Bank qonunchiligi banklarga mahsulot sotib olishga ruxsat bermaydi.

Ushbu bandga o‘zgartirish kiritilishi (istisno tariqasida islomiy banklarga ma‘lum

shartlar ostida ruxsat berish) lozim.

Soliq qonunchiligida banklar tovar moliyalashtirilsa ularga nisbatan

QQS qollaniladi. Ushbu bandga o‘zgartirish kiritilishi (Islomiy banklarga bu

borada imtiyoz berish yoki ularni istisno qilish) zarur.

Kechikkan to‘lov uchun islomiy banklar jarima solayotganda u

mablaglar alohida hisob-varaqalarga tushuriladi va saxovat uchun ishlatiladi,

ammo bu soliq organlari tomonidan foyda sifati ko‘rilib soliqqa tortiladi. Islomiy

banklar xayriya qilishlik sharti ostida bunday soliq turidan ozod qilinishi lozim.

Xulosa qilib aytganda, Islomiy bank tizimining mamlakatga iqtisodiyotiga

kirib kelishi har tomonlama iqtisodiy faollikni va samaradorlikni ortishiga, katta

investitsiya oqimini olib kirilishiga va mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim

bo‘lgan kichik va o‘rta biznesning rivojini yuksaltishiga katta hissa qo‘shadi. O‘z

navbatida, ushbu bank tiziming bir qator salbiy oqibatlari ham mavjud, biroq bu

yo‘nalishning ijobiy jihatlari salbiy ta‘sirlarini kompensatsiya qila oladi deb

hisoblaymiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Amna Puri-Mirza. Distribution of Islamic finance assets value by

2021,

by

type.

19

January

2023.

Kirish

tartibi:

https://www.statista.com/statistics/1090891/worldwide-growth-of-islamic-

banking-assets/

2. Amna Puri-Mirza. Total value of Islamic finance assets value

worldwide 2012

-

2021.

19 January 2023. Kirish tartibi:

https://www.statista.com/statistics/1090815/worldwide-value-of-islamic-

finance-assets/#statisticContainer


background image

293

3. Does islamic banking promote financial stability? Evidence from

agent based model //Journal of Islamic Monetary Economics and Finance, Vol

7, page 220. May 20, 2021.

4. https://kun.uz/81589405

5. https://data.worldbank.org/country/uzbekistan

6. Adherence Data from the World Religion Database (2020)

Kirish tartibi :

https://www.thearda.com/world-religion/national-

profiles?u=236c

7. ITFC expert: "If Uzbekistan introduces Islamic banking and

finance, it can achieve great results ".

05.11.2022. Kirish tartibi:

8. https://daryo.uz/en/2022/11/05/itfc-expert-if-uzbekistan-introduces-

islamic- banking-and-finance-it-can-achieve-great-results

9. МИРХАМИДОВА,

Маҳиннора.

"ЎЗБЕКИСТОН

РЕСПУБЛИКАСИНИНГ ФОРС КЎРФАЗИ МИНТАҚАСИДАГИ АРАБ

ДАВЛАТЛАРИ

БИЛАН

ДИПЛОМАТИК

МУНОСАБАТЛАРИНИНГ

РИВОЖЛАНИШ ТЕНДЕНЦИЯЛАРИ." ЮРИСТ АХБОРОТНОМАСИ 2.3

(2021): 108-114.

Библиографические ссылки

Amna Puri-Mirza. Distribution of Islamic finance assets value by 2021, by type. 19 January 2023. Kirish tartibi: https://www.statista.com/statistics/1090891/worldwide-growth-of-islamic- banking-assets/

Amna Puri-Mirza. Total value of Islamic finance assets value worldwide 2012 - 2021. 19 January 2023. Kirish tartibi: https://www.statista.com/statistics/1090815/worldwide-value-of-islamic- finance-assets/#statisticContainer

Does islamic banking promote financial stability? Evidence from agent based model //Journal of Islamic Monetary Economics and Finance, Vol 7, page 220. May 20, 2021.

https://kun.uz/81589405

https://data.worldbank.org/country/uzbekistan

Adherence Data from the World Religion Database (2020) Kirish tartibi : https://www.thearda.com/world-religion/national- profiles?u=236c

ITFC expert: "If Uzbekistan introduces Islamic banking and finance, it can achieve great results ". 05.11.2022. Kirish tartibi:

https://daryo.uz/en/2022/11/05/itfc-expert-if-uzbekistan-introduces-islamic- banking-and-finance-it-can-achieve great-results

МИРХАМИДОВА, Маҳиннора. "ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИНИНГ ФОРС КЎРФАЗИ МИНТАҚАСИДАГИ АРАБ ДАВЛАТЛАРИ БИЛАН ДИПЛОМАТИК МУНОСАБАТЛАРИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ТЕНДЕНЦИЯЛАРИ." ЮРИСТ АХБОРОТНОМАСИ 2.3 (2021): 108-114.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов