T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_1-to’plam_May-2025
110
ISSN:3030-3613
YOSHLAR ORASIDA EKSTREMIZM TARQALISHIDA IJTIMOIY
TAQMOQLARNING ROLI
Muhammaddiyorova Madina Bahodirjon qizi
Farg’ona davlat universiteti 2-kurs talabasi
mmuhammaddiyorova0110@gmail.com
Annotatsiya.
Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatda yoshlar orasida
ekstremistik g‘oyalar tarqalishi haqida so‘z boradi. Yosh avlodning axborot maydonida
ekstremistik oqimlarga duchor bo‘lish sabablari va omillarini o‘rganishga e’tibor
qaratilgan. Shuningdek, bu jarayonning huquqiy, axboriy va psixologik jihatlari tahlil
qilinib, ekstremistik g‘oyalarga qarshi kurashishda ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlash,
axborot va kibermakon vositalaridan to‘g‘ri foydalanish hamda ijtimoiy tarmoqlarning
ijobiy imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.
Аннотация.
В данной статье рассматривается распространение
религиозных экстремистских идей среди молодежи в современном обществе.
Особое внимание уделяется причинам и факторам, способствующим
воздействию религиозных экстремистских течений на молодое поколение в
информационном
пространстве.
Также
анализируются
правовые,
информационные и психологические аспекты этого процесса, рассматриваются
вопросы обеспечения общественной безопасности, правильного использования
информационных и киберпространственных ресурсов, а также положительные
возможности социальных сетей в борьбе с экстремистскими идеологиями.
Abstract.
This article discusses the spread of religious extremist ideas among
youth in modern society. It focuses on the causes and factors contributing to the
exposure of the younger generation to religious extremist movements in the
information space. The article also analyzes the legal, informational, and psychological
aspects of this process, highlighting the importance of ensuring social security, the
proper use of information and cyberspace tools, and the positive potential of social
media in combating extremist ideologies.
Kalit so‘zlar:
ekstremizm, yoshlar va ekstremizm, ijtimoiy tarmoqlar, axborot
maydoni, kibermakon, radikallashuv, oqimlar, axborot xavfsizligi, kiberxavfsizlik,
psixologik ta’sir, huquqiy va profilaktik choralar, ijtimoiy xavfsizlik, media
savodxonligi, diniy savodxonlik, zamonaviy texnologiyalar.
Ключевые слова:
религиозный экстремизм, молодежь и экстремизм,
социальные сети, информационное пространство, киберпространство,
радикализация,
религиозные
течения,
информационная
безопасность,
кибербезопасность,
психологическое
воздействие,
правовые
и
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_1-to’plam_May-2025
111
ISSN:3030-3613
профилактические меры, общественная безопасность, медиаграмотность,
религиозная грамотность, современные технологии.
Keywords:
religious extremism, youth and extremism, social media,
information space, cyberspace, radicalization, religious movements, information
security, cybersecurity, psychological impact, legal and preventive measures, social
security, media literacy, religious literacy, modern technologies.
Globallashuv jarayoni va axborot texnologiyalari rivojlanishi natijasida
insoniyat hayotining barcha jabhalariga internet va ijtimoiy tarmoqlar chuqur kirib
keldi. Xususan, yoshlar orasida ushbu vositalar asosiy muloqot va axborot manbaiga
aylangan. Biroq bu qulayliklar bilan bir qatorda, muayyan xavf-xatarlar ham yuzaga
chiqmoqda. Shulardan biri –ekstremistik g‘oyalarni ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlar
ongiga singdirish holatlaridir. Ushbu maqolada ekstremizm tushunchasi, ijtimoiy
tarmoqlarning bu boradagi o‘rni va mavjud muammolarga qarshi kurashish yo‘llari
tahlil qilinadi. Hozirgi davrda fan, texnika va asosan kompyuter taraqqiyoti mahsuli
bo‘lgan kibermakon va uning boshqaruvchi qiyofasi “superkorporatsiya”
texnologiyalarning insoniylikdan begonalashuvi natijasida din niqobidagi ijtimoiy va
madaniy buzg‘unchilikni sodir etishga bo‘lgan urinishlar tobora kuchayib bormoqda.
Jumladan, bugungi kunda kiberterrorchilik tuzilmalari o‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida
foydalanishga urinmoqda va e’tibor qaratish muhim bo’lgan jihat shuki, bu kabi
hujumlarning aksariyati yoshlarga qaratilgani bois bu mavzu dolzarb va unga qarshi
choralarni ko‘rish juda ham zarurdir. Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan
ekstremistik g‘oyalar, yoshlarning hali shakllanmagan dunyoqarashi va e’tiqodiy
savodsizligi sababli, tezda ularni o‘z domiga tortmoqda. Bu esa nafaqat jamiyat
xavfsizligiga, balki yurt istiqboliga ham jiddiy tahdid soladi.
Bu mavzuga chuqur kirishdan oldin ekstremizm haqida qisqa ma’lumotga ega
bo’lish kerak. Ekstremizm – bu diniy e’tiqodlar niqobi ostida zo‘ravonlik, radikal
qarashlar va jamiyatdagi mavjud tartibga qarshi harakatlarni targ‘ib qiluvchi ideologik
yo‘nalishdir. Bunday harakatlar odatda mo‘’tadil e’tiqodlardan farqli o‘laroq, boshqa
din vakillarini, dunyoviy hukumatni yoki jamiyatning ma’naviy asoslarini rad etishga
asoslanadi. Ekstremizm nafaqat jismoniy zo‘ravonlik, balki axborot xurujlari, virtual
radikalizm shaklida ham namoyon bo‘lmoqda.
“Kibermakon”da din niqobidagi “kiberhujum”lar tahdidi: din niqobi ostidagi
ekstremistik saytlarda asosan davlat to‘ntarilishi va xunrezlik urushlari haqida gap
boradi. Jumladan, bugungi kunda dunyoda eng katta xavf solib turgan IShID
guruhining internet kibermakonidagi axborot hujumi va tahdidini keltirib o‘tish
mumkin. Ularda IShID go‘yo Islom yo‘lida “qurbon” bo‘layotgani aks etgan
videolavhalar va fotosuratlar joylashtirilgan.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_1-to’plam_May-2025
112
ISSN:3030-3613
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning
“Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida quyidagicha ta’kidlangan: “Taassufki,
ba’zan islom dini va aqidaparastlik tushunchalarini bir-biridan farqlay olmaslik yoki
g‘arazli maqsadda ularni teng qo‘yish kabi holatlar ham ko‘zga tashlanmoqda. Shu
bilan birga, islom dinini niqob qilib, manfur ishlarni amalga oshirayotgan mutaassib
kuchlar hali ongi shakllanib ulgurmagan, tajribasiz, g‘o‘r yoshlarni o‘z tuzog‘iga
ilintirib, bosh-ko‘zini aylantirib, ulardan o‘zining nopok maqsadlari yo‘lida
foydalanmoqda. Bunday nojo‘ya harakatlar avvalo muqaddas dinimizning sha’niga
dog‘ bo‘lishini, oxir-oqibatda esa ma’naviy hayotimizga salbiy ta’sir ko‘rsatishini
barchamiz chuqur anglab olishimiz va shundan xulosa chiqarishimiz zarur”.
Bugungi kunda ekstremistik guruhlar tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot-
tashviqot ishlari tobora kuchayib bormoqda. “Odnoklassniki”, “Facebook”,
“Instagram”, “Twitter”, “VKontakte” kabi ommaviy ijtimoiy tarmoqlarda buzg‘unchi
va yot g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi minglab sahifalar va yopiq guruhlar faoliyat
yuritmoqda. Ular yoshlar orasida ishonchli diniy manbalarga tayanmasdan, turli
qalbaki hadislar va noto‘g‘ri tafsirlar asosida diniy qarashlarni shakllantirishga
urinmoqda.
Bu guruhlar Islom dinini asliyatidan yiroqlashtirib, uni mutlaqo boshqa, siyosiy
va zo‘ravonlikka asoslangan manzara sifatida talqin etadi. Dinni vosita sifatida ishlatib,
ular hokimiyatni qo‘lga kiritishni, mavjud siyosiy tuzumni yemirishni va jamiyatni
beqarorlashtirishni maqsad qilgan. Bu orqali ular yoshlarning ruhiyati va e’tiqodi bilan
manipulyatsiya qilishga, ularni shubha va radikal qarashlar ichiga tortishga intiladi.
Shu jihatdan, virtual makonda olib borilayotgan buzg‘unchi faoliyatni faqat
texnik yoki huquqiy chora-tadbirlar bilan emas, balki keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy
ishlar, ijtimoiy tarmoqlarda ijobiy diniy kontentlarni kengaytirish, yoshlar orasida
diniy savodxonlikni oshirish orqali qarshi kurashish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu esa
nafaqat davlat, balki butun jamiyatning, xususan, ilm-fan, ta’lim, OAV va diniy
tashkilotlarning hamkorlikdagi harakatlarini talab etadi.
Ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunda yoshlar uchun asosiy axborot manbai,
muloqot maydoni va shaxsiy dunyoqarash shakllanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi
vositaga aylangan. Ekstremistik guruhlar aynan shu omildan foydalanib, yoshlar
ongiga asta-sekin, sezilmas, lekin izchil ta’sir o‘tkazishga intilmoqda. Yoshlarning
turli oqimlarga kirib qolishlari sabablari qatorida ularning bilimlari, shu jumladan,
diniy ilmlarni egallashga bo‘lgan qiziqish va intilishi hamda ishonuvchanligi,
birdaniga va hamma narsaga (boylik, shon-shuhrat, martaba va h.k.) ega bo‘lishga
harakat qilishi, ilmiy tilda aytganda maksimalizm kabi ma’naviy-ruhiy omillarni
alohida ajratib ko‘rsatish lozim. “Sen bu tashkilotga kirish yoki mana bu vazifani
bajarish bilan alohida, har kimga ham nasib qilavermaydigan sharafli ishga qo‘l urgan
bo‘lasan, kerak bo‘lsa, sen millat, din, insoniyatning xaloskoriga aylanasan!”, - degan
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_1-to’plam_May-2025
113
ISSN:3030-3613
qarashlarni singdirish jarayoni aynan mana shu kabi xususiyatlarga alohida e’tibor
berilayotganini ko‘rsatadi. “Yoshlarning ongida qanday kayfiyat ustunligini aytsang,
men senga keyingi avlodning tabiati qanday bo‘lishini aytib beraman”, – deb yozgan
edi siyosiy arboblardan biri. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ekstremistik oqimlar ham
jamiyatning ertangi kunini belgilab beradigan avlod ongini egallash, nazorat qilishni
ko‘zlab ish yuritmoqda deyish mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarning ekstremistik g‘oyalarni
yoyishdagi asosiy mexanizmlar haqida gap ketganda, ular quyidagilardan iborat:
1. Algoritmlar orqali maqsadli auditoriyani aniqlash – ko‘plab ijtimoiy tarmoqlar
foydalanuvchilarning qiziqishlari va faoliyatiga qarab kontent tavsiya qiladi. Bu esa
ekstremistik kontentning aynan mos auditoriyaga yetib borishini osonlashtiradi.
2. Vizual va emotsional kontentlar orqali manipulyatsiya – video, suratlar,
dramatik musiqalar va hikoyalar orqali yoshlarning hissiyotiga ta’sir qilish orqali
ularning fikrlashiga ta’sir o‘tkaziladi.
3. Virtual hamjamiyat hissi – yoshlar ekstremistik guruhlar bilan muloqotda
bo‘lish orqali o‘zini “tinglanayotgan”, “qabul qilinayotgan” his qiladi. Bu esa ularni
guruhga sodiq bo‘lishga undaydi.
4. Shaxsiylashtirilgan murojaatlar – ekstremistik guruhlar ijtimoiy tarmoqlarda
bevosita aloqaga chiqib, yoshlar bilan individual tarzda suhbatlar olib borish orqali
ularning ishonchini qozonishga harakat qiladi.
5. Soxta diniy bilimlar va noto‘g‘ri tafsirlar – diniy matnlar kontekstdan yulib
olingan holda talqin qilinadi, bu esa diniy savodsiz yoshlar uchun jiddiy tahdid
tug‘diradi.
Bu kabi mexanizmlar yoshlarning ongini bosqichma-bosqich o‘zgartiradi,
ularning ruhiy holatiga ta’sir qiladi va nihoyat, ekstremistik g‘oyalarga moyillikni
kuchaytiradi. Shuning uchun ham, bu xavfni kamaytirish uchun internetdagi axborot
maydonini monitoring qilish, media savodxonlikni oshirish va ijtimoiy tarmoqlarda
ijobiy alternativ kontentlar yaratish muhimdir.
Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi bilan birga, kibermakon orqali
amalga oshirilayotgan tahdidlar, xususan, ekstremistik g‘oyalarni tarqatish xavfi ham
ortib bormoqda. Ekstremistik guruhlar turli onlayn platformalarda nafaqat targ‘ibot
olib borish, balki yangi tarafdorlarni jalb qilish, ularga “ma’naviy tayyorgarlik” berish,
hattoki moliyaviy resurslar yig‘ish kabi faoliyatlar bilan ham shug‘ullanmoqda.
Kibermakon xavfsizligining zaifligi ekstremistlarga quyidagi imkoniyatlarni
yaratmoqda:
Anonimlik: foydalanuvchilarning shaxsini yashirish imkoniyati ularga erkin
faoliyat yuritish, qonundan qochish va yangi akkauntlar orqali doimiy ravishda qayta
paydo bo‘lish imkonini beradi.
Xalqaro ko‘lamda targ‘ibot: biror ekstremistik kontent bir zumda butun dunyo
bo‘ylab tarqalishi mumkin, bu esa uni to‘xtatishni murakkablashtiradi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_1-to’plam_May-2025
114
ISSN:3030-3613
Shifrlangan messenjerlar va yopiq guruhlar: ekstremistlar ko‘pincha
“Telegram”, “WhatsApp” kabi platformalardagi yopiq guruhlardan foydalanadi, bu esa
ularning faoliyatini aniqlash va nazorat qilishni yanada qiyinlashtiradi.
Shuningdek, bu tahdidlar faqat bir mamlakat doirasida emas, balki xalqaro
darajada muammoga aylangan. Shu boisdan, ko‘plab mamlakatlar kibermakon
xavfsizligini ta’minlashda axborot texnologiyalarini kuzatish, sun’iy intellektdan
foydalanish va xalqaro hamkorlik asosida chora-tadbirlar ko‘rmoqda.
O‘zbekiston ham bu borada o‘zining huquqiy bazasini mustahkamlab bormoqda.
Xususan, ekstremizmga qarshi kurashish, yoshlarni soxta axborotlardan himoya qilish,
ularda media savodxonlikni shakllantirish bo‘yicha bir qator qonunlar, farmonlar va
dasturlar qabul qilingan.
Shunday ekan, yoshlar orasida ekstremistik g‘oyalarning oldini olishda
kibermakonni nazorat qilish bilan birga, ularni axborot xurujlariga qarshi immunitet
bilan qurollantirish, to‘g‘ri diniy va fuqarolik ongini shakllantirish zarur.
Tanganing ikkinchi tarafi bo’lganidek, garchi ijtimoiy tarmoqlar ekstremistik
g‘oyalarni tarqatish vositasi sifatida xavf tug‘dirayotgan bo‘lsa-da, ular ayni vaqtda
ushbu buzg‘unchi oqimlarga qarshi samarali kurashish imkonini ham beradi. To‘g‘ri
va maqsadli yondashuv orqali ijtimoiy tarmoqlar yoshlar ongida sog‘lom diniy va
fuqarolik qarashlarni shakllantirishda kuchli platformaga aylanishi mumkin. Avvalo,
ijtimoiy tarmoqlar orqali quyidagi ijobiy faoliyatlarni amalga oshirish mumkin:
Ma’naviy-ma’rifiy kontent tarqatish: diniy mutaxassislar, olimlar va
dinshunoslar ishtirokida tayyorlangan ishonchli va sodda tilda izohlangan video,
maqola va podkastlar keng auditoriyaga yetkazilishi mumkin.
Yoshlar bilan muloqot va savol-javoblar: diniy mavzudagi onlayn jonli efirlar,
savol-javob sessiyalari orqali yoshlarning shubha va savollariga to‘g‘ri javob berish
mumkin.
Raqamli savodxonlikni oshirish: yoshlarni yolg‘on axborotlarni aniqlash,
manbani tekshirish va tanqidiy fikrlashga o‘rgatuvchi kontentlar orqali ularni axborot
xurujlariga nisbatan immunitetli qilish mumkin.
Ijobiy rol modellari yaratish: diniy va dunyoviy bilimlarni uyg‘unlashtirgan,
ma’naviy yetuk, vatanparvar yoshlar haqida hikoyalar, intervyular orqali jamiyatda
ijobiy qahramonlar obrazini shakllantirish mumkin.
Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlar davlat organlari, diniy idoralar va fuqarolik
jamiyati institutlari o‘rtasida samarali hamkorlik platformasiga aylanishi ham mumkin.
Axborot xavfsizligi mutaxassislari, psixologlar, blogerlar va pedagoglarning ijtimoiy
tarmoqlarda faol ishtiroki yoshlar ongini zaharlovchi oqimlarga qarshi kuchli to‘siq
bo‘la oladi.
Umumiy holda aytganda, bugun axborot iste’mol qilinadigan tovarga aylangan
ekan, har bir inson o‘zida uni iste’mol qilish madaniyatini tarbiyalashi lozim. Yoshlar
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_1-to’plam_May-2025
115
ISSN:3030-3613
shaxsiy xarakterdagi axborot himoyasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi,
o‘zi foydalanayotgan salbiy axborotlardan himoyalana olishi zarur. Axborot iste’moli
madaniyati, eng umumiy ma’noda, axborot oqimidan inson manfaatlari, kamoloti
hamda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ma’lumotlarni qabul qilish, saralash,
tushunish va talqin etishga xizmat qiladigan bilimlar, qobiliyat va malaka tizimini
anglatadi. Inson o‘zida bunday madaniyatni tarbiyalashi uchun u yoki bu axborotni
eshitar ekan, hech bo‘lmaganda “Bu axborotni kim uzatayapti?”, “Nima uchun
uzatayapti?” va “Qanday maqsadda uzatayapti?” degan savollarni o‘z-o‘ziga berishi,
unga asosli javob topishga harakat qilishi kerak. Shundagina turli g‘oyalar ta’siriga
tushib qolish, taqdim etilayotgan ma’lumotlarga ko‘r-ko‘rona ergashishning oldi
olinadi. Shakllangan axborot iste’moli madaniyati milliy manfaatlarimiz va
qadriyatlarimizga zid bo‘lgan xabar, ma’lumotlarga nisbatan o‘ziga xos qalqon rolini
o‘taydi, shaxs dunyoqarashi va xulqidagi sobitlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Yosh
avlodda bu jihatlar shu darajada shakllangan va qaror topgan bo‘lishi lozimki, ular
vertual makonda umummilliy manfaatga xizmat qiladigan, uning taraqqiyotiga yordam
beradigan axborotni tanlay olsin. Axborot iste’moli madaniyatiga ega yoshlar, salbiy
va noxolis axborotlar ta’siriga tushib qolmaydi, chunki ularda bunday axborotlarga
nisbatan mustahkam mafkuraviy immunitet shakllanadi. Qisqa qilib aytganda, xalqaro
hamjamiyat, tashkilotlar, davlatning o’zi va jamiyat har qancha bu dolzarb muammoga
barham berishga harakat qilmasin, eng avvalo bu har bir insonning o’ziga bog’liq.
Axborot resurslaridan foydalanayotgandagi ogohlik, rasmiy saytlardan ma’lumotlar
olish, tushunmagan, bilmagan sayt va internet manzillari, shuningdek, ijtimoiy
tarmoqlardagi barcha notanish guruhlarga qo’shilavermaslik kabilarni nazorat qilish
har bir shaxsning axborotni tushunishi, unig to’g’ri yoki noto’g’riligini tahlil qila
olishiga borib taqaladi. Shu sabali ham, hozirgi kunlarda axborot va kommunikatsiya
vositalari orqali ogohlik mavzusi jar solinib kelinmoqda.
Xulosa.
Zamonaviy davrda ekstremizm yoshlar ongiga turli yo‘llar bilan,
ayniqsa axborot texnologiyalari vositasida chuqur singdirilmoqda. Internet va ijtimoiy
tarmoqlarning keng tarqalganligi ekstremistik g‘oyalarni yoshlar orasida tez va
yashirincha yoyilishiga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, yoshlarning diniy bilimlarining
yetarli emasligi, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarining sustligi va ijtimoiy himoyasizlik
holatlari ularni buzg‘unchi g‘oyalarga nisbatan himoyasiz holatga keltirib qo‘ymoqda.
Shu nuqtai nazardan qaralganda, ekstremizmga qarshi kurashish faqat huquqiy
choralargina emas, balki keng qamrovli ijtimoiy, pedagogik, axboriy va madaniy
ishlarni talab etadi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali olib borilayotgan ma’rifiy targ‘ibot
ishlarini kuchaytirish, yoshlarni media va diniy savodxonlikka o‘rgatish, ularning
bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish orqali bu illatga qarshi samarali choralar ko‘rish
mumkin. Shuningdek, davlat, diniy idoralar, ta’lim muassasalari va fuqarolik jamiyati
institutlari o‘rtasida muvofiqlashtirilgan hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi, yoshlar
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_1-to’plam_May-2025
116
ISSN:3030-3613
orasida sog‘lom diniy va ijtimoiy ongni shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat
qiladi. Ijtimoiy tarmoqlar esa bu yo‘lda nafaqat xavf, balki imkoniyat hamdir. Ularni
to‘g‘ri va maqsadli foydalanish orqali ekstremistik g‘oyalarning oldini olish, yosh
avlodni ogoh va vatanparvar etib tarbiyalash mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008.
2.
Hanifa Haydarova. Dinshunoslik. O’quv qo’llanma.
3.
Narbekov A.V. Dinshunoslik asoslari. O’quv qo’llanma. Toshkent – 2007.
4.
Tohir Malik. Diniy ekstremizm va terrorizm: mohiyati, maqsadi va oqibatlari. – T.:
O‘zbekiston, 2017.
5.
Quron Karim va Hadislar majmuasi. – T.: “Hidoyat” nashriyoti, turli yillarda.
6.
Abduqodirov A. Global xavfsizlik va yoshlar muammosi. – T.: “Fan va
texnologiya”, 2020.
7.
Mamatov A. Ijtimoiy tarmoqlar va axborot xurujlari. – T.: “Ma’naviyat”, 2021.
8.
Xudoyberdiyev N., Hasanov B. Yoshlar va ma’naviy tahdidlar. – T.: TDYU, 2019.
9.
Respublikamizda diniy tashkilotlarning faoliyatini tartibga soluvchi qonun
hujjatlari to‘plami. – T.: Adolat, 2020.
10.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi PF-5197-sonli
Farmoni “Diniy ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar
to‘g‘risida”.
11.
UNESCO. Youth and Violent Extremism on Social Media: Mapping the Research.
– Paris: UNESCO Publishing, 2017.